NAJMIDDIN KUBRO TARIQATINING FALSAFIY ASOSLARINI O‘RGANISH.

Annotasiya

Mazkur maqolada, insoniyat tarixida katta ahamiyat kasb etgan Najmiddin Kubro tariqati falsafiy - ma'naviy qadriyatlaridan biri еkan, xususan, Kubroviya, Yassaviya, Naqshbandiya tariqatlarining o‘ziga xosligi, umumiy hamda  ma'naviy qadriyatlarining bir-biridan farqli jihatlari, mazmun va mohiyati, ilmiy-falsafiy jihatdan о’rganiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
7-10
78

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Yuldoshev , X. . (2024). NAJMIDDIN KUBRO TARIQATINING FALSAFIY ASOSLARINI O‘RGANISH. Наука и инновации в системе образования, 3(14), 7–10. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/50989
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada, insoniyat tarixida katta ahamiyat kasb etgan Najmiddin Kubro tariqati falsafiy - ma'naviy qadriyatlaridan biri еkan, xususan, Kubroviya, Yassaviya, Naqshbandiya tariqatlarining o‘ziga xosligi, umumiy hamda  ma'naviy qadriyatlarining bir-biridan farqli jihatlari, mazmun va mohiyati, ilmiy-falsafiy jihatdan о’rganiladi.

Похожие статьи


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

7

NAJMIDDIN KUBRO TARIQATINING FALSAFIY ASOSLARINI

O‘RGANISH.

Yuldoshev Xolmirzo Davronovich

Navoiy davlat universiteti,

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14350965

Annotatsiya:

Mazkur maqolada, insoniyat tarixida katta ahamiyat kasb

etgan Najmiddin Kubro tariqati falsafiy - ma'naviy qadriyatlaridan biri еkan,
xususan, Kubroviya, Yassaviya, Naqshbandiya tariqatlarining o‘ziga xosligi,
umumiy hamda ma'naviy qadriyatlarining bir-biridan farqli jihatlari, mazmun
va mohiyati, ilmiy-falsafiy jihatdan о’rganiladi.

Kalit so‘zlar:

Insoniyat, ma'naviy qadriyatlar, tasavvuf falsafasi, tariqat,

shariyat, ma'rifat, haqiqat, kabir, olami sag‘ir, Naqshbandiya tariqati, Kubrobiya
tariqati, Yassaviya tariqati.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются одна из философских

и духовных ценностей секты Наджмуддина Кубро, получившая большое
значение в истории человечества, в частности, уникальность, общность и
духовные ценности секты Кубровия, Яссавия, и секты Накшбандия,
различные аспекты, содержание и ее сущность изучаются научно и
философски.

Ключевые слова:

Человечество, духовные ценности, философия

суфизма, порядок, шариат, просветление, истина, Кабир, Алами Сагир,
орден Накшбандия, орден Кубробия, орден Яссавия.

Abstract:

In this article, one of the philosophical and spiritual values of

the Najmuddin Kubro sect, which has gained great importance in the history of
humanity, in particular, the uniqueness, common and spiritual values of the
Kubroviya, Yassaviya, and Naqshbandiya sects, different aspects, content and its
essence is studied scientifically and philosophically.

Key words:

Humanity, spiritual values, Sufism philosophy, order, Shariah,

enlightenment, truth, Kabir, Alami Saghir, Naqshbandiya order, Kubrobiya order,
Yassawiya order.

Abdurahmon Jomiyning “Nafahotul uns” asarida yozilishicha: - “Ahmad

yoshligidan ilmga qiziqib, islom asoslari shariat ilmlarini juda tez o‘zlashtirib
o‘zidagi qobiliyati asosida Xorazmning mana-man degan ulamolaridan o‘zib
ketadi va ilmiy bahslarda barchani olqishiga sazovar bo‘ladi. Shu bois, u
“Tammatul Kubaro”, yani ulamolarning yetugi, ulug‘vori va ilm balosi degan
laqabni oladi. Buning yoniga “Najmiddin” – “dinning yulduzi” degan martabali


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

8

unvon qo‘shilib, Ahmad ibn Umar shundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan
mashxur bo‘ladi” - deyilgan.

“Abuljannob” so‘zi esa Najmiddin Kubroning kuniyatidir. “Kuniyat” -

arablarda hurmat yuzasidan beriladigan laqabdir. Jomiy hazratlari yozadilarki: –
“Najmiddin Kubro Iskandariya shahrida muhaddis ulamolardan hadis ilmini
o‘rganib qaytayotganida, yo‘lda bir kecha hazrati Payg‘ambarimizni tushida
ko‘radi va ul zotga murojaat qilib, “menga kuniyat bag‘ishlang” deydi. Shunda
hazrati Payg‘ambar Najmiddinga: - “Sening kuniyating Abuljannob – dunyodan
ijtinob, parhez etuvchi bo‘ladi”, deb marhamat qiladilar. Shundan keyin Kubro
“Jannob” laqabini olishga musharraf bo‘ladi. “Jannob – ijtinob qiluvchi, poklik
parheziga amal etguvchi ma’nosidadir”.

“Valiytarosh” laqabiga kelsak, bu so‘zning ma’nosi valiylarni tarbiyalovchi

demakdir. Zero, Najmiddin Kubroning nafaslari, nazarlari shunchalik, zo‘r
bo‘lganki, qalblarida ilhom jo‘sh urgan paytda kimga nazarlari tushsa, u valiylik
martabasiga erishar ekan. Najmiddin Kubro o‘n olti-o‘n etti yasharligida vatani
Xorazmni tark etib, tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Eron, Misr, Shomu Iroq
mamlakatlarini kezadi. Uni ilmga chanqoq qalbi hech tinch qo‘ymas, qaerdaki
biror nomdor olimni ovozasini eshitsa, darhol yo‘lga tushar, goh piyoda, goh ot-
ulov yoki tuyada haftalab, ba’zan oylab yo‘l bosar, qidirgan kishisini topib, undan
sidqidildan saboq olardi. Agar uning tahsildan ko‘ngli to‘lmasa, ustozidan ijozat
olib, yana yo‘lga tushardi.

Najmiddin Kubro qalbida ruhiy ma’naviy kamolatga, g‘ayb asrori, karomat

va kashfu hol ilmi xisoblanmish tasavvuf ta’limotiga ishtiyoq zo‘r edi. Shu bois u
shariat ilmlarini o‘rganish barobarida tariqatdan ham xabardor bo‘lishga intilib,
qator shayxlar, darveshlar suhbatida bo‘ladi, xonaqolarda xilvat o‘ltirib, riyozat
bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Najmiddin Kubro Misrda Sharq falsafasi bilan shug‘ullanadi va uning

sirlarini o‘rganadi. U hadis ilmi bilan qiziqib Nishopurda Abul Makkorim Lubon
va Abu Jafar Samdloniy, Tabrizda Abu Mansur Xaft, Makkai Mukarramada Abu
Muxammad Tabbex va Iskandariyada Abu Tohir Salafiy xizmatlariga etishib,
ulardan hadis ilmlarini o‘rganadi.

Lekin yuqorida olgan bilimlar ilm talabi Najmiddinni qoniqtirmasdi, u

yuqoridagi olimlardan olgan ilmlarini rivojlantirib yangi yo‘nalish tariqatdan
saboq olish uchun dunyo kezdi. Najmiddin Kubroning tariqat yo‘lidagi pirlari
shayx Ro‘zbehon Misriy, Shayx Ammor Yosir, va Shayx Ismoil Qasriylardir.
Ularning ustozi Shayx Abulnajib Suhravardiy bo‘lib, Jomiyning yozishicha,
zohiriy va botiniy ilmlarda barkamol kishi bo‘lgan, u ko‘p risola va kitoblar yozib


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

9

so‘fiylik nisbatida Shayx Ahmad G‘azzoliyga borib tutashadi. Suhravardiy faqirlik
bilan futuvvatni (javonmardlik) birga olib tushintiradi. Faqirlik uning talqinida
faqat qashshoqlik, bechoralik emas, “faqirlik –xudo oldida talabkorlik, ojizlik,
ammo bandalari oldida adolat va saxovat posboni bo‘lish, hammaga har erda
yordam ko‘rsatishdir” Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassalamning:-
“Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan afzaldir” degan muborak hadisi shariflariga
muvofiq, “bag‘ishlovchi qo‘l – faqr eshigini ochuvchidir”, degan fikrlarni bayon
qilgan Suhravardiy boylikni qoralamaydi, balki zulmu sitamni va talonchilikni,
haromxo‘rlikni va xasislikni mazammat etadi. Abulnajib Suhravardiy shogirdlari
bo‘lgan shayx Ro‘zbehon Misriy, Shayx Ammor Yosir, va Shayx Ismoil
Qasriylarda qalb saxovati bilan birga murid tarbiyasida qattiqqo‘l bo‘lish, botiniy
ko‘z bilan muridning xayollarini, ruhiyatini uqib olish va unga ruhiy ta’sir
o‘tqazish qobiliyati yaxshi rivojlangan edi. Masalan:- Shayx Ammor Yosir
solikning “noqislarni takmil etish va muridlarni tarbiyalashda, ularning tushlari
va fikrlarini ta’bir etishda, ikkilanishlarni bartaraf etishda shuhrat qozongan”
bo‘lsa, Shayx Ro‘zbehon Misriy “aksar vaqt istig‘roq maqomida bo‘lib”, vajd va
ilhom ichida yurar, ilohiy ma’rifatdan zavqi toshib, bu holatni muridlariga
yuqtirardi. Shayx Ismoil Qasriy bo‘lsa, raqsu samo‘, imo – ishoralar yo‘li bilan
murid qalbini rom etib, o‘zini poklash va shu orqali ilohiyotga muhabbatni
singdirishda mashhur bo‘lgan. Har uchala shayx ham tariqatni shariatdan
tashqari deb tasavvur qilmaganlar. O‘zlari sunniy mazhabining izchil tarafdorlari
hisoblanganlar.

Hazrati Shayxi buzrukvorning Xorazm qatli omidagi qatli muborak turkiy

yund yiliga muvofiq keladigan 618 hijriyda sodir bo‘ldi. Hazrati Shayxi
Valitarosh Shayx Najmiddin Kubro, Tangri uning ruhini muqaddas tutsin
(vafotiga bitilgan) tarixda shunday deyiladi. Nazm (mazmuni): “Murshidi a’zam
Shayx Najmiddin Kubro xudo amri bilan Xorazm uchun boshini tikdi. Boshini
topshirishda qotil yaloviga yopishdi. Dini haq iqlimining shohi Ul piyr
sarpanjasidan o‘n zabardast yigit yalovni chiqarib ola olmadilar. Sayidlar shayxi
sarpanjasida kofir yalovini ko‘rib hayratda qolgan oqillar bu holni sharhladilar:-
Yalov uchini Shayx tutib, tarix aytdiki, vafotim sanasi “Shohi shuhado”
(“Shahidlar shohi”)dir. Jami musulmonlar a’losiga Ollohi taolo rahmati yog‘ilsin.
Yana, deydilarki, Hazrati mavlono Jaloliddin Rumiy, uning siri muqaddas
qilinsin, Hazrati Shayxi buzrikvor Valitarosh Shayx Najmiddin Kubro, Olloh
uning sirini muqaddas tutsin, yalovni tutganiga ishorat qilganlar. Nazm
(mazmuni): – “Biz shunday ulug‘lardanmizki, gavhar tutamiz, oriq echki tutgan


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

10

pastkash emasmiz. Imon qadahidan bir qo‘limiz bilan may ichsak, ikkinchi
qo‘limiz bilan kofir yalovidan tutamiz”.

Gurganch taslim bo‘lgach yondiriladi, xamma tirik jon qilichdan o‘tkaziladi,

boyliklar talanadi. Juvayniyning ma’lumotlariga qaraganda, 100 ming nafar
hunarmand, kosib, rassomlar asirga olinib Mo‘g‘ulistonga jo‘natilgan. Mo‘g‘ullar
vahshiylikning bor usullarini ishga solganlar, yo‘qlarini esa o‘ylab topganlar.
Mo‘g‘ullar shaharning kulini ko‘kka sovurish bilan bir qatorda Gurganjdan nom-
nishon qoldirmaslik uchun Amudaryodagi to‘g‘onni buzib, suvni shaharga burib
yuboradilar. Barcha ulkan tarixiy obidalar, ilm-ma’rifat manbalari suvga
bostiriladi. Natijada uzoq muddat davomida barpo etilgan bu ulkan qadimiy
madaniyat va ma’muriy markazda hayot to‘xtaydi. Juvayniyning iborasi bilan
aytganda, “Gurganj qashqir makoni bo‘lib qoldi va bu erda boyo‘g‘li va burgut in
qurdi”.

Shunday qilib, Xorazmning buyuk farzandi o‘z ona vatanini

dushmanlardan himoya qila turib sharafli o‘lim topdi. Najmiddin Kubro 1221
yilda o‘zi muallimlik qilgan xonaqohga dafn etiladi. Keyinchalik Oltin O‘rdaga
bo‘ysinuvchi o‘lka hukmdori Qutlug‘ Temur tomonidan XIV asrda Urganch
(mo‘g‘ul tilida Gurganch so‘zining talafuz etilishi) shahrida buyuk olim, tasavvuf
ta’limotining asoschilaridan biri, vatanparvar Shayx Najmiddin Kubro nomiga
maqbara tiklangan. Hozirgi vaqtda Najmiddin Kubroning qabri Turkmaniston
Respublikasini Toshhovuz viloyati Ko‘hna Urganch shahridadir.
Shayx Najmiddin Kubroning bunday vatanparvarligi asrlar osha tillarda doston
bo‘lib, afsonalarga aylanib bizgacha etib kelgan. Mustaqilligimiz sharofati tufayli
1995 yilda Respublikamizda buyuk alloma Najmiddin Kubroning 850 yilligi keng
nishonlandi va bir qancha risolalari chop qilindi. Turon zamini qadim-qadimdan
vatanparvar, millatparvar buyuk siymolar manzil-makoni bo‘lgan. Bu yurtda
yashab o‘tgan ko‘plab alloma, valiy zotlar dunyo tarixida o‘chmas iz
qoldirishgan. Shayx Najmiddin Kubro insoniyat tarixidagi eng e’tiborli
siymolardan biridir, uning nomi Sharqda necha asrlardan buyon vatanparvarlik
timsoli bo‘lib kelmoqda.

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi
nashri. - Toshkent: O‘zbekiston, 2022.
2. Komilov N. Najmiddin Kubro. - Toshkent: O‘zbekiston, 1995.
3. Choriyev A. Inson falsafasi - Toshkent: O‘zbekiston milliy faylasuflar jamiyati.
2007.
4. Ahmad Yassaviy Hikmatlar - Toshkent: Meros, 1991

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent: O‘zbekiston, 2022.

Komilov N. Najmiddin Kubro. - Toshkent: O‘zbekiston, 1995.

Choriyev A. Inson falsafasi - Toshkent: O‘zbekiston milliy faylasuflar jamiyati. 2007.

Ahmad Yassaviy Hikmatlar - Toshkent: Meros, 1991