1920-1924-YILLAR BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI MATBUOTI

Annotasiya

Maqolada 1920-1924-yillar buxoro xalq sovet respublikasi matbuoti, “buxoro axbori” gazetasi, uning faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, gazetaning ommaviyligi va o‘qimishligini ta’minlashda bosh muharrir said ahroriyning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan maqolalari mazmuni, cho‘lponning nashr isho‘laridagi samarali faoliyati, gazeta nashrlaridagi tanqidiy, real hayotni tasviflovchi materiallar haqida ma’lumotlar berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
44-51
60

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Raxmatulloyev , M. . (2024). 1920-1924-YILLAR BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI MATBUOTI. Наука и инновации в системе образования, 3(6), 44–51. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51088
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada 1920-1924-yillar buxoro xalq sovet respublikasi matbuoti, “buxoro axbori” gazetasi, uning faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, gazetaning ommaviyligi va o‘qimishligini ta’minlashda bosh muharrir said ahroriyning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan maqolalari mazmuni, cho‘lponning nashr isho‘laridagi samarali faoliyati, gazeta nashrlaridagi tanqidiy, real hayotni tasviflovchi materiallar haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

44

1920-1924-YILLAR BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI

MATBUOTI

Raxmatulloyev Murodjon Xikmatulloyevich

Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11178062

Annotatsiya.

Maqolada 1920-1924-yillar buxoro xalq sovet respublikasi

matbuoti, “buxoro axbori” gazetasi, uning faoliyati, amalga oshirilgan ishlar,
gazetaning ommaviyligi va o‘qimishligini ta’minlashda bosh muharrir said
ahroriyning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan maqolalari mazmuni,
cho‘lponning nashr isho‘laridagi samarali faoliyati, gazeta nashrlaridagi tanqidiy,
real hayotni tasviflovchi materiallar haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

gazeta, nashr ishlari, matbuot, jadidchilik harakati, nashr,

muharririyat, muxbir, hukumat a’zolari, “Buxoro axbori” gazetasi

Аннотация.

В статье представлена информация о печати Бухарской

народной советской республики 1920-1924 гг., газете “Бухоро ахбори”, ее
деятельности, проделанной работе, содержании статей главного
редактора Саида ахрори по актуальным проблемам обеспечения
популярности и читабельности газеты, плодотворной деятельности
Чулпана в издательском деле, критических, реальных материалах в
газетных публикациях.

Ключевые слова:

газета, издательское дело, пресса, джадидистское

движение, издание, редакция, корреспондент, члены правительства,
газета “Бухарская информация”

Annotation.

The article contains information about the press of the

Bukhara people's Soviet republic of 1920-1924, the newspaper “Bukhara
akhbori”, its activities, the work carried out, the content of the articles of the
editor-in-chief said ahrory devoted to pressing problems in ensuring the
popularity and readability of the newspaper, the effective activities of Chulpan in
the publication

Keywords:

newspaper, publication Work, press, jadidism movement,

publication, editorial, correspondent, members of the government, Bukhara
akhbori newspaper

1920-yil avgust oxirlari va sentabr oyi boshlarida Buxoro amirligi

ag‘darilganidan keyin uning o‘rnida tuzilgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
hukumatining reja, dastur va vazifalarini sobiq amirlik hududida yashovchi
aholiga yetkazish maqsadida mahalliy matbuotga asos solish, ya’ni maxsus bir
gazeta chop ettirish masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. BXSR hukumati a’zolari


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

45

orasida matbaachilik maktabini bir qadar o‘tagan, muhojirlikda bo‘lsa-da,
gazetalar chop etishga mutasaddilik qilgan, jurnalistik malakaga ega bo‘lgan
vakillar bor edi. Yangi hukumat siyosatini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishdek
vazifani bajarishda matbuotning roli beqiyos ekanligini anglagan mas’ul
lavozimlardagi rahbarlar gazeta nashr etish ishiga muhim masalalardan biri
sifatida qaradilar. Shuning uchun 1920-yil 9-sentabrda, ya’ni amirlik tuzumi
ag‘darilganidan roppa-rosa bir hafta o‘tib, BXSRning markazi Eski Buxoro
(hozirgi Buxoro) shahrida o‘zbek adabiy tilida, isloh kilingan arab imlosida
“Buxoro axbori” nomi bilan gazeta bosildi

1

. “Buxoro axbori”ning 1920-yil 9-

sentabrda bosmaxonadan chiqqan 1-sonida “Maqsad va maslak” nomli
muharririyat tomonidan bosilgan yirik maqolada: “Gazetaning maqsadi
buxoroliklarga inqilobimizning va uning amallarini, sabablarini, uning qoida va
fazilatlarini bir suratda tushuntirmakdan iboratdur... Shu barobar kelajak
ishlarining saodat va iqboli yo‘linda rag‘bat etib, Buxoroning obodlig‘ig‘a xizmat
etmak” kabi fikrlar mavjud. Gazeta ilk sonidagi ushbu maqolada bundan keyin
Buxoro hayotida ro‘y beradigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-adabiy, ma’rifiy-
madaniy o‘zgarishlarga e’tibor qaratilishi ham alohida ta’kidlanadi. To‘rt
sahifada bosilgan “Buxoro axbori” gazetasining dastlabki soni bilan batafsil
tanishilganda, uning 1-sahifasi yuqori qismida “Buxorolik vatandoshlar! Ozod
Vataningiz muborak bo‘lsun!” shiori qayd qilingan. Keyingi barcha sonlariga
sovet davri matbuoti uchun an’ana bo‘lib qolgan “Butun dunyo yo‘qsullari
birlashingiz!” shiori asos qilib olingan.

“Buxoro axbori” gazetasi katta formatda 2 sahifada, o‘rta formatda 4

sahifada, yupqa va sifati yuqori darajada bo‘lmagan sarg‘ish rangli bosmaxona
qog‘ozida chop etilgan. Gazeta birinchi sonining 1-sahifasida hukumat
rahbarlarining salmoqli maqolalari va turli-tuman ma’lumotlarga ega bo‘lgan
muharririyat tomonidan tayyorlangan maqolalar bosilgan. Yuqoridagi fikr dalili
sifatida aytish lozimki, gazetaning ilk sonida BXSR Xalq Nozirlar SHo‘rosi raisi
Fayzulla Xo‘jayevning “Kuntug‘di”" nomli yirik maqolasi e’lon qilingan.
Gazetaning 1-sahifasi teng yarmini egallagan mazkur maqolada Buxoroda 1920-
yil sentabr oyi boshlarida yuz bergan keskin siyosiy jarayonlar o‘z davri
talablaridan kelib chiqqan holda bayon qilingan

2

.

1

Газета нусхалари ҳозирда Ўзбекистон Республикаси Марказий Давлат архивида ва Абу Али Ибн Сино

номидаги Бухоро вилоят марказий кутубхонасида сақланмоқда.

2

Раҳмонов К. “Бухоро ахбори” газетаси - Бухоро Республикаси матбуот органи //Жамият ва бошқарув. -Т.,

2004. № 2. -Б.44-46.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

46

“Buxoro axbori” gazetasining 2-sahifasida muharririyat a’zolari va ayrim

mutasaddi hukumat rahbarlarining ichki muammolarga oid yirik maqolalari
hamda BXSR xo‘jalik hayotining turli tarmoqlariga tegishli xabarlar bosilgan.

Gazetaning 3-sahifasi BXSR atrofidagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy,

siyosiy hayoti, Sharq va G‘arbning turli davlatlarida kechayotgan voqealar
tafsilotiga yo‘naltirilgan. Yuqoridagi turli-tuman chet el matbuot organlaridan
ko‘chirilgan maqolalar “Bizdan tashqarida”, “Chet ellarda”, “Sharqda”, “SHo‘rolar
ittifoqida”, “Turkistonda” kabi ruknlar ostida bosilgan. Keyingi sonlarda bu
ruknlar doirasi yanada kengayib borgan.

“Buxoro axbori”ning to‘rtinchi, ya’ni so‘nggi sahifasi BXSR hukumatining

buyruq

va

qarorlari,

hukumat

muassasalari

va

nozirliklarning

bildirishnomalaridan iborat bo‘lib, ular “Hukumat tadbirlari” va “Rasmiy qism”
ruknlari ostida berilgan.

“Buxoro axbori” gazetasi Butun Buxoro inqilobiy qo‘mitasi (revkom),

keyinchalik (1921-yildan) BXSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasi (MIQ) organi sifatida
chop etilgan.

“Buxoro axbori” gazetasi 1920-yil 9-sentabrda chop etilgan 1-sonidan

boshlab 2 yil davomida, ya’ni 1922-yil 21-sentabrga qadar haftada bir marta
1000-1500 nusxada bosmaxonadan chiqarilib turilgan.

“Buxoro axbori” gazetasining 1-soni 4-sahifasi oxiridagi ma’lumotdan aniq

bo‘ladiki, gazetaning dastlabki muharriri ma’rifatparvar, matbaachilik sohasida
muayyan tajriba orttirgan Mahmud Said Ahroriy

3

hisoblanadi. Bir qator tarixiy

tadqiqotlarda va matbaachilik o‘tmishiga bag‘ishlangan publitsistik maqolalarda
“Buxoro axbori”ning birinchi muharriri mashhur adib, BXSR hukumati
nozirlaridan biri Abdurauf Fitrat (1886-1938) bo‘lgan mazmunidagi xabar va
ma’lumotlar uchraydi

4

. Gazeta 1-sonining asl nusxasi yuqoridagi fikrning asossiz

ekanligini manbaviy isbotidir.

BXSRda aholining o‘zbeklardan keyin ko‘p sonliligi jihatidan tojiklar

ikkinchi o‘rinda turgan, shu sababli “Buxoro axbori”ning 2-sonidan boshlab
gazetaning ayrim sahifalarida tojik tilida ham xabar va maqolalar e’lon qilingan.
Biroq gazetaning oltinchi soniga kelib, tojik tilida materiallar berilishi to‘xtab
qoldi. S.Ahroriyning maqolasida yozilishicha, bunga sabab tojik tili muharririyati

3

Mahmud Said Ahroriy -1895-yilda Arabistonda tug‘ilgan. 1920-yilning kuzida Buxoroga keladi va Yosh buxoroliklar

partiyasiga a’zo bo‘lib kiradi. Shu vaqtdan boshlab, BXSRning yagona matbuot organi “Buxoro axbori” gazetasida
muharrir vazifasida xizmat qiladi. 1921-yil iyunidan BXSRning Ozarbayjondagi konsuli bo‘lib ishladi. Buxoroga
kaytgach, 1923-1924-yillar davomida “Ozod Buxoro” gazetasida muxarrir o‘rinbosari va davlat nashriyoti rahbari
lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1925-yildan Said Ahroriy Samarqandda moliya-iqtisod texnikumida o‘qituvchilik qilgan.
1930-yil 12-noyabrida aynan shu yerda xibsga olingan. 1931-yil 23-mayda Moskva shahrida RSFSR jinoyat
majmuasining 58-moddasi 4-bandi bilan otuvga hukm etilgan. O‘limidan so‘ng oqlangan.

4

Naimov N. Buxoro jadidlari (tarixiy ocherklar). -T.: Fan, 2000.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

47

a’zolarining tez-tez o‘zgarib turishi, mas’uliyatsizligi, malakali jurnalistlarning
yetishmasligi edi

5

.

Said Ahroriy muharrirlik qilgan davrda (1920-yil 9-sentabr-1921-yil 30-

iyun) “Buxoro axbori” yuqorida ta’kidlanganidek, bir oyda 4-5-marta, ya’ni hafta
davomida bir marta chop etib turilgan. Gazeta chop etiladigan haftaning aniq,
qat’iy belgilangan kuni mavjud bo‘lmay, ba’zi haftada dushanba, ba’zan
chorshanba, ba’zi haftalarda esa juma kunlariga to‘g‘ri kelgan. Said Ahroriy
muharrirlik qilgan davrdagi gazetalarning o‘nlab sonlari bilan tanishilganda, bu
holat aniqlandi. Bosh muharrirning tashkilotchilik salohiyati va xizmati
shundaki, u gazeta atrofida muxbir hamda matbaachi mutaxassislarni to‘pladi,
ular tarkibini shakllantirdi. BXSRning chekka viloyatlaridan xabar to‘plab
gazetaga yuborib turadigan qishloq muxbirlari guruhini ham vujudga keltirdi.

Muharririyat tarkibida faoliyat olib borayotgan muxbirlar hamda ayrim

hukumat a’zolari gazeta sahifalaridagi chiqishlarida ko‘p millionli

6

Buxoro

aholisi uchun yagona gazeta va uning 1000-1500 tadan oshmaydigan nusxalari
yetarli emasligini qayd qilishadi. “Buxoro axbori” gazetasi tirajining kam
nusxada chop etilishi poliagrafiya bazasining ojizligi, nashriyot ishlarining
zamon talablari asosida yo‘lga qo‘yilmaganligi, musulmon shriftining
yetishmasligi, malakali matbaachi mutaxassislarning deyarli yo‘qligi, moddiy
qiyinchiliklar kabi ko‘pgina omillardan kelib chiqqan. Bevosita “Buxoro axbori”
gazetasida bosilgan ayrim xabar va ruknlardan ma’lum bo‘ladiki, matbaachi
mutaxassislarni gazeta ishiga jalb qilish uchun hukumat rahbarlari hamda bosh
muharrir xorijdan bu boradagi ziyolilarni taklif qilishgan. Jumladan, gazeta
ma’lumotlaridan birida: “Qozondan 14 nafar matbaachi mutaxassis Buxoroga
taklif qilindi. Ular davlat nashriyotida ishlay boshladilar. Biroq tezda ulardan 9
nafari “Buxoro varajasi” (bezgak) kasaliga chalinib, hayotdan ko‘z yumdi.
Ko‘pgina tatar mutaxassislari ishlash shart-sharoitlarining og‘irligi, maosh ozligi
va kasalliklar bilan bog‘liq sabablar tufayli o‘z yurtlarig‘a qaytib ketmakdalar”, -
deb yoziladi

7

.

“Buxoro axbori” gazetasida 1921-yilning 30-iyuniga qadar chop etilgan

sahifalar tahlilidan aniqlandiki, bu davrda, ya’ni S.Ahroriy muharrirligi
davomida “Buxoro xabarlari”, “Viloyatlarimizda”, “Sharq dunyosi”, “Chet
ellarda”, “Fan va texnika”, “Hukumat tadbirlari” kabi ruknlarga asos solingan.
Ayniqsa, “Buxoro xabarlari” rukni ostida BXSR va unga qo‘shni bo‘lgan Turkiston

5

Rahmonov K. “Buxoro axbori” gazetasi - Buxoro Respublikasi matbuot organi //Jamiyat va boshqaruv. -T., 2004. №

2. -B.44-46.

6

“Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida BXSR aholisi 3 mln, 3,5 mln, 5 mln kishidan iboratligi bilan bog‘liq

turli ma’lumotlar keltiriladi.

7

Qarang. Hayitov Sh. va b. Tatar ziyolilari Buxoroda //Buxoro mavjlari. 2007. №2. -B. 41-43.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

48

ASSR, XXSR, RSFSR kabilardagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayot
o‘zgarishlari muntazam berib borilgan.

“Buxoro axbori” gazetasining ommaviyligi va o‘qimishligini ta’minlashda

bosh muharrir Said Ahroriyning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan o‘nlab
maqola va badiiy ijod namunalari muhim rol o‘ynadi. U tahririyatni boshqarish
bilan birga gazetada bosh muharrirlik qilgan keyingi vakillardan (bundan Qori
Yo‘ldosh Po‘latov mustasno) o‘zining maqolanavisligi hamda yuksak jurnalistik
mahorati bilan ajralib turdi. S.Ahroriy keyinchalik boshqa mas’ul vazifalarda
faoliyat yuritganiga qaramay, “Ozod Buxoro” gazetasi sahifalarida ham uning bir
qator ta’sirchan, davrning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan salmoqli
maqolalari chop etildi. Uning maqolalarida BXSRdagi ijtimoiy muammolarning
muhim bo‘g‘ini bo‘lgan xotin-qizlar masalasi, xalq salomatligi muammolari,
maorif va madaniyatga tegishli bo‘lgan vazifalar hamda hukumat organlari ishini
takomillashtirish bilan bog‘liq jihatlar qamrab olingan. Said Ahroriyning “Qish
keldi, tovushsizlar qotmasin”

8

nomli maqolasida BXSRdagi kishilarning turmush

tarzi, ijtimoiy ahvoli bayon qilinadi. Mamlakatda 1923-yil qishi qattiq kelganligi,
badavlat xonadonlarda, korxonalarda yashayotgan uy-joysiz, iqtisodiy nochor
ahvolda bo‘lgan yetim-yesir o‘g‘il va qizlar ancha foizni tashkil qilishini yozar
ekan, Said Ahroriy bu masalaga hukumat idoralarining diqqatini jalb etadi.
“Tovushsizlar (ya’ni xo‘jayin tomonidan quvg‘inga uchramaslik uchun tovush
chiqarishga jur’at qilolmaydiganlar - K.R.) Sharqdagi mamlakatlarda faqat ovqat
uchungina xizmat qilib turmaydilar, balki ularga ayrim moyana berilmog‘i bilan
barobar yiliga ikki marotaba yozlik va qishlik kiyim beriladi, o‘qitiladi,
uylantiriladur”

9

,- deb yozgan muallif. Nochor va qashshoq kishilar, ayol va

bolalar yarim yalang‘och, oyoqyalang holda hovuzdan suv tashib, yuk ko‘tarib,
chorva mollarini boqib, qor kurab, qorovullik qilib, bir burda nonlarini
topayotganligi bilan bog‘liq haqiqiy ahvolni ifodalovchi fikrlar bildirilgan.
“Xotun” maqolasida esa xotin-qizlarning haqiqiy ma’nodagi tenglikka
erishmaganligi, ular orasida savodsizlik, erksizlik hamon kuchliligi bilan bog‘liq
achchiq haqiqat ochiq bayon qilingan. “Erkakning o‘ylaganicha xotin ermakdur,
o‘yinchoqdur, qo‘g‘irchoqdur. Ko‘ngli qanday tilasa shunday sevadur,
mijg‘alaydur, sindiradur va ezadur”. Bu masalada Said Ahroriyning shaxsiy fikri
esa oliyjanob bo‘lib: “Xotunga hurmat bilan qaramag‘on erkak tubanlardan
tubandur”.

8

Rahmonov K. “Buxoro axbori” gazetasi - Buxoro Respublikasi matbuot organi //Jamiyat va boshqaruv. -T., 2004. №

2. -B.44-46.

9

Rahmonov K. “Buxoro axbori” gazetasi - Buxoro Respublikasi matbuot organi //Jamiyat va boshqaruv. -T., 2004. №

2. -B.44-46.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

49

1923-yil 9-sentabrda “Buxoro axbori” gazetasi Said Ahroriyning “To‘rtinchi

inqilobiy yilimizdan nimalar kutamiz?”

10

nomli yirik maqolasini bosdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu maqola BXSRning 3 yil davomi (1920-1923-yillar)dagi
iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, madaniy - ma’rifiy, milliy, siyosiy - harbiy
sohalardagi faoliyatini tahlil qilib, kelgusida bajariladigan vazifalar to‘g‘risida
bahs yuritadi. Muallif Buxoro davlat bankining faoliyati, fabrika va zavodlardagi
ishlab chiqarish, shirkat xo‘jaliklari haqida yozar ekan, o‘tgan tarixiy davrda
hukumat dehqonlarga: “bug‘doy, urug‘lik, g‘alla, ho‘kiz, asbob va oqcha bilan
jami 300 mln. oltin so‘mlik yordam berdi”, - degan fikrlarni keltiradi. Bu yillarda
“alohida dehqonlar banki” tashkil etilganligini ahamiyati to‘g‘risida gapirib: “Bir
masala bordurki, hamma dehqonlarimizni ma’naviy jihatdan tarbiya etmak,
yangi usulda faniy ishlar o‘rgatmak, mashina va boshqa asbob qo‘llatib, oz
zahmat va oz chiqim bilan ko‘p mahsulot olib dehqon xo‘jaligini boy qilmakdur”,
- deyilishi muhimdir. BXSR hukumati istiqbol rejasida zamonaviy texnologiya
asosida qishloq xo‘jaligini vujudga keltirish, kooperatsiya tizimini taraqqiy
qildirish kabi ulug‘ maqsadlar bor edi.

Said Ahroriy BXSRdagi milliy masalaga ham alohida to‘xtalgan. Ayniqsa,

iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloq bo‘lgan turkman va qirg‘izlarning
turmushini yaxshilash masalasidagi tadbirlarga e’tibor qaratiladi. Ma’lumki,
Amir Sayyid Olimxon bilan birga va undan keyingi davrlarda 35 ming oila
turkmanlar 2 mln.ga yaqin chorva mollarini xaydab, tushunib-tushunmay, turli
tashviqotlarga uchib, qo‘shni davlat - Afg‘onistonga o‘tib ketgan edi. Buxoro
xukumati o‘zga mamlakatdagi turkmanlarni 1922-1923-yillarda o‘z yurtiga
qaytarib kelish va ular xo‘jaligini tiklashga yordam ko‘rsatdi.

BXSRdagi siyosiy va harbiy masalalarning ahvoli haqida yozar ekan, Said

Ahroriy qizil armiyachilar soni 200 ming atrofida bo‘lib (1923-yil) shundan 2 ta
polk mahalliy millat vakillaridan iboratligini ta’kidlaydi. Maqolada qizil armiya
askarlari va qizil militsionerlarni boqish davlat budjetiga katta chiqim
bo‘layotganligiga alohida urg‘u beriladi. Armiyada milliy mutaxassislarni
ko‘paytirish choralarini ko‘rish kun tartibidagi muhim masala bo‘lib
qolayotganligi uqtiriladi.

Ko‘rinib turibdiki, S. Ahroriy muharrirligi ostida chiqqan gazeta sonlaridagi

maqolalar kechayotgan voqealarni obyektiv, tanqidiy, ayni paytda oddiy aholiga
tushunarli qilib yetkazishi bilan muhim manba hisoblanadi.

Hukumat muassasalarida siyosiy rahbarlarga va diplomatik xodimlarga

ehtiyoj dastlabki yillarda kuchliligi tufayli “Buxoro axbori”ning birinchi

10

Rahmonov K. “Buxoro axbori” gazetasi - Buxoro Respublikasi matbuot organi //Jamiyat va boshqaruv. -T., 2004. №

2. -B.44-46.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

50

muharriri S.Ahroriy 1921-yil iyunda Ozarbayjon Respublikasiga BXSRning
muxtor vakili qilib yuborildi.

Said Ahroriydek tajribali jurnalistning mas’ul vazifaga o‘tkazilishi “Buxoro

axbori” gazetasini istiqbolda ushbu shaxs singari salohiyatli va gazeta saviyasini
avvalgi darajada saqlab qolib, yanada oshirishga yo‘naltira oladigan muharrirga
zarurat tug‘ildi. Navbatdagi bosh muharrirlik mas’uliyati mashhur adib va shoir
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponzimmasiga yuklandi. Gazetaning 41-
sonidan 67-soniga qadar (salkam olti oy, 1921-yil 30-iyun - 1922-yil 25-yanvar)
unga Cho‘lpon muharrirlik qildi. U shaxsan ustozi Fitratning taklifi bilan
Buxoroga kelgan. Ikkinchidan esa, Buxorodagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy
o‘zgarishlar yozuvchi va publitsist Cho‘lponni juda qiziqtirar edi

11

. Xullas,

Cho‘lponning tabiatan yangilikka intiluvchanligi, o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan
ko‘rishga harakat qilishi, maslakdoshlari bilan birga bo‘lish kabi maksadlari uni
Buxoroga kelib, o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirishiga sabab bo‘lgan. 1921-
yilning ikkinchi yarmida gazeta haqiqiy xalq minbariga aylandi. Bu davrda
“Buxoro axbori”da “Maorif ishlarimiz”, “Iqtisodiy ishlarimiz”, “Ochiq xatlar”,
“Bizdan tashqarida”, “Qora taxtaga”, “Mubohasalar”, “Siyosiy aloqalar”, “Firqa
turmushidan”, “Kasabachilik harakati” kabi yangidan-yangi ruknlarga asos
solindi. Ayniqsa, “Ochiq xatlar” va “Mubohasalar” rukni ostida chop etilgan xabar
va maqolalar BXSRda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jarayonlarni tanqid tig‘i ostida
yoritib, gazeta o‘quvchilarini bahs va munozaraga chorladi.

Abdulhamid Cho‘lponning muharrirlik davrida ijodkorning kasbiy mahorati

tufayli adabiy-badiiy muhit yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. “Adabiyot”, “Felyeton”,
“Kichik hangoma” kabi bir qator ruknlar tashkil etildi. Mazkur ruknlarning
gazetxonlarga manzur bo‘lishida Cho‘lpon ijodidan namunalar ham berib
borilishi muhim rol o‘ynadi. Jumladan, shoirning “Adabiyot” rukni ostida
gazetaning bir qator sonlarida “Ag‘darilish”, “Xalq”, “Tarixdan”, “So‘z”, “Yurt
yo‘li”, “Og‘rig‘onda”, “O‘liqlarg‘a qarshi” she’rlari e’lon qilindi. Cho‘lponning
“Matbuot-kuchlik bir davlatdur”, “Hukumat nashri” kabi maqolalari bevosita
matbaachilik faoliyatini va davriy matbuotning ta’sir kuchini oshirish
maqsadlariga qaratilgan. Gazeta sahifalarida muharrirning “Hukumat qurultoyi”,
“Adabiyot kechasi”, “Teatr-tomosha”, “Ergashish”, “Tizgin talash” kabi
maqolalari esa o‘zining ijtimoiy xarakteri bilan ahamiyatlidir. Gazetada chop
etilgan she’r va maqolalari uning “Cho‘lpon”, “Qalandar” kabi taxalluslari ostida
bosilgan. Ayrim hollarda esa “Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li” ismi - sharifi yozib
qo‘yilganligining guvohi bo‘lindi.

11

Aliyev S. Cho‘lpon nazdida Buxoro //Buxoro haqiqati. 1997-yil 20-dekabr.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

51

Cho‘lponning “Buxoro axbori”da e’lon qilingan ijod namunalarini 3 guruhga

bo‘lish mumkin. She’riy ijod namunalari, davr ruhini tanqidiy aks ettirgan
publitsistik maqolalar hamda bevosita matbuotchilik tarixi muammolariga
bag‘ishlangan asarlardir. Uning “Matbuot - kuchlik bir davlatdur” maqolasida
aynan matbuot organlarining jamiyat taraqqiyotidagi roli haqida fikr yuritiladi.
“Matbuot xalqning tilidur... Gazeta hukumatning tilidur. Shuning uchun butun
hukumat muassasalarining qilgan ishlarini va qilib turganlarini xabar berib,
xalqqa gapirib turishi kerakdur”,- deb yoziladi.

Gazeta hayotning dolzarb muammolarini tabiiy ravishda bayon qilsa,

foydadan holi bo‘lmasligiga bu kabi maqolalarda e’tibor qaratilgan. “Buxoro
axbori” xalq ommasi tushunadigan voqea va xabarlarni e’lon qilishi kerakligi,
felyeton janrini, badiiy ruknni kuchaytirilishi maqolalarda alohida ta’kidlanadi.
Cho‘lpon gazetaning qudrati va ahamiyatini: “dunyoda besh kuchlik davlat bo‘lsa
oltinchisi, oltita bo‘lsa yettinchisi matbuotdir”

12

, - deb yozadi.

Gazeta sahifalarida bosh muharrir Buxorodagi barcha ziyolilarni,
qalamkashlarni, muxbirlarni munozaralarga chorlab, “Buxoro axbori” sahifalari
jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday erkin fikrlar uchun ochiqligini
qayta-qayta ta’kidlaydi. “O‘rtoq Qilichzoda (BXSR yoshlar ittifoqining raisi)ning
javobi”, “So‘nggi so‘zim (o‘rtoq Qilichzodaga javob)”- kabi maqolalarning e’lon
qilinishi diqqatga sazavordir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Gazeta nusxalari hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat

arxivida va Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat markaziy kutubxonasida
saqlanmoqda.
2.

Rahmonov K. “Buxoro axbori” gazetasi - Buxoro Respublikasi matbuot

organi //Jamiyat va boshqaruv. -T., 2004. № 2. -B.44-46.
3.

Aliyev S. Cho‘lpon nazdida Buxoro //Buxoro haqiqati. 1997-yil 20-dekabr.

4.

Naimov N. Buxoro jadidlari (tarixiy ocherklar). -T.: Fan, 2000.

5.

“Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida BXSR aholisi 3 mln, 3,5

mln, 5 mln kishidan iboratligi bilan bog‘liq turli ma’lumotlar keltiriladi.

12

Aliyev S. Cho‘lpon nazdida Buxoro //Buxoro haqiqati. 1997-yil 20-dekabr.

Bibliografik manbalar

Gazeta nusxalari hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida va Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat markaziy kutubxonasida saqlanmoqda.

Rahmonov K. “Buxoro axbori” gazetasi - Buxoro Respublikasi matbuot organi //Jamiyat va boshqaruv. -T., 2004. № 2. -B.44-46.

Aliyev S. Cho‘lpon nazdida Buxoro //Buxoro haqiqati. 1997-yil 20-dekabr.

Naimov N. Buxoro jadidlari (tarixiy ocherklar). -T.: Fan, 2000.

“Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida BXSR aholisi 3 mln, 3,5 mln, 5 mln kishidan iboratligi bilan bog‘liq turli ma’lumotlar keltiriladi.