O'ZBEKISTON ILK SHAHAR DAVLATLARNING PAYDO BO’LISHI.

Abstract

Vatanimiz O’zbekistonda ilk davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimiy davlatlarning nomlari va ichki va tashqi siyosati to’g’risida o’quvchilarga va shunga qiziquvchilarga ma’lumotlar berish. Har bir davlatning rivojlanishi, o’z taraqqiyotiga va inqiroziga ta’sir qilgan omillarni to’liq ochib berish. Hududimizda joylashgan qal’alar va ularning o’z davridagi istiqbollariga nazar solish.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
79-84
41

Downloads

Download data is not yet available.
To share
To’ychiyev , E. ., & Almurodova , D. . (2025). O’ZBEKISTON ILK SHAHAR DAVLATLARNING PAYDO BO’LISHI. Science and Innovation in the Education System, 4(1), 79–84. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/63859
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Vatanimiz O’zbekistonda ilk davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimiy davlatlarning nomlari va ichki va tashqi siyosati to’g’risida o’quvchilarga va shunga qiziquvchilarga ma’lumotlar berish. Har bir davlatning rivojlanishi, o’z taraqqiyotiga va inqiroziga ta’sir qilgan omillarni to’liq ochib berish. Hududimizda joylashgan qal’alar va ularning o’z davridagi istiqbollariga nazar solish.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

79

O'ZBEKISTON ILK SHAHAR DAVLATLARNING PAYDO BO’LISHI.

To’ychiyev Eldor Shuhrat o’g’li

Almurodova Dildora Abdumajid qizi

Termiz davlat pedagogika instituti 3- bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14729074

Annotatsiya

Vatanimiz O’zbekistonda ilk davlatlarning paydo bo’lishi.

Qadimiy davlatlarning nomlari va ichki va tashqi siyosati to’g’risida
o’quvchilarga va shunga qiziquvchilarga ma’lumotlar berish. Har bir davlatning
rivojlanishi, o’z taraqqiyotiga va inqiroziga ta’sir qilgan omillarni to’liq ochib
berish. Hududimizda joylashgan qal’alar va ularning o’z davridagi istiqbollariga
nazar solish.

Kalit so’zlar:

Ilk davlatchilik, Xorazm, Baqtriya, Dovon davlati, Kang’

davlati, So’g’d davlati, Kushonlar davlati, quldorlik, feodalizm, qabila, urug’,
qal’alar nomi va ta’rixi.

Abstract

The emergence of the first states in our homeland Uzbekistan. To

inform students and those interested in the names of ancient states and their
domestic and foreign policies. Full disclosure of the factors influencing the
development of each state, its own development and crisis. castles located in our
territory, a look at their prospects in their time

Keyswords:

first states, Kxarezm , Baktriya, Davan states, Kang states, Sugd

states, Kushans states, cities names and histories.

Аннотация

Возникновение первых государств в нашей стране

Узбекистан. Предоставление информации студентам и всем, кто
интересуется названиями древних государств, их внутренней и внешней
политикой. В полной мере раскрыть факторы, повлиявшие на развитие
каждой страны, ее развитие и кризис. Посмотрите замки, расположенные в
нашем регионе и их перспективы в свое время.

Ключевые слова:

Ранняя государственность, Хорезм, Бактрия,

Дованское государство, Кангское государство, Согдийское государство,
Кушанское государство, рабство, феодализм, племя, род, название и
история крепостей.

O'zbekiston davlatchiligi borasida gap ketganda avvalambor Qadimgi

Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlati nafaqat O'zbekiston,balki O'rta Osiyo
hududidagi ilk davlatlardan sanalishini aytishimiz joiz deb o'ylayman. Davlat
qurish ham oson emasligini bilamiz. Albatta, har bir fan davlatchilik
tushunchasiga o’z aspekti doirasida ta’rif berishga harakat qiladi. Masalan,
falsafiy kitoblarning ayrimlarida davlatga berilgan ta’rifda quyidagi mazmundagi


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

80

so’zlar bor: “Jamiyatni tartibga solib turuvchi va boshqaruvchi siyosiy
tashkilotga davlat deyiladi” yoki siyosatshunoslikka oid manbalarda “Jamiyatni
boshqaruvchi va qonun bilan kafolatlovchi siyosiy tashkilotga davlat deyiladi”
deyilgan. Tarixiy nuqtai nazardan aytganda davlat deb–muayyan boshqaruv
apparatiga ega bo’lgan, mavjud qatlamlar manfaatini himoya qiluvchi tuzilmaga
davlat deyiladi. Bugungi kunda ham davlatlar o’z tasarrufidagi qatlamlar –
ziyolilar, tadbirkorlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, dehqon va ishchilarni qonuniy
himoya qiladi. Demak, qadimgi davrlar davlatlarida o’ziga xos boshqaruv shakli
bo’lib, mavjud qatlamlarni himoya qilgan. Biroq tarixning guvohlik berishicha,
qadimgi davlatlarda ko’proq amaldorlar (quldorlikda quldorlar, feodalizmda
katta yer egalari va h.k.) manfaati himoya qilingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har bir davlat o’z davlatchilik tarixiga ega. Bizning O’zbekistonimiz

hududida ham qadimgi davrlardan boshlab davlatchilik poydevoriga asos
solingan. Bizda davlatchilikka xos boy tarixiy tajriba mavjud bo’lib, bu juda olis
davrlarga borib taqaladi. Albatta, davlatlar o’z–o’zidan paydo bo’lmagan, buning
o’ziga xos omillari mavjud. Hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilik poydevori
temir asri, ya’ni 1– mingyillik bilan chambarchas bog’liq. Chunki bu davrda
hunarmandchilik yanada rivojlandi, dehqonchilik gurkirab o’sdi. Temirdan
yasalgan mehnat qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu
davr temirchi kasbining paydo bo’lishi va temirchilikning ixtisoslashuvi bilan
xarakterlanadi. Bu hol ishlab chiqarishning yanada ilg’or usullariga o’tish va
ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo’lishi uchun sharoit yaratdi. Ikkinchi
ijtimoiy mehnat taqsimoti bu – hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi va
ixtisoslashuvi. Urug’ jamoasi hududiy qo’shnichilik jamoasiga aylana bordi.
Yangi yerlar va suv manbalari uchun qabilalar o’rtasida doimo
kelishmovchiliklar bo’lib turgan. Qabila chegaralarini qo’riqlash, yangi yerlarni
o’zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish maqsadida qabilaviy harbiy
ittifoqlar tashkil topa boshlagan. Bunday ittifoqlar tepasida urug’, qabila
boshliqlari turganlar. Ular o’z obro’si va ta’siri bilan mashhur kishilardan
saylangan. Mil.av. 1–mingyillik boshlarida Markaziy Osiyo aholisi to’rt guruhga
bo’lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchilar va hunarmandlar. Xo'jalikning
ishlab chiqaruvchi shakllari bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek
hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug’ va qabilalar ichida
ayrim to’q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Muntazam bo’lib turadigan
harbiy to’qnashuvlar sharoitida urug’–qabila boshliqlarining ta’siri kuchayadi.
Jamiyat endi harbiy demokratiya qonun–qoidalariga asosan yashay boshlaydi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

81

Harbiy demokratiya–davlatga o’tish davrining boshqaruv shaklidir. Uni harbiy
va qabila boshliqlari boshqarganlar. Davlatlar paydo bo’lishining formulasini
quyidagicha belgilash mumkin: Qabila – urug’ – hududiy qo’shnichilik jamoasi –
davlat.. Shunday qilib, davlatlar tashkil topishidagi omillar quyidagilardan iborat
bo’ldi: ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo’lishi; mulkiy tengsizlik (ayrim
kishilarning boyib ketishi).

MUHOKAMA

Hozirgi O’zbekiston hududidagi ilk davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va

Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Qadimgi Xorazm – mil.av. 1–mingyillikning 8–6
asrlarida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo’lgan yerlarni
birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri bo’lgan. U
qalin mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg’ul
bo’lgan aholisi turli xil uy – qo’rg’onlarda va qishloqlarda yashaganlar. Qadimgi
Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq yuksak darajada
rivojlangan. Baqtriya – hududi hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy Tojikiston
va Shimoliy Afg’oniston. Bu davlat ham mil.av. 8–6 asrlarda tashkil topgan.
Baqtriyaning tarkibiga aynan Baqtriyadan tashqari Marg’iyona va So’g’diyona
ham kirgan. Shuning uchun u qadimgi bir–biriga qarindosh bo’lgan elatlarning
davlat birlashmasi deyilgan. Bu davlatning aholisi asosan dehqonchilik,
chorvachilik va savdo bilan shug’ullangan. Baqtriyaning shahar xarobalariga
Qiliztepa, Uzunqir, Bandixon va boshqalar kirgan. Mil.av.530 yilda Eron
ahamoniylaridan bo’lgan Kir II massagetlarga qarshi hujum qiladi. U malika
To’maris bilan to’qnashadi va undan yengiladi. Undan so’ng yana Eron
ahamoniylaridan bo’lgan Doro I mil.av. 519 yilda saklarga qarshi hujum qiladi va
uning ham yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Lekin ahamoniylar ayrim bosib
olingan mamlakatlarni alohida viloyat – satrapliklarga bo’lib boshqaradilar.
Satrap forscha “xshatra” ya’ni “viloyat” degan ma’noni anglatadi. Markaziy
Osiyoning bosib olingan viloyatlari uch satraplikka bo’linadi. Mil.av. 5–4 asrlarda
Markaziy Osiyo hududida dastlabki ahamoniylar tanga pullari tarqalgan.
Mil.av.329 yilda Makedoniyalik Iskandar Markaziy Osiyoga hujum qiladi.
Greklarga qarshi Spitamen mardonovar kurashgan. Aleksandr Makedonskiy
Markaziy Osiyoning ko’plab joylarini bosib oldi va 12ta shahar qurdirgan. U bu
yerda 3 yil hukmroklik qilgan. Uning vafotidan so’ng Markaziy Osiyo yerlarida
Salavkiylar davlati tashkil topgan. Shu davrlardan boshlab ellinistik madaniyat
tarkib topgan. Ellinlashtirish – Sharqqa yunon madaniyatining yoyilishi jarayoni,
aralash madaniyatning – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish
jarayoni. Mil.av. 3 asr o’rtalarida, ya’ni 250 yilda Baqtriya va Parfiya Salavkiylar


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

82

davlati tarkibidan ajralib chiqadi va Yunon–Baqtriya deb ataladi. Uning
hukmdorlari greklar bo’lib, birinchi shohi Diodot bo’lgan. Parfiyada esa
hokimiyat Mitridat I qo’liga o’tgan. Mitridat I Marg’iyonani bosib olgan, uning
tarixi ko’proq Arshakiylar davri bilan bog’liq. Bu vaqtda So’g’diyona ham
Baqtriya tarkibidan ajralib chiqadi. Yunon–Baqtriya davlati 120 yil yashaydi.
A.Makedonskiydan keyingi davrlarda, ya’ni mil.av. 3 asrlarda Markaziy Osiyoda
bir qancha davlatlar tashkil topadi. Ular quyidagilar: Dovon davlati – mil.av. 3
asrdan to milodning 2 asrlarigacha mavjud bo’lgan. Uning hududi hozirgi
Farg’ona vodiysi bo’lib, Andijon va Namangan ham kirgan. Bu davlat tarixi
ko’proq Xitoy manbalarida uchraydi, uning boshqa ataladigan nomlari –
Parkana, Boxon, Polona bo’lgan. U o’zining uchqur samoviy otlari va vinosi bilan
mashhur bo’lgan. Xitoyliklar bu davlatga tez–tez hujum qilib turgan va har gal
ularni samoviy otlar bilan o’lpon to’lashga majbur etgan. Bu davlatning iqtisodiy
asosini bog’dorchilik, yilqichilik, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tashkil
etgan. Dovon davlatining poytaxti Ershi shahri bo’lib, u hozirgi Andijon
viloyatining Marhamat tumaniga to’g’ri keladi. Uning Uchqo’rg’on. Sho’rabashat
kabi shaharlari mavjud bo’lgan. Qang’ davlati – bu davlatga mil.av. 3 asrlarda
saklar asos solgan. U Xitoy manbalarida Qang’yuy deb atalgan. Uning poytaxti
hududlari hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumaniga to’g’ri kelib,
Qang’dez nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik u o’zining hududlarini kengaytirgan.
Xitoyliklar bu shaharni Bityan deb atashgan. Mil.av. 2 asr oxirlarida ular eng
qudratli davlatga aylanadi. Aslida Qang’ so’zi ularning turmush tarzidan kelib
chiqqan bo’lib, “arava” yoki “aravaga ortilgan yuk”, ayrim manbalarda esa ular
Sirdaryo bo’ylariga yaqin yashaganligi uchun “daryo”, “suv” degan ma’noni
bildiruvchi ikkinchi mazmunga ham ega bo’lganligi bayon qilinadi. Qang’liklar
Toshkent viloyati vohalarida asosan dukkakli o’simliklarni ekish, undan tashqari
savdo va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Milodning 3 asriga kelib
Eftalitlar tomonidan parchalanib ketadi.

NATIJA

So’g’d davlati – bu davlat mil.av. 250 yillarda Baqtriya tarkibidan ajralib

chiqadi. Uning hududi hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Samarqand,
Buxoro va Navoiy viloyatlariga to’g’ri keladi (Ungacha bu hududlar Baqtriya
tarkibida bo’lgan). Uning aholisi asosan bog’dorchilik, polizchilik, dehqonchilik,
chorvachilik, savdo va hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Uning shahar
xarobalaridan biri – Afrosiyobdir. Xorazm – mil.av. 4 asrda bu davlat
ahamoniylardan mustaqil davlatga aylanadi. Biroq bu davlatni A.Makedonskiy
bosib ololmagan. Shuning uchun bu davlat o’ziga xos an’ana va madaniyatni


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

83

saqlab qolgan. Uning yodgorliklari – Jonbosqal’a. Qo’yqirilganqal’a, Oybuyirqal’a
va Tuproqqal’adir. Tarixchi olimlar Qo’yqirilganqal’adan aylana shaklida
qurilgan ibodatxona qoldiqlari topishgan. Astronom olimlar fikricha, bu yerda
ulkan rasadxona bo’lgan. Shuningdek, Oybuyirqal’adan xum sirtiga chekilgan
mahalliy yozuv namunalarini topishdi. Qo’yqirilganqal’adan ham ba’zi yozuv
namunalari topilgan bo’lib, bu ularda o’zlarining mahalliy yozuvlari
bo’lganligidan dalolat beradi. Xorazm davlatining iqtisodiy asosini
savdo,sholikorlik, chorvachilik, hunarmandchilik tashkil etgan. Kushonlar
saltanati – mil.av. 140–130 yillarda yuechji qabilari shimoli– sharqdan kelib,
Yunon–Baqtriya davlatiga yunonlar zulmidan ozod bo’lishiga yordam berdilar va
shu yerda o’rnashib qoldilar. Beshta hokimlik – Guyshuan, Shuanmi, Xisi, Xyumi,
Xuanmilarni birlashtirgan Kudzula Qadfiz I bu davlatga asos soladi. Ularning bu
yerdagi dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryo viloyati) bo’lgan.
Keyinchalik Kanishka davrida poytaxt Peshovarga ko’chiriladi. Chunki ular
sarhadlarini Hindistongacha kengaytiradi. Kushonlar davrida tangalar oltin,
kumush va misdan zarb qilingan. Bu davlat o’sha davrlarning eng taraqqiy etgan
davlatlari – Rim, Gretsiya, Xitoy, Eron, Hindiston kabi davlatlar bilan elchilik
munosabatlarini yo’lga qo’ydi. Tarixchi olimlar yaqinda Skandinaviya yarim
orolidan Kushonlar saltanatiga xos tanga pullarni topishgani bu davlatning
boshqa davlatlar bilan savdo va diplomatik munosabatlari mustahkam
bo’lganligini anglatadi. Kushonlar saltanatining madaniy yodgorliklariga –
Xolchayon, Dalvarzintepa, Dalvarzin, Ayritom, Zartepa va Qoratepalar kiradi. Bu
davlatda ijtimoiy sohaning hamma turlari – savdo, hunarmandchilik, zargarlik,
me’morchilik (suyak va yog’och o’ymakorlik), hakkoklik (metallga naqsh
tushirish), chorvachilik, dehqonchilik yaxshi rivoj topgan. Bu davlat rivojlangan
quldorlik davlati bo’lib, feolizm kurtaklari namoyon bo’la boshlagan edi.
Kushonlar saltanati eftalitlar tomonidan inqirozga yuz tutdi. Vatanimiz
hududida milodiy 4 asrlardan boshlab feodal munosabatlar tarkib topa
boshlaydi. “Feod” yer degan ma’noni anglatib, bu davrlardan boshlab yerga
egalik qilishning mavqei ortib boradi. Ilgarilari hunarmandchilik yetakchi
bo’lgan bo’lsa, endi yeri bor zamindorlar mulkdor va boy kishilar hisoblangan.
Bu davrda “dehqon” degan tushuncha “qishloq hokimi” degan ma’noni
anglatgan.Hududimizda zaiflashib borayotgan Qang’ va Kushonlar saltanatidan
asta–sekin ilk mustaqil feodal davlatlar ajralib chiqa boshlaydi. Bu davlatlarga
Xorazm, So’g’d, Toxariston, Choch va Eloq, Farg’ona kabi hokimliklar kirgan. Bu
davlatlar hokimlari So’g’d va Farg’onada– ixshidlar, Toxaristonda–malikshohlar,
Xorazmda–xorazmshohlar, Choch va Eloqda– budun va dehqonlar deb atalgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

84

Mahalliy davlatlardan tashqari vatanimiz hududida Yettisuv va Sharqiy
Turkistondan kelganko’chmanchi chorvadorlarning Xiyoniylar, Sharqiy Sirdaryo
va Orol bo’ylari orqali kelgan ko’chmanchi chorvador Kidariylar va Eftalitlar
ham o’z ma’lum bir muddat davlatchiligini barpo etgan. Undan tashqari, 5
asrning ikkinchi va 6 asrning birinchi yarmida Oltoy va Janubiy Sibirdagi turklar
birlashib, 558 yildan hududimizga kelib, uni egallaydi. Shu davrdan boshlab
Turk hoqonligi davri boshlanadi. Vatanimiz davlatchiligi tarixida arablardan
keyingi davr ham muhim o’rin tutadi. O’rta asrlarda, ya’ni 9 asrlardan boshlab
arab xalifaligidan bir qancha mustaqil davlatlar ajralib chiqadi. Bu davlatlarga –
Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, G’aznaviylar, Xorazmshohlar kabilar
kiradi. Bu davlatlarning taraqqiyot davri Sharqda uyg’onish davri deb ataladi.
Uyg’onish davrida ilm–fan, san’at, adabiyot, me’morchilik, musiqa va san’atning
boshqa turlari keng rivoj topdi va bu jarayonlar davlatlar yuksalishiga ijobiy
ta’sir qildi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bizning jonajon diyorimizda ham necha yillar

muqaddam davlatchilik poydevori qo’yilgan va ular o’z davrining yuksak
taraqqiyot cho’qqisiga yetgan. Qolaversa, ular boshqa davlatlar davlatchiligida
o’ziga xos poydevor bo’la olgan. Aytishimiz mumkinki, vatanimiz nafaqat ilm–
fan, san’at va amaliy hunarmandchilik markazi, balki dunyoga dong’i ketgan
davlatchilik tarixiga ega mamlakat hisoblanadi.

References:

1. Tarix ortga qaytmaydi to’plam. 2004-yil
2. I.Karimov “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” . 1998 -yil
3. I.Karimov “ Yuksak manaviyat yengilmas kuch”. 2008-yil
4. Azamat Zie “O’zbek davlatchiligi tarixi” 2000-yil.
5.Sh.S.G’offorov, I.G’.Sattorova ‘’Samarqand tarixi’’
6.Sodiqjon Ashurovning ’’Ozbekistondagi ilk shaharlar”
7.Sagdullayev A.S ‘’Qadimgi o’rta osiyo tarixi’’ T 2000-yil
8.Azamat Ziyo ‘’O’zbek davlatchilik tarixi’’ T 2000-yil
9.Istoriya Uzbekistana –T Fan,2012.
10.Ismoilova J. Farg’ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari.
11.Axmadjonov ‘’Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda’’T,2000-yil.

References

Tarix ortga qaytmaydi to’plam. 2004-yil

I.Karimov “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” . 1998 -yil

I.Karimov “ Yuksak manaviyat yengilmas kuch”. 2008-yil

Azamat Zie “O’zbek davlatchiligi tarixi” 2000-yil.

Sh.S.G’offorov, I.G’.Sattorova ‘’Samarqand tarixi’’

Sodiqjon Ashurovning ’’Ozbekistondagi ilk shaharlar”

Sagdullayev A.S ‘’Qadimgi o’rta osiyo tarixi’’ T 2000-yil

Azamat Ziyo ‘’O’zbek davlatchilik tarixi’’ T 2000-yil

Istoriya Uzbekistana –T Fan,2012.

Ismoilova J. Farg’ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari.

Axmadjonov ‘’Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda’’T,2000-yil.