Markaziy Osiyodagi tashqi omilning roli: imkoniyatlar va xavflar tahlili

Sarbinaz Reipnazarova
Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik ahamiyati uning geografik joylashuvi, tabiiy resurslarning katta zaxiraiariga ega bo'lishi hamda muhiin transport va logistika salohiyatiga ega bo'lishi bilan bog'liqdir. Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari mintaqadagi tashqi kuchlarning rolini kuchaytirish bilan bog'liq jiddiy transformatsiya bosqichini o'tayapti. Markaziy Osiyo mintaqasi dunyoningyetakchi davlatlari o'rtasidagi resurslar va siyosiy ta'sir uchun raqobat va geosiyosiy ziddiyatlar ob'ektiga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo davlatlariyangi imkoniyatlar va xavflarni baholashlari, geosiyosiy muvozanatni saqlab qolish va Markaziy Osiyo mintaqasining atrofida xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish kamarini yaratish zarurligini tushunishlari muhimdir.
45

Koʻrishlar

17

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos