Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Opportunities for improving mechanisms to engage
students in research activities within the higher education
learning process
Solikha ALLAYAROVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 15 June 2025
Available online
25 June 2025
Student research activity is an integral part of the higher
education learning process. This article explores an approach to
enhancing the effectiveness of scientific activity based on the
University 3.0 model, which is evaluated as an innovative
mechanism. The author presents a proposed methodology for
guiding students toward research activities within the higher
education curriculum.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp337-343
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
higher education,
innovation,
pedagogical innovation,
university models,
scientific activity,
scientific research.
Oliy taʼlim oʻquv jarayonida talabalarni ilmiy faoliyatga
yoʻnaltirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oliy taʼlim,
innovatsiya,
pedagogik innovatsiya,
universitet modellari,
ilmiy faoliyat,
ilmiy tadqiqot.
Talabalarning ilmiy faoliyati oliy taʼlim oʻquv jarayonining
ajralmas qismidir. Maqolada ilmiy faoliyat samaradorligini
oshirishga Universitet 3.0 modeli asosida yondashuv koʻrib
chiqilgan va bu innovatsion mexanizm sifatida baholangan.
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan oliy taʼlim oʻquv jarayonida
talabalarni ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish metodikasi loyihasi
taqdim etilgan.
1
Doctor of Pedagogical Sciences, Associate Professor, Tashkent State University of Law. E-mail: s.allayarova@nuu.uz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
338
Возможности
совершенствования
механизмов
направленности студентов на научную деятельность
в учебном процессе высшего образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
высшее образование,
инновация,
педагогические
инновации,
модели университетов,
научная деятельность,
научное исследование.
Научная
деятельность
студентов
является
неотъемлемой частью учебного процесса в системе
высшего образования. В статье рассматривается подход к
повышению эффективности научной деятельности на
основе модели «Университет 3.0», который оценивается
как инновационный механизм. Представлен проект
методики, разработанный автором, по направлению
студентов на научную деятельность в учебном процессе
высшего образования.
KIRISH
“Oʻzbekiston –
2030” strategiyasi va 2024
-yil
–
“Yoshlar va biznesni qoʻllab
-
quvvatlash yili”ga moʻljallangan Davlat dasturida taʼlim tizimi islohotlariga birinchi boʻlib
eʼtibor qaratilishi
tasodif emas. Chunki taʼlim –
jamiyatning istiqbolini belgilovchi asosiy
omillardan biridir. Bugungi taʼlim –
ertangi kun.
Taʼkidlash lozimki, oliy taʼlim –
uzluksiz taʼlimning muhim bosqichi boʻlib, davlat
va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi,
xalq turmush tarzining oʻzgarishi ushbu
bosqich natijasi hisoblangan mutaxassis-
kadrlarning bilim va malakalariga bogʻliq. Oliy
taʼlim
–
bakalavriat va magistratura bosqichidan tashkil topib, u respublikamizda taʼlim
yoʻnalishi va mutaxassisliklar xususiyatiga koʻra 5 yoki 6 yilni tashkil qiladi.
Oliy taʼlim samadorligi barcha sohalardagi kabi oʻquv jarayoniga innovatsiyalarni
tatbiq etilishi bilan uzviy bogʻliq. Jamiyatni innovatsion rivojlantirish Oʻzbekiston
Respublikasining strategik masalalaridan biridir. 2022-yil 6-iyulda qabul qilingan
“2022
-2026-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida ushbu jarayonni amalga oshirish
mexanizmlari belgilab qoʻyilgan
[1]. Bunda uzluksiz
taʼlimda amalga oshirish lozim
boʻlgan vazifalar qatorida yoshlarda yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va
ratsionalizatorlik qobiliyatlarini shakllantirish masalasi ham belgilab qoʻyilgan. Ushbu
maqolamizda mana shu vazifani ijrosini taʼminlashga xi
zmat qiluvchi xulosa va tavsiyalar
ishlab chiqishga eʼtibor qaratilgan.
“Innovatsiya” nima?
Oliy taʼlim oʻquv jarayonida talabalarni ilmiy faoliyatga yoʻnaltirishning
mexanizmlarini takomillashtirish
imkoniyatlari tahlilidan
avval “innovatsiya”
tushunchasining mazmunini pedagogik tadqiqotlar kontekstida tahlil qilish lozim.
“Innovatsiya” soʻzi lotincha “
novatio
” –
yangilash, oʻzgartirish degan maʼnolarni
bildiradi. Ayrim manbalardan novatsiya soʻzi bilan maʼnodosh sifatida ham qoʻllaniladi.
Innovatsiya (innovatio) atamasini birinchi bor amerikalik iqtisodchi olim Yozef Aloiz
Shumpeter 1900-
yillarda yozgan asarlarida qoʻllagan
[9]. Y.Shumpeter mahsulotni
tijoratlashtirishda iqtisodiy samaradorlikni taʼminlovchi quyidagi omillar
muhimligini
keltirib oʻtadi:
–
mahsulot (xizmat va hokazo) yangi material va komponent (qism) kiritish;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
339
–
yangi jarayon qoʻshish (yangi komponent asosida);
–
yangi bozorlar (isteʼmolchilar) ochish;
–
faoliyatni tashkil qilishning yangi forma (shakl)larini ochish.
Y. Shumpeter nazariyasining ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu yondashuvni nafaqat
iqtisodiy, balki taʼlim sohasiga ham mazmunan oʻzgartirmay qoʻllash mumkin. Innovatsiyadan
kutiladigan asosiy natija bu
–
iqtisodiy samaradorlik. Yana boshqacha ayt
adigan boʻlsak,
innovatsiya bu
–
bilimning, intellektual mulkning tijoratlashtirilishi, pulga aylanishidir. Bu
konvergensiyaning pirovard natijasida ijtimoiy muammolarga ilmiy yechimlar ishlab chiqiladi,
inson va jamiyat hayoti farovonlashadi. Innovatsion
ekotizimning tarkibiy qismi boʻlgan
“tubdan yangilovchi” innovatsiyalar shakllanadi. “Tubdan yangilovchi» innovatsiyalar yangi
turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmat turlarini tashkil qilishdan iborat boʻlib,
aksariyat holatlarda kapital talab qi
ladi, biroq koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratishga sabab
boʻlishi bilan katta ahamiyat kasb etadi
[1].
“Innovatsiya –
maʼlum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi
texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki
yangi texnologik jarayonni qoʻllash orqali oldingisidan ancha samarali muvaffaqiyatga
erishishiga olib kelishi maʼlum boʻlgan oxirgi natijadir”
[6, 223-bet]
. Ushbu taʼrifda
innovatsiyaning yana bir xususiyati
–
oʻzidan avvalgi holatni yaxshi
lashga xizmat qilishi
qayd etilgan. Demak, yangilik jamiyat tomonidan qabul qilinsa va oldingisidan ancha
samarali ekanligini koʻrsatsa innovatsion xususiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion faoliyat toʻgʻrisidagi Qonunida
innovatsiya
tushunchasiga quyidagi taʼrif berilgan: “innovatsiya –
fuqarolik muomalasiga
kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qoʻllanilishi amaliyotda katta
ijtimoiy-
iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlaydigan yangi ishlanma”
[2].
Ushbu taʼrifda
ham innovatsiyaning amaliyotga qoʻllanilishi va mavjud holatdan samarali boʻlishi
shartligiga eʼtibor qaratilgan.
Taʼlimda innovatsiyalar
Taʼlim jarayonida tadqiqotlar natijasida olinadigan ilmiy natijalar (nazariy, amaliy,
konstruktorlik ishlanmalari)ning amaliyotga joriy etilishi va daromad (iqtisodiy, ijtimoiy,
maʼnaviy) keltirishi innovatsiyaning namoyon boʻlishidir. Taʼlimda innovatsiyalarning
qoʻllanilishi koʻplab xorijiy va mahalliy olim va mutaxassislar tomonidan oʻrganilgan va
oʻrganilmoqda. Ulardan ayrimlarini koʻrib chiqamiz: “Innovatsiya –
bu turli sohalarda,
ayniqsa taʼlim va fan sohasida foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan shakllar,
usullar va koʻnikmalardir. Har qanday ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarni innovatsiyal
ar
sifatida qabul qilish mumkin, agar yangiliklar keng qamrovli tarqalmasa yoki
foydalanuvchilar tomonidan tan olinmasa u holda bu innovatsiya emas”
[7, 58-bet].
Chindan ham innovatsiyaning qiymati uning amaliyotga joriylanishida, ishlab chiqilgan
yoki tak
lif etilgan ilmiy yangilikning isteʼmolchisi borligida va uning qabul qilinishida aks
etadi. Tanqidiy qaraydigan boʻlsak, respublikamizda bir yilda yuzlab falsafa doktori
–
PhD, oʻnlab fan doktori –
DSc ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy ishlar himoya qilinadi.
Himoya jarayoni amalga oshishi uchun barcha tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan ilmiy
yangiliklarning amaliyotgan joriy qilinganligi talab qilinadi. Agar barcha yozilgan va
himoya qilingan dissertatsiyalardagi ilmiy yangiliklar toʻliq amaliyotga j
oriy etilib,
isteʼmolchilar tomonidan qabul qilinganida edi, ehtimol hozirgi kunda jamiyatimizda
ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar kamroq boʻlar edi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
340
Pedagogik tadqiqotlarda toʻgʻridan toʻgʻri oʻqitish bilan bogʻliq taʼriflarni ham
kuzatishimiz mumkin: “Taʼlim
sohasidagi innovatsiyalar
–
bu taʼlim rivoji uchun istiqbolli
boʻlgan, oʻqitishning barcha shakllarini rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan, samarali
usullar va tashabbuslar asosida yuzaga keladigan tizimli tarzda oʻzini oʻzi tashkil etuvchi
yangili
klardir”
[8,
с.
86]
. Ushbu taʼrifda innovatsiyaning istiqbolli va oʻzini oʻzi tashkil
etuvchi xususiyatlariga urgʻu berilgan. Biz ham keltirilgan fikrga qoʻshilgan holda
taʼlimdagi innovvsiyalarni oʻqitishning barcha shakllariga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi
sinergetik xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaymiz.
Taʼlim innovatsiyalari bilan birgalikda manbalarga pedagogik innovatsiya tushunchasi
ham tadqiq etilgan. “Pedagogik innovatsiya –
bu bevosita boʻlajak mutaxassislarni xozirgi
zamon talablari asosida oʻqitib, taʼlimda sifat darajasini rivojlantirish va yuqori
samaradorlikka erishishdan iboratdir [4, 436-bet]. Bu jarayonda pedagogik innovatsiya
oʻqitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qoʻllash vasitasida amalga oshadi. Yaʼni
pedagogik usullar, didaktik vositalar, taʼlim shakli va boshqalar yordamida kafolatgangan sifat
va samaradorlikka qarab moʻljal olis
h maqsadga muvofiqdir.
Innovatsiya, innovatsion jarayonlar, innovatsion tadqiqotlar va innovatsion
muhitning mazmuni, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq etish bugungi
kunning talabidir [5, 155-bet].
Taʼlim jarayonida innovatsiyalarning qoʻl
lanilishi turli
shakl va koʻlamda namoyon boʻladi. Masalan, oʻqitishning “teskari sinf”
- flipped
classroom shakli ham oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini sezilarli darajada oshirgan
yangiliklar biri. Yoki Finlandiya maktablarida oʻquvchining qiziqish
va qobiliyatlariga
qarab fanlarni, oʻqitish uslublarini tanlash ham pedagogik innovatsiyalar tarkibiga
kiritish mumkin.
Talabalarni ilmiy faoliyatga yoʻnaltirishning innovatsion mexanizmlari
Ayrim tadqiqotchilar innovatsiyaning taʼlimda namoyon boʻlishini fan, taʼlim va
ishlab chiqarish integratsiyasida deb taʼkidlaydi
[5, 157-bet]. Biz ham ushbu fikrga
qoʻshilgan holda talabalarning ilmiy
tadqiqot faoliyatini tashkil etishda fan, taʼlim, ishlab
chiqarishga qarab moʻljal olamiz. Innovatsion faoliyatning oʻziga xosligi shundaki, u
bilimning tijoratlashtirilishini talab qiladi. Shunday ekan, bizning taklif etiladigan
loyihamizda ishlab chiqarilgan mahsulotni tijoratlashtirish va undan foyda olish pirovard
natija hisoblandi
(1-rasm).
Fikrlarimizni Universitet 3.0 konsepsiyasiga muvofiq
asoslaydigan boʻlsak, ishlab chiqilgan modelda oliy taʼlim oʻquv jarayonida talabalarni
ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirishning mutaxassislik malakalari negizida 1). taʼlim, 2).
tadqiqot, 3). ishlab chiqarish, 4) tijoratlashtirish ketma-ketligida amalga oshuvchi
innovatsion mexanizmi loyihalangan [3, 20-bet]. Bunda talabaning mutaxassislikka oid
bilimlari asosida sohani chuqur oʻrganish, sohadagi muammolarga ilmiy yechimlar ishlab
chiqish, ilmiy gʻoyalarni amaliy (startap) loy
ihalar vositasida amaliyotga joriy etish,
yaratilgan ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy tadqiqot natijalarini nufuzli nashrlarda
chop etish, sohaning xorijiy mutaxassislari bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xalqaro
ilmiy bazalarda iqtiboslikka, i
lmiy nufuzga ega boʻlish va ilmiy faoliyatni kasbiy faoliyatga
aylantirishga qaratilgan “tadqiqotchi
-
talaba”ni shakllantirishga qarab moʻljal olingan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
341
1-
rasm. Oliy taʼlim oʻquv jarayonida ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirish
mexanizmi
Oliy taʼlim oʻquv jarayonida talabalarni ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirishning bir qator
yondashuv va mexanizmlari bor. Odatda, talabalarning oʻquv jarayonidan tashqaridagi
ilmiy tadqiqot faoliyati fanlarni chuqur oʻrganish maqsadida tashkil qilingan ilmiy
toʻ
garaklar, kafedralar qoshida bajariladigan ilmiy tadqiqot loyihalarda ishtirok etish, fan
olimpiadalari hamda sohalar boʻyicha tashkil qilinadigan konferensiya va tanlovlarda
Yondashuv va
usullar
Fan (soha)ning
zamonaviy
tendensiyalarini
aniqlash
Fan (soha)ning
muammolarini
aniqlash
Amaliy
muammodan ilmiy
muammoni
shakllantirish
Mavzuga oid ilmiy
manbalarni qidirib
topish
Tadqiqot natijasining
isteʼmolchiga ega boʻlishi
Xalqaro ilmiy platformalarda profilga
ega boʻlish (Ssopus, WOS)
Tadqiqot asosida startap loyiha
ishlab chiqish va moliyalashtirish
Tegishli talablar
asosida ilmiy ish
yozish
Tadqiqot natijasini
tijoratlashtirish
Maqsad: oliy taʼlim oʻquv jarayonida talabalarni ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirish
mexanizmlarini takomillashtirish
Amalga
oshirish vaqti
Ilmiy muammo
asosida mavzu
shakllantirish
Ixtisoslashgan ilmiy
nashrlaridan
foydalanish
Individual
Jamoaviy
NATIJA –
“TADQIQOTCHI
TALABA”
Milliy va xalqaro
grantlar yutib olish
Ilmiy nashrlar uchun
iqtiboslik olish
Ilmiy nufuzga ega boʻlish
Ilmiy faoliyatni kasbga
aylantirish
Xirshe indeksiga ega
boʻlish
Motivatsion
Imkoniyatlar
1
2
3
4
5
6
Topilgan manbalarni
qayta ishlash,
tasniflash
7
8
Ilmiy
ishni
nashr ettirish
9
Oʻquv jarayoni
(seminar, amaliy,
laboratoriya)
Mustaqil taʼlim
OTMda talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish orqali Universitet 3.0
konsepsiyasi asosini shakllantirish va takomillashtirish
Maqsad
li
,
k
onsep
tual
, t
a
shk
il
iy
blok
Vositalar
Mutaxassislik
bilimlari
(hard skilss)
J
arayon
li
v
a
fao
li
yat
li
blo
k
A
m
al
g
a os
hi
ri
sh bosq
ich
la
ri
(t
al
ab
al
ar
uc
hun v
az
if
al
ar
)
N
at
ij
avi
y
bah
ol
ashga o
id
blok
Manbalar
Aralash taʼlim
Moslashuvchan
koʻnikmalar
(soft skilss)
Talabalar AKT
kompetensiyalari
Pedagogik
texnologiyalar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
342
qatnashish, ilmiy maqola va tezislar nashr ettirishda namoyon boʻladi. Biroq, bu
kabi
faoliyat bilan talabalarning kam qismi shugʻullanadi. Chunki, keltirib oʻtilgan ilmiy
faoliyat mustaqil oʻqib
-izlanish natijasida amalga oshadi, barcha talabalarda ham bunday
qiziqish boʻlmasligi mumkin. Biz talabalarni ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirishni
ng innovatsion
mexanizmi modelini loyihalashda mavjud tajribalarga tayanib magistratura bosqichida
tahsil oluvchi barcha talabalarda tadqiqotchilik malakalarini rivojlantirishga qarab
moʻljal oldik. Chunki, magistratura bosqichi ilmiy faoliyat bilan shugʻu
llanishning
dastlabki, asosiy fundamental bosqichi boʻlib, magistrantlar tahsil olish davomida
tanlangan mavzu boʻyicha ilmiy maqola va tezis nashr ettirishi, magistrlik
dissertatsiyasida kichik boʻlsada fanga ilmiy yangilik olib kirishi zarur. Demak,
magi
stratura bosqichida oʻqiyotgan barcha talabalarda tadqiqotchilik koʻnikmalari
shakllangan boʻlishi shart. Model loyihasini amalga oshirish oʻquv jarayonida amalga
oshadi, usul va vositalar, mexanizmning umumiyligi ushbu yondashuvni barcha fanlarga
qoʻllash
imkoniyatini oshiradi (jarayonli va faoliyatli blokka qarang).
XULOSA
Umuman olganda, oliy taʼlim oʻquv jarayonida talabalarni ilmiy faoliyatga
yoʻnaltirish mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari bir qancha omillarga bogʻliq
boʻlib, asosiy xulosa
lar sifatida quyidagilarni keltirishni maqsadga muvofiq deb topdik:
–
oliy taʼlim oʻquv jarayonida talabalarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm
-
fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, talabalarda mustaqil taʼlim olish,
tanqidiy va ijodiy
fikrlash, tizimli tahlil qilish, oʻquv jarayonida talabalarning
tadqiqotchilik kompetensiyalarini kuchaytirishga qaratilgan yondashuv va metodikalar
ishlab chiqish Oʻzbekistonda Universitet 3.0 konsepsiyasini amalga oshirishning zaruriy
talablaridan ekanligi asoslandi;
–
talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yoʻnaltirishning innovatsion mexanizmi
modelining metodologik asosini: a) sohaga oid chuqur nazariy bilimlar asosida
shakllangan mutaxassislik koʻnikmalarini (hard skills); b) mustaqil oʻqib
-izlanishga
tayangan tadqiqotchilik koʻnikmalarini; v) nazariy bilimlarni amaliyotga qoʻllashga
asoslangan ishlab chiqarish koʻnikmalarini; g) ijtimoiy ehtiyojlarga mos tarzda ilmiy
ishlanmalarni tijoratlashtirish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish tamoyillari
tashkil etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
2022-2026-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish
strategiyasini .tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni. PF
-165-son. 06.07.2022-yil.
https://lex.uz/docs/6102462
2.
Innovat
sion faoliyat toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. OʻRQ
-630-
son. 24.07.2020-yil. https://lex.uz/uz/docs/4910391 3-modda.
3.
Allayarova
Soliha
Narzulloyevna
TALABALARNI
ILMIY
TADQIQOT
FAOLIYATIGA YOʻNALTIRISHNING DOLZARB MASALALARI // Современное
образование (Uzbekistan). 2021. №5 (102).
URL: https://cyberleninka.ru/article/n/
talabalarni-ilmiy-tad-i-ot-faoliyatiga-y-naltirishning-dolzarb-masalalari
(дата
обращения: 25.06.2025).
4.
Jummagul
Nomozovna
Abduraxmanova,
&
Saodat
Abdurashidovna
Toshtemirova (2020). Innovatsion texnologiyalar va axborot madaniyatini shakllantirish
pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri. Science and Education, 1 (7). -B.436-437.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
343
5.
Kadirov A. Talabalarning ilmiy tadqiqot olib borishini shakllanishida innovatsion
texnologiyalar // Jamiyat va innovatsiyalar. Maxsus son-10 (2022). -B.155-158.
6.
R.Musurmonov, & M.Musurmonova (2020). Taʼlimda
innovatsion faoliyat davr
talabi. Science and Education, 1 (Special Issue 4), 223-231.
7.
Turgʻunov A.A. Taʼlimda innovatsiya // Kasb
-
hunar taʼlimi №4, 2018. –
B.58
8.
Рапатсевич Е.В. Инновации в образовании: роль информационно
-
технологической среди // Успехи современного естествознания. –
2013.
–
№ 10. –
С. 86
-88.
9.
Шумпетер Й.
Теория экономического развития.
(1911). -
М.
:-
«Эксмо», 2007.
