Авторы

  • Кудрат Маткаримов
    доктор юридических наук (DSc), доцент, кафедра “Cуд, правоохранительные органы и адвокатура”, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp425-431

Ключевые слова:

адвокатские формирования юридические бюро юридические фирмы коллегии адвокатов и юридические консультации

Аннотация

В данной статье рассматриваются некоторые аспекты, связанные с особенностями адвокатских формирований. Также были рассмотрены вопросы, связанные с ролью и значением адвокатских формирований как одной из организационно-правовых единиц адвокатуры в эффективном осуществлении адвокатской деятельности, правовым статусом адвокатских формирований в нашей стране, юридическим статусом адвокатских бюро, адвокатских фирм, коллегий адвокатов и юридических консультаций.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Features of advocacy groups in the Republic of Uzbekistan

Kudrat MATKARIMOV

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2025
Received in revised form

15 May 2025
Accepted 15 June 2025

Available online

25 June 2025

This article discusses some aspects related to the

peculiarities of advocacy groups. Issues related to the role and

importance of advocacy groups as one of the organizational and

legal units of the legal profession in the effective
implementation of advocacy activities, the legal status of

advocacy groups in our country, the legal status of law firms,

law firms, bar associations, and legal consultations were also

considered.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp425-431

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

advocacy groups,

law bureaus,

law firms,

bar associations and legal
consultations.

O‘zbekiston Respublikasida advokatlik tuzilmalarining
o‘ziga xos jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

advokatlik tuzilmalari,
advokatlik byurolari,

advokatlik firmalari,

advokatlar hay’atlari va

yuridik maslahatxonalar.

Mazkur maqolada Advokatlik tuzilmalarining o

ziga xos

xususiyatlari bilan bog

liq ayrim jihatlarga e

tibor qaratilgan.

Shuningdek, advokatlik faoliyatini samarali amalga oshirishda
advokaturaning tashkiliy-huquqiy birliklaridan biri sifatida

advokatlik tuzilmalarining o

rni va ahamiyati, mamlakatimizda

advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomi bilan bog

liq

masalalar, advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar

hay

atlari va yuridik maslahatxonalarning huquqiy maqomi

haqida fikr mulohazalar yuritgan.

1

Doctor of Law (DSc), Associate Professor, Department of Court, Law Enforcement Agencies and Advocacy,

Tashkent State University of Law. E-mail: matkarimovkudrat79@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

426

Особенности адвокатских формирований в Республике

Узбекистан

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

адвокатские
формирования,
юридические бюро,

юридические фирмы,
коллегии адвокатов и
юридические

консультации.

В данной статье рассматриваются некоторые аспекты,

связанные с особенностями адвокатских формирований.

Также были рассмотрены вопросы, связанные с ролью и
значением адвокатских формирований как одной из

организационно

-

правовых

единиц

адвокатуры

в

эффективном осуществлении адвокатской деятельности,

правовым статусом адвокатских формирований в нашей
стране, юридическим статусом адвокатских бюро, адвокатских

фирм, коллегий адвокатов и юридических консультаций.


Advokatlik faoliyatini samarali amalga oshirishda advokaturaning tashkiliy-

huquqiy birliklaridan biri sifatida advokatlik tuzilmalarining o‘rni va ahamiyati

beqiyosdir. Olib borilgan

o‘rganishlar

shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda advokatlik

tuzilmalarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq masalalar hali ilmiy va amaliy nuqtai
nazardan yetarlicha keng o‘rganilmagan. Bundan tashqari, huquqni qo‘llash amaliyotida

advokatlik tuzilmalari odatda nodavlat notijorat tashkilotlar

sifatida ko‘riladi

. Yuridik

adabiyotlarda ushbu holatning asosiy sababi sifatida “qonunchilikda ularning huquqiy
maqomi aniq belgilab berilmaganligi”[1]

.

ta’kidlanadi.

Jumladan, I. Bekov va V. Davlayatovlar o

z o

rnida advokatura institutining 9 ta

o

ziga xos xususiyatlarini sanab o

tishgan. Bular, birinchi,

advokaturaning oʻziga xos

xususiyati uning maqsadi bilan bogʻliq. Advokaturaning maqsadi jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari, erkinligi va manfaatlarini himoya qilishdan iborat boʻlgan
malakali yuridik yordam koʻrsatishdan iborat. Advokatura tuzilma

larining ikkinchi o

ziga

xos xususiyati bu

ommaviy xususiyati namoyon boʻladi. Advokatura davlatning eng

muhim vazifalaridan biri

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinligi va

manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi. Shunday qilib, advokatura ommaviy
xususiyat kasb etadi.

Olimlar ta’kidlagan

uchinchi xususiyat advokatura faoliyat sohasi

sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash, ularning

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi inst

itut sifatida

qaraladi. An’anaviy ma’noda advokatura –

huquq va erkinliklarni himoya qilishga

qaratilgan tizim sifatida shakllangan. Haqiqatan ham, advokatning asosiy faoliyati

fuqarolar, yuridik shaxslar, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rta

sida yuzaga

keladigan nizolarni ko‘rib chiqish va ularni hal etish bilan shug‘ullanuvchi sudlar va
boshqa organlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

To

rtinchi xususiyati uning

mazmuni bilan bogʻliq. Advokatura institutining mazmunini advokatlarning

qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi majmui tashkil
etadi. Advokatura institutining beshinchi muhim xususiyati

uning tarkibi maxsus

shaxslar

advokatlardan iborat boʻlishidir. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston

Re

spublikasi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatini

belgilangan tartibda advokat maqomi boʻlgan shaxslar amalga oshiradi. Advokatlik
faoliyatining kasbiy professionallik xususiyati advokat boʻlish istagidagi shaxslarga

muayyan talablarni

qo‘yish

bilan belgilanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

427

Advokat maqomini olish istagidagi shaxs, avvalo, malaka imtihonini belgilangan

tartibda

muvaffaqiyatli topshirishi zarur. Shundan so‘ng, Advokatlar palatasining

hududiy boshqarmalari qoshida faoliyat yurituvchi malaka komissiyasi tomonidan unga
advokatlik maqomini berish haqida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror esa tegishli adliya
boshqarmasiga yuboriladi.

Advokatura institutining oltinchi muhim xususiyati

advokatlik faoliyatini amalga

oshirishda advokatning mustaqilligidir. Advokatura institutining mustaqilligi prinsipi

advokatlik faoliyati mustaqilligining mantiqiy davomi hisoblandi. Bu, oʻz navbatida,

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining advokatlik faoliyatiga aralashmasligida

namoyon boʻladi

.

O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 10

-moddasiga

muvofiq, advokatning kasbiy huquqlari, sha’ni va qadr

-qimmati qonun himoyasidadir.

Advokatlarning kasbiy faoliyatiga har qanday aralashish, shuningdek, ular xizmat

vazifalarini bajara

yotgan paytda olingan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishni talab etish

qat’iyan man etiladi.

Bundan tashqari, advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslari

va texnik xodimlaridan ham bunday ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat

kasbiy vazifala

rini ado etayotgan jarayonda unga istalgan shaklda ta’sir ko‘rsatishga

yo‘l qo‘yilmaydi

[2]. Advokatura institutining yettinchi muhim jihati

uning

chegaralanganligidir. Ushbu xususiyat advokatning mustaqilligi

bilan bevosita bogʻliq

boʻlib, advokat boshqa

haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas

[3].

“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra advokat quyidagilardan tashqari haq

to‘lanadigan ishlar bilan shug‘ullanmasligi lozim:

1)

ilmiy va pedagogik faoliyat;

2)

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatla

r palatasidagi va uning hududiy

boshqarmalaridagi faoliyat;

3)

patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;

4)

shartnomaviy-

huquqiy asosda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi

organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati

xodimi sifatidagi faoliyat;

5)

hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi

faoliyat.

Advokatura institutining sakkizinchi xususiyati

shundaki, advokat oʻz faoliyatini

shaxsiy javobgarligi ostida amalga oshiradi. Advokat tomonidan qonunchilik talablari

buzilganda yoki yuridik yordam lozim darajada koʻrsatilmaganda unga nisbatan salbiy

oqibatlar yuzaga keladi. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining

14-moddasiga asosan advokat tomonidan advok

atura toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari,

Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga

nisbatan intizomiy choralar qoʻllanishiga sabab boʻladi. So‘ngi ya’ni advokaturaning

toʻqqizinchi muhim xususiyati

uning n

otijorat ekanligidir. “Advokatura toʻgʻrisida”gi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1

-moddasiga asosan advokatura huquqiy institut

boʻlib, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik

amaliyoti bilan shugʻullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini

oʻz ichiga oladi. Advokatura notijorat boʻlib, foyda olish uning asosiy maqsadi hisoblanmaydi.

Qonunchilikdagi bir qator omillar advokaturaning notijorat hisoblanishini belgilab beradi.

Shu bilan birga, mashhur A.P.

Glagolov “Advokatlik tuzilmalari advokatlarning

o

zini o

zi boshqarish organining tarkibiy bo

‘linmasi”

[4]. ekanligini aytib o

tgan.

A.G. Kucherovaning fikriga ko

‘ra, advokatlik tuzilmalarini “advokaturaning tashkiliy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

428

tuzilmalaridir”.

Yurtimizdagi huquqshunoslar, xususan, M.H. Rustamboyev va

B. Salomov [5]. olib borgan tadqiqotlaridan kelib chiqib advokatlik tuzilmalarini

“advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari” deb e’tirof etiladi.

Bizning fikrimizcha, mazkur olimlar “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston

Respublikasi Qonunining 4-

moddasida belgilangan “Advokatura faoliyatining prinsip va

tashkiliy shakllari” nomli huquqiy norma talablari asosida o‘z fikrlarini bildirganlar.

Shuni tan olish kerakki, “advokaturaning tashkiliy shakllari” atamasi boshqa qonun va

qonunosti hujjatlarida o‘z aksini topmagani tadqiqotimiz jarayonida aniqlangan.

Shu sababli, advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari (birliklari) tushunchasi advokatlik

tuzilmalari tushunchasiga nisbatan ancha kengroq kategoriya ekanligi haqida xulosa

chiqarish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 4

-moddasi

2-

qismiga ko‘ra, Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini

ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, yuridik maslahatxonalarni hisobga olish O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat xizmatlari markazlari

tomonidan amalga oshiriladi. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar

hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shun

ingdek, yuridik maslahatxonalarni hisobga olish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat xizmatlari

markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Bundan shuni tushunishimiz mumkinki, O‘zbekiston

Respublikasida advokatura tuzilmal

arining tashkiliy shakllariga ko‘ra

4 turi mavjud:

1)

advokatlik byurolari;

2)

advokatlik firmalari;

3)

advokatlar hay’atlari

;

4)

yuridik maslahatxonalar;

Yuqorida sanab o‘tilgan advokatura tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta

tashkil etilishi va

tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablag‘larni sarflash tartibi,

rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari

faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), ta’sis shartnomalari

bilan tartibga solinadi. Yuqorida qayd etilgan 4 ta tashkiliy tuzilmalarga ta’rif berib o‘tamiz.

Birinchi navbatda advokatlik byurosi bu advokatlik faoliyatini yakka tartibda

amalga oshirish uchun ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuz

ilmasidir.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning

4

1-moddasiga muvofiq, advokatlik byurosi

bu advokat tomonidan yakka tartibda

advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan notijorat advokatlik tuzilmasi

hisoblanadi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, qonunchilikda ilk marotaba amaldagi

advokatlar hay’ati bilan bir qatorda advokatlik firmasi va advokatlik byurosi kabi

tuzilmalarni tashkil etish imkoniyati belgilangan. Bu esa, o‘z navbatida, yuridik

xizmatlar

ko‘rsatishda kasbiy faoliyatni individuallashtirishga qaratilgan ilg‘or demokratik

islohotlarning amalga oshirilishi zarurati bilan bog‘liqdir. Yuqorida aytilganidek,

advokatlik byurosini tashkil etgan advokatlar o‘z faoliyatini mulk huquqi asos

ida yoki

boshqa qonuniy asoslarda egalik qilayotgan turar joylarida amalga oshirishlari mumkin.

Bunda, advokatga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan advokatlik

byurosi faoliyati uchun foydalanish maqsadida, ularni yashash uchun mo‘ljallanm

agan

obyektlar toifasiga o‘tkazish talabi qo‘yilmaydi.

Advokatlik byurolarining

O‘zbekiston Respublikasi hududi rivojlanish

tendensiyasiga nazar soladigan bo‘lsak, bu kabi advokatlik tuzulmasi juda keng

tarqalmoqda. Xususan, 1997-yilda mamlakatimizda 80 ta

advokatlik byurosi ro‘yxatdan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

429

o‘tgan bo‘lsa,

2005-yil 1-

yanvar holatiga ko‘ra 289 ta, 2007

-yilga kelib 438 [6]. tani

tashkil etgan. 2019-yil 1-yanvarga ko

ra, mamlakatimizda advokatlik byurosi

1154tani [7], bugungi kunda esa 3970 tani tashkil etmoqda [8].

Advokatlik firmasi

sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga

oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik

tuzilmasidir.

Advokatlik firmasini ta’sis etgan advokatlar oddiy yozma shaklda o‘zaro

sheriklik shartnomasini tuzadi. Sheriklik shartnomasiga ko‘ra, advokatlar –

sheriklar

barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun o‘z sa’y

-harakatlarini

birlashtirish majburiyatini oladi.

Advokatlik firmasining umumiy ishlarini yuritish, agar sheriklik shartnomasida

boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, boshqaruvchi sherik tomonidan amalga oshiriladi.

Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi

bitim (shartnoma) boshqaruvchi sherik yoki barcha sheriklar nomidan ular bergan

ishonchnomalar asosida boshqa sherik tomonidan tuziladi. Ishonchnomalarda ishonch

bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar bilan bitimlar

(shartnomalar) hamda kelishuvlar tuzayotgan sherik vakolatlarining barcha cheklovlari

ko‘rsatiladi. Mazkur cheklovlar ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va

uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkaziladi. Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘

tkazish

(hisobga olish) to

‘g‘risida nizomga ko‘

ra advokatlik firmasini ro

yxatdan o

tkazish uchun

belgilangan talablar keltirib o

‘tilgan. Xususan, ro‘yxatdan o‘

tkazish uchun adliya organiga

quyidagi hujjatlar taqdim e

tilishi aytib o‘tilgan

[9].

1)

muassis tomonidan imzolangan ro

yxatdan o

tkazish to

g

risidagi ariza;

2)

advokatlik firmasi yoki advokatlar

hay’atini tashkil

etish, ularning muassislari,

ustavlarini tasdiqlash, rahbarlik organlarini shakllantirish to

g

risidagi (advokatlik

firmalari yoki advokatlar

hay’atlari uchun) ma’lumotlarni o‘

z ichiga olgan

ta’sis

yig

ilishining protokoli;

3)

ta’sis

hujjatlari davlat tilida ikki nusxada;

4)

davlat ro

yxatidan o

tkazish uchun belgilangan miqdordagi davlat boji

to

langanligi to

g

risida bankning to

lov hujjati;

5)

ikki nusxada muhr va shtamp namunalarning, agar mavjud bo

lsa

emblema va

boshqa ramzlarning eskizi;

6)

davlat statistika organi tomonidan berilgan adashtirib yuborish darajasida bir

xil yoki o

xshash nomlarning yo

qligi to

g

‘risidagi ma’lumotnoma.

Fikrimizcha, advokatlik firmasining yana bir yaxshi jihati bu jamoa bilan ishlashdir.

Kasbiy rivojlanishda advokatlik firmasining o‘rni katta, chunki advokatlik firmalarida

ishlash orqali murakkab huquqiy masalalarni hal qilish tajribasi ortadi, bu esa malaka va

bilimlarni oshiradi. beradi, bu esa amaliy tajriba uchun juda qadrli hisoblanadi.

Advokatlar hay’ati va yuridik maslahatxona.

Advokatura institutini rivojlantirish

jarayonida advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomini ilmiy-nazariy hamda huquqiy

jihatdan chuqur tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida ta’kidlash

lozimki, advokatlar hay’ati va advokatlik firmasi bu advokatlar tomonidan jamoaviy

shaklda tashkil etiladigan advokatlik tuzilmalaridir va ular umumiy xususiyatlar bilan bir

qatorda o‘ziga xos farqli jihatlarga ham ega. Mamlakatimizda advokatlik hay’ati va

advokatlik firmasining bir necha umumiy jihatlari mavjud.

Birinchidan,

Advokatlar hay’ati va advokatlik firmasi kabi advokatlik tuzilmalari

advokatlarning jamoaviy yondashuviga asoslanadi. Advokatlik tuzilmasining ushbu ikki

shakli ad

vokatlar hay’ati va advokatlik firmasi boshqa ikki shakl, ya’ni advokatlik byurosi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

430

va yuridik maslahatxonadan farq qiladi. Ta’kidlash joizki, yuridik maslahatxonada

jamoaviy faoliyat yuritilishi mumkin bo‘lgani kabi, yakka tartibda advokatlik faoliyati oli

b

borilishi ham ehtimoldan holi emas.

Ikkinchidan,

Ustav va ta’sis shartnomasi (yoki sheriklik shartnomasi) advokatlar

hay’ati hamda advokatlik firmasining asosiy ta’sis hujjatlari hisoblanadi.

Qonunchilikda

advokatlik firmasining ta’sis hujjati sifatida

uning muassislari tomonidan tasdiqlangan

ustavning mavjudligi nazarda tutilgan. Shu o‘rinda, O.V.

Pospelovning “sheriklik

shartnomasi advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordamni tartibga soluvchi

hujjat bo‘lib, ta’sis hujjati hisoblanmaydi” degan

fikri bilan rozi bo‘lish qiyin. Bizning

fikrimizcha, sheriklik shartnomasi ham advokatlik firmasining ta’sis hujjati sifatida

baholanishi lozim. Chunki ushbu shartnoma asosida advokatlar o‘z sa’y

-harakatlarini

barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatishga yo‘naltiradi. Natijada, bu holat,

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri bo‘lmasa

-

da, sheriklarning yuridik yordam ko‘rsatishdagi javobgarligiga

ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi

[10].

Yuridik maslahatxona esa,

“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuning 4

-moddasiga

ko‘ra,

Yuridik maslahatxona advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar

palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaxs

maqomiga ega bo‘lmagan advokatlik tuzilmasi.

Tegishli hududlardagi yuridik yordamga

bo‘lgan ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan

tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi. Yuridik maslahatxonaning moddiy-

texnika ta’minoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatxonalarga ishlash uchun yuborilgan

advokatl

ar uchun xizmat xonalari va zarurat bo‘lganda, turar joylar ajratish bilan bog‘liq

masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar

hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi. Yuridik maslahatxona Advokatlar palatasining

tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan ish olib boradi.

Xususan, yuridik maslahatxona advokatlar tomonidan mustaqil yoki ixtiyoriy

asosda emas, balki Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil

etiladi va advokat bu

shakldagi advokatlik tuzilmasini o‘z xohishiga ko‘ra tanlay olmaydi.

Aksincha, yuridik maslahatxonaning asosiy maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli

yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatlarning faoliyatini samarali tashkil etishga

qaratilganlig

ini ko‘rsatadi. Mening fikrimcha, kelajakda advokatlik tuzilmasining ushbu

shaklining huquqiy maqomini belgilashda, mavjud advokatlik tuzilmalarining soni va

hududdagi yuridik yordamga bo‘lgan ehtiyojni qondirish mezonlaridan emas, balki

aholiga bepul mala

kali yuridik yordam ko‘rsatishni kengaytirish zaruratidan kelib

chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Qalandarov K. Advokaturaning yechilmagan muammolari. // Advokat. Jurnali

№5

-6/2018. B. 14-15. (Qalandarov K. Unsolved problems of the legal profession. //

Lawyer.

Journal №5

-6/2018. P. 14-15)

2.

O‘zbekiston Reaspublikasining 1996 yil 27

-dekabrdagi 346-I-

sonli “Advokatura

to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/uz/docs/

-54503?ONDATE=07.02.2024 (Law of the

Republic of Uzbekistan No. 346-I dated December 27, 1996 "On Advocacy"

https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024)

3.

Galoganov A. P. Rossiyskaya advokatura: istoriya i sovremennost. Yurlitinform,

2003. S. 97-98;8. Advokatura: uchebnik dlya bakalavrov / otv. red. Yu.S.Pilipenko.

2-ye izd.,

pererab. i dop.

Moskva: Prospekt, 2019. S 68. (Galoganov A.P. Russian lawyer: history and

modernity. Yurlitinform, 2003. S. 97-98; 8. Advocacy: uchebnik dlya bakalarov / otv. ed. Yu.

S. Pilipenko.

2nd ed., pererab. i dop.

Moscow: Prospekt, 2019. P 68


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

3 (2025) / ISSN 2181-1415

431

4.

Rustamboev M.H., Tuxtasheva U.A. Oʼzbekiston Respublikasida advokatlik

faoliyati. Darslik. T.: “ILM ZIYO”, T.: 2012. B. 91. (Rustamboev M.H., Tukhtasheva U.A.

Legal practice in the Republic of Uzbekistan.

Textbook. T.: “ILM ZIYO”, T.: 2012

. P. 91.)

5.

Salomov B. Oʼzbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va

advokatlarning ijtimoiy himoyasi (tajriba va muammolar). yu.f.d. ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan diss..., 00.11. T.: TDYuI, 2005. B. 26. (Salomov B. Legal practice in the
Republic of Uzbekistan, its guarantees and social protection of lawyers (experience and
problems). Dissertation for the degree of Doctor of Law..., 00.11. T.: TDYuI, 2005. P. 26.)

6.

Oʼzbekiston Advokatlar Assotsiatsiyasi Boshqaruvining

2003-2007 yillardagi

faoliyati toʼgʼrisida hisobot. // Advokat. №3/2007 yil B. 7

-9. ( Report on the activities of

the Board of the Association of Lawyers of Uzbekistan for 2003-2007. // Lawyer. No.
3/2007, pp. 7-9.)

7.

Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy ba

zasi, 29.12.2019 y., 09/19/1046/4242-

son https://e-advokat.uz/ (National database of legislative documents, 29.12.2019, issue
09/19/1046/4242 https://e-advokat.uz/)

8.

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 60-son qaroriga 2-ILOVA (ANNEX

2 to the Resolution of the Cabinet of Ministers No. 60 of March 9, 2009)

9.

V.X. Davlyatov Advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzulmalari

va o‘zini o‘zi boshqarish organining huquqiy maqomi masalari bo‘yicha yuridik fanlar
boʼyicha falsafa doktori ilmiy da

rajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya 2020.

67-bet (V.Kh. Davlyatov Dissertation prepared for the degree of Doctor of Philosophy in
Legal Sciences on the issues of the legal status of the legal system and the self-governing
div in improving the Institute of Advocacy 2020. Page 67)

10.

O‘zbekiston Reaspublikasining 1996 yil 27

-dekabrdagi 346-I-

sonli “Advokatura

to‘g‘risida”gi Qonuni

https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024 (Law of the

Republic of Uzbekistan No. 346-I dated December 27, 1996 "On Advocacy"
https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024)

Библиографические ссылки

Qalandarov K. Advokaturaning yechilmagan muammolari. // Advokat. Jurnali №5-6/2018. B. 14-15. (Qalandarov K. Unsolved problems of the legal profession. // Lawyer. Journal №5-6/2018. P. 14-15)

O‘zbekiston Reaspublikasining 1996 yil 27-dekabrdagi 346-I-sonli “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024 (Law of the Republic of Uzbekistan No. 346-I dated December 27, 1996 "On Advocacy" https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024)

Galoganov A. P. Rossiyskaya advokatura: istoriya i sovremennost. Yurlitinform, 2003. S. 97-98;8. Advokatura: uchebnik dlya bakalavrov / otv. red. Yu.S.Pilipenko. – 2-ye izd., pererab. i dop. – Moskva: Prospekt, 2019. S 68. ( Galoganov A.P. Russian lawyer: history and modernity. Yurlitinform, 2003. S. 97-98; 8. Advocacy: uchebnik dlya bakalarov / otv. ed. Yu. S. Pilipenko. - 2nd ed., pererab. i dop. - Moscow: Prospekt, 2019. P 68

Rustamboev M.H., Tuxtasheva U.A. Oʼzbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati. Darslik. T.: “ILM ZIYO”, T.: 2012. B. 91. (Rustamboev M.H., Tukhtasheva U.A. Legal practice in the Republic of Uzbekistan. Textbook. T.: “ILM ZIYO”, T.: 2012. P. 91.)

Salomov B. Oʼzbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi (tajriba va muammolar). yu.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss..., 00.11. T.:. TDYuI, 2005. B. 26. (Salomov B. Legal practice in the Republic of Uzbekistan, its guarantees and social protection of lawyers (experience and problems). Dissertation for the degree of Doctor of Law..., 00.11. T.:. TDYuI, 2005. P. 26.)

Oʼzbekiston Advokatlar Assotsiatsiyasi Boshqaruvining 2003-2007 yillardagi faoliyati toʼgʼrisida hisobot. // Advokat. №3/2007 yil B. 7-9. ( Report on the activities of the Board of the Association of Lawyers of Uzbekistan for 2003-2007. // Lawyer. No. 3/2007, pp. 7-9.)

Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019 y., 09/19/1046/4242-son https://e-advokat.uz/ (National database of legislative documents, 29.12.2019, issue 09/19/1046/4242 https://e-advokat.uz/)

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9 martdagi 60-son qaroriga 2-ILOVA (ANNEX 2 to the Resolution of the Cabinet of Ministers No. 60 of March 9, 2009)

V.X. Davlyatov Advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzulmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organining huquqiy maqomi masalari bo‘yicha yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya 2020. 67-bet (V.Kh. Davlyatov Dissertation prepared for the degree of Doctor of Philosophy in Legal Sciences on the issues of the legal status of the legal system and the self-governing body in improving the Institute of Advocacy 2020. Page 67)

O‘zbekiston Reaspublikasining 1996 yil 27-dekabrdagi 346-I-sonli “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024 (Law of the Republic of Uzbekistan No. 346-I dated December 27, 1996 "On Advocacy" https://lex.uz/uz/docs/-54503?ONDATE=07.02.2024)