Авторы

  • Фарход Джураев
    Самостоятельный соискатель, Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp12-19

Ключевые слова:

личный сыск оперативно-розыскная деятельность органы внутренних дел субъекты конспирация раскрытие преступлений специальные средства

Аннотация

В данной статье раскрываются теоретические основы личного сыска, определяются субъекты, осуществляющие данный вид оперативно-розыскной деятельности, и анализируются основные методы его проведения. Особое внимание уделяется правовому регулированию, практическим аспектам и профессиональным требованиям, предъявляемым к сотрудникам органов внутренних дел при проведении личного сыска. Также рассматриваются современные вызовы и возможности применения личного сыска в оперативной деятельности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Personal Investigation in Operative-Search Activity:
Theoretical and Practical Approaches

Farkhod DJURAEV

1


Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2025

Received in revised form

15 July 2025
Accepted 25 July 2025

Available online

15 August 2025

This article explores the theoretical foundations of personal

investigative activity, defines the subjects responsible for

conducting such operations, and analyzes the specific methods

used in its implementation. The paper focuses on the legal

framework, practical execution, and professional requirements
for law enforcement officers involved in personal surveillance.

Furthermore, it highlights the current challenges and prospects

of applying personal investigation methods in the field of

operational-search activities.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss7/S-pp12-19

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

personal surveillance,

operational-search activity,
law enforcement agencies,
subjects,

covert operations,

crime detection,

special tools.

Tezkor-qidiruv faoliyatida shaxsiy izquvarlik: nazariy va
amaliy yondashuvlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘

zlar:

shaxsiy izquvarlik,

tezkor-qidiruv faoliyati,

ichki ishlar organlari,
subyektlar,

konspiratsiya,

jinoyatlarni fosh etish,

maxsus vositalar.

Mazkur maqolada shaxsiy izquvarlik faoliyatining nazariy

asoslari, uni amalga oshiruvchi

subyektlar, qo‘llaniladigan

asosiy usullar hamda bu faoliyatning ichki ishlar organlari

tizimidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, shaxsiy izquvarlik

tadbirlarining huquqiy va amaliy jihatlari tahlil qilingan, uning

samaradorligini oshirishda konspiratsiya, maxsus bilim va

kasbiy malaka muhim omillar sifatida belgilangan. Muallif

shaxsiy izquvarlikning zamonaviy sharoitlarda qo‘llanilishidagi

muammolar va imkoniyatlarni ham yoritib bergan.

1

Independent Researcher, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

13

Личный сыск в оперативно

-

розыскной деятельности:

теоретические и практические подходы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

личный сыск,

оперативно

-

розыскная

деятельность,

органы внутренних дел,

субъекты,

конспирация,

раскрытие преступлений,

специальные средства

.

В данной статье раскрываются теоретические основы

личного сыска, определяются субъекты, осуществляющие

данный вид оперативно

-

розыскной деятельности, и

анализируются основные методы его проведения. Особое

внимание

уделяется

правовому

регулированию,

практическим

аспектам

и

профессиональным

требованиям, предъявляемым к сотрудникам органов

внутренних дел при проведении личного сыска. Также

рассматриваются современные вызовы и возможности

применения личного сыска в оперативной деятельности.

Mamlakatimizda hayotning barcha jabhalarini qamr

ab olgan keng ko‘lamli islohotlar

inson qadri, uning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr

-qimmatini yuksaltirishga

qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu yangilanishlar jarayonida, ayniqsa, ichki ishlar

organlarining roli beqiyosdir. Zero, ushbu organlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va

qonuniy manfaatlarini ta’minlash va himoya qilishda asosiy huquqni muhofaza qiluvchi

tuzilma sifatida faoliyat yuritadi. Jumladan, ularning tezkor-qidiruv faoliyatida ham inson

huquqlariga rioya qilish, ularni himoyalash ustuvor ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida “inson huquq va

erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga

sodiq”lik [1] tamoyili alohida qayd etilgan bo‘lib, bu prin

sip ichki ishlar organlari

faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Xususan, jinoyatlarni aniqlash, ularni

oldini olish, fosh etish va profilaktika qilish jarayonlarida ichki ishlar organlari shaxsning

huquqiy himoyasini ta’minlashi, qonun ustuvorl

igiga sodiq qolishi va demokratik

qadriyatlar asosida ish yuritishi zamonaviy huquqiy davlatning talabi hisoblanadi.

Ammo, hozirgi kunda ko‘pgina hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning

tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi tezkor bo‘linmala

ri tomonidan

jinoyatchilikka qarshi kurashishda murakkab usullar va yo‘nalishlar orqali harakatlar

amalga oshirilayotganligi sudlar, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini

ba’zi bir shubhalarga olib kelmoqda.

Tezkor-qidiruv faoliyatida qonu

nchilikka rioya etish, ma’lumotlar olish jarayonlari

ancha yopiq tarzda tashkil etilgani sababli uning qonuniyligi, amalga oshirish jarayonida

qonunchilikka rioya etilishi, ma’lumotlarning haqiqiyligi yuzasidan juda ko‘p savollar

tug‘ilishiga sababchi bo‘l

moqda [2].

Avvalo, tergov harakatlari manfaatlari uchun qo‘llaniladigan tezkor

-qidiruv

faoliyati natijalarini ta’riflash lozim. Tezkor

-qidiruv faoliyatining maqsadidan kelib

chiqib, bu jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tezkor-qidiruv tadbirlari yordamida

qo‘lga kiritiladigan va to‘planadigan tezkor axborotdir [3].

Jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish

davlat va jamiyat xavfsizligini

ta’minlash, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan asosiy

shartlardan biridir. Bu

yo‘nalishda ichki ishlar organlari jinoyatlarning oldini olish, ularni

aniqlash va fosh etishda yetakchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, mazkur maqsadlarga erishishda

tezkor-qidiruv faoliyati va uning samarali usullari muhim ahamiyatga egadir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

14

Ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladigan tezkor-qidiruv tadbirlari

jinoyatchilikni bartaraf etishda, huquqbuzar shaxslarni fosh qilishda, jinoyat sodir etishga

moyil shaxslarni aniqlashda va ularning niyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslikda muhim

vosita sifatida xizmat qiladi. Tezkor-qidiruv faoliyati taktikasi esa muayyan tezkor-qidiruv

tadbirlarini o‘tkazishda tezkor

-qidiruv kuch va vositalarini belgilangan maqsadga erishish

uchun eng samarali tarzda qo‘llash usul va yo‘llari majmuidir [4]. Bu faoliyat jamiyatda

qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish kabi

ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgandir.

Umuman olganda, shaxsiy izquvarlik doirasidagi tezkor-qidiruv tadbirlarini

amalga oshirish masalalari bo‘yicha qonunchilik bazasi to‘liq shakllantirilgan va samarali
faoliyat yuritmoqda. Shaxsiy qidiruv usullarini samarali qo‘llash uchun faqatgina ularning
me’yoriy

-

huquqiy asoslarini bilishning o‘zi yetarli emas. Ichki ishlar organlari xodimlari

tomonidan shaxsiy qi

diruvni qo‘llashda aniq harakatlar algoritmini ishlab chiqish zarur.

Shaxsiy izquvarlik usullarini qo‘llashning har bir aniq holati muayyan vaziyat bilan

asoslanishi lozim. Shaxsiy izquvarlik usullarini tanlashda ichki ishlar organlari xodimi
mavjud vaziya

tni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining normativ

-huquqiy

hujjatlariga amal qilishi shart deb hisoblaymiz.

Shaxsiy izquvarlik qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlashda va keyinchalik

jinoyat sodir etish holatlarini o‘rnatishda yetarlicha samarali vosita hisoblanadi. Shaxsiy

i

zquvarlikning asosiy usullaridan biri so‘rov va tezkor kuzatuvdir. Ayniqsa, so‘rov o‘tkazish

va tezkor kuzatuv jarayonida maxsus texnik vositalardan foydalanish masalalariga alohida

e’tibor qaratish lozim. Zamonaviy sharoitlarda maxsus texnik vositalarni qo‘llash nihoyatda

dolzarb, chunki ulardan foydalanish belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradi.
Yangi maxsus texnik vositalarni ishlab chiqish shaxsiy qidiruv doirasida amalga
oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda ichki ishlar organlari xodimlari foydalanayotgan shaxsiy qidiruv

vositalar

i ancha keng ko‘lamli bo‘lib, jinoiy harakatlarga qarshi kurashish va sodir etilgan

jinoyatlarni fosh qilish sohasidagi zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi.

Shu sababli, ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor-xizmat faoliyatida shaxsiy

qidiruvni

qo‘llash samarali ishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ichki ishlar

organlari xodimlari o‘zlarining tezkor

-

xizmat faoliyatida shaxsiy qidiruvni qo‘llash

bo‘yicha nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini kengaytirishi lozim. Bu esa ularga
o‘z kasbi

y vazifalarini yuqori malaka bilan bajarish imkonini beradi.

Shaxsiy izquvarlik ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyatlarni aniqlash,

oldini olish va fosh etish, yashiringan jinoyatchilarni izlash hamda tezkor-qidiruv
faoliyatining boshqa vazifalarini hal qilish maqsadida oshkora va yashirin tarzda shaxsan
amalga oshiriladigan tezkor-

qidiruv tadbirlari va usullari majmuasini ro‘yobga chiqarish

shaklidir. Shaxsiy qidiruvni qo‘llash muayyan vaziyatdagi u yoki bu holatlar bilan bog‘liq
bo‘ladi.

Shaxsiy izquvarlik

tushunchasining aniq, yagona ta’rifi mavjud emas. Bu holat,

avvalo, huquqshunoslik sohasidagi turli mutaxassislarning ushbu tushunchaga nisbatan

har xil yondashuvlarini aks ettiradi. Biroq shubha yo‘qki, shaxsiy izquvarlik tezkor

-

qidiruv faoliyatining (TQF) muhim usullaridan biri hisoblanadi. Manbalarning

ko‘pchiligida shaxsiy izquvarlik bilan bog‘liq usullar yagona guruhga birlashtirilgan holda
ko‘rsatiladi [5].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

15

Shaxsiy izquvarlik

kabi tushunchani anglash uchun, avvalo, ushbu atamaning

mazmunini tahlil qilish zarur. Bunda,

shaxsiy

so‘zining mohiyati nimani anglatishiga

e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. “

Shaxsiy

so‘ziga sinonim sifatida “

mustaqil

,

individual

kabi sifatlar keltiriladi. Demak, shaxsiy izquvarlik tushunchasi ostida bir xodim

tomonidan mustaqil tarzda amalga oshiriladigan izquvarlik shakli, ya’ni tezkor

-qidiruv

tadbirlarining yakka holda o‘tkazilishi tushuniladi.

Zamonaviy yuridik amaliyotda

shaxsiy izquvarlik

tushunchasini yanada batafsil

ko‘rib chiqamiz. Shaxsiy i

zquvarlik

tezkor-qidiruv faoliyatining tarkibiy elementi

hisoblanadi. Tezkor-qidiruv tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasining 2012

-yil

25-dekabrda qabul qilingan

Tezkor-

qidiruv faoliyati to‘g‘risida”

gi 344

–O‘RQ

-sonli

Qonuni [6] doirasida amalga oshiriladi.

Ichki ishlar organlarining tezkor

bo‘linmalari faoliyati, ya’ni sodir etilishi

rejalashtirilayotgan jinoyatlarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish,

yashiringan jinoyatchilarni hamda bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishga qaratilgan

harakatlari maxsus tezkor-qidiruv xususiyatiga ega. Shu jihatdan, nazariya va amaliyotda
shaxsiy izquvarlik tizimi tezkor-

qidiruv faoliyatining murakkab va o‘ziga xos kompleks

usullaridan biri sifatida bejiz ta’riflanmaydi [7].

Shaxsiy izquvarlik tezkor-qidiruv faoliyatining kompleks shakli sifatida

quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

tezkor bo‘linma xodimi (yoki boshqa ichki ishlar organi xodimi) tomonidan

nooshkora tarzda, bevosita atrof-muhitni kuzatish orqali tezkor qiziqish uy

g‘o

tadigan

shaxslarning ehtim

oliy joylashuvi yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududdagi

vaziyatni baholash;

bunday shaxslarni tanib olish;

olingan ma’lumotlarga asosan zarur qarorni qabul qilish va ularni jinoyat ustida

qo‘lga olish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish.

Shaxsiy

izquvarlik faqatgina tezkor qiziqish uyg‘otuvchi shaxslarni aniqlashga

qaratilmasdan, balki jinoyatchilikka qarshi kurashda ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar va
ashyoviy dalillarni qidirishga ham yo‘naltirilishi mumkin. Biroq amaliyotda ko‘pincha

bunday ashyo

lar (jinoyat quroli, jinoiy tajovuz obyekti bo‘lgan ashyolar) hamda shaxsiy

izquvarlik obyekti sifatida qaraladigan faktlar, asosan ular orqali tezkor qiziqish

uyg‘otuvchi shaxslarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lgani uchun shaxsiy izquvarlik

subyektlarini qiziqtiradi.

Ichki ishlar organlari xodimi shaxsiy izquvarlik tadbirlarini amalga oshirish

jarayonida quyidagi obyektlarga yo‘naltiriladi va ularni e’tibor markazida ushlab turadi:

bevosita yoki bilvosita tezkor

qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar to‘g‘risidag

i

ma’lumotlar;

sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari;

tezkor-

qidiruv tadbirlari orqali tasdiqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar;

moddiy dalillar sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar yoki boshqa

ashyolar;

yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash maqsadida musodara qilinishi lozim bo‘lgan

predmetlar.

Shaxsiy izquvarlik orqali tezkor-

qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, ayrim tezkor

-

qidiruv vazifalarini hal etish maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bu so‘nggi

natijada umumiy maqsadga erishish

ga qaratilgan bo‘ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

16

Tezkor-

qidiruv faoliyati to‘g‘risida”

gi Qonunda ichki ishlar organlari

xodimlarining individual tarzda ishtirok etishi orqali tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil

etish va amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishi nazarda t

utilgan. Shundan

kelib chiqib, shaxsiy izquvarlikni to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri tezkor

-

qidiruv faoliyatining o‘ziga

tenglashtirish mutlaqo noto‘g‘ri hisoblanadi, chunki shaxsiy izquvarlik faqatgina uning

bir shaklidir.

Demak, shaxsiy izquvarlik sifatida nafaqat tezkor tadbirlarda shaxsan ishtirok

etish, balki boshqa turdagi tezkor-qidiruv chora-tadbirlarining yakka holda amalga

oshirilishi ham e’tirof etilishi mumkin.

Jinoyatlarni fosh etish haqida fikr yuritilganda, eng avvalo O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2-moddasida belgilangan normalarga

e’tibor qaratish zarur. Unga ko‘ra, jinoyat

-protsessual qonun hujjatlarining asosiy

vazifalaridan biri sifatida “jinoyatlarni tez va to‘la ochish” [8] talabi mustahkamlab
qo‘yilgan. Mazkur qoida faqat huquqiy yuksak maqsad bo‘lib qolmasdan, amaliy

faoliyatdagi samaradorlik mezoni sifatida ham xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan
qaralganda, jinoyatlarni ochishda faqat rasmiy tergov harakatlarini emas, balki shaxsiy
izquvarlik salohiyatini ham yuksak baholash lozim.

Zero, “jinoyatlarni ochish” tushunchasi o‘z ichiga nafaqat dalillarni aniqlash, balki

ushbu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning kasbiy mahorati, intuitsiyasi, tahliliy

qobiliyati va shaxsiy izquvarlik ko‘nikmalarini ham qamrab oladi. Ayniqsa,

tezkor-qidiruv

va jinoyat-qidiruv faoliyatida shaxsiy izquvarlik

bu xodimning jinoyatni fosh etishga

qaratilgan shaxsiy tashabbusi, qo‘shimcha ma’lumotlarni izlab topishga bo‘lgan intilishi
va ma’lumotlarni tahlil qilishdagi o‘ziga xos yondashuvidir. Bu

nday xususiyatlar

jinoyatlarni tez va to‘la ochishda hal qiluvchi omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.

Shuningdek, jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan umumiy vazifalarning

samarali bajarilishi ko‘p jihatdan shaxsiy izquvarlik qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlarning
tizimli va maqsadli faoliyatiga bog‘liqdir. Shu bois, amalda “jinoyatlarni ochish” va
“shaxsiy izquvarlik” tushunchalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularni ajratmasdan, yaxlit
jarayonning ajralmas bo‘g‘inlari sifatida qarash zarur.

J. Najmiddinovning fikricha jinoyatni ochish deganda, jinoyat sodir etgan shaxsning

va jinoyat sodir etishda ishtirok etgan shaxsning kimligini (uning qayerdaligini) aniqlash

tushunilib, fosh etish deganda esa muayyan bir jinoyat bo‘yicha aybdorlarni fosh etmoq

nazarda tutiladi [9]. J.

Najmiddinovning jinoyatni ochish va fosh etishga oid ta’riflari

jinoyatchilikka qarshi kurashda nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Unga

ko‘ra, jinoyatni ochish –

bu jinoyat sodir etgan shaxsni va uning joylashuvini aniqlash

bo‘lsa, fosh etish –

aybdorlikni dalillar asosida isbotlash va javobgarlikka tortishdir.

Amaliyotda bu jarayonlarda shaxsiy izquvarlik

usuli muhim o‘rin tutadi. Chunki

gumon qilinuvchilarni kuzatish, ma’lumot to‘plash, dalillarni jamlash kabi vazifala

r

ko‘pincha tezkor xodimning shaxsan amalga oshiradigan harakatlari orqali bajariladi.

Shuning uchun J.

Najmiddinov ta’riflari shaxsiy izquvarlikni to‘g‘ri yo‘naltirish va

samarali qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Shaxsiy izquvarlikni alohida tadbir sifatida qarash noto‘g‘ridir. Shaxsiy izquvarlik –

bu muayyan jarayon bo‘lib, u tezkor

-qidiruv tadbirlari majmuasidan iborat. Vujudga

kelgan sharoit va hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalarning xususiyati qo‘llaniladigan

usullar

va ulardan foydalanish uslubini belgilaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

17

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, ma’lumot to‘plash,

so‘rov o‘tkazish, kuzatuv olib borish kabi tadbirlarni shaxsiy izquvarlikning o‘ziga

tenglashtirish mumkin emas. Ularni shax

siy izquvarlikning tarkibiy qismlari, aniqrog‘i,

uning usullari sifatida qabul qilish lozim.

Shaxsiy izquvarlikni amalga oshirish uchun albatta aniq faktik asos zarur. Bunday

asos sifatida avval bajarilgan harakatlar natijalari xizmat qiladi. Aynan shu olingan

natijalarga tayangan holda ichki ishlar organi xodimi qaysi tezkor-qidiruv tadbirlarini

o‘tkazish, ularning shakli va usuli qanday bo‘lishini belgilaydi.

Shaxsiy izquvarlik usulida tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirayotgan ichki

ishlar organi xo

dimi quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi (vaziyatga qarab):

tadbirlarni oshkora yoki nooshkora shaklda o‘tkazish;

tezkor kuzatuv va so‘rov tadbirlarini amalga oshirish;

shaxsiy izquvarlik obyekti ustidan kuzatuvni olib borish;

turar joy, bino, inshootlarni va

yaqin atrofni ko‘zdan kechirish;

shaxs to‘g‘risida ma’lumot to‘plash;

o‘tkazilgan tadbirlar orqali shaxsning aynanligi aniqlash (identifikatsiya qilish).

Shaxsiy izquvarlikning ayrim tadbirlarini amalga oshirish jarayonida ichki ishlar

organi xodimi

mavjud sharoitning o‘zgarishi va yangi holatlarning yuzaga kelishiga qarab

tezkor-

qidiruv tadbirlarini o‘tkazish algoritmiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

Bunday yondashuv amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini sezilarli darajada

oshirish im

konini beradi. Ma’lumki, qonunbuzar shaxslar jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va

uni sodir etish bilan bog‘liq holatlarni maksimal darajada yashirishga urinadi hamda ichki

ishlar organlari xodimlarini chalg‘itishga qaratilgan turli harakatlarni amalga oshira

dilar.

Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan so‘rov

-qidiruv

xususiyatiga ega bo‘lgan izquvarlik usullari qo‘llaniladi. Bunda tadbirni qanday shaklda –

oshkor yoki nooshkora

tarzda o‘tkazish –

to‘g‘risida qarorni xodimning o‘zi

mustaqil

ravishda qabul qiladi.

Ko‘p yillik tezkor

-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish amaliyoti davomida zarur

tezkor ma’lumotlarni olish maqsadida o‘tkaziladigan nooshkora tezkor

-qidiruv

tadbirlarini samarali tashkil etish imkonini beradigan muayyan usullar, metodikalar va

konspiratsiya qoidalari shakllandi.

Shaxsiy izquvarlik tadbirlarini amalga oshirayotgan xodim konspiratsiya

talablariga rioya etish bo‘yicha bir qator vazifalarni bajarishi shart. Bu holat shundan

dalolat beradiki, ma’lumotlar, shuning

dek, tadbirlarning maqsadi va ularning

o‘tkazilayotgani haqidagi fakt sir saqlanishi lozim. Bunday konspiratsiya shakli ichki

ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar maqsadlariga erishish

uchun zarur hisoblanadi.

Shaxsiy izquvarlikni amalga oshirishda ichki ishlar organlari tomonidan eng qulay

va samarali vositalardan foydalaniladi: operativ garderobdan foydalanish hamda mavjud

sharoitga mos ravishda o‘zini tutish. Ushbu usullardan foydalanish tezkor

-qidiruv

tadbirlarini samarali olib borish imkonini beradi.

Tezkor-qidiruv

faoliyati to‘g‘risida”

gi

qonunda konspiratsiyani yuqori darajada ta’minlash imkonini beradigan huquqlar

ro‘yxati belgilangan [10].

Qonun osti hujjatlarida shaxsiy izquvarlikni amalga oshirish usullari ro‘yxati

belg

ilab qo‘yilgan bo‘lib, ularning har birini qo‘llash maqsadga muvofiqligi ichki ishlar

organlari amaliyotida ulardan foydalanish natijalari bilan tasdiqlangan. Shaxsiy

izquvarlik usullarining eng yuqori samaradorligi faqatgina ulardan majmuaviy ravishda

foy

dalanilganda ta’minlanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

18

Shaxsiy izquvarlik tadbirlarini amalga oshirishda belgilangan vazifalarni bajarishga

puxta tayyorgarlik ko‘rish zarur, deb hisoblaymiz. Bu jarayonda konspiratsiyaga qat’iy

rioya etish, yuqori darajadagi kasbiy malaka hamda nazari

y bilimlarga ega bo‘lish talab

etiladi. Ushb

u omillar shaxsiy izquvarlik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarning

samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bunday tayyorgarlik, o‘z navbatida, maxsus

mutaxassislar tomonidan olib boriladigan shaxsiy izquvarlik tadbirlarini tajribasiz shaxslar
tomonidan amalga oshiriladigan harakatlardan aniq farq qilib turadi.

Ayrim tezkor tadbirlar o‘tkazilishi jarayonida konstitutsiyaviy huquqlarni sezilarli

darajada cheklovchi yoki ma’lum xatarlar bilan bog‘liq holatlar y

uzaga kelishi mumkin.

Bunday tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi: turar joy, bino, inshootlarni nooshkora

tarzda ko‘zdan kechirish, erkin muomalasi taqiqlangan buyumlar va tovarlarni aniqlash

maqsadida nazorat ostida olish amalga oshirish [11].

Keyingi bosqichda shaxsiy izquvarlik subyekti kim ekanini aniqlab olish zarur. Ular

tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradigan organlarning mansabdor shaxslari
hisoblanadi. Alohida mansabdor shaxslar va maxsus bilimlarga ega mutaxassislar,
shuningdek, fuqarolar shaxsiy izquvarlik subyekti hisoblanmaydi, balki faqatgina
yordamchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Shaxsiy izquvarlik doirasida ayrim ma’lumot to‘plash va qidiruv tadbirlari

subyektlar guruhi tomonidan ham o‘tkazilishi mumkin. Masalan, ichki ishlar o

rganlarida

muayyan turdagi jinoyatlarni shaxsiy izquvarlik usullari orqali ochishga ixtisoslashgan

maxsus bo‘linmalar tashkil etiladi.

Shaxsiy izquvarlikni qo‘llash orqali tadbirlarni o‘tkazish amaldagi normativ

-

huquqiy bazaga qat’iy rioya qilingan holda a

malga oshiriladi. Ushbu tadbirlar natijalari

qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak

, shaxsiy izquvarlik bu jinoyatlarning oldini olish,

aniqlash va fosh etishda muhim o‘rin tutadigan, ichki ishlar organlari fa

oliyatida keng

qo‘llaniladigan samarali tezkor

-qidiruv shakli hisoblanadi. Uning nazariy asoslari,

huquqiy jihatlari, tadbirlarni amalga oshiruvchi subyektlari hamda o‘ziga xos amaliy
usullari mavjud bo‘lib, bu shaxsiy izquvarlikni murakkab, bir paytning o‘zida esa yuqori

samaradorlikka ega jarayon sifatida namoyon etadi.

Shaxsiy izquvarlik tadbirlarida konspiratsiya qoidalariga rioya etish, ichki ishlar

organi xodimining kasbiy tayyorgarligi, tahliliy fikrlash qobiliyati va zamonaviy maxsus
texnik vositalardan foydalanish samaradorlikni yanada oshiradi. Bu omillar shaxsiy
izquvarlik faoliyatining nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham yuqori ahamiyatga ega
ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Shunday ekan, shaxsiy izquvarlik jinoyatchilikka qarshi
samarali

kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun muhim vosita bo‘lib,

uning maqsadli va to‘g‘ri qo‘llanilishi orqali jamiyatda qonun ustuvorligi va xavfsizlik
ta’minlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

O‘

zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 2023y. https://lex.uz/docs/6445145

(murojaat vaqti: 28.06.2025).

2.

Atoev A.A. So‘rov tezkor

-

qidiruv tadbirini o‘tkazishda uning taktik xususiyatlari.

Eurasian journal of technology and innovation Innovative Academy Research Support
Center.2024. B-44. (murojaat vaqti: 18.06.2025).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2025) / ISSN 2181-1415

19

3.

Ubaydulaev K.N. Jinoyat protsessida tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan

foydalanish muammolari. EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED S
CIENCES Innovative Academy Research Support Center https://cyberleninka.ru/
article/n/zhinoyat-protsessida-tezkor-idiruv-faoliyati-natizhalaridan-foydalanish-
muammolari/viewer

4.

A.A.Xamdamov, T.R.Saitbaev, S.N.Gordeev, R.T.Rashitxodjaev // O‘zbekiston

Respublikasining “Tezkor

-qidiruv faoliyati

to‘g‘risida”gi qonuniga sharh, 143

-bet. T.2015

//

O‘zbekiston

Respublikasi IIV Akademiyasi.

5.

Егоров В. Ю., Чибунин В. М., Степаненко Ю. С., Фидель П. М. Обучение

тактике применения и методам личного сыска// Педагогика. вопросы теории и
практики №3 (7) 2017 С: 36

-39.

6.

O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrda qabul qilingan “

Tezkor-

qidiruv faoliyati to‘g‘risida”

gi 344-

O‘RQ sonli Qonuni

https://www.lex.uz/acts/2107763

(murojaat vaqti: 28.06.2025).

7.

Алферов В. Ю., Гришин А. И., Ильин Н. И. Правовые основы

оперативно

-

розыскной деятельности Учебное пособие Саратов: Саратовский социально

-

экономический институт (филиал) РЭУ им. Г.В. Плеха

-

нова: 2016. –

296 с.

8.

O‘zbeki

ston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi // Elektron manba:

http: // www.lex.uz. (murojaat vaqti: 08.06.2025).

9.

Nizomiddinov J. Kissavurlikni oldini olish va fosh etishda tezkor

qidiruv

tadbirlarini o‘tkazish tartibi. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies

(CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 |
UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-
2022-12-30-36 (murojaat vaqti: 12.06.2025).

10.

Захарцев С.И. Оперативно

-

розыскная деятельность в XXI веке:

Монография / С.И. Захарцев. –М.: Инфра

-

М, Норма, 2017. –

766 c.

11.

Абазов И.С. Некоторые особенности раскрытия преступлений

общеуголовного характера личным сыском // Проблемы экономики и
юридической практики. –

2019.

–№ 3. –С. 108

-110.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 2023y. https://lex.uz/docs/6445145 (murojaat vaqti: 28.06.2025).

Atoev A.A. So‘rov tezkor-qidiruv tadbirini o‘tkazishda uning taktik xususiyatlari. Eurasian journal of technology and innovation Innovative Academy Research Support Center.2024. B-44. (murojaat vaqti: 18.06.2025).

Ubaydulaev K.N. Jinoyat protsessida tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish muammolari. EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED S CIENCES Innovative Academy Research Support Center https://cyberleninka.ru/article/n/zhinoyat-protsessida-tezkor-idiruv-faoliyati-natizhalaridan-foydalanish-muammolari/viewer

A.A.Xamdamov, T.R.Saitbaev, S.N.Gordeev, R.T.Rashitxodjaev // O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga sharh, 143-bet. T.2015 // O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.

Егоров В. Ю., Чибунин В. М., Степаненко Ю. С., Фидель П. М. Обучение тактике применения и методам личного сыска// Педагогика. вопросы теории и практики №3 (7) 2017 С: 36-39.

O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi 344-O‘RQ sonli Qonuni https://www.lex.uz/acts/2107763 (murojaat vaqti: 28.06.2025).

Алферов В. Ю., Гришин А. И., Ильин Н. И. Право-вые основы оперативно-розыскной деятельности Учебное пособие Саратов : Саратовский социально-экономический институт (филиал) РЭУ им. Г.В. Плеха-нова: 2016. – 296 с.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi // Elektron manba: http: // www.lex.uz. (murojaat vaqti: 08.06.2025).

Nizomiddinov J. Kissavurlikni oldini olish va fosh etishda tezkor –qidiruv tadbirlarini o‘tkazish tartibi. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-30-36 (murojaat vaqti: 12.06.2025).

Захарцев С.И. Оперативно-розыскная деятельность в XXI веке: Монография / С.И. Захарцев. - М.: Инфра-М, Норма, 2017. – 766 c.

Абазов И.С. Некоторые особенности раскрытия преступлений общеуголовного характера личным сыском // Проблемы экономики и юридической практики. - 2019. - № 3. - С. 108-110.