Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Application of international AML/CFT procedures aimed
at preventing the illegal circulation of precious metals and
precious stones, and the experience of foreign countries in
this direction
Adolat SETTIEVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2025
Received in revised form
15 June 2025
Accepted 25 June 2025
Available online
15 July 2025
This article presents a comparative analysis of the Republic
of Uzbekistan's legislation on AML/CFT (anti-money laundering
and counter-terrorism financing) related to precious metals and
stones with the practices of leading countries worldwide. The
study examines the main features of Uzbekistan's internal
control regulations, as well as similarities and differences with
the legislation of the United States, the European Union,
Singapore, and the United Arab Emirates. The article analyzes
the strengths of Uzbekistan's system and opportunities for its
improvement in the context of international FATF standards.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp456-461
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Anti-money laundering
(AML),
Combating the financing of
terrorism (CFT),
precious metals and stones,
internal control regulations,
FATF standards,
comparative analysis,
customer identification,
risk-based approach,
suspicious transactions.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning
noqonuniy aylanmasiga oldini olishga qaratilgan xalqaro
AML/CFT tartibotlarni qo‘llash hamda bu yo‘nalishd
a
xorijiy mamlakatlar tajribasi
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
Pul yuvishga qarshi kurash
(AML), terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasining qimmatbaho
metallar va toshlar bilan bog'liq AML/CFT (pul yuvishga qarshi
kurash va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash)
qonunchiligini dunyoning yetakchi mamlakatlari amaliyoti bilan
1
Teacher, Tashkent State University of Law. E-mail: adolatsettiyeva@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
457
kurash (CFT), qimmatbaho
metallar va toshlar, ichki
nazorat qoidalari, fatf
standartlari, qiyosiy tahlil,
mijozlarni
identifikatsiyalash, risk-
based approach, shubhali
operatsiyalar, maxsus
vakolatli davlat organi.
qiyosiy tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida
O'zbekiston ichki nazorat qoidalarining asosiy xususiyatlari,
Amerika Qo'shma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi, Singapur va
Birlashgan Arab Amirliklari qonunchiligi bilan o'xshashlik va
farqlar o'rganilgan. Maqolada FATF xalqaro standartlari
kontekstida O'zbekiston tizimining kuchli tomonlari va
takomillashtirish imkoniyatlari tahlil etiladi.
Применение
международных
процедур
AML/CFT,
направленных на предотвращение незаконного оборота
драгоценных металлов и драгоценных камней, а также
опыт зарубежных стран в этой сфере
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
противодействие
отмыванию денег (AML),
противодействие
финансированию
терроризма (CFT),
драгоценные металлы и
камни,
правила внутреннего
контроля,
стандарты ФАТФ,
сравнительный анализ,
идентификация клиентов,
риск
-
ориентированный
подход, подозрительные
операции,
специально
уполномоченный
государственный орган
.
Данная статья посвящена сравнительному анализу
законодательства Республики Узбекистан в сфере AML/CFT
(противодействие отмыванию денег и финансированию
терроризма), связанного с драгоценными металлами и
камнями, с практикой ведущих стран мира. В рамках
исследования были изучены основные особенности правил
внутреннего контроля Узбекистана, а также сходства и
различия с законодательством Соединенных Штатов
Америки, Европейского Союза, Сингапура и Объединенных
Арабских Эмиратов. В статье анализируются сильные
стороны системы Узбекистана и возможности ее
совершенствования в контексте
.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog'liq munosabatlarni
tartibga solish zamonaviy moliyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashishning muhim
yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi ichki nazorat
qoidalari FATF[4] xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, mamlakatning
AML/CFT tizimining muhim qismini tashkil etadi. Qimmatbaho metallar va toshlar
o'zlarining yuqori qiymati, oson tashiluvchanlik xususiyatlari va global bozorlarda keng
qabul qilinishi tufayli pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlari uchun eng
qulay vositalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, dunyoning ko'plab mamlakatlari ushbu
soha bo'yicha kuchli tartibga solish mexanizmlarini joriy etgan. Ushbu maqolada
O'zbekiston qonunchiligini dunyoning yetakchi davlatlari bilan solishtirish orqali mavjud
tizimning ustunlik tomonlari ko
‘
rsatish hamda mavjud muammolarni tahlil qilish,
qonunchilikni takomillashtirish bo
‘
yicha taklif-tavsiyalar taqdim etishni maqsad qilib
qo'yilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
458
O'zbekiston qonunchiligining asosiy xususiyatlari
.
O'zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar va toshlar bo'yicha ichki
nazorat qoidalari bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Qonunchilik asosiy maqsad
sifatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
samarali kurashish tizimini yaratishni belgilaydi.
O'zbek qonunchiligi qimmatbaho metallarga oltin, kumush, platina va platina
guruhi metallarini, ya'ni palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiyni kiritadi. Bu metallar
har qanday ko'rinish va holatda, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatda,
xomashyoda, qotishmalarda, xomaki mahsulotlarda, sanoat mahsulotlarida, kimyoviy
birikmalarda, zargarlik buyumlarida, pul belgilarida, ishlab chiqarish va iste'mol
parchalarida hamda chiqindilarida hisobga olinadi. Qimmatbaho toshlarga esa tabiiy
olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, tabiiy marvarid va qahraboning
noyob hosilalari kiradi.
O'zbekistonda AML/CFT talablari bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan
oshgan naqd operatsiyalar uchun qo'llaniladi[5]. Bu taxminan 15-20 ming AQSh dollari
ekvivalentini tashkil etadi, bu ko'plab davlatlardagi chegaradan nisbatan past
ko'rsatkichdir. Bunday yondashuv keng doiradagi operatsiyalarni nazorat ostiga olish
imkonini beradi va potentsial shubhali faoliyatni erta bosqichda aniqlashga yordam
beradi.
Maxsus vakolatli davlat organi sifatida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi Davlat asillik palatasi o'rtasida aniq vazifa taqsimoti mavjud. Bu institutlararo
hamkorlik samarali nazorat tizimini ta'minlaydi va turli organlardagi bilim va
tajribalardan foydalanish imkonini yaratadi.
Amerika Qo'shma Shtatlari
Amerika Qo'shma Shtatlarida qimmatbaho metallar va toshlar savdosi CFR ning
31-qismi 1027-bo'limi bilan tartibga solinadi[6]. AQSh qonunchiligi bo'yicha "dealer" deb
ataladigan shaxslar yiliga 50,000 dollardan ortiq qimmatbaho metallar va toshlar sotib
olgan va sotgan shaxslardir. Bu ta'rif O'zbekiston yondashuvidan farq qiladi, chunki u
yillik aylanmaga asoslangan holda beriladi.
AQShda individual operatsiyalar uchun
10,000 dollarlik chegara belgilangan, bu O'zbekistondagi chegaraga yaqin.[7] Amerika
qonunchiligi asosan yillik aylanmaga asoslangan ta'rifdan foydalanadi, O'zbekistonda esa
har bir operatsiya uchun aniq chegara belgilangan. AQShda keng federal nazorat tizimi
mavjud bo'lib, FinCEN (Financial Crimes Enforcement Network) asosiy koordinator
organ hisoblanadi.[8]
AQSh amaliyotining afzalligi uning rivojlangan texnologik
infrastructurasi va keng federal nazorat tizimidadir. Shu bilan birga, shtat va federal
darajalar o'rtasidagi murakkab taqsimot ba'zan koordinatsiya qilish muammolarini
keltirib chiqarishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi
Yevropa Ittifoqining beshinchi va oltinchi anti-money laundering direktivalariga
muvofiq, yuqori qiymatli tovarlar, jumladan qimmatbaho metallar va toshlar sotuvchilari
10,000 yevrоdan oshgan naqd operatsiyalar uchun AML talablariga rioya qilishlari
kerak.[9] Bu chegara O'zbekiston bilan deyarli bir xil darajada hisoblanadi. O'zbekiston
va Yevropa Ittifoqi qonunchiligi o'rtasida ko'plab o'xshashliklar mavjud. Ikkalasida ham
“risk
-
based approach” amalitoti qo'llaniladi, mijozlarni identifikatsiyalash talablari
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
459
o'xshash va operatsiya chegaralari yaqin. Shu bilan birga, EUda yanada kuchliroq
ma'lumotlar himoyasi (GDPR) mavjud[10], O'zbekistonda esa markazlashtirilgan nazorat
tizimi qo'llaniladi. Yevropa Ittifoqining afzalligi a'zo davlatlar o'rtasida rivojlangan
ma'lumot almashish mexanizmlarida.
Yevropa amaliyotining muhim xususiyati shundaki,
har bir a'zo davlat o'z milliy qonunchiligiga direktivalarni moslashtiradi, bu esa ma'lum
darajada moslashuvchanlik beradi, ammo ayni paytda yagona standartlarni saqlash zarur
bo'ladi.
Singapur
Singapurning Precious Stones and Precious Metals Prevention of Money
Laundering and Terrorism Financing qoidalariga ko'ra, 20,000 Singapur dollari
(taxminan 15,000 AQSh dollari)dan oshgan operatsiyalar tartibga solinadi. Bu chegara
O'zbekiston bilan deyarli bir xil.
Singapur va O'zbekiston o'rtasida yaqin chegara
qiymatlari, asset-backed tokenlarni ham qamrab olish va kuchli FIU tizimi mavjudligi
kabi o'xshashliklar bor. Biroq Singapurda yanada raqamlashtirilgan hisobot berish tizimi,
ko'proq texnologik yondashuvlar va xalqaro moliyaviy markaz sifatida kuchliroq
compliance talablari mavjud.
Singapur amaliyotining o'ziga xos jihati shundaki, u Osiyo-
Tinch okeani mintaqasida moliyaviy markaz sifatida yuqori standartlarni saqlab qolishga
majbur, shu bilan birga biznes muhiti uchun qulay sharoitlar yaratishga harakat qiladi.
O'zbekiston qonunchiligining muhim afzalligi uning keng ta'rif doirasiga ega
ekanligidadir. O'zbek qonunchiligi qimmatbaho metallar va toshlarning keng spektrini
qamrab oladi, shu jumladan ishlab chiqarish chiqindilari va parchalarini ham nazorat
ostiga oladi. Bu yondashuv potentsial bo'shliqlarni kamaytiradi va jinoyatchilarning turli
xil sxemalardan foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.
Ikkinchidan
, muhim afzalligi o‘rganish uchun past chegara qiymati qabul
qilinganligi ya’ni 600 BHM (taxminan 15,000 USD) chegara ko'plab jinoyat alomatlar
i
bo‘lishi mumkin bo‘lgan munosabatlarni o‘rgana olish imkoniyatini beradi. Bu ayniqsa
kichik hajmdagi, ammo ko'p sonli operatsiyalar orqali amalga oshiriladigan pul yuvish
sxemalarini aniqlashda samarali vositadir.
Uchinchidan,
aniq mas'uliyat taqsimoti y
a’ni har bir munosabat ishtirokchisi uchun
mas'ul shaxs tayinlash majburiyati aniq javobgarlik yaratadi va nazorat tizimining
samaradorligini ta'minlaydi. Bu shaxslar maxsus vakolatlarga ega bo'lib, ichki nazoratni
amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi.
To'rtinchi
afzalligi hujjatlar saqlanishi talablaridir. Besh yillik saqlash muddati
xalqaro standartlarga to'liq muvofiq bo'lib, kerak bo'lganda operatsiya tarixini qayta
tiklash imkonini beradi.
O‘z navbatida, O'zbekiston tizimining sohadagi asosiy rivojlani
tirilishi zarur
bo‘lgan yo‘nalish bu texnologik integratsiya darajasini zamon talablariga mos ravishda
oshirib borish hisoblanadi. Boshqa ko'plab rivojlangan davlatlarga nisbatan raqamli
yechimlar kam ishlatiladi, bu esa samaradorlikni pasaytiradi va xatolar ehtimolini
oshiradi.
Xalqaro hamkorlik mexanizmlari yanada rivojlantirish maqsadida “FATF
-style
regional bodies” xalqaro tuzilmasi bilan hamkorlik kuchaytirilishini va ma'lumot
almashish jarayonlari takomillashtirilish yo‘lga qo‘yish lozim, shuningdek,
muntazam
ravishda sohada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan kadrlar bilim
-
ko‘nikmalarini oshirib borish
ishini samarali tashkil qilish talab etiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
460
O'zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar va toshlar muomalasi
sohasidagi AML/CFT qonunchiligini takomillashtirish maqsadida xalqaro amaliyotga
joriy qilingan bir qancha afzalliklarni milliy qonunchilikka olib kirish borasida qator
tavsiyalar ham berish mumkin.
Singapur va Amerika Qo'shma Shtatlari amaliyotidan foydalanib, elektron hisobot
berish tizimlari
ni rivojlantirish, zamonaviy moliyaviy nazorat tizimlari asosini o‘rganish,
birinchi navbatda raqamli platformalarni joriy etish masalasiga e'tibor qaratish
maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlar qog'ozli hujjat aylanmasi o'rniga
to'liq raqamlashtirilgan tizimlardan foydalanmoqda, bu esa nafaqat samaradorlikni
oshiradi, balki xatolar ehtimolini ham sezilarli darajada kamaytiradi. O'zbekiston uchun
bunday tizimlarni joriy etish mijozlarni identifikatsiyalash, shubhali operatsiyalarni
aniqlash va tegishli organlarga hisobot berish jarayonlarini sezilarli darajada
osonlashtiradi.
Soha faoliyatida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish birinchi o'rinda turadi.
Yevroosiyo guruhi doirasida ma'lumot almashish mexanizmlarini rivojlantirish
O'zbekiston uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Regional hamkorlik nafaqat
ma'lumotlar almashishni osonlashtiradi, balki umumiy standartlarni ishlab chiqish va
qo'llashda ham yordam beradi. Bu ayniqsa transchegaraviy operatsiyalarni nazorat
qilishda muhim rol o'ynaydi, chunki qimmatbaho metallar va toshlar savdosi ko'pincha
bir nechta mamlakatlar hududlarini keib o‘tadi.
Innovatsion yechimlarni joriy etish ikkinchi muhim uzoq muddatli yo'nalishdir.
“Blockchain” va sun'iy intellekt texnologiyalarini tekshir
uv jarayonlariga joriy etish
nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki xavfsizlik darajasini ham sezilarli darajada
oshiradi. Blockchain texnologiyasi operatsiyalar tarixini o'zgarmas holda saqlash
imkonini beradi, sun'iy intellekt esa shubhali operatsiyalarni avtomatik aniqlashda katta
yordam beradi. Bu texnologiyalar birga qo'llanilganda juda kuchli nazorat tizimini
yaratish mumkin.
Xulos
a o‘rnida shuni aytish mumkinki
O'zbekistonning qimmatbaho metallar va toshlar bo'yicha AML/CFT qonunchiligi
asosan xalqaro standartlarga muvofiq bo'lib, bir qator jihatlardan rivojlangan davlatlar
amaliyotiga yaqin turadi. Mamlakatimizning ushbu sohadagi qonunchiligi keng qamrov
doirasi, past chegara qiymatlari va aniq institutlararo vazifa taqsimoti bilan ajralib turadi.
B
iroq, texnologik rivojlanish, “risk
-
based approach” detalizatsiyasi va xalqaro hamkorlik
sohasida qo'shimcha imkoniyatlarga erishishni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Qiyosiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston qimmatbaho toshlar va
qimmatbaho metallar muomalasi sohasidagi qonunbuzilishi holatlarini oldini olish , soha
orqali noqonuniy daromad orttirishga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilmoqda. Bunda
zamonaviy global tendensiyalar va texnologik imkoniyatlardan yanada faol foydalanish
orqali mamlakatimiz kelgusida ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, o'z
moliyaviy tizimi xavfsizligini yanada mustahkamlashi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Methodsandtrends/Mltf-
vulnerabilities-legal-professionals.html
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2025) / ISSN 2181-1415
461
2.
e-CFR. "31 CFR Part 1027 -- Rules for Dealers in Precious Metals, Precious
Stones, or Jewels." Available at: https://www.ecfr.gov/current/title-31/subtitle-
B/chapter-X/part-1027
3.
FinCEN. "Guidance for Dealers, Including Certain Retailers, of Precious
Metals,
Precious
Stones,
or
Jewels."
Available
at:
https://www.fincen.gov/resources/statutes-regulations/guidance/guidance-dealers-
including-certain-retailers-precious
4.
https://www.lseg.com/en/risk-intelligence/financial-crime-risk-
management/eu-anti-money-laundering-directive
5.
https://www.kinstellar.com/news-and-insights/detail/2873/the-new-eu-
aml-framework-and-its-far-reaching-implications
6.
EAG. "Uzbekistan Mutual Evaluation Report." 2024.
7.
Financial
Crimes
Enforcement
Network.
"About
FinCEN."
https://www.fincen.gov/about
8.
American Bar Association. "Gatekeeper Regulations on Attorneys."
https://www.americanbar.org/advocacy/governmental_legislative_work/priorities_poli
cy/independence_of_the_legal_profession/bank_secrecy_act/
9.
LSEG.
"EU
Anti-Money
Laundering
Directives
(AMLD)."
https://www.lseg.com/en/risk-intelligence/financial-crime-risk-management/eu-anti-
money-laundering-directive
10.
Sanction Scanner. "What is 5th EU Anti-Money Laundering Directive
(5AMLD)?"
https://www.sanctionscanner.com/knowledge-base/fifth-anti-money-
laundering-directive-323
11.
Kinstellar. "The new EU AML framework and its far-reaching implications.":
https://www.kinstellar.com/news-and-insights/detail/2873/the-new-eu-aml-
framework-and-its-far-reaching-implications
12.
Lexology. "Overview of the EU AML/CFT Legislative Package."
https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=a46b537b-8fc1-40c2-81b3-
86aa09aec86b
13.
AML Singapore. "AML/CFT Regulatory Framework for Precious Stones and
Precious
Metals
Dealers
(PSMD)
in
Singapore."
Available
at:
https://amlsingapore.com/aml-cft-regulatory-framework-for-precious-stones-and-
precious-metals-dealers-psmd-in-singapore/
14.
FATF. "Money Laundering and Terrorist Financing Vulnerabilities of Legal
Professionals."
https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Methodsandtrends/Mltf-
vulnerabilities-legal-professionals.html
