Авторы

  • Адолат Сеттиева
    Преподаватель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp112-118

Ключевые слова:

социальная защита социальное страхование в государстве механизмы защиты бюджетная организация работник юридического лица пособие по инвалидности пособие по беременности и родам пособия предоставляемые при рождении ребенка возрастные пособия предоставляемые государством пенсии по инвалидности и по случаю потери кормильца

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы организации выплаты пособий по беременности и родам женщинам, работающим в частном секторе на основе государственного социального страхования на территории Узбекистана. Особое внимание уделяется существующим проблемам в этой сфере и сложившейся практике. Выделены практические трудности, возникающие при выплате пособий женщинам, работающим по трудовым договорам с субъектами хозяйствования, не финансируемыми из государственного бюджета. Также обсуждаются правовые и научные аспекты, связанные с этими проблемами. В результате проведённых исследований были предложены научно-теоретические рекомендации по совершенствованию системы выплаты пособий в будущем.

 


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legal basis for payment of maternity benefits to women
working in the private sector based on state social
insurance: proposals for improving practice and
legislation

Adolat SETTIEVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 August 2024

The article examines the issues of organizing the payment of

maternity benefits to women working in the private sector
based on state social insurance in Uzbekistan. Particular
attention is paid to the existing problems in this area and the

established practice. Practical difficulties arising in the payment
of benefits to women working under employment contracts

with business entities not financed from the state budget are
highlighted. Legal and scientific aspects associated with these
problems are also discussed.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss4-pp112-118

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

social protection,

social insurance in the state,

protection mechanisms,

budgetary organization,

employee of a legal entity,

disability benefit,

maternity benefit,

benefits provided at the

birth of a child,

age benefits

provided by the state,

disability pensions and

survivor's pensions.

1

Lecturer, Tashkent State University of Law. E-mail: adolatsettiyeva@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

113

Davlat ijtimoiy sug

urtasiga asosan xususiy sektorda

ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug

ish nafaqasi

to

lanishining huquqiy asoslari: amaliyot va qonunchilikni

takomillashtirish yuzasidan takliflar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ijtimoiy himoya,

davlatda ijtimoiy sug‘urtasi,

himoya mexanizmlari,

byudjet tashkiloti,

yuridik shaxsda ishlovchi

xodim,

mehnatga qobiliyatsizlik

nafaqalari,

homiladorlik va tug‘ish

nafaqalari,

bola tug‘ilganda beriladigan

nafaqalar,

davlat tomonidan

beriladigan yoshga doir,

nogironlik va boquvchisini

yo‘qotganlik pensiyalari.

Maqolada O‘zbekiston hududida davlat ijtimoiy sug‘urtasiga

asosan xususiy sektorda ishlovchi ayollarga homiladorlik va

tug‘ish nafaqasi to‘lanishini tashkil etish masalalari, shuningdek,

hozirda sohada yuzaga kelayotgan muammolar, shakllangan
mavjud amaliyot haqida yoritib berilgan. Davlat byudjeti

tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlardan tashqarida

ya’ni xususiy sektorda, tadbirkorlik subyektlari bilan mehnat

shartnomasi asosida, ishlovchi ayol xodimlarga nisbatan davlat

ijtimoiy sug‘urtasiga asosan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi
to‘lab berilishi jarayonida yuzaga kelayotgan amaliy

muammolar va ular yuzasidan huquqiy, ilmiy-nazariy, takliflar

haqida so‘z boradi. Mavzu doirasida olib borilgan tadqiqot

natijasida kelgusida sohani takomillashtirish yuzasidan ilmiy-

nazariy takliflar berib o‘tilgan.

Правовые основы выплаты пособий по беременности и
родам женщинам, работающим в частном секторе на

основе государственного социального страхования:
предложения по совершенствованию практики и
законодательства

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

социальная защита,

социальное страхование

в государстве,

механизмы защиты,

бюджетная организация,

работник юридического

лица, пособие по

инвалидности, пособие по

беременности и родам,

пособия,

предоставляемые при

рождении ребенка,

возрастные пособия,

предоставляемые

государством,

пенсии по инвалидности и

по случаю потери

кормильца.

В статье рассматриваются вопросы организации

выплаты пособий по беременности и родам женщинам,
работающим

в

частном

секторе

на

основе

государственного социального страхования на территории

Узбекистана. Особое внимание уделяется существующим
проблемам в этой сфере и сложившейся практике.

Выделены практические трудности, возникающие при
выплате пособий женщинам, работающим по трудовым
договорам

с

субъектами

хозяйствования,

не

финансируемыми из государственного бюджета. Также
обсуждаются правовые и научные аспекты, связанные с

этими проблемами.

В результате проведённых исследований были

предложены научно

-

теоретические рекомендации по

совершенствованию системы выплаты пособий в будущем.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

114

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 25-moddasiga ko

ra, har bir inson

o

zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta

minlash uchun zarur bo

lgan

turmush darajasiga ega bo

lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va

zarur ijtimoiy xizmatga ega bo

lishga hamda ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik

yoki unga bog

liq bo

lmagan sharoitlarga ko

ra tirikchilik uchun mablag

bo

lmay qolgan

boshqa hollarda ta

minlanish huquqiga ega.

Har qanday davlatda ijtimoiy sug‘urta davlat

ijtimoiy

siyosatining asosiy qismi hisoblanadi. Rivojlangan ijtimoiy sug‘urta tizimi

fuqarolarga samarali himoya mexanizmlarini taqdim etadi va shu bilan birgalikda

iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi hamda jamiyatda ijtimoiy birdamlik muhitini yaratadi.

Shu jumladan, O‘zbekistonda ham ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etilgan bo‘lib, davlat

ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, homiladorlik

va tug‘ish nafaqalari, bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar, davlat tomonidan
beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari hamda

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan ta’minlanadilar.

Shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan yuqoriroq darajada ijtimoiy

himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar hisoblangan homilador ayollarga homiladorlik va
tug‘ish nafaqasi berilishi belgilangan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ma’lumotiga asosan 2023

-yil

holatiga respublika bo‘yicha jami 89

078 nafar ayollar homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga

chiqqan, shundan 76 618 nafari davlat sektoriga, 12 460 nafari esa nodavlat sektorga

to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirda mamlakatimizda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish

nafaqasi to‘lanishini borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lishiga

qaramasdan, amaliyotda ushbu sohada tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Quyida

sohaning joriy holati hamda mazkur yo‘nalishda qo‘llaniladigan normativ

-huquqiy

hujjatlarni yanada takomillashtirish masalalari borasida so‘z yuritamiz.

Barchamizga ma’lum, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil

7-

martdagi “Oila va xotin

-

qizlarni tizimli qo‘llab

-quvvatlashga doir ishlarni yanada

jadallashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” PF–

87-son Farmoniga muvofiq, byudjet

tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish

stajiga ega bo‘lgan ayollarga Davlat byudjeti hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi

(keyingi o‘rinlarda –

nafaqa) to‘lanishi belgilangan.

Shuningdek, byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti

oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga nafaqalar Vazirlar Mahkamasining

2022-yil 20-sentyabrdagi 515-

son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi

bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
nizom (keyingi o‘rinlarda –

Nizom deb yuritiladi) asosida tayinlanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, respublika

bo‘yicha 2022

-yilning sentyabr-dekabr oylarida byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha

yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarning

4

671 nafariga nafaqa ajratilib, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan jami

9.3 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

Shuningdek, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida esa, 9 523 nafariga nafaqa

ajratilgan va Jamg‘arma hisobidan jami 18.9 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

Bundan tashqari amaliyotda, soha faoliyatida quyidagi kamchiliklarga yo‘l

qo‘yilayotganini ham qayd etish joiz.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

115

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan

tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini

tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosan homiladorlik va tug‘ish

bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari “Tibbiyot” AT ga 5 kunlik muddatda kiritilishi

lozim, biroq mazkur ma’lumotlar respublika hududlaridagi tibbiyot muassasalarining

mas’ul xodimlari tomonidan o‘z vaqtida tizimga kiritilmagan yoki kech kiritilgan.

Xususan, 2022-yilning IV choragida 1 471 nafar, 2023-yilning I

II choragida

2

312 nafar ayollarning homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik

varaqalari “Tibbiyot” AT ga kiritilmagan va kech kiritilgan.

Vaholanki, Nizomning 10-

bandiga ko‘ra, mehnatga layoqatsizlik varaqasi

rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi ma’lumotlar hududiy

ambulator-

poliklinikaning yoki tug‘ruqxona muassasasining mas’ul xodimi tomonidan

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda –

“Tibbiyot”

AT) kiritiladi.

Keyingi navbatda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy

-apparat

kompleksiga ayollarning bandligi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning kiritilishi

holatlari haqida to‘xtalamiz.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-

sentyabrdagi “Davlat ijtimoiy sug‘urta

tizimini rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 515

-son qarorining 3-

bandiga ko‘ra,

2022-yil 20-

sentyabrdan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi –

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy

-apparat kompleksi orqali ayollarning

bandligi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo

integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona reyestr” ATga onlayn rejimda taqdim etib

borilishini ta’minlashi belgilangan.

Shuningdek, Nizomning 36-

bandida nafaqa tayinlanishi lozim bo‘lgan ayolning

“YAMMT” IDAKda mehnat shartnomasi va bandligi haqidagi ma’lumotlarning kiritilishi

hamda ish staji bo‘yicha nomutanosibliklarning o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi uchun –

ish

beruvchi mas’ul ekanligi belgilangan.

Biroq, 2022-yilning IV choragida hamda 2023-yilning I

II choragida respublika

bo‘yicha mingdan ortiq holatda ayollarning bandligi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar

ish beruvchi tomonidan kiritilmagan va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

va uning hududiy organlari tomonidan nazorat qilinmaganligi sababli mazkur

kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Shuningdek, hududiy moliya organlari tomonidan nafaqa tayinlanganligi holatlari

monitoring qilinmagan. Nizomning 28, 29 hamda 30-

bandlariga ko‘ra, nafaqa

tayinlanganligini monitoring qilish tegishli hududiy moliya organlari tomonidan amalga

oshiriladi.

“Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa tayinlangandan keyin to‘qson kunda

“FHDYO yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda bola

tug‘ilganligi, shu jumladan, o‘lik tug‘ilganligi yoki tug‘ilgan bolani farzandlikka olish

to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiriladi.

Tekshirish natijasida bola tug‘ilganligi, shu jumladan, o‘lik tug‘ilganligi yoki

tug‘ilgan bolani farzandlikka olish qayd etilmagan holatlar bo‘yicha nafaqa oluvchilarning

ro‘yxati hududlar kesimida shakllantiriladi.

Shakllantirilgan ro‘yxat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari mas’ul xodimlari va

(yoki) tuman (shahar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan har oy yakuniga qadar

FHDYO organlari va (yoki) tibbiyot muassasasiga borgan holda tanlov asosida o‘rganiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

116

Biroq, 2022-yilning IV choragida hamda 2023-yilning I

II choragida respublika

bo‘yicha ayrim holatlarda tuman (shahar) moliya bo‘limlari tomonidan monitoring qilib

borilmagan.

Keyingi navbatda xorijiy davlatlar tajribasi xususida to’xtaladigan bo’lsak,

Germaniya

da ijtimoiy ta’minot tizimi homilador va emizikli onalarga yo‘qotilgan

daromadlarni qoplash uchun onalik nafaqasi beriladi. Onalik nafaqasi homiladorlik

davrida va bola tug‘ilgandan keyin ayolga nisbatan daromadini haqiqiy ish sharoitida

bo‘lmasligidan qat’iy nazar muayyan davrdagi oylik maoshni olishning qonunchilikda

belgilangan kafolati sifatida xizmat qiladi.

Shuningdek, onalik nafaqasi ishlaydigan onalarga tug‘ruq davridagi ish haqi

yo‘qotilganligi uchun kompensatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan.

Ayolning nafaqa olish huquqi bola tug‘ilishi muddatidan 6 hafta oldin boshlanadi

va bola tug‘ilgandan keyin yana 8 haftagacha davom etadi. Ba’zi hollarda, masalan,

egizaklarning dunyoga kelishi yoki chaqaloqning erta tug‘ilishi, ayolgan nisbatan berilgan
huquq muddati bola tug‘ilgandan keyin 12 haftagacha uzaytirilishi mumkin.

Germaniyada onalik nafaqasini har qanday ayol olish huquqi ega. Bunda tug‘ish

nafaqasi miqdori ayolning kasallik sug‘urtasini olishga majburligi yoki shaxsiy, ixtiyoriy

yoki oilaviy sug‘urtaga ega ekanligi bilan bog‘liq.

Onalik nafaqasi sog‘liqni sug‘urtalovchi shaxs tomonidan kuniga maksimal

13 yevro miqdorida to‘lanadi. Agar bu miqdor xodimning sof kunlik ish haqidan past
bo‘lsa, ish beruvchi farqni sof ish haqi miqdorigacha to‘lashi shart.

Misol uchun, Germaniya fuqarosi bo‘lgan ayol yarim kunlik ish shaklida ishlaydi

(0.5 stavka ish rejimi va majburiy kasallik sug‘urtasiga ega). Onalik nafaqasi kuniga

maksimal 13 yevro, ya’ni oyiga maksimal 390 yevro.

Germaniyada yakka tartibdagi tadbirkor ayollar kasallik nafaqasi bilan ixtiyoriy

sug‘urtaga ega bo‘lishi lozim. O‘z

-

o‘zini ish bilan ta’minlovchilar uchun tug‘ruq va tug‘ish

nafaqasi muntazam badal daromadining 70 foizini tashkil qiladi. Biroq Germaniyada

kasallik nafaqasisiz ixtiyoriy sug‘urtaga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor onalik
nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, yangi ota-

onalarga yanada ko‘proq moliyaviy yordam berish

uchun Germaniya hukumati onalar va otalarga 24 oygacha bo‘lgan daromadlarini

yo‘qotganliklari uchun kompensatsiya to‘laydigan ota

-ona nafaqasi (Elterngeld)

sxemasini ham taklif qiladi.

Germaniyada ota-

onalarga yana bir qancha imtiyozlarga ega bo‘lish huquqini

beradi, xususan, farzand kimning qaramog‘ingizda bo‘lsa, o‘sha shaxs Hukumat

tomonidan bolalar nafaqasi (Kindergeld) shaklida moliyaviy yordam ajratiladi.

Gruziya

ning amaldagi Mehnat kodeksining 29-moddasiga asosan, homiladorlik,

tug‘ish va bola parvarishi uchun, shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqni asrab olinganligi
munosabati bilan ta’til Gruziya davlat byudjeti hisobidan to‘lanadi. Ish beruvchi va xodim

qo‘shimcha to‘lov uchun kelishib olishlari mumkin.

Shuningdek, “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 64

-moddasiga muvofiq,

mansabdor shaxsga uning iltimosiga binoan homiladorlik va tug‘ish hamda bola
parvarishi bo‘yicha 730 kalendar kunlik ta’til beriladi.

Tug‘ish paytida asoratlar yuzaga kelganda 183 kalendar kunlik, egizaklar

tug‘ilganda 200 kalendar kunlik ta’til beriladi va nafaqa to‘lanadi. To‘lov tegishli davlat

muassasasi byudjetidan rasmiy ish haqi miqdorida beriladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

117

Bir yoshga to‘lmagan bolani asrab olgan shaxsga uning iltimosiga binoan yangi

tug‘ilgan chaqaloqni asrab olish munosabati bilan bola tug‘ilgandan keyin 550 kalendar
kun miqdorida ta’til beriladi, belgilangan ta’tilning 90 kalendar kuni ish haqi miqdorida

tegishli davlat muassasasi budjetidan beriladi.

Homiladorlik davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi sababli xodimning ish vaqtidan

tashqarida bo‘lishi,ish vaqtida bo‘lgan hisoblanadi va tasdiqlovchi hujjatlar taqdim

etilgan taqdirda, xodimning ish haqi saqlab qoladi.

Ozarbayjon

Mehnat kodeksining o‘n to‘qqizinchi bobida ijtimoiy ta’til turlari

ko‘rsatilgan bo‘lib, homiladorlik va tug‘ish ta’tilini olish qoidalari va shartlari belgilangan.

Homiladorlik davrida va tug‘ruqdan keyingi davrda ishlaydigan ayollarga 126 kalendar
kunlik (tug‘ilishgacha 70 kalendar kun va tug‘ilgandan keyin 56 kalendar kun)

to‘lanadigan ta’til beriladi. Bola tug‘ilishi qiyin bo‘lgan yoki ikki yoki undan ortiq bola
tug‘ilgan taqdirda, tug‘ruqdan keyingi ta’til 70 kalendar kunga beriladi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ishlaydigan ayollarga homiladorlik va tug‘ish

va tug‘ish ta’tillari quyidagi muddatlarda beriladi: normal tug‘ish uchun

140 kalendar

kun; og‘ir tug‘ish uchun

156 kalendar kun; ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilganda

180 kalendar kun.

Hatto farzand asrab olgan ayollar ham ta’til olish uchun ariza berishlari mumkin

(126-modda). Farzandlikka olmasdan ikki oylik bolani asrab olgan yoki tarbiyalayotgan

ayollar tug‘ruqdan keyingi 56 kunlik ma’lum ijtimoiy ta’tilga, shuningdek, 117

-moddada

ko‘rsatilgan qo‘shimcha ta’tilga hamda 127

-moddada nazarda tutilgan qisman haq

to‘lanadigan ta’tilga ega bo‘ladilar.

Qozog‘iston Respublikasi

Mehnat kodeksining 99-moddasiga muvofiq

homiladorlik va bolani dunyoga

keltirish bilan bog‘liq qonunchilikda keltirilgan nafaqalar

homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ayollar uchun),

bir martalik bola tug‘ilishi bilan to‘lanadigan to‘lov, shuningdek, bola bir yarim yoshga
yetgunga qadar uni parvarishlash uchun to‘lanadigan to‘lov hisoblanadi.

Shuningdek, homiladorlik va tug‘ish ta’tilining davomiyligi 126 kundan iborat

(bola tug‘ilishdan oldin 70 kalendar kun va bola tug‘ilgandan keyin 56 kalendar kun).

Bunda bola tug‘ilgandan keyingi ta’til tug‘ruq qiyin kechgan, ikki yoki undan ortiq bola
tug‘ilgan holatlarda70 kunlik ta’til beriladi.

Ishlamaydigan ayollar uchun esa bir yarim yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish

qilish uchun oylik nafaqa qonun bilan belgilanadi va oylik hisob-

kitob ko‘rsatkichi (HKM)

miqdoriga bog‘liq holda birinchi bola uchun

5,76 “Mesyachniy raschetniy pokazatel”

(MRP)

yoki 19 872 tenge, ikkinchi bola uchun

6,81 MRP yoki 23 495 tenge, uchinchi

bola uchun

7,85 MRP yoki 27 083 tenge, to‘rtinchi yoki keyingi bola uchun

8,90 MRP

yoki 30 705 tenge.

Bundan tashqari, ishlaydigan ayollar ham va ishlamaydigan ayollar ham bola

tug‘ilishidagi bir martalik nafaqani to‘liq oladilar.

Bola tug‘ilishi munosabati bilan beriladigan bir martalik davlat nafaqasi respublika

byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, uning miqdori joriy yil uchun belgilangan eng

kam hisoblangan MRP miqdoriga bog‘liq bo‘lib, 2023 yil uchun MRP 3 450 tengeni tashkil

qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, soha faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy

hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan quyidagilar taklif etiladi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

118

1.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tilini homilador bo‘lgan yoki tuqqan ayollardan

tashqari bola (chaqaloq) asrab olgan ayollarga ham berishni nazarda tutuvchi yangi
norma belgilanishi lozim.

2.

Xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda homiladorlik va tug‘ish ta’tilida

bo‘lgan ayollarga o‘rtacha oylik ish haqining yuz foizidan kam bo‘lmagan miqdorda

nafaqa to‘lanishi maqsadga muvofiqdir.

Ma’lumot uchun: Mehnat kodeksining 404

-moddasiga asosan homiladorlik va

tug‘ish ta’tilida ayollarga qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining
yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

3. Nafaqa tayinlanganligini monitoring qilish tegishli hududiy tuman (shahar)

moliya organlari va Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar)

bo‘limlari tomonidan onlayn rejimda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tegishli

normativ-

huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish lozim.

4. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni

ichida fuqaroni mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuborish orqali yoki boshqa aloqa

kanallari orqali xabardor qilish tartibini joriy qilish lozim.

5. Byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslar bilan birgalikda yakka

tartibdagi tadbirkorlik subyektlarida ham oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega

bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan

holda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishi

lozim.

6.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash bo‘yicha davlat

hamda nodavlat tashkilotlarida ishlovchi ayollarga fuqarolarning murojaatlarisiz

“proaktiv shakl”da homiladorlik va tug‘ish nafaqalari tayinlanishini joriy etish lozim.