Авторы

  • Адолат Сеттиева
    Предподаватель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp219-228

Ключевые слова:

ребенок с особыми образовательными потребностями инклюзивное образование основной коррекционный класс шрифт Брайля система «4 2» медико-социальная экспертиза смешанная школа социальная защита коррекционно-лечебное оздоровление психолого-медико-педагогическая комиссия

Аннотация

Данная статья освещает вопросы организации образования детей с особыми образовательными потребностями в Узбекистане, а также рассматривает проблемы, с которыми сталкиваются в настоящее время в этой сфере, и существующую практику. На основе опыта других стран мира рассматриваются вопросы дальнейшего расширения инклюзивного образования и деятельности базовых коррекционных классов в обычных школах. Также затрагиваются практические проблемы, возникающие при обучении детей с ограниченными возможностями здоровья вместе со здоровыми детьми, и представлены научно-исследовательские работы и теоретические предложения в данной области. В результате проведенных исследований предложены научно-теоретические рекомендации для дальнейшего совершенствования этой области.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legislation on the education of children with special
educational needs and issues of improving regulatory
documents in this area

Adolat SETTIEVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023
Accepted 20 January 2024

Available online

15 February 2024

This article covers the issues of organizing the education of

children with special educational needs in Uzbekistan, and also

examines the problems currently encountered in this area and

existing practice. Based on the experience of other countries in

the world, issues of further expansion of inclusive education
and the activities of basic correctional classes in regular schools

are considered. Practical problems that arise when teaching

children with disabilities together with healthy children are also

addressed, and research works and theoretical proposals in this
area are presented. As a result of the research, scientific and

theoretical recommendations were proposed for further

improvement of this area.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp219-228

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

child with special
educational needs,

inclusive education,

basic correctional class,

Braille, “4+2” system,

medical and social
examination,

mixed school,

social protection,
correctional and therapeutic

rehabilitation,

psychological,

medical and pedagogical
commission.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berish

borasidagi qonunchilik va mazkur sohaga oid normativ-
huquqiy hujjatlarni takomillashtirish masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

alohida taʼlim ehtiyojlari

boʻlgan bola, inklyuziv

taʼlim, tayanch korreksion

sinf, brayl yozuvi,

Maqolada O‘zbekiston hududida alohida ta’lim ehtiyojlari

mavjud bo‘lgan bolalarga ta’lim berishni tashkil etish

masalalari, shuningdek, hozirda sohada yuzaga kelayotgan

muammolar, shakllangan mavjud amaliyot haqida ma’lumotlar

1

Lecturer, Tashkent State University of Law. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: adolatsettiyeva@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

220

“4+2” tartiboti,

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza,

aralash turdagi maktab,

ijtimoiy himoya,

korreksiyalash-davolash-

sogʻlomlashtirish,

psixologik-tibbiy-pedagogik

komissiya.

berilgan. Jahon mamlakatlari tajribasidan kelib chiqib,

an’anaviy maktablarda inklyuziv taʼlim va tayanch korreksion

sinflar faoliyatini yanada kengaytirish, nogironligi mavjud

boʻlgan bolalarni sogʻlom bolalar bilan birgalikda oʻqitishda

yuzaga kelayotgan amaliy muammolar va ular yuzasidan ilmiy-

nazariy takliflar haqida so‘z boradi. Mavzu doirasida olib

borilgan tadqiqot natijasida kelgusida sohani takomillashtirish

yuzasidan ilmiy-

nazariy takliflar berib o‘tilgan.

Законодательство об образовании детей с особыми

образовательными

потребностями

и

вопросы

совершенствования нормативно

-

правовых документов

в этой области

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

ребенок с особыми

образовательными

потребностями,

инклюзивное

образование,

основной коррекционный

класс,

шрифт Брайля,

система «4+2»,

медико

-

социальная

экспертиза,

смешанная школа,

социальная защита,

коррекционно

-

лечебное

оздоровление

,

психолого

-

медико

-

педагогическая комиссия

.

Данная

статья

освещает

вопросы

организации

образования

детей

с

особыми

образовательными

потребностями в Узбекистане, а также рассматривает

проблемы, с которыми сталкиваются в настоящее время в

этой сфере, и существующую практику. На основе опыта

других стран мира рассматриваются вопросы дальнейшего

расширения инклюзивного образования и деятельности

базовых коррекционных классов в обычных школах. Также

затрагиваются практические проблемы, возникающие при

обучении детей с ограниченными возможностями

здоровья вместе со здоровыми детьми, и представлены

научно

-

исследовательские

работы

и

теоретические

предложения в данной области. В результате проведенных

исследований

предложены

научно

-

теоретические

рекомендации для

дальнейшего совершенствования этой

области.

Har qanday davlatning ijtimoiy siyosatida voyaga yetmagan, nogironligi boʻlgan

bolalarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab

-

quvvatlash, ayniqsa, ularga taʼlim berish, alohida

eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, shuningdek, ularni jamiyatda oʻz oʻrinlarini

egallashlariga koʻmaklashish alohida ahamiyat kasb etadi.

Xususan

, “

Nogironlar huquqlari to

ʻ

g

ʻ

risida

gi Konvensiyaning 24-moddasiga ko

ʻ

ra,

ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning ta

ʼ

lim olish huquqini e

ʼ

tirof etadi. Ishtirok

etuvchi davlatlar ushbu huquqni kamsitmasdan va imkoniyatlar tengligi asosida amalga

oshirish maqsadida barcha darajalarda inklyuziv ta

ʼ

limni va butun umri davomida

o

ʻ

qitilishlarini ta

ʼ

minlaydi.

Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlar ta

ʼ

lim jarayonida hamda mahalliy

hamjamiyatning a

ʼ

zolari sifatida to

ʻ

la va teng ishtirok etishlarini ta

ʼ

minlash uchun ularga

hayotiy va ijtimoiy ko

ʻ

nikmalarni egallash imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi

Qonunining 23-moddasiga asosan, har bir bola bilim olish huquqiga ega. Davlat bolaning

bepul majburiy umumiy oʻrta taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim olishini kafolatlaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

221

Mamlakatimizda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan

bolalarga taʼlim

-

tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan taʼlim

xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida izchil islohotlar amalga
oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

huzuridagi Tibbiy-

ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tomonidan berilgan maʼlumotlarga

koʻra, bugungi kunda respublika boʻyicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni
boʻlgan bolalar uchun jami

90 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda

21,2 ming nafar, 22 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,3 ming nafar

oʻquvchilar

taʼlim

-

tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan

15,7 ming

nafar

oʻquvchilar uyda yakka tartibda oʻqitiladi.

Yuqoridagi statistik maʼlumotlardan shu narsa koʻrinadiki, alohida taʼlim

ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berilishiga oid normativ

-

huquqiy hujjatlar va taʼlim

sifatini takomillashtirish davr talabi hisoblanadi.

Alohida taʼlim ehtiyojlari mavjud bolalarga taʼlim berish “Taʼlim toʻgʻrisida”gi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

,

“Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

-yil

5-sentabrdagi PF

5538-

son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha

qoʻshimcha chora

-

tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni

,

2022-yil 18-apreldagi PQ

209-son

“Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab

-

internatlarda taʼlim

berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi qarori, 2020

-yil 13-oktabrdagi PQ

4860-

son “Alohida taʼlim ehtiyojlari

boʻlgan bolalarga taʼlim

-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi qarori

,

2019-yil 22-apreldagi PQ

4296-

son “Bola huquqlari kafolatlarini

yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora

-

tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, 2018

-yil

5-sentabrdagi PQ

3931-

son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini

joriy etish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori

,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-

son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy,

aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim
muassasalari toʻgʻrisida”gi nizom, “Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim
muassasalari toʻgʻrisida”gi nizom, “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan,
shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʼlim
berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Psixologik

-tibbiy-

pedagogik komissiyalar toʻgʻrisida”gi

nizom, “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim
muassasalarida kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi va

boshqa 10 ga

yaqin qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat

ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari

taʼlim

-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-

sogʻlomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan
bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq
tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida koʻmaklashish,
shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga taʼlim
berishda yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(keyingi

oʻrinlarda –

Vazirlik) maʼlumotlariga koʻra, 2023

-yil 20-

yanvar holatiga koʻra, jismoniy,

aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun respublikadagi jami davlat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

222

ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari soni

90 ta

boʻlib, shundan koʻzi ojizlar uchun

tashkil etilgan muassasalar 16 ta,

zaif koʻruvchi bolalar uchun

1 ta, kar bolalar uchun

14 ta, zaif eshituvchi bolalar uchun 5 ta, aqli zaif bolalar uchun maktablar 20 ta, maktab-
internatlar 30 ta,

tayanch harakat aʼzolari shikastlanganlar uchun

3 ta, nutqida nuqsoni

bor bolalar uchun 1 ta muassasa faoliyat yuritib kelmoqda.

MAʼLUMOT UCHUN:

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik

vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tomonidan berilgan

maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, 2023

-yil 1-

mart holatiga koʻra respublikadagi

18 yoshgacha nogironligi boʻlgan, voyaga yetmagan shaxslarning umumiy soni

153

680 nafar boʻlib, ulardan, 7–

18 yoshdagi bolalarning soni 117 061 nafarni (76,1%)

tashkil etadi.

Shuningdek, mazkur davrda respublikadagi barcha davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim

muassasalarida 21 231 nafar

, umumtaʼlim maktablarida oʻqiyotgan nogironligi boʻlgan

bolalar 18 957 nafar

, inklyuziv taʼlim berish yoʻlga qoʻyilgan anʼanaviy maktablarda

504 nafar,

sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarida

6 321 nafar,

uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan bolalar

15 772 nafar

ni tashkil etgan boʻlib, bu

koʻrsatkichlar maktab yoshidagi nogironligi boʻlgan barcha voyaga yetmagan

shaxslarning 53,6 foizi

gina taʼlim bilan qamrab olinganligini anglatadi. Bundan tashqari,

maktablarda

fan va turli kasblarga oʻqitishga moʻljallangan uskuna va jihozlar, oʻquv

jarayoni uchun zarur boʻlgan moslamalar

bilan toʻliq taʼminlash

masalalari haqida ham

so‘z yuritish maqsadga muvofiq.

Misol uchun, Vazirlik tomonidan respublikadagi koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni

boʻlgan bolalar uchun jami ixtisoslashtirilgan 17 ta maktab

-internatlarning hozirgi

ehtiyoji tahlil qilinganda yaqinlashtiruvchi elektron doska (portativnaya lupa), koʻzi
ojizlar uchun taktil plitalar, koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan dunyo xaritasi, maxsus
lineykalar, koʻzi ojizlar uchun maxsus geometrik shakllar toʻplami kabilarga ehtiyoj
mavjudligi aniqlanganligi maʼlum qilingan. Ushbu jihozlar qonunchilik hujjatlarida

belgilangan tartibda tasdiqlangan yillik xarajatlar smetalari asosida bosqichma-bosqich
sotib olib borilishi tushuntirilgan.

Bundan tashqari, respublikada Brayl yozuvidagi oʻquv materiallarni tayyorlash va

nashr etish faqatgina “Oʻzbekiston” nashriyot

-

matbaa ijodiy uyi va “Yogʻdu” nashriyoti

tomondan amalga oshiriladi. Brayl yozuvidagi oʻquv materiallarni tayyorlash uchun

ishlatiladigan mahsulotlarni respublika hududiga olib kirilishiga nisbatan belgilangan

bojxona toʻlovlarining yuqori ekanligi boshqa tadbirkorlik sub’yektlarining ushbu sohada
ishlab, daromad topishga qiziqish bildirmasliklariga sabab boʻlmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan

Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 12

-bandiga asosan

ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi

(I

VIII) turlarga boʻlinadi:

I

kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;

II

zaif eshitadigan va keyinchalik kar boʻlgan bolalar uchun maktab

-internatlar;

III

koʻzi ojiz (koʻr) bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab

-

internatlar;

IV

zaif koʻradigan va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun “Nurli maskan”

ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

223

V

nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun maktab

-internatlar;

VI

tayanch-

harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab

-

internatlar;

VII

psixik rivojlanishi sust boʻlgan

bolalar uchun maktab-internatlar;

VIII

aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.

Shuningdek, zarur hollarda I va II turlar, shuningdek, III va IV turlar aralash

holdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tashkil etilishi mumkin. Aralash turdagi
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik
kar boʻlgan) bolalar, koʻr va zaif koʻruvchi (keyinchalik koʻr boʻlgan) bolalar sinflari
boʻyicha taʼlimni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi.

Biroq, aralash turdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tashkil etishda

nafaqat kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar boʻlgan) bolalar, koʻr va zaif koʻruvchi
(keyinchalik koʻr boʻlgan) bolalar sinflari boʻyicha taʼlimni birgalikda qoʻshib olib

borilayotgani, balki aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashgan maktabda zaif eshituvchi,
tayanch-

harakat apparatida nuqsoni boʻlgan hamda nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan

bolalar bitta maktabda oʻqitilayotgan holatlar ham uchrab turadi.

Maʼlumki, inklyuziv taʼlimda maxsus taʼlim ehtiyojidagi bolalar barcha bolalar bilan

birga maʼlum maqsadda turli qobiliyatlarga muvofiq guruhlashtiriladi.

Maxsus taʼlimda oʻqitishning maxsus va alternativ dasturlari orqali oʻqitilsa,

inklyuziv taʼlimda bolaga yoʻnaltirilgan va moslashtirilgan oʻquv dasturi asosida oʻqitiladi.

Shuningdek, jahon mamlakatlari tajribasidan shu narsa anglashiladiki, oddiy-

an’anaviy maktablarda inklyuziv taʼlim va tayanch korreksion sinflar faoliyatini yanada
kengaytirish, nogironligi mavjud bolalarni sogʻlom bolalar bilan birgalikda oʻqitish
berilayotgan taʼlim sifatini yaxshilashga, ularni jamiyatga moslashishiga, ruhiy–
psixologik jihatdan va maʼnan sogʻlomlashishiga olib keladi.

Shundan kelib chiqib, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil

etish maktabdagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning boshqa (sogʻlom) bolalar
bilan teng huquqli va birgalikdagi taʼlim olishlari shaklida tashkil etilgan sinflarda
oʻqitish, shuningdek, boshlangʻich tayanch korreksion sinf –

maktabda alohida taʼlim

ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun alohida tashkil etiladigan boshlangʻich sinflarda taʼlim

berish shaklida olib boriladi.

MA’LUMOT UCHUN: 2021/2022

-

oʻquv yilida tajriba

-sinov tariqasida:

shaharlarda

hamda

Toshkent shahrining tumanlarida

joylashgan bittadan umumtaʼlim

maktablarida

inklyuziv taʼlim

tizimi joriy qilingan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar

va

Toshkent shahri

da joylashgan

bittadan umumtaʼlim maktabida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun

boshlangʻich tayanch korreksion sinflari

ochilgan.

Qashqadaryo, Fargʻona

va

Xorazm

viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-

hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim

muassasalarining 9-

sinf bitiruvchilari hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar

uchun

ixtisoslashtirilgan guruhlar

tashkil etilgan.

Shunga koʻra, 2021–2022 oʻquv yilida tajriba sinov tariqasida respublika

hududlarida 35 ta

inklyuziv maktab tashkil etilgan boʻlib, ushbu maktablarga qamrab

olingan alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilar soni

122

nafar boʻlgan.

Umumtaʼlim maktablarda inklyuziv taʼlimni tashkil etishda amaliyotda quyidagi

holatlar, muammolar yuzaga kelmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

224

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan

“Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi

nizomning 15-

bandida oʻquvchilarni inklyuziv taʼlim sinflariga va boshlangʻich tayanch

korreksion sinflarga qabul qilish oʻquv yili boshlanguncha hamda oʻquv yili davomida

amalga oshirilishi belgilangan.

Nogironligi boʻlgan bola oʻquv yilining ikkinchi yarmida (misol uchun: fevral

-mart

oylarida) taʼlim jarayoniga qabul qilinsa, ushbu bola tomonidan butun oʻquv yili
davomida oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan dars yuklamasini oʻquv yili tugashiga 3

-4 oylik

qisqa muddat qolgan vaqtda oʻzlashtirilishi kerakligini anglatadi. Bu esa, bolalarni
maktab muhitiga moslasha olmasligi, oʻtilgan fanlarni yaxshi oʻzlashtirmasligiga olib

keladi.

Bundan tashqari, nizomning 20, 21-

bandlariga asosan inklyuziv taʼlim sinflari va

boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi oʻquvchilar

qabul qilinadi. Maktablarda inklyuziv taʼlim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion

sinflar soni bir parallel sinflarda 2 tadan ortiq tashkil etilmaydi.

Soha xodimlari tomonidan nizomning ushbu bandlarini amaliyotda qoʻllash bola

istiqomat qilayotgan hududdagi anʼanaviy maktablarda taʼlim olish istagi boʻlgan
nogironligi bor barcha bolalarni maktabga jalb qilishga toʻsqinlik qilayotgani,
shuningdek, jismoniy holatida turli nuqsonga ega, biroq aqliy rivojlanishi sogʻlom bolalar
kabi boʻlgan oʻquvchilarning bir sinfda taʼlim olishi taʼlim sifati va bolalar psixologiyasiga
salbiy taʼsirga ega emasligi maʼlum qilindi.

Shu bilan birga, maktablarda

inklyuziv taʼlim sinflari va boshlangʻich tayanch

korreksion sinflar soni bir parallel sinflarda 2 tadan ortiq tashkil etilishi mumkin
emasligi ota-

onalar tomonidan nogironligi boʻlgan bolalarini anʼanaviy maktablarda

oʻqitish uchun berilgan arizalarining rad etilishiga olib kelmoqda. Bu esa nogironligi
boʻlgan bolalarni anʼanaviy maktablarda tahsil olish imkoniyati cheklanishiga sabab
boʻlib kelayotgani bildirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 13-oktabrdagi PQ

4860-son

“Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim

-tarbiya berish tizimini yanada

takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 5

-bandiga asosan,

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan umumtaʼlim

muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida

tegishli malakaga ega

volontyorlar va oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishidagi yuqori kurs

talabalari

pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida jalb qilinishi belgilangan.

Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (hozirgi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi
vazirligi (hozirgi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi) tomonidan 2020

-yil

23-

dekabrda imzolangan qoʻshma qarorga muvofiq, talabalarning umumtaʼlim

muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida biriktirilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Biroq, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim

shaklida tahsil olayotgan 2

4-

bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari

“4+2” tartibga koʻra, darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash shakliga oʻtilgandan keyin,
maktablarni tyutorlar bilan taʼminlashda uzilishlar yuzaga kelgani, hozirgi kunga kelib
esa tyutorlarni jalb qilish amaliyoti toʻxtab qolganligi maʼlum boʻldi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

225

Endigi navbatda sohaga oid jahon mamlakatlari tajribasi haqida to‘xtalganda,

xalqaro amaliyotda inklyuziv taʼlimni joriy etish umumiy taʼlim sifatini oshirishning
garovi sifatida koʻrsatilganligini aytish mumkin.

Inklyuziv taʼlim bolalarga yoʻnaltirilgan (oʻquv rejasiga asoslanmagan) va har bir

bolaning, shu jumladan nogironligi boʻlgan bolalarning ehtiyojlarini qondiradigan
pedagogika orqali barcha bolalar uchun yaxshiroq taʼlim natijalarini taqdim etadi.

Shu munosabat bilan

UNICEF

(BMTning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi) hamkor davlatlar

bilan birgalikda barcha bolalarga sifatli taʼlim uchun yetarli resurslarni ajratishga hamda

2030-yilga

kelib, butun dunyo boʻylab

10 yosh

gacha oddiy matnni oʻqiy olmaydigan va

tushuna olmaydigan bolalar sonini ikki baravar kamaytirishga chaqiradi.

UNICEF

Oʻzbekistonda

2018-yildan buyon

Vazirlikka kompetensiyalarga

asoslangan, inklyuziv va genderga mos yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv
qoʻllanmalarini ishlab chiqishda koʻmak berib kelmoqda. Hozirda

UNICEF

koʻmagida

oʻqituvchilar uchun yangi qoʻllanmalar ishlab chiqilmoqda.

Filippin Respublikasida

2022-yil 11-

martda inklyuziv taʼlimni qoʻllab

-

quvvatlash, inklyuziv oʻqitish, hududiy birliklarda oʻquvchilarning inklyuziv oʻquv resurs
markazlarini tashkil etish haqidagi “Nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun inklyuziv
taʼlimni qoʻllab

-

quvvatlash toʻgʻrisida” Qonun qabul qilingan.

Mazkur Qonunning 4-

moddasiga asosan, barcha oʻquvchilarga, ularning kelib

chiqishi va qobiliyatidan qatʼi nazar, bir xil oʻquv muhitida va jamiyatda oʻrganish va
oʻzaro muloqot qilish uchun sharoit yaratiladi.

Shuningdek, qonunning 19-

moddasiga koʻra, Respublika Mehnat va bandlik

departamenti mamlakat qonunchiligida nazarda tutilganidek, barcha nogiron

oʻquvchilarning, xususan, iqtisodiy jihatdan kam taʼminlangan nogiron oʻquvchilarni ham
moliyaviy jihatdan qoʻllab

-

quvvatlashga moʻljallangan dasturlarni ishlab chiqadi.

Fransiya

da 2005-yil 11-

fevralda “Nogironlarning teng huquq va imkoniyatlari,

ishtiroki va fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonun (2005

-102-son) qabul qilingan.

Mazkur qonun bilan nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda

belgilab berilgan imtiyozlar, xususan, barcha turdagi ijtimoiy yordamlar, masalan, erkin

harakatlanish, bepul taʼlim bilan qamrab olinish, siyosiy

-ijtimoiy jarayonlarda faol

ishtirok etish va boshqalar kafolatlanadi.

“Maison départementale des personnes handicapées”

(MDPH-Nogironlar

markazi)

turli xil nogironlik holatlari bilan bogʻliq barcha tashabbuslar uchun yagona

agentlik sifatida ishlaydi.

Shuningdek, qonun nogironlikning asosiy sababi yoki xususiyatidan, shaxsning

yoshi yoki turmush tarzidan qatʼi nazar, barcha nogironlarning nogironligi oqibatlari

uchun kompensatsiya olish huquqini belgilaydi. Kompensatsiya rejasi

Maison

départementale des personnes handicapées

tomonidan har bir nogironligi bor inson

uchun texnologik yordam, uy-joy va transport vositalarini sozlash, hayvonlar yordamiga

boʻlgan ehtiyojlarni qoplash uchun ishlab chiqilishi kerak.

Bundan tashqari, maktabda taʼlim olish masalasida qonun har bir bola va

oʻsmirning oʻz uyiga imkon qadar yaqin joyda, doimiy va moslashtirilgan maktab yoʻlida
normal sharoitda taʼlim olish huquqini qoʻllab

-quvvatlaydi

.

Maktabda va ota-onalar bilan

yaqin hamkorlikda u moslashtirilgan taʼlim loyihasini nazarda tutadi va nogiron
oʻquvchilarning oliy taʼlimga kirishi va tanlov imtihonlarida qatnashishi uchun amalga
oshirilishi mumkin boʻlgan tuzatishlarni qayta belgilaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

226

Singapur

2013-

yilda Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani va

2015-

yilda koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan yoki boshqa sabablarga koʻra bosma

nashrlarni oʻqish imkoniyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlarga kirishini
osonlashtirish boʻyicha Marokash shartnomasini ratifikatsiya qildi.

2019-

yilda “Majburiy taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilinib,

2012-yil 1-

yanvardan keyin tugʻilgan oʻrta va ogʻir maxsus taʼlimga muhtoj boʻlgan

barcha bolalarni taʼlim bilan qamrab olish uchun kengaytirildi

.

Singapur “

Enabling Master Plans”

(EMPs) dasturi

doirasida nogironlarni qoʻllab

-

quvvatlash rejalarini ishlab chiqadi.

Ushbu EMPlar erta aralashuv, taʼlim, bandlik, transport, sogʻliqni saqlash, kattalar

parvarishi, foydalanish imkoniyati va texnologiya kabi sohalarda tashabbuslar bilan

nogironlarning ijtimoiy va iqtisodiy qoʻshilishiga yordam beradi. 2007

-yilda joriy etilgan

birinchi EMPdan boshlab, bugungacha uchta EMP qabul qilingan. Hozirda Singapur EMP-
3 ni joriy qilmoqda.

Qozogʻistonda

2021-yil 26-

iyunda “Qozogʻiston Respublikasining ayrim qonun

hujjatlariga inklyuziv taʼlim masalalari boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan maxsus psixologik-

pedagogik kadrlar tayyorlash boʻyicha

davlat taʼlim buyurtmasini amalga oshirish normalari tasdiqlangan.

Bugungi kunga qadar mamlakatning barcha shahar va tumanlarida psixologik-

pedagogik tuzatish xonalari, 14 ta reabilitatsiya markazlari, 98 ta maxsus maktablar,

38 ta maxsus bolalar bogʻchalari, 400 dan ortiq inklyuzivlikni qoʻllab

-quvvatlash xonalar

tashkil etilgan.

Bunda Qozogʻiston Respublikasining alohida taʼlimga muhtoj bolalarga taʼlim

berish, ularni qoʻllab

-

quvvatlash boʻyicha qabul qilingan davlat dasturi 2022

-yil

1-sentabrdan boshlab amalga oshirila boshlangan.

Bundan tashqari, 2020-

yilda “Hamkorlik” dasturi doirasida Olmaota, Sharqiy

Qozogʻiston, Gʻarbiy Qozogʻiston, Jambil, Qoʻstanay, Turkiston viloyatlari va Ostona
shahridagi umumtaʼlim maktablarida 16 ta inklyuzivlikni qoʻllab

-

quvvatlash boʻlimlari

ochilgan.

Rossiya Federatsiyasi

ning “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunida oʻquvchilarga taʼlim

muassasasi va taʼlim turini tanlashning akademik huquqi berilishi zarurligi taʼkidlangan.
Shu bilan birga, qonunga asosan, taʼlim muassasasi bolaning psixofizik rivojlanishi va
sogʻligidan kelib chiqib, bepul ijtimoiy

-pedagogik va psixologik yordam olishi, psixologik-

tibbiy-pedagogik maslahatlar olishi uchun sharoit yaratib berishi belgilangan.

Rossiya Federatsiyasida alohida ehtiyojga ega (diqqat yetishmasligi va

giperaktivlik sindromi yoki DEGS, autizm, disleksiya va boshqa holatli) oʻquvchilarni
individual qoʻllab

-quvvatlash tyutor-

oʻqituvchilar koʻmagida amalga oshiriladi. Tyutorlar

zaxiradagi pedagoglar boʻlib, taʼlim jarayonida imkoniyati cheklangan bolalarni

psixologik-

pedagogik hamroh sifatida qoʻllab

-quvvatlaydi, shuningdek, oddiy-

an’anaviy

maktablardagi umumiy sinflarda taʼlim oluvchi nogironligi boʻlgan bola bilan inklyuziv
taʼlim talablari va shartlari asosida doimiy ishlaydi.

Yuqoridagi tahlillardan shu narsa koʻrinadiki, bugungi kunda maktabgacha va

maktab taʼlimi tizimida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun
inklyuziv taʼlim muhitini yaratish boʻyicha alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim berishni tashkil etishda mavjud


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

227

qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq rioya qilinmayotganligi, alohida taʼlim ehtiyojlari
boʻlgan bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni
koʻchirish, uyda yakka tartibda taʼlim berilishini tashkil etish jarayonining juda
murakkabligi va uzoq vaqt talab etishi, qonunchilikni amaliyotga qoʻllashdagi
muammolar hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari shtatlarini maqbullashtirish

ishlari bosqichma-

bosqich amalga oshirilmasligi hisobiga alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan

bolalar uchun inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan
anʼanaviy maktablar uchun maxsus pedagog shtat birliklari yetarli miqdorda
ajratilmayotganligi kabi holatlarni qayd qilishimiz mumkin. Shunga koʻra qonunchilikni

takomillashtirish yuzasidan,

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun anʼanaviy maktablarda inklyuziv

taʼlim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yanada kengaytirish, oʻquv

-

tarbiya jarayonini moslashtirish hamda muvofiqlashtirish;

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv taʼlim

tizimining mazmun-mohiyati, yaratilgan shart-

sharoitlar haqida jamoatchilik oʻrtasida

muntazam tushuntirish ishlari, targʻibot tadbirlari olib borilishini kuchaytirish;

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-

oktabrdagi “Alohida taʼlim ehtiyojlari

boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ

-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash

toʻgʻrisida”gi 638

-

son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida

inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15

-

bandiga alohida taʼlim

ehtiyoji boʻlgan bolani inklyuziv taʼlim sinfi yoki boshlangʻich tayanch korreksion sinfga

qabul

oʻquv yili boshlangungacha

hamda

oʻquv yilining birinchi yarim yilligi yakunigacha

amalga oshirilishi boʻyicha oʻzgartirish kiritish;

mazkur nizomning 20, 21-

bandlariga asosan inklyuziv taʼlim sinflari va

boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi oʻquvchilar

qabul qilinishi, maktablarda inklyuziv taʼlim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion

sinflar soni bir parallel sinflarda 2 tadan ortiq tashkil etilmasligi talabini bekor qilish;

alohida taʼlim ehtiyojlari mavjud bolalarga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari

sifatini yaxshilash maqsadida jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan

bolalarni

davlat taʼlim muassasalariga qabul qilishning soddalashtirilgan mexanizmni

joriy etish

boʻyicha normativ

-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish;

oʻquvchilarning jismoniy va aqliy talab

-

ehtiyojidan va taʼlim muassasalarining

geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda maxsus maktab-internatlarni

optimallashtirish, alohida taʼlim berishni tashkil etilishiga talab yuqori boʻlgan
hududlarda faoliyat yuritayotgan maktablar oʻquvchi sigʻimini oshirish, ularning mavjud
imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish;

“Psixologik

-tibbiy-

pedagogik

komissiyalar

toʻgʻrisida”gi

nizom

asosida

hududlarda tashkil etiladigan komissiyalarning faoliyati jarayoniga malakali tibbiyot

mutaxassislari doimiy jalb etib borilishini qatʼiy nazoratga olish;

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan taʼlim muassasalarini turli

kasblarga oʻqitishga moʻljallangan uskuna va jihozlar, zaruriy texnik vositalar bilan toʻliq
taʼminlanishi choralarini koʻrish;

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv taʼlim

tizimining mazmun-mohiyati, yaratilgan shart-

sharoitlar haqida jamoatchilik oʻrtasida

muntazam tushuntirish ishlari, targʻibot tadbirlari olib borilishini kuchaytirish taklif

etiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

228

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

https://www.lex.uz/uz/docs/-5679836#-5682772

2.

https://www.lex.uz/uz/docs/-5044711

3.

https://lawphil.net/statutes/repacts/ra2022/ra_11650_2022.html

4.

https://eurydice.eacea.ec.europa.eu/national-education-

systems/france/legislation-and-official-policy-documents

5.

https://education-profiles.org/eastern-and-south-eastern

asia/singapore/~inclusion#Laws,%20Plans, %20 Policies%20and%20Programmes,
https://www.unicef.org/education/inclusive-education

6.

https://www.inform.kz/ru/kak-razvivaetsya-inklyuzivnoe-obrazovanie-v-

kazahstane_a3874515

Библиографические ссылки