Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The nature of intergroup relations and their determining
factors
Erkin YOZIYEV
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2021
Received in revised form
30 January 2022
Accepted 20 February 2022
Available online
15 March 2022
In this article, the psychology of intergroup relations is
considered. Which is one of the urgent problems of social
psychology. In it, the author gives important information about
the nature of intergroup relations, the factors that determine it,
and ways for groups to properly understand each other.
Also, the author emphasizes that this problem is possible
and relevant, maybe even today. And its study undoubtedly
poses important tasks for psychologists.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
team,
personality,
individual,
communication,
perception,
cooperation,
friendship,
leader,
employee.
Guruhlararo munosabatlar xarakteri va ularni belgilovchi
omillar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
jamoa,
shaxs,
individ,
muloqot,
idrok qilish,
hamkorlik,
do‘stlik,
rahbar,
xodim.
Maqolada ijtimoiy psixologiyaning dolzarb muammolaridan
biri bo‘lgan guruhlararo munosabatlar psixologiyasi masalalari
yoritilgan. Unda muallif tomonidan guruhlararo munosabatlar
xarakteri, uni belgilovchi omillar, guruhlarning bir-birlarini
to‘g‘ri idrok qilish yo‘llari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar ilgari
surilgan. Muallif mazkur muammo hozirgi davrda ham dolzarb
ekanlig
i, uni o‘rganish esa psixologlar oldida muhim vazifalar
qo‘yayotganligini ta’kidlagan.
1
Associate professor, Department of Psychology, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
453
Характер межгрупповых отношений и их определяющие
факторы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
коллектив,
личность,
индивид,
общение,
восприятие,
сотрудничество,
дружба,
лидер,
сотрудник.
В
данной
статье,
рассматривается
психология
межгрупповых отношений. Которая, является одной из
актуальных проблем социальной психологии. В ней, автор
дает важные сведения о характере межгрупповых
отношений, факторах, его определяющих, способах
правильного понимания группами друг друга.
Также, автор, подчеркивает, что данная проблема,
возможна и актуальна, может и сегодня. А ее изучение,
несомненно, ставит перед психологами важные задачи.
Jamiyat bu
,
avvalo, o‘zaro bir
-
biri bilan ijtimoiy aloqada bo‘lgan kishilarning
birligini ifodalaydi. Jamiyatning ijtimoiy hayoti undagi mavjud kishilar, turli ijtimoiy
birliklar va guruhlar orasidagi turli-tuman aloqa va munosabatlarni qamrab oladi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lahzasi uning dinamik
xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy
negizga bog‘liq, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni, nufuzi, mavqei bilan belgilanadi)
orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa hamisha uzluksiz ravishda o‘zaro aloqalar
tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo‘lgan guruhiy faoliyat va yakkahol turmushga, kasb
-
hunarga aloqador, ya’ni kasabaviy, oiladagi hamda jamoadagi rolning ijtimoiy fun
ksiyasi,
uning muayyan maqsadga, qadriyatga, ma’naviyatga yo‘nalganligi, shaxsni faollashtiradi,
natijada u barcha jabhalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Individning shaxs sifatida shakllanishida ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning
ahami
yati beqiyos hisoblanadi. Ilk bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy
munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy
shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat,
muomala
, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla
ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og‘ushida,
ularning qalb to‘ri
si
da) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida
shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan har
xil xususiyatli munosabatlar majmu
y
ini vujudga keltiradi. Demak, shaxsning shakllanish
jarayoni juda murakkab jarayon bo‘lib, u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli ijti
moiy guruhlar
sharoitida kechadi hamda shaxslararo munosabatlar ta’sirida, ya’ni boshqa odamlar bilan
muomalada bo‘lish, munosabat o‘rnatish natijasida amalga oshishi bilan muhim ahamiyat
kasb etadi.
Forobiyning fikricha, “Har bir inson o‘z tabiati bilan s
hunday tuzilganki, u yashash
va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi
bunday narsalarni qo‘lga kiritolmaydi, ularga ega bo‘lish uchun odamlar jamoasiga
ehtiyoj tug‘iladi.
Shu sabab yashash uchun zarur bo‘lgan,
kishilarni bir-biriga yetkazib
beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z
tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati
bir butun holda ularning har biriga yashash va yet
uklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan
narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
454
yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”[1]. E’tibor
bersak
,
bu fikrning zamirida insonning paydo bo
’lishi, shak
i
llanishi va yetuklikka
erishuvi, bu jarayonda jamoaning ro
’
li va ahamiyati to’g’risida fikr bildirilmoqda.
So‘nggi yillarda jahon ijtimoiy psixologiya fanida guruhlararo
munosabatlar
muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki odam nafaqat o‘zi a’zo
bo‘lgan ijtimoiy guruhlar doirasida, balki yondosh ijtimoiy guruhlar va ularning a’zolari
bilan bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar ta’sirida ham shaxsga aylanib boradi.
Mutaxassislarning fikricha, aksariyat insonlar faoliyatlari
davomida o‘z guruhi doirasidan
tashqariga chiqib, boshqa guruhlar bilan ijtimoiy hamkorlik qilishga intiladilar. O‘zaro
ta’sir ko‘rsatish, bilim va tajriba almashish har doim ikkala tomon uchun ham foydali
bo‘lgan. Bunda o‘zaro munosabatlar adolat, beg‘arazlik, samimiylik, ochiqlik, o‘zaro
ishonch, haqqoniylik va xayrixohlik kabi fazilatlarga asoslansa, o‘zaro munosabatlarda
do‘stlik hukmronlik qiladi, yuzaki munosabatlarga o‘rin qolmaydi [4].
Guruhlararo munosabatlar deganda, turli ijtimoiy qatlamlar, kichik va katta
guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar nazarga tutiladi. Insonlar turli
-tuman
bo‘lgani singari
,
jamoa va guruhlar ham tashkiliy, madaniy va ruhiy jihatlarga ko‘ra turfa
xildir. Jamiyat ijtimoiy tizimi qanchalik murakkab va rango-rang ijtimoiy guruhlar,
tabaqalar, qatlamlardan tashkil topgan bo‘lsa, undagi maqsad
-manfaatlar xilma-xilligi
ham shunchalik keng va ziddiyatli ravishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, rahbarlar bularni
chuqur anglagan holda jamiyat hayotida shaxslararo va guruhlararo munosabatlarni
tashkil etishda ijtimoiy adolat, sog‘lom raqobat, foydali hamkorlik
va teng huquqli
munosabat an’analariga amal qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,
yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, har bir fuqaroning o‘zi uchun, o‘z guruhi uchun
samarali mehnat qilishi, o‘z imkoniyatlariga tayangan holda izlanib, intilib yashashi
bugungi hayot mezonidir.
Bizningcha, guruhlararo munosabatlarda do‘stlik va hamkorlik munosabatlari
alohida o‘rin tutadi. Do‘stlik qadriyat sifatida ijtim
oiy hayotda, shaxslararo va
guruhlararo munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Do‘stlik munosabatlari norasmiy,
“yozilmagan” qoidalarga asoslanadi. Bunday munosabatlar har bir insondan samimiylik,
ochiqlik, o‘zaro ishonch, xaqqoniylik, xayrihohlik fazilatlarini n
amoyon etishni talab
qiladi. Agar o‘zaro munosabatlar bunday fazilatlarga asoslanmasa, do‘stlik haqida emas,
balki yuzaki munosabatlar haqida so‘z boradi. Do‘stlikda beg‘arazlik, doimo yordamga
tayyorlik va hamkorlik asosiy munosabat shakllari sifatida nam
oyon bo‘ladi. Do‘stlik
shaxs uchun qiyin va murakkab vaziyatlarda boshqa inson manfaatlarini o‘ylash, o‘ziga
talab qilishdan ko‘ra boshqalarga berishga moyil bo‘lishdir. Do‘stlik o‘z mohiyatiga ko‘ra,
insonning ijtimoiy mavqeini ko‘taradi.
Hamkorlik guruhl
araro munosabatlarni bezaydigan muhim omil bo‘lib, u o‘zida
muayyan kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi
ma’nan birlashuvini
ifodalaydi. Guruhlararo munosabatlarda hamkorlikning mustahkam o‘rin egallashi
tashkilot, ijtimoiy guruhlar va kishilar
o‘rtasida o‘zaro kelishuvga asoslangan aloqalarni
ta’minlash zarurati bilan izohlanadi. Guruhlararo munosabatlarda o‘zaro manfaatlar
uyg‘unlashgan holdagina ular o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanadi, aksincha, ana shu
hamkorlikning izdan chiqishi yoki munosabatlarning yomonlashuvi barqarorlikning
buzilishiga olib keladi, beqarorlik, o‘zboshimchalik va parokandalikni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun ham hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning mohiyatini to‘g‘ri
tushunish tomonlarning bir-biriga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Hamkorlik
hamfikrlik, ittifoqlik, do‘stona aloqalar, muammolarni bartaraf etishdagi bahamjihatlik
vositasida taraqqiyotni ta’minlash imkoniyatlarini yaratadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
455
Ma’lumki, har bir shaxs boshqalar bilan muloqotga kirishar ekan, nafaqat o‘zining
shaxs xislatlarini, balki o‘zi a’zo bo‘lgan ko‘plab guruhlarning ham xususiyatlarini o‘zida
namoyon qiladi. O‘z guruhi manfaatlarini himoya qilishda shu guruh uchun rasman tan
olingan yoki amalda mavjud bo‘lgan axloq me
’
yorlari, an’
analar, odatlar va qadriyatlarga
amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, an’anaviy axloqiy
-meyoriy talablarga
amal qilgan holda boshqa kishilarning qadr-
qimmati va hurmatini joyiga qo‘yish, o‘zaro
munosabatlarda yuksak ishonch va do‘stlik ruhining
ustuvorligiga erishish maqsadga
muvofiqdir. Demak, insonning
ma’lum bir faoliyat yoki xatti
-harakatni bajarish
jarayonida muayyan guruhning a’zosi sifatida unga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida
namoyon qilishi uning shu guruhga bo‘lgan hurmati va
sodiqligining yuksak
ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bu esa har bir odamdan o‘zidagi shaxs xususiyatlarini jamoa
(guruh) xususiyatlariga qo‘sha olish, unga moslashtirish yoki buysundirish, zarur
hollarda o‘z shaxsiy manfaatlaridan umum
jamoa manfaatini ustu
n qo‘yish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiladi.
Guruhlararo munosabatlarda muomala odobining ham o‘rni muhim bo‘lib, u
kishilarning bir-
biriga ta’siri, tarbiya va o‘z
-
o‘zini tarbiya etish vositasi sifatida muhim
ahamiyat kasb etadi. Muomala odobi mohiyatan
,
o‘zaro hamkorlikning shakllaridan biri
hisoblanadi. Inson zoti bir-
biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan,
bir-
biriga ta’sir ko‘rsatmasdan rosmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun
ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Shu o‘rinda
buyuk ingliz yozuvchisi Daniyel Defo qalamiga mansub mashhur “Robinzon Kruzoning
sarguzashtlari” asarida
Robinzonning Jumaboyni topib olish jarayonida naqadar xursand
bo‘lganligi fikrimizning yaqqol dal
ilidir.
Demak, guruhlararo munosabatlarda odamlar o‘rtasidagi muloqot jarayoni muhim
o‘rin tutishini anglagan holda muomala odobiga qat’iy amal qilish har ikkala tomon
uchun foydalidir.
Bunda so‘z va nutqdan samarali foydalanish uning eng yorqin, eng
serma
zmun va eng ifodali tarzda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Ayniqsa, so‘zlash va
tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati samarali muomalaning muhim jihatlari
hisoblanadi. Shu bois har ikkala tomon o‘zaro munosabatlarda muomala odobi
qoidalariga so‘zsiz amal qilishi, o‘zida, eng avvalo, murosa, bosiqlik, xushfe’llilik,
shirinsuxanlilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Shu sababli mehnat
jamoalarida rahbar-rahbar, rahbar-xodim, xodim-xodim munosabatlarida muomala
odobi qoidalarini shakllantirish bu
gungi kundagi shu muammolar bilan shug‘ullanuvchi
fanlar oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.
Ma’lumki, guruhlarning bir
-
birlarini to‘g‘ri idrok qilishlari ijtimoiy idrok
jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Mazkur jarayonda ijtimoiy guruhlar (jamoalar)
idrok jarayonining subyektii va obyekti sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki,
guruhlararo munosabatlarda sodir bo‘ladigan idrok jarayoni individual idrokdan tubdan
farq qilib, odamlar uyushmalari o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro bir
-birini tushunish,
idrok qilish va murosa-
yu madoraga kelish kabi muhim jarayonlardan iborat bo‘ladi.
Guruhlarning bir-
birini to‘g‘ri idrok qilish va tushunish jarayoni bir qator muhim
xususiyatlari bilan boshqa idrok jarayonlaridan ajralib turadi. Jumladan, bu farqlar
ularning tuzilishi (bir xillik, izchillik), dinamik xususiyatlari (barqarorlik, konservativlik)
va mazmun-mohiyatida (kognitiv va hissiy lahzalarning yaqin aloqasi) yaqqol namoyon
bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlangan xususiyatlar guruhlararo idrok jarayonida sodir bo‘ladigan
favoritchilik, kauzal atributsiya va ijtimoiy stereotipizatsiya kabi hodisalarda ko‘proq
uchraydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
456
Rus psixologi A.A.
Bodalev rahbarligidagi bir guruh psixologlar o‘z ilmiy
izlanishlarida odamlarning bir-
birlarini to‘g‘ri idrok etishlari mexanizmlarini o‘rganib,
ularni identifikatsiya, refleksiya va
stereotipizatsiya hodisalari bilan bog‘lab
tushuntirishga harakat qilishgan:
1)
Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda o‘zaro munosabatga
kirishayotgan shaxslar bir-birlarini t
ushunish va to‘g‘ri idrok qilish uchun o‘zlarini bir
-
birlarining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga harakat qiladilar. Demak, shaxsning o‘zidagi bilim va
tasavvurlar orqali boshqa shaxslarni tushunishga harakat qilishi, o‘zini o‘sha shaxslar
bilan solishtirib ko‘ris
hi identifikatsiya hodisasini ifodalaydi.
2) Refleksiya
–
bu o‘zaro munosabatlarda shaxsning o‘zini suhbatdosh pozitsiyasi,
holatidan kelib chiqib tasavvur qilishi, ya’ni o‘ziga boshqa birovning ko‘zi bilan qarashga
intilishidir. Demak, refleksiya, boshqa
odamning idrokiga taalluqli bo‘lib o‘ziga birovning
ko‘zi bilan qarashga intilish, baho berishdan iborat psixologik hodisa hisoblanadi. Busiz
odam muloqot jarayonida o‘zini aniq bilmasligi, noto‘g‘ri muloqot formalarini tanlashi
mumkin.
3) Stereotipizatsiya yuqoridagilardan farqli ravishda odamlar ongida muloqotlar
mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan, ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida
foydalanish holatini o‘zida ifodalaydi. Ijtimoiy stereotiplar alohida shaxslar yoki ma’lum
bir guruh a’zolari haqida shakllangan obrazlar bo‘lib, bunday stereotiplar ba’zan
muloqotni to‘g‘ri yo‘nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning
kelib chiqishiga sababchi ham bo‘ladi [6].
Xullas, guruhlararo munosabatlar jarayoni juda murakkab tuz
ilishga ega bo‘lib, bir
nechta tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular ichida turli guruhlarda faoliyat
yuritayotgan odamlarning bir-
birlarini to‘g‘ri idrok qilish (tushunish) va o‘zaro bir
-biriga
ta’sir ko‘rsatish jarayonlari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur tarkibiy qismlar o‘zaro
chambarchas bog‘liq bo‘lib, guruhlararo idrok guruhlararo o‘zaro ta’sirni, guruhlararo
o‘zaro ta’sir esa guruhlararo idrokni taqozo qilishi bilan muhim ahamiyatga ega. Demak,
guruhlararo munosabatlar o‘zida ijtimoiy guruhlar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil
aloqalarning sub
y
ektiv aksini (idrokini)
va shu guruhlar orasida mavjud bo‘ladigan
o‘zaro ta’sir mexanizmlarini ifodalovchi ijtimoiy
-
psixologik hodisalar yig‘indisini
namoyon qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYO
TLAR RO‘YXATI:
1.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.
–
T.: “A.
Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti”, 1993.
2.
Андреева
Г.М. Социальная психология
.
–
М.: “Аспект Пресс”, 2012.
3.
Гришина
Н.В. Психология конфликта. –
СПб.: “Питер Пресс”, 2008.
4.
Гулевич
О.А. Психология межгрупповых отношений. –
М.: “Юрайт”, 2017.
5.
Еникеев
М.И. Общая и социальная психология.
-
М.: “ИНФРА
-
М”, 2010.
6.
Karimova V. Ijtimoiy psixologiya.
–
T.: “Fan va texnologiya”, 2012.
7.
G‘oziyev E. Sotsial psixologiya. –
T.: “Noshir”, 2012.
