Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Analysis of psychological problems of communication in
the research of psychologists of Uzbekistan
Erkin YOZIYEV
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2022
Received in revised form
25 June 2022
Accepted 25 July 2022
Available online
20 August 2022
The article describes psychological
problems of
communication, which is one of the urgent problems of social
psychology, and its study in psychology of our country. The
author describes the experience of psychologists of our country
in determining communication and its place in human life, in
developing effective types and methods of communication in
various social activities, in studying its purely psychological
mechanisms, as well as national nature of interpersonal
relations, its determining factors, important information of
people about the ways of correct perception of each other. The
author emphasized that this problem is very relevant at present
time, and its study poses a number of important tasks for
psychologists.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp226-232
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
ociety,
person,
interpersonal relations,
relationships,
interaction,
communication,
personal communication,
pedagogical communication,
psychological barrier,
situational barriers,
subject barriers,
motivational barriers,
managerial communication.
O‘zbekiston psixologlarining tadqiqotlarida muloqotning
psixologik muammolari tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
jamiyat,
shaxs,
shaxslararo munosabat,
o‘zaro munosabat,
o‘zaro ta’sir,
muloqot,
shaxsiy muloqot,
Maqolada ijtimoiy psixologiyaning dolzarb muammolaridan
biri bo‘lgan muloqotning psixologik muammolari va uning
mamlakatimiz psixologiya fanida o‘rganilishi yoritilgan. Unda
muallif tomonidan respublika psixologlarining muloqot va uning
inson hayotida tutg
an o‘rnini aniqlash, turli ijtimoiy faoliyatlar
sharoitida samara beradigan muomala turlari va uslublarini
ishlab chiqish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish
maqsadida olib borgan tajribalari, shuningdek, shaxslararo
1
Associate Professor, Department of Psychology, Karshi State University. Karshi, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
227
pedagogik muloqot,
psixologik to‘siq,
vaziyatli to‘siqlar,
mazmuniy to‘siqlar,
motivatsion to‘siqlar,
boshqaruv aloqasi.
munosabatlarning milliy xarakteri, uni belgilovchi omillar,
insonlarning bir-
birlarini to‘g‘ri idrok qilish yo‘llari to‘g‘risidagi
muhim masalalar ilgari surilgan. Muallif mazkur muammo
hozirgi davrda juda dolzarb ekanligi, uni o‘rganish esa
psixologlar oldida bir qator zarur vazi
falarni qo‘yayotganligini
ta’kidlab o‘tgan.
Анализ
психологических
проблем
общения
в
исследованиях психологов Узбекистана
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
общество,
человек,
межличностные
отношения,
взаимоотношения,
взаимодействие,
общение,
личное общение,
педагогическое общение,
психологический барьер,
ситуационные барьеры,
предметные барьеры,
мотивационные барьеры,
управленческая
коммуникация.
В статье описываются психологические проблемы
общения, что является одной из актуальных проблем
социальной психологии, и их изучение в психологии нашей
страны. Автор описывает опыт психологов нашей страны по
определению общения и его места в жизни человека, по
разработке эффективных видов и способов общения в
различной социальной деятельности, по исследованию его
чисто психологических механизмов, а также национальный
характер межличностных отношений, его определяющие
факторы, выдвигается важная информация людей о
способах правильного восприятия друг друга. Автор
подчеркнул, что данная проблема очень актуальна в
настоящее время, а ее изучение ставит перед психологами
ряд важных задач.
Shaxslararo munosabatlar psixologiyasini o‘rganish hozirgi zamon psixologiyasi
fani oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur muammoni
o‘rganish nafaqat bugungi kunda dolzarb hisoblanadi, balki qadimgi davrlardan o‘z
zamonasining ilg‘or tafakkur egalari bo‘lgan mutafakkirlarning tadqiqot ob’yekti bo‘lgan
hamda ularning asarlarida kis
hilar o‘rtasidagi muloqot, uning qonuniyat va
mexanizmlarini tadqiq qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mubolag‘asiz aytish
mumkinki, shaxslararo o‘zaro ta’sir mexanizmi va shaxslararo munosabatlar masalalarini
o‘rganish hamma davrlarda o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan. Xuddi shu boisdan,
shaxslararo munosabatlar muammosi o‘z tabiatiga ko‘ra keng ko‘lamli ko‘rib chiqishni
talab qiladi, shuning uchun psixologiya fanining rivojlanishi bilan u izchil ravishda mazkur
fanning turli sohalari predmetiga aylandi.
Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasini o‘rganish mamlakatimiz
psixologlari tomonidan ham samarali o‘rganib kelingan. Bu sohada E.G‘oziyev,
G‘.Shoumarov, M.Davletshin, V.Karimova, A.Jabborov, Z.Nishonova va boshqalarning
ishl
ari ma’lum. Ular muomalaning inson hayotida tutgan o‘rnini aniqlash, turli ijtimoiy
faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va uslublarini ishlab chiqish,
uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish maqsadida qator tadqiqot ishlarini olib
borganlar, hozir ham ushbu yo‘nalishda izlanishlar davom ettirilmoqda.
Atoqli olim E.G‘oziyev muomalaga ijtimoiy
-psixologik voqelik sifatida qaraydi.
Uning ta’kidlashicha, muomala shaxslararo munosabatlarning shunday ko‘rinishiki, uning
yordamida odamlar bir-
birlari bilan o‘zaro psixik jihatdan aloqaga kirishadilar, o‘zaro
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
228
axborot almashadilar, bir-
birlariga ta’sir o‘tkazadilar, ta’sirlanadilar, bir
-birlarini his
qiladilar, idrok etadilar, muayyan tasavvur obrazlarini yaratadilar va bir-birlarini
tushunadilar, u yoki bu imkoniyatlarini anglaydilar va baholaydilar. Xuddi shu boisdan,
muomala ijtimoiy-psixologik hodisa, ilmiy kategoriya sifatida ijtimoiy turmushning barcha
sohalarida bevosita ishtirok etib, insoniyat hamkorlik faoliyatining
moddiy, ma’naviy,
madaniy, his-
tuyg‘uli, motivatsion, kognitiv va regulyativ qirralarining ham ob’yektiv, ham
sub’yektiv ehtiyoji sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuv va kamolotning asosiy omili,
negizi, mexanizmi vazifasini bajaradi.
E.
G‘oziyevning fi
kricha, muomalaning eng muhim tarkibi muloqot sanalib,
motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi.
Har bir inson turli yoshdagi, jinsdagi insonlar bilan muloqotga kirishish uchun muloqot
maromi, muomala turlari, t
arkiblari, nutqli va nutqsiz (so‘zsiz) vositalar bilan yaqindan
tanishishi, etnik xususiyatlari, milliy an’analar hamda rasm
-rusmlarga rioya qilish orqali
muomalaga kirishishi eng oqilona yo‘ldir. Har bir shaxsning individual xususiyatlarini
hisobga olib m
uomala o‘rnatish shaxslararo munosabatni iliqlashtiradi, o‘zaro ishonch va
yaqinlik tuyg‘usini uyg‘otadi, kirishimli kishilar safini kengaytiradi. Bunda, ayniqsa,
so‘zning ta’sir qudratidan foydalangan holda suhbatdoshni o‘ziga moyil qilish, o‘rni
kelganda
kompliment (xushomad) ko‘rsatish muhim o‘rin tutishi muallif tomonidan e’tirof
etiladi.
E.
G‘oziyev “Muomala psixologiyasi” kitobida o‘zaro munosabatlarda suhbatdoshni
o‘ziga moyil qilish uchun quyidagi muhim jihatlarga amal qilishni tavsiya qiladi:
1)
ochiq ko‘ngilliligingizni namoyon qiling, bunda doimo yuzingizda tabassum
bo‘lsin;
2)
suhbatdoshingizni tez-tez ismini tilga olgan holda gapiring;
3)
suhbatdoshingizga nisbatan doimo hurmat va e’tiborda bo‘ling;
4)
suhbatdoshingizni diqqat bilan eshitishni o‘rganin
g;
5)
doimo suhbatdoshingizni qiziqtirgan narsalarni hisobga olgan holda suhbatni
olib borishga harakat qiling;
6)
doimo suhbatdoshingiz o‘zining ahamiyatga molik inson ekanligini his qilishiga
yordam bering;
7)
suhbatdoshingizga kompliment qilib turishni unutmang;
8)
suhbat davomida qat’iy qarshi pozitsiyaga o‘tib olmang;
9)
kishilar bilan munosabatlarda iloji boricha hamkorlik pozitsiyasida turishga
harakat qiling.
Psixolog V. Karimovaning ham muloqot psixologiyasiga oid fikrlari diqqatga
sazovordir. Muallif mulohazasiga qaraganda, muloqot odamlar amalga oshiradigan
faoliyatlar ichida yetakchi o‘rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni –
jamiyatda
yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun
ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir. Muloqot odamlarning birgalikdagi
faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan
o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni har bir shaxsning jamiyatda ado
etadigan ishlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod qilish va boshqalar) o‘zaro munosabat va o‘zaro
ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir
-birlari bilan til
topishishini, bir-
birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi
murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda
tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, orttirgan obro‘si uning muloqotga kirisha olish
qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
229
V. Karimova ijtimoiy psixologiyaga oid kitoblarida shaxs shakllanishida muloqotning
o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Muallifning fikricha, shaxs ijtimoiy munosabatlar
maxsuli bo‘lib, u doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi va bu jarayon
muloqot yordamida amalga oshiriladi. Odamlar
muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi
umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladi hamda ular bir
-birlarini bir
qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi. Har
bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham
muloqot jarayonlarining mahsuli hisoblanadi. Jamiyatda ajralgan, muloqotda bo‘lish
imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qoladi, lekin u shaxs
bo‘lolmaydi. Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining ko‘p qondirilishi uning ish faoliyatiga
ham ta’sir ko‘rsatadi. Olimaning ta’kidlashicha, odamlarning ish vaqtida bir
-birlari bilan
gaplashish imkoniyatining mavjudligi ko‘p hollarda odamning ishlash qobiliyatini oshir
adi,
vazifani tez va sifatli bajarishga olib keladi.
V.K
arimova muloqotning mavzusi va yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratadi :
a)
ijtimoiy yo‘naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan
kelib chiqadigan muloqot, masalan, teleboshlovchining tomoshabinlarga murojaati);
b)
guruhdagi faoliyatning predmetiga yo‘naltirilgan muloqot (o‘zaro hamkorlikdagi
faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot
–
mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki
muayyan topshiriqni bajarish jarayo
nida guruh a’zolarining muloqoti);
v)
shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o‘z muammolarini ochish
maqsadida o‘rnatgan munosabatlari);
g)
pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o‘rtasida amalga
oshiriladigan murakkab o‘zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi.
G‘.
Shoumarovning muloqot muammosiga oid qarashlarida odamlar o‘rtasidagi
muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida
boshqa odamlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatining eng muhi
m shartlaridan biri
ekanligini e’tirof etadi.
Muallifning fikricha, odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati,
tarbiyasi, nazokatliligi va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir.
Shu bilan birga, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, nevroz
lar, insultlar, infarktlar va boshqa turli
kasalliklar, shuningdek, ichkilikka, giyohvand moddalarga ruju qo‘yish, hatto o‘z joniga
qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Til, muloqot inson hayotida undan
qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng
aziz, eng qadrli bo‘lishi yoki aksincha eng fojiali bo‘lishi ham mumkin.
G‘.
Shoumarovning fikricha, muloqot eng avvalo insonni inson tomonidan idrok
qilishdan boshlanadi, unda dastlabki o‘zaro baholash a
malga oshadi, dastlabki hissiy-
intellektual munosabatlar shakllanadi va shundan so‘ng tegishli muloqot shakli amalga
oshiriladi. Bu jarayonda odam haqidagi ma’lumot, idrok etilayotgan odamning hayotiy
tajribasi, u yoki bu munosabat shaklini yoqtirishi yoki yoqtirmasligini yuzaga keltiradigan
bevosita emotsional munosabatlar muhim rol o‘ynaydi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi
bosqichida insonlar kundalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi,
kishilar turmush tarzining jadallashuvi, ula
rning ruhiy zo‘riqish va ta’sirlanuvchanligining
kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda ularning muloqot madaniyatining yuqori
darajada bo‘lishini taqozo etadi.
G‘.
Shoumarovning fikricha, kishilar o‘rtasida bir
-birlarini tushunishning
yetishmasligi
ko‘pincha muloqotdagi to‘siq, shaxslararo munosabatlar buzilishining
sababi bo‘lib hisoblanadi. Muallif muloqot jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
to‘siqlarning quyidagi turlarini farqlaydi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
230
Psixologik to‘siq
–
bu sherigiga ma’qul tushmay qolish, tu
shunilmay qolishdan
qo‘rqish, u tomondan inkor etilish va kalaka qilinishdan yoki keskinlikdan qo‘rqish, eng
ezgu hislarini va niyatlarini samimiy izhor etishiga javoban qo‘pollik bilan javob berilishi
mumkinligidan xavotirlanish kabilar tufayli intellektga oid, mehribonlikka oid, kuchga oid
shaxsiy imkoniyatlarini namoyon qilish va amalga oshirishga xalaqit beruvchi, o‘ziga hos
ichki psixik tormozdir.
Vaziyatli to‘siqlar
–
bu suhbatdoshlarning bir xil vaziyatni turlicha tushunishlari,
unga
turlicha yondashishlari bilan bog‘liq.
Mazmuniy to‘siqlar
–
odatda suhbatdoshini tushunmaganlik tufayli uning mazkur
jumlasi qanday ma’noda aytilgani, u qanday fikrni ilgari suryapti, nimani nazarda tutyapti,
nimaga olib boradi va shu kabi mulohazalarga borish tufayli yuzaga keladi.
Motivatsion to‘siqlar
–
shunday vaziyatlarda yuzaga keladiki, bunda gapirayotgan
odam yo o‘zi bayon qilayotgan fikrning sababini yetarlicha anglay olmaydi yoki u atayin
ularni (asosiy motivni) yashirishga haraka
t qilayotgan bo‘lishi mumkin.
I. Mahmudov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda munosabatlar psixologiyasi,
boshqaruv muloqotining shakllari, bosqichlari yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilingan.
Muallif boshqaruv muloqoti haqida gapirib, uni xodimlarni ma’lum tomonga yo‘naltirish
maqsadidagi o‘zaro ma’lumot almashinuv jarayoni sifatida ta’riflaydi. Uning ta’limotida,
rahbarlik ishida namoyon bo‘ladigan boshqaruv muloqoti quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z
ichiga olishi ta’kidlangan:
1) aloqa-
muloqot o‘rnatish;
2) masalani muhokama qilish;
3) yechim variantlarini izlash;
4) qaror qabul qilish.
Muallifning fikricha, ijobiy natijaga olib keluvchi boshqaruv muloqoti yuqorida
ta’kidlangan bosqichlarning aynan shunday ketma
-ketligida amalga oshadi.
Aniqrog‘i,
muloqot
jarayonining samarali o‘tishi, ko‘p jihatdan, shu bosqichlarni navbatma
-navbat
amalga oshirish bilan bog‘liq.
Psixologlar E. Sattorov va X.
Alimov o‘z tadqiqotlarida boshqaruv muloqotining
psixologik xususiyatlarini o‘rganadilar. Mualliflar rahbar va xodim o‘rtasidagi
munosabatlarda o‘zaro bir
-
birini tushunish muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydilar. Ularning
fikricha, rahbarning vazifasi o‘z xodimlariga topshiriq, buyruq berish bilan cheklanib
qolmay, balki o‘zi bergan topshiriqning xodim tomonidan qanday ba
jarilganini nazorat
qilish, kam vaqt va kuch sarflab, yuksak ijro intizomi va sifatiga erishish, o‘z o‘rnida
xodimlarni rag‘batlantirish yoki tanbeh berish, bo‘ysunuvchilarning turmush tarzi va xulq
-
atvoriga ta’sir qilish, ulardagi intilish,
tashabbus va i
jodkorlikni qo‘llab
-quvvatlashdan
iborat bo‘lishi kerak. Rahbar o‘z faoliyatida
xodimlarni ishga qiziqtira olishi, ularda
tashabbus ko‘rsatish kayfiyatini uyg‘otishi, ijodiy yondashish istagini paydo qilishi muhim
bo‘lib, bunga faqat inson ruhiyatini boshqarish qoidalarini egallash yo‘li bilangina erishadi.
N.
Boymurodov esa “Rahbar psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasida mehnat jamoasidagi
shaxslararo munosabatlar haqida gapirib, uning muhim jihati sifatida muomala
madaniyatiga alohida e’tibor qaratadi. Mualli
f yoqimli va muloyim suhbat olib borish
tadbirkorlikda, rahbarlikda katta yutuqlar olib kelishiga e’tiborni qaratgan holda bunda
quyidagi ma’naviy me’yorlarga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi:
1) garchi muloqotda unga nisbatan salbiy his-
tuyg‘usini bildirsa ham, rahbarning o‘zini
aqlli deb bilishdan, nazorat qilinmagan, noo‘rin xatti
-
harakatlardan o‘zini tiyishi lozim;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
231
2) rahbar suhbatdosh sherigini tushunishi zarur. Sherikni, muloqotdoshni
tushunmaslik har ikki tomon uchun ham ma’qul qarorga k
elishga xalaqit beradi;
3)
sherik bilan samimiy muloqotda bo‘lish.
Muloqotda sherigi uni eshitishni
xohlamasa ham, rahbar bir ilojini topib, uning e’tiborini o‘ziga jalb qilishi lozim.
Bu
o‘rtadagi munosabatlarning yaxshilanishiga olib kelishi mumkin;
4) s
herikka aytilgan ma’lumot yetarli asoslarga ega bo‘lishi kerak. Ma’lumot xato
yoki yolg‘on bo‘lsa, muloqot muvaffaqiyatsiz tugaydi;
5) rahbar muloqotda sherigiga nasihat qilishdan saqlanib, sherik bilan teng
do‘stona, ochiq muloqotda bo‘lishi zarur;
6) tadbirkor rahbar sherigiga ortiqcha gapirib, uning vaqtini bekorga olmasligi lozim;
7)
kelishuv natijalari axloqiy me’yorlarga mos kelishi shart.
N.
Boymurodovning fikricha, muloqotda ba’zan sheriklarning bir
-birini tanqid
qilishiga to‘g‘ri kelgan taqdirda, o‘z hissiyotlarini jilovlagan holda suhbatdoshga hurmat
bilan munosabatda bo‘lish kerakligi, sherigining e’tiborini mojarodan olib hamkorlikning
muhim jihatlariga qaratish maqsadga muvofiqdir.
Tanqid mavjud bo‘lsa ham, sog‘lom
ko‘rinishda bo‘lishi, rahbarlikning yaxshi bo‘lishiga yordam beradigan bo‘lishi, ishga
to‘sqinlik qiluvchi emas, balki yaratuvchanlik darajasida ahamiyat kasb etishi lozim.
Rahbar o‘z obro‘sini saqlashi uchun juda ko‘p axloqiy, ma’naviy
-
ma’rifiy talablarga rioya
qilishi zarur. Jumla
dan, uning nutq madaniyati, muomala va kiyinish odobi, ko‘rinish va
o‘zini jamoa oldida tuta bilishi uning obro‘sini oshiradigan omillardir.
M.
Maxsudovaning ham muloqot va uning inson hayotida tutgan o‘rni haqidagi
qarashlari e’tiborga loyiqdir. Uning ta’kidlashicha, insonning uni o‘rab turgan olamga
o‘zaro ta’siri ob’yektiv munosabatlar tizimida namoyon bo‘ladi. Ob’yektiv munosabat va
aloqalar so‘zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo‘ladi. Guruh a’zolarining bu ob’yektiv
o‘zaro munosabatlari sub’yekti
v shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab
chiqarish odamlarning o‘zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyatida
odamlar bilan munosabat o‘rnatilmasa, ular bir
-
birini to‘g‘ri tushunmaydi, to‘laqonli
birgalikdagi faoliyatni tashkil eta olmaydi.
Muallifning fikricha, shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi,
dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Har bir yosh davriga kiradigan
kishilarga o‘ziga xos so‘zlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda so‘zning ta’sir
kuchi hisobga olinadi. Shaxsning temperament (mijoz) xususiyatlariga qarab muloqot
usullarini qo‘llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko‘nikma, bilim, malakalarning hosil
bo‘lishida muloqotning o‘rni beqiyos ekanligini ham unutmaslik
kerak. M.Maxsudova
shaxs muloqotining shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi ham muhim o‘rin
tutishini ta’kidlaydi. Shuning uchun ham yoshlarni muloqotga o‘rgatishda tarbiya
masalalariga, maqsadning to‘g‘ri qo‘yilishiga e’tibor qaratish lozim. Aga
r oilada kattalar
bir-
birlariga qo‘pol munosabatda bo‘lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan
nizolarga borishi mumkin. Har tomonlama rivojlangan, yetuk, komil inson (shaxs)ni
tarbiyalash uchun yoshlarni erkin fikrlaydigan qilib voyaga yetkazish zarur.
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, muloqot muammosi O‘zbekiston
psixologlari tomonidan ham chuqur o‘rganilgan bo‘lib, muammoning nazariy va
metodologik asoslari yaratilgan. Mamlakatimiz olimlarining asarlarida muammoning
tuzilishi, t
urlari, tomonlari, funksiyalari, o‘ziga xos mexanizmlari haqida ma’lumotlar
to‘plangan bo‘lib, ular bugungi kunda jamiyatda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
psixologiyasini tahlil qilishda, mehnat jamoalarida yuzaga keladigan nizoli holatlarning
ke
lib chiqish sabablarini o‘rganish va ularning oldini olishda muayyan hissa bo‘lib xizmat
qiladi, ijtimoiy hayotda shaxslararo munosabatlarning amaliy va nazariy muammolarini
yechishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
3
№
4 (2022) / ISSN 2181-1415
232
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi.
–
T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
2.
Yoziyev E. Boshqaruv psixologiyasi.
–
Q.: “Fan va ta’lim”, 2021.
3.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. -
T.: “Fan va texnologiya”, 2012.
4.
Karimova V.M., tah. ost., Sotsial psixologiya. Darslik / V.M. Karimova, O.E. Hayitov,
N.Sh. Umarova.
–
T.: “Umid Design”, 2021.
5.
Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi.
–
T.: “Turon
-
Iqbol”, 2006.
6.
Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi.
–
T.: YUNAKS-PRINT MCHJ, 2006.
7.
Sattorov E., Alimov X. Boshqaruv muloqoti.
–
T.: “Akademiya”, 2004.
8.
Shoumarov
G‘. va boshq. Oila psixologiyasi. –
T.: “Sharq”, 2010.
9.
G‘oziyev
E. Sotsial psixologiya.
–
T.: “Noshir”, 2012.
