Авторы

  • Дилфуза Абдуллаева
    доктор философии (PhD) в области юридических наук, и. о. доцента, Кафедра частных юридических наук, Специализированный филиал Ташкентского государственного юридического университета, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp113-118

Ключевые слова:

трудовое законодательство трудовые отношения работники медиация институт медиации стороны трудовые споры

Аннотация

В статье рассматриваются роль института медиации в трудовых отношениях, вопросы института медиации при расторжении трудового договора, а также изучалось опыт регулирования данного института в других зарубежных странах, проанализирована специфика института медиации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Institute of mediation upon termination of an employment
contract: national and foreign experience

Dilfuza ABDULLAYEVA

1

Specialized Branch of Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2021
Received in revised form

28 May 2022

Accepted 20 June 2022

Available online

25 July 2022

The article deals role of the institute of mediation in labor

relations, as well as the issues of the institute of mediation in

the termination of an employment contract, and also studied
the regulation of this institution in other foreign countries. The

specifics of the mediation institute and the issues of its

application in labor relations are also analyzed.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp1

13-118

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

labor law,

labor relations,

employees,

mediation,

mediation institute,

parties,

labor disputes.

Mehnаt shаrtnomаsini bekor qilishdа mediаtsiya instituti:
milliy vа xorijiy tаjribа

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

mehnat qonunchiligi,
mehnat munosabatlari,
xodimlar,

mediatsiya,

mediatsiya instituti,

taraflar,

mehnat nizolari.

Maqola mehnat munosabatlarida mediatsiya institutining

o‘rni, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilishda

mediatsiya instituti masalalarini tadqiq qilishga qaratilgan

bo‘lib, boshqa xorijiy mamlakatlarda ham ushbu institutning

tartibga solin

ishi o‘rganilgan.

Shuningdek, mediatsiya instituti-

ning o‘ziga xos xususiyati va uni mehnat munosabatlarida

qo‘llash masalalari tahlil qilingan.

1

Acting Associate professor of the Department of Private Law, Specialized Branch of Tashkent State University of

Law Doctor of Philosophy (PhD) in Law and o.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

114

Институт медиации при прекращении трудового

договора: нацоинальный и зарубежный опыт

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

трудовое
законодательство,
трудовые отношения,

работники,

медиация,

институт медиации,

стороны,

трудовые споры.

В статье рассматриваются роль института медиации в

трудовых отношениях, вопросы института медиации при

расторжении трудового договора, а также изучалось опыт
регулирования данного института в других зарубежных

странах,

проанализирована

специфика

института

медиации.


Mehnat qonunchiligining asosiy tamoyil va muhim vazifalaridan biri

mehnat

munosabatlari sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish,
bu munosabatlar chogʻida ijtimoiy adolatni qaror toptirish va pirovard natijada sogʻlom

muhit asosida mehnat samaradorligini oshirishdan iborat hisoblanadi [1].

Mehnat kodeksining 8-moddasida har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya

qilish kafolatlanishi , bu himoya mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini
tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mehnat nizolarini koʻruvchi

organlar tomonidan amalga oshirilishi qayd etib o`tilgan[2]. Ayniqsa, mehnat

shartnomasini bekor qilish bilan bogʻliq nizolarni qonuniy hal qilishda sud organlarining
oʻrni muhimdir.

Mamlakatimizda sud-huquq tizimining bosqichma-bosqich isloh etilishi, sud orqali

himoyalanish kafolatlarining kuchaytirilishi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini
yanada kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida fuqaro
va tashkilotlarning sudlarga murojaatlari soni ortib bormoqda. Sudlarga murojaatlarning

ortib borishi sudlar ish yuklamasining koʻpayishiga sabab boʻlayotgan omillardan biridir.

Sudyalarning ish hajmini kamaytirish orqali sudlov samaradorligi va sifatini oshirishning
muhim usullaridan biri fuqarolik-huquqiy nizolarni sudga qadar hal etishning muqobil
usullarini rivojlantirishdir [3].

Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning huquqiy tizimida nizolarni sudgacha olib

bormasdan muqobil yoʻl bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya instituti, yaʼni

yarashtiruv jarayoni alohida ahamiyat kasb etmoqda.

“Mediatsiya” soʻzi lotin tilidagi “mediare” soʻzidan olingan boʻlib, “vositachilik

qilish”, “kelishtirish maqsadida aralashish” degan maʼnolarini bildiradi. Shuning uchun

yuridik adabiyotlarda mediatsiya va vositachilik tushunchalari sinonim hisoblanadi.

BMT ustavining 33-moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish vositasi

sifatida tan olingan. Shuningdek, Yevropa parlamenti va kengashining 2008-yilgi
52-direktivasida fuqarolik va tijorat nizolarida mediatsiya tushunchasiga quyidagicha

taʼrif beriladi: “Taraflar boshlab bergan yoki sud tomonidan tayinlangan yoxud milliy
qonunchilik bilan belgilanganidan qatʼi nazar, ikki yoki undan ortiq nizolashuvchi
taraflarning nizoni hal qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishish maqsadida uchinchi shaxsga

m

urojaat etish jarayonidir” [4].

Oʻzbekiston Respublikasida mediatsiya tushunchasi ilk bor 2019

-yil 1-yanvardan

kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida” gi Qonunida
qoʻllanilgan boʻlib, ushbu Qonunning 3

-moddasida fuqarolik huquqiy munosabatlarda,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

115

shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan
nizolarga, shuningdek, yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan

kelib chiqadigan nizolarga, mediatsiyani qoʻllash bilan bogʻliq mu

nosabatlarga nisbatan

tatbiq etilishi belgilangan. Shuningdek, ushbu Qonunning 4-moddasida mediatsiya
tushunchasiga quyidagicha tarif berilgan:

Mediatsiya

kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun

ularning ixtiyoriy roziligi aso

sida mediator koʻmagida hal qilish usuli [5].

Demak, mediatsiya nizolashuvchi taraflarning nizoni ularga maqbul boʻlgan

shartlar asosida hal etishga qaratilgan faoliyatdir. Albatta, ushbu faoliyatni amalga

oshirishda maʼlum bir mutaxassislikka ega boʻlgan

shaxs, yaʼni mediator boʻlishi lozim.

Qonunning 4-moddasida mediator mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar

tomonidan jalb etiladigan shaxs sifatida taʼriflanadi. Qonunda mediatsiya ishtirokchisi
sifatida taraflar va mediator koʻrsatilgan. Albatta, m

ediatsiya ishtirokchisi hisoblangan

taraflar va mediator oʻziga yashara huquq va majburiyatlarga egadirlar. “Mediatsiya
toʻgʻrisida”gi Qonunning 11

-moddasida mediatsiya taraflarining huquq va majburiyatlari

koʻrsatilgan.

Mediatsiya taraflari:

mediatorni ixtiyoriy ravishda tanlashga;

mediatordan voz kechishga;

mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechishga;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda

shaxsan yoki oʻz vakillari orqali

ishtirok etishga haqli.

Mediatsiya taraflari oʻz oʻrtalarida tuzilgan mediativ kelishuvni ushbu kelishuvda

nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda bajarishi shart.

Mediatsiya taraflari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va

ularning z

immasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin [6].

Mediatsiya ishtirokchisi boʻlgan mediatorga esa Qonunning 12

-moddasida binoan

quyidagi talablar qoʻyiladi.

Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi

mumkin.

Prof

essional asosdagi mediator faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv
kursidan oʻtgan, shuningdek, professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga

oshirishi mumkin.

Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga toʻlgan va

mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin.

Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs ham

Oʻzbekiston Res

publikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni

tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtishi mumkin.

Quyidagilar mediator boʻlishi mumkin emas:

davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan

shaxs, bundan notariuslar mustasno;

muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi

toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaxs;

sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;

oʻziga nisbatan jinoiy taʼqib amalga oshirilayotgan shaxs [7].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

116

Albatta, mediatorning ham oʻziga yarasha huquq va majburiyatlari mavjud.

Qonunning 13-moddasida mediatorning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

koʻrsatib oʻtilgan.

Mediator:

mediatsiya tartib-

taomilini amalga oshirish chogʻida bir vaqtning oʻzida ham

taraflarning barchasi bilan, ham taraflarning har biri bilan alohida-alohida uchrashuvlar

oʻtkazishga, ularga nizoni hal etishga doir ogʻzaki va yozma tavs

iyalar berishga;

mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishi munosabati bilan sarflagan

xarajatlarining oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.

Mediator:

mediatsiya boshlanguniga qadar mediatsiya taraflariga mediatsiyaning

maqsadini, shuningdek, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;

mediatsiya tartib-

taomilini amalga oshirish chogʻida faqat mediatsiya

taraflarining roziligi bilan harakat qilishi;

nizo yuzasidan oʻzaro maqbul kelishuvga erishishga taraflarni ishontirishning

qonuniy vositalari va usullaridan foydalanishi;

oʻzining mustaqilligi va xolisligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar

mavjud boʻlsa yoki yuzaga kelsa, bu haqda taraflarga maʼlum qilishi shart.

Mediator qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi v

a uning

zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Mediator taraflar oldida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijasida

yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi [8].

Mediatsiya taraflarning xohish-ista

gi asosida qoʻllaniladi. U suddan tashqari

tartibda koʻrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga
maslahatxonaga kirguniga qadar qoʻllanilishi mumkin. Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi

kelishuv shartnomadagi uning tarkibiy qismi

boʻlgan shart tarzida yoki alohida kelishuv

tarzida yozma shaklda tuziladi. Kelishuvda taraflar oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib
chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoki muayyan nizolar mediatsiya tartib

-taomilini amalga

oshirish yoʻli bilan hal etilishi kerakligi haqidagi qoida boʻlishi darkor [9].

Taʼkidlab oʻtish lozimki, qonunchiligimizga yangi kiritilayotgan mediatsiya instituti

bugun AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Koreya,

Hindiston kabi jahonning koʻpchilik mamlaka

tlarida tashkil etilgan va muvaffaqiyatli

faoliyat olib bormoqda.

Xususan, AQShda bugungi kunda mazkur davlatning turli shtatlarida avval mavjud

boʻlgan va vositachilik faoliyatini tartibga solgan 2.500 dan ziyod qonunni birlashtirgan

mediatsiya

toʻgʻrisida yagona qonun amal qilmoqda. AQSh tajribasi shunisi bilan qiziqki,

mazkur davlatning huquq tizimi koʻpchilik nizolarni taraflar sudgacha ixtiyoriy ravishda
hal etishini taʼminlashga qaratilgan. Bundan tashqari, sud tartib

-taomillari boshlangan

b

oʻlsa ham, sudya jarayonni toʻxtatishi va tomonlarga nizoni mediator yordamida hal

etishni tavsiya qilishi mumkin. Bu mamlakatda iqtisodiyot, siyosat, biznes sohasidagi

hech bir jiddiy muzokara jarayoni mediatorlarsiz oʻtmaydi. AQShda Munozaralarni hal

qil

ishning milliy instituti tashkil etilgan boʻlib, u mediatsiyaning yangi usullarini ishlab

chiqish bilan shugʻullanadi. Mediatsiyaning xususiy va davlat xizmatlari faoliyat
koʻrsatadi, mediatsiya muammolarini yoritib beradigan “Mediatsiya boʻyicha har

chora

kda nashr etiladigan jurnal” chop etiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

117

Buyuk Britaniyada betaraf vositachilar ishtirokida yarashtirish tartib-taomili juda

ommabop. Bu mamlakatda maxsus telefon xizmati ham mavjud boʻlib, unga
mamlakatning istalgan hududidan qoʻngʻiroq qilish, nizoni taʼriflash, shuningdek,
mediatorlikka oʻziga maʼqul nomzodlarni keltirish, talablarga mos keladigan
mutaxassislar roʻyxati boʻyicha takliflar olish mumkin. Bunda sud himoyasiga murojaat

qilingan taqdirda, agar taraf sud nizosi doirasida sud tomonidan taklif etilgan mediatsiya
tartib-

taomilidan foydalanishdan voz kechgan boʻlsa, uning zimmasiga nizoni koʻrib

chiqish natijalaridan qatʼi nazar, barcha sud xarajatlari yuklanadi.

Germaniyada mediatsiya instituti odil sudlov tizimi bilan uygʻun holga keltirilgan.

Masalan, vositachi mediatorlar bevosita sudlarda ish olib boradi va potensial
sudlashuvlar sonini ancha kamaytiradi. Bunda Germaniyada mediatsiya nafaqat oilaviy

ishlar boʻyicha sudlarga, balki umumiy yurisdiksiya sudlariga, maʼmuriy sudlarga va

boshqa sud

larga integratsiya qilingan. Germaniyaning koʻpchilik huquq maktablarida

doimiy mediatsiya kursi joriy etilgan: yuridik fakultetni bitirgan har kim mediatsiya

kursidan oʻtadi.

Jahonning kam sonli mamlakatlarida boʻlgani kabi Avstriyada mediator kasbi

kasblar nomenklaturasiga kiritilgan, mediatorlarni tayyorlashni tartibga soladigan va

tayyorlashning muayyan normativlarini belgilab beradigan mediatsiya toʻgʻrisida federal

qonun amal qiladi. Avstriya qonun hujjatlarida nazarda tutilishicha, sud jarayonida
tuz

ilgan mediativ kelishuv sud tomonidan eʼtirof etiladi, shu bilan birga, sudgacha

mediatsiya natijasi sud tomonidan himoya qilinmaydi [10].

Xorijiy mamlakatlarning tajribasini koʻrib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki,

mehnat munosabatlari orqali kelib chiqadigan nizolarda, ayniqsa, mehnat shartnomasini

bekor qilishda mediatsiya institutining roli va oʻrni juda ham muhimdir. Chunki mehnat
shartnomasini bekor qilish bilan boʻgʻliq munosabatlarda taraflar oʻzlariga maqbul
boʻlgan shartlar va usullarni qoʻl

lagan holda nizoni sudgacha olib bormasdan hal qilishi

hamda taraflar oʻzaro kelishgan holda ishga aloqasi boʻlmagan uchinchi shaxsni jalb

qilgan holda munosabatlarni huquqiy asosda hal qilishi mumkinligining mavjudligidadir.
Mediatsiya instituti quyidagi afzalliklarga ham egadir:

Birinchidan,

nizoni qisqa muddatda hal qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Ikkinchidan,

taraflar nizoni hal qilish uchun uchinchi shaxs (mediator, hakamlik

sudi sudyasi, ekspert) ni mustaqil tanlash huquqiga ega.

Uchinchidan,

sud muhokamasining boʻlmasligi, taraflarning daʼvogar va javobgar

singari maqomga ega emasliklari sababli taraflar oʻrtasida sogʻlom muhit saqlanib qoladi.

Toʻrtinchidan,

sud muhokamasidan farqli ravishda norasmiy shaklda oʻtkazilishi

natijasida taraflar oʻzini erkin tutishlari mumkin.

Beshinchidan,

maxfiyligi

, yaʼni hech qanday bayonnomalar yuritilmaydi, yopiq

tarzda oʻ

tkaziladi.

Oltinchidan,

taomillarning moslashuvchanligi

taraflar tomonidan nizolarni

hal qilishning muqobil usullarini erkin tanlay olishlari, oʻzgartirishlari mumkin.

Yettinchidan,

taraflar oʻrtasida oʻzaro munosabat bir

-biriga raqib, nizolashuvchi

tar

af sifatida emas, balki hamkorlik va oʻrtoqlik aloqalarining rivojlanishi bilan

belgilanadi [11].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

06 (2022) / ISSN 2181-1415

118

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mualliflar jamoasi. Mehnat huquqi. Darslik.

T.: TDYuU nashriyoti, 2018.

B. 487.

2.

Oʻzbekiston

Respublikasining Mehnat kodesi 8-modda.

3.

https//taftish.uz/2021/05/11/mediyatsiya-nima.

4.

https://nm.chambar.uz/uz/news/6762.

5.

Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻg‘risidagi Qonuni 4

-modda.

6.

Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻg‘risidagi Qonuni 11

-modda.

7.

Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻg‘risidagi Qonuni 12

-modda.

8.

Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻg‘risidagi Qonuni 13

-modda.

9.

https//cyberleninka.ru/article/n/nizolarni-hal-etishda-mediatsiya-

institutining-o-rni-va-ahamiyati/viewer.

10.

https://teletype.in/@huquqiy_axborot/B17qnr7M7.

11.

Usmonov.SH.T. Nizolarni hal qilishning muqobil usullari mohiyati, shakllanishi

va rivojlanishi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.
Aprel 2022.

12.

Абдуллаева

Д. Меҳнат шартномаси тушунчаси ва унинг турдош

фуқаролик

-

ҳуқуқий шартномалардан фарқли жиҳатлари // Общество и

инновации. –

2021.

Т. 2. –

№. 9/S. –

С. 317–

327.

13.

Abdullaeva D. Some issues of the procedure on making a labour contract and

hiring to work // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.

2021.

Т

. 11.

№.

9.

С. 1065–

1070.

14.

Abdullaeva D. Legal regulation of part-time work in labor relations //

European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies.

2022.

Т

. 2.

№. 04. –

С

. 5

12.

15.

Djambakieva Feruza Bakhtakhunovna. (2022). The role and importance of

mediation in the conditions of modern market relations. European International Journal
of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(05), 207

213.

https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-05-40.

16.

Djurakulovich Ziyadullaev Makhmudjon. “The role of social protection in the

new development strategy of Uzbekistan”.

World Bulletin of Management and Law, vol. 9,

Apr. 2022,

PP. 63

65.

17.

Худайбердиева

Г. (2020). Халқаро ташкилотларнинг муаллифлик ҳуқуқи

ва турдош ҳуқуқлар соҳасидаги ҳуқуқ ижодкорлиги фаолиятининг айрим
жиҳатлари. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 1(4), 161–

166.

Библиографические ссылки

Mualliflar jamoasi. Mehnat huquqi. Darslik. – T.: TDYuU nashriyoti, 2018. – B. 487.

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodesi 8-modda.

https//taftish.uz/2021/05/11/mediyatsiya-nima.

Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻg‘risidagi Qonuni 4-modda.

Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻg‘risidagi Qonuni 11-modda.

Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻg‘risidagi Qonuni 12-modda.

Oʻzbekiston Respublikasining Mediatsiya toʻg‘risidagi Qonuni 13-modda.

https//cyberleninka.ru/article/n/nizolarni-hal-etishda-mediatsiya-institutining-o-rni-va-ahamiyati/viewer.

Usmonov.SH.T. Nizolarni hal qilishning muqobil usullari mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Aprel 2022.

Абдуллаева Д. Меҳнат шартномаси тушунчаси ва унинг турдош фуқаролик-ҳуқуқий шартномалардан фарқли жиҳатлари // Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 9/S. – С. 317–327.

Abdullaeva D. Some issues of the procedure on making a labour contract and hiring to work // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 9. – С. 1065–1070.

Abdullaeva D. Legal regulation of part-time work in labor relations // European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. – 2022. – Т. 2. – №. 04. – С. 5–12.

Djambakieva Feruza Bakhtakhunovna. (2022). The role and importance of mediation in the conditions of modern market relations. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(05), 207–213. https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-05-40.

Djurakulovich Ziyadullaev Makhmudjon. “The role of social protection in the new development strategy of Uzbekistan”. World Bulletin of Management and Law, vol. 9, Apr. 2022, – PP. 63–65.

Худайбердиева Г. (2020). Халқаро ташкилотларнинг муаллифлик ҳуқуқи ва турдош ҳуқуқлар соҳасидаги ҳуқуқ ижодкорлиги фаолиятининг айрим жиҳатлари. ЮРИСТ АХБОРОТНОМАСИ, 1(4), 161–166.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Дилфуза Абдуллаева , Роль инспектора профилактики в предупреждении правонарушений , Общество и инновации: Том 2 № 2 (2021)

Дилфуза Абдуллаева, Режим и учет рабочего времени и порядок его установления , Общество и инновации: Том 2 № 6/S (2021)

Дилфуза Абдуллаева, Вопросы привлечения сотрудников к работе в выходные и праздничные дни , Общество и инновации: Том 3 № 2 (2022)

Дилфуза Абдуллаева, Правовое регулирование ночной и сверхурочной работы: сравнительный анализ , Общество и инновации: Том 1 № 1/s (2020): Спецвыпуск междисциплинарного электронного научного журнала «Общество и инновации»

Дильфуза Абдуллаева , Оценка деятельности стратегического управления предприятий золотодобывающей отрасли и ее эффективность , Общество и инновации: Том 3 № 10/S (2022)

Дилфуза Абдуллаева, Понятие трудового договора и его отличия от смежных гражданско-правовых договоров , Общество и инновации: Том 2 № 9/S (2021)