Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Constitutional guarantees of the principle of language in
judicial cases
Alibek MEILIKOV
1
, Gulsanam BAKHTIYAROVA
2
Academic Lyceum at Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2022
Received in revised form
25 October 2022
Accepted 20 November 2022
Available online
25 December 2022
In the article, the role of the Uzbek language as a mother
tongue in the country, rules regarding the official state language
and language of international documents, nation, language
concepts, and their essence, main characters of the state
language, the increase of the status of the Uzbek language as a
state language, issues related to the development of the Uzbek
language and policy were scientifically analyzed and
appropriate proposals were put forward in this regard.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss11/S-pp53-59
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
state language,
nation,
tribe,
language,
mother tongue,
3rd Renaissance,
human rights,
Uzbek literary tongue,
Uzbek national legal
language,
basic rights and freedoms of
citizens,
awareness of national
identity,
one nation,
several languages.
Sudlov
ishlari
yuritiladigan
til
tamoyilining
konstitutsiyaviy kafolatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Davlat tili,
millat,
elat,
til,
Maqolada ona tilimiz
–
o‘zbek tilining Davlat tili sifatida
mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, normativ
-huquqiy hujjatlar
va xalqaro hujjatlarda keltirilgan rasmiy davlat tili va til
prinsipiga oid qoidalar, millat, til tushunchalari va ularning
1
Lecturer, Academic Lyceum at Tashkent State University of Law.
2
Student, Academic Lyceum at Tashkent State University of Law.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
54
ona tili,
Uchinchi Renessans,
inson huquqlari,
o‘zbek adabiy tili,
o‘zbek milliy yuridik tili,
fuqarolarning asosiy huquq
va erkinliklari,
milliy o‘zlikni anglash,
bir millat bir necha til.
mohiyati, Davlat t
ilining asosiy belgilari, o‘zbek tilining davlat
tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish, o‘zbek tili va
til siyosatini rivojlantirishga oid masalalar ilmiy tahlil qilingan
hamda bu borada tegishli takliflar ilgari surilgan.
Конституционные гарантии принципа языка в
судебных делах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
государственный язык,
нация,
племя,
язык,
родной язык,
3-
е Возрождение,
права человека,
узбекский литературный
язык,
узбекский национальный
юридический язык,
основные права и свободы
граждан,
осознание национальной
идентичности,
один народ,
несколько языков
.
В статье были научно проанализированы роль
узбекского языка как родного в стране, правила
относительно
государственного
языка
и
языка
международных документов, нация, языковые понятия и
их сущность, основные символы государственного языка,
увеличение
статуса
узбекского
языка
как
государственного, вопросы, связанные с развитием
узбекского языка и политики и внесены в связи с этим
соответствующие предложения.
Mamlakatimizda “Yoshlar –
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi
O‘zbekiston –
Uchinc
hi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash, o‘zbek
xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab
-avaylash, keng ommalashtirish
hamda rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Shuni qayd etish lozimki, har qanday davlat tuzumi asosini uning tabiiy, hududiy,
milliy va etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan qonunlari tashkil etadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 2-moddasi 1-
bandida “har bir inson irqi,
tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshq
a e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib
chiqishi, mol-
mulki, tabaqasi va boshqa holatidan qat’i nazar, ushbu Deklaratsiyada e’lon
qilingan barcha huquq va barcha erkinliklarga ega bo‘lishi zarur” [1], deb belgilangan
bo‘lsa, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 2
-moddasi 1-bandida:
“Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z hududidagi va o‘z yurisdiksiyasida
bo‘lgan shaxslarning mazkur Paktda e’tirof etilgan huquqlarini hech bir ayirmachiliksiz,
jumladan, irqi, tanasining
rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki
ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga holatidan qat’i nazar, hurmat
qilish va ta’minlash majburiyatini oladi” [1], –
deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Ko‘rinib turibdiki, har ikkala xalqaro hujjatda, millatidan qat’i nazar, fuqarolarning
teng huquqli belgilanganligi, shu bilan birga, bu huquq va erkinliklarni hurmat qilish va
ta’minlash majburiyati bevosita davlatning o‘ziga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
55
Konst
itutsiyasi va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarida inson va
fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga hech qanday cheklashlarsiz amal qilish
nazarda tutiladi.
Davlatimiz, millatimiz tarixida muhrlangan 30 ta moddadan iborat muhim
normativ-
huquqiy hujjat “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni
1989-yil 21-oktabrda qabul qilinib, mazkur Qonunning 1-
moddasida O‘zbekiston
Respublikasining Davlat tili
–
o‘zbek tili ekanligi mustahkamlab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.
Mirziyoyev: “Bugungi kunda biz yangi
O‘zbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga
erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz. Chunki,
necha asrlar osha
ajdodlarimizdan bizga bezavol o‘tib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi
va istiqboli haqida qayg‘urish –
bu millatning o‘zligini anglashi, uning ma’naviy
kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir. Davlat tilining obro‘
-
e’tibori –
butun
xalq, butun jamiy
atning obro‘
-
e’tiboridir” [2], –
deb ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 20-
oktabrda “Mamlakatimizda
o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF–
6084-son Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon bilan mamlakatimiz
ijtimoiy-
siyosiy hayotining barcha sohalarida Davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri
foydalanishga erishish, ta’lim tashkilotlarida Davlat tilini o‘qitish tizimini yanada
takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish, Davlat tilining sofligini
saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish, Davlat tilining
xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini
rivojlantirish, mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini
rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga Davlat tilini o‘rganish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat
qilmoqda.
Ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida, konstitutsiyaviy normalarga muvofiq qabul qilingan
normativ-
huquqiy hujjatlarda o‘z a
ksini topgan.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi tarkibida
o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va ruslar eng yirik etnik guruhlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining etnik tarkibi, jami ahol
i soniga nisbatan
% hisobida o‘zbeklar 84,4%, qoraqalpoqlar 2,2%, ruslar 2,1%, qozoqlar 2,4%, tojiklar
4,9% va boshqa millat vakillari 4,1% [3]ni tashkil qiladi.
Q.
Rafiqovning ta’kidlashicha, Vatan millat idroki bilan mavjuddir.
Yanayam
soddaroq aytsak, millat Vatanning ustunidir. Til millatning joni, tomirida oqayotgan
qonidir. Usiz hech bir millat barkamol emas. Ma’rifatparvar bobomiz Alixonto‘ra
Sog‘uniy: “...qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida
mag‘lubiyatga
uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamay insoniy tuyg‘ularidan
ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar
yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur
bo‘ladi” [4], –
deganida ona tiliga, uning jozibasiga alohida e’tibor berganligini ko‘ramiz.
O‘zbek milliy yuridik tili o‘zbek adabiy tilining tarkibiy qismi sifatida millatni, uning
tarixiy taraqqiyotini, ma’naviy
-huquqiy qadriyatlarini ifoda etadi [5].
Millatning o‘zaro aloqa vositasi milliy til orqali amalga oshiriladi. Har bir millat o‘z
tiliga ega. Ammo bir millat bir necha tilga ega bo‘lishi mumkin bo‘lganidek (masalan,
belgiyaliklar
–
bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida so‘zlashadi, shveyt
sariyaliklar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
56
ham yagona millat, lekin nemis, fransuz, italyan va retoroman milliy tillarida
so‘zlashadilar), bir necha millatlar bir milliy tildan foydalanishlari ham mumkin
(xususan, AQSH, Angliya, Avstraliya va boshqa inglizcha so‘zlashuvchi mamlakatlard
a
ingliz milliy tilining turli variantlari qo‘llanadi) [6]. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish
asosida aytish mumkinki, bizning millatimiz
–
o‘zbek, milliy tilimiz esa o‘zbek tilidir.
Respublikamiz hududida azaldan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjih
at
istiqomat qilib kelgan. Ularning milliy manfaatlari turli sohalarda, shu bilan birga, jinoyat
ishini yuritish jarayonida ham har doim e’tiborda bo‘lgan.
Jinoiy odil sudlov faoliyatida
ham til prinsipi qoidalari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu prinsip ikki millat
vakillarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Millat
–
uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etno-madaniy jarayonda,
aniq hududiy doirada, til va o‘zlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq
etnik yuksak
cho‘qqisi, o‘ziga xos madaniyat, ong va mentalitet zaminida tarkib topgan ijtimoiy birlik
shakli [6].
Millat
–
til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash, ruhiyat, urf
-
odatlar, an’analar va
qadriyatlar umumiyligi asosida muayyan hududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan
bog‘langan mustaqil subyekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni
yaratuvchi kishilarning etnik birligidir. Millatning abadiyligi, uning barqarorligini
ta’minlashning asosiy omil, uning ichki ma’naviy
-ruhiy salohiyatidir. Mutaxassislarning
fikricha, yer yuzida uch mingga yaqin millat mavjud bo‘lib, insoniyatning o‘rta hisob bilan
96 % ini birlashtiradi. Aholining qolgan 4% elat va qabilalardir. Har bir millat nufuzi bir
necha o‘n mingdan bir necha yuz milliongacha bor
adi. Millatlar beshta yirik guruhga
bo‘linadi: a)
buyuk millatlar: xitoyliklar (aholi soni 1 milliard 250 milliondan ortiq),
hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar (har biri 100 milliondan 200
–
300 milliongacha
aholiga ega); b) katta millatlar (50 milliondan 100 miliongacha)
–
inglizlar, fransuzlar,
ispanlar, olmonlar, turklar va b.; v) yirik millatlar (10 milliondan 50 milliongacha)
–
o‘zbeklar, portugallar, polyaklar, efioplar va b.; g)
o‘rta millatlar (1
milliondan
10 milliongacha); d) kichik millatlar (bir necha 10 mingdan 1 milliongacha). Jahondagi
27 ta millat yer yuzi aholisining qariyb 75 % ini tashkil qiladi [7].
Millat (arabcha “millat” –
xalq)
–
kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yaxlit
hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va
ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi [8].
Millatning har bir avlodi milliy an’analarni o‘tmishdan kelajakka yetkazib beruvchi
insonlar ruhida tarbiyalanishi kerak. Millatning tanazzuli milliy
an’analarning ham
tanazzulidir [8].
SH.
Ko‘chimov: “...til huquqiy tushunchalarning yashash shaklidir. Til –
barcha
huquqiy tushunchalarni anglash, tushunish, idrok etish, o‘qitish, o‘rganish, tushuntirish,
sharhlash, joriy etish, ijro etish, yozma bayon
etishda ham asosiy vosita” [9], –
deb
ta’kidlab o‘tadi. Lug‘atlarda esa til turlicha ta’riflanadi.
Til
–
insonlar orasidagi aloqa vositasi, ijtimoiy hodisa; jamiyat a’zolarining fikr
ifodalashi va o‘zaro fikr almashishi uchun xizmat qiladigan vosita hisob
lanadi [7]. Tilning
og‘zaki va yozma nutq sifatida shakllanishi insonlarning ham jisman, ham ijtimoiy
jihatdan taraqqiy etishini ta’minladi. Tildagi so‘z boyliklarining ortib borishi bilan til
tobora takomillashib boradi.
Yuqorida, til xususida keltirilgan
ta’riflarni tahlil qilib, til aloqa vositasi, nutq
sifatida, shubhasiz, inson ongining mahsulidir, desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
57
Davlat tili tegishli davlatdagi umumiy rasmiy tildir.
Davlat tili odatda uch yo‘l bilan belgilanadi: a)
tarixiy an’ana asosida
–
ushbu davlat
hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillaridan birini umumiy til deb tan
oladilar; bunday til, ko‘pincha, shu davlatdagi eng yirik yoki hukmron millatning tili
hisoblanadi; b) hukumat, prezident, parlament yoki rahbar organlar tomonidan
davlatning rasmiy tili deb e’lon qilish asosida –
xalqaro yoki jahon tillaridan biri
hisoblanib, davlat organlarida, hukumat idoralarida va rasmiy tashkilotlarda,
ko‘rsatmaga binoan, yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki jo‘natiladi, b
archa
rasmiy uchrashuvlar, anjumanlar ana shu rasmiy tilda o‘tkaziladi; v)
davlatning qonun
chiqaruvchi organi tomonidan yoki mamlakat Prezidenti tomonidan jamiyat hayotining
barcha sohalarida qo‘llanilishi kerak deb e’lon qilish asosida [8].
Davlat tili
–
muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida
ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til [10].
Davlat tili quyidagi belgilarning mavjudligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi:
–
davlat aholisining ko‘p qismi uchun ona tili hisobl
anadi. Shu bois bu davlatda
ko‘proq qo‘llaniladi;
–
butun mamlakat hududida rasmiy muloqot doiralarida, ijtimoiy va madaniy
sohalarda xizmat qiladi;
–
mamlakat hududlarida birlashtiruvchi rolni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115
-moddasida sud ishlari olib
borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish
materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona
tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi, degan qoida mustahkamlangan. O‘zbekiston
Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 11
-moddasi birinchi qismida esa sudlov
ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib borilishi, ishda
ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali
ishga oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda
ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanishi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
-protsessual kodeksida jinoyat ishlarini
yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida hamda muayyan joydagi ko‘pchilik aholi
so‘zlashadigan tillarda olib borilishi ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat
tili haqida”gi Qonunida, bir tomondan jinoyat ishlarini yuritishda o‘zbek ti
lidan
foydalanishning majburiyligi belgilansa, ikkinchi tomondan esa qoraqalpoq tilidan yoki
muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tildan foydalanish huquqini amalga
oshirishda to‘sqinlikka yo‘l qo‘ymaslik nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublika
sining
“Davlat tili haqida”gi Qonunida ham, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat
-protsessual
kodeksida ham qaysi hollarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili, ya’ni o‘zbek tili,
qaysi hollarda qoraqalpoq tili yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘z
lashadigan til
qo‘llanishi kerakligi belgilanmagan. Agar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
4-moddasining ikkinchi qismi va 115-moddasi talablaridan kelib chiqsak, qoraqalpoq tili,
muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan til O‘zbekiston Resp
ublikasining Davlat
tili, ya’ni o‘zbek tili bilan bir qatorda qo‘llanilishi mumkin. Ammo shunday muammo
paydo bo‘ladiki, jinoyat ishlari yuritilayotgan tilning ustunligi masalasi kim tomonidan
hal qilinishi to‘g‘risida hech qaysi qonunda ko‘rsatilmagan.
Jinoyat ishlari yuritiladigan til haqidagi qoida MDH davlatlari Jinoyat-protsessual
kodekslarida quyidagicha belgilangan: Masalan, jinoyat ishlarini yuritish Moldova,
Armaniston respublikalari Jinoyat-protsessual kodekslarida faqat davlat tilida, Tojikiston,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
58
Azerbayjan, Ukraina respublikalari Jinoyat-protsessual kodekslarida davlat tilida yoki
tegishli hududda ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda, Qirg‘iziston, Belarus respublikalari
Jinoyat-protsessual kodekslarida davlat tilida yoki rus tilida yuritilishi mustahkamlangan.
Shuni ta’kidlash lozimki, jinoyat ishlari yuritiladigan til prinsipi davlatimiz
mustaqilligi, fuqarolarning teng huquqligi kafolatidir. Jinoyat ishlari yuritiladigan til
prinsipi himoya huquqi barcha fuqarolarning, millatidan hamda jinoyat ishlari
yuritiladigan tilni bilish-
bilmasligidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligini
kafolatlaydi.
Jinoyat ishlari yuritiladigan til prinsipini amalga oshirish ikki umumlashgan
ma’noga ega. Jinoyat ishlarini yuritish qonunda belgilangan tilda am
alga oshirilishi
jinoyat ishlarini yuritishda bir xillikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jinoyat ishlari
yuritiladigan til prinsipi g‘oyalarini amalga oshirish protsessning jinoyat ishlari
yuritiladigan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan ishtirokchilarining
ish holatlarini tushunishlarini ta’minlagan holda ular manfaatlarining, jinoyat ishlarini
yuritishning barcha boshqa ishtirokchilari huquq va manfaatlarining kafolati bo‘lib
xizmat qiladi. Mazkur prinsipning buzilishi, shubhasiz, sud qarorining bekor qilinishi yoki
o‘zgartirilishiga asos bo‘ladi.
Tilning ona tili ekanligini aniqlash subyektiv xususiyatga ega. Ona tili deganda
nimani tushunish kerakligi qonun darajasida belgilanmagan. Bu faktni aniqlash jinoyat
ishi yuritiladigan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess
ishtirokchisining ixtiyoriga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur masalani hal etishning obyektiv
mezonlari yo‘qligi ona tili masalasini aniqlashda ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi. Ona
tilidan foydalanish
to‘g‘risidagi masalani hal qilishda ish yuritiladigan tilni bilish
(bilmaslik) faktini e’tiborga olmaslik qonun buzilishi holatlariga olib keladi. Jinoyat
ishlari yuritiladigan tildan tashqari boshqa tilni biladigan har qanday protsess
ishtirokchisi bu til
uning ona tili ekani, shuningdek, o‘zining bu tildan foydalanish huquqi
to‘g‘risida ma’lum qilishi va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqini ta’minlashlarini
talab qilishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudyaning jinoyat ishlarini yuritish
bosqichida tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess
ishtirokchisiga ona tilidan yoki o‘zi biladigan boshqa tildan va tarjimon xizmatidan
foydalanish, ish bo‘yicha zarur hujjatlar bilan u biladigan tilga tarjima qilingan holda
tanishish imkonini yaratish majburiyati jinoyat ishlari yurituvini amalga oshiruvchi
organlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan
huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Bu, o‘z navbatida, jinoya
t
ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess
ishtirokchilarining huquqlarini ro‘yobga chiqarishning zaruriy sharti va til prinsipini
amalga oshirishning kafolatlaridan biri hisoblanadi. Shubhasiz, fuqarolarga berilgan
protsessual huquqlardan aniq va belgilangan tartibda foydalanish imkoniyati yaratilishi
lozim.
Shunday qilib, jinoyat ishlari yuritiladigan til prinsipini amalga oshirish jinoyat
protsessining boshqa prinsiplari bilan bir qatorda, jinoyat ishlarini yuritish bosqichida
haqiqatni aniqlashning yuridik kafolatlaridan biridir. Haqiqatning aniqlanishi esa, o‘z
navbatida, fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
59
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar / Mas’ul muharrir A.
Saidov.
–
Toshkent: Adolat, 2004.
–
B. 31, 37.
2. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-khal-iga-bayram-tabrigi-21-10-2020.
3. https://www.gazeta.uz/uz/2021/08/19/population/.
4. Mening Prezidentim! [Matn]: publitsistika / Q. Rafiqov.
–
Toshkent:
“Akademnashr”, 2021. –
B. 97
–
98.
5.
Ko‘chimov Sh. Qonun ijodkorligida so‘z o‘rni // Hayot va qonun. –
Toshkent,
2001.
–
№1. –
B. 17.
6.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.
5-
jild / Tahrir hay’ati: M.
Aminov,
T. Daminov, T. Dolimov va boshq.
–
Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002. –
B. 659, 666.
7.
Falsafa: Qomusiy lug‘at / Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q. Nazarov. –
Toshkent:
Sharq, 2004.
–
B. 99, 261.
8. Mustaqillik: Izohli ilmiy-
ommabop lug‘at
/ Mualliflar: M. Abdullayev,
M. Abdullayeva, G. Abdurazzoqova va boshq.; A. Jalolov va Q. Xonazarovning umumiy
tahririda.
–
Toshkent: Sharq, 1998.
–
B. 47, 120, 125.
9.
Ko‘chimov
Sh. Ona tilimiz mavqei // Huquq va burch.
–
Toshkent, 2009.
–
№ 10. –
B. 18.
10.
O‘zbe
kiston milliy ensiklopediyasi. 3-
jild / Tahrir hay’ati: M.
Aminov,
B. Ahmedov va boshq.
–Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2003. –
B. 165.
