Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Abul Fath Said Amir Haydar Bahadur Padishah
–
diplomacy of
“
Amiri Said
”
Dilnavoz SHOYOQUBOVA
1
Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2022
Received in revised form
25 October 2022
Accepted 20 November 2022
Available online
25 December 2022
This article provides information about the diplomatic
relations of the Bukhara Emirate with Russia, China, Iran,
Afghanistan, and the Ottoman Turks during the reign of Amir
Haydar (1800
–
1826).
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss11/S-pp138-143
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
mangit clan,
archive,
ambassador,
pilgrimage,
Manchurians,
book,
notebook,
letter,
Basra,
blessing,
khilat.
Abul Fath Said Amir Haydar Bahodur Podshoh
–
“Amiri Sayyid”ning diplomatiyasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mang‘it urug‘i,
arxiv,
elchi,
haj ziyorati,
manchjurlar,
kitob,
daftardor,
maktub,
Basra,
marhamatnoma,
xil’at.
Ushbu maqolada Amir Haydar (1800
–
1826) hukmronlik
qilgan davrda Buxoro amirligining Rossiya, Xitoy, Eron,
Afgʻoniston,
usmonli
turklar
bilan
boʻlgan
elchilik
munosabatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
1
Master of Termez State University. E-mail: rustamkhurramov@mail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
139
Абул Фатх Саид Амир Хайдар Бахадур Падишах –
дипломатия «Амири Саида»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
род мангит,
архив,
посол,
паломничество,
маньчжуры,
книга,
тетрадь,
письмо,
Басра,
благословение,
хилат.
В
данной
статье
представлены
сведения
о
дипломатических отношениях Бухарского эмирата с Россией,
Китаем, Ираном, Афганистаном и турками
-
османами
в период правления Амира Хайдара (1800–1826 гг.).
KIRISH
Tarixdan ma’lumki, Oʻrta Osiyoda Buxoro, Qoʻqon va Xiva xonliklari mavjud boʻlgan.
Buxoro xonligi, keyinchalik 1756-yildan boshlab, amirligi, tariximizning davlatchilik
bosqichida alohida ahamiyat kasb etadi. Har qaysi hukmdor hokimiyat tepasiga kelgach
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotd
a ma’lum bir oʻzgarishlarni amalga oshiradi. Shu
oʻrinda Buxoro amiri Haydar ham oʻz hukmronligi davrida davlatni yuksaltirish,
mustahkamlash uchun ma’lum chora
-tadbirlarni amalga oshirgan. Maqolaning dolzarbligi
Amir Haydar davridagi Buxoro amirligining Rossiya, Eron, Usmonli turklar, Xitoy,
Afgʻoniston kabi davlatlar bilan diplomatik munosabatlarini, tashqi savdosini ilmiy nuqtayi
nazardan tadqiq etib, manbalar, arxiv hujjatlari asosida xolislik bilan oʻrganish, bugungi va
kelajak avlodni haqqoniy tarixdan boxabar etishdan iborat.
Amir Haydarning Rossiya bilan elchilk munosabatlari shu kunga qadar
tadqiqotlarda yoritilgan. Ushbu maqolada usmonli turklar, Xitoy, Eron va Afgʻoniston
davlatlari bilan elchilik munosabatlari yoritib berilgan.
Muammoning manbashunosligi va tarixshunosligi. Buxoro amirligining tashqi
siyosati haqida koʻplab tarixchilar ilmiy tadqiqolarni amalga oshirgan. Ushbu maqolada
A. Xodjayev,
N.
Karimovaning
“Oʻzbekiston
-
Xitoy
munosabatlari
tarixidan”,
J.Shodiyevning “Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi”, “Oʻzbek diplomatiyasi
tarixidan (tarixiy ocherk va lavhalar)” va “Oʻzbekistonda elchilik xizmati tarixidan: talqin
va tahlil” respublika ilmiy
-
amaliy konferensiya materiallari toʻplamidan (2016
-yil),
“Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi: ana’ana, innovatsiya va istiqbollar” xalqaro ilmiy
amaliy anjuman materiallaridan (2021-yil) foydalanilgan.
MAQOLANING ASOSIY MAZMUNI
XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligiga
qarshi oʻzbek urugʻlari isyon va gʻalayonlar koʻtarishgan. Ular orasida oʻzbeklarning
mangʻit urugʻidan chiqqan, ashtarxoniylar saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan
Muhammad Hakimbiy otaliq va uning oʻgʻli Muhammad Rahimbiy alohida ajralib turgan.
Natijada Muhammad Rahimbiy 1753-yili
yirik amaldorlar, ruhoniylar va urugʻ
oqsoqollarining roziligi bilan Buxoro taxtini egallaydi. Ushbu davrdan boshlab, xonlikda
1920-
yilga qadar mangʻilar hukmronligi boshlanadi. Mangʻit hukmdorlari orasida Amir
Haydarning hukmronligi tinimsiz ravishda ichki va tashqi muholiflarga qarshi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
140
kurashganligi bilan ajralib turadi. Shuni ta’kidlash joizki, bu kurashlarda Amir Haydar
qator muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritgan. Uning hukmronlik davriga e’tibor qaratsak,
Buxoro amirligining boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlari rivojlangan. U
Rossiya, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, uUsmonli turklar, shuningdek, qoʻshni davlatlar Qoʻqon
hamda Xiva xonliklari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarni rivojlantirish
maqsadida diplomatik munosabatlarni mustahkamlashga harakat qilgan. Rossiya
imperiyasi bilan Buxoro amirligi oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar toʻgʻrisida koʻplab
tarixchilar tadqiqotlar olib borgan. Buxoro amirligi bilan Rossiya oʻrtasida XIX asrning
dastlabki choragida ham diplomatik aloqalar toʻxtab
qolgan emas. 1801-yilda Amir
Haydar tomonidan Boykishev boshchiligida dastlabki elchilar Rossiyaga joʻnatilgan.
1803-yili Mirgalauddin Mirmuhammad Aminov boshchiligida 25 kishilik elchilar, 1814-,
1818-
yillari Azimjon Moʻminjonov boshchiligidagi rasmiy el
chilar Rossiyaga yuborilgan.
1825-
yili har ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini mustahkamlash va savdo
-sotiqni
rivojlantirish maqsadida Beknazar Abdurasulov boshchiligidagi elchilar Peterburgga
joʻnatiladi, lekin ushbu elchilik vazifasi Beknazar A
bdirasulovning vafoti tufayli amalga
oshmay qoladi, 1826-yilda shu maqsadda Beknazar Abdukarimov boshchiligidagi elchilar
Peterburgga yuborilgan. Rossiya imperiyasi tomonidan 1804-yilda poruchik
Gaverdovskiy boshchiligidagi rus elchilari Buxoroga yuborilga
n, lekin yoʻlda qaroqchilar
hujumiga uchrab orqaga qaytib ketadi.
1809-yili 17-oktabrda Orenburgdan Subhonqulov va uning yordamchisi
Rahmonqulov boshchiligida rus elchilari Buxoroga yoʻl olgan, 1810
-yil 28-yanvarda
Buxoro amiri Haydar tomonidan qabul qilingan. 1820-yilda esa Negri boshchiligidagi
elchilik missiyasi Buxoroga kelgan. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish lozimki, rus elchilik
missiyasi tarkibidagi elchilar tomonidan yozilgan asarlar, safarnomalar, esdaliklar
Buxoro amirligi davlatchilik tarixi haqid
a mihim ma’lumot beruvchi manba boʻlib,
hozirga qadar tadqiqochilar tomonidan foydlanib kelinmoqda.
XVIII asrning oxirlariga kelib, usmoniylar davlati Oʻrta Osiyo xonliklari
bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor edi. Usmoniy hukmdorlardan Abdulhamid I
(1774
–
1789), Sulton Salim III (1789
–
1807)lar Doniyolbiy otaliq va Amir Shohmurod
bilan doʻstona munosabatda boʻlib, har ikki davlat oʻrtasida elchilar qatnab turgan.
Turkiya arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, usmoniylar va Buxoro amirligi
oʻ’rtasidagi munosabatlarda sovgʻa
-salomlar almashinuvi, Makkaga hajga boruvchi
ziyoratchilarga yordam koʻrsatish, kitoblar, ayniqsa, islom diniga oid muqaddas kitoblar
sanalmish Qur’on, fiqh va tafsirga oid kitoblarni sovgʻa qilish kabi holatlar muhim
ahamiyat kasb etgan. Amir Haydar hukmronligining dastlabki davridayoq usmoniylar
davlati bilan tashqi siyosiy va diplomatik munosabatlarni mustahkamlash maqsadida
Sulton Salim III huzuriga devonbegi Eshmuhammad va Mirza Muhammad Yusuf
qoʻrboshini maktub bilan elchi qilib yuboradi. Buxoro amiriga javob oʻrnida yuborilgan
nomada shunday deyiladi: “Amir hazratlari yuborgan nomangiz va hadyalaringiz
elchingiz vositasida bizlarga yetib keldi. Otangizning vafotini eshitib qaygʻuga botdik.
Qaygʻuyimizni sizning taxtga chiqqaningiz biroz boʻlsa
-da, yengillashtirdi. Izhor qilgan
doʻstligingiz davomiy boʻlsin” [1]
. 1812-yilda Ost-Indiya kompaniyasi vakillari
Muhammad Fozilxon va Mir Izzatillo Buxoro amirligiga elchi sifatida kelib ketgach, Amir
Haydar tomonidan Mirza Muhammad Yusufbey boshchiligida maxsus elchilik guruhi
usmoniylar sultoni Mahmud II ning huzuriga joʻnatiladi. Uning qoʻliga topshirilgan
maktubda Oʻrta Osiyodagi siyosiy vaziyat xususida toʻxtalib, pardali soʻzlar orqali
Ost-
Indiya kompaniyasi bilan aloqalar oʻrnati
lganidan Mahmud IIni (1808
–
1839)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
141
xabardor qilib qoʻyadi. Amir Haydar maktubida usmoniylar sultoniga “bu yerda fiqh
kitoblariga muhtojlik kuchayib ketganligi”, ya’ni qattiq tartib
-
intizom oʻrnatish lozimligi,
“Hindistondan ana shu masalaga oid bir qancha ki
toblar keltirildi-yu, ammo ular kifoya
qilmayotibdi”, ya’ni Hindiston bilan yaxshi aloqalar oʻrnatilganligi, ammo unga Oʻrta
Osiyoda yagona hukmron boʻlish uchun islom xalifasining fatvosi lozimligi bayon qilingan
edi [4]. Amir Haydar maktub oxirida soʻngg
i masala yuzasidan ochiq murojaat qilishni
lozim topgan: “Movarounnahr, Qazgʻan, Dashti Qipchoq, Xorazm, Marvi Shoh Jahon va
Dugʻlab taraflari, Balx va Badaxshon oʻlkalari mutloq va bevosita bizning mulkimiz boʻlib
kelgani, bu mamlakatlarning hokimlari qadimdan Buxoro xoni tarafidan tayinlanib
kelinganligi va hozirda ham shunday boʻlmogʻi lozimligi ma’lum. Ammo Qazgʻan va
Xorazm viloyatlari hokimlarining ba’zan itoatdan chiqish hollari yuz bermoqda. Buxoro
amirligining ushbu hududlari, davlati oliyingizning itoatkor bir tobe ekanligimizni
inobatga olgan holda, bizning mulkimiz ekanligini tasdiqlaydigan bir manshur (farmon)
yuborilishini soʻrayman”. Lekin Amir Haydar turk sultonidan bunday fatvo ololmaydi [4].
Ushbu maktub yozilgan vaqtini A.A. Semyonov unda qayd etilgan Rossiyaning Fransiya
ustidan gʻalaba qozonganligi haqidagi jumlaga asoslanib, u 1815
-yildan keyin yozilgan
boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi. Turkiya arxiv hujjatlarida Amir Haydarning elchisi
Muhammad Yusuf Istanbulga kelib, sultonga maktub va hadyalar olib kelganligi qayd
etilgan. Elchi saroyda qabul qilinib, sovgʻa almashish jarayonida unga xil’at (usmoniylar
davlatida yuqori nufuzdagi elchilarga in’om etilgan hadya) va samur moʻynasi sovgʻa
sifatida topshirilgan. Shuningdek, sadriazim, shayxulislom va kapitan podsholar bilan
Istanbulning diqqatga sazovor joylarini aylanganlar, dam olish joylariga tashrif
buyurishib, unga ziyofat berilgan. Muhammad Yusuf sultonning javob maktubini olib,
Hijozga ketgan [6]. Z.
Rahmonqulovaning ta’kidlashicha, Bu
xoro elchisi Muhammad Yusuf
kutilmaganda Istanbulda vafot etgan. Usmoniylar hukumati bu holatdan oʻngaysizlanib,
elchining buyumlarini Buxoroga yuboradi. Buxoro amiriga yozilgan javob maktubida
Mirza Muhammad Yusuf vafot etgani tufayli oʻz ta’ziyalarini bi
ldirgan. Shuningdek, amir
soʻragan 32 jild kitobni Bagʻdod voliysi Dovud poshoning a’yoni Hasan Chalabiy
(manbalarda Basraning daftardori boʻlganligi keltirib oʻtiladi) orqali joʻnatilyotganligi
toʻgʻrisida ham xabar berilgan.
Unda vafot etgan elchining buyumlari oilasiga topshirilishi
qayd etib oʻtilgan [3].
1819-yili mart oyida Xoji Mahmud Sharif (ayrim manbalarda
Muhammad Sharif deb keltirilgan) boshchiligidagi elchilik missiyasi yuboriladi Amir
Haydar usmoniylar sultoniga javohirlar bilan
bezatilgan kosa sovgʻa qilib yuboradi.
Amir
Haydar Buxoro amirligining usmoniylar davlatidagi elchisi Mirza Muhammad Yusuf
hamda uning vafotidan soʻng elchi Muhammad Fozil orqali yuborgan nomalarida siyosiy
munosabatlarni mustahkamlash haqida soʻz yuritmasdan, balki koʻproq ikki davlat
oʻrtasida madaniy va iqtisodiy hamkorlik borasidagi takliflar izhor etilgan edi [7].
Turkiya Respublikasining Istanbuldagi Boshbakanlik arxivida saqlanayotgan hujjatlar
Buxoro amirligidan usmoniylar davlatiga elchilik faoliyati bilan borgan kishilarning haj
ziyoratiga ham borganligini koʻrsatadi. Muhammad Fozil 1820
-yil, 1824-yil avgust,
1826-yil avgustda, 1827-
yil iyulda usmoniylar sultoni qabulida boʻlib, Buxoro
hukmdorining maktub va hadyalarini sultonga topshirgan. Boshbakanlik arxivi
fondlaridagi hujjatlarga koʻra, sulton tomonidan Muhammad Fozilga xarajatlari uchun
pul mablagʻlari ajratilgan. Hujjatlarda sulton tomonidan Muhammad Fozilga 7500 qurush
pul mablagʻi ajratish haqida buyruq berganligi, yoʻl davomida unga sharo
it yaratib
berganligi, Eron shohi huzurida boʻlganligi haqida sultonga yozgan maktublari haqida
ma’lumotlar mavjud [8].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
142
XIX asrning dastlabki choragiga oid tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, Eron va
Buxoro amirligi oʻrtasidagi munosabatlar ijobiy boʻlmagan. Bu davlatlar oʻrtasida tez
-tez
toʻqnashuvlar boʻlib turgan. Qul savdosi har ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona
munosabbatlarni oʻrnatilishiga toʻsqinlik qilib kelgan. Lekin shunday boʻlishiga qaramay,
har ikki davlat hukmdorlari oʻzaro diplomatik munosabat oʻrnatishga ham harakat
qilishgan. 1813-yilda Amir Haydar Turkiya va Eronga Ali Rizo boshchiligida elchilik
guruhini yuborgan. Buxoro amirining maktubida diplomatik yozishmalar savdo aloqalari
yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf qilish, savdo karvonlarini tal
ovchilarga nisbatan muayyan
chora-
tadbirlar koʻrish maqsadida yozilganligi yaqol koʻzga tashlanadi. Oʻzbekiston
Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan “Maktuboti
Amir Haydar” nomli majmuada Eron shohi Fathalishoh huzuri
ga Amir Haydarning Xoji
Muhammad Sharifbey tomonidan yuborilgan maktubi joy olgan. Mirza Xoji Eronga
1819-yilning 4-
martida joʻnab ketgan. Demak, Xoji Muhammad Sharifbey ushbu yilda
Amir Haydarning nomidan ham Eron, ham usmonlilar davlatiga elchi boʻlib b
organ va
amirning nomalarini yetkazgan. Ushbu elchidan Buxoro qushbegisi Muhammad Hakim
ham Eron vaziri Mirza Shafe’ga oʻz maktubini berib yuborgan.
Afgʻoniston va Buxoro amirligi oʻrtasidagi ozaro aloqalar XVIII asrga kelib ancha
jonlandi. Chunki bu davrda, 1747-
yilda Afgʻonistonda rasman yangi sulola durroniylar
imperiyasiga asos solinadi. Buxoro amirligida esa 1753-
yilda mangʻitlar sulolasi
hukmronligining oʻrnatilishi bilan oʻzaro aloqalar jonlangan. 1804
-yilda Shujo al-mulk
Afgʻoniston taxti tepasiga kelgach, Buxoro amiri Haydar uni muborakbod etib, oʻz
elchisini joʻnatgan. Elchi orqali yuborgan maktubda doʻstlik munosabatlarini
mustahkamlash hamda shialarga qarshi birgalikda kurashish haqida fikr, “ota
-bobolar
oʻstirgan doʻstlik daraxtinining yanada gu
llab-
yashnashi”ga umid bildirgan. Shuningdek,
u Xiva xoni Eltuzar ustidan gʻalaba qozonganligini ham ushbu maktubda qayd etib
oʻtgan [4]. Muhammad Hakimxon Toʻraning “Muntaxab at
-
tavorix” asarida keltirilishicha,
Afgʻoniston hukmdori Zamonshoh qarindoshi
Mahmudshoh tomonidan taxtdan tushirilib
koʻziga mil tortilgach, Buxoroga keladi. Amir Haydar uni kutib olish uchun oʻzining
mulozimlarini yuboradi. Shulardan biri Rajab devonbegi boʻlib u bu haqida quyidagicha
hikoya qiladi: “Mir Haydar podshoh bir necha narsani mulohaza qilgan koʻyi bir kechasi
mehmonni oʻz huzuroga chorladi va koʻrinishxonaning oldiga kelib, istiqboliga peshvoz
chiqdi. Afgʻon shohi va oʻzbek podshohi bir
-
birini bagʻriga bosib koʻrishdilar. Amir
mehmonning qadamiga hasanotlar aytib, unga izzat-
ikrom koʻrsatdi. Suhbat oxirida
ketishga ruxsat berdi va yashab turishi uchun yaxshi bir uy tayin qildi. Ul gʻurbatda
qolgan shohning bir qizi bor edi. Mir Haydar podshoh ul mastura qizning daragini eshitib,
Shoh Zamon huzuriga oʻz rasmi bilan sovchil
ikka odam yubordi. Shoh bu gapdan
gʻazablandi, va “biz ul zotning ham tengi emasmiz va ham ularning yurtiga musofir
sifatida kelib qoldik. Bu ishdan bizni ma’zur tutsalar”, dedi. Lekin Amir Haydar
Zamonshohning qizini zoʻrlik bilan oʻz nikohiga oldi. Shoh
esa bir necha hasrat va alam
dogʻi bilan baytulloh sari ravona boʻldi” [2].
Amir Haydar Xitoy davlati bilan ham oʻzaro siyosiy va savdo ishlarini yoʻlga qoʻyish
maqsadida manjurlar bilan diplomatik aloqalarni yaxshilashga harakat qilgan. Shu
maqsadda 1816-
yili manjurlarning Qashqardagi rasmiy idorasiga elchi yuborgan. Oʻrta
Osiyo davlatlarining diplomatik munosabatlari qoidalariga koʻra, bu elchi bilan birga
amirning maktubi va sovgʻa –salomlari ham joʻnatilgan edi. Lekin Manjur hukumati
tomonidan rasmiy ja
vob boʻlmagan. Bu haqida yapon olimi Toro Soguchining ma’lumot
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
143
berishicha, 1821-yilda manchjur noibi Hsiu-
kun tomonidan yozilgan hisobotida: “Said
amir Haydar Buxorobegi Qashgʻar begi Hakimga maktub joʻnatib, bundan avvalroq,
1816-
yili Buxoro begi Qashgʻardagi Xitoy hukumatiga oʻlpon joʻnatgan, ammo haligacha
Xitoy imperatori a’lo hazratlarini rasmiy hukumat maktubi yoki sovgʻalarni qabul qilgani
haqidagi xabarni olmadik”, deb ma’lumot beradi. Xitoy diplomatiyasiga e’tibor qaratsak,
imperatorga yuborilgan
har qanday sovgʻa
-
salom oʻlpon yoki xiroj tarzida qabul qilingan.
Shuning uchun Hsiu-
kun tomonidan yozilgan hisobotda Amir Haydarning sovgʻa
-salomi
oʻlpon deb keltirilgan. Amir Haydar tomonidan Xitoy imperatoriga yuborilgan ikkita
maktub hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan. Ulardan biri Rossiya Fanlar akademiyasi
Sharqshunoslik instituti Sankt-
Peterburg boʻlimi qoʻlyozmalar fondi A212 raqam ostida
saqlanayotgan “Maktubot va munshaot” nomli qoʻlyozmasining 115 b
-116 a-varaqlarida
berilgan. Ikkinchi maktub esa Xitoy poytaxti Pekindagi Birinchi ijtimoiy arxivi
№03
-0211-4593-017 raqami ostida saqlanmoqda [5]. Ushbu maktubni Amir Haydar
koʻplab hadyalar bilan 1805
-yil (hijriy 1221-yil) Mir Olim Mutavalli boshchiligidagi elchilardan
yuborgan. Amir Haydarning maktubiga Xitoy imperatori javob xati yozmaganligini tarixchilar
turlicha talqin qilgan. Buxoroda yashayotgan Yorkend xonligi vorislari hisoblangan xoʻjalarni
topshirish haqidagi manchjur imperatorining murojaatnomasiga Buxoro amiri tomonidan
javob yozilmagan
ligi asosiy sabab qilib koʻrsatilmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib ta’kidlash joizki, garchi mamlakatda har 3
-6 oyda tinimsiz nizo va
qoʻzgʻolonlar boʻlgan boʻlsa ham, 1800–
1826-yillarda Buxoro amirligining diplomatik
munosabatlarida yuksalish yuz bergan. Mamlakat hududiga kelgan elchilarning
safarnomalarida Buxoro amirligi bozorlarida Eron, hind, afgʻon kabi koʻplab yurt
savdogarlarining savdo rastalari mavjudligi qayd etilganligi ham tashqi siyosatda Amir
Haydar tomonidan amalga oshirilgan ishlarning sezilarli darajada ekanligidan dalolat beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Х
. Boboyev, Z. Xidiro, J. Shodiyev,
М
.
Ахmedova. Oʻzbek davlatchiligi tarixi. –
То
shkent, 2009.
–
246-b.
2.
Мuhammadhakimxon Toʻra Muntaxab at
-tavorix.
–
То
shkent, 2010.
–
60-b.
3.
Z.
Raxmonkulova. Buxoro amirligi va usmoniylar davlati oʻrtasidagi diplomatik
munosabatlar tarixidan //
“Oʻtmishga nazar”
. 2021.
–
№3. –
403-b.
4.
M.
Хаyrullayev. Oʻzbek diplomatiyasi tarixi. (Та
rixiy ocherk va lavhalar).
То
shkent, 2003.
–
130-, 131-, 127-betlar.
5.
A.
Хо
djayev, N.
Каrimova va boshq. Oʻzbekiston
-Xitoq munosabatlari tarixidan.
–
Т
.: 2022.
–
168-b.
6.
A.
Хоliqulov. Buxoro amirligi va usmoniylar davlati oʻrtasidagi muloqotlar haqida
ba’zi mulohazalar. // “Ма
rkaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi:
an’analar, innovatsiyalar va
istiqbollar” mavzuidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallari.
2021.
–
128-b.
7.
J. Shodiyev. Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi.
–
То
shkent, 2010.
–
47-b.
8.
M. Taniyeva. Buxoro amirligining usmoniylar imperiyasi bilan elchilik
munosabatlarida haj ziyorati.
// Oʻzbekistonda elchilik xizmati tarixidan: tanqid va tahlil.
Respublika ilmiy-
amaliy konferensiya materiallari toʻplami. 2016. –
161-b.
