Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Application of incentives for improving the efficiency
of land use in farms: national and foreign experience
Khikmatilla TUKHTASHEV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2022
Received in revised form
25 October 2022
Accepted 20 November 2022
Available online
25 December 2022
In this article, national and foreign laws related to increasing
the efficiency of the use of agricultural land by farms, the use of
modern technologies in land use, and the issue of applying
benefits to them are analyzed from a scientific theoretical point
of view. Together with the national legal documents regulating
the activities of agricultural entities, normative documents aimed
at the legal regulation of agricultural land and the application of
benefits for its effective use were also studied. The specific
experiences of foreign countries on the use of agricultural
irrigated land, dry land, and pasture land of farms were analyzed
based on the comparative research method. Therefore, opinions
and comments were given regarding the use of effective aspects
of drip irrigation in agriculture in the dry and temperate climate
of Uzbekistan and the creation of its legal basis. Ways to improve
the procedure for providing subsidies to farms and legal basis for
applying incentives to increase the efficiency of land use were
considered. Attempts were made to make suggestions and
recommendations on the improvement of national legislation
using the best experiences of foreign countries.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss11/S-pp260-269
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
farm,
plot of land,
agricultural land,
irrigated land,
dry land,
pasture land,
land use,
land protection,
agricultural entity,
subsidy,
application of benefits,
drip irrigation,
land use efficiency.
Fermer xo‘jaliklarining yerdan foydalanish samaradorligini
oshirishda imtiyozlar qo‘llash: milliy va xorijiy tajriba
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
fermer xo‘jaligi,
yer uchastkasi,
qishloq xo‘jalik yerlari,
sug‘oriladigan yerlar,
Ushbu maqolada fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik
yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq milliy
va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi, yerdan foydalanishda
zamonaviy texnalogiyalarni qo‘llash v
a ularga imtiyozlar
1
Senior Lecturer, Environmental Law Department, Tashkent State University of Law. E-mail: h.tuxtashev@tsul.uz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
261
lalmi yerlar,
yaylov yerlari,
yerdan foydalanish,
yerni muhofaza qilish,
qishloq xo‘jalik sub’yekti,
subsidiya,
imtiyozlar qo
‘
llash,
tomchilab sug‘orish,
yerdan foydalanish
samaradorligi.
berishmasalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek,
qishloq xo‘jalik sub’yektlari faoliyatini tartibga soluvchi milliy
qonun hujjatlari bilan bir qatorda qishloq xo‘jalik yerlarini
huquqiy tartibga solish va undan samarali foydalanganlik uchun
imtiyozlar qo‘llashga qaratilgan normativ hujjatlar o‘rganildi.
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan, lalmi va
yaylov yerlaridan foydalanish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning
o‘ziga xos tajribalari qiyosiy tadqiqot
usuli asosida tahlil qilindi.
Binobarin, O‘zbekistondagi quruq va mo‘
tadil iqlim sharoitida
qishloq xo‘jaligida tomchilab sug‘orishning samarali jihatlaridan
foydalanish va uning huquqiy asoslarini yaratish yuzasidan fikr
va mulohazalar berildi. Fermer xo
‘jaliklariga yerdan foydalanish
samaradorligini oshirish uchun subsidiyalar berish tartibi
va imtiyozlar qo‘llashning huquqiy asoslarini takomillashtirish
yo‘llari ko‘rib chiqildi. Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan
foydalangan holda milliy qonunchilikni takomillashtirish
yuzasidan taklif va tavsiyalar berishga harakat qilindi.
Применение стимулов для повышения эффективности
землепользования фермерских хозяйств: национальный
и зарубежный опыт
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
фермерское хозяйство,
земельный участок,
земли
сельскохозяйственного
назначения,
орошаемые земли,
богарные угодья,
пастбища,
землепользование,
охрана земель,
сельскохозяйственное
предприятие,
субсидия,
применение льгот,
капельное орошение,
эффективность
землепользования.
В данной статье с научно
-
теоретической точки зрения
анализируются отечественные и зарубежные законы,
связанные с повышением эффективности использования
земель сельскохозяйственного назначения фермерскими
хозяйствами, применением современных технологий в
землепользовании и вопросам применения к ним льгот.
Также наряду с национальными правовыми документами,
регламентирующими деятельность субъектов сельского
хозяйства, были изучены нормативные документы,
направленные
на
правовое
регулирование
земель
сельскохозяйственного назначения и применение льгот для
их эффективного использования. На основе сравнительного
метода исследования проанализирован конкретный опыт
зарубежных стран по использованию сельскохозяйственных
орошаемых, богарных и пастбищных угодий фермерских
хозяйств. Поэтому были даны мнения и комментарии
относительно
использования
эффективных
аспектов
капельного орошения в сельском хозяйстве в условиях сухого
и умеренного климата Узбекистана и создания его правовой
базы. Рассмотрены
пути совершенствования порядка
предоставления субсидий фермерским хозяйствам и
правовая
основа
применения
мер
стимулирования
повышения
эффективности
использования
земель.
Предприняты попытки внести предложения и рекомендации
по совершенствованию национального законодательства с
использованием передового опыта зарубежных стран.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
262
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklariga yanada kuchli e’tibor berilmoqda, sababi
yaqin kelajakda aholi sonining oshishi hamda ekologik tabiiy mahsulotlarga talabning
ko‘payishi o‘z
-
o‘zidan buni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining yerdan
samarali foydalanish va muhofazalash sohasida, nafaqat mamlakatimizda, balki butun
dunyoda qator yangiliklar va o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
MATERIAL VA METODLAR
Mazkur maqola tadqiqot va izlanish natijasida milliy qonunchilik, ilmiy-nazariy
manbalar, ilg‘or davlatlarning ushbu sohadagi tajribalarini o‘z tajribamizda qo‘llash
hamda ushbu yo‘nalishdagi yangi fikr
-
mulohazalarni yuritishni o‘z ichiga oladi.
Maqolada
fermer xo‘jalik
larining yerdan foydalanish samaradorligini oshirishda qonunchilikdagi
normalar hamda xorijiy mamlakatlar tajribalarini tahliliy-qiyosiy, statistik va mantiqiy
shaklda ko‘rib chiqish usullaridan foydalaniladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Fermer xo‘jaliklarining yerdan foydalanish samaradorligini ta’minlashning
huquqiy holati, avvalo, yerdan oqilona foydalanish va fermer xo‘jaliklarining shaxsiy
manfaatdorligini oshirishga qaratiladi. Shunungdek, har bir mamlakatning sanoati,
ayniqsa, yengil sanoat, qishloq xo‘jalig
i va boshqa turdosh sohalarning bardavom
odimlashida fermer xo‘jaliklarining tutgan o‘rni salmoqlidir.
Jumladan, Yaponiya fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish
hamda yerdan foydalanishda yangicha texnologiyalarni sinab ko‘rish
maqsadida
2018-yilda Trans-
Tinch okeani hamkorligi (CPTPP) bo‘yicha keng qamrovli va
progressiv bitimni imzoladi. Mazkur bitim fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida
IT texnologiyalarini joriy etib, inson omilini kamaytirishga qaratilgan siyosatlarn
i o‘z
ichiga oladi. Bitim asosida quyidagilar belgilandi:
–
Yangi texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi texnikasini joriy
qilganlar uchun subsidiyalar.
–
Qishloq xo‘jaligida IT vositalarini joriy qilganlar uchun subsidiyalar berish
tartiblari belgilangan.
Bundan tashqari, Yaponiya amaliyotida tog‘li va qishloq xo‘jaligi uchun
moslashmagan yerlardan foydalanishda tashabbus ko‘rsatgan, biznes loyihalari davlat
tomonidan qo‘llangan fuqarolarga fermer xo‘jaliklari tashkil etishda subsid
iyalar berilishi
uchrab turadi. 2018-
yildagi ko‘rsatkichlarga qaraganda Yaponiyada yerlarning 12, 13
%
qismigina qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan, 2020
-
yilga kelib esa bu ko‘rsatgich miqdori
11,6% ga qisqargan, biroq shunday bo‘lishiga qaramasdan u soya
ishlab chiqarish
bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Bularning bari yapon qonunchiligi va
iqtisodiyoti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi. Yaponiya hukumati 2030
-yilda
o‘zini
-
o‘zi taʼminlash darajasini 37 foizdan 45 foizga oshirish va
2030-yilda qishloq
xo‘jaligi eksportini 3,5 trillion yen (taxminan 40 milliard yevro)ga yetkazish bo‘yicha
ulkan rejaga ega. Binobarin, Yaponiyada dronlar, sun’iy intellekt, robotlar kabi barcha
turdagi zamonaviy jihozlardan foydalangan holda “Aqlli qishloq xo‘jaligi” tamoyili ilgari
surilmoqda. Shuningdek, kapital ko‘p investitsiyalarni amalga oshirish uchun katta va
moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan fermerlarni ko’paytirishga harakat qilmoqda.
Yaponiyada yirik fermer xo‘jaliklari soni va ishlab chiqarish
ulushi ortib bormoqda,
kichik fermer xo‘jaliklari soni esa kamayib borish tendensiyasi davom etmoqda. Oilaviy
dehqonchilik Yaponiyada eng keng tarqalgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklarining har xil
turlarini qamrab oladi, bunda to‘liq va to‘liq ta’minlanmagan d
ehqonlar, shuningdek,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
263
yordamchi fermerlar ishtirok etadi. 2019-
yilda Yaponiyada 3,6 million dehqon xo‘jaliklari
egalari, 2,1 million uy xo‘jaliklarida ishlovchi dehqonlar va 1,1 million (to‘liq bo‘lmagan)
oilaviy fermer xo‘jaliklari mavjud edi. Bunday xo’jaliklar “tijorat xo‘jaliklari” deb ham
ataladi.
Bu tijoriy fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan
0,3 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarida mahsulot yetishtiruvchi
yoki yiliga
500.000 yen (4.250 evro) dan ortiq daromad oladiganlar sifatida belgilanadi.
Yaponiyaning yerdan foydalanish qonunchiligi ikki rejadan iborat ulardan biri “Milliy
darajada yerdan foydalanish” yer bo‘yicha umumiy tamoyillarni belgilaydi. Ya’ni yerdan
foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish
va tabiiy ofatlarning oldini olish. Yerdan foydalanishning milliy rejasi yerdan
foydalanishning asosiy konsepsiyasi va konturlarini o‘z ichiga oladi va aynan mana shu
reja tarkibiga qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan yerlar
ham kiradi. Yaponiya
qonunchiligida to‘rtta akt yerdan foydalanishni rejalashtirish tizimining asosini tashkil
qiladi. “Keng qamrovli yerni rivojlantirish milliy qonun”i va “Yerdan foydalanish milliy
rejasi to‘g‘risida”gi qonun huquqiy asos bo‘lib xizmat q
iladi. Yerdan foydalanishning
milliy rejasi Yaponiyada yerdan foydalanishning umumiy ko‘rsatmalaridan iborat.
Shuningdek, “Shahar rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun shaharda yerdan foydalanishni
rejalashtirishning tafsilotlarini belgilaydi. Bundan tashqar
i, uchta “Ekologik qonun” ham
mavjud bo‘lib unda yerdan foydalanishga ta’sir qiluvchi muhim qoidalar mavjud.
Bular
“Tuproqning ifloslanishini nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun va “Suvning ifloslanishini
nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunlar.
1989-yilning dekabr oyida Yaponiyada yerga doir
asosiy qonun “Yerdan foydalanishda asosiy qonun” qabul qilindi uning ilk moddasida
ham yerdan oqilona va samarali foydalanishga chaqirilgan.
Ushbu Qonunning maqsadi yerga doir asosiy tamoyillarni nazarda tutgan holda, davlat,
mahalliy jamoat birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning majburiyatlarini
aniqlashtirish va fuqarolarning yerga bo‘lgan asosiy tamoyillari va asoslarini ta’minlash yerga
doir chora-
tadbirlar to‘g‘risidagi masalalar, yerga doir chora
-tadbi
rlarni kompleks targ‘ib
qilish, normal talab va taklif munosabatlarini va oqilona yer narxlarini shakllantirish, yerdan
to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash, bu orqali fuqarolar hayotida barqarorlikni oshirishga hissa
qo‘shish va milliy iqtisodiyotning mustahk
am rivojlanishidir.
Shuningdek, qonunda yerdan foydalanishda davlat boshqaruvining ahamiyati ham
yoritib o‘tilgan. “Yerdan intensiv foydalanishni ta’minlash uchun qulay sharoit yaratish atrof
-
muhit, yerdan foydalanishni to‘g‘ri o‘zgartirish, shakllantirish
yoki saqlash hamda qulay
muhit yoki yerdan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshirish chora
-tadbirlari
davlat va mahalliy davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lishi kerak”ligi belgilab qo’yilgan.
O‘zbekistonda esa faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo‘jaliklarida xodimlarga
zarur mehnat va dam olish sharoitlari yaratish masalalariga yetarli e’tibor berilmasligi,
ya’ni, dala shiyponlarining mavjud emasligi, dala chetlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari
ekilmaganligi, parrand
a va sog‘in sigirlar boqish yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida mavsum
davomida mehnat qiladigan suvchi, mexanizator, ishchi va hasharchilarning mehnat
unumdorligi pasayib bormoqda. Bunda zarur darajada nazoratning yo‘qligi sababli dala
chetlarini ekin ekmasd
an qoldirib ketish, sug‘orish va kollektor
-drenaj tarmoqlarini
tozalashdan chiqqan unumdor tuproqlarni yer maydonlariga qo‘shish tizimi yo‘qligi
natijasida ekin maydonlari qisqarib bormoqda. Buning oldini olish maqsadida 2018-yilda
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Fermer xo‘jaliklarining yer
uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha daromad olishni tashkil
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
264
qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 25
-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda fermer
xo‘jaliklari faoliyati qayta tatbiq etilishi va sug‘orish tizimida salmoqli harakat olib
borilishi ko‘zda tutilgan.
“Davlat agrar siyosati qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarni barqaror rivojlantirishga
qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismidir. Qishloqlarning
barqaror rivojlanishi deganda ularning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning ko‘payishi, qishloq xo‘jaligi samaradorligining
oshishi, qishloq aholisining to‘liq bandligiga erishish va ularning turmush d
arajasini
oshirish tushuniladi va
yerdan oqilona foydalanish ham ko‘zda tutiladi”.
Rossiya Federatsiyasining qishloq xo‘jalik qonunchiligiga davlat agrar siyosatining
asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
1)
Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va Rossiya qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqaruvchilarining raqobatbardoshligini oshirish, Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarining
sifatini ta’minlash;
2)
qishloqlarning barqaror rivojlanishini, qishloq aholisining bandligini ta’minlash,
turmush darajasini o
shirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan xodimlarning
mehnatiga haq to‘lash;
3)
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tabiiy
resurslarni saqlash va qayta ishlab chiqarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xoma
shyo va
oziq-ovqat mahsulotlarining samarali faoliyat yuritadigan bozorini shakllantirish, bu
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining rentabelligini oshirish va infratuzilmani
rivojlantirishni ta’minlash;
5) qulay investitsiya muhitini yaratish va qis
hloq xo‘jaligi sohasida investisiyalar
hajmini oshirish;
6)
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xomashyo narxlari indeksi va qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqaruvchilari tomonidan foydalaniladigan sanoat mahsulotlari (xizmatlari)
narxlari indeksi (ta’riflari) monitoringi va bunday narxlar (ta’riflar) indekslarining foizini
saqlash va yer unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish chora
-
tadbirlarini davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlash.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasining qishloq xo‘ja
lik yerlarini muhofaza
qilishga qaratilgan qonunchiligida ekologik muvozanatni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi
yerlarini muhofaza qilish, ularning unumdorligini oshirishga qaratilgan davlat siyosatini
amalga oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqar
uvchilari davlat dasturida
belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, barcha davlatlarning budjetlari
hisobidan o‘g‘itlardan foydalanishni rag‘batlantirish uchun davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlanadi. Rossiya Federatsiyasi qonunlarida belgilangan vakolatlarga muvofiq
Rossiya Federatsiyasi budjet tizimining darajalari bozor o‘zgarishlari davrida fermer
xo‘jaliklari umuman xalq xo‘jaligining, xususan, ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining
ajralmas qismiga aylandi.
Ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirish, shuningdek,
qishloqning ijtimoiy muammolarini hal etish va qishloq hududlarini barqaror
rivojlantirishdan iborat asosiy iqtisodiy vazifalardan birini bajaradi. Shu bilan birga,
fermer xo‘jaliklari o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jar
ayonida bir qator xarakterli
muammolarni boshdan kechirmoqda, ularni samarali davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlashni tashkil etish orqali hal etish mumkin. Milliy loyihalarni amalga oshirishda
qishloqlarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, bozor vosital
arini shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat dasturlarini ishlab chiqishda qishloq xo‘jaligini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
265
rivojlantirish siyosatining eng muhim yo‘nalishlari belgilab beriladi. Keyingi yillarda
davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan izchil qo‘llab
-quvvatlash samarasida agrosanoat
majmuasi barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. Fermer xo‘jaliklarining ulushi ham
bosqichma-
bosqich o‘sib bormoqda –
2011-
yilda fermerlarning qishloq xo‘jaligi
sanoatiga qo‘shgan hissasi 8,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020
-yi
lda bu ko‘rsatkich
14 foizni tashkil qilgan.
Rossiya qishloq xo‘jaligi bankining prognozlariga ko‘ra, yaqin
4-6 yil ichida agrosanoat kompleksidagi fermerlarning ulushi 18-20% gacha oshadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tadbirkorlikni rivojlantir
ish uchun har yili federal
budjetdan 90 milliard rublgacha mablag‘ ajratiladi.
Fermer xo‘jaligini davlat tomonidan
qo‘llab
-quvvatlashning asosiy maqsadlaridan biri bu Rossiyada hozirda qariyb 40 million
gektar bo‘lgan tashlandiq yerlar muammosini hal qilish bo‘lib qolmoqda.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlari fermer
xo‘jaliklari faoliyatini yaxshilash, qishloqlarni obodonlashtirishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlanayotgan kuchli fermer xo‘
jaligini
rivojlantirishning muhim omilidir.
Viloyatda davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlashning
ustuvor chora-
tadbirlaridan biri qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda yangi boshlanuvchi
fermerlarga ko‘maklashishga qaratilgan “Agrostartup” grantidir. Grantni ro‘yxatdan
o‘tgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari, shuningdek Federal Soliq xizmatida dehqon xo‘jaligi
sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari olishlari mumkin.
Grantni
yo‘naltirish mumkin bo‘lgan maqsadlar fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘
jaliklari
faoliyatidir. Shunga ko‘ra, Rossiyada ham agrosanoatni rivojlantirishga alohida ahamiyat
berilmoqda.
Ko‘plab qulayliklar yaratilmoqda bunday imkoniyatlar nafaqat Rossiya, balki
qator Yevropa mamlakatlarida ham amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jal
igida yerlarning samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda
ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sug‘oriladigan maydonlarning
unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat
dasturlari doirasida
keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirish
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019
-yil 17-iyunda qabul qilingan
“Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni ham asosiy hujjatlardan biri bo‘ldi.
Ushbu farmonga muvofiq:
–
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish,
yerga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi ijaraga berish huquqi berildi;
–
mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir
qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi
asosida sarf etilgan mablag‘larning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli yetkazilgan
zararning o‘rni to‘liq
qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi.
Farmon va qonunlar asosida yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga
yetarlicha ahamiyat berilgan, misol tariqasida fermer xo‘jaliklariga yerlarini ikkilamchi
ijaraga bera olish huquqini olishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va
o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga 242
-modda kiritildi.
Unga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi
shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
266
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga
ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda
tutilgan hollar mustasno.
Foydalanishga
kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini
ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 241-moddasida
nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan ye
r uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq
bo‘lishi mumkin emas.
Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi
-
sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’yekti bo‘lishi mumkin emas.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljall
angan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish
shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi hamda shartnoma bilan
mustahkamlanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik
uchun haq undirish tartibi va miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq ikkilamchi ijara
shartnomasida belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish
shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi
lozim,
deb belgilab qo‘yildi.
Ushbu holatda fermer mas’uliyatning bir qismini ijarachiga ham yuklaydi. Ya’ni
sug‘orilishi murakkab yoki hududi katta bo‘lgan fermer xo‘jaliklarini ijaraga berish bo‘sh
yotgan yerlardan hosil olish imkoniyatini, qolaversa qishloq aholisini ish bilan
ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu vaziyatda ijarachi va ijaraga beruvchi
ham manfaatdor bo‘lishadi, o‘z
-
o‘zidan bu holat mamlakat iqtisodiyoti va oziq
-ovqat
xavfsizligini ta’minlashda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Biroq fermer
xo‘jaliklarida yerdan samarali foydalanishning barcha muammolari
hali to‘liq yechilgani yo‘q. Qonunchiligimizda yerdan foydalanishda samaradorlikni
oshirish uchun fermerlarga kutilgan darajada keng imkoniyatlar to‘laligicha ko‘zga
tashlanmaydi. Misol tari
qasida yillik rejalarni ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Har bir hudud
hokimiyatlari tomonidan yiliga qanchadir miqdorda paxta, g‘alla, sholi va boshqa
mahsulotlar yetishtirish majburiyati fermerlar oldiga qo‘yiladi. Biroq aynan shu ekinlar
o‘stirilishi belgilangan hududning tuprog‘i hamda sug‘orish tizimi ushbu rejani bajarishga
to‘g‘ri kelishi har doim ham mukammal o‘rganilmaydi. Ma’lumki, respublikamiz hududi
quyoshli, mintaqaning shimoli sharqiy qismlaridan farqli o‘laroq, janubiy g‘arbiy
qismlarida suv taqsimoti iyul-
avgust oylarida ancha taqchil bo‘lib, suvdan foydalanishda
hududlar kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Bu kelishuvni aynan bir tuman miqyosida
olib qarasak, suv keluvchi asosiy daryodan xo‘jaliklarga boruvchi kanallar ma’lum
muddat bir fermer x
o‘jaligi tomonidan foydalanilsa, ma’lum muddat boshqasi tomonidan
foydalaniladi. Bunday xo‘jaliklardan bir emas bir nechtasi topiladi, bu orada bir
xo‘jalikning suv olishini kutib turgan xo‘jaliklarning ekinlari quyoshga bardosh bera
olmay o‘simlikning o‘sish tezligi, hosil miqdori va yerning namlik darajasiga salbiy ta’sir
yetadi. To‘g‘ri, ba’zi hududlarda paxtalar va ekinlar toza suv kranlari orqali ham
sug‘oriladi, biroq bu ham O‘rta Osiyoda tabiiy kamayib borayotgan toza ichimlik suvi
zah\xiralariga sal
biy ta’sir ko‘rsatadi. Muammolardan yana biri ko‘r
-
ko‘rona boshqa
Yevropa davlatlari tajribasidan foydalanishdir. Hammaga ma’lumki, Yevropa
mamlakatlarida yerning namlik darajasi yuqori, buning ustiga yomg‘irlar mavsumi
bizning mintaqadan ko‘ra ko‘proq dav
om etadi. Shu sabab yerning namlik darajasi oshib
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
267
u zaxlab ketmasligi uchun shimoliy mamlakatlar tomchilab sug‘orish usulidan
foydalanishadi. Tomchilab sug‘orilganda suv ko‘p sarflanmaydi, suv faqat o‘simlik ildiziga
yetib boradi va ortiqcha suv yerga sing
maydi, bu esa shundoq ham namlik darajasi ko‘p
bo‘lgan yerlarning yanada namlanib va sho‘rlanib ketishining oldini oladi. Aynan shu
tajriba bizning mamlakatda ham qo‘llanildi. Buni qo‘llash samarasiz emas, biroq dasht
hududlarida joylashgan suvsiz quruq la
lmi yerlarga bu usulni qo‘llash qanchalik to‘g‘ri?
Yer juda quruq bo‘lganligi bois tomchilab sug‘orishga
asoslangan tizimda o‘simlik
poyasiga suv yetib bormasdan turib, bor namlik lalmi yerning bag‘riga singib ketadi.
Tajribalarning ko‘pchiligi ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, ularning ma’lum qismi salbiy tasir berishi
ham mumkin. Buning ustiga eksterritorial suvlarning holati ham Osiyo mintaqasida
havas qilarli darajada emas, sababi biz foydalanayotdan daryolardan biz bilan bir paytda
boshqa davlat xo‘jaliklari uc
hun ham foydalaniladi. Suv va yer masalalari uzviy bir-biriga
bog’liq ekan, huquqiy jihatdan normalar va ilg‘or tajribalarni qo‘llashdan avval ushbu
yo‘nalishda mutaxassis bo‘lganlar bir muddat ilmiy izlanish olib borishi kerak. Fermer
xo‘jaligida yerlarni
ng samaradorligi va huquqiy holatini oshirish uchun ularning tuzilishi
ham talabga javob berishi kerak. Mamlakatimiz hududida esa Sobiq Ittifoq davrida ko‘r
-
ko‘rona bo‘lib tashlangan xo‘jliklar ham yo‘q emas. Ba’zi xo‘jalik yerlari suv kelishi uchun
qulay
emas, ba’zilari ekin ekish uchun yaroqli hududda joylashmagan. Bu sohada
muammolar yetarlicha qayta-qayta normalar qabul qilish hamisha ham samara
bermasligi mumkin. Avvalo muammoni tub mohiyatini anglab, so‘ng harakat qilish
darkor. Bunda, chorva mollari
boqish uchun mo‘ljallangan yerlarga, qishloq xo‘jalik
ekinlarini ekish holatlari yoki boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari mavjud.
Shu bilan bir qatorda milliy qonunchiligimizga yerdan foydalanish samaradorligini
oshirish borasida qator soha uchun foy
dali normalarni ham ko‘rishimiz mumkin. Vazirlar
mahkamasining 95-
sonli “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan
sug‘orish texnologiyalarini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorida yer
samaradorligini oshirish borasida suvdan tejamli tarzda
foydalanishning yangicha uslublaridan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan Fermer xo‘jaliklariga
qator subsidiyalar ajratilganligi keltirib o‘tilgan. Qarorning 3
-bandida suvni tejaydigan
sug‘orish texnologiyasini joriy qilib subsidiya olgan qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqaruvchilari ushbu texnologiyani:
•
ikkinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 80 foiz;
•
uchinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 60 foiz;
•
to‘rtinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 40 foiz;
•
beshinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 20 foiz qismini subsidiya bergan
vazirlik va idoraga belgilangan tartibda qaytaradi.
Agar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani besh yil davomida
to‘liq foydalansa berilgan subsidiya unda to‘liq qoldirila
di.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimiz
singari Yaponiya va Italiyada tog‘li hududlarda fermer xo‘jaliklarini tashkil etishda
berilgan subsidiyalar singari bizda ham sug‘orishning yangi milliy uslublaridan
foydalangan qishloq xo‘jaligi sub’yektlarining faoliyatida rag‘batlantirish tizimi mavjud.
Sug‘orishning milliy tizimlarini yaratish va yer samaradorligini oshirishda milliy
texnologiyadan foydalanish mamlakat iqtisodi va tabiiy muhiti uchun o‘z samarasini
beradi. Shuning bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikas
i Yer kodeksining
84-
moddasida keltirib o‘tilgan yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda
ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati qishloq xo‘jaliklari subyektlarining
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
268
yerdan foydalanish borasidagi harakatlarini izchil nazorat qi
lishi aytib o‘tilgan. Biroq
modda mazmumidan ushbu jamoat nazoratchiligi o‘z nazoratini o‘z vakolatlari
doirasidagina amalga oshirishga haqliligi tushuniladi. Demak, qishloq xo‘jalik
sub’yektlarining faoliyatiga to‘xtovsiz aralashish ularning yaratuvchanli
k, sifatli qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yaratish qobiliyatiga putur yetkazishi mumkin. Har bir yangilanish
unga erkin muhit yaratilgandagina paydo bo‘lishini hisobga olib amaldagi qonunchilik
tarkibiga fermer xo‘jaliklarida yerdan foydalanish samaradorlig
ini oshirishda erkinlik
berilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Yer kodeksida fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan
yerlarning eng ko‘p ulushi paxta yetishtirish uchun ajratilishi nazarda tutilgan. Aynan
mana shu holatda yerda yillar mobaynida mehnat qilib kelayotgan dehqonlarning fikrini
tinglab ko‘rish lozim, sababi ular har qanday tadqiqotchi olimdan ham yaxshiroq
tushunadi, o‘z hududida qayta
-qayta paxta ekish yoki boshqa mahsulotlarni yetishtirishni
sinab ko‘rish kerakligini.
Xulosa qilib aytadigan bo‘ls
ak, Yaponiya, Rossiya, Italiya singari iqtisodi
rivojlangan va bu rivojlanishda o‘zining yetakchi samarasiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
yangiliklarini o‘z mamlakatimizda sinab ko‘rish lozim, biroq bu sinov ko‘r
-
ko‘rona amalga
oshirilmasligi maqsadga muv
ofiq bo‘ladi. Sababi bizning yerlar Uzoq Sharq va shimoliy
hududlarning unumdor tuproqlaridan tubdan farq qiladi. Keltirib o‘tilgan davlatlarning
barchasida deyarli yog‘ingarchilik yaxshi, yomg‘ir va qorning yetarliligi bois, har yili yer
o‘z qa’riga yetarlicha suvni g‘amlab zaxira qila oladi. Biroq bizning mintaqa janubiy
hudud bo‘lganligi bois, bizda ilg‘or mamlakatlarning barcha tajribalarini ham sinab ko‘rib
bo‘lmaydi. Bundan tashqari mamlakat hududida ulkan suv havzalari ham yetarlicha
emas, borlari ha
m transchegaraviy suvlar va biz xohlaymizmi yo‘qmi suvdan boshqa
chegara mamlakatlar bilan murosa qilib foydalanishimizga to‘g‘ri keladi. Biroq,
respublikamizda ham issiqlik yuqori va namlik darajasi past bo‘lgan davlatlar tajribasini
qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida qo‘llash
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Buning uchun qishloq xo‘jalik yerlaridan foydalanishda quyidagilarni hisobga olish
maqsadga muvofiq:
Birinchidan,
aholi soni ortishi va urbanizatsiyalshish darajas
ining o‘sishi natijasida
qishloq xo‘jaligida mehnat qiladigan insonlarning kamayishi, shuningdek shahar
aholisining oziq-
ovqatga bo‘lgan talablarining ortishi;
Ikkinchidan,
qishloq xo‘jalik maxsulotlarining yangi navlari va turlarini yaratishdan
ko‘ra yerga ishlov berish texnalogiyalarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojning
ko‘payib borishi;
Uchinchidan,
qishloq xo‘jalik sohasidan yangi innovatsion texnalogiyalardan
foydalanish va bu borada tadqiqotlar olib borish tizimlarini takomillashtirish;
To‘rti
nchidan,
qishloq xo‘jalik korxonalarining yangi innavatsion texnalogiyalardan
foydalangan holda sifatli maxsulot yetishtirish faoliyatini rag‘batlantirish va
subsidiyalashning zamonaviy mexanizmlarini yaratish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Agricultural Cooperative Law of Japan. www.
э
colex.org (https://www.
э
colex.org/
details/legislation/agricultural-cooperative-law-of-japan-lex-faoc163836/).
2.
https://www.statista.com/statistics/1276355/japan-land-use-distribution-by-
category/Statista (https://www.statista.com/statistics/1276355/japan-land-use-distribution-by-
category/).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2022) / ISSN 2181-1415
269
3.
Land use Japan.pdf page 5-12.
4.
Basic Act for Land (Act No. 84 of 1989). | UNEP Law and
Э
nvironment Assistance
Platform.
5.
https://leap.unep.org/countries/jp/national-legislation/basic-act-land-act-no-
84-1989.
6.
Федеральный закон о развитии сельского хозяйства
–
Российская газета
https://rg.ru/documents/2007/01/11/selhoz-dok.html
7.
Черданцев В.П., 2021. Московский экономический журнал, 2021,
№ Кибер
Ленинка (https://cyberleninka.ru/article/n/rol
-fermerskih-hozyaystv-v-
razvitii-selskih-territoriy).
8.
Черданцев
В.П., 2021. Московский экономический журнал, 2021, № 12.
9.
Тухташев, Х. 2021. Научно
-
теоретические взгляды на определение
правового статуса фермерского хозяйства.
Общество и инновации. 2, 5/S (июн.
2021), 269
–
277. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp269-277.
10.
Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020
-y., 03/20/639/
1342-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son.
11.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022
-y., 09/22/153/0266-son;
08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son.
