Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Place and role of the All-Khorezm kurultais of people
’
s
representatives in strengthening the Soviet system in the
KhPSR (1920
–
1924)
Khusanboy MUMINOV
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2023
Received in revised form
15 February 2023
Accepted 15 March 2023
Available online
25 April 2023
The article discusses the formation of the Khorezm People
’
s
Soviet Republic (KhPSR) on the site of the former Khiva
khanate, the socio-political situation in the republic, the
organization of power, the strengthening of the Soviet system
and the place and role of kurultais of the people's
representatives of All Khorezm in these processes, also
highlights the issues related to the activities of these kurultais
as the highest authority of the republic in 1920
–
1924.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Khanate of Khiva,
Khorеzm People Soviet
Republic,
kurultay,
people’s representatives,
opposition,
Revolution committee,
constitution,
resolution.
XXSRda sovet tuzumini mustahkamlashda butun xorazm
xalq vakillari qurultoylarining o‘rni va roli (1920–
1924)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Xiva xonligi,
Xorazm Xalq Sovet
Respublikasi,
qurultoy,
xalq vakillari,
muxolifat,
Inqilobiy Komitet,
konstitutsiya,
rezolyutsiya.
Maqolada sobiq Xiva xonligi o‘rnida XXSRning tashkil topishi,
respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, hokimiyatning tashkil
etilishi, sovet tuzumining mustahkamlanishi va bu jarayonlarda
Butun Xorazm xalq vakillari
qurultoylarining o‘rni va roli,
shuningdek, 1920
–
1924-
yillar oralig‘ida respublikaning oliy
hokimiyat organi sifatida mazkur qurultoylarning faoliyatiga
doir masalalar yoritilgan.
1
Associate Professor, History of Uzbekistan Department, Andijan State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
2
Место и роль всехорезмских курултаев народных
представителей в укреплении
советского строя в ХНСР
(1920
–1924 гг.)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Хивинское ханство,
Хорезмская Народная
Советская Республика,
курултай,
народные представители,
оппозиция,
Революционный комитет,
конституция,
резолюция.
В статье рассматривается образование ХНСР на месте
бывшего Хивинского ханства, общественно
-
политическая
ситуация в республике, организация власти, укрепление
советского строя, место и роль курултаев народных
представителей Всехорезма в этих процессах, а также
освещены
вопросы,
связанные
с
деятельностью
этих курултаев как высшего органа власти республики
в 1920–1924 гг.
1917-
yilda Rossiyada yuz bergan siyosiy o‘zgarish Turkiston o‘lkasi va Buxoro
amirligida bo‘lgani kabi Xiva xonligining
ijtimoiy-
siyosiy hayotiga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatdi.
Xonlikda bu davrga kelib, siyosiy muxolifat kuchlar
–
“Yosh xivaliklar” firqasi
(partiya)
faoliyat ko‘rsatayotgan
edi. 1914-yilda jadid vakillari tomonidan tuzilgan bu
firqaning safida milliy ziyolilar, hunarmand, dehqon, savdogarlar, islom ulamolari va
ayrim davlat amaldorlari bo‘lgan. U
ning dasturida xon hokimiyatini cheklaydigan
islohotlar o‘tkazish, mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish, xalqni ma’rifat
li
qilish va rivojlanish kabi vazifal
ar o‘rin olgan. Biroq ularning mamlakatdagi siyosiy
tuzumni o‘zgartirish, ya’ni monarxiya tuzumiga qarshi qaratilgan dastlabki kurashi
muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Ma’lumki, 1919–
1920-yillarda sovet hukumati boshchiligida Turkiston
bolsheviklari va Turkiston ASSR hukumati qizil armiya yordamida Xiva xonligi va Buxoro
amirligi
hududlarini bosib olish va ularni tugatish, bu davlatlar o‘rniga inqilobiy
hukumatlarni tashkil etishga kirishdi.
Sovet qo‘shinlari 1919
-yil 25-dekabrda mustaqil
davlat
–
Xiva xonligi hududiga bostirib kirdi. 1920-yil 1-fevralda xonlik poytaxti Xiva
jangsiz ishg‘ol qilingan. Shu kuni Xiva xoni Said Abdullaxon qizil askarlar va yosh
xivaliklar talabi bilan taxtdan voz kechganligi to‘g‘risidagi manifestni imzoladi. 2
-fevralda
manifest x
alqqa o‘qib eshittirildi va majlis chaqirilgunga qadar hokimiyat –
Muvaqqat
inqilobiy hukumat (qo‘mita)
qo‘liga o‘tganligi e’lon qilindi [1. B.
214].
Endilikda sobiq xonlikda amal qilgan monarxiya tuzumi barham topdi va uning
o‘rniga davlat
boshqaruvining respublika shaklini qaror topishida Butun Xorazm xalq
vakillarining qurultoylari muhim rol o‘ynadi. XXSR davlat boshqaruvi tizimida siyosiy
hokimiyat uchun mavjud kuchlar o‘rtasida raqobat avj olgan bir paytda ushbu
qurultoylar o‘z faoliyati
bilan ajralib turdi. Bu qurultoylar Xorazm kommunistik partiya
s’
yezdlaridan farq qilib, respublikalarning oliy hokimiyat organi sifatida butun davlat
boshqaruvini olib borgan.
Butun Xorazm xalq vakillarining I ta’sis qurultoyi
1920-yil 26
–
30-aprel kunlari
Xiva shahrida (Nurullaboy saroyida) bo‘lib o‘tdi. Unda 200 ga yaqin delegat ishtirok etib,
qurul
toyning kun tartibiga quyidagi masalalar qo‘yildi:
mavjud holat bo‘yicha ma’ruza,
Muvaqqat inqilobiy hukumatning ma’ruzasi, Xorazm davlatining Asosiy qonunin
i qabul
qilish, moliyaviy siyosat, harbiy ishlar, xalq maorifi va hukumat saylovlari masalalari
[2. B. 496
–
497].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
3
Mazkur ta’sis qurultoyda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzildi. Bu davlat
tuzumi jihatidan xalq demokratik respublikasi edi.
Yangi tuzilgan davlat “sovet
respublikasi” bo‘lishiga qaramasdan, unda dastlabki islohotlar demokratik o‘zgarishlarga
qaratildi. Xususan, 1920-yil 30-aprelda qurultoy XXSRning birinchi Muvaqqat
Konstitutsiyasini qabul qildi. Xorazm tarixidagi birinchi Kons
titutsiya kirish so‘zi, XIII
bob, 37-moddadan iborat edi. Unda ilk marotaba keng xalq ommasining siyosiy huquqlari
tenglashtirildi. Bu qurultoyda 15 kishidan iborat XXSR hukumati
–
Xorazm Xalq Nozirlar
Soveti (rais Polvonniyoz Hoji Yusupov) tuzildi [3. -B.77].
Butun Xorazm xalq vakillarining II qurultoyi 1921-yil 15
–
23-may kunlari Xiva
shahrida (Nurullaboy saroyida) bo‘lib o‘tdi. Unda 239 ta deputat ishtirok etdi [4. B. 30].
Kun tartibi
: Markaziy saylov byurosi va Inqilobiy komitetning (Revkom) ma’ruzasi, x
alq
xo‘jaligi bo‘yicha ma’ruza, harbiy masala, joylardan ma’ruzalar, yer va suv masalasi,
maorif va madaniyat, moliya, milliy masala, XXSR Konstitutsiyasi, RSFSR bilan Ittifoq
shartnomasi, Xorazm Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini saylash kabi masalalar
dan iborat
bo
‘
ldi [5. B. 11].
Butun Xorazm xalq vakillarining II qurultoyida XXSRning Konstitutsiyasi qayta
ko‘rib chiqilib, unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi (yangi tahrir –
Kirish,
XIII bob, 42-
moddadan iborat bo‘ldi). Jumladan, qurultoyning nomi ham o‘zgartirildi.
Dastlab u “Xalq vakillarining qurultoyi” deb nomlangan bo‘lsa, endi 6
-
moddaga ko‘ra,
“Mehnatkash xalq Sovetlarining s’
y
ezdi (Qurultoyi)” deb yurit
i
ladigan bo‘ldi.
Xorazmliklarning saylov huquqlari ham ancha cheklandi. Muzkur qurultoyda birinchi
Xorazm Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi saylanadi. Saylangan 7 a’zodan doimiy ish olib
boruvchi davlat hokimiyatining oliy organi
–
MIQ Prezidiumini (rais
–
Muhammadrayim
Olloberganov) tuzadi. Shu bilan birga, respublikada ijro etuvchi organ
–
Xorazm Xalq
Nozirlari Soveti (rais
–
qoraqalpoq Menglixo‘ja Ibniyaminov) ham tashkil etiladi
[6. B.188]. Lekin Xorazm XNS tarkibida qisqarishlar yuz berdi.
Butun Xorazm xalq vakillarining III qurultoyi 1922-yil 15
–
23-iyul kunlari Xiva
shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu
qurultoyda quyidagi masalalar muhokama qilinadi: umumiy
siyosiy holat bo‘yicha ma’ruza, Xorazm MIQning hisobot ma’ruzasi, Xorazm XNSning
hisobot ma’ruzasi, Davlat nazorati ma’ruzasi, Nozirlar (ich
ki ishlar, maorif, tashqi ishlar,
adliya, iqtisodiy sovet) axboroti, yer masalasi, Moliya nozirligi faoliyati, kelgusi yil uchun
yangi moliyaviy siyosat va budjet masalasi, Oziq-ovqat nozirligi faoliyati va (natura) soliq
to‘g‘risida, milliy masala, XXSRni
ng yangi Konstitutsiyasi nashri, Xorazm MIQga saylovlar
[7. B. 87].
Butun Xorazm xalq vakillarining IV qurultoyi 1923-yil 17
–
20-oktabr kunlari Xiva
shahrida faoliyat olib bordi [8.]. Uning kun tartibi:
Xorazm MIQ hisobot ma’ruzasi,
Nozirlari Soveti va Iqti
sodiy Sovetning qo‘shma axboroti, xalqaro vaziyat va Xorazmda
sovet qurilishi, Xorazmda Kompartiyaning roli va vazifasi, yer-suv munosabatlari va bu
masala bo‘yicha sovet hukumatining vazifalari, savdo
-
sanoat bo‘limi va harbiy
boshqarmada tekshirish bo‘yic
ha axborot, Konstitutsiya, Xorazm MIQga saylovlar,
joylardagi mavjud tadbirlar haqida ma’ruzalar, Maorif nozirligining ma’ruzasi, vaqflar
haqida ma’ruza [9. B. 13].
Butun Xorazm xalq vakillarining IV qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik
Respublikasi (XSSR)ga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu o‘zgarishlar yangi
tahrirdagi Konstitutsiyada ham aks etdi. Xususan, 1923-yil 20-oktabrda XSSRning 5 ta
bo‘lim
va XII bob, 46-moddadan iborat yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Afsuski, bu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
4
Konstitutsiya mamlakatning faqat sotsialistik qurilish yo‘liga o‘tishini qonun yo‘li bilan
mustahkamladi. Unga muvofiq, yerning xususiy mulk ekanligi bekor qilindi, vaqf mulklari
Maorif nozirligi ixtiyoriga berildi. Qozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil
qilindi [10. B. 176]. Shu tarzda 1923-yil oktabr oyidan boshlab, sovet hukumatining
tazyiqi ostida mamlakatdagi demokratik o‘zgarishlarga chek qo‘yildi.
Butun Xorazm xalq vakillarining V qurultoyi 1924-yil 29-oktabr
–
2-noyabrda Xiva
shahrida o‘tkazildi.
Qurultoyning kun tartibi: Xorazm SSR hukumatining hisobot
ma’ruzasi, milliy hududiy chegaralanish, moliya va soliq siyosati, kooperatsiya, savdo
-
sotiq, irrigatsiya, maorif va saylov masalalari [11. B. 348].
Ushbu V qurultoyda O‘rta Osiyo milliy hududiy chegaralanish o‘tkazilishi
munosabati bilan Xorazm SSR tugatilishi e’lon qilindi. Xorazm SSRning o‘zbeklar
yashaydigan 23 ta tumani yangidan tashkil qilingan O‘zbe
kiston SSR tarkibiga Xorazm
viloyati qilib kiritildi. Respublikaning qolgan hududlari Turkmaniston SSR va Qoraqalpoq
muxtor viloyatiga qo‘shildi. 1924
-yil 23-noyabrda XSSR MIQ va 30-noyabrda Xalq
Nozirlar Soveti o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 1924
-yil 18-noyabr Buxoro SSR, Turkiston ASSR
va Xorazm SSR MIQlari bilan birgalikdagi qo‘shma qarori asosida o‘z vakolatlarini (rais –
F.
Xo‘jayev) O‘zbekiston SSR Muvaqqat Inqilobiy Qo‘mitasiga topshirdi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, 1920
–
1924-
yil oralig‘ida Butun
Xorazm xalq
vakillari qurultoylari besh marotaba chaqirildi. Qurultoylarda respublikaning ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga doir muhim masalalar hamda jamiyatni
demokratlashtirish borasida ko‘plab ishlar qilingan. Qurultoylarning muhokamalar
asosida qabul qilingan qarorlari respublikaning davlat boshqaruvi tizimini o‘zgartirib,
xalqning ijtimoiy hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Lekin yo‘l qo‘yilgan ayrim xato va
kamchiliklar, ayniqsa, sovet hukumatining doimiy aralashuvi mazkur xalq vakillari
qurultoylari faoliyatining yakunlanishiga olib keldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
Shamsutdinov
R. O‘zbеkiston tarixi: o‘quv qo‘llanma / Shamsutdinov
R.,
Mo‘minov
H.
–
T.: Ochun, 2021.
2.
Съезды Советов советских социалистических республик. Сборник
документов (1917–
1922
гг.
). II-
том. –
М
.:
Юридическая литература, 1960.
3.
EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume 7,
Issue 6, June 2022.
4.
Маткаримов
М. Хоразм Республикаси: давлат тузилиши, нозирлари ва
иқтисоди. –
Урганч: 1993.
5.
История Хорезмской Народной Советской Республики (1920
-1924).
Сборник документов. –
Т.: Фан, 1976
.
6.
Ражабов
Қ. Бухоро ва Хоразм Халқ Республикалари: давлатчиликнинг
демократик шакллари. // Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. –
Т.: Шарқ,
2001.
7.
Мўминов
Х.М. ХХ асрда совет тузумини мустаҳкамлашда Бутун Хоразм халқ
вакиллари қурултойларининг ўрни ва роли (1920–1924 йиллар)
//
ҚарДУ
хабарлари. 2021. Махсус сон.
8.
Туркестанская правда.
–
№ 226. 24 октября 1923 г.
9.
Съезды Советов
союзных и автономных
советских социалистических
республик Средней Азии. Сборник документов (1923–
1937
г.г
.).
Т.
VII.
–
М
.:
Юридическая литература, 1965.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
5
10.
Ўзбекистон тарихи (1917–1991 йиллар) [Матн]. К.1. Ўзбекистон
1917
–1939 йилларда / масъул муҳаррирлар: Р.
Абдуллев, М.
Рахимов, Қ.
Ражабов. –
Т.: O‘zbеkiston, 2019.
11.
История Хорезмской Народной Советской Республики. Сборник документов.
–
Т.: Фан, 1976.
