Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
From the history of the court system of Uzbekistan
Omadjon KODIRJONOV
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2024
Received in revised form
28 February 2024
Accepted 20 March 2024
Available online
15 April 2024
Since the independence of the Republic of Uzbekistan, the
judiciary has been formed as a separate, independent authority.
Through this, an independent div was created that obeys only
the law and protects the interests of citizens.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3/S-pp110-113
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
court,
repression,
party,
secretary,
prosecutor,
Union Republic.
O‘zbekistonning sud tizimi tarixidan
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sud,
qatag‘on,
partiya,
kotib,
prokuror,
Ittifoqdosh respublika.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lgan
vaqtdan boshlab sud hokimiyatini alohida, mustaqil hokimiyat
qilib shakllantirilishi haqida fikrlar bayon etilgan. Shuningdek,
faqat qonunga
bo‘ysunuvchi va fuqarolar manfaatlarini himoya
qiluvchi mustaqil organ to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Из истории судебной системы Узбекистана
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
суд,
репрессии,
партия,
секретарь,
прокурор,
Союзная республика.
С момента обретения независимости Республики
Узбекистан судебная власть выделилась в отдельный,
независимый орган власти. Это позволило создать орган,
который
подчиняется
исключительно
закону
и
обеспечивает защиту интересов граждан.
1
Student, History faculty, Andijan State University.
2
Scientific supervisor: Associate Professor, Department of History of Uzbekistan, Andijan State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
111
Mustaqillik sharofati bilan dunyodagi yetakchi demokratik davlatlarning eng ilg‘or
tajriba va yutuqlarini o‘zida mujassam etgan hamda O‘zbekiston xalqi manfaatlariga
xizmat qiluvchi milliy boshqaruv tizimi joriy etildi. Demokratik tamoyillar asosida
respublikamizda davlat boshqaruv tizimi qaytadan yaratilishi bilan qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyati qaror topdi. Bunda sud hokimiyati boshqa ikki
hokimiyatdan farqli o‘laroq siyosiy partiya va tashkilotlardan mustaqil qilib
shakllantirildi. Sobiq Sovet davrida esa sudlarning to‘la mustaqil organga aylanishiga va
siyosiy kuchlarning sud organidan siyosiy raqiblardan qutulish quroliga aylanishi oldi
olinmaganligi sababli ko‘plab qatag‘onlar amalga oshirilgan edi. O‘zbekiston
Respublikasida esa o‘tmishning bunday “tajriba”ga barham berilib, fuqarolarning siyosiy
qarashlari erkinligi to‘la ta’minlandi.
TADQIQOT METODLARI
Ushbu maqola tarixiy tadqiqotlarning ilmiy obyektivlik, mantiqiy izchillik, qiyosiy
tahlil, xronologik izchillik kabi usullari asosida yozildi.
NATIJALAR
Sud xalqaro miqyosda tan olinuvchi alohida hokimiyat organi hisoblanadi. Shu
o‘rinda sud terminiga to‘xtaladigan bo‘lsak, jahon miqyosida unga turlicha izohlar
beriladi. Xususan, “Encyclopædia Britannica” ingliz universal ensiklopediyasiga ko‘ra, sud
terminiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Sud –
bu sud, fuqarolik, jinoiy, diniy yoki harbiy
ishlar bo‘yicha nizolarni ko‘rish va hal qilish uchun sud vakolatiga ega bo‘lgan shaxs yoki
shaxslar organi” [1]. “Oxsford Languages” lug’atida esa quyidagicha ta’rif beradi:
“fuqarolik va jinoiy holatlar bo‘yicha sud vazifasini bajaruvchi sudya raisligidagi guruh,
sudya yoki hakam” [2]. “Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarning izohli lug‘ati”da esa sudga
quyidagi ta’riflar beriladi. 1. “Jinoiy ishlarni yoki fuqarolarning da’volari ko‘rib chiqib
qonun asosida tegishli hukm chiqaruvchi amaldagi qonunchilik organi va u joylashgan
bino”; 2. “Fuqarolik yoki jinoiy ishning shunday organ majlisida ko‘rilishi” [3].
Shuni ta’kidlash lozimki, har bir davlatning o‘z sud hokimiyati mavjud bo‘lib,
ularning vazifasi ushbu davlatlar qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy,
fuqarolik, ma’muriy va boshqa turdagi ishlarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi. Sud bu alohida
hokimiyat bo‘lgani, odil sudlovni amalga oshirishi uchun turli partiya va guruhlardan holi
va mustaqil bo‘lishi kerak. Sud hokimiyati o‘zining uzoq tarixiy rivoji davomida turli
muammolarga duch kelgan bo‘lib, bular orasida eng katta muammo bu sud ishiga turli
siyosiy guruhlarning tasir o‘tkazishi edi. Bu ayniqsa sobiq SSSR tashkil topgach unda
yakka partiyaning hukmronligi o‘rnatilgandan so‘ng suddan partiyaning siyosiy
raqiblaridan qutulish quroliga aylantirgani yaqqol misol bo‘la oladi. Sovet hukumati sud
organini o‘zining terror quroliga aylantirish uchun barcha amaldorlarning yagona partiya
a’zosi bo‘lishlarini kerakligi to‘g‘risidagi talabni kiritdi, bu esa sudya, prokuror, advokat
singari sud ishini amalga oshiruvchi ishchilarning partiya mafkurasi bilan bog‘lanishiga
va partiya buyrug‘ini amalga oshiruvchi tashkilotga aylanishiga olib keldi [4].
Sovet hokimiyatining butun faoliyati davomida sud hukumati “qatag‘onlar”ni
amalga oshiruvchi mashinaga aylandi. Partiyaning g‘oyalariga qarshi chiqqan rahbarlar
esa turli soxta ayblovlar bilan prokuror tergovi asosida sud qarorisiz ham javobgarlikka
tortildi. Sovetlar tomonidan amalga oshirilgan so‘ngi qatag‘onlardan bir bo‘lgan “paxta
ishi” ham partiya hokimiyatini mustahkamlash uchun amalga oshirildi. Bunda ularga sud
huquq tizimi xodimlarining kommunistik partiya a’zolari ekanligi qo‘l keldi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
112
Ma’lumki, sobiq SSSRda barcha rahbar lavozimidagi shaxslar partiya a’zolari
orasidan olingan. Jumladan, sudyalar, prokurorlar va boshqa sud hokimiyati organlari
ham partiya a’zosi bo‘lgan. Biroq shunday bo‘lsa
-
da, aksar “Ittifoqdosh
Respublikalar”dagi ushbu organ vakillarining qarashlari doim ham “markaz”dagilarning
g‘oyalariga mos emas edi. Bu esa ba’zida ittifoqdosh davlatlardagi sud va prokuratura
organlari orasida ham tozalovlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan. Natijasida ko‘plab mahalliy
xodimlar o‘rniga “tajribali sovet xodimlari” yevropalik millat vakillari yoki arman
xodimlari qo‘yildi. Ular odatda mahalliy aholi so‘zlashuvchi tillarni bilmas edi. Sud ishi
sudlanuvchi tushunmaydigan rus tilida olib borildi. Sud tizimidagi bu kamchilik mahalliy
aholining muammolarini ko‘payishiga va noroziliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Yuqoridagilarga misol bo‘la oluvchi holat Leonid Brejnev (KPSS MK birinchi (1964–
66)
va bosh (1966
–1982) kotibi) desentralizatsiyalashdan, ya’ni markazlashgan tizimdan
markazlashmagan tizimga oʻtish yoki oʻtkazish –
federatsiya a’zolarining ichki
huquqlarini kengaytirishdan voz kechgach, KGB boshlig‘i Yuri Andryopovning Markaziy
Osiyodagi korrupsiyaga qarshi kurashish bahonasida mahalliy rahbar xodimlarga qarshi
yangi qatag‘onlarni boshlaydi. Ularning nishoniga dastlab Buxoro ijroiya qo‘mitasi raisi
Muzaffarov va paxta xarid qilish agentligi, o‘zbekistonlik partiya a’zolari, yuzlab turli
darajadagi rahbar xodimlar tushdi [5].
Bu ishni taftish qilish uchun kommunistik partiyaning g‘oyalariga sodiq va partiya
manfaati uchun har qanday qonunlarni aylanib o‘tishga tayyor bo‘lgan T.X.
Gdlyan va
N.V.
Ivanov boshchiligida ishchi guruh yuboriladi. Keyinroq esa hammaga ma’lum bo‘lgan
“paxta ishi”, “qo‘shib yozishlar” masalasi o‘ylab topilib kommunistik partiya
rahbarlarining topshirig‘iga ko‘ra aybdorlarni topish bahonasida O‘zbekistonni mahalliy
kadrlardan tozalash ishlari olib borildi. Vazifasidan olingan rahbar xodimlar o‘rniga,
markazdan yuborilgan xodimlar qo‘yildi [6].
Shu jihatdan sud-
huquq tizimi xodimlari xolis bo‘lishlari uchun turli partiya va
guruhlarning siyosiy qarashlaridan holi bo‘lishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasida
1993-yil 2-
sentyabr Oliy Kengashning XI sessiyasida qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi
qonunning 2-
moddasida “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi
va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan va boshqa jamoat birlashmalaridan
mustaqil holda ish yuritadi”, deb belgilab qo‘yildi [7]. Bu esa sobiq Sovet Ittifoqidan farqli
ravishda O‘zbekiston Respublikasida qisqa vaqt ichida haqqoniy, xolis va boshqa davlat
organlaridan mustaqil, kuchli sud hokimiyati yaratilganligini ko‘rsatib beradi. Bu omil
sababli O‘zbekistonda turli xil guruhlar tomonidan sud ishiga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishga
urinishlar butunlay cheklandi. Sudning haq-huquqlari kengaytirilib, sovet davridagi
prokuraturaga tegishli aksariyat vakolatlar sudga o‘tkazildi yoki prokuraturadan bu
huquqlar olib qo‘yildi. Bu esa tergov jarayonining xolis bo‘lishini ham ta’minladi.
Xullas, 1993-
yildagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 7
-
moddasiga ko‘ra,
“O‘zbekiston Respublikasida sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan
joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi. Sudlov olib borilayotgan tilni
bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la
tanishish va sudlov harakatlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash
huquqi ta’minlanadi”
-
deb ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligidagi
fuqarolarga yaratilgan bu imkoniyatlar fuqarolarning sudga murojaatlarini osonlashtirish
bilan birgalikda odamlarning huquqiy madaniyatining ham oshiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
113
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
https://www.britannica.com/search?query=court
2.
https://languages.oup.com/google-dictionary-en
3.
Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarning izohli lug‘ati. –
Toshkent: “Sharq” nashriyot
-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2001.
–
B.234.
4.
Абдулин Роберт Семенович. Судебное управление как структурно
-
функциональный элемент в системе советского государственного управления //
Genesis: исторические исследования. –
2014.
–
№ 3. –
С. 16
- 36.
5.
Nicklas Norling. Party Problems and Factionalism in Soviet Uzbekistan: Evidence
from the Communist Party Archives.
–
Lithuania: Central Asia-Caucasus Institute & Silk
Road Studies Program, 2017.
–
P.98.
6.
R. Shamsutdinov, X.
Mo‘minov O‘zbekiston tarixi. –
Toshkent: Akademnashr
2019.
–
B.416.
7.
Lex Uz. URL: https://lex.uz/ru/docs/-68425
