Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The role of congresses of Soviets in the system of state
administration of the Turkestan ASSR
Khusanboy MUMINOV
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
This article analyzes the activities of the congresses of the
Soviets of the Turkestan ASSR in 1917
–
1924, as the highest
authority in the system of state administration.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Turkestan ASSR,
Soviets of Workers' and
Soldiers' Deputies,
congress,
delegate,
Bolsheviks,
Mensheviks,
Socialist Revolutionaries.
Council of People's
Commissars (SNK),
Central Executive
Committee (CEC),
Turkestan Soviet Socialist
Republic (TSSR).
Turkiston ASSR davlat boshqaruvi tizimida Sovetlar
syezdlarining o‘rni
ANNOTATSIYA
Kalit
so‘zlar
:
Turkiston ASSR,
ishchi va askar deputatlar
Sovetlari,
syezd,
delegat,
bolsheviklar,
mensheviklar,
Mazkur maqolada 1917
–
1924-yillarda Turkiston ASSR
davlat boshqaruvi tizimida oliy hokimiyat organi sifatida ish
olib borgan Sovetlar syezdlarining faoliyati tahlil etilgan.
1
Doctor of Physical and Historical Sciences, Associate Professor, Department of History of Uzbekistan, Andijan State
University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
508
eserlar.
Turkiston Xalq Komissarlari
Soveti (XKS),
Markaziy Ijroiya Komiteti
(MIK),
Turkiston Sovet Sotsialistik
Respublikasi (TSSR).
Роль съездов Советов в системе государственного
управления Туркестанской АССР
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Туркестанская АССР,
Советы рабочих и
солдатских депутатов,
съезд,
делегат,
большевики,
меньшевики,
эсеры
.
Совет Народных
Комиссаров (СНК),
Центральный
Исполнительный Комитет
(ЦИК),
Туркестанская Советская
Социалистическая
Республика (ТССР).
В данной статье анализируется деятельность съездов
Советов Туркестанской АССР в 1917–1924 гг. как высшего
органа власти
в системе государственного управления.
1917-yilning 27-fevralida Petrogradda yuz bergan demokratik inqilob natijasida
siyosiy tuzumning o‘zgarishi yangi boshqaruv tizimning qaror topishiga zamin berdi.
Rossiyada yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy o‘zgarishlar tez orada Turkiston o‘lkasiga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatdi. Mahalliy aholi uchun erkinlik, siyosiy uyg‘onish, mustaqillik va milliy
muxtoriyatga yo‘l ochildi. Inqilobning ta’siri ostida Turkistonda yangi jamiyatning
asoslari sh
akllanib, davlat hokimiyati va boshqaruvini qo‘lga olish yo‘lida bir qator
siyosiy kuchlar, jumladan, Turkiston qo‘mitasi, o‘lkadagi ishchi va askar deputatlarining
sovetlari, musulmonlar sovetlari o‘rtasida raqobat yuzaga keldi.
TADQIQOT METODLARI
Ushbu maqola tarixiy tadqiqotlarning ilmiy obyektivlik, mantiqiy izchillik, qiyosiy
tahlil, xronologik izchillik kabi usullari asosida yozildi.
NATIJALAR
1917-
yil oktyabr to‘ntarishidan so‘ng butun hokimiyat va boshqaruv sovetlar
qo‘liga o‘tidi. Shu bilan ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari jamiyatga ta’sir
o‘tkazuvchi real siyosiy kuchga aylandi. Petrograd va Moskvadagi sovetlar boshchiligida
qaror topgan
yangi siyosiy tuzum va uning g‘oyalari Turkiston o‘lkasidagi sovetlarning
mafkuraviy jihatdan shakllanishiga xizmat qildi.
Turkiston o‘lkasidagi
ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari asta sekinlik
bilan
o‘z syezdlari orqali davlat boshqaruvini qo‘lga oldi.
Aytish lozimki, Turkiston ASSR
tarixida ushbu syezdlar 12 marta chaqirildi. Buni quyidagi jadval orqali ko‘rish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
509
№
Syezdlar
Faoliyat ko‘rsatgan davri
1
Ishchi va askar deputarlari
Sovetlarining I o‘lka syezdi
1917-yil 7
–
15-aprel, Toshkent shahri
(“Ozodlik uyi” binosida). Delegatlar soni: 263 ta
(musulmonlar nomidan 5 ta vakil sifatida
ishtirok etdi).
2
Ishchi va askar deputarlari
Sovetlarining II o‘lka syezdi
1917-yilning 30-sentabr
–
10-oktabr,
Toshkent shahri. Delegatlar soni: 97 ta.
3
Turkiston Sovetlarining
III o‘lka syezdi
1917-yil 15
–
22-noyabr, Toshkent shahri.
Delegatlar soni: 114 ta.
4
Ishchi va askar deputatlari
Sovetlarining favqulodda
IV o‘lka syezdi
1918-yil 19
–
26-yanvar, Toshkent shahri.
Delegatlar soni: 126 ta.
5
Turkiston o‘lka Sovetlarining
V syezdi
1918-yil 20-aprel
–
1-may, Toshkent shahri
(“Kolizey” teatr binosida). Delegatlar soni:
263 ta
(mahalliy millat vakillaridan 50 kishi).
6
Turkiston Respublikasi
Sovetlarining favqulodda VI syezdi
1918-yil 5
–
15-oktyabr, Toshkent shahri.
Delegatlar soni: 439 ta.
7
Turkiston Respublikasi Sovetlarining
favqulodda VII syezdi
1919-yil 7
–
31-mart, Toshkent shahri
(“
Ya.M.Sverdlov
”
konsert
zali
binosida).
Delegatlar soni: 245 ta.
8
Turkiston Respublikasi
Sovetlarining VIII syezdi
1919-yil 6-sentyabr
–
4-oktyabr, Toshkent
shahri (sobiq Real bilim yurti binosida).
Delegatlar soni: 232 ta.
9
Turkiston Respublikasi
Sovetlarining IX syezdi
1920-yil 19
–
25- sentyabr, Toshkent shahri
(“
Ya.M.Sverdlov
”
konsert
zali
binosida).
Delegatlar soni: 211 ta.
10
Butun Turkiston Sovetlarining
X syezdi
1921-yil 21
–
25-avgust, Toshkent shahri
(“
Ya.M.Sverdlov
”
konsert
zali
binosida).
Delegatlar soni: 360 ta.
11
Butun Turkiston Sovetlarining
XI syezdi
1922-yil 2
–
6-dekabr, Toshkent shahri
(“
Ya.M.Sverdlov
”
konsert
zali
binosida).
Delegatlar soni: 278 ta (ulardan 7 tasi ayol
kishi).
12
Butun Turkiston Sovetlarining
XII syezdi
1924-yil 1
–
8-yanvar, Toshkent shahri
(“
Ya.M.Sverdlov
”
konsert
zali
binosida).
Delegatlar soni: 356 ta.
Turkiston o‘lkasida Sovetlarning I syezdi ishchi va askar deputatlari sovetlarining
tashabbusi bilan tashkil etilib, uning tarkibiga dehqon deputatlari soveti kirmadi. Kun
tartibi bo‘yisha o‘lkada hokimiyatni tashkil etish, ya’ni o‘lkani vaqtinchalik boshqarishni
tashkillashtirish masala muhokamalarning asosiga aylandi. Bu masalada qilingan
dastlabki ma’ruzada Rossiya misolida Turkistonni guberniya yoki oblastlarga bo‘lish
taklif qilindi. Syezdga askar komitetidan delegat bo‘lgan Sobirjon Yusupov hokimiyatni
bo‘lish haqidagi taklifga qarshi chiqdi va qanday shaklda bo‘lmasin, baribir rus va
musulmon nazorati ostida Turkistonda yagona hokimiyat tuzish taklifini bildirdi [1].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
510
Ammo syezd o‘lka hokimiyati to‘g‘risidagi masalada Rossiyada kuchli markazlashgan
hokimiyatga ega bo‘lgan demokratik federativ respublikani tuzish zaruratini yoqlab
chiqdi. Shuni aytib o‘tish lozimki, sovetlarining I o‘lka syezdda mensheviklar va eserlar
(sotsial-
demokratlar) ko‘pchilikni tashkil qilib, ular sovetlarning faqat nazorat qilish ishi
bilan chegaralanishini talab qilgan holda ularning davlat hokimiyatiga faol qatnashishiga
ham qarshi
chiqdilar. Shunday bo‘lsa
-
da, syezdda Turkiston o‘lkasiga muxtoriyat berish,
milliy tengsizlikka batamom barham berish kabi muhim masalalar muhokama qilinmadi.
Syezd ushbu masalalarni hal qilishni ta’sis majlisiga qoldirdi.
Turkiston o‘lkasi Sovetlarining II syezdi ishida siyosiy masalalar o‘rin olib, unda
o‘lka sovetini saylash, o‘lka hokimiyatini tashkil etish, Ta’sis majlisiga vakillar saylash
kabi masalalar kun tartibiga kiritildi [2]. Syezd asosiy e’tiborini hokimiyatni sovetlar
qo‘liga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalaga qaratdi, ammo bu masalada aniq bir qaror
qabul qilmadi.
Turkiston Sovetlarining III syezdidan boshlab, o‘lkada siyosiy vaziyat keskin
o‘zgardi. Syezdning kun tartibidagi o‘lkada hokimiyatni tashkil etish, joylarda
boshqaruvni o‘rnatish va Ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazish masalalari kurdi [3].
Syezdning ikkinchi majlisida (1917-yil 16-noyabr) unga dehqon deputatlari sovetlarining
o‘lka syezdi qo‘shildi. Shundan qilib, u ishchi, askar va dehqon deputatlari Sovetlarining
III o‘lka
syezdi deb ataldi [4].
Syezd birinchi masala muhokamasi chog‘ida ikki guruhga bo‘lindi: birinchi
guruhini o‘ng eser va mensheviklar, ikkinchi guruh esa bolsheviklar bilan maksimalistlar
egalladi. Bu siyosiy kuchlar o‘rtasida o‘lkada hokimiyatni tashkil eti
sh masalasi yuzasidan
qarama
–
qarshilik muhiti yuzaga keldi. O‘ng eser va mensheviklar guruhi bu masalada
“hokimiyat ishchi, askar va dehqon deputatlari Soveti, shahar o‘z
-
o‘zini idora qilish
boshqarmasi va musulmon vakillaridan iborat bo‘lishi lozim, –
degan talabni ilgari surdi.
Ikkinchi guruh esa “o‘lka hokimiyati Rossiyadagi sovet hokimiyati namunasiga mos
ravishda bo‘lishi kerak, –
deya, sovet andozasidagi boshqaruv tizimini qo‘llab quvvatladi
[5]. Bu masala muhokamasining yakuni bo‘yicha 1917
-yil 19-noyabrda syezd 97 ovoz
bilan (16 delegat betaraf qoldi va bir delegat unga qarshi ovoz berdi) bolsheviklar va
maksimalistlar fraksiyasining shovinistik ruhdagi “Hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida”gi
deklaratsiyasini qabul qildi. Ushbu hujjatga binoan ishchi, askar va dehqon
deputatlarining o‘lka Soveti Turkistonda oliy hokimiyat organi deb hisoblangan. Bu organ
qayta nomlanib, Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti (XKS) deb nomlandi [6].
Turkiston XKSga rais etib F.I. Kolesov (bolshevik) saylanib, uning tarkibi 15 ta
komissarlikdan iborat bo‘ldi. Afsuski, uning tarkibiga mahalliy aholining biron bir
vakillari kiritilmadi. Aksincha, unga rusiyzabon millat vakillaridan 8 so‘l eserlar va
7 bolshevik kirdi [7].
1917-yilning 22-
noyabrida bo‘lib o‘tgan syezdning oxirgi majlisida “Joylarda
hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida”gi rezolyutsiya qabul qilindi [8].
Bu hujjatda ham
joylarda butun hokimiyat ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining qo‘liga o‘tishi
belgilandi. Mazkur hujjatlar asosida mahalliy millat vakillari siyosiy jarayonlardan
chetlashtirildi. Turkistonda butun hokimiyat sovetlarning qo‘liga o‘tishi rasmiy tus oldi.
Turkiston Sovetlarining III syezdida qonun chiqaruvchi organ
–
Markaziy Ijroiya Komiteti
(MIK) saylanmadi.
Ishc
hi va askar deputatlari Sovetlarining favqulodda IV o‘lka syezdida ham siyosiy
jabhada Turkiston avtonomiyasi, o‘lka va joylarda
hokimiyatini tashkil etish kabi
masalalar muhokama etildi. Syezdda Turkiston avtonomiyasi masalasida siyosiy kuchlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
511
o‘rtasida keskin tortishuvlar yuz berib, Qo‘qonda tashkil topgan Turkiston muxtoriyatiga
qarshilik ko‘rsatildi. Syezd avtonomiya masalasida bolsheviklar fraksiyasi taklif
etgan
rezolyutsiyani qabul qildi. Biroq bu hujjatda o‘lkaning avtonomiyasi e’lon qilinmadi.
Turkiston o‘lka Sovetlarining V syezdida asosiy masala Turkistonda sovet
mafkurasiga asoslangan “bolshevikcha” andozadagi avtonomiya yaratish bo‘ldi. Syezd
delegatlari tomonidan 1918-yilning 30-
aprelida “Turkiston Sovet Federativ Respublikasi
to‘g‘risida Nizom”ni qabul qilindi. Mazkur Nizom 7
-
moddadan iborat bo‘lib, uning
1-
moddasida quyidagilar qayd etildi: Turkiston o‘lkasining hududi Rossiya Sovet
Federatsiyasin
ing Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi [9]. Ushbu nizomdan
ko‘rinib turibdiki, yangi respublika –
Turkiston Sovet Respublikasi (qisqacha
–
TSR)
degan nom bilan tashkil topdi. Bu syezdda respublikaning oliy organlari
–
Turkiston MIK
va XKS tuzildi.
Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda VI syezdida boy xo‘jaliklar
(burjuaziya)ga qarshi “sinfiy qizil terror” e’lon qilindi [10] va 1918
-yil 15-oktyabrda
syezd RSFSR Konstitutsiyasi asosida respublikaning birinchi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Uning matni o‘zbek va rus tilida bo‘lib, u 6 bo‘lim, 15 bob, 60 paragrafni o‘z ichiga oldi
[11]. Asosiy qonunga milliy masala bo‘yicha deyarli moddalar kiritilmadi. Turkiston
Sovetlarining VII syezdning faoliyatida bolsheviklar fraksiyasi bilan “so‘l” e
serlar
fraksiyasi birga qo‘shildi. Buning natijasida Turkistonda bir partiyaviylik tizimi qaror
topa boshladi.
Turkiston Respublikasi Sovetlarining IX syezdi 1920-yil 24-sentyabrda Turkiston
Sovet Respublikasining yangi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Ko
nstitutsiyada “Turkiston
Sovet Respublikasi”ning nomi “Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR)” deya
o‘zgartirildi [12].
Turkiston Sovetlarining keyingi syezdlari faoliyatida siyosiy sohalar bilan birga
asosiy e’tibor ijtimoiy
-iqtisodiy masalalarda qaratildi. Syezd faoliyatida madaniy-
ma’rifiy
xarakterdagi masalalar ham ko‘rib qchiqildi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, 1917
–
1924-
yillar oralig‘ida Turkiston ASSR
sovetlarining syezdlarida respublikaning oliy hokimiyat organi sifatida birinchi darajali
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalar muhokama qilingan. Ushbu syezdlarda
o‘lkaning siyosiy vaziyati va hokimiyatning tashkil etilishi, Turkiston MIK va XKS tuzilishi,
respublika Konstitutsiyasining qabul qilingishi, hukumat hisobotlari bilan birga iqtisodiy
hamda madaniy-
maorifiy sohalari bilan bo‘lgan masalalar hal etildi. Ko‘rilgan masalalar
va muhokaralar asosida qabul qilingan qarorlar bilan sovetlarning syezdlari jamiyatning
turli sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Biroq syezdlarda bolsheviklardan iborat bo‘lgan
delegatlarning yetakchilik qilishi va ularning proletariat diktaturasi manfaatlaridan kelib
chiqib qarorlar qabul qilinishiga erishishi syezdlarni faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi va
natijada k
o‘plab xato hamda kamchiliklar yo‘l qo‘yildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Аъзамхўжаев С. Туркистон мухторияти: Миллий
-
демократик давлатчилик
қурилиши
тажрибаси // Масъул муҳаррир: Д.Алимова. –
Тошкент: Маънавият,
2000.
–
Б.61.
2.
Туркестанские
ведомости
.
–
№ 151.
4
октября
1917
г.
3.
Muminov H.M. Historical facts about the activities of the Congresses of Soviets of
Turkestan // American Journal of Interdisciplinary Research and Development (AJIRD).
–
Texas, USA. Volume 15, April 2023.
–
P.210.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2024) / ISSN 2181-1415
512
4.
Shamsutdinov R.T., Mo‘minov H. O‘zbеkiston
tarixi.
–
Toshkent: Ochun, 2021.
–
B.205.
5.
Туркестанские
ведомости
. 18, 21
октября
1917
г.
6.
Muminov H.M. From the history of activities of the congresses of soviets of
Turkestan // International Conference on Advance Research in Humanities, Sciences and
Education (ICARHSE). Germany CONFERENCE [Internet] (May 10, 2023).
–
Berlin,
Germany. Volume 5. No.05. May 2023.
–
P.100.
7.
Сборник декретов и приказов СНК Туркестанской республики с 23 ноября
1917 по 1 июля 1918 г. –
Ташкент, 1918.
–
С.1.
8.
Наша
газета. –
№ 134. 24 ноября 1917 г.
9.
Наша газета. –
№
89.
5 мая
1918
г.
10.
Советский Туркестан. –
№
95. 10
октября
1918
г
.
11.
Конституция Туркестанской Республики Российской Социалистической
Советской Федерации, принятая 6
-
м Туркестанским Съездом Советов. –
Ташкент:
Издание Бюро печати при ТуркЦИК, 1918. –
16 с.
12.
Известия Туркреспублики.
–
№
221. 30
сентября 1920 г.
13.
Мўминов Х. Рақамли тарих. –
Тошкент: Nurafshon business,
2022.
