Авторы

  • Саидмухаммад Ибодуллаев
    Cтудент, Юридический факультет, Самаркандский государственный университет имени Шарафа Рашидова

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp267-277

Ключевые слова:

конституция реформы государство общество модернизация Конституции законность правопорядок гражданское общество

Аннотация

В данной статье отмечается тот факт, что проводимые в Узбекистане конституционные реформы являются доказательством того, что Основной закон шаг за шагом совершенствуется в соответствии с требованиями времени, в то же время, исходя из наиболее актуальных задач, стоящих перед обществом и государством, новые перспективы дальнейшей модернизации Конституции. Предстоящие законодательные новации послужат неуклонному укреплению политической стабильности и мира в нашей стране, слаженному функционированию органов государственной власти, последовательному развитию основ гражданского общества, укреплению законности и правопорядка, развитию общества и благосостояния народа.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Constitutional reforms in the global development of
Uzbekistan

Saidmukhammad IBODULLAEV

1


Samarkand State University named after Sharaf Rashidov

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2023

Received in revised form

15 April 2023
Accepted 25 April 2023

Available online

15 May 2023

This article notes the fact that the ongoing constitutional

reforms in Uzbekistan are proof that the Basic Law is being

improved step by step in accordance with the requirements of

the time, at the same time, based on the most urgent tasks

facing society and the state, new prospects for further
modernization of the Constitution. The forthcoming legislative

innovations will serve the steady strengthening of political

stability and peace in our country, the coordinated functioning

of state authorities, the consistent development of the
foundations of civil society, the strengthening of law and order,

the development of society, and the well-being of the people.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp267-277

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

constitution,

reforms,

society,

state,

modernization of the
Constitution,

legality,

legal order,

civil society.

O‘zbekistonning global rivojlanishi davridagi konstitutsiyaviy

islohotlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Konstitusiya,

islohotlar,

jamiyat,

davlat,

Konstitutsiyani
modernizatsiya qilish,
qonuniylik,

huquqiy tartibot,

fuqarolik jamiyati.

Ushbu

maqolada

O‘zbekistonda

o‘tkazilgan

va

o‘tkazilayotgan konstitusiyaviy islohotlar. Asosiy qonunni davr

ruhi va talablari asosida qadamba-qadam takomillashtirilib

borilayotganidan dalolat ekanligi, ayni paytda, jamiyat va davlat

oldida turgan eng dolzarb vazifalardan kelib chiqib,

Konstitutsiyani yanada modernizatsiya qilishning yangi

istiqbollari belgilanayotganlig

i, ushbu bo‘lajak qonunchilik

yangiliklari yurtimizda siyosiy barqarorlik va tinchlik-

osoyishtalikni bardavom mustahkamlashga, davlat hokimiyati

tuzilmalarining bahamjihat ishlashiga, fuqarolik jamiyati

asoslarini izchil rivojlantirishga, qonuniylik va huquqiy

1

Student, Faculty of Law, Samarkand State University named after Sharaf Rashidov. E-mail: Saidibodullayev@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

268

tartibotni kuchaytirishga, jamiyat rivoji va xalq farovonligini

ta’minlashga xizmat qilishi haqida fikr yuritildi.

Конституционные реформы в условиях глобального

развития Узбекистана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

конституция,

реформы,

общество,

государство,

модернизация

Конституции,

законность,

правопорядок,

гражданское общество.

В данной статье отмечается тот факт, что проводимые в

Узбекистане

конституционные

реформы

являются

доказательством того, что Основной закон шаг за шагом

совершенствуется в соответствии с требованиями времени,

в то же время, исходя из наиболее актуальных задач,

стоящих перед обществом и государством, новые

перспективы дальнейшей модернизации Конституции.

Предстоящие

законодательные

новации

послужат

неуклонному укреплению политической стабильности и

мира в нашей стране, слаженному функционированию

органов государственной власти, последовательному

развитию основ гражданского общества, укреплению

законности и правопорядка, развитию общества и

благосостояния народа.

O‘zbek xalqining olijanob ezgu maqsadi –

izchil va barqaror rivojlanadigan, erkin

va farovon, ijtimoiy demokratik davlatni barpo etishdan iborat. Ushbu yuksak maqsadga

erishish uchun jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida bosqichma-bosqich tub

islohotlarni hamda innovatsion modernizatsiyalash jarayonlarini amalga oshirib borish

yo‘li belgilangan.

“Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar,

“Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmonida

, milliy davlatchilik va

suverinitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davatimiz chegaralari

daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorlgini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo

totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash uchun poydevor

bo‘ldi, xalqimizga farovon

hayot uchun munosib shart-

sharoit yaratdi”. Ijtimoiy

-siyosiy va huquqiy sohadagi ushbu

islohotlar izchilligi va mantiqiy davomiyligining isboti tarzida Yangi O‘zbekistonning

2022

2026-

yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiya

sida xalqparvar ijtimoiy davlat

barpo etish, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy

hamda zarur shartiga aylantirishning dasturiy vazifalari belgilab berilganliga o‘ta muhim

ahamiyatga molikdir [1].

Respublikamiz hayotin

ing ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ma’rifiy

sohalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish orqali uni taraqqiyotning sifat jihatdan

yangi bosqichiga olib chiqish, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish

mumkin.

Aynan faol islohotlar taraqqiyotning kafolati va uni harakatlantiruvchi omili bo‘lib

maydonga chiqadi.

Zero, jamiyat islohotlarsiz rivojlanishdan to‘xtaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat Parlamentiga Murojaatnomasida

ta’kidlanganidek, “Barchamizga ayonki, islohot

-

bu yangilanish, o‘zgarish degani.

Islohotlar

ijobiy natija berishi uchun, avvalo raxbarlarimiz va odamlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni

o‘zgartirishda qonunlar beqiyos o‘rin tutadi”.

Ta’kidlash joizki, jamiy

atimizning barcha ijtimoiy tizimlari qatori huquqiy tizim

ham islohotlar qamrovida rivojlanmoqda. Boshqacha qilib aytganda, butun huquqiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

269

tizimimizda, shu jumladan, uning o‘zagi bo‘lmish qonunchilik tizimida tub islohotar

bosqichma-bosqich hamda muntazam tarzda amalga oshirilmoqda.

Fikrimizni yanada aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, gap huquqiy islohotlar xususida

bormoqda.

“Huquqiy islohotlar”

, iborasi o‘z mazmuniga jamiyatni huquqiy tizimini isloh

qilish, uni demokratik yangilash va ma’rifiy dunyo qadriyatlari hamda umume’tirof

etilgan prinsiplar asosida takomillashtirish, degan ma’noni qamrab oladi. Ma’lumki

“islohot” tushunchasi lotincha “reformo” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘zgartirish, tuzatish,

qayta tashkil etish” ma’nosini anglatadi. Shundan kelib chiqib ta’rif beriladigan bo‘lsa,

huquqiy tizimni isloh qilish deganda jamiyatning zamonaviy talab va ehtiyojlari asosida

huquqiy hayotni o‘zgartirish, yangilash, modernizatsiya qilish tushuniladi.

Mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasining o‘z huquqiy tizimi qaror topdi.

Aytish joizki, huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha huquqiy

institut va hodisalar birdek yuksak maromda rivoj topayotgani yo‘q. Ayrim elementlar,

masalan, qonunchilik jadal rivojlanay

otgan bo‘lsa, boshqa elementlar sustroq

rivojlanmoqda yoki eski shakl va qoliplaridan to‘la halos bo‘lganicha yo‘q, bular, xususan,

huquqiy ong, huquqiy madaniyat va hokazo. Bu esa huquqiy tizimning barcha tarkibiy

elementlari tubdan isloh etilishi, ularning har birini davr talablariga moslashtirish

lozimligini anglatadi.

Huquqiy tizim quyidagi tarkibiy birikmalarning mushtarak yagonaligi ifodasi

sifatida namoyon bo‘ladi: huquq (huquqiy normalar yig‘indisi), huquq tizimi (huquq

tarmoqlari majmui), huquqiy p

rinsiplar (rahbariy g‘oyalar), huquq ijodkorligi (jarayon),

huquqni amalga oshirish,huquqiy munosabatlar, huquqiy tartibga solish mexanizmi,

yuridik muassasalar tizimi, yuridik amaliyot, huquqiy siyosat, huquqiy mafkura, huquqiy

ong, huquqiy madaniyat va boshqalar.

Shubhasiz, huquqiy tizimning asosini, markaziy o‘zagini konstitutsiya tashkil etadi.

Konsitutsiya jamiyat va davlat binosining poydevoridir. Davlat rahbarimiz Sh.Mirziyoyev

ta’kidlaganidek, “Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchi

lik tizimi,

davlat organlari, fuqarolik jamiyati shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng

ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy

-iqtisodiy, siyosiy va harbiy

salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda.

Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh Qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati

natijasidir” [2].

Aslida xalq, jamiyat va davlat irodasining qonuniy ifodasi bo‘lgan Konstitutsiya

ham ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot uchun xizmat qilishga safarbar etilgandir. Ayni shu

ma’noda Konstitutsiya ham jamiyat va davlat ravnaqi yo‘lida takomillashtirilishga zarurat

sezadi. Avvalo, shuni yodda tutish lozimki, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham tarixiy zaruriyat: ya’ni sobiq tuzumdan

y

angi davlatchilikni barpo etishga yo‘naltirilgan demokratik tuzumga o‘tishimiz

munosabati bilan vujudga kelgan edi.

Konstitutsiyamiz qabul qilingan vaqtdan to hozirgacha o‘tgan muayyan tarixiy

davrda yuz bergan uning takomillashish va rivojlanish dinamikasi, ijtimoiy

taraqqiyotimiz talablari, ruhi va ehtiyojlariga moslashuvini bir qator

konstitutsiyaviy

islohotlarda

, demokratik mazmundagi yangilanishlarda ko‘rish mumkin. Mustaqillik

yillari mobaynida Asosiy qonunimizga o‘ndan ziyod o‘zgartirish va qo‘shimch

alar

kiritilgan. Ularni ikki davrga taqsimlab talqin etamiz:

а

)

Konstitutsiya qabul qilingandan to “mamlakatimizda demokratik islohotlarni

yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” asosidagi

o‘zgartirishlar kiritilguncha o‘tgan davr;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

270

b)

O‘zbekistonning innovatsion rivojlanishi sharoitida konstitutsiyaga kiritilgan

o‘zgartirish va qo‘shimchalar davri.

Yuqorida

ta’kidlab o‘tilgan

birinchi davrdagi konstitutsiyaviy islohotlar

quyidagilardan iborat

:

Birinchisi,

1993-yil 28-dekabrda amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston

Respublikasi Konsitutsiyasi 77-

moddasining birinchi qismidagi “150 nafar deputatdan”

degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘zlar bilan almashtirildi [3]. Bu, albatta, aholi,
o‘sishi, tuman

-sha

harlar maqomining o‘zgarishi bilan o‘z

-

o‘zidan saylov okruglari soni

o‘zgarishini inobatga olgan holda kiritilgan edi.

Ikkinchisi,

2003-yil 24-aprelda amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi moddalariga kiritilgan o‘zgarishlar, asosan, uning beshinchi bo‘limi

XVIII

–XX, XXIII boblariga taalluqli hamda O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali

parlamentini saylash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat
muddatini besh yildan yetti yillik qilib o‘zgartirish

to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan

2002-yil 27-

yanvar kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining qarorlari

bilan bog‘liq. Ya’ni, referendum qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisini ikki palatali parlamentga aylantirish maqsadini konstitutsiyaviy darajada
mustahkamlashga qaratildi [4].

Uchinchisi,

2007-yil 11-

aprelda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga
tuzatishlar kiritildi. Ushbu tuzatishlar davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish,
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat
hokimiyati organlari zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga

oshirishdagi roli va ma’suliyatini osh

irish, mamlakat Prezidenti vazifalarini yanada

aniqlashtirish hamda huquqiy me’yorlar doirasida cheklash, shuningdek, yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan islohotlarni amalga oshirishda, jamiyatni yangilash va modernizatsiya

qilishda siyosiy partiyalarning roli ham

da ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritildi.

Masalan, Konstitutsiyaning 89-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati

organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamd

a hamkorligini ta’minlaydi” [5].

Prezident ijro hokimiyati rahbari va Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanishiga

oid qoida Asosiy qonundan chiqarildi.

To‘rtinchisi,

2008-yil 25-

dekabrda “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

takomillashtirilishi munosaba

ti bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni bilan Konstitutsiyaning

77-

moddasi, birinchi qismi yangi tahrirda bayon etildi [6]. Unga ko‘ra, ‘‘O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari 120 nafardan 150 nafarga

ko‘paytirildi. Endi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 135 nafari hududiy bir
mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan bo‘ldi.
Ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan deputatlar sonining 15 nafarga ko‘paytirilishi

siyosiy partiyalarning qonun chiqaruvchi organ quyi palatasidagi vakilligini kengaytirdi.

Bu o‘zgarish partiyalarning parlamentdagi ishtirokini yanada keng qamrovli bo‘lishini
ta’minladi.

Qonunchilik palatasining 15 nafar deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan

saylanadigan bo‘ldi.

Bu yangi qoidadan kelajakda ekologik harakatning yangi siyosiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

271

kuch sifatida shakllanayotganligini kuzatishimiz mumkin. Ushbu qoida orqali saylov

qonunchiligiga o‘ziga xos yangilik –

deputatlik o‘rinlarini kvotalash instituti kiritildi.

Beshinchisi,

2011-yil 18-

aprelda qabul qilingan qonun bilan O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-

moddalariga o‘zgartirish va

qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar demokratik islohotlarni

yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va
boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining subyektlari: davlat rahbari

Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning
yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek, sotsial

-iqtisodiy, ijtimoiy-

siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilishda
parlament rolini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Hokimiyat sub’yektlari o‘rtasida vakolatlar munosib taqsimlanishiga erishishda

Asosiy qonunimizning 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlar jiddiy ahamiyat kasb etdi.

E’tiborlisi shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyadagi mazkur
moddaning yangi matnini “De lege feranda” tarzida taqdim etdi.

Konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bu takliflar,

birinchidan,

hokimiyat tarmoqlari mustaqilligining oshishiga xizmat qilsa,

ikkinchidan,

davlat hokimiyati tizimida o‘zaro bir

-

birini tiyib turish mexanizmida yangi bo‘g‘inlarni

nazarda tutadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan
qarorlar qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga rahbarlik qilish
huquqi Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar
hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish uchun taqdim
qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat

mustaqilligini va ta’sirini oshirishga xizmat qilsa, shuningdek, uning

hisobotini tinglash va

muhokama qilish

Parlament rolini yanada kuchaytirishga ko‘maklashuvchi

institut bo‘ldi.

Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir muhim demokratik o‘zgartirishga muvofiq,

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchililk palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik pala

tasi

deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi prezidenti nomiga rasman yo‘naltirilgan taklif bo‘yicha O‘

zbekiston

respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga

nisbatan

ishonchsizlik votumi bildirish

haqidagi masala kiritilishi mumkin.

Alohida urg‘u berish joizki, Hukumat rahbari Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik

votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari
va senati a’zolari um

umiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul

qilingan hisoblanadi.Bunday holatda O‘zbekiston Republikasi prezidenti O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Bunda

O‘zbekiston Respublika

si Vazirlar Mahkamasinng butun tarkibi Bosh vazir bilan birga

iste’foga chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98

-moddasiga kiritilgan ushbu

o‘zgartirish va qo‘shimchalar Konstitutsiyaning 78 va 93

-moddalariga ham tegishli

tuzatishlarni kiritish zaruratini belgiladi. Jumladan, konstitutsiyaning 78-moddasi
15-bandida Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari sifatida mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidagi Bosh vazirning
hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolati nazarda tutildi. Bu holat ham siyosiy

partiyalar, ham parlament roli va ta’sirining oshirilishi, Oliy Majlisning qonunlar ijro


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

272

etilishi ustidan amalga oshiradigan nazorat faoliyatining yanada takomillashtirilishiga,
shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarning dastlabki bosqichida hukumatni
shakllantirish tartibi yanada takomillashtirilishiga xizmat qildi. Konstitutsiyaviy
islohotlarning dastlabki bosqichida hukumatni shakllantirish tartibi yanada
demokratlashtirildi. Xususan, Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan qoidaga

muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining

qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy

partiya yoki teng miqdordagi depu

tatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy

partiyalar tomonidan taklif etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga

nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin, o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi

Oliy M

ajlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazirga ko‘ra,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublik

asi Prezidenti tomonidan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy
partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston
Respublikasi oliy majlisining palatalariga ko‘rib chiqish

va tasdiqlashga taqdim qilish

uchun taklif etiladi.

Oltinchisi,

Oliy Majlis tomonidan 2011-yil 12-

dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining 90-

moddasiga tuzatishkiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan

amalga oshirildi. Ushbu

qonunga ko‘ra, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining vakolat

muddati yetti yildan besh yilga o‘zgartirildi [8]. Bundan maqsad davlat boshqaruvining

demokratik prinsiplarini, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-

siyosiy o‘zgarishlarni amalga

oshirishda parlamentn

ing roli va ahamiyatini mustahkamlash edi. Bu o‘zgartirishlar

“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da

berilgan davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishi

sohasidagi demokratik o‘zga

rtirishlarning mantiqiy davomi b

O‘‘lib, rivojlangan

demokratik mamlakatlarning davlat qurilishi tajribasini inobatga olgan holda kiritildi.

Yettinchisi,

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103, va 117

moddalariga)”gi

qonunning Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilinishi va 2014-yil
10-

aprelda Senat tomonidan ma’qullanishi mamlakatimizda ijtimoiy hayotni va davlat

boshqaruvini izchil

demokratlashtirish borasida chuqur o‘ylangan holda amalga

oshirilayotgan siyosatning ajralmas qismi va mantiqiy davomi hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlarini Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga

o‘tkazish bo‘yicha Asosiy Qonunimiz moddalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Prezidentning davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda

hamkorligini, davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarning oqilona qayta

taqsimlanishi, shuningde

k ular o‘rtasida “o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati

tizimi”ning samarali ishlashini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlarini yanada

takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Komil ishonch bilan aytish joizki, mazkur qonunchilik yangiliklari inson

huquqlarining ta’minlanishiga, qonuniylikka rioya etilishiga, davlat organlarining

qonunlarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ijro etish faoliyati ustidan jamoat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

273

hamda parlament nazoratini ta’minlash bo‘yicha samarali tizim yaratil

ishiga salmoqli

poydevor yaratdi.

Asosiy qonunning 32-moddasi mamlakat hayotida fuqarolik jamiyati

institutlarining rolini oshirishga qaratilgan muhim qoida bilan boyitildi.

Ya’ni,

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘zini o‘zi
boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarining faoliyati ustidan

jamoatchilik nazoratini

rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan ham amalga

oshirilishi haqidagi norma bilan to‘ldirildi.

Konstitutsiyaning 78-moddasiga yangi

21-band kiritilib, unda

parlament nazorati

instituti nazarda tutildi. Mahalliy ijro etuvchi

hokimiyat organlarining mustaqilligini va ayni vaqtda vakilllik organi oldidagi

mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida, Konstitutsiyaning 103

-moddasiga viloyat, tuman

va shahar hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb
masalalari yuzasidan

hisobotlar taqdim etish

majburiyatini belgilaydigan norma kiritildi.

Mazkur hisobotlar bo‘yicha Xalq deputatlari kengashlari tegishli qarorlar qabul qili

shi

orqali bu konstitutsiyaviy institut huquqiy jihatdan rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun bilan

98-

modda Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisida uning

nomzodi ko‘rib chi

qilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda Vazirlar Mahkamasining yaqin

va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan

harakat dasturini

taqdim etishini nazarda tutadigan

yangi qoidalar bilan to‘ldirildi. Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu norma konstitutsiyaviy

rivojlanishnin

g xalqaro amaliyotiga to‘liq mos keladi. Hukumatning faoliyat (harakat)

dasturini tahlil qilish ko‘plab demokratik davlatlar tajribasidan o‘rin olgan

konstitutsiyaviy institut hisoblanadi. Xususan, germaniya Asosiy qonuniga binoan,

parlament a’zolari nafaqat hukumat rahbari va a’zolarini tasdiqlaydi, balki hukumat
dasturi loyihasi bo‘yicha o‘z munosabatlarini ham bildiradi. Ushbu dastur qonun
chiqaruvchi idora a’zolari tomonidan tasdiqlanishi yoki rad etilishi mumkin. Dasturning
rad etilishi bir vaqtning o‘

zida hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilishini

anglatadi. Finlyandiya Konstitutsiyasiga muvofiq, deputatlar Bosh vazir nomzodi

tasdiqlangunga qadar hukumat dasturi loyihasini ko‘rib chiqadi hamda uning mazmunini
o‘rganib chiqqach, Prezidentga Bosh vazir lavozimiga nomzodni qo‘llab

-quvvatlash

mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildiradi.

Darhaqiqat, Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar: parlament tomonidan

hukumatning harakat dasturi ko‘rib chiqilishiga oid qismi, deputatlar va siyosiy

partiyalar fraksiyalari yangi shakllanayotgan Vazirlar Mahkamasining mamlakatni
barqaror ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha kelgusi faoliyatining

barcha jihatlaridan xabardor bo‘lishi Bosh vazir nomzodi, hukumatning tutgan yo‘li
bo‘yicha o‘z

yondashuvini belgilab olishlariga imkon yaratadi.

Yana bir demokratik normaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi uchun har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng
muhim masalalari yuzasidan

ma’ruzalar taqdim etish

vazifasi yuklatildi. Asosiy

qonunimizning avvalgi tahririga ko‘ra, bunday ma’ruzalarni parlamentning ko‘rib
chiqishi uchun taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Prezident vakolatiga kirar edi.

Konstitutsiyaga kirgan yana bir yangi normaga muvofiq, O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti endi mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim

masalalari bo‘yicha respublika Oliy Majlisiga

murojaat etish huquqiga

ega bo‘ldi.

Ko‘pgina rivojlangan davlatlarning Konstitutsiyalarida Prezident mamlakat hayo

tining


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

274

muhim masalalari bo‘yicha parlamentga murojaat qilish huquqiga ega. Odatda, bunday

murojaat bir yilda bir marta amalga oshirilib, unda Prezident davlatning ichki va tashqi

siyosatining ustuvor masalalari yuzasidan asosiy vazifalarni bayon etadi, o‘z

yondashuvi

va munosabatini bildiradi. U ushbu muhim masalalarga deputatlar(senatorlar), siyosiy

partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda keng jamoatchilik e’tiborini tortadi; o‘z
siyosiy yo‘lini sinovdan o‘tkazadi; davlat va jamiyat oldida turgan

dolzarb masalalarni hal

etishga davlat tuzilmalari hamda fuqarolik jamiyati institutlarini safarbar etadi.

O‘zbekistonning yangilanish davridagi konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun

-

mohiyati.

O‘zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi oliy martabadagi qonu

n sifatida

davlatimizning mohiyatini, huquqiy qiyofasi va tabiatini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
tuzumini, boshqaruvning demokratik prinsiplarini, jamiyat rivojlanishining strategik

yo‘nalishlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini,

ma’naviy qadriyatimiz

asoslarini mustahkamlaydi. Uning mazkur boradagi salohiyati bugungi yangilanishlar

sharoitida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbarining e’tirof etishicha, Asosiy qonunimiz va uning zamirida

yaratilgan harakatlar strategiyasi va Taraqqiyot strategiyasi bugungi kunda jonajon

vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda, innovatsion va industrial rivojlanish
sari odimlashida beqiyos o‘rin egallamoqda. Mamlakatimizning davlat va jamiyat hayoti

barcha sohalarini tubdan

yangilashga qaratilgan jadal va innovatsion rivojlanish yo‘liga

o‘tishi, avvalo Konstitutsiyamizni ushbu talablarga mos tarzda isloh qilishni, qolaversa,

butun qonunchilik tizimini tegishlicha modernizatsiyalashni taqozo etdi.

Tahlil etilayotgan davrda konstitutsiyaviy islohotlar ham davr ruhiga muvofiq

ma’no

-

mazmun kasb etdi. Ular Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash,

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli kafolatlash, ijtimoiy adolatga erishish,
aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish mavzulariga qaratildi. Xususan, 2017-yil
28-martda konstitutsiyamizning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga kiritilgan

o‘zgarish va qo‘shimchalar mamlakat Prezidentining “Sud

-huquq tizimini yanada isloh

qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish
chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi (2016

-yil 21-

oktabr) va “O‘zbekiston Respublikasi Sud

tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-

tadbirlari to‘g ‘risida”gi

(2017-yil 21-

fevral) farmonlaridagi muhim g‘oya va yangiliklar

asosida amalga oshirildi[9].

Mazkur o‘zgartirishlarni nazarda tutgan Qonun Harakatlar strategiyasida belgilab

berilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan prinsipial qoidalardan iborat

bo‘lib,

ularda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va
sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalar lavozimlariga tayinlash tizimini yanada
takomillashtirish sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarning muhim

yo‘nalishlari sifatida mustahkamlab qo‘yildi.

Ular quyidagilardan iborat:
1)

Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sud fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ishi

yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organiga

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy sudiga birlashtirildi. Sud hokimiyatining oliy organi ikkita ekanligi, jumladan,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi, avvalambor, sud

ti

zimini boshqarish funksiyalarining takrorlanishiga sabab bo‘layotgan, shuningdek,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

275

amaldagi tuzilma yagona sud amaliyotini, xizmat vazifalarining oqilona taqsimlanishini

ta’minlab bermayotgan edi.

Qabul qilingan konstitutsiyaviy o‘zgartirishlar mamlakatimiz

da sud tizimini

yanada chuqur isloh qilish, demokratlashtirish, odil sudlovning samaradorligini oshirish

uchun asos yaratdi.

Ma’lumot uchun:

Hozirgi kunda O‘zbekistonning har bir hududida jami 218 ta

ma’muriy sudlar (267 ta sudyalik shtati) tashkil etilib,

faoliyat yuritmoqda [10].

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlarda 14 ta iqtisodiy sudlar, tuman

va shaharlarda

70 ta, jami 84 ta iqtisodiy sudlar tashkil etilgan. Iqtisodiy sudlar

tomonidan 2018-

yil davomida 445 782 ta ish ko‘rib chiqilib, da’vogarlar foydasiga

11,2 trln. so‘mga yaqin mablag‘ undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan.

2)

Asosiy qonunimizga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, sud

-huquq tizimida

yangi institut

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi joriy

etildi. Bu Kengash

avval amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash

va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasini almashtirdi.

Sudyalar oliy kengashi tuzilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublik

asi

Konstitutsiyasi 111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashning

konstitutsiyaviy maqomi aniq mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy

Kengashi sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi sud

hokimiyat

i mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini ta’minlashga

ko‘maklashishi belgilab qo‘yildi. Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan

tayinlanish

i (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80

-moddasining 4-bandi),

Sudyalar oliy kengashi a’zolari qonunga muvofiq davlat rahbari tomonidan tasdiqlanishi

belgilab qo‘yildi.

Konstitutsiya Sudyalar Oliy kengashiga keng vakolatlar beradi. Konstitutsiya

93-moddasi birinchi qismi 14-

bandining yangi tahririga muvofiq, Prezident O‘zbekiston

Respublikasi Harbiy sudi raisini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi.

Ayni paytda, Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda

harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarni, tumanlararo, tuman,

shahar sudlari raislarini hamda sudyalarini mustaqil ravishda lavozimga tayinlaydi

hamda lavozimidan ozod qiladi. Shuni qayd etish kerakki, avval sudyalarning bu toifalari

O‘zbek

iston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanar edi.

Konstitutsiyaga sud hokimiyatining faoliyatini tubdan yaxshilashga, nufuzini oshirishga,

sudlar tuzilishini takomillashtirishga hamda sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlash

tizimini demokratlash

tirishga qaratilgan ushbu va bir qator boshqa o‘zgartirish hamda

qo‘shimchalarning kiritilishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari,

qonuniy manfaatlari sudda ishonchli himoya qilinishini ta’minlashning, mamlakatda qonun

ustuvorligini, qonuniylikni mustahkamlashning muhim omiliga aylandi [11].

3) Parlamentning ayni shu 2017-

yil martidagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi

Sudyalar Oliy Kengashi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Unda mustahkamlangan

qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Resp

ublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining

organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy

prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi (Qonunning 2

-moddasi).

Mazkur qonunning 5-moddasida Sudyalar oliy kengashining tarkibi va shakllantirish

tartibi belgilangan:

Kengash rais, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibidan –

jami yigirma bir nafar

kishidan iborat tarkibida sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

276

jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar

orasidan shakllantiriladi.

Kengash raisining o‘rinbosari va uning o‘n bir nafar a’zosi Rais

taqdimiga binoan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi.

Kengash kotibi va uning yetti nafar a’zosi O‘

zbekiston Respublikasi Prezidenti

tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari
hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi.

Kengash raisi, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan o‘n bir nafar a’zosi o‘z

faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan sakkiz nafar a’zosi, shu
jumladan, Kengash raisining o‘rinbosari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshi

radi.

O‘

zbekiston Respublikasi Parlamenti 2017-yil 27-mayda Konstitutsiyaning 80, 93,

108 va 109-

moddalariga qator o‘zgartirishlar kiritish to‘g ‘risida qonun qabul qildi [12].

Jumladan, Asosiy qonunning 80-moddasi 5-

bandidan O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti

taqdimiga binoan Tabiatni

muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini tayinlash hamda

uni lavozimidan ozod qilish haqidagi qoida chiqarib tashlandi; shuningdek, 12-banddan

Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining hisobotini esh

itish Oliy Majlis Senati

vakolatidan chiqarildi. Endi mazkur qo‘mita Vazirlar Mahkamasi tomonidan

shakllantirilishi va unga hisobot berishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 7-

dekabrdagi O‘zbekiston

xalqiga bayram tabrigida Asosiy qonunimizni Taraqqiyot strategiyasidagi vazifalarga

moslab isloh etish lozimligini ta’kidladi: “Taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topayotgan,

adolatli va xalqparvar davlat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalarni
amalga oshirish uchun, avvalo, yangi konstitutsiyaviy makon hamda yanada mustahkam

qonunchilik bazasi kerak bo‘lishini yaxshi tushunamiz. Shu ma’noda, Asosiy qonunimizni
jamiyatdagi bugungi real voqelikka, shiddatli islohotlarimiz mantig‘iga moslashtirish,
Yangi O‘zbekiston Taraq

qiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish

muhim vazifaga aylanmoqda. Shu bois,

Birinchidan,

iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlash bosh

mezon bo‘lishi kerak.

Bu

xalqparvar davlat barpo etishning eng muhim shartidir.

Ikkinchidan,

“Jamiyat –

islohotlar tashabbuskori” degan ezgu g‘oya doirasida

Asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomini

konstitutisyaviy jihatdan mustahkamlash ham davr talabidir.

Uchinchidan,

Bosh qomusimizda oila institutini rivojlantirish, ezgu insoniy

qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, millatlararo totuvlikni yanada

mustahkamlash bo‘yicha konstitutsiyaviy asosalrni belgilab qo‘yishimiz zarur.

To‘rtinchidan,

farzandlarimiz Yangi O‘zbekiston bunyodko

rlari sifatida maydonga

chiqayotgan bugungi kunda Konstitutsiyamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la
ta’minlash maqsadida yoshlarga oid davlat siyosati, o‘g ‘il

-qizlarimizni har tomonlama

qo‘llab

-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada

O‘

z aksini topishi kerak.

Beshinchidan,

hozirgi kunda O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish

sari jadal bormoqda. Shu sababli “Yangi O‘zbekiston –

ijtimoiy davlat” degan tamoyilni

konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashning vaqti-soati yetdi.

Oltinchidan,

inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizimning

samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

277

nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari ham

o‘z aksini topishi zarur.

Yettinchidan,

hozirgi vaqtda ko‘plab rivojlangan davlatlar, tabiatdagi global

o‘zgarishlarni hisobga olib, o‘z konstitutsiyasiga ekologiyaga oid maxsus boblar
kiritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyas

ida ham ushbu dolzarb masalaga

doir huquqiy normalar ustuvor o‘rin egallashi lozim.

Sakkizinchidan,

Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha,

maktab, oliy ta’lim va ilm

-fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy

darajada

mustahkamlab qo‘yish ham maqsadga muvofiqdir”.

Shunday qilib, yuqoridagi konstitusiyaviy islohotlar Asosiy qonunni davr ruhi va

talablari asosida qadamba-qadam takomillashtirilib borilayotganidan dalolatdir. Ayni
paytda, jamiyat va davlat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan kelib chiqib,
Konstitutsiyani yanada modernizatsiya qilishning yangi istiqbollari belgilanmoqda.

Ushbu bo‘lajak qonunchilik yangiliklari yurtimizda siyosiy barqarorlik va tinchlik

-

osoyishtalikni bardavom mustahkamlashga, davlat hokimiyati tuzilmalarining
bahamjihat ishlashiga, fuqarolik jamiyati asoslarini izchil rivojlantirishga, qonuniylik va

huquqiy tartibotni kuchaytirishga, jamiyat rivoji va xalq farovonligini ta’minlashga

xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Xalq so

‘zi” gazetasi, 2022 yil 28

-yanvar.

2.

Sh.M. Mirziyoyev Konstitutsiya

erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada

taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir.

T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2018.

6 bet.

3.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengas

hining axborotnomasi, 1994-yil,

1-son, 5-modda.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 2007

-yil,

4-son, 162-modda.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 2007

-yil,

4-son, 162-modda.

6.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 yil, 52

-son, 510-modda.

7.

I.A.Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish

va fuqarolik, jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.

T.: “O‘zbekiston”, 2010. –

B. 12-13

8.

O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 2011-yil,

12-son, 343-modda.

9.

“Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil, 29

-mart.

10.

Yurist axborotnomasi /

Вестник

юриста

/ Lawyer herald / 2018 yil, 1-son, 3-bet.

11.

“Adolat” gazetasi, 2017

-yil, 31-mart.

12.

“Xaql so‘zi” gazetasi, 2017

-yil 30-may.

13.

“Xalq so‘zi” gazetasi, 2017

-yil 30-avgust.

Библиографические ссылки

“Xalq so’‘zi” gazetasi, 2022 yil 28-yanvar.

Sh.M. Mirziyoyev Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2018. - 6 bet.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1994 yil, 1-son, 5-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 2007 yil, 4-son, 162-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 2007 yil, 4-son, 162-modda.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 yil, 52-son, 510-modda.

I.A.Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik, jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2010. – B. 12-13

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 2011 yil, 12-son, 343-modda.

“Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil, 29-mart.

Yurist axborotnomasi / Вестник юриста / Lawyer herald / 2018 yil, 1-son, 3-bet.

“Adolat” gazetasi, 2017 yil, 31-mart.

“Xaql so‘zi” gazetasi, 2017 yil 30-may.

“Xalq so‘zi” gazetasi, 2017 yil 30-avgust.