Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Constitutional reforms in Uzbekistan and their necessity
Saidmukhammad IBODULLAEV
1
Samarkand State University named after Sharaf Rashidov
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 July 2023
Accepted 25 July 2023
Available online
15 August 2023
This article emphasizes that state bodies, especially judicial
institutions, must strictly follow the norms of the Constitution
in their work and develop work skills based on its principles.
Each citizen, in turn, must also base their actions on the norms
of the Constitution in the exercise and protection of their rights
and interests.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp92-96
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
New Uzbekistan,
basic law,
constitution,
development strategy,
constitutional commission,
constitutional reforms.
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar va ularning zarurati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Yangi O‘zbekiston,
asosiy qonun,
konstitutsiya,
Taraqqiyot strategiyasi,
konstitutsiyaviy komissiya,
konstitutsiyaviy islohotlar.
Ushbu maqolada davlat organlari, ayniqsa, sudlar o‘z
faoliyatida Konstitutsiyaga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri murojaat qilishi,
uning normalariga asoslanib ish ko‘rish ko‘nikmalarini
o‘zida
hosil qilishi shartligi, har bir fuqaro kundalik hayotida,
o‘z haq
-huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda
Konstitutsiyamizdan kuch-quvvat olib harakat qilishi, unga
tayanishi lozimligi haqida fikr yuritilgan.
Конституционные реформы в Узбекистане и их
необходимость
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Новый Узбекистан,
основной закон,
Конституция,
Стратегия развития,
В данной статье подчеркивается, что государственные
органы, особенно судебные учреждения, в своей работе
должны строго следовать нормам Конституции и
вырабатывать навыки работы, опираясь на ее принципы.
1
Student, Samarkand State University named after Sharaf Rashidov. E-mail: Saidibodullayev@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
93
конституционная
комиссия,
конституционные
реформы.
Каждый гражданин, в свою очередь, также должен
основывать свои действия на нормах Конституции при
осуществлении и защите своих прав и интересов.
So‘nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari,
odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya
sohalaridagi yuzlab cheklovlarning
olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani,
qo‘shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik “muzlar erigani” va boshqa ijobiy harakatlar
ortga qaytmasligining konstitutsiyaviy himoyasini
ta’minlash zarur. Bu
yutuqlar, huquq
va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi
uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo
‘
yish talab etilmoqda. Hammamiz
guvohi bo
‘
lyapmizki, dunyoda har kuni kutilmagan xavf-xatar va tahdidlar yuzaga
chiqyapti. Bugungi ziddiyatli jarayonlar, iqtisodiy qarama-qarshiliklar qachon va nima
bilan tugashini bashorat qilib bo
‘
lmaydi. Hatto, ayrim davlatlarning dunyo xaritasida
qolish-qolmasligi savol ostida qolayotgani ham sir emas. Jahondagi qariyb 100 million
odam o‘z hayotini saqlash uchun boshqa yurtlarda boshpana izlab yurgani, oziq
-ovqat
yetishmasligi, energiya resurslari taqchilligi, pandemiya kabi global muammolar
rivojlangan davlatlar aholisini ham j
iddiy o‘ylantirmoqdaki, bularning bari bizga ham
ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emas.
Mamlakatimiz siyosiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhasini
demokratlashtirish va liberallashtirish, inson huquq va erkinliklari himoyasini
ta’minlash, ja
miyat hayotida fuqarolar faolligini oshirish va fuqarolik asoslarini
shakllantirish yo‘lidagi dadil harakatlarni namoyish etmoqda. Umumdavlat va hududiy
manfaatlar muvozanatini ta’minlash, O‘zbekiston ijtimoiy
-siyosiy hayotida aholi
ishtirokini sezilarli darajada kengaytirish, davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiyalashda siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirishda ijobiy natijalarga erishildi.
Konstitutsiyaning muhim sifati
–
uning barqarorligi. Bu o‘rind
a barqarorlikning
ma’nosi, avvalo, jamiyat va davlat qurilishining, ular rivojlanishining tag zaminli asoslari,
bazaviy prinsip-qoidalari, tamal-toshi Asosiy qonunda mustahkamlanganligi uning imkon
qadar muqim qolishi, uzoq yillar o‘zgarmasdan qat’iy amal
qilishidadir. Zero,
Konstitutsiyaning mukammalligi hamda barqarorligi butun jamiyat qurilishi, davlat
(konstitutsiyaviy) tuzumi va siyosiy-huquqiy tizim barqarorligini kafolatlaydi. Ayni
vaqtda, shuni ham nazarda tutish muhimki, jamiyat va davlat “jonli organizm” kabi
doimiy dialektik rivojlanishda, taraqqiy etish holatida bo‘ladigan ijtimoiy hodisadir.
Ayonki,
ijtimoiy
taraqqiyotning
qonuniyatlaridan
biri
“barqarorlik”
bilan
“o‘zgaruvchanlik” o‘rtasidagi dialektik nisbatdir. Aniqroq aytganda, ijtimoiy hayo
t hech
qachon bir joyda to‘xtab turmaydi, u muntazam o‘zgarish, yuksalish, takomillashish
jarayonida bo‘ladi. Ushbu qonuniyat davlat hayotiga, siyosiy
-huquqiy tizimlariga ham
xosdir. Aynan shu ma’noda Konstitutsiya ham jamiyat va davlatning rivojlanishiga
mos
tarzda takomillashib borishga zarurat sezadi. Demak, Konstitutsiya ham o‘zgarmas
dogma, qotib qolgan qonun emas. U ham jamiyat va davlat miqyosidagi ijtimoiy
munosabatlar, qadriyatlar, institutlar o‘zgarib, rivojlanib, borgani sayin ularga mutanosib
ra
vishda o‘zgaradi, ya’ni isloh etib boriladi.
Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini tubdan yangilash, innovatsion
rivojlanish izlariga o‘tkazish hamda transformatsiya qilish, avvalo, Konstitutsiyamizni
ushbu talablarga mos tarzda isloh qilishni, shuningdek amaldagi qonunchilik tizimini
ham tegishlicha modernizatsiya qilishni taqozo etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
94
Tub konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish g‘oyasi dastlab Prezidentning
Konstitutsiyamiz 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigida ilgari
surildi
: “Taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topayotgan, adolatli va xalqparvar davlat
barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo,
yangi konstitutsiyaviy makon hamda yanada mustahkam qonunchilik bazasi kerak. Shu
ma’nod
a, Asosiy qonunimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka, shiddatli islohotlarimiz
mantig‘iga moslashtirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam
huquqiy poydevor yaratish muhim vazifaga aylanmoqda”.[1]
Davlatimiz rahbari 2022-yil 20-i
yunda Konstitutsiyaviy komissiya [2] a’zolari bilan
uchrashuvda quyidagilarni ta’kidladi:
“Biz Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha yangi, g‘oyat mas’uliyatli bosqichga
qadam qo‘ymoqdamiz. Fuqarolarimizdan kelib tushayotgan ko‘plab takliflar ham
kons
titutsiyaviy islohotlar ob’yektiv hayotiy zarurat sifatida kun tartibiga chiqayotganini
yaqqol namoyon etmoqda.
Nima uchun aynan bugun konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati
tug‘ilmoqda?
To‘g‘ri, Konstitutsiyamiz xorijiy ilg‘or tajriba hamda xalqar
o standart va talablarga
har tomonlama mos keladi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Biroq, hozirgi tahlikali
zamon, atrofimizdagi murakkab vaziyat ona Vatanimiz taqdiriga yanada ulkan mas’uliyat
bilan yondashib, kechiktirib bo‘lmaydigan strategik qarorlar qa
bul qilishni taqozo
etmoqda. Shubhasiz, o‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy
-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy-
ma’rifiy, qiyofasi tubdan o‘zgardi. Biz Konstitutsiyamizda muhrlab
qo‘yilgan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini
qurish g‘oyasiga
sodiq qolgan holda, keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdik va bu borada katta tajriba
orttirdik.
Insoniyat ilmiy-
texnologik davrga qadam qo‘ydi. Jahonda keskin transformatsiya
jarayonlari va raqobat kuchaymoqda. Ertangi kunini o‘ylagan xalqlar va davlatlar o‘z
kelajagi haqida bugun har qachongidan ham jiddiy bosh qotirmoqda.
Shu o‘rinda tabiiy savollar tug‘iladi. Mana shunday hal qiluvchi pallada va
kelajakda davlatimizda, jamiyatimizda insonning o‘rni va qadri qanday? Qanday siyosiy
-
huquqiy, iqtisodiy-
ijtimoiy va ma’naviy
-gumanitar tamoyillar, qadriyat va manfaatlar biz
uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi? Eng muhim, konstitutsiyaviy islohotlar oddiy
aholiga, xalqimiz farovonligini ta’minlash, jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga nima
beradi?
Bu savollarning barchasiga javobni puxta ishlangan huquqiy normalar orqali
Konstitutsiyamizda aks ettirish
–
davr taqozosidir.
Chinakam xalq mafkurasini, millatning eng muqaddas orzu-intilishlarini faqat
uning Bosh hujjati
–
Konstitutsiyasida to‘l
iq ifoda etish mumkin. Yangilangan
Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman,
yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda
ishonchli kafolat yaratishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasini
Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh
qadriyatga aylantirishimiz zarur. Ya’ni, insonning qadr
-
qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan
buyon sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak”. [3]
Birinchidan,
amalga oshirilayotgan barcha islohotlarimiz markazida inson qadrini
ulug‘lash g‘oyasi mujassam. Chunki, muqaddas dinimizda ham, buyuk allomalarimiz boy
ilmiy va ma’naviy merosida ham, inson –
hayot gavhari sifatida ulug‘lanadi. Ulug‘
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
95
bobomiz M
ir Alisher Navoiy ham insonni qiynayotgan muammolar to‘g‘ri hal etilib, uning
qadri joyiga qo‘yilsa, albatta el shod, mamlakat obod bo‘ladi, deb yozganlar.
Biz barpo
etayotgan Yangi O‘zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan
ustundir.
Shu bois, inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining
konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart. Shuningdek, shaxsiy hayot
daxlsizligi va uning kafolatlari aynan Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi kerak.
Shundagina fuqarolarimizning tinch va xotirjam yashashi, davlatga va qonunga ishonchi,
emin-
erkin harakat qilishini kafolatli ta’minlagan bo‘lamiz.
Ikkinchidan,
Asosiy qonunimizda “O‘zbekiston –
ijtimoiy davlat” degan
tamoyilni mustahkamlash zarurati kun tartibiga chiqdi.
Chunki,”inson qadri”
tushunchasi “ijtimoiy davlat” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu g‘oyaning
tub negizida ham avvalo inson qadrini ulug‘lash, insonga xizmat qilishdek olijanob
maqsad mujassamdir. Ma’lumki, ijtimoiy davlat har b
ir inson uchun ijtimoiy tenglik va
adolat prinsiplari asosida munosib yashash sharoitlarini yaratib beradi. U
–
ijtimoiy
tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish bo‘yicha samarali siyosat olib
boradigan davlat modelidir.
Uchinchidan,
Konstitutsiyamizda
fuqarolarimizning
uy-
joyga
bo‘lgan
huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash
, aholining barcha
qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-
joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlatning
majburiyatlarini mustahkamlash zarur. Sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum
qilinmasligi kerak. Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, buning uchun buzishdan oldin
uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi shart. Uy
-joyga yoki shaxsning
boshqa mol-
mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘z
dan kechirish va tintuv
o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yilishi Konstitutsiyada
qat’iy belgilanishi darkor.
To‘rtinchidan
, asosiy qomusimizda
xususiy mulk himoyasini ta’minlash
uchun
zarur bo‘lgan
konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirish lozim. Toki, katta-kichikligidan
qat’i nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya, qonunlar himoyasida ekanini
amalda his etsin. Rivojlangan davlatlardagi kabi shunday tartib o‘rnatilishi lozimki,
mulkdo
r sud qarorisiz, o‘zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz mulkidan mahrum
etilmasin.
Beshinchidan
, Bosh qomusimizda
oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini
rivojlantirish
maqsadida “oila erkak va ayolning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi
a
sosida shakllanishi”, jamiyatning tabiiy va tayanch bo‘g‘ini, jamiyat va davlatning
alohida himoyasida ekanini mustahkamlab qo‘yilishi muhim hisoblanadi.
Oltinchidan
,
insonning mehnatga va munosib hayot sharoitlariga, ishsizlikdan
himoyalanishga bo‘lgan huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlash,
kambag‘allikni
qisqartirish
–
konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir. Asosiy qonunimizda har
bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini
mustahkamlash, mehna
tga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasining
hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda bo‘lishini belgilash zarur.
Yettinchidan,
tabiatdagi global iqlim o‘zgarishlari, tobora keskin tus olayotgan
ekologik xavfsizlikni g‘oyat dolzarb masal
aga aylantirdi. Shu bois
Konstitutsiyamizda
ushbu yo‘nalishga doir ekologik
-
huquqiy normalar o‘z ifodasini topishi mumkin.
Hech shubhasiz, bunday konstitutsiyaviy o‘zgarishlar jamiyatimizda fuqarolarning
ekologik huquqlari va majburiyatlari, ayniqsa, mansabdor shaxslarning tabiat himoyasi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
96
uchun mas’uliyatini keskin oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga
xizmat qiladi. Davlatning erkaklar va ayollar, oilalar va bolalar, yoshlar va nuroniylar,
nogironligi bor shaxslar, mamlakatimizda yoki un
ing tashqarisida bo‘lishidan qat’iy
nazar, barcha insonlar haqida qayg‘urishi Konstitutsiyada mustahkamlanishi zarur.
Sakkizinchidan,
Asosiy
qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlari
–
mahallalar,
siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari,
jamg‘armalar, va boshqa jamoat birlashmalarining o‘rni va maqomini yanada
mustahkamlash lozim.
To‘qqizinchidan,
Bosh qonunimizda
xalq hokimiyatchiligini,
hokimiyat
tarmoqlarini, bir-birini tiyib turish va muvozanatda saqlash mexanizm
larini ta’minlashni
yanada kuchaytirish talab etiladi. Bunda, avvalambor, Hukumatni shakllantirish va uning
samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytirish
bo‘yicha tegishli qoidalarni Asosiy qonunimizda belgilash ham
muhim.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini isloh qilishdagi zarur masala
–
bu
joylarda hokimlar va mahalliy kengashlar vakolatini ajratishdir. Bu islohotning joriy
etilishi hokimiyat vakolatlarini bo‘linish prinsipini mahalliy darajada tatbiq etishga,
mahalliy kengashlar faoliyatini samaradorligini, hokimlarning xalq vakillari oldidagi
mas’uliyatini oshirishga olib keladi.
Konstitutsiyaviy islohot orqali Yangi O‘zbekiston inson qadrini amalda eng oliy
qadriyat darajasiga ko‘tarishga qaratilgan barcha
amaliy ishlarimizning mustahkam
huquqiy asoslarini yaratib, ertangi kunimiz, kelajagimiz qanday bo‘lishini belgilab olishga
erishishimiz mumkin. Buning uchun fuqarolarda konstitutsiyaviy-huquqiy madaniyatni,
konstitutsiyaviy ongni va Asosiy qonunga hurmat hissini shakllantirishi lozim.
Yana bir muhim masala
–
davlat organlari, ayniqsa, sudlar o‘z faoliyatida
Konstitutsiyaga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri murojaat qilish, uning normalariga asoslanib ish ko‘rish
ko‘nikmalarini o‘zida hosil qilishi shart. Har bir fuqaro kundalik hayotida, o‘z haq
-
huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda Konstitutsiyamizdan kuch-quvvat olib
harakat qilishi, unga tayanishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
“Yangi O‘zbekiston”, 2021
-yil 8-dekabr.
2.
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senati
Kengashlarining 2020-yil 20-
maydagi qo‘shma qarori bilan tuzilgan komissiya.
3.
Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi
–
inson qadri, xalq manfaatini
amalda ta’minlashdir. / / “Yangi O‘zbekiston” 2022
-yil 21-iyun.
4.
X.T.Odilqoriyev, Konstitutsiya va ijtimoiy davlatchilik. Monografiya.
–
Toshkent,
Yuridik adabiyotlar Publish, 2022-y.
–
B. 396-400.
