Авторы

  • Саидмухаммад Ибодуллаев
    Студент, юридический факультет, Самаркандский государственный университет имени Шарафа Рашидова

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp62-67

Ключевые слова:

преступление уголовный процесс расследование следователь уголовное расследование обыск выемка

Аннотация

В данной статье, ссылаясь на статьи 157 и 158 Уголовного кодекса Республики Узбекистан, обсуждается процесс изъятия вещей и документов важных для дела через обыск. Утверждается, что следователь должен иметь достаточные основания для проведения обыска. Однако, поскольку обыск и изъятие являются мерами, ограничивающими конституционные права и свободы человека, подчеркивается, что сотрудники правоохранительных органов, особенно уголовного розыска, должны строго следовать законодательным требованиям.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Search in preliminary investigation: concept, basics and
tasks

Saidmukhammad IBODULLAYEV

1


Samarkand State University named after Sharaf Rashidov

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2023

Received in revised form

15 November 2023
Accepted 25 November 2023

Available online

15 January 2024

This article, referring to Articles 157 and 158 of the Criminal

Code of the Republic of Uzbekistan, discusses the process of

seizing things and documents important for the case through a

search. It is argued that the investigator must have sufficient

grounds to conduct a search. However, since search and seizure
are measures that limit the constitutional rights and freedoms

of an individual, it is emphasized that law enforcement officials,

especially criminal investigation officers, must strictly follow

legal requirements.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp62-67

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

crime,

criminal process,
investigation,

investigator,

criminal investigation,
search,

seizure.

Dastlabki tergovda tintuv tushunchasi, asoslari va
vazifalari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jinoyat,

jinoyat protsessi,

tergov,

tergovchi,

surishtiruvchi,

jinoyat qidiruv,

tintuv,

olib qo‘yish.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi JPKning 157,

158-

moddalarida ta’kidlanganidek, ish uchun

ahamiyatli

bo‘lgan narsa va hujjatlarni tintuv qilish yo‘li bilan olib qo‘yish

harakatlarining tushunchasi, o‘tkazish uchun tergovchi yetarli
asoslarga ega bo‘lishi kerakligi, tintuv va olib qo‘yish shaxsning

konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq

harakat bo‘lganligi uchun huquqni muhofaza qilish organlari

xodimlari (ayniqsa jinoyat-qidiruv xodimlari) qonun talablari
asosida harakat qilishlari kerakligi haqida fikr yuritilgan.

1

Student, Faculty of Law, Samarkand State University named after Sharaf Rashidov. E-mail: Saidibodullayev@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

63

Обыск на предварительном следствии: концепция,

основы и задачи

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

преступление,

уголовный процесс,

расследование,

следователь,

уголовное расследование,

обыск,

выемка.

В данной статье, ссылаясь на статьи 157 и 158 Уголовного

кодекса Республики Узбекистан, обсуждается процесс

изъятия вещей и документов важных для дела через обыск.

Утверждается, что следователь должен иметь достаточные

основания для проведения обыска. Однако, поскольку

обыск и изъятие являются мерами, ограничивающими

конституционные

права

и

свободы

человека,

подчеркивается, что сотрудники правоохранительных

органов, особенно уголовного розыска, должны строго

следовать законодательным требованиям.

Ko‘plab mualliflar tomonidan berilgan tintuvning tergov harakati sifatidagi

ta’riflari umumiy mohiyatga ega bo‘lsa

-da, ularda farqli jihatlarni kuzatish mumkin.

1961-yilda A.R.

Ratinov tomonidan berilgan ta’rif umume’tirof etilgan bo‘lib, unga ko‘ra,

tintuv mohiyati bu yashiringan shaxslarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli narsalarni

topish va olib qo‘yish maqsadida turar

-joylar, binolar, yer maydonlari va alohida

shaxslarni majburiy kuzatishdan iborat bo‘lgan tergov harakatidir [1].

R.S. Belkin esa tintuv tushunchasiga boshqacha yondashgan.

Uning fikriga ko‘ra,

tintuv ish bo‘yicha haqiqatni o‘rnatish uchun ahamiyatli bo‘lgan ob’yektlarni, jinoyat

qurollarini, jinoiy yo‘l bilan topilgan boyliklarni, shuningdek, ish uchun ahamiyatli

boshqa narsa va hujjatlarni topishdan iborat bo‘lgan tergov harakatidir. U yashiringan

shaxslar va murdalarni topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin.

Ayrim manbalarda yuqorida keltirilgan ikki ta’rifning uyg‘unlashgan mazmundagi

izohlarini ham kuzatishimiz mumkin. Misol uchun V.A. Obrazsov va I.F. Panteleyevlar

“Tintuv –

jinoyat qurollari, jinoiy yo‘l bilan topilgan boyliklar, shuningdek, tergov

qilinayotgan jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa narsa va hujjatlarni topish va

olish maqsadida turar joylarni, binolar va boshqa ob’yektlarni, shuningdek alohida

fuqarolarni majburiy tekshirishda ifodalanadigan tergov harakatidir”, degan ta’rifni

berganlar.

Shaxsni tintuv qilishda uning buyumlari (sumka, jomadonlari) va kiyimlari ham

nazarda tutilganligi bois, yuqorida keltirilgan tintuv qilinadigan ob’yektlar doirasini

kengaytirilgan hollarini kuzatish mumkin.

Bu holat A.A. Zakatov va S.G.

Lyubimchev tomonidan berilgan quyidagi ta’rifda o‘z

ifodasini topgan: “Tintuv

ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, shuningdek

yashiringan shaxslar va murdalarni topish va olish maqsadida turar joylarni, yer

maydonlari, transport vositalarini, fuqarolar yoki ularning kiyimlarini majburiy tartibda

tekshirishdan iborat bo‘ladigan tergov harakatidir”.

Bir qarashda yuqorida keltirilgan ta’riflar tintuv tergov harakatining asosiy

belgilarini yoritib berganga o‘xshasa

-

da, qidiriladigan ob’yektlarning doirasini yetarlicha

ko‘rsatib bermagan. Tergov amaliyotida ko‘p hollarda tintuv tergov harakati narkotik

moddalarni topish maqsadida ham o‘tkaziladi. Bunday moddalarni topish va olib qo‘yish

ushlash vaqtida shaxsiy tintuv, turar

joy va hududlarda tintuv o‘tkazish bilan amalga

oshirilishi mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

64

Yuqorida aytib o‘tilgan ta’riflar, shuningdek narkotik moddalarni topish

jihatlaridan kelib chiqib tintuvga quyidagicha mualliflik ta’rifini berish mumkin.

Tintuv

mazmuni daliliy va yo‘naltiruvchi ma’lumotlar manbalarini (jinoyat

qurollari, jinoyat puli bilan topilgan yoki ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan

narsalar, qimmatli va boshqa ashyolarni), shuningdek qidirilayotgan shaxslar va

murdalarni yoki ularning qayerda qoplashganligi haqidagi ma’lumotlarni topish va olish

maqsadida turar-joylar, yer maydonlari, muayyan shaxslar va ularning narsa va

buyumlarini majburiy tekshirishdan iborat bo‘lgan tergov harakatidir.

Tintuv jinoyat ishi

qo‘zg‘atilgandan

keyin

o‘tkaziladigan

tergov harakati

hisoblanadi.

O‘zR JPKning 329

-

moddasida “Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa

ma’lumotlar ro‘yxatga olinishi va darhol yoki uch sutkadan

kechiktirmasdan, jinoyat

ishini qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini bevosita yoki
surishtiruv organlari yordamida tekshirish zarurati bo‘lgan taqdirda, o‘n sutkadan
kechiktirmasdan ko‘rib chiqilishi lozim. Ushbu muddatlar jinoyatga oid xabar olingan
paytdan boshlab to ishni qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror
chiqarilgunga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.

Ko‘rsatilgan muddatlar ichida qo‘shimcha hujjatlar, izohlar talab qilib olish,

shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va
ekspertiza o‘tkazish mumkin. Ish qo‘zg‘atilgunga qadar boshqa tergov harakatlarini
o‘tkazish man qilinadi”, deyilgan. Shunga ko‘ra, tintuv tergov harakati faqat qo‘zg‘atilgan
jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.

O‘zR JPKning 162

-

moddasiga ko‘ra, kechiktirib bo‘lmaydigan ya’ni shaxsiy tintuv

va olib qo‘yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o‘tkazilish

holatlari orasida:

jamoat tartibini saqlashga doir burchini bajarayotgan militsiya xodimi

tomonidan gumon qilinuvchini ushlash chog‘ida ushlanuvchining yonida qurol

borligiga

yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli

asoslar bo‘lgan (JPKning 224

-moddasi);

gumon qilinuvchi militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga

olib kelinib, uni ushlab turish haqida JPKning 225-moddasiga asosan bayonnoma tuzilgan
holatlari keltirilgan.

Mazkur holatlar tergov amaliyotida ko‘pincha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar

vujudga keladi. Agar O‘zR JPKning 329

-moddasining talablarini buzmaslik uchun mazkur

tergov harakatini o‘tkazishdan oldin jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lishi talab qilinadi.

Qonundagi bu kabi qoidalarning bir-biriga zidligi tergov faoliyatini qiyinlashtiradi yoki

aksincha mazkur tergov harakati jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar kechiktirib
bo‘lmaydigan hollarda o‘tkazilganda jinoyat

-

protsessual qonunchiligi (aniqrog‘i

329-modda) talablarni jiddiy buzilishiga olib keladi.

Mazkur muammoning yechimi O‘zR JPJning 329

-moddasiga jinoyat ishi

qo‘zg‘atilgunga qadar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan protsessual harakatlari doirasiga
shaxsiy tintuvni kiritish bilan erishiladi. O‘zR JPKning 329

-moddasi ikkinchi qismi

“Ko‘rsatilgan muddatlar ichida qo‘shimcha hujjatlar, izohlar talab qilib olish, shuningdek
shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish,
ushlangan shaxsni shaxsiy tintuv qilish mumkin. Ish qo‘zg‘atilgunga qadar boshqa tergov
harakatlarini o‘tkazish man qilinadi” degan tahrirda o‘zgartirish kerak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

65

Tintuv qidirish bilan bog‘liq tushuncha bo‘lganligi sababli tergovchi shaxs

yashirgan jinoyat qurollarini, jinoiy yo‘llar bilan orttirilgan boyliklarni topish bilan birga

quyidagi vazifalarga ham ega:

jinoyat qurollarini va uni sodir etish uchun maxsus tayyorlangan jinoyat

vositalarini (qurol, ochqichlar, portlovchi moddalar, qalbaki muhrlar va h.k.) yoki shu

maqsadlarda ishlatilgan boshqa uskunalarni (pichoq, bolta, bolg‘a, qalbaki pullar,

ximiyaviy moddalarni) qidirib topish;

jinoiy

yo‘l

bilan orttirilgan boyliklarni, xususan, jinoyatchi tomonidan bevosita

o‘g‘irlangan

buyumlar, tovlamachilik

va boshqa jinoiy yo‘llar bilan orttirilgan narsalarni

topish va olib qo‘yish;

ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa

narsalar va hujjatlarni topish. Bular jinoyat

sodir etilganligini tasdiqlovchi, shuningdek muayyan joyda jinoyat sodir etgan shaxs yoki

narsalar yashirilgan deb hisoblashga asoslar bo‘lsa, ya’ni foto sur’atlar, video va audio

yozuvlarda ular aks ettirilgan bo‘lsa;

qidiruvdagi shaxslarni va murdalarni topish. Bu tergovdan va suddan qochib

yurgan shaxsni bevosita aniqlab topish bo‘lsa, ikkinchi tomondan uni

qayerdaligini

ko‘rsatib turuvchi shaxsiy yozishmalari, hujjatlarini

topishdan iborat. Turar joylarda,

ularning atrofida, yerto‘lalarda,

omborlarda, transport vositalarida murdani va uning

bo‘laklarini topish maqsadida;

fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun va musodara qilinishi kerak bo‘lgan mol

-

mulkni topish maqsadida.

Bunda tergovchi ayblanuvchi, gumonlanuvchi yoki o‘zi sodir

etgan harakatlari yuzasidan moddiy javobgar bo‘lgan shaxsni, shuningdek jinoiy yo‘llar

bilan topilgan mol-

mulklarni boshqa shaxslarda topish mumkin bo‘lgan hollarda;

Tintuv jarayonida ishga taaluqliligidan qat’i nazar, ishlatilishi taqiqlangan narsa va

hujjatlar ham olib qo‘yilishi kerak: o‘q otar qurollar,

narkotik vositalari, radioaktiv

moddalar, davlat

sirlari bilan bog‘liq hujjatlar va h.k.

Tintuv dastlabki va sud tergovlarida har qanday paytda ham o‘tkazilishi mumkin.

Jumladan, jinoiy uyushmalarni tergov qilishda ko‘pincha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan

boshlab amalga oshiriladi. Bu harakat o‘z navbatida jinoiy tajovuz predmeti hisoblanmish

jinoiy yo‘l bilan topilgan boyliklarni, jinoyat sodir etish qurollarini, o‘q otar qurollarini,

transport vositalarini shuningdek yashiringan jinoyatchini topish maqsadida ham amalga

oshiriladi.

Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki

o‘zga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa yoki

hujjatlar bor,

deb hisoblash uchun yetarli

ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda tintuv o‘tkazishga haqliligi

to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi JPKning 158

-

moddasida o‘z aksini topgan.

Tintuv o‘tkazish ko‘pincha turar joy yoki boshqa joylarga majburiy tartibda

kirishni nazarda tutadi, ya’ni bu o‘z navbatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini

cheklashga olib keladi. Tintuv har doim to‘liq asoslangan, yetarli ma’lumotlarga tayangan

holda o‘tkazilishi darkordir, bu haqda qonunda ham “yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan

taqdirda” deyilgan (O‘z.R.JPKning 158

-moddasi 1-qism).

Yetarli ma’lumot deyilganda, qonun, tintuv o‘tkazish uchun asoslangan ma’lumot

tergovchida shubha uyg‘otmasligi kerakligi haqida ta’kidlab o‘tadi. Bunday ma’lumotlar

tergov yoki

operativ harakatlari natijasida turli manbalardan olingan bo‘lishi mumkin.

Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

guvoh, jabrlanuvchi, gumonlanuvchi, ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari;

fuqarolarning ariza va shikoyatlari;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

66

davlat, jamoat va korxona

tashkilotlar mansabdor shaxslarining rasmiy

bildirgilari asosida;

tergov faoliyati va usullari yordamida to‘plangan ma’lumotlar yig‘indisi asosida;

ulardan eng maqbul bo‘lgani, kim, nimani, qayerda

yashirgani to‘g‘risida ishonarli va

yetarli asoslarga ega bo‘lgan ma’lumotlar hisoblanadi. Tintuv qidirilayotgan shaxsni,
shuningdek murdani topish uchun ham o‘tkazilishi mumkin

[2].

Operativ-

qidiruv ma’lumotlar protsessual qaror qabul qilishga asos bo‘la olmaydi,

ular faqatgina qidiruvga ma’lum bir yo‘nalish berishi mumkin.

Noprotsessual manbalardan olingan ma’lumotlar (operativ qidiruv ma’lumotlari)

ish materiallari bilan qiyoslanganda, ularga mos kelgan taqdirdagina tintuv o‘tkazish
to‘g‘risida asoslantirilgan qaror chiqarishda hisobga olinishi mumkin [3].

Jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatli bo‘lgan jinoyat qurollari, jinoiy yo‘l bilan topilgan

narsa va hujjatlar, muayyan shaxsda yoki joyda qimmatbaho buyumlar saqlanishi ma’lum
bo‘lsa yoki bu haqda gumon paydo bo‘lsa, bu tintuvni amalga oshirishga asos bo‘la oladi.

Tintuv asosan ish bo‘yicha daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan predmetlarni, hujjatlarni

aniqlash (topish) va olish; qidiruvda bo‘lgan shaxslarni topib, ularni qo‘lga olish yoki shu
shaxslarning qayerda yashirinib yurishini ko‘rsatuvchi materiallarni aniqlab topish va
olish; ish ahamiyatli bo‘lgan moddiy mablag‘larni (pullar, qimmatbaho narsalar,

qimmatbaho metallar va toshlarni) aniqlab, topish va olish; kelajakda musodarani

ta’minlovchi yoki jinoyatdan ko‘rilgan zararni qoplovchi mulkni topish va uni hatlab
qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi.

Tintuv o‘tkazish uchun, qidirilayotgan ob’yektning aniq saqlanayotgan joyni bilishni

talab qilmaydi va bu holat uni olib qo‘yish bilan bog‘lik protsessual harakatdan ajratadi.

Tintuv o‘tkazishdan hamda u haqda qaror qabul qilishdan avval ish bo‘yicha

yig‘ilgan faktik ma’lumotlar baholanishi va tahlil etilishi lozim. Tintuv, murdani
qidirishda ham o‘tkazilishi mumkin.

Tintuv o‘tkazish uchun surishtiruvchi, tergovchi tintuv to‘g‘risida qaror chiqaradi

va bu qarorda prokuror o‘z ruxsatini qayd etadi yoki prokuror o‘rinbosari uning o‘rniga

ruxsat berishi mumkin.

Tintuv kechiktirib bo‘lmas tergov harakati bo‘lib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan

so‘ng, tegishli tergov holatini taqozo etadigan bo‘lsa, jinoyat ishining har qanday
jarayonida o‘tkazilishi mumkin. Chunki jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan daliliy
ashyolarning o‘z ahamiyatini yo‘qotishi, aynishi,

o‘z

shaklini

o‘zgartirishi

va boshqa

shunga

o‘xshash

holatlar kuzatilishi mumkin.

Tintuv bilan olib qo‘yish harakati bir

-

biriga o‘xshab ketsa

-da, qator farqli

tomonlari ham mavjud, jumladan: tintuv turli narsalarni qidirishni taqozo etsa, olib

qo‘yishda bu narsalar shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi va “qidiruv”
o‘tkazilmaydi. “Qidiruv” jinoyat ishiga taalluqli narsa yoki hujjatning topish va olish

tushunchasi hisoblanadi. Agar narsa yoki hujjat shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda
huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilmasa yoki shaxs uni taqdim etishdan

bosh tortsa, “qidirishga”ga ehtiyoj tug‘iladi. Bundan tashqari tintuv va olib qo‘yish
fuqarolar tomonidan bir xilda tushunilmaydi, chunki fuqarolarni tintuv ko‘proq
tashvishga soladi, olib qo‘yish esa, agar u ixtiyoriy ravishda sodir etilgan bo‘lsa,

protsessual majburlov choralari qatoriga kirmaydi. Shulardan kelib chiqqan holda aytish
mumkinki, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tintuv

va olib qo‘yishni bir

- biridan farqlash kerak [4].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

67

Bir so‘z bilan izohlaydigan bo‘lsak, tintuvning ham, olib qo‘yishning ham asosiy

maqsadlaridan biri

jinoyat ishi bo‘yicha dalillar to‘plashdir. Tintuvni o‘tkazishda

quyidagi masalalarga e’tibor berish lozim:

jinoyat ishi uchun, daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarni toppish;

jinoyat sodir etish quroli va vositalari (o‘q otar qurollar, pichoq,

bolta, ochqich va

h.k.);

jinoiy harakatlarning ob’yektlari (o‘g‘irlangan mulk, pul va boshqa

qimmatliklar);

jinoyat izlarini o‘zida saqlagan narsalar yoki uni yashirish uchun

ishlangan

moslamalar (qon dog‘larini o‘zida aks ettirgan kiyimlar,

maxfiy berkitish uchun

mo‘ljallangan joylari va h.k.);

izlanayotgan shaxslarning murdalari;

jinoyat yo‘li bilan orttirilgan mulk, pullar va boshqa

qimmatliklar;

boshqa jinoyat ishiga ahamiyatli bo‘lgan narsa va hujjatlar (xatlar,

turli yozuvlar,

fotosuratlar va boshqalar);

qidirilayotgan shaxslar, dezertirlarni, ularni izlashni osonlashtiradigan va

tavsiflaydigan materiallarni topish;

keltirilgan moddiy zararni qoplash yoki musodara qilish uchun shaxsga taalluqli

bo‘lgan mulkni qidirish. Bunda faqat mulk emas, uning

qayerda ekanligiga ishora qiluvchi

materiallar, qarindosh yoki

tanishlari bilan o‘zaro yozishmalar, turli kvitansiyalar va

shaxsda shu mulkning borligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (tovar yorliqlari, pasportlar,
qidirilayotgan narsalarning qismlari va boshqalar) qidiriladi;

bundan tashqari tintuvda, ishlatilishi ta’qiqlangan (qurol

-

yaroq, o‘q

-dorilar,

portlovchi moddalar, zaharli moddalar. narkotiklar.

pornomateriallar, qo‘lda

tayyorlangan spirtli ichimliklar va uni tayyorlovchi asboblar, quyma oltin, platina,
kumush va boshqalar) olib

qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi JPKning 157, 158

-

moddalarida ta’kidlanganidek, ish

uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa va hujjatlarni tintuv qilishga va olib qo‘yishni
harakatlarini o‘tkazish uchun tergovchi yetarli asoslarga ega bo‘lishi kerak. Tintuv va olib
qo‘yish shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq harakat
bo‘lganligi uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari (ayniqsa jinoyat

-qidiruv

xodimlari) qonun talablari asosida harakat qilishlari kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat

-protsessual kodeksi. Toshkent. 1994 y.

2.

Криминалистика. Краткая ээнциклопедия. Aвтор составитель Р.С.Белкин.

-

М.: Научное изд

-

во “Большая Российская Энциклопедия”, 1993. с.47.

3.

Рижаков A.П. Следственные действия Москва 1997. с. 38

4.

Kriminalistika. Darslik. R.Belkinning mas’ul muharrirligi ostida.

-M.: Norma,

2000. b.64.

5.

Шадрин В. A, «Обеспечение прав личности в расследований преступлений»

М. 1999. б. 142.

6.

Московская Ю.A. “Охрана прав и законных интересов личности” Ярослав.,

1984.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. Toshkent. 1994 y.

Криминалистика. Краткая ээнциклопедия. Aвтор составитель Р.С.Белкин. -М.: Научное изд-во “Большая Российская Энциклопедия”, 1993. с.47.

Рижаков A.П. Следственные действия Москва 1997. с. 38

Kriminalistika. Darslik. R.Belkinning mas’ul muharrirligi ostida. -M.: Norma, 2000. b.64.

Шадрин В. A, « Обеспечение прав личности в расследований преступлений» - М. 1999. б. 142.

Московская Ю.A. “Охрана прав и законных интересов личности” Ярослав., 1984.