Авторы

  • Сиёвуш Шукруллаев
    Преподаватель, кафедра Гражданского процессуального и экономического процессуального права, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp283-288

Ключевые слова:

организационно-правовая форма ООО учредительный документ уставный фонд вклады учредитель органы управления гражданско-правовые права и гражданско-правовые обязанности

Аннотация

В данной статье проводится анализ деятельности общества с ограниченной ответственностью (ООО), включая правовое положение его участников, имущественные права и обязанности, гражданско-правовую ответственность организации. Также рассматриваются учредительные документы ООО и порядок их оформления, а также особенности юридической и транзакционной дееспособности ООО.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legal entity and legal capacity of a limited liability

company

Siyovush SHUKRULLAYEV

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023

Accepted 20 January 2024

Available online

25 February 2024

This article analyzes the activity of the LLC, the legal status

of the LLC's participants, the property and property rights of

the LLC, the civil-legal responsibility of the LLC, the founding

documents of the LLC and their formalization, the specific

features of the legal and transactional capacity of the LLC.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1-pp283-288

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

organizational and legal

form,

LLC,

constituent document,

charter capital,

Share,

founder,

governing bodies,

possession of civil rights and

assumption of civil

obligations.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatning huquq va muomala

layoqati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Mazkur maqolada MChJning

faoliyati,

MChJ ishtirokchilari huquqiy

holati,

MChJning mol-mulki va

mulkiy huquqlari,

fuqarolik-huquqiy

javobgarligi,

MCHJ

ta’sis hujjatlari

va ularni

rasmiylashtirilishining

o‘ziga xos xususiyatlari tahlil

etilgan.

Mazkur maqolada MChJning faoliyati, MChJ ishtirokchilari

huquqiy holati, MChJning mol-mulki va mulkiy huquqlari,

fuqarolik-huquqiy javobgarligi, MCHJ ta

sis hujjatlari va ularni

rasmiylashtirilishining o

ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan.

1

Lecturer, Department of Civil Procedural and Economic Procedural Law, Tashkent State University of Law.

Tashkent, Uzbekistan. E-mail: siyovush.law@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

284

Правоспособность и дееспособность общества с
ограниченной ответственностью

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

организационно

-

правовая

форма,

ООО,

учредительный документ,
уставный фонд,

вклады,

учредитель,

органы управления,

гражданско

-

правовые

права и гражданско

-

правовые обязанности.

В данной статье проводится анализ деятельности

общества с ограниченной ответственностью (ООО),

включая

правовое

положение

его

участников,

имущественные права и обязанности, гражданско

-

правовую

ответственность

организации.

Также

рассматриваются учредительные документы ООО и

порядок их оформления, а также особенности юридической
и транзакционной дееспособности ООО.


Bugungi kunda davlatimizda aksariyat tadbirkorlar o

zlarining biznesini yuritishda

MChJ tashkiliy-huquqiy shaklini qulay va ishonchli deb bilishadi. Xo

sh, nima sababdan

tadbirkorlar aynan mazkur tashkiliy huquqiy shaklni afzal ko

rishmoqda?

Tashkiliy-

huquqiy shakli bo‘yicha hozirda mavjud korxona va tashkilotlar

statistikasiga e’tibor beradigan bo‘

lsak, MChJ tashkiliy-huquqiy shaklidagi

tashkilotlarning jami soni 298 800 ta bo

lib, bu ko

rsatkich barcha tashkiliy-huquqiy

shakllarning deyarli teng yarimini tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikda MChJ xo

jalik

jamiyati hisoblanib, Fuqarolik kodeksining [1] 58-moddasida ulushlarga (qo

shilgan

hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga bo‘lingan ustav fondi

(ustav kapitali)ga ega bo

‘lgan tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari

hisoblanashi, muassislar (ishtirokchilar) qo

shgan hissalar yoki ular sotib olgan aksiyalar

hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek xo‘jalik shirkati yoki jamiyati o‘

z faoliyati

jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga

tegishliligi, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari to‘liq shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati

cheklangan yoki qo

‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, aktsiyadorlik jamiyati shaklida tuzilishi

mumkinligi belgilangan.

Xo‘jalik jamiyatlarining xo‘jalik shirkatlaridan farqli tarafi shundaki, xo‘jalik

shirkatida ishtirokchilarning birlashishi hamda ularning shirkat ishlarida faol ishtiroki

talab qilinsa, xo‘jalik jamiyatlarida esa resurslar, mablag‘

lar (kapital) jamlagishi oqibatida

vujudga keladi va shu no

‘qtai nazardan unda ishtirokchilarning xo‘jalik jamiyatlari

ishlarida shaxsan qatnashishi talab etilmaydi. Xo‘jalik jamiyatlarida ishtirokchilarning

huquq va majburiyatlari bilan bog

‘liq farqli jihati aynan ularning majburiyatlari bo‘yicha

javobgarligi doirasi bilan baholanadi. Misol uchun, mas’uliyati cheklangan jamiyatning
ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘

lmaydilar va jamiyat faoliyati

bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

(FKning 62-

moddasi). Ya’ni ularning tadbirkorlik faoliyatidagi tavakkalchilik darajasi

ularning jamiyat ustav fondiga kiritgan hissalarining miqdori bilan belgilanadi.

MChJniig mulkiy asosi jamiyat ishtirokchilarining hissalaridan tashkil topgan ustav

fondi (kapitali)dan iborat. Ustav kapitalining miqdoriga qo‘yilgan talab mavjud emasligi

MChJning boshqa xo‘jalik jamiyatlaridan ustun tomonini ko‘rsatadi. Shu sababli ustav

kapitalining miqdori ishtirokchilar tomonidan ixtiyoriy qiymatda ustavda belgilanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

285

Bunda bitta istisno holat mavjud bo‘lib, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng

kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin. Qo‘shimcha mas’uliyatli

jamiyatda javobgarligi doirasi biroz kengroq bo‘lib, Fkning [12] 63

-

moddasiga ko‘ra,

bunday jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol

-mulklari bilan

qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis

hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘lishi,

ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari

bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning

boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning

qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Mas’uliyati cheklangan va

qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunda “Muassis” va “ishtirokchi”

tushunchalari xususan, qachon “Muassis” maqomidan “ishtirokchi” maqomiga o‘zgarishi,

farqli jihatlari aniq ifodalab berilmagan.

M.M.

Serebrennikovning [2] fikricha “Muassis” va “ishtirokchi” atamasini Jamiyat

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, huquqiy maqomi bir turdan ikkinchi

turga o‘zgarishini takidlagan.

O.S. Ribinaning [3] fikricha esa, muassisning huquqiy statusi ta

sis shartnomasi

asosida belgilanadi.

Fikrimizcha, “Muassis” va “ishtirokchi” maqomi o‘rtasidagi chegara jamiyat davlat

ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab aniqlanadi.

Jamiyat davlat ro‘yxatidan

o‘tkazilgungacha bo‘lgan muddatda jamiyatni sun’iy yaratuvchi jismoniy shaxsi “Muassis”

maqomida bo‘ladi. “Muassis” bevosita jamiyat tashkil etilguniga qadar bo‘lgan

muddatdagi faoliyati va harakati uchun boshqa muassislar va uchinchi shaxslar oldida

javobgar hisoblanadi. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingina unga ulush

kiritgan muassisi “ishtirokchi” maqomini oladi va huquqning yangi bir sub’yekti sifatida

MChJ yaratiladi. Ishtirokchining maqomi ta’sis hujjatlai va qonun bilan belgilanadi.

Fuqarolik kodeksi 41-

moddasiga [4] ko‘ra, yuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida

nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘lishi,

yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati esa uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari

bilan belgilanishi ko‘rsatilgan, biroq qonun chiqaruvchi yuridik shaxsning huquq layoqati

qachondan boshlab vujudga kelishini ochiq qoldirgan shuningdek, yuridik shaxsning

muomala layoqati tushunchasi va uning qachon vujudga kelishi to‘g‘risida qoida

kiritmagan. Bizning fikrimizcha, yuridik shaxs o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga

ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va

ularni bajarish layoqati, ya’ni muomala layoqatisiz fuqarolik huquqining to‘la qonli

sub’yekti bo‘la olmaydi. Shu sabali qonun chiqaruvchi yuridik shaxsning huquq va

muomala layoqatiga kengroq doirada alohida tavsif berishi lozim deb hisoblaymiz.

Negaki, yuridik shaxs muomala layoqati mavjud bo‘lgandagina fuqarolik huquqlariga ega

bo‘lishi va ularni amalga oshirishi, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirishi va

ularni bajarishi mumkin.

Mazkur holatda qonun chiqaruvchi faqatgina tor ma’noda yuridik shaxs davlat

ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanishini aytish orqali

uning huquq va muomala layoqatini vujudga kelish vaqtini va o‘sha vaqtdan boshlab

fuqarolik huquqining sub’yekti deb e’tirof etilishini

nazarda tutgan.

MChJning ta

sis etish usulini muassislar sonidan kelib chiqib ikki turga ajratish

mumkin. “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi

qonunning [5]10-

moddasiga ko‘ra, jamiyatning muassislari soni ikki yoki undan ortiq


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

286

bo‘lsa, ta’sis shartnomasini tuzish va jamiyat ustavini tasdiqlash orqali, 11

-moddasiga

ko‘ra, jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav orqali ta’sis

etilishi mumkin. Demak, yuqoridagi qoidadan shuni tushunishimiz mumkinki, MCHJ ta’sis

shartnomasi va ustav orqali yoki faqat ustavning o‘zi orqali ham ta’sis etilishi nazarda

tutilgan.

“Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning

12-

moddasiga [6] ko‘ra, ta’sis shartnomasida jamiyatning ishtirokchilari jamiyatni tashkil

etish majburiyatini oladilar va uni tuzish bo‘yicha birgalikdagi kelgusidagi faoliyat
maqsadlarini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:

MChJ muassislarining tarkibi;

MChJ ustav fondining miqdori va har bir muassis ulushining miqdori;

MCh

J ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga hissalarni qo‘shish tartibi, miqdori,

usullari va muddatlari;

hissalarni qo‘shish bo‘yicha

majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat

muassislarining javobgarligi;

MCh

Jning muassislari o‘rtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi;

MChJ organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish

tartibi.

Ta’sis shartnomada asosiy urg‘u muassislarning huquq va majburiyatlariga

qaratiladi.

Mazkur Qonunning 13-

moddasiga ko‘ra, jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi

kerak:

MCh

Jning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi;

MChJ faoliyatining predmeti;

MChJning

pochta manzili to‘g‘risidagi ma’

lumotlar;

MCh

J organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat

ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to‘g‘risidagi,
jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan
qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar
to‘g‘risidagi ma’

lumotlar;

MCh

J ustav fondining miqdori to‘g‘risidagi ma’

lumotlar;

MCh

J har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi

ma’lumotlar;

MChJ ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;

MCh

J ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi

ma’lumotlar;

MChJ ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa

shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

MChJning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat

ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;

MCHJning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar.

MCHJning ustavida asosiy urg‘u jamiyatning huquqiy maqomini belgilash, jamiyat

faoliyatini tashkil etishga qaratilgan bo‘ladi. Biroq, amaliyotda aksariyat tadbirkorlik

sub

’yektlari mazkur ikki ta’sis hujjatini, ya’ni ta’sis shartnomasi va ustav mazmunini bir


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

287

xil mazmunda qilib tuzishadi. Fikrimizcha, ushbu holat yuridik jihatdan noto‘g‘ri deb
hisoblaymiz. Yoqoridagi tushunmovchilikni bartaraf etish maqsadida “Mas'uliyati
cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 12

-moddasiga

“ta’sis shartnomasi muassislarning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi ta’sis
hujjati hisoblanadi”, 13

-

moddasiga esa, “jamiyat ustavi jamiyatning huquqiy maqomi va

jamiyat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab beruvchi ta’sis hujjati hisoblanadi”

,

degan qo‘shimcha kiritish maqsadga muvofiq. Amaldagi fuqarolik qonunchilik yuridik

shaxslarning huquq layoqatini haddan tashqari cheklaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 5-apreldagi F

5464-son farmoyishi

bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish

Konseptsiyasining I bo‘limi 5

-bandida Fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining

huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga to'sqinlik qiluvchi fuqarolik

qonunchiligidagi huquqiy bo‘shliqlar va kolliziyalarni bartaraf etish nazarda tutilgan. Shuni
inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 41

-moddasiga

quyidagi o‘zgartirish kiritilishini taklif qilamiz:

Yuridik shaxs ham jismoniy shaxs ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquq va

majburiyatlarga ega bo‘ladi (fuqarolik huquq layoqati), tabiatiga ko‘ra faqat insonga
tegishli bo‘lishi mumkin huquq va majburiyatlar bundan mustasno. Qonunda yuridik

shaxslarning ayrim turlariga nisbatan maxsus huquq layoqati va uning doirasi
belgilanishi mumkin. Mazkur qonunning 10-

moddasiga ko‘ra, jamiyat ustavini tasdiqlash

to‘g‘risidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini
tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi

belgilangan, biroq amliyotda ushbu toifadagi qarorlar qabul qilinmaydi. Aksincha,

jamiyatning ta’sis hujjatlarini tasdiqlashdan oldingi jarayon sifatida muassis bitta bo‘lgan

taqdirda

ta’sis etish qarori, muassislar ikki yoki undan ortiq bo‘lsa

ta’sis etish

bayonnomasi tasdiqlanadi. Ta’sis etish qarori yoki ta’sis etish bayonnomasida

quyidagilar nazarda tutiladi:

1.

jamiyatni ta’sis etish, shug‘ullanadigan asosiy faoliyat turini aniqlab olish, loyiha

-

smeta hujjatlarini ishlab chiqish, pochta manzilini tasdiqlash;

2. jamiyatning nomi, shtamp va dumaloq muhrini tasdiqlash;
3. jamiyat ustav fondining miqdori va muassislarning tarkibi va har bir muassis

ulushining miqdori va nominal qiymatini tasdiqlash;

4.

jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavini tasdiqlash (muassis bitta bo‘lsa faqat

ustav);

5. jamiyatning boshqaruv organlari va boshqaruvchilarini tayinlash;
6.

tashkiliy masalalarni hal etish: jamiyatni vakolatli davlat organidan ro‘yxatdan

o‘tkazish topshirig‘i yuklatiladi.

Fikrimizcha, ta’sis etish qarori yoki ta’sis etish bayonnomasini tasdiqlash jarayonni

bevosita jamiyatning

ta’sis hujjatlarini tasdiqlashdan oldingi bosqich va ta’sis hujjatlarini

vujudga keltiruvchi asos deb baholaymiz.

Amaldagi fuqarolik qonunchiligda ta’sis etish qarori yoki ta’sis etish bayonnomasi

to‘g‘risida alohida qoidalar belgilanmaganligi hozirda tadbirkorlik faoliyatini boshlash
arafasida turgan shaxslar va ro‘yhatdan o‘tkazishni amalga oshiryotgan shaxslar uchun
tushunmovchilik tug‘dirmoqda. Sababi ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ta’sis hujjatlridan
tashqari aynan ta’sis etish qarori yoki ta’sis etish bayonnomasini vakolatli davlat organi,

ya

ni davlat xizmatlari markaziga taqdim etish majburiyati tadbirkor zimmasida.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

1 (2024) / ISSN 2181-1415

288

Xulosa va taklif o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, MC

h

J ta’sis hujjatlari va vujudga

kelish asoslariga yuridik tavsif berilishi va ularning huquqiy tabiati ochib berilishi kerak.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligida MCh

Jning ta’sis hujjatlari sifatida ustav va ta’sis

shartnomasi nazarda tutilgan. Biroq ta’sis etish qarori, ta’sis etish bayonnomasi va
jamiyat ishtirokchilari o‘rtasidagi boshqa kelishuvlari xususida alohida qoidalar

belgilanganmagan. Vaholanki,

ta’sis etish qarori yoki ta’sis etish bayonnomasini

tasdiqlash jarayonni bevosita jamiyatning ta’sis hujjatlarini tasdiqlashdan oldingi bosqich
va ta’sis hujjatlarini vujudga keltiruvchi asos

bo‘lib xizmat qiladi.

MCh

Jni tashkil etishda ta’sis hujjatlari uchun umumiy bo‘lgan qoidalarning mavjud

emasligi, ularni talqin etish va qo‘llash turli xil yondashuvlarni vujudga keltiradi. Shu bois

MCh

Jlarning ta’sis hujjatlariga oid Fuqarolik kodeksi normalarini ta’sis etish qarori yoki

ta’sis etish bayonnomasi qoidalari bilan to‘ldirish lozim.

Bundan tashqari, amaliyotda aksariyat tadbirkorlik subyektlari ta’sis shartnomasi

va ustav mazmunini bir xil mazmunda qilib tuzishadi. Fikrimizcha, ushbu holat yuridik

jihatdan noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Yuqoridagi tushunmovchilikni bartaraf etish
maqsadida “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi

qonunning 12-

moddasiga “ta’sis shartnomasi muassislarning huquq va majburiyatlarini

belgilab beruvchi ta’sis hujjati hisoblanadi”, 13

-

moddasiga esa, “jamiyat ustavi

jamiyatning huquqiy maqomi va jamiyat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab

beruvchi ta’sis hujjati hisoblanadi”

degan qo‘shimcha kiritish maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик Кодекси биринчи

қисм

// Қонун

ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.01.2020 й., 03/20/603/0071

-

сон.

2.

Ўзбекистон Республикасининг “Масъулияти чекланган ва қўшимча

масъулиятли жамиятлар тўғрисида”ги Қонуни // Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси, 22.07.2020 й., 03/20/629/1087

-

сон

3.

Раҳмонқулов Ҳ.Р. Фуқаролик ҳуқуқининг субъектлари. Ўқув қўлланма. –

Тошкент: ТДЮИ, 2008. –

67 б

4.

Белов В.А., Пестерева Е.В. Хозяйственные общества. М., 2002.; Гражданское

право. Т. 1. / под ред. проф. Е.А. Суханова. М.: Волтерс Клувер, 2010

\

5.

Сапко. С.И. Правовой статус общества с ограниченной ответственностью

по законодательству России // Ленинградский юридический журнал. 2013. № 2

(32).

С. 221.

6.

Макаров С.А. Общество с ограниченной ответственностью как субъект

гражданского права: Автореф. дис. канд. юрид. наук. –

Саратов: 2004. –

11 с.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик Кодекси биринчи қисм // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.01.2020 й., 03/20/603/0071-сон.

Ўзбекистон Республикасининг “Масъулияти чекланган ва қўшимча масъулиятли жамиятлар тўғрисида”ги Қонуни // Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 22.07.2020 й., 03/20/629/1087-сон

Раҳмонқулов Ҳ.Р. Фуқаролик ҳуқуқининг субъектлари. Ўқув қўлланма. – Тошкент: ТДЮИ, 2008. – 67 б

Белов В.А., Пестерева Е.В. Хозяйственные общества. М., 2002.; Гражданское право. Т. 1. / под ред. проф. Е.А. Суханова. М.: Волтерс Клувер, 2010

Сапко. С.И. Правовой статус общества с ограниченной ответственностью по законодательству России // Ленинградский юридический журнал. 2013. № 2 (32). – С. 221.

Макаров С.А. Общество с ограниченной ответственностью как субъект гражданского права: Автореф. дис. канд. юрид. наук. – Саратов: 2004. – 11 с.