Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Forms of exercising the rights of a limited liability
company
Siyovush SHUKRULLAYEV
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 15 July 2024
Available online
25 August 2024
This article analyzes the activity of the LLC, the legal status
of the LLC
’
s participants, the property and property rights of the
LLC, the civil-legal responsibility of the LLC, the founding
documents of the LLC and their formalization, the specific
features of the legal and transactional capacity of the LLC.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
organizational and legal
form,
LLC,
constituent document,
charter capital,
Share,
founder,
governing bodies,
possession of civil rights and
assumption of civil
obligations.
Mas
’
uliyati cheklangan jamiyatning
o‘
z huquqlarini
amalga oshirish shakillari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tashkiliy-huquqiy shakl,
MCHJ,
ta
’
sis hujjati,
ustav fondi,
hissalar,
muassis,
boshqaruv organlari,
fuqarolik huquqlari ega
b
o‘
lishi va fuqarolik
majburiyatlarini zimmasiga
olish.
Mazkur maqolada MCHJning faoliyati, MCHJ ishtirokchilari
huquqiy holati, MCHJning mol-mulki va mulkiy huquqlari,
MCHJning fuqarolik-huquqiy javobgarligi, MCHJ ta
’
sis hujjatlari
va ularni rasmiylashtirilishining
o‘
ziga xos xususiyatlari tahlil
etilgan.
1
Lecturer, Department of Civil Procedural and Economic Procedural Law, Tashkent State University of Law.
Tashkent, Uzbekistan. E-mail: siyovush.law@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
108
Формы реализации прав общества с ограниченной
ответственностью
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
организационно
-
правовая
форма,
ООО,
учредительный документ,
уставный фонд,
вклады,
учредитель,
органы управления,
гражданско
-
правовые
права и гражданско
-
правовые обязанности.
В данной статье анализируется деятельность ООО,
правовое положение участников ООО, имущество и
имущественные
права
ООО,
гражданско
-
правовая
ответственность ООО, учредительные документы ООО и их
оформление, особенности юридическая и транзакционная
дееспособность ООО.
Bugungi kunda davlatimizda aksariyat tadbirkorlar
o‘
zlarining biznesini yuritishda
MCHJ tashkiliy-huquqiy shaklini qulay va ishonchli deb bilishadi. X
o‘
sh, nima sababdan
tadbirkorlar aynan mazkur tashkiliy huquqiy shaklni afzal k
o‘
rishmoqda?
Tashkiliy-huquqiy shakli b
o‘
yicha hozirda mavjud korxona va tashkilotlar
statistikasiga e
’
tibor beradigan b
o‘
lsak, MCHJ tashkiliy-huquqiy shaklidagi
tashkilotlarning jami soni 298 800 ta b
o‘
lib, bu k
o‘
rsatkich barcha tashkiliy-huquqiy
shakllarning deyarli teng yarimini tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikda MCHJ x
o‘
jalik
jamiyati hisoblanib, Fuqarolik kodeksining [1] 58-moddasida ulushlarga (q
o‘
shilgan
hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga b
o‘
lingan ustav fondi
(ustav kapitali)ga ega b
o‘
lgan tijoratchi tashkilotlar x
o‘
jalik shirkatlari va jamiyatlari
hisoblanashi, muassislar (ishtirokchilar) q
o‘
shgan hissalar yoki ular sotib olgan aksiyalar
hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek x
o‘
jalik shirkati yoki jamiyati
o‘
z faoliyati
jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga
tegishliligi, x
o‘
jalik shirkatlari va jamiyatlari t
o‘
liq shirkat, kommandit shirkat, mas
’
uliyati
cheklangan yoki q
o‘
shimcha mas
’
uliyatli jamiyat, aktsiyadorlik jamiyati shaklida tuzilishi
mumkinligi belgilangan.
X
o‘
jalik jamiyatlarining x
o‘
jalik shirkatlaridan farqli tarafi shundaki, x
o‘
jalik
shirkatida ishtirokchilarning birlashishi hamda ularning shirkat ishlarida faol ishtiroki
talab qilinsa, x
o‘
jalik jamiyatlarida esa resurslar, mabla
g‘
lar (kapital) jamlagishi oqibatida
vujudga keladi va shu n
o‘
qtai nazardan unda ishtirokchilarning x
o‘
jalik jamiyatlari
ishlarida shaxsan qatnashishi talab etilmaydi. X
o‘
jalik jamiyatlarida ishtirokchilarning
huquq va majburiyatlari bilan bo
g‘
liq farqli jihati aynan ularning majburiyatlari b
o‘
yicha
javobgarligi doirasi bilan baholanadi. Misol uchun, mas
’
uliyati cheklangan jamiyatning
ishtirokchilari uning majburiyatlari b
o‘
yicha javobgar b
o‘
lmaydilar va jamiyat faoliyati
bilan bo
g‘
liq zarar uchun
o‘
zlari q
o‘
shgan hissalar qiymati doirasida javobgar b
o‘
ladilar.
(FKning 62-moddasi). Ya
’
ni ularning tadbirkorlik faoliyatidagi tavakkalchilik darajasi
ularning jamiyat ustav fondiga kiritgan hissalarining miqdori bilan belgilanadi.
MCHJniig mulkiy asosi jamiyat ishtirokchilarining hissalaridan tashkil topgan ustav
fondi (kapitali)dan iborat. Ustav kapitalining miqdoriga q
o‘
yilgan talab mavjud emasligi
MCHJning boshqa x
o‘
jalik jamiyatlaridan ustun tomonini k
o‘
rsatadi. Shu sababli ustav
kapitalining miqdori ishtirokchilar tomonidan ixtiyoriy qiymatda ustavda belgilanadi.
Bunda bitta istisno holat mavjud b
o‘
lib, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng
kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin. Q
o‘
shimcha mas
’
uliyatli
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
109
jamiyatda javobgarligi doirasi biroz kengroq b
o‘
lib, FKning [12] 63-moddasiga k
o‘
ra,
bunday jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari b
o‘
yicha
o‘
z mol-mulklari bilan
q
o‘
shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil b
o‘
lgan, jamiyatning ta
’
sis
hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar b
o‘
lishi,
ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) b
o‘
lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari
b
o‘
yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta
’
sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning
boshqacha tartibi nazarda tutilgan b
o‘
lmasa, boshqa ishtirokchilar
o‘
rtasida ularning
q
o‘
shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Mas’
uliyati cheklangan va
q
o‘
shimcha mas
’
uliyatli jamiyatlar t
o‘g‘risida”gi Qonunda “Muassis” va “ishtirokchi”
tushunchalari xususan, qachon “Muassis” maqomidan “ishtirokchi” maqomiga o‘
zgarishi,
farqli jihatlari aniq ifodalab berilmagan.
M.M. Serebrennikovning [
2] fikricha “Muassis” va “ishtirokchi” atamasini Jamiyat
davlat r
o‘
yxatidan
o‘
tkazilgan paytdan boshlab huquqiy maqomi bir turdan ikkinchi turga
o‘
zgarishini takidlagan.
O.S. Ribinaning [3] fikricha esa, muassisning huquqiy statusi ta
’
sis shartnomasi
asosida belgilanadi.
Fikrimizcha, “Muassis” va “ishtirokchi” maqomi o‘
rtasidagi chegara jamiyat davlat
r
o‘
yxatidan
o‘
tgan paytdan boshlab aniqlanadi. Jamiyat davlat r
o‘
yxatidan
o‘
tkazilgungacha b
o‘
lgan muddatda jamiyatni sun
’iy yaratuvchi jismoniy shaxsi “Muassis”
maqomida b
o‘ladi. “Muassis” bevosita jamiyat tashkil etilguniga qadar bo‘
lgan
muddatdagi faoliyati va harakati uchun boshqa muassislar va uchinchi shaxslar oldida
javobgar hisoblanadi. Jamiyat davlat r
o‘
yxatidan
o‘
tkazilgandan keyingina unga ulush
kiritgan muassisi “ishtirokchi” maqomini oladi va huquqning yangi bir subyekti sifatida
MCHJ yaratiladi. Ishtirokchining maqomi ta
’
sis hujjatlai va qonun bilan belgilanadi.
Fuqarolik kodeksi 41-moddasiga [4] k
o‘
ra, yuridik shaxs
o‘
zining ta
’
sis hujjatlarida
nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega b
o‘
lishi,
yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati esa uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari
bilan belgilanishi k
o‘
rsatilgan, biroq qonun chiqaruvchi yuridik shaxsning huquq layoqati
qachondan boshlab vujudga kelishini ochiq qoldirgan shuningdek, yuridik shaxsning
muomala layoqati tushunchasi va uning qachon vujudga kelishi t
o‘g‘
risida qoida
kiritmagan. Bizning fikrimizcha, yuridik shaxs
o‘
z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga
ega b
o‘
lish va ularni amalga oshirish,
o‘
zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va
ularni bajarish layoqati, ya
’
ni muomala layoqatisiz fuqarolik huquqining t
o‘
la qonli
subyekti b
o‘
la olmaydi. Shu sabali qonun chiqaruvchi yuridik shaxsning huquq va
muomala layoqatiga kengroq doirada alohida tavsif berishi lozim deb hisoblaymiz.
Negaki, yuridik shaxs muomala layoqati mavjud b
o‘
lgandagina fuqarolik huquqlariga ega
b
o‘
lishi va ularni amalga oshirishi,
o‘
zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirishi va
ularni bajarishi mumkin.
Mazkur holatda qonun chiqaruvchi faqatgina tor ma
’
noda yuridik shaxs davlat
r
o‘
yxatidan
o‘
tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanishini aytish orqali
uning huquq va muomala layoqatini vujudga kelish vaqtini va
o‘
sha vaqtdan boshlab
fuqarolik huquqining subyekti deb e
’
tirof etilishini nazarda tutgan.
MCHJning ta’sis etish usulini muassislar sonidan kelib chiqib ikki turga ajratish
mumkin. “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
qonunning [5] 10-
moddasiga ko‘ra, jamiyatning muassislari soni ikki yoki undan ortiq bo‘lsa
ta’sis shartnomasini tuzish va jamiyat ustavini tasdiqlash orqali, 11
-
moddasiga ko‘ra, jamiyat
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
110
bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav orqali ta’sis etilishi mumkin.
Demak, yuqoridagi qoidadan shuni tushunishimiz mumkinki, MCHJ ta’sis shartnomasi va
ustav orqali yoki faqat ustavning o‘zi orqali ham ta’sis etilishi nazarda tutilgan.
“Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi
qonunning 12-
moddasiga [6] ko‘ra, ta’sis shartnomasida jamiyatning ishtirokchilari
jamiyatni tashkil etish majburiyatini oladilar va uni tuzish bo‘yicha birgalikdagi kelgusidagi
faoliyat maqsadlarini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
•
MCHJ muassislarining tarkibi;
•
MCHJ ustav fondining miqdori va har bir muassis ulushining miqdori;
•
MCHJ ta
’
sis etilayotganda uning ustav fondiga hissalarni q
o‘
shish tartibi, miqdori,
usullari va muddatlari;
•
hissalarni q
o‘
shish b
o‘
yicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat
muassislarining javobgarligi;
•
MCHJning muassislari
o‘
rtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va
tartibi;
•
MCHJ organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish
tartibi.
Ta
’
sis shartnomada asosiy ur
g‘
u muassislarning huquq va majburiyatlariga
qaratiladi.
Mazkur qonunning 13-moddasiga k
o‘
ra, jamiyat ustavida quyidagilar k
o‘
rsatilishi
kerak:
•
MCHJning t
o‘
liq va qisqartirilgan firma nomi;
•
MCHJ faoliyatining predmeti;
•
MCHJning pochta manzili t
o‘g‘
risidagi ma
’
lumotlar;
•
MCHJ organlarining tarkibi va vakolatlari t
o‘g‘
risidagi, shu jumladan jamiyat
ishtirokchilari umumiy yi
g‘
ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar t
o‘g‘
risidagi,
jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi t
o‘g‘
risidagi, shu jumladan
qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion k
o‘
pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar
t
o‘g‘
risidagi ma
’
lumotlar;
•
MCHJ ustav fondining miqdori t
o‘g‘
risidagi ma
’
lumotlar;
•
MCHJ har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati t
o‘g‘
risidagi
ma
’
lumotlar;
•
MCHJ ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
•
MCHJ ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari t
o‘g‘
risidagi
ma
’
lumotlar;
•
MCHJ ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining)
boshqa shaxsga
o‘
tishi tartibi t
o‘g‘
risidagi ma
’
lumotlar;
•
MCHJning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat
ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
•
MCHJning vakolatxonalari va filiallari t
o‘g‘
risidagi ma
’
lumotlar;
•
qonun hujjatlariga zid b
o‘
lmagan boshqa ma
’
lumotlar.
MCHJning ustavida asosiy ur
g‘
u jamiyatning huquqiy maqomini belgilash, jamiyat
faoliyatini tashkil etishga qaratilgan b
o‘
ladi. Biroq, amaliyotda aksariyat tadbirkorlik
subyektlari mazkur ikki ta
’
sis hujjatini, ya
’
ni ta
’
sis shartnomasi va ustav mazmunini bir
xil mazmunda qilib tuzishadi. Fikrimizcha, ushbu holat yuridik jihatdan not
o‘g‘
ri deb
hisoblaymiz. Yoqoridagi tushunmovchilikni bartaraf etish maqsadida “Mas’
uliyati
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
111
cheklangan va q
o‘
shimcha mas
’
uliyatli jamiyatlar t
o‘g‘risida”gi qonunning 12
-moddasiga
“ta’
sis shartnomasi muassislarning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi ta
’
sis
hujjati hisoblanadi”, 13
-
moddasiga esa, “jamiyat ustavi jamiyatning huquqiy maqomi va
jamiyat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab beruvchi ta
’sis hujjati hisoblanadi”
degan q
o‘
shimcha kiritish maqsadga muvofiq. Amaldagi fuqarolik qonunchilik yuridik
shaxslarning huquq layoqatini haddan tashqari cheklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 5-apreldagi F
–
5464-son farmoyishi
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish
Kontseptsiyasining I bo‘limi 5
-bandida Fuqarolik-huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga to‘sqinlik qiluvchi fuqarolik
qonunchiligidagi huquqiy bo‘shliqlar va kolliziyalarni bartaraf etish nazarda tutilgan. Shuni
inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 41
-moddasiga
quyidagi o‘zgartirish kiritilishini taklif qilamiz:
Yuridik shaxs ham jismoniy shaxs ega b
o‘
lishi mumkin b
o‘
lgan huquq va
majburiyatlarga ega b
o‘
ladi (fuqarolik huquq layoqati), tabiatiga k
o‘
ra faqat insonga
tegishli b
o‘
lishi mumkin huquq va majburiyatlar bundan mustasno. Qonunda yuridik
shaxslarning ayrim turlariga nisbatan maxsus huquq layoqati va uning doirasi
belgilanishi mumkin. Mazkur qonunning 10-moddasiga k
o‘
ra, jamiyat ustavini tasdiqlash
t
o‘g‘
risidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini
tasdiqlash t
o‘g‘
risidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi
belgilangan, biroq amliyotda ushbu toifadagi qarorlar qabul qilinmaydi. Aksincha,
jamiyatning ta
’
sis hujjatlarini tasdiqlashdan oldingi jarayon sifatida muassis bitta b
o‘
lgan
taqdirda ta
’
sis etish qarori, muassislar ikki yoki undan ortiq b
o‘
lsa ta
’
sis etish
bayonnomasi tasdiqlanadi. Ta
’
sis etish qarori yoki ta
’
sis etish bayonnomasida
quyidagilar nazarda tutiladi:
1. jamiyatni ta
’
sis etish, shu
g‘
ullanadigan asosiy faoliyat turini aniqlab olish, loyiha-
smeta hujjatlarini ishlab chiqish, pochta manzilini tasdiqlash;
2. jamiyatning nomi, shtamp va dumaloq muhrini tasdiqlash;
3. jamiyat ustav fondining miqdori va muassislarning tarkibi va har bir muassis
ulushining miqdori va nominal qiymatini tasdiqlash;
4.
jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavini tasdiqlash (muassis bitta bo‘lsa faqat
ustav);
5. jamiyatning boshqaruv organlari va boshqaruvchilarini tayinlash;
6. tashkiliy masalalarni hal etish: jamiyatni vakolatli davlat organidan r
o‘
yxatdan
o‘
tkazish topshiri
g‘
i yuklatiladi.
Fikrimizcha, ta
’
sis etish qarori yoki ta
’
sis etish bayonnomasini tasdiqlash jarayonni
bevosita jamiyatning ta
’
sis hujjatlarini tasdiqlashdan oldingi bosqich va ta
’
sis hujjatlarini
vujudga keltiruvchi asos deb baholaymiz.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligda ta
’
sis etish qarori yoki ta
’
sis etish bayonnomasi
t
o‘g‘
risida alohida qoidalar belgilanmaganligi hozirda tadbirkorlik faoliyatini boshlash
arafasida turgan shaxslar va r
o‘
yhatdan
o‘
tkazishni amalga oshiryotgan shaxslar uchun
tushunmovchilik tu
g‘
dirmoqda. Sababi r
o‘
yxatdan
o‘
tkazish jarayonida ta
’
sis hujjatlridan
tashqari aynan ta
’
sis etish qarori yoki ta
’
sis etish bayonnomasini vakolatli davlat organi,
ya
’
ni davlat xizmatlari markaziga taqdim etish majburiyati tadbirkor zimmasida.
Xulosa va taklif
o‘
rnida shuni aytib
o‘
tish joizki, MCHJ ta
’
sis hujjatlari va vujudga
kelish asoslariga yuridik tavsif berilishi va ularning huquqiy tabiati ochib berilishi kerak.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligida MCHJning ta
’
sis hujjatlari sifatida ustav va ta
’
sis
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
112
shartnomasi nazarda tutilgan. Biroq, ta
’
sis etish qarori, ta
’
sis etish bayonnomasi va
jamiyat ishtirokchilari
o‘
rtasidagi boshqa kelishuvlari xususida alohida qoidalar
belgilanganmagan. Vaholanki, ta
’
sis etish qarori yoki ta
’
sis etish bayonnomasini
tasdiqlash jarayonni bevosita jamiyatning ta
’
sis hujjatlarini tasdiqlashdan oldingi bosqich
va ta
’
sis hujjatlarini vujudga keltiruvchi asos b
o‘
lib xizmat qiladi.
MCHJni tashkil etishda ta
’
sis hujjatlari uchun umumiy b
o‘
lgan qoidalarning mavjud
emasligi, ularni talqin etish va q
o‘
llash turli xil yondashuvlarni vujudga keltiradi. Shu bois
MCHJlarning ta
’
sis hujjatlariga oid Fuqarolik kodeksi normalarini ta
’
sis etish qarori yoki
ta
’
sis etish bayonnomasi qoidalari bilan t
o‘
ldirish lozim.
Bundan tashqari, amaliyotda aksariyat tadbirkorlik subyektlari ta
’
sis shartnomasi
va ustav mazmunini bir xil mazmunda qilib tuzishadi. Fikrimizcha, ushbu holat yuridik
jihatdan not
o‘g‘
ri deb hisoblaymiz. Yuqoridagi tushunmovchilikni bartaraf etish
maqsadida “Mas’
uliyati cheklangan va q
o‘
shimcha mas
’
uliyatli jamiyatlar t
o‘g‘risida”gi
qonunning 12-
moddasiga “ta’
sis shartnomasi muassislarning huquq va majburiyatlarini
belgilab beruvchi ta
’sis hujjati hisoblanadi”, 13
-
moddasiga esa, “jamiyat ustavi
jamiyatning huquqiy maqomi va jamiyat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab
beruvchi ta
’
sis
hujjati hisoblanadi”
degan q
o‘
shimcha kiritish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик Кодекси биринчи
қисм
// Қонун
ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.01.2020 й., 03/20/603/0071
-
сон.
2.
Ўзбекистон Республикасининг “Масъулияти чекланган ва қўшимча
масъулиятли жамиятлар тўғрисида”ги Қонуни // Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси, 22.07.2020 й., 03/20/629/1087
-
сон
3.
Раҳмонқулов Ҳ.Р. Фуқаролик ҳуқуқининг субъектлари. Ўқув қўлланма. –
Тошкент: ТДЮИ, 2008. –
67 б
4.
Белов В.А., Пестерева Е.В. Хозяйственные общества. М., 2002.; Гражданское
право. Т. 1. / под ред. проф. Е.А. Суханова. М.: Волтерс Клувер, 2010
\
5.
Сапко. С.И. Правовой статус общества с ограниченной ответственностью
по законодательству России // Ленинградский юридический журнал. 2013.
№ 2 (32). –
С. 221.
6.
Макаров С.А. Общество с ограниченной ответственностью как субъект
гражданского права:
Автореф. дис. канд. юрид. наук. –
Саратов: 2004. –
11 с.
