Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The legal status of prosecutors in civil proceedings and
prospects for its enhancement
Shukrullaev SIYOVUSH
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
15 February 2025
This article examines the concept of the prosecutor's legal
status in civil proceedings within the framework of current
legislation and its significance today. It explores the grounds
and forms of the prosecutor's participation in civil proceedings,
as well as issues related to the prosecutor's legal status in our
national legislation. Furthermore, scientifically substantiated
proposals of significant practical importance have been
developed, the legislation of developed countries has been
analyzed, and relevant scientific conclusions, proposals, and
recommendations are presented.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp288-293
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
participant in civil
proceedings,
grounds and forms of
prosecutor's participation,
application,
protest,
procedural rights,
procedural obligations,
age.
Fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi va
uni rivojlatirish istiqbollari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
fuqarolik sud ishlarini
yuritish ishtirokchisi,
prokuror ishtirokining
asoslari va shakllari,
ariza,
protest,
protsessual huquq,
protsessual majburiyat,
yoshi.
Mazkur maqolada amaldagi qonunchilik doirasida fuqarolik
protsessida prokurorning huquqiy maqomi tushunchasi va
uning bugungi kundagi ahamiyati, fuqarolik protsessida
prokurorning ishtirok etish asoslari va shakllari, milliy
qonunchiligimizda prokurorning huquqiy maqomi bilan bog‘liq
muammolar tadqiq etilgan. Shuningdek, ilmiy asoslangan va
muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan,
rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan bo‘lib, tegishli
ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar taqdim etilgan.
1
Teacher, Tashkent State University of Law. E-mail: siyovush.law@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
289
Правовой статус прокурора в гражданском процессе и
перспективы его развития
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
участник гражданского
судопроизводства,
основания и формы
участия прокурора,
заявление,
протест,
процессуальное право,
процессуальная
обязанность,
возраст.
В статье рассматривается понятие правового статуса
прокурора в гражданском процессе, его актуальное
значение, а также принципы и формы участия прокурора.
Кроме того, анализируются проблемы, связанные с
правовым статусом прокурора в России. Исследуется
национальное законодательство, а также проводится
сравнительный анализ норм развитых стран. На основе
полученных
данных
сформулированы
научно
обоснованные выводы и практические рекомендации.
KIRISH
Fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi va uning rivojlanish
istiqbollari bugungi kunda huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlashda muhim
ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida sud
-huquq islohotlarining chuqurlashuvi
jarayonida prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardagi ishtirokini tartibga
soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning takomillashtirilishi dolzarb masalalardan
biridir. Sud-huquq sohasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar fuqarolik
protsessining samaradorligini oshirish, adolatni ta’minlash va davlat manfaatlarini
himoya qilishni eng y
uqori darajaga ko‘tarishni maqsad qilgan. Shu maqsadda,
prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ishtirok etishining roli va huquqiy
maqomi to‘g‘risidagi masala dolzarb ahamiyat kasb etadi. Prokuror, fuqarolik protsessida
davlat manfaatlarini himoy
a qilish va sud qarorlarining qonuniyligini ta’minlashda
alohida rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida prokuror ishtirokining
asosiy mezonlari va vakolatlari belgilangan bo‘lsa
-da, amaliyotda bu jarayonda hali ham
ayrim kamchiliklar va qiyinchiliklar mavjud. Shu sababli, fuqarolik protsessida
prokurorning huquqiy maqomini takomillashtirish va uning samarali ishtirokini
ta’minlash zaruriyati mavjud.
Shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston –
yangi sud” tamoyili doirasida aholining odil
sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni
jadallashtirishni, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etishni talab etmoqda.
ADABIYOTLAR SHARHI
Mazkur maqola fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomini va uning
rivojlanish istiqbollari masalasini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida prokurorning huquqiy maqomi, uning sudlardagi ishtiroki
va boshqa huquqiy vazifalari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarda
prokuror ishtirokining tajribasi va ularning O‘zbekiston qonunchiligiga integratsiya
qilinishi imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.
Maqolada fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomini aniqlash va tahlil
qilish orqali O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va boshqa
normativ-
huquqiy hujjatlari o‘rganilgan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilinib,
O‘zbekiston Respublikasidagi qonunchilikni takomillashtirish istiqbollari
yoritilgan
hamda prokuror ishtirokining samaradorligini oshirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
290
Maqola ilmiy izlanishlar, yuridik adabiyotlar, amaliy tajriba va xorijiy tajribani tahlil
qilish orqali fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy m
aqomini rivojlantirish yo‘llarini
ko‘rsatib beradi. Bu masala nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega
bo‘lib, yuridik sohadagi mutaxassislar va qonun ijodkorlari uchun muhim yo‘nalishlarni
belgilaydi. Ushbu ishda yuqoridagi maqsadlarg
a erishish uchun O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligidan tashqari, xorijiy davlatlarning (Germaniya, Fransiya,
Rossiya, AQSh kabi) tajribalari ham ko‘rib chiqiladi. Fuqarolik protsessidagi prokurorning
ishtirokini yanada samarali qilish uchun zarur bo
‘lgan yuridik, tashkiliy va amaliy choralar
taklif etiladi. Ushbu monografiya fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomini
yaxshilash va uning samarali ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ilmiy yondashuvni taklif
etadi va qonunchilikni takomillashtirishga oid muhim tavsiyalar beradi.
2015-yil 17-
noyabrda qabul qilingan “Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida
prokuror ishtirokining samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi Bosh prokurorning
buyrug‘i esa prokurorlarning fuqarolik sudlarida ishtir
okini kuchaytirishga qaratilgan
bo‘lib, sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishini ta’minlash, fuqarolar
huquqlarini samarali himoya qilishi ta’kidlanadi. Prokurorlarning ishtiroki jamiyatda
qonun ustuvorligini ta’minlash, ijtimoiy adolatni m
ustahkamlash va fuqarolarning
huquqlarini himoya qilishda muhim omilga aylanadi.
Bundan tashqari, prokurorning sudlarda ishtirok etishi, sudlarning adolatli faoliyat
ko‘rsatishi va qonunbuzilishlarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Prokuror sud
qarorl
arini ko‘rib chiqish va aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish orqali sudning
samarali ishlashini ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida, fuqarolik ishlarini ko‘rishda
prokurorning ishtirokini kengaytirishga, huquqiy adolatni ta’minlashga va davlatning
manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Prokurorlarning huquqiy maqomini kuchaytirish orqali, O‘zbekistonning fuqarolik
protsessual tizimi, fuqarolar va davlat manfaatlarini himoya qilishda muhim qadamlarni
amalga oshirgan bo‘ladi. Bu qonunlar va norma
tiv hujjatlar, fuqarolik sudlarida ishtirok
etuvchi barcha tomonlar, shu jumladan prokurorlar uchun aniq me’yorlarni belgilab
beradi va sud tizimining ishonchliligini mustahkamlaydi.
Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik ishlarini yuritishda
prokurorning odil
sudlovni amalga oshirishda ko‘maklashuvchi shaxs sifatida e’tirof etilishining sababi ham
aynan uning fuqarolik ishlarini yuritishdagi huquqiy maqomi bilan chambarchas
bog‘liqdir. [1] Chunki prokuror qonunda nazarda tutilgan hollarda va o‘zining da’vo
arizasi orqali ko‘rilayotgan ishlarda bevosita sudda ishtirok etib, tomonlarning qaysi biri
da’vogar yoki javobgar qonuniy, asosli va adolatli yo‘lda bo‘lsa, prokuror aynan shu
shaxsning buzilgan huquqlarini tiklashga yordam beradi.
O‘zbekist
on Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-
yanvardagi “
Odil sudlovga
erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini
oshirishga doir qo‘chimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida
”gi
[2] 11-son Farmonining
5-bandida alohida Bosh prokuratura hamda Oliy sudning barcha bosqichlardagi sud
ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga
chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan yangi mexanizmni joriy
etish bo‘yicha
Odil su
dlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha
ixtisoslashgan prokurorlar korpusi
(keyingi o‘rinlarda –
Ixtisoslashgan prokurorlar
korpusi) tashkil etish belgilangan. Ushbu Farmonning 6-bandida bevosita
ixtisoslashgan
prokurorlar korpusining asosiy vazifalari etib:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
291
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun hamda protsessual qonunchilikda belgilangan
tartibda sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror vakolatini ta’minlash;
sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalangan holda
odil
sudlov faoliyatining samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, jinoyat ishlari
bo‘yicha sudlarda davlat ayblovini faqat qonunga asoslanib, xolislikni saqlagan holda
sifatli qo‘llab
-quvvatlash;
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy ma
nfaatlari sud yo‘li
bilan samarali himoya qilinishiga erishish” kabi vazifalar yuklatilgan.
Bu o
‘
z o
‘
rnida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 16-yanvardagi
“
Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha
qo‘shimcha
chora-
tadbirlar to‘g‘risida
”gi
[3] 12-son Farmonining 1-bandi bilan odil
sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi
(keyingi o‘rinlarda –
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi) faoliyatida 2023-yil
1-sentyabrga qadar
“Sudlarda prokuror ishtiroki”
axborot tizimini yaratib, dastlab
sinov tarzida ishga tushirilishi hamda 2024-
yildan amaliyotga to‘liq joriy etish tashabbusi
nazarda tutilgan.
MATERIALLAR VA METODLAR
Maqolada umumlashtirish, deduksiya, tizimli yondashuv, qiyosiy huquqiy tahlil
usullari qo
‘
llaniladi.
IV. Muhokama
2023-yil 25-
dekabrdagi “
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va
adolatliligini tekshirish tartibi
takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida
”gi
[4] Qonunning 5-bandiga asosan Fuqarolik protsessual kodeksining
50-moddasiga quyidagicha tahrirda o
‘
zg
artirish kiritilgan: “Prokuror faqat qonunda
nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan
ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan
qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z
tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega
bo‘lmasa, prokuror fuqaroning
buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga da’vo arizasini
(arizani)
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatl
ar, Toshkent shahar, tumanlar,
shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning
o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar
sudlariga esa
–
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshke
nt shahar prokurorlari
yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston
Respublikasining barcha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlariga da’vo arizasini (arizani)
taqdim etishga haqli”.
2023-yil 25-
dekabrdagi qonun o‘zgarishlari ham prokurorning fuqarolik ishlari
bo‘yicha ishtirokini yanada aniqroq belgilaydi. Yangi tahrirda prokuror faqat qonunda
nazarda tutilgan hollarda yoki davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishtirok
etishi mumkin, bu esa prokurorning sud protsessida mustaqil va xolis ishtirok etishini
ta’minlaydi. Bunday o‘zgarishlar, bir tomondan, sudlarning xolisligini oshirishga, ikkinchi
tomondan esa, fuqarolarning sud va prokuraturaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
292
2024-yil 30-sentyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga
qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”
gi [5] Qonunning
1-moddasi 1-bandi bilan Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasiga quyidagicha
tahrirda o’zgartirish kiritilgan: “Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda,
shuningdek davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish
maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning
o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda yoki prokurorning
da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror
boshqa shaxslarn
ing arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi
bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat
qilishi mumkin”.
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-yanvardagi
“
2022
–
2026-
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida
”gi
[6] PF
–
60-sonli Farmonida 17-
maqsad sifatida “Qonuniylikni qat’iy
ta’minlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining mustahkam huquqiy asoslarini
yaratish” asosiy maqsadlardan biri sifatida ilgari surilgan.
Ushbu Farmon asosida amalga oshirilayotgan yangi O‘zbekiston taraq
qiyot
strategiyasi doirasida prokuratura faoliyatini shaffof va adolatli qilish, sud tizimida yangi
mexanizmlar yaratish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu o‘zgarishlar fuqarolik sudlarida prokuro
rning roli va
ahamiyatini sezilarli darajada oshirishga, shuningdek, davlatning qonuniy manfaatlarini
samarali himoya qilishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi
va uning rivojlanish istiqbollari so
hasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, ayniqsa so‘nggi
yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, sud-huquq tizimini isloh qilish
jarayonida muhim rol o‘ynaydi. 2023
-
yilning yanvar oyida qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Odil
sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish
va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora
-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Farmoni va unga qo‘shimcha sifatida kiritilgan ixtisoslashgan prokurorlar
korpusi tashkil etilishi prokuror
ning fuqarolik ishlari bo‘yicha ishtirokini samarali
ta’minlashga qaratilgan yangi mexanizmni yaratadi. Bu o‘zgarishlar sud
-huquq tizimida
prokuror ishtirokini kuchaytirib, davlat manfaatlarini himoya qilishni, sudlarning
xolisligini ta’minlashni, shuningd
ek, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini
himoya qilishni nazarda tutadi.
XULOSA
Shu sababli, prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishining
samaradorligini yanada oshirish va huquqiy maqomini takomillashtirish uchun
qonunchilikdagi barcha o‘zgarishlar va yangi mexanizmlar amaliyotga joriy etilishi zarur.
Bunday o‘zgarishlar, o‘z navbatida, O‘zbekistonning sud
-
huquq tizimiga bo‘lgan
ishonchni yanada oshirib, fuqarolarning, tadbirkorlarning, shuningdek, davlat
manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu jarayonda ixtisoslashgan
prokurorlar korpusining tashkil eti
lishi prokurorlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha amaliy
ishtirokini yanada samarali va xolis ta’minlashga yordam beradi, natijada sudlarda
adolatli va qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyati oshadi. Bu esa O‘zbekistonning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
293
huquqiy va demokratik tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi va fuqarolik sud
ishlarining ishtirokchisi sifatida prokurorning huquqiy maqomining dolzarbligi va
ahamyatliligi sababli ushbu sohadagi islohotlarni o‘rganib,
u bilan bog‘liq munosabatlarni
tartibga solishga qaratilgan normalarni yanada takomillashtirish zarurligini anglatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Ma’sul muharrirlar:
y.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov, y.f.n., prof. D. Y. Xabibullayev.
–“ Lesson press” nashriyoti.
2020. -607 b (158bet).
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 16-
yanvardagi “Odil sudlovga
erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini
oshirishga doir qo‘chimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”
gi PF-11-son Farmoni.
https://lex.uz/uz/docs/-6358976.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 16-
yanvardagi “Odil sudlov
faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF
-12-son Farmoni. https://lex.uz/docs/-6358913
4.
O‘zbekiston Respublikasining 2023
-yil 25-
dekabrdagi “Sud qarorlarining
qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati
bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ
-887-
сон Qonuni.
https://lex.uz/uz/docs/-
6708694
5.
O‘zbekiston
Respublikasining
2024
-yil
30-
sentyabrdagi
“O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishd
a prokurorning
vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘RQ
-968-son Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/-7121954
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-
yanvardagi “2022 –
2026
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-5841063
