Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Some features of the development of trade in handicrafts
in Turkestan (using the example of the Zarafshan oasis at
the end XIX
–
early XX centuries)
Oybek OSTONOV
Tashkent State Agrarian University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2024
Received in revised form
15 February 2024
Accepted 15 March 2024
Available online
25 May 2024
This article examines the features of the development of
internal and foreign trade relations of the Zarafshan oasis at the
end of the XIX
–
beginning of the XX centuries. Particular
attention is paid to the history of trade in the Zarafshan oasis
and the role of trade activities in the socio-economic life of this
region. Changes in trade over the specified period are analyzed,
and specific and general aspects of these changes are identified.
The positive and negative aspects of transformations in the
trade of the territories of the Turkestan General Government
are also studied, starting from the second half of the 19th
century, when, after the invasion of the Russian Empire, the
oasis was administratively divided into two parts, and the
impact of this process on the trading areas is considered.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2-pp94-104
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Turkestan,
Zarafshan oasis,
trade,
tea trade,
merchant,
entrepreneurship,
artisan.
Turkistonda hunarmandchilik mahsulotlari savdoci
rivojlanishining ba’zi xususiyatlari (XIX asr
oxiri va XX asr
boshlarida Zarafshon vohasi misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Turkiston,
Zarafshon vohasi,
savdo-sotiq,
choy savdosi,
savdogar,
tadbirkorlik,
hunarmand.
Mazkur maqolada Turkistonda ichki va tashqi savdo aloqalar
rivojlanishining ba’zi xususiyatlari XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida Zarafshon vohasi misolidagi tarixiga bag‘ishlanib,
unda Zarafshon vohasida savdo ishlari tarixi, ichki va tashqi
savdo faoliyatlarining vohaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
tutgan o‘rniga e’tibor beriladi. Bu davrda savdo
-sotiqning holati,
savdodagi o‘zgarishlar tahlil etilib, savdoning o‘ziga xos va
1
Doctor of Historical Sciences, Associate Professor, Tashkent State Agrarian University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
95
umumiy
jihatlari,
xususiyatlari
aniqlanadi.
Vohaning
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya imperiyasi
bosqini sababli ma’muriy jihatdan ikki qismga bo‘linishi va bu
jarayonning savdo-
sotiq sohalariga ta’siri ko‘rsatilib Turkiston
general-gubernatorligi tarkibidagi hududlarida savdo-sotiq
sohasida yuz bergan o‘zgarishlarning ijobiy va salbiy jihatlari
tahlil qilindi.
Некоторые
особенности
развития
торговли
ремесленными изделиями в Туркестане (на примере
Заравшанского оазиса в конце XIX –
начале XX вв.)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Туркестан,
Зарафшанский оазис,
торговля,
торговля чаем,
купец,
предпринимательство,
ремесленник.
В данной статье рассматриваются особенности развития
внутренних и внешнеторговых связей оазиса Зарафшан в
конце XIX –
начале XX веков. Особое внимание уделяется
истории торговли в оазисе Зарафшан и роли торговой
деятельности в социально
-
экономической жизни этого
региона. Анализируются изменения в торговле за
указанный период, выявляются специфические и общие
аспекты этих изменений. Также изучаются положительные
и отрицательные стороны трансформаций в торговле
территорий
Туркестанского
генерал
-
губернаторства,
начиная
со
второй
половины
XIX
века,
когда
после вторжения Российской империи оазис был
административно разделен на две части, и рассматривается
влияние этого процесса на торговые районы.
1. Dolzarbligi:
Turkistonda ichki va tashqi savdo aloqalar XIX asrning so‘nggi
choragi-XX asr boshlarida Zarafshon vohasida kechgan savdo-sotiq jarayonlarini ilmiy
tahlil etish, vohaning Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilgan hududlarida
kechgan ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini xolisona yoritish ko‘zda tutilgan. Ushbu mavzuning
dolzarbligi eng avvalo, uning hanuzgacha maxsus tadqiqot obyekti sifatida chuqur
o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi. Vaholanki, Zarafshon vohasi savdo
-sotiq keng
tarqalgan hududlardan biri sifatida iqtisodiy jihatdan alohida o‘ringa ega. Vohaning
Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan qismida ham
jiddiy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar yuz berib
, savdo-sotiq jarayonlarini tegishli manbalar, arxiv hujjatlari va
adabiyotlar orqali yangicha ruhda talqin etish, ichki va tashqi savdo aloqalarida yuz
bergan o‘zgarishlarni tahlil etish ko‘zda tutilgan. Ular mavzuning dolzarbligini
ko‘rsatuvchi asosiy omillardir. Ma’lumki, XIX asrning so‘nggi choragi
-XX asr boshlarida
Zarafshon vohasi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini boshdan kechirdi. Vohaning
bir qismi Buxoro amirligi tarasarrufida qolgan bo‘lsa, ikkinchi qismi Rossiya
imperiyasining mustamlakachilik siyosati asoratiga duchor bo
‘
ldi. Maqolada vohaning
savdo-
sotiq faoliyatini o‘rganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarni taqqoslash
asosida
zarur xulosalar chiqarish ko‘zda tutilgan.
Mustaqillik yillarida hunarmandchilik, tadbirkorlik va savdo-
sotiqqa keng e’tibor
berilishi hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish davrida ham ushbu sohalar respublika
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
96
ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida o‘z mavqei va ahamiyatini yo‘qotmaganligini ko‘rsatmoqda.
Tarixdan ma’lumki, hamma davrlarda ham ichki va tashqi savdo
-sotiq tijoratining
tarkibiy qismi sanalgan. Bugungi kunda ham respublika hukumati tomonidan
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar avvalo,
tadbirkorlik va savdo-
sotiqni taraqqiy ettirishni ko‘zda tutadi. Shu nuqtai
-nazardan
qaraganda, o‘tmishda bu borada erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xato
-kamchiliklarni
ilmiy o‘rganish, tahlil qilish mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi.
2. Metodlar, mavzuga oid adabiyotlar va manbalarning tahlili.
Maqolada ilmiy
abstraksiya, tahlil va ekspert baholash usullaridan foydalanilgan. Markaziy Osiyo
tarixshunosligida XIX asr oxiri-XX asr
boshlarida sodir bo‘lgan ijtimoiy
-siyosiy
jarayonlarni o‘rganish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Bu borada olib
borilgan tadqiqotlar va izlanishlarning ilmiy ko‘lami kengligi, xolisonaligi bilan ajralib
turadi. Lekin Turkistonda ichki va tashqi savdo aloqalar rivojlanishining XIX asr oxiri
–
XX asr boshlarida Zarafshon vohasi misolidagi tarixi mavzusi tadqiqot obyekti sifatida
kam o‘rganilgan. Ushbu muammoning ayrim tomonlari va qirralari boshqa masalalar
bilan umumiy bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan xolos. O‘rganilayotgan mavzuning ayrim
jihatlari qator
adabiyotlarda u yoki bu darajada o‘z aksini topgan.
XIX asr oxiri
–
XX asr boshlarida Zarafshon vohasining ichki va tashqi savdo
aloqalar rivojlanishining tarixi mavzusiga oid ilmiy adabiyotlar va maqolalarning tahlili,
o‘rganilish darajasi hamda yondashuv uslubiga qarab
,
bo‘lib tahlil qilindi. Rossiya
imperiyasining Turkiston
o‘lkasiga bostirib kirishi arafasida va hukmronligi davrida chop
etilgan adabiyotlarda ta’kidlash joizki, Turkistonni Rossiya imperiyasi tomonidan bosib
olinishi arafasida rus sayyohlari, savdogarlar va tadqiqotchilar
o‘lkaga kelishib,
o‘rganilayotgan mavzuga oid ma’lumotlar qoldirishgan [1]. Bu asarlarda Zarafshon
vohasining savdo aloqalari haqidagi tasavvurlarimizni boyitadigan ko‘plab fikr
-
mulohazalar ham uchraydi. Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan
keyin o‘lkaga kelgan mualliflarning asarlarida
tadbirkorlik va savdo-sotiq ishlari
atroflicha yoritilgan. Bunday mualliflar qatoriga P. Pashino, L.F. Kostenko, N.F. Petrovskiy
L.N. Sobolev, V.V. Radlov, M.M. Virskiy, A. Gubarevich-Radobilskiy, I.I. Geyer, D. Logofet,
S. Konopka, V.I. Masalskiy, A.I. Chicherov, Maykl Oldos, Ranin Kazemi, Sofi Ibbotson va
boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan [2].
Ushbu mualliflarning asarlarining ahamiyati haqida gapirganda, ular o‘sha davr
hayotini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishib, zarur xulosalar ham chiqarishgan
ini alohida
ta’kidlash kerak. Mazkur asarlarda Rossiya imperiyasining Turkistonga bostirib kirishi,
xususan Zarafshon vohasida ichki va tashqi savdo ishlariga doir qiziqarli
ma’lumotlar
bilan bir
qatorda, chalkash fikrlar va g‘aliz xulosalar ham uchraydi.
Sovet hukmronligi davrida chop etilgan asarlarda ham mavzuga oid bir qator ilmiy
tadqiqotlar olib borilgan. Shuni ham ta’kidlash joizki,
ushbu mualliflarning aarlarida
kommunistik mafkura manfaatlari, sinfiylik nuqtai-nazaridan bir tomonlama yondashuv
ko‘zga tashlanadi. Bu hol sovet davrida yozilgan adabiyotlarga masalani izchil va
haqqoniy tahlil qilishga imkon bermagan. Bunday adabiyotlar qatoriga I.A. Remez,
I. Spasskiy, O.A. Suxareva, A.M. Aminov, Ye.V. Bunakov, R.Ya. Rassudova [3] tadqiqotlarini
kiritish mumkin.
Maqolani mazmunini ilmiy jihatdan ochib berishda O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan qator jamg‘armalar o‘rganilib, tahlil qilindi.
Xususan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining Turkiston general
-
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
97
gubernatorligi mahkamasi (F.I-
1), Zarafshon okrugi boshlig‘i mahkamasi (F.I
-5) kabi
fond[4.]lardagi materiallar muhim manbaviy asos bo‘lib xizmat qildi. Yuqorida
ko‘rsatilgan arxivlarda XIX asr oxiri –
XX asr boshlarida Zarafshon vohasining ichki va
tashqi savdo tarixi bilan bog‘liq rasmiy hujjatlar, hisobot va buyruqlar, hukumat
qarorlari, xat va bildirishlar saqlangan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ilk bor ilmiy
muomalaga kiritildi. Bundan tashqari maqolani manbaviy asosini boyitishda 1889
–
1912-
yillarga ta’luqli 23 to‘plamni tashkil qilgan “Samarqand viloyati obzorlari” [5],
“Samarqand viloyati ma’lumotnomasi”[6.] kabi manbalar ham tahlil qilinib, ilmiy
iste’molga
kiritildi.
3. Tadqiqot natijalari.
Buxoro Eron, Muskoviya, Sibir, Xitoy va Hindistonga
sayohat qilgan mintaqa savdogarlari ishtirok etgan transmintaqaviy Osiyo savdosining
tarixiy joyi bo‘lgan [7]. 1868
-yil 23-iyunda Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi
hukumatlari o‘rtasidagi tuzilgan shartnoma
asosida Zarafshon vohasi ikki qismga
bo‘lindi. Shu tariqa Buxoro
amirligi o‘zining Zarafshon vohasidagi ulkan iqtisodiy
-siyosiy
mavqega ega bo‘lgan katta qismidan ajralishga majbur bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, Buxoro
amirligidan ajratib olingan hududda Zarafshon okrugi tashkil qilindi [7.7].
“
Zarafshon
okrugini boshqarishning vaqtinchalik qoidalari
”
ishlab chiqilib, Turkiston general-
gubernatori tomonidan tasdiqlandi.
Bu qoidalarga ko‘ra, Zarafshon okrugi
ma’muriy jihatdan
Samarqand va
Kattaqo‘rg‘on bo‘limlariga bo‘lindi. Biroq Rossiya hukumati
tomonidan 1886-yil
12-iyunda tasdiqlangan
“Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom”
ga binoan
Zarafshon okrugi tugatilib, Samarqand viloyati tashkil etildi. O‘z navbatida, Samarqand
viloyati Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on va
Samarqand kabi uyezdlarga ajratildi [8.6].
XIX asr
o‘rtalarida Samarqand bozorlarida ham xuddi Buxoro va Qarshi
bozorlaridagi singari savdo mollarining narxi muomaladagi tanga qiymati bilan
belgilangan [9.109]. Samarqand bozori vohadagi eng yirik oldi-sotdi markazi hisoblangan
bo‘lsa [10.124] , paxta savdosi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on bozoriga teng keladigani yo‘q edi.
1868-yilda bu yerda 12595 botmon paxta sotilganligi ham fikrimizni isbotlaydi. Bu
davrda Samarqandda yirik savdo do‘konlari paydo bo‘lib,
shaharda jami 2414 ta savdo
do‘koni mavjud edi. Do‘konlarda ulgurji va chakan savdolar amalga oshirilgan. Bundan
tashqari, Samarqanddagi 50 dan ortiq do‘konlarda Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar
bilan savdo qilingan, 394 ta do‘kon esa mavsumiy tarzda faoliyat yuritgan [11.124].
1868-yilda Samarqandda 35 ta karvonsaroy mavjud edi. Ulardan 9 tasi hind
savdogarlariga tegishli bo‘lgan [12.390]. Xususan, yirik tadbirkor Mulla Orifboyga tegishli
“
Jun saroy
”
karvonsaroyi asosan jun savdosiga ixtisoslashgan. Karvonsaroydagi mavjud
15 ta do‘konning
har biriga 8 botmongacha jun joylashtirilgan [13.107].
“Go‘ri Amir”
masjidiga tegishli vaqf yerlarda joylashgan 50 ta do‘konda esa jundan to‘qilgan
mahsulotlar, gilamlar bilan savdo qilingan. Karvonsaroylarda jami 712 ta savdo
do‘konlari faoliyat olib borgan [13.114].
Samarqand bozorlarida voha hunarmandlari tayyorlagan mahsulotlar savdosi ham
qizg‘in kechgan. Samarqandlik tijoratchilar qo‘shni hududlar va xorijiy mamlakatlar bilan
ham
faol savdo aloqalarini yaxshi yo‘lga qo‘yishgan. Masalan, turli ranglardagi movut
xalatlar Afg‘oniston, Eron va Kashmirdan keltirilgan bo‘lsa,
hind sholcha va gilamlari
asosan
Qarshi va Buxorodan, qisman Hindistonning o‘zidan olib kelingan [13.115].
XIX asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran Samarqandning Rossiya bilan savdo aloqalari
kengaygan.
“
Golos
”
gazetasining yozishicha:
“
Har yili Samarqandga Yekaterinburg,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
98
Troitsk, Petropavlovsk, Oqmulla, Turkiston va Toshkent orqali 7500 tuya va 3000 dan
ziyod aravada 150000 pud mahsulot keltirilgan
”
[14.111].
Keyingi davrlarda ham Zarafshon vohasida savdo-sotiq ichki va tashqi savdo ikki
yo‘nalishda rivojlanib bordi. Vohadagi ichki savdo asosan bozor savdo
-
sotig‘idan iborat
edi. Bu ish bilan muayyan sarmoyaga ega bo‘lgan shaxslar shug‘ullangan [15.5].
1872-yilga kelib,
Zarafshon okrugi bo‘yicha 33 ta muntazam ishlovchi bozor va
muntazam savdo bilan shug‘ullanuvchi 3166 nafar savdogar faoliyat ko‘rsatgan. Bundan
tashqari, 9500 kishi bozorlarda vaqtinchalik savdo bilan shug‘ullanishgan [16.26]. Yirik
savdogar boylar asosan shahar karvonsaroylarda faoliyat olib borishgan. Samarqand
markaziy bozorida Zarafshon okrugi hududidagi boshqa bozorlardagi mahsulotlarga narx
belgilangan [16.30].
Savdo-
sotiqning taraqqiy etishi bilan savdogarlar o‘rtasida ham
tabaqalanish
boshlanib, ular orasida
yirik sarmoyaga ega bo‘lgan
shaxslar ajralib turgan. S.P. Mansirev
hisobi bo‘yicha Samarqand uyezdida bunday savdogarlar 1896 yilda 183 nafarni,
1897-yilda 93 nafarni va 1898-yilda esa 232 nafarni tashkil qilgan. Ularning beshdan bir
qismi esa molni bozorlardagi mahalliy ulgurji savdogarlardan Samarqand shahridagiga
nisbatan 10-15 foiz kam chegirmaga asoslangan kreditga olishgan. Kredit hajmi oylik
aylanma jamg‘armaning 1
-
2,5 foiziga teng bo‘lgan. Undan keladigan foyda esa 2
-2,5 ming
rublni yoki tadbirkorning yillik o‘rtacha daromadining 12
-25 foizini tashkil qilgan
[17.125-126].
Bu davrda attorlar bozor savdosida
o‘ziga xos mavqega ega edilar. Samarqand
uyezdida 1897-yilda 193 nafar, 1898-
yilda 205 nafar attorlar faoliyat ko‘rsatishgan.
Ularning o‘rtacha savdo mablag‘i 600
-
900 rubldan iborat bo‘lib, har biri yillik
aylanma
mablag‘ining 20
-25 foizi miqdorida foyda olishgan [17.127-128]. Boshqa bir toifadagi
savdogarlar chakana
tijorat bilan shug‘ullanishgan. Asosan mahalliy
gazlamalarni sotish
bilan shug‘ullangan bunday savdogarlar yiliga o‘rtacha 400
-500 rubl
mablag‘ topishgan
bo‘lsa, uning 15 foizini sof foyda tashkil qilgan. 1897
-yilda bunday savdogarlar soni
132 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 1898
-yilda 148 nafarga yetgan [17.125-126].
Asosan gavjum chorrahalarda, yo‘l bo‘ylarida faoliyat ko‘rsatgan baqqollik
do‘konlarida quruq mevalar, qishloq xo‘jaligi va un mahsulotlari savdosi qilingan.
1897-yilda
Samarqand uyezdi bo‘yicha 104 nafar, 1898
-yilda 92 nafar baqqollar faoliyat
ko‘rsatgan. Ularning har biri 600
-700 rubllik
jamg‘armasidan 20 foizgacha foyda olishgan
[18.15].
Mahsulot sotish hajmining ko‘payishi, savdoning jonlanishi o‘z navbatida
tadbirkorlik va savdo bilan shug‘ullanuvchilar sonining
oshishiga olib keldi. Ushbu
jarayon 1888-1898-
yillar oralig‘ida ayniqsa,
yaqqol ko‘zga tashlandi. Agar 1888
-yilda
Samarqand viloyati bo‘yicha 8687 kishining savdo bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi
hujjatga ega bo‘lganligi ham fikrimiz dalilidir. Bunday savdogarlarning 103 nafariga
I va II darajali, 56 nafariga esa ko‘chma savdo qilish uchun ruxsat berilgan. 1898
-yilda esa
18357 kishiga savdo bilan shug‘ullanish uchun hujjat berilgan. Ularning 450 nafari
I va II darajali savdogarlar, 143 nafari esa ichki ko‘chma savdo bilan shug‘ullanuvchilar,
qolganlari esa mayda savdo-
sotiq bilan shug‘ullanuvchilardan iborat edi [18.15].
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, bu davrda ichki savdoda
yuz bergan
taraqqiyot sababli mayda savdo-
sotiq bilan band bo‘lgan kishilar soni muttasil o‘sib
borgan. Ya’ni kamtarona mablag‘ga ega bo‘lgan kishilar ham erkin tadbirkorlik bilan
shug‘ullana
boshlaganlar. Quyi Zarafshon vohasida esa bunday jarayonni kuzatish qiyin
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
99
edi. Mustamlakachilik zulmi ostida bo‘lishiga qaramasdan, vohaning ushbu qismi aholisi
hayotiga bozor munosabatlari tobora chuqurroq kirib kela boshladi.
Samarqand uyezdida savdo aylanmasi nisbatan yaxshi taraqqiy etdi. Jumladan,
1888-
yilda uyezd bo‘yicha savdo uchun 4206 ta hujjat berilgan bo‘lsa (viloyat bo‘yicha
uyezdning ulushi 47,2 foizni tashkil qilgan), oradan 10 yil o‘tgach, ya’ni 1898
-yilda
tadbirkor
savdogarlarga 6918 ta (viloyat bo‘yicha uyezdning ulushi 51,8 foiz) ana
shunday hujjat berilgan [18.15].
Bu davrda chetdan keltirilgan manufaktura mahsulotlari mahalliy bozorlardagi
umumiy savdo aylanmasining 64,5 foizni tashkil etgan. Bir so‘z bilan aytganda,
1897-yilda Samarqand shahridagi 15699750 rubllik umumiy savdo aylanmasining
1412035 rublini sof foyda tashkil etgan [19.30].
Samarqand uyezdida Urgutdan so‘ng Dahbet bozori o‘zining savdo
nuqtalari va
karvonsaroylari bilan mashhur bo‘lgan. Dahbetdagi bitta bozorning umumiy savdo
aylanmasi 1 mln rublni tashkil etgan [20.138]. Bu yerda haftaning chorshanba (Oqtepa
bozori) va shanba (Jom bozori) kunlari
bozor bo‘lgan. O‘sha kunlari turli xil mollar
yuklangan mingga yaqin aravalar, 3 mingdan 5 minggacha otlar bozorga kelgan. Bundan
tashqari, uzoq-
yaqindagi shahar va qishloqlardan o‘rtacha ming boshdan tuya va qora
mol, qariyb to‘rt ming bosh mayda mollar sotish uchun ana shu bozorlarga keltirilgan
[20.140].
Jomboy bozori asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi
lar uchun aholiga xizmat
qilib, u Dahbetdagi Chuqur bozor (Samarqand hududida),
Saricha, Boyg‘atepa, Juma,
Chuyantepa va Oqtepa bozorlari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Bu hududdagi umumiy
savdo aylanmasi 2,5 mln rublni tashkil etib, shundan 900 ming rubli Jonboy bozori,
1,5 mln rubli Oqtepa bozoriga to‘g‘ri kelgan [20.141].
Samarqand uyezdidagi qishloq bozorlari hissasi vohadagi umumiy savdo
aylanmasining 21,3 foizni tashkil qilgan [20.141]. Vohadagi yirik savdo
markazi bo‘lmish
Samarqand shahrida xorijiy va mahalliy mahsulotlar savdosi keng yo‘lga qo‘yilgan.
Shaharda karvonsaroylar sonining ortishi, savdo uylari, hunarmandchilik korxonalari va
zavod-fabrikalarning vujudga kelishi savdo-sotiq va tadbirkorlikning yanada jonlanishiga
xizmat qildi.
Samarqand uyezdidagi umumiy savdo aylanmasida oziq-ovqat mahsulotlari
savdosi yetakchi o‘rinda turgani. 1897
-yilda oziq-ovqat mahsulotlari savdosining
umumiy hajmi 1247700 rublga yetgan. Ikkinchi o‘rinda turuvchi zavodlar va tegirmon
mahsulotlarining umumiy savdo aylanmasi 511000 rublga to‘g‘ri kelgan [19.31
-36].
Bu borada uchinchi pog‘onani zabt etgan manufaktura mahsulotlari yalpi savdosi
470800 rublni tashkil etgan. Mayda savdo-
sotiq hajmi 603600 rubldan iborat bo‘lgan.
Uezd bo‘yicha savdo
-
sanoat ishlab chiqarish hajmi 2833100 rubldan iborat bo‘lgan.
1897-yilda bu yerdagi umumiy savdo aylanmasi 18.532.850 rublga yetib, shundan sof
foyda 1.754.790 rublni tashkil qilardi [19.36].
Zarafshon vohasining mustamlaka qismida quyi Zarafshon qismiga nisbatan savdo
va tadbirkorlikning rivojlanishiga savdodan olinadigan
zakot solig‘ining bekor qilinishi,
Rossiya imperiyasida 1875-yil 1-yanvarda qabul qilingan
“
Hunarmandchilik va savdodan
olinadigan to‘lovlar”
to‘g‘risidagi
qonuniga asosan hujjatsiz savdo
do‘konlari yopilishi
ham sabab bo‘lgan [21.38]. Voha iqtisodiy hayotida yangilik bo‘lgan ushbu tartib
-qoidalar
ichki va tashqi savdo hamda tadbirkorlikka o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu holni o‘sha davrdagi
chor
ma’murlari bildirgan fikr
-
mulohazalardan ham bilsa bo‘ladi. Jumladan, Turkiston
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
100
general-gubernatorligining 1874-yil 19-oktyabrdagi bayonnomasida mahalliy zavod-
fabrikalar
mahsulotlari yerli aholi ehtiyojlarini qondira olishi tan olinadi. O‘z navbatida,
savdo-
sotiq bilan shug‘ullanuvchi aholiga imtiyozlar berib, ularni soliqlardan ozod qilish
masalasiga alohida urg‘u beriladi [22.12]. Albatta,
Rossiya hukumati soliqlardan
keladigan mumaygina foydani yo‘qotishni istamasdi. Shuning uchun ham Turkiston
general-
gubernatori fon Kaufman bu masalaga jiddiy e’tiroz bilan qaragan.
G.A.
Arandarenko ma’lumotiga ko‘ra, 1875
-yilda Samarqand uyezdiga qarashli
Urgut tumanida 22 nafar boy savdogarlar istiqomat qilishgan bo‘lsa, 1890
-yillarning
oxirlariga kelib ularning soni 12 nafarga tushib qoladi. Shu bilan birga, bozorlarda
faoliyat ko‘rsatuvchi savdogarlar soni ham 50 foizga kamaygan. Ammo o‘sha 12 nafar
savdogarning bozorlardagi ulgurji savdo aylanmasi avvalgi 22 nafar boylarning savdo
aylanmasidan
ko‘proq bo‘lgan [23.37].
Darhaqiqat, savdo taraqqiyoti ushbu soha vakillari hayotida ham muhim
o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Yirik mablag‘ga ega
bo‘lgan savdogarlar qatlami paydo bo‘la
boshladi. Ular asosan ulgurji savdo bilan shug‘ullanish barobarida, o‘z sarmoyalarini foiz
hisobiga kreditga berish orqali ham yaxshigina daromad topganlar. Rossiya
hukumatining savdo haqidagi yangi qonun-qoidalari bunday toifadagi tadbirkor
savdogarlar uchun juda qo‘l kelganligini ham ta’kidlash joiz. Ushbu jarayon
mayda
tadbirkorlarga jiddiy zarba berib, ularning kasodga uchrashishiga sabab bo‘ldi [23.66
-
67]. Quyidagi raqamlar ham shundan dalolat beradi. Agar Samarqand viloyati bo‘yicha
1888-yilda savdo uchun 8687 ta, 1896-
yilda 13357 ta hujjat berilgan bo‘lsa, 1906
-yilga
kelib ushbu raqam 11707 taga tushib qoldi. Demak, 1896-yildagiga nisbatan 1906-yilda
savdo uchun berilgan hujjatlar soni 1650 ga kamaygan. Biroq 1888-yilgi savdo aylanmasi
9.771.372 rublni tashkil qilgan bo‘lsa, 1906
-yilda esa bu raqam 63.000.000 mln rublga
yetgan [24.9]. Ya’ni oradan o‘tgan 20 yilga yaqin vaqt ichidagi Samarqand viloyatida
savdo aylanmasi qariyb 6,5 baravarga oshgan. Lekin shunga qaramasdan, 1906-yilga
kelib vohadagi savdo aylanmasining salmoqli qismi mayda savdogarlar hissasiga to‘g‘ri
keldi. Masalan, 1906-yilda savdo uchun berilgan 11707 hujjatdan 3615 tasi III darajali
savdogarlar uchun, 6628 tasi IV darajali edi [24.9]. Mayda savdo uchun jami 10243 ta
hujjat berilgan [24.9].
Samarqand shahri va vohaning boshqa hududlarida choy savdosi anchayin
rivojlandi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufmanning 1868 yilda choy savdosi bilan
shug‘ullanuvchi rus savdogarlaridan olinadigan soliqni bekor qilishi bu borada katta
ahamiyat kasb etdi [25.153]. Lekin qo‘shni davlatlardan keltiriladigan choy
mahsulotlaridan olinadigan soliq miqdori ikki barovar oshirildi. 1869-yil oxirlarida
Samarqandda 50 ta [26.124], Kattaqo‘rg‘onda 13 ta [27.105] choy hamda Rossiyadan
keltirilgan mahsulotlar bilan savdo qiluvchi do‘konlar ochildi. O‘sha davrda choy savdosi
Turkistonning ichki va tashqi savdosida muhim rol o‘ynagan. XIX asrning 80
-yillarigacha
choy savdosida Buxoro yetakchi o‘rinni egallagan. Har yili bu yerga Qobul orqali
Hindistonning turli shaharlari, Bombey va Peshovardan 100 ming pud choy keltirilgan.
Choy savdosida asosan
peshovorlik savdogarlarning hissasi katta bo‘lgan [28.368].
Bu davrda mahalliy savdogarlar manufaktura va choy savdosida faol ishtirok
etishdi. Lekin ularning tijorati mayda xarakter kasb etgan. Vohadagi ulgurji choy savdosi
“
Vogau
”
,
“
Popova
”
,
“
Bauer
”
,
“
Kuznetseva
”
,
“
Gonshina
”
“
Guseva
”
,
“
Danilova
”
,
“
Sharovskiy
”
,
“
Sendel i K
”
singari yirik firmalar, Filatov, aka-uka Kamenskiy kabi rus hamda Pinxasov,
Mullaqandov, Qalantarov va boshqa mahalliy savdogarlar qo‘lida edi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
101
Samarqand shahri qulay geografik joylashuvi, temir yo‘llarning mavjudligi tufayli
nafaqat vohada, balki butun Turkistonda
choy savdosi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi.
1899-yilda Turkiston shaharlarida sotilgan jami 7816119 pud choyning 35,4 foizi
Samarqand hissasiga to‘g‘ri kelgan. Umuman, Samarqand shahri
ulgurji choy savdosi
bo‘yicha Rossiya imperiyasida Tyumen shahridan (3263423 pud) keyingi o‘rinda turgan
[29.54].
1895-
yildan e’tiboran Buxoro amirligi Rossiyaning yagona bojxona hududiga
kiritilishi choy tranzitida ham muayyan o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, bu tadbir
natijasida rus tadbirkorlari ulgurji choy savdosidan kattagina foyda ola boshladilar.
Samarqandda choy savdosining taraqqiy etishi o‘z nabatida ushbu mahsulot bilan bog‘liq
ishlab chiqarish tarmoqlarining ham rivojlanishiga olib keldi. Masalan, o‘sha davrda
Samarqandda turli hajmdagi choy qutilarini ishlab chiqaruvchi artel hamda har xil
litografiya muhrlari tayyorlovchi bosmaxona faoliyat boshladi. Bunday korxonalarning
yillik daromadi 7200 rublga yetdi [29.54]. K.Palen ma’lumotlariga ko‘ra, 1908
-yilda
Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatgan 16 ta choy
qadoqlash fabrikalari bozorga qariyb
9 mln. rubllik mahsulot yetkazib bergan. Mazkur fabrikalarda esa 731 kishi ish bilan band
bo‘lgan [29.54].
Tovar ishlab chiqarish hajmining kengayishi sababli Samarqand viloyati
bozorlarining Rossiya bozorlari bilan integratsiyasi kuchaydi. Natijada voha savdosida
yangi tarmoqlar yuzaga kela boshladi. Zarafshon vohasida ishlab chiqarilayotgan qishloq
xo‘jaligi, hunarmandchilik mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilish hajmi va salmog‘i ortib
bordi.
Kattaqo‘rg‘on bozoriga matolar asosan Qo‘qon, Buxoro, Qobul va Mashhad
shaharlaridan keltirilgan. Oddiy Qo‘qon surp matosining 12 arshini 5 rubl, daruya deb
ataluvchi yarim ipak gazlamaning 3,5 arshini 4 rubl, shoyining 8 arshini 5-6 rubldan
sotilgan. Buxoro shoyisining 18 arshini 15-18 rublga, podshoyi nomli yarim ipak
matosining 18 arshini 7-8 rublga, bosma chitning 100 donasi har biri 22 arshini
110-
120 rublga keltirilgan, nil bo‘yog‘ining 1 pudi 56
-60 rubl, doka matosining 24 arshini
5-6 rubl, kamxat deb nomlangan ipak matoning 7 arshini 100 rubl narxda sotilgan.
Shuningdek, Qobuldan Angliyada ishlab chiqarilgan turli xil matolar ham olib kelingan
[30.49].
Shuningdek, mahalliy mulkdorlar bozor munosabatlarining tashkilotchisiga
aylanolmagan bo‘lsalar
-da, ammo vohada savdo va tadbirkorlik rivojiga katta hissa
qo‘shdilar.
4. Xulosalar.
Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki
XIX asr oxiri
–
XX asr boshlarida Zarafshon vohasida ichki va tashqi savdo-sotiq tarixi
arxiv hujjatlari, chop etilgan adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarni chuqur tahlil etish
asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi. XIX asrning o‘rtalaridan boshlab o‘z
salohiyati jihatidan Zarafshon vohasi hududi, aholisi, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi
tarmoqlarini rivoji jihatidan amirlik bo‘yicha alohida mavqega ega hudud hisoblangan.
Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasida, jumladan Zarafshon vohasida mustamlaka
tizimida vohada yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlari hukmron mavqega ega
bo‘lishga qaramasdan, mahalliy tadbirkorlik va savdo
-sotiq yangicha mustamlaka
sharoitiga moslashib, ma’muriy siyosiy ijtimoiy
-iqtisodiy jihatdan ikki qismga
bo‘linishiga sabab bo‘ldi.
Mustamlakachilik dastlabki yillarda vohada savdo-sotiq sohalari
o‘z boshidan murakkab tarixiy jarayonlarni kechirdi. Rossiyada ishlab chiqarilgan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
102
manufaktura mahsulotlarining ko‘plab voha bozorlariga kirib kelishi ko‘pgina sohalarini
inqiroz yoqasiga olib keldi. Savdo-
sotiq jarayonlari asriy an’analarni davom ettirish bilan
bir qatorda mustamlaka tizim zulmi iskanjasida qolib ketdi. Voha savdogarlari qadimdan
G‘arb va Sharq mamlakatlari bilan savdo
-sotiq-
aloqalarini qizg‘in olib borgan. Tarixdan
bunga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Lekin ushbu davrda savdo aloqalarida bir
yoqlamalik xarakteri kasb etdiki, ya’ni
Rossiya bilan savdo aloqalar hajmi keskin ravishda
kengayib bordi. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Zarafshon
vohasini iqtisodiyotini o‘z ta’sirida ushlab turish
siyosati yanada kuchaydi. Temir yo‘llar
qurilishi natijasida rus tovarlari oboroti keskin o‘sib bordi. Rossiyadan yigirilgan ip,
metall va yarim fabrikat mahsulotlarining keltirilishi mahsulot turi va sifatining
oshishiga, ayni paytda voha hunarmandchilik mahsulotlari bozorlarining kasodga
uchrashiga olib keldi. Savdo-sotiq, tadbirkorlik, rivojlanishi milliy burjuaziyasining
shakllanishi jarayonini ham tezlashtirdi. Biroq milliy burjuaziya o‘sib borishi sezilsada u
voha iqtisodiyoti va siyosiy hayotida yetakchi rol
o‘ynay olmadi. Buning asosiy sababi
sifatida milliy burjuaziya manfaatlari rus burjuaziyasiga iqtisodiy va moliyaviy
qaramligida edi. Ayni paytda, mahalliy tadbirkorlar, boylarning rus burjuaziyasi bilan
hamkorligi
kuchayib borishi kuzatildi. Xususiy korxona egalari bo‘lgan mulkdorlar
qatlamlari shakllanishi ko‘paydi. Shuni
nazardan qochirmaslik kerakki ishlab
chiqarishdagi o‘zgarishlar mustamlaka rejim manfaati uchun xizmat qilgan. Butun
Turkiston o‘lkasi kabi, Zarafshon vohasi ham
imperiyaga xom ashyo yetkazuvchi bazaga
aylantirildi. Mustamlakaga xos boshqaruv tizimining turli iqtisodiy usullarini joriy qildi.
Bu jarayonlar voha aholisining iqtisodiy hayotida yangi o‘zgarishlarni amalga oshirishda
halaqit qildi. Vohaning tashqi
savdosidagi o‘zgarishlarning ahamiyati katta bo‘ldi. Xorijiy
mahsulotlar kirib kelishi muayyan darajada oshdi. Chetga mahsulot chiqarishdan rus
burjuaziyasi ko‘proq manfaat ko‘rdi. Ular mahalliy arzon
mahsulotlarning asosiy
xaridoriga aylandi.
Xullas, o‘rganilayotgan davrda savdo va sudxo‘rlik, yer egaligi,
chorvachilik
tarmoqlari orqasidan yetishib chiqqan mahalliy mulkdorlar Zarafshon vohasining
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqega ega edilar. Lekin bunday toifadagi
mulkdorlarning qanchalik ko‘paymasin, vohaning iqtisodiy va siyosiy
hayotida yetakchi
mavqega ega bo‘la olmadilar. Rossiya imperiyasining manfaatlari mahalliy
mulkdorlarning birlashishiga imkon bermas edi. Mahalliy mulkdorlarning reaksion
mohiyati uning o‘z
yurtdoshlarini ezish orqali ko‘proq boylik orttirishga intilishida
yaqqol namoyon bo‘ldi. Shuningdek, mahalliy mulkdorlar bozor munosabatlarining
tashkilotchisiga aylanolmagan bo‘lsalarda, ammo vohada savdo va tadbirkorlik rivojiga
katta hissa qo‘shdilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Бутенов К.Ф. Заводское дело в Бухарии //Горный журнал. Ч. V, кн IX.
-
СПб.,
1842; Небольсин П.И. Очерки торговли России со странами Средней Азии Хивой,
Бухарой и Коканом. ( со стороны Оренбургской линии) –СПб., 1856
//
http://elib.shpl.ru/ru/nodes/23765-nebolsin-p-i-ocherki-torgovli-rossii-s-stranami-
sredney-azii-hivoy-buharoy-i-kokanom-so-storony-orenburgskoy-linii-spb-
1856#mode/inspect/page/1/zoom/4;
Бернс А. Путешествие в Бухару.
-
М., 1849; Хаников Н.В. Описание Бухарского
ханства. –СПб., 1843.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
103
2.
Пашино П. Ч. Туркестанский край в 1866 году. Путевые Заметки. –СПб.,
1868//https://dlib.rsl.ru/viewer/01003581840#?page=1; Костенко Л.Ф. Путешествие
в Бухару русской миссии в 1870 г.
-
СПб., 1871//
http://elib.shpl.ru/ru/nodes/23780;
Петровский
Н. Ф. Моя
поездка в Бухару. // Вестник Европы.
1873,№3//http://www.vostlit.info/Texts/Dokumenty/M.Asien/XIX/18601880/Petrovs
kij_N_F/poezdka_bucharu_1872.htm;
Соболев Л.Н. Географические и статические сведения о Зеравшанском
округе. –СПб., 1874; 1875.//
https://www.prlib.ru/item/329436; Радлов В.В. Средная
Зеравшанская долина // Зап. Рус. геогр. о
-
ва. по отд. этнографии. –Т. VI.
-
СПб., 1880
http://greylib.align.ru/1331/v-v-radlov-samarkand-pamyatniki-drevnosti-iz-stati-
srednyaya-zerafshanskaya-
dolina.html; Вирский М.М. Выставка сельского хозяйства и
промышленность
в
Самарканде
в
1884.
–Самарканд,
1895
http://elib.shpl.ru/ru/indexes/values/67437;
Губаревич
-
Радобыльский
А
Экономический очерк
Бухары и Туниса, Опыт сравнительного исследования двух
систем
протектората.
–
СПб.,
1905
http://www.cawater-
info.net/library/rus/hist/gubarevich-
radobylsky/index.htm; Гейер И.И. Туркестан. –
Ташкент,1909; Логофет.Д. Бухарский ханства под русским протекторатом. –
СПб.,1911
http://elib.shpl.ru/ru/nodes/16648-logofet-d-n-buharskoe-hanstvo-pod-
russkim-protektoratom-spb-
1911; Конопка С.Р. Туркестанский край. –Ташкент,
1912.https://viewer.rusneb.ru/ru/000199_000009_003791837?page=1&rotate=0&the
me=white; Масальский В.И. Туркестанский край. // Россия. Т. XIX .
-
СПб.,
1913.http://elib.shpl.ru/ru/nodes/170-t-19-turkestanskiy-kray
1913#mode/inspect/page/1/zoom/4
A. I. Chicherov. A Contribution to the Description of the Socioeconomic Structure of
India on the Eve of the Colonial Conquest: (Handicraft Production from the 17th to the
Early 19th Century)
Michael Aldous (2023) From traders to planters: The evolving role and importance
of trading companies in the 19th century Anglo-Indian Indigo trade, Business History,
65:5, 803-820, DOI: 10.1080/00076791.2019.1623787.
Ranin Kazemi (2022) The modern silk road: trade in Persian opium across Central
Asia in the long nineteenth century, British Journal of Middle Eastern Studies, DOI:
10.1080/13530194.2022.2113502.
Sophie Ibbotson (2018) Kwangmin Kim. Borderland Capitalism: Turkestan
Produce, Qing Silver, and the Birth of an Eastern Market, Asian Affairs, 49:1, 143-144,
DOI: 10.1080/03068374.2018.1416020.
3.
Ремез И.А. Внешняя торговля Бухары до мировой войны: Опыт историка стат.
обзор внешней торговли ханства вне сферы томоженных объединений его с
российской
империй.
–Ташкент,
1922//https://elib.rgo.ru/safe
-
view/123456789/60488/1/MTgyMDA4MDdfUmVtZXosIEkuIEEuIFZuZXNobnlheWEgdG9yZ
292bHlhIEJ1aGFyeSBkbyBtaXJvdi5wZGY=; Спасский Г. Новейшие описание велыкой
Бухары. // Азиатский вестник.
-
Москва, 1925,
-
№5, 1926,
-
№6; Сухарева О.А. К истории
городов Бухарского ханства (историко
-
этнографического очерки). –
Ташкент:
изд.АН.УзССР, 1958;Шу муаллиф. Позднефеодальный город Бухара конца XIX начале XX
века.
-
Ташкент,
1962
https://www.twirpx.com/file/2254762/;
Аминов
А.М.
Экономическое
развитие
Средней
Азии.
–
Ташкент,
1959
https://search.rsl.ru/ru/record/01005973423; Бунаков Е.В. Тенденции развития
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
2 (2024) / ISSN 2181-1415
104
капиталистических отношений в Средней Азии накануне присоеденения её к России.
// Проблемы Востоковедения. –
М.: Изд АН СССР, 1960,
-
№6.; Рассудова Р.Я. Занятия
населения. //Этнографические очерки Узбекского селького населения. –
М., 1969.
4.
ЎзР МДА. И
-
1 фонд;
ЎзР МДА. И
-5
фонд.
5.
Обзор
Самаркандской
области.
–
Самарканд,
1912.
http://elib.shpl.ru/ru/nodes/46521
6.
Справочник Самаркандской области на 1901, вып., III.
-
Самарканд, 1901.
7. Magnus Marsden (2018) Beyond Bukhara: Trade, identity and interregional
exchange across Asia, History and Anthropology, 29:sup1, S84-S100, DOI:
10.1080/02757206.2018.1496915.
7.
ЎзР МДА. И
-
1 фонд, 16
-
рўйхат, 2264
-
иш, 7
-
варақ.
8.
ЎзР МДА. И
-
1 фонд, 20
-
рўйхат, 513
-
иш, 7
-
варақ.
9.
ЎзР МДА. И
-
1 фонд, 11
-
рўйхат, 16
-
иш, 6
-
варақ.
10.
Ханыков Н. Описание Бухарского ханства.
-
СПб., 1843,
-
С. 109
11.
ЎзР МДА. 5
-
фонд, 1
-
рўйхат, 12
-
иш, 124
-
варақ.
12.
Самарканд. // Военный сборник. № 12. –СПб., 1870. –С.390.
13.
ЎзР МДА. 5
-
фонд, 1
-
рўйхат, 12
-
иш,
107, 114, 115-
варақлар
14.
Голос.
1876, -
№179; Туркестанский сборник. Т.151. –С 111
15.
Туркестанские ведомости. 1871,
-
№5.
16.
Гребенкин А. Таджики. // Русский Туркестан, вып. I,под ред. Н.Маева.
-
М.,
1872, -
С. 26
. https://rus-turk.livejournal.com/415576.html
17.
Мансырев С.П. Базарная торговля в Самаркандском уезде. //Справочная
книжка Самаркандской области на 1898 год, вып. VI.
–
Самарканд, 1899.
-
С.
125,126,127,128.http://app.cseas.kyotou.ac.jp/turkestan/volume/v501_594/v528.html
18.
Обзор Самаркандской области за 1889 год. –
Самарканд, 1891.
-
С. 13;
Обзор Самаркандской области за 1898 год. –Самарканд, 1899.
-
С. 15
19.
Обзор Самаркандской области за 1897.
-
Самарканд, 1898.
-
С. 30
http://elib.shpl.ru/ru/nodes/46168-za-1898-god-1900
20.
Бржезицкий И.А. Самаркандский уезд.
-
Ташкент, 1909.
-
С.138,140
21.
ЎзР МДА. 1
-
фонд, 16
-
рўйхат, 94
-
иш, 38
-
варақ.
22.
ЎзР МДА. 1
-
фонд, 16
-
рўйхат, 815
-
иш, 12
-
варақ.
23.
Арандаренко Г.А. Досуги в Туркестане, 1874
-1882.
–СПб., 1889.
-
С. 37,38,51, 66,67
https://viewer.rusneb.ru/ru/000199_000009_003623349?page=1&rotate=0&theme=white
24.
Обзор Самаркандской области за 1906 год.
–
Самарканд, 1907.
Приложение №9
http://elib.shpl.ru/ru/nodes/46176-za-1906-god-1907
25.
Саидкулов Т.С. Самарканд во второй половине XIX начала XX века из
социально
-
экономический и политической истории средней части Зеравшанской
долины.
-
Самарканд, 1970.
-
С 153
.
26.
ЎзР МДА. 5
-
фонд, 1
-
рўйхат, 12
-
иш, 124
-
варақ.
27.
ЎзР МДА. 5
-
фонд, 1
-
рўйхат, 11
-
иш, 105
-
варақ.
28.
Пален К. Материалы к характеристике народного хозяйства в Туркестане.
Ч.I, отдел I.
-
СПб., 1911.
-
С.368.
29.Справочник Самаркандской области на 1901, вып., III.
-
Самарканд, 1901.
-
С. 54
30.
Радлов В. Средняя Зеравшанская долина.
-
СПб., 1880.
-
С. 49.
