Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methodology of organizing "Natural Sciences" lessons in
primary classes based on the 4k model
Navroza SALOKHITDINOVA
1
, Rozigul ESONOVA
2
Termez University of Economics and Service
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
This article provides detailed information about the
effectiveness of teaching "Natural Sciences" interactively using
modern methods and new technologies based on the 4K model
in primary classes.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Natural Sciences,
primary class,
4K model,
education,
modern methods,
interactivity,
creativity.
Boshlang‘ich sinflarda “Tabiiy fanlar” darslarini 4K modeli
asosida tashkil etish metodikasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Tabiiy fanlar,
boshlang‘ich sinf,
4K modeli,
ta’lim
-tarbiya,
zamonaviy metodlar,
interfaollik,
kreativlik.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda “4K” modeli asosida
zamonaviy metodlar, yangi texnologiyalardan foydalanib, dars
jarayonla
rini o‘tishning samaradorligiga taa’siri haqida batafsil
ma’lumot berilgan.
1
Associate Professor, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Termez University of Economics and
Service. E-mail: navroza_saloxitdinova@tues.uz
2
Master's student, Termez University of Economics and Service.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
60
Методика организации уроков «Естествознание»
в начальных классах на основе модели 4К
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Естествознание,
начальный класс,
модель 4K,
образование,
современные методы,
интерактивность,
креативность.
В статье представлена детальная информация об
эффективности интерактивного преподавания предмета
«Естествознание» в начальных классах. Особое внимание
уделяется
применению
современных
методик
и
инновационных технологий в рамках модели 4К,
направленной на развитие ключевых компетенций
учащихся.
Jamiyat ravnaqi davlat taraqqiyotida ko‘p jihatdan intellektual salohiyati bilan
belgilanadi. Shunga ko‘ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilmoqda.
Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta’lim
jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishning o‘ziga xos talablarini ko‘rib chi
qamiz.
Avvalo, boshlang‘ich ta’lim
–
shaxs shakllanishi davrining eng muhim bosqichi
hisoblanadi. Bu davr bolalar tasavvuri hamda bilimlari poydevorini ilk tiklash pallasi
bo‘libgina qolmay, bolaning ong osti olamini anglash ham juda nozik e’tibor talab et
adi va
bola o‘zida “o‘quvchi shaxsi”ni yaratadi. O‘z maktabiga nisbatan mehr uyg‘onadi, ta’lim
olishga nisbatan qiziqishlari ortadi, kelgusi natijalari yuksak darajada bo‘lishi uchun ilm
yo‘lida shaxdam qadam ila bor kuchi bilan harakatga kirishadi. Bunda
zamonaviy
pedagogika ma’rifiy, ma’naviy saviyasiga jiddiy yondashgan holda oldiga qo‘ygan doimiy
va murakkab masala sifatida darsliklarning g‘oyaviy va tarbiyaviy jihatlariga muhim
yondashishi ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini 2030
-yilga qadar rivojlantirish
konsepsiyasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilagan. Shunga
muvofiq, darsliklarni yangilash bo‘yicha muayyan ishlar bajarib kelinmoqda. Xususan,
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1–
4-
sinf darsliklari yangidan “4K” modeli asosida
tayyorlandi. “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan o‘tgan, muhimi, zamonaviy
yondashuv hisoblanadi. Biz avvallari bolalarning yozuviga ko‘proq e’tibor qaratib
kelganmiz, ularga ko‘plab diktantlar yozdirganmiz.
Yangi tajriba bila
n esa o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, o‘z fikrini erkin bayon eta
olishiga ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Ushbu yangi zamonaviy maktab darsliklari
innovatsion yondashuvni taqdim etib, bu metodologiya bolalarning har tomonlama
rivojlanishiga qaratilgan.
“4K” modeli to‘rt asosiy kompetentsiyalarni o‘z ichiga oladi:
Kollaboratsiya (hamkorlikda ishlash)
–
darsliklar o‘quvchilarning jamoada
ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga
hamkorlik qilish, samarali fikr
almashish va o‘zaro qo‘llab
-
quvvatlash ko‘nikmalarini
o‘rganishga ko‘maklashadi.
Kommunikativlik (muloqot qilish ko‘nikmasi)
–
darsliklar o‘quvchilarning
boshqalar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. O‘quvchilar o‘z
fikrlarini an
iq va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, ma’lumotni
yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishni o‘rganadilar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
61
Tanqidiy fikrlash
–
bu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash,
o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan tashkil topgan.
O‘quvchilar muammolariga analitik nuqtai nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy
fikrlash asosida o‘z qarashlari shakllanadi.
Kreativ fikrlash (ijodiy yondashuv)
–
darsliklar ijodiy fikrlash va yangilik qilish
qobiliyatini rivojlantiradi. O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi
yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadilar, innovatsion yechimlar ishlab chiqadilar va ijodiy
muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladil
ar [1],
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati: U. Jabborov “Boshlang‘ich sinflar uchun yangi
zamonaviy darsliklar kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlodni har tomonlama rivojlantirib,
zamonaviy jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishda zarur bo‘lgan ko‘ni
kmalarni ularda
shakllantirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyat kasb etadi”, deydi [2]
.
Bunga ko‘ra, zamonaviy darsliklarimiz biz uchun koni foyda deb ayta olamiz. Ya’ni
farzandlarimizni samarali fikr almashish, o‘zaro qo‘llab
-
quvvatlash, o‘z fikrlarini
aniq va
ravshan ifodalash, suhbatdoshini tinglash va tushunish, ma’lumotni yetkazishda til
vositalaridan unumli foydalana olish, muammolarga analitik nuqtai nazardan
yondashish, mantiqiy fikrlash asosida o‘z qarashlarini
shakllantirish, maqsadlariga
erish
ish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llay olish, innovatsion yechimlar ishlab chiqish
va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Mazkur “4K” ko‘nikmalari bolalarning sog‘lom turmush tarzi, inklyuziv ta’lim muhitini
yaxshilashda ham jismoniy, ham aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. San’at, fan, sport
yoki tabiat olamini o‘rganishda bolalarning dunyoqarashini, shuningdek, o‘ziga bo‘lgan
ishonchini orttiradi. Maktabdagi har bir dars jarayoni o‘quvchilarni faqat f
an mazmunini
o‘zlashtirishga emas, balki mustaqil bilim olishga, analitik fikrlash, muammolarni hal qilish
va yengish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Boshlang‘ich sinf darsliklari yosh avlodni har
tomonlama rivojlantirish va jamiyatga yetuk mutaxassisni ta
yyorlash uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Boshlang‘ich sinfda Tabiiy fanlarning o‘qitilishi o‘quvchilarda tabiiy
-ilmiy, texnik,
ekologik va iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish hamda tanqidiy va ijodiy fikrlashni
rivojlantir
ishda fanlarning o‘zaro integratsiyasi obyekt tomonidan tabiatni bir butun
borliq sifatida anglanishi, ularning tafakkurida olamning yagona tabiiy-ilmiy manzarasi
vujudga kelishiga zamin yaratadi. Shuningdek o‘quvchilar mazkur fan orqali fanlararo
integratsiya zamonaviy fan-texnika taraqqiyotining imkoniyati va muammolarini
tushunib olishiga, barqaror rivojlanish ta’limi maqsadlari orqali ekologik
muammolarning mohiyatini anglab yetishga, tabiatdan oqilona foydalanish yo‘llari,
sog‘lom turmush tarziga amal qilish tamoyillari hamda kundalik hayotda o‘zlashtirilgan
bilimlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Tabiiy fanlar o‘quvchiga jonli va jonsiz tabiatda ro‘y berayotgan hodisa va
jarayonlarning yuzaga kelish sabablari va
ularning o‘zaro bog‘liqligi, tabiatdagi
rivojlanish bosqichlar, jumladan, tirik organizmlarning rivojlanish evolyutsiyasi,
zamonaviy texnika va texnologiyaning tabiiy-
ilmiy asoslari, tabiat va jamiyatning o‘zaro
aloqadorligi va ta’siri, tabiiy resurslardan
tejamkorlik bilan foydalanishning ilmiy
asoslari, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida bilishga yordam beradi. O‘quvchi
paydo bo‘lgan ichki motiv unda tabiiy fanlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishi orqali
tabiiy va ijtimoiy muhit holatini tushunib borishi, atrof-muhit va insoniyat muammolarini
anglashiga, ularning yechimini topishda qarorlarni qabul qila olishida muhim o‘rin
egallaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
62
Sayyoramizning turli yerlarida bir vaqtning o‘zida ob
-
havo turli xil bo‘ladi. Masalan:
O‘rta Osiyoda havo isib ke
tib bosim pasayadi natijada bu yerga shimoli-
g‘arbdan salqinroq
havo massalari kirib keladi va hudud haroratini biroz pasaytiradi. Ob-
havo o‘zgarishi
natijasida havo massalari almashinadi. Yer sharini quyosh bir xilda isitmaydi va bir xil
yoritmaydi, shung
a ko‘ra, havoning holati hamma yerda bir xil emas [3].
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari buni tevarak
-atrofni kuzatgan holda ham osongina
tushunib yetishlari mumkin. Oddiy qilib aytganda, ertalab kunning sovuq bo‘lishi, tushda
isib ketishi va tun qorong‘usi
da yana sovishini anglay olishadi.
O‘quvchilar muammoli vaziyatni hal etishda tabiiy fanlar bo‘yicha tabiiy
-ilmiy
savodxonlik, “4K” ko‘nikmalarini namoyish etishlari talab qilinadi. O‘quvchilarning
kognitiv munosabati (tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi, ta
dqiq etilayotgan masalaga ilmiy
yondashishi, atrof-
muhit bilan bog‘liq masalalardan xabardorligi) va fanning mazmuniga
oid bilimlari ularda tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni belgilaydi. Tabiiy fanlarni
o‘rganish davomida o‘quvchilar hayotiy munosabatlar
va global muammolar bilan
tanishib boradi.
Bunga ko‘ra, Estoniya, Singapur va Janubiy Koreya mamlakatlari yangi ta’lim
texnologiyalarini amalda qo‘llayotgan ilg‘or davlatlar sirasiga kirib, yetakchilik qilmoqda [5].
Estoniyalik maktab o‘quvchilari bugungi kunga kelib elektron o‘quv materiallari
bilan ta’minlangan e
-Schoolbag va Opiq xizmatlaridan muntazam foydalanadilar.
Roboversity orqali robot texnikalarini o‘rganish imkoniyatiga egalar. Ota
-onalar esa
farzandlarining o‘zlashtirishlarini doim kuzatishlari va o‘qituvchilar bilan maxsus eKool
platformasida muloqot qilishlari mumkin [5.3].
Singapurda 1990-
yillar boshidan Singapur Maorif vazirligi ta’lim tizimini
zamonaviylashtirishni boshladi. Ushbu bilimlar iqtisodi sharoitida Singapur maktabini
hayotga ta
yyorlash yo‘nalishida dastlabki qadamlarini qo‘ydi: ilk bor o‘rta maktab va
kollejlar o‘quv rejasiga “Kompyuter saboqlari” darsi kiritildi. Mashg‘ulotlar davomida
o‘qituvchilar maktab o‘quvchilarini kompyuterdan foydalanishga o‘rgatadilar va
mamlakat iqtis
odiyotini rivojlantirish uchun texnologiyalarni faol qo‘llashning ahamiyati
haqida hikoya qiladilar [5.3].
21-
asr uchun yangi talablarni ishlab chiqish kabi asosiy yo‘nalishlar kiritilgan.
Asta-
sekinlik bilan o‘quvchilar va ular foydalanayotgan texnik vosi
talar nisbati 1:1ga
yetkazildi. Yangi texnologiyalar har bir insonga yashash joyidan qat’i nazar, ta’lim olish
imkonini beruvchi vosita sifatida qabul qilina boshlandi: bu “uzluksiz ta’lim” g‘oyasi
vujudga kelishidagi muhim omil bo‘ldi.
2015-yildan Singapu
r ta’limida asosiy urg‘u “ijodkorona (kreativ) o‘qitish”ga
qaratila boshlandi: o‘qituvchilar ta’lim muhiti dizaynerlari sifatida mashg‘ulotlarni yangi
texnologiyalar yordamida o‘tkaza boshladilar. Bu o‘quv jarayonini alohida ta’lim olishga
ham moslashtirdi
, o‘quvchilar istalgan joyda va vaqtda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Janubiy Koreya ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni kiritish jarayoni 80
-yillarda
boshlangandi. Bu paytda ko‘pgina salbiy dunyoviy o‘zgarishlar (aholining qarishi, yoshlar
o‘rtasida ishsizlikning ko‘payishi va h.k.) mamlakat hukumati oldiga milliy ta’lim tizimiga
jadal yangiliklar kiritish talabini qo‘di. Koreya ta’lim va fan olami raqobatdoshligining
umumiy oshirilishi mamlakatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan edi.
Maktablarda AKTdan foydalanish belgilangan maqsadlarga erishishga imkon beruvchi
vositalardan sanalgan edi. Dastur barcha xohlovchilar uchun tahsil olish imkonini
kengaytiruvchi, yangi ko‘nikma va bilimlar olish yoki o‘tkazib yuborilgan mashg‘ulotlarni
o‘rganib olish imkonini beruvchi masofaviy ta’lim rivojiga e’tibor qaratadi
[5].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
63
Darslarda o‘qituvchilar turli multimedia materiallaridan foydalanadilar,
o‘quvchilar bilan muloqotga kirishadilar. Masofaviy mashg‘ulotlarda esa o‘qituvchi
maxsus ishlab chiqilgan o
‘quv materiallaridan foydalanadi, ijodiy muhit yaratadi va
bilimlarni baholaydi. Ta’lim berish davomida maxsus murabbiy (tutor) ham biriktirilgan
bo‘lib, u o‘quvchilarning bilim olish jarayonini kuzatadi, o‘qituvchilarning virtual va bulut
texnologiyalari
bilan ishlashlariga ko‘maklashadi.
So‘nggi yillarda Janubiy Koreyada virtual maktab va universitetlar faol ko‘payib
bormoqda. Ularda ta’lim jarayoni to‘laqonli ravishda onlayn ta’lim vositalari yordamida
o‘tadi, o‘quvchilar esa o‘zlarini qiziqtirgan kursla
rni aynan qiziqishlari doirasida tuzilgan
o‘quv rejasi bo‘yicha (masalan, Air and Correspondence High School; Ewha Womans
University, Hanyang Cyber University and International Cyber University) o‘tadilar.
Xulosa qilib aytganda, maktabda yangi texnologiyal
ardan foydalanish o‘quv
jarayonini rang-barang va qiziqarli qilibgina qolmay, bolalarni kompyuter savodxonligiga
va XXI asrning boshqa muhim yangiliklari bilan hamohang rivojlanish imkonini beradi.
Sifatli va raqobatbardosh ta’lim –
bu barqaror iqtisodiy o
‘sish, fan va texnologiya
rivoji, ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilashdagi muvaffaqiyat garovidir. Yangi
texnologiyalardan cho‘chish kerak emas. Ulardan xorijiy tajribani o‘zlashtirgan va
xatolardan xulosa qilgan holda unumli foydalanaylik bu bizga ulkan yutuqlar olib keladi.
Kelajagimiz bo‘lgan farzandlarimiz o‘zining erkin fikri va hayotiy qarashlariga ega bo‘lgan
holda kamol topar ekan, bu bizning eng oliy yutug‘imiz bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sangirova Z.B.
O‘quvchilarda Tabiiy
-
ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda “4K”
modelining ahamiyati. T. 25.10.2023 y.
2.
U.
Jabborov. Boshlang‘ich sinfda “4K” modeli
-
zamonaviy ta’limga innovasion
yondashuv. Aniq.uz.
3.
D. Sharipova, D. P. Xodiyeva, M. K. Shirinov Tabiatshunosli
k o‘qitish metodikasi.
T. 2018.
4.
B.
Xolyigitova Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy
adabiyotlsar vositasida shakllantrish bo‘yicha topshiriqlar. Ilm
-fan va innovatsiya ilmiy-
amaliy konferensiyasi. Innovative Academy, 2023.
5.
T.
Naushirvanov Ta’limni raqamlashtirish. Khan Academy O‘zbek Blog
06.11.2019 y.
