Авторы

  • Феруза Эркулова
    PhD, доцент, Наманганский государственный институт иностранных языков имени Исхак Хана Ибрата

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp197-202

Ключевые слова:

методическая подготовка педагогические подходы конструктивизм контекстуальный подход коллаборативное обучение технологическая интеграция профессиональное развитие

Аннотация

Развитие методической подготовки может быть эффективно реализовано с использованием современных педагогических подходов. В данной статье рассматриваются ключевые аспекты методической подготовки, исследуются передовые теоретические подходы, включая конструктивизм, контекстуальный подход, коллаборативное обучение и технологическую интеграцию. Также анализируется вклад узбекских ученых в данную сферу.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Modern theoretical approaches to the development of
methodological training

Feruza ERKULOVA

1


Namangan State Institute of Foreign Languages named after Iskhakhon Ibrat

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 25 November 2024

Available online

25 December 2024

The development of methodological training can be

effectively implemented through modern pedagogical

approaches. This article highlights the key aspects of

methodological training and examines advanced theoretical

approaches, including constructivism, contextual approach,
collaborative

teaching,

and

technological

integration.

Additionally, the contribution of Uzbek scholars in this field is

analyzed.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp1

97-201

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

methodological training,

pedagogical approaches,
constructivism,

contextual approach,

collaborative teaching,
technological integration,
professional development.

Metodik tayyorgarlikni

rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy

nazariy yondashuvlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

metodik tayyorgarlik,
pedagogik yondashuvlar,

konstruktivizm,

kontekstual yondashuv,

kollaborativ o‘qitish,

texnologik integratsiya,

professional rivojlanish.

Metodik tayyorgarlikni rivojlantirish zamonaviy pedagogik

yondashuvlar orqali samarali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu

maqola metodik tayyorgarlikning muhim jihatlarini yoritib,

ilg‘or nazariy yondashuvlar, jumladan, konstruktivizm,

kontekstual yondashuv,

kollaborativ o‘qitish va texnologik

integratsiya asosida tadqiq qilinadi.

Shuningdek, o‘zbek

olimlarining ushbu sohadagi hissasi ham tahlil qilinadi.

1

PhD, Associate Professor, Namangan State Institute of Foreign Languages named after Iskhakhon Ibrat.

E-mail: feruzaerkulovauzb@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

198

Современные теоретические подходы к развитию

методической подготовки

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

методическая подготовка,
педагогические подходы,
конструктивизм,

контекстуальный подход,
коллаборативное
обучение,

технологическая
интеграция,
профессиональное
развитие.

Развитие методической подготовки может быть

эффективно реализовано с использованием современных

педагогических

подходов.

В

данной

статье

рассматриваются

ключевые

аспекты

методической

подготовки,

исследуются

передовые

теоретические

подходы, включая конструктивизм, контекстуальный

подход, коллаборативное обучение и технологическую
интеграцию. Также анализируется вклад узбекских ученых

в данную сферу.


KIRISH

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda metodik tayyorgarlik muhim ahamiyat

kasb etadi. Metodik t

ayyorgarlik nafaqat o‘qituvchi va pedagoglar uchun, balki ta’lim

tizimining barcha ishtirokchilari uchun ham dolzarb masaladir. Zamonaviy ta’lim
jarayonida turli nazariy yondashuvlar asosida o‘qituvchilarni tayyorlash masalasi keng
o‘rganilmoqda (Vygotsky,

1978; Dewey, 1938).

Konstruktivizm, kontekstual yondashuv, kollaborativ o‘qitish hamda texnologik

integratsiya kabi yondashuvlar metodik tayyorgarlikni rivojlantirishning samarali usullari

sifatida e’tirof etilmoqda. O‘zbek olimlari, jumladan, Xodjayeva (

2021), Tojiyeva (2019) va

Karimova (2022) ham metodik tayyorgarlikni rivojlantirish borasida qimmatli tadqiqotlar
olib borganlar. Masalan, Xodjayeva (2021) metodik tayyorgarlik jarayonida milliy

an’analarning rolini ta’kidlagan bo‘lsa, Karimova (2022) kont

ekstual yondashuvning

o‘qituvchilar uchun ahamiyatini tahlil qilgan. O‘zbek ta’lim tizimida kollaborativ
yondashuv amaliyoti ham keng qo‘llanilmoqda, chunki bu o‘quvchilar va o‘qituvchilar
o‘rtasidagi interaktiv muloqotni kuchaytiradi.

Misol uchun, Toshkent shahridagi Pedagogika institutida olib borilgan tajribalarda

(Xodjayeva, 2021) o‘qituvchilarning seminar mashg‘ulotlarida kollaborativ yondashuvdan
foydalanish natijasida o‘quvchilarning o‘zaro fikr almashish va muhokama ko‘nikmalari

yaxshilangani qayd etilgan. Ushbu maqola metodik tayyorgarlikni takomillashtirish

bo‘yicha zamonaviy nazariy yondashuvlarni kengroq ko‘rib chiqadi va ularning pedagogik
jarayondagi o‘rni haqida tahliliy fikr bildiradi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Konstruktivizm nazariyasi o‘quvchilarn

ing bilimlarni faol ravishda shakllantirishi

va tushunishiga asoslangan (Piaget, 1950; Bruner, 1966). Ushbu yondashuv bo‘yicha
o‘qituvchilar bilim beruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi sifatida harakat qilishlari lozim.

Masalan, Samarqand Davlat Universitetida amalga oshirilgan tadqiqotlarda (Shodmonov,

2020) konstruktivizm asosida dars jarayonlari tashkil etilganda o‘quvchilarning mustaqil

fikrlash qobiliyatlari sezilarli darajada oshganligi aniqlangan. Shuningdek, bu
yondashuvning samaradorligi kognitiv riv

ojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi,

o‘quvchilarning muammolarni mustaqil hal qilish malakalarini shakllantirishga yordam

berishi kuzatilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

199

Kontekstual yondashuvda o‘qitish jarayoni real hayotga yaqinlashtiriladi (Brown,

Collins, & Duguid, 1989

). O‘zbek tadqiqotchilari, jumladan, Karimova (2022), bu uslubni

o‘qituvchi tayyorgarligida samarali qo‘llash mumkinligini ta’kidlagan. Masalan, Jizzax
davlat pedagogika universitetida sinov tariqasida o‘qituvchilarning amaliy
mashg‘ulotlarini shahar va qishloq maktablarida o‘tkazish natijasida ularda real sharoitga
moslashish ko‘nikmalari yaxshilangani qayd etilgan. Bu metod real hayotiy holatlar orqali
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, tarix fanini
o‘rgatishda talabalarga muzeylarda amaliy darslarni o‘tkazish orqali ularga tarixiy

jarayonlarni chuqurroq anglash imkoniyati yaratilgan.

Kollaborativ yondashuv bo‘yicha o‘quvchilar hamkorlikda bilim olishadi va

o‘qituvchilar guruhlarda ishlash orqali metodik

tayyorgarlikni rivojlantirishlari mumkin

(Johnson & Johnson, 1999). O‘zbekiston sharoitida Yusupova (2021) ta’kidlaganidek,
guruhiy ish orqali o‘qituvchilar o‘z metodik malakalarini oshirishlari mumkin. Masalan,
Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvch

ilari guruhiy loyihalar asosida yangi metodik

materiallar ishlab chiqish tajribasini o‘tkazib, bu usulning samarali ekanligini
ta’kidlaganlar. Ushbu yondashuv o‘qituvchilarning fikrlash doirasini kengaytirib, o‘quv

jarayonida kooperativlikni kuchaytiradi.

Axborot texnologiyalari metodik tayyorgarlikda muhim rol o‘ynaydi (Mishra &

Koehler, 2006). O‘zbek olimlaridan Usmonova (2020) onlayn platformalar orqali metodik

kompetensiyalarni rivojlantirishni taklif etgan. Xususan, Toshkentdagi pedagogika
universiteti

da Moodle va Google Classroom tizimlari orqali o‘qituvchilar tayyorgarlik

jarayonida interaktiv usullardan foydalanganliklari va natijalari ijobiy ekanligi qayd
etilgan. Bundan tashqari, Samarqand Davlat Universitetida raqamli laboratoriyalar va
simulyatsi

yalar yordamida ta’lim jarayoni samaradorligi oshirilgan. Bu usullar

o‘quvchilarning aniq fanlar bo‘yicha amaliy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy metodik yondashuvlar o‘qituvchilarning

tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari asosida
quyidagi asosiy jihatlar aniqlangan:

Samarqand Davlat Universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,

bu yondashuv asosida o‘qitilgan talabalarning

mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish

qobiliyatlari 35% ga oshgan (Shodmonov, 2020). Ushbu natija talabalarning analitik

tafakkurini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, tajriba davomida talabalarga
nazariy bilimlar o‘rniga real hayotiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan topshiriqlar
berilgan va ular o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Natijada,
dars jarayonida muammolarni mustaqil hal qilish ko‘nikmalari shakllangan hamda
o‘quvchilarning darsga bo‘lga

n motivatsiyasi ortgan. Shuningdek, baholash tizimida ham

o‘zgarishlar kiritilib, talabalarning tanqidiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratilgan
testlar va loyihaviy ishlarga e’tibor qaratilgan. Shu sababli, konstruktiv yondashuv

talabalar bilimlarini chuqurroq shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini

rivojlantirishda samarali usullardan biri sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Jizzax davlat pedagogika universitetida olib borilgan tajribalar kontekstual

yondashuv asosida o‘qitilgan o‘qituvchilar dars davomida o‘z bilimlarini aniq hayotiy
vaziyatlar bilan bog‘lay olish ko‘nikmalarini 40% ga yaxshilagan (Karimova, 2022). Ushbu
yondashuv natijasida o‘qituvchilarning real vaziyatlarni ta’lim jarayoniga integratsiya

qilish qobiliyatlari oshgan. Masalan, t

abiiy fanlar o‘qituvchilari o‘quvchilarga dala


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

200

sharoitlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini bergan, bu esa o‘quvchilarning

laboratoriya sharoitlarida ishlash tajribasini oshirishga yordam bergan. Shuningdek, tarix fani

bo‘yicha muzey va arxivlarga tashriflar tashkil etilib, o‘quvchilarning mavzuga qiziqishi ortgan
hamda tarixiy manbalarni mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalari shakllangan. Natijalar shuni
ko‘rsatdiki, bunday kontekstual yondashuv o‘quvchilarning nazariy bilimlarini real hayotga

tatbiq etishiga va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Navoiy davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida guruhiy

loyihalar asosida ishlagan o‘qituvchilarning interaktiv o‘qitish malakalari 30

% ga oshgani

qayd etildi (Yusupova, 2021). Ushbu metodika o‘qituvchilarga bir

-

biridan o‘rganish, tajriba

almashish va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishda yordam berdi. Masalan, loyihaviy

ishlar davomida o‘qituvchilar jamoaviy ta’lim jarayonida yang

i pedagogik usullarni sinab

ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kollaborativ o‘qitish uslubi nafaqat
o‘qituvchilarning interaktiv yondashuvlarini yaxshiladi, balki talabalarning muloqot
qobiliyatlari va jamoaviy ishlash ko‘nikmalar

ini ham rivojlantirdi. Shu bois, ushbu yondashuv

ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishda samarali vosita

sifatida tavsiya etiladi.

Toshkent pedagogika universitetida Moodle va Google Classroom tizimlari yordamida

dars

bergan

o‘qituvchilar

an’anaviy

usulda

dars

berganlarga

qaraganda

50% ga ko‘proq interaktiv darslar o‘tkaza olishgan (Usmonova, 2020). Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatdiki, texnologik integratsiya o‘qituvchilarga dars jarayonini yanada interaktiv va

moslashuvchan qilish imkoniyatini bergan. Masalan, video darslar, onlayn testlar va

muhokama forumlari orqali talabalar mustaqil ta’lim olish jarayonida yanada faol ishtirok

etishgan. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar yordamida berilgan topshiriqlar
talab

alarning fikrlash jarayonini jadallashtirib, ularning mustaqil ta’lim olish qobiliyatlarini

rivojlantirishga xizmat qilgan. Bundan tashqari, Samarqand Davlat Universitetida onlayn

laboratoriyalar joriy etilgandan so‘ng talabalar eksperimental fanlar bo‘yic

ha amaliy

ko‘nikmalarini mustahkamlashga imkoniyat topganlar. Ushbu natijalar texnologik
integratsiyaning nafaqat pedagogik jarayon, balki o‘qitish samaradorligi va talabalarning
o‘zlashtirish darajalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatmoqda.

Ushb

u natijalar shuni ko‘rsatadiki, metodik tayyorgarlikni rivojlantirishda zamonaviy

pedagogik yondashuvlarni qo‘llash juda muhim. Kelgusida tadqiqotlar texnologik

yangiliklarni pedagogik jarayonga yanada integratsiya qilish va xalqaro tajribalarni
chuqurroq

o‘rganishga qaratilishi lozim.

XULOSA

Metodik tayyorgarlikni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar muhim ahamiyatga

ega. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, konstruktivizm, kontekstual yondashuv,
kollaborativ o‘qitish va texnologik integratsiya

metodik tayyorgarlikning samaradorligini

oshirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek olimlarining tadqiqotlari milliy sharoitda bu
yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlarini ochib beradi. Tadqiqot jarayonida kuzatilgan
natijalar shuni ko‘rsatdiki, pedagogik kompetensiya va o‘qituvchilik mahoratini oshirishda
ushbu metodlarning qo‘llanilishi o‘qituvchilarning interaktiv va innovatsion ta’lim usullaridan

foydalana olish qobiliyatini mustahkamlashga yordam beradi.

Tadqiqot O‘zbekiston Jahon Tillari Universiteti, Samar

qand Davlat Chet Tillari Instituti,

Qo‘qon Pedagogika Universiteti, Andijon Davlat Chet Tillari Instituti hamda Namangan Davlat
Chet Tillari Institutida olib borilgan bo‘lib, unda asosan magistratura

bosqichida tahsil

olayotgan talabalar ishtirok etishgan. Ushbu tadqiqot doirasida ularning tajribalari va kasbiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

201

rivojlanish jarayonlari o‘rganilib, metodik tayyorgarlik pedagogik kompetensiyaga qanday
ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy metodik yondashuvlarni
qo‘llash nafaqat o‘qituvchilarning o‘z bilim va tajribalarini rivojlantirishiga, balki ularning
talabalar bilan samarali muloqot olib borish qobiliyatining oshishiga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Shuningdek, tadqiqot davomida texnologik innovatsiyalarni ta’lim jarayoni

ga kengroq

tatbiq etish zaruriyati ham kuzatildi. Jumladan, Moodle, Google Classroom va boshqa onlayn

ta’lim platformalarining o‘qitish jarayonidagi o‘rni yanada mustahkamlanib, ularning ta’lim
sifati va samaradorligiga ijobiy ta’siri qayd etildi. Bunday innovatsiyalar o‘qituvchilarga

darslarni yanada interaktiv va individual yondashuv asosida olib borish imkoniyatini taqdim
etadi.

Kelajak tadqiqotlar pedagogik metodikani yanada chuqurroq o‘rganishga, milliy va

xalqaro tajribalarni tahlil qilish orqali sama

rali strategiyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilishi

lozim. Shuningdek, texnologik yangiliklarni o‘qitish jarayoniga kengroq integratsiya qilish,
o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab

-quvvatlovchi yangi model va dasturlar ishlab

chiqish kelgusid

agi ilmiy izlanishlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak. Shu

tariqa, zamonaviy metodik tayyorgarlik yondashuvlarini yanada takomillashtirish orqali

ta’lim sifatini oshirishga hamda pedagogik jarayonni samarali tashkil etishga erishish

mumkin. Metodik tayyorgarlikni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar muhim

ahamiyatga ega. O‘zbek olimlarining tadqiqotlari milliy sharoitda bu yondashuvlarni qo‘llash

imkoniyatlarini ochib beradi. Kelajak tadqiqotlar texnologik innovatsiyalar va xalqaro
tajri

balarni yanada chuqurroq o‘rganishga qaratilishi lozim.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Bruner, J. (1966). Toward a theory of instruction. Harvard University Press.

2.

Brown, J. S., Collins, A., & Duguid, P. (1989). Situated cognition and the culture of

learning. Educational Researcher, 18(1), 32-42.

3.

Dewey, J. (1938). Experience and education. Macmillan.

4.

Johnson, D. W., & Johnson, R. T. (1999). Learning together and alone: Cooperative,

competitive, and individualistic learning. Allyn & Bacon.

5.

Karimova, S. (2022). Kontekstual ta'lim yondashuvi va uning o'qitish jarayonidagi

o'rni. Ilmiy tadqiqotlar jurnali, 6(3), 89-102.

6.

Mishra, P., & Koehler, M. J. (2006). Technological pedagogical content knowledge: A

framework

for

teacher

knowledge.

Teachers

College

Record,

108(6),

1017-1054.

7.

Piaget, J. (1950). The psychology of intelligence. Routledge.

8.

Shodmonov, U. (2020). Konstruktivizm asosida ta’lim jarayonlarini rivojlantirish.

Pedagogika va innovatsiyalar jurnali, 5(2), 75-88.

9.

Usmonova, Z. (2020). Zamonaviy texnologiyalar yordamida metodik

kompetensiyalarni rivojlantirish. Axborot texnologiyalari va ta'lim, 9(1), 53-65.

10.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological

processes. Harvard University Press.

11.

Xodjayeva, G. (2021). O

‘zbekistonda metodik tayyorgarlikni rivojlantirish

tamoyillari.

Oliy ta’lim ilmiy jurnali, 5(2), 45

-57.

12.

Yusupova, L. (2021). Kollaborativ o'qitishning metodik tayyorgarlikka ta'siri.

Ta'lim va innovatsiyalar, 7(4), 67-79.

Библиографические ссылки

Bruner, J. (1966). Toward a theory of instruction. Harvard University Press.

Brown, J. S., Collins, A., & Duguid, P. (1989). Situated cognition and the culture of learning. Educational Researcher, 18(1), 32-42.

Dewey, J. (1938). Experience and education. Macmillan.

Johnson, D. W., & Johnson, R. T. (1999). Learning together and alone: Cooperative, competitive, and individualistic learning. Allyn & Bacon.

Karimova, S. (2022). Kontekstual ta'lim yondashuvi va uning o'qitish jarayonidagi o'rni. Ilmiy tadqiqotlar jurnali, 6(3), 89-102.

Mishra, P., & Koehler, M. J. (2006). Technological pedagogical content knowledge: A framework for teacher knowledge. Teachers College Record, 108(6),

-1054.

Piaget, J. (1950). The psychology of intelligence. Routledge.

Shodmonov, U. (2020). Konstruktivizm asosida ta’lim jarayonlarini rivojlantirish. Pedagogika va innovatsiyalar jurnali, 5(2), 75-88.

Usmonova, Z. (2020). Zamonaviy texnologiyalar yordamida metodik kompetensiyalarni rivojlantirish. Axborot texnologiyalari va ta'lim, 9(1), 53-65.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes. Harvard University Press.

Xodjayeva, G. (2021). O‘zbekistonda metodik tayyorgarlikni rivojlantirish tamoyillari. Oliy ta’lim ilmiy jurnali, 5(2), 45-57.

Yusupova, L. (2021). Kollaborativ o'qitishning metodik tayyorgarlikka ta'siri. Ta'lim va innovatsiyalar, 7(4), 67-79.