Авторы

  • Рустам Хурсанов
    Доктор юридических наук, профессор, Заведующий кафедрой «Бизнес право», Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp255-261

Ключевые слова:

жилищное строительство инвестиционная безопасность эскроу-счета строительные материалы правовая защита экологическая устойчивость

Аннотация

В данной статье анализируются реформы, направленные на дальнейшее развитие сферы жилищного строительства, отраженные в Указе Президента Республики Узбекистан от 27-января 2025 года (ПФ-11). Документ включает меры по совершенствованию механизмов привлечения средств на основе долевого участия, внедрению эскроу-счетов для обеспечения инвестиционной безопасности и широкому применению энергоэффективных строительных материалов. Эти меры способствуют правовой защите, улучшению инвестиционного климата и обеспечению экологической устойчивости в сфере строительства.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

New mechanisms in housing construction in Uzbekistan:

transparency and efficiency through participation and

escrow accounts

Rustam KHURSANOV

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form

15 December 2024

Accepted 20 January 2025

Available online

25 February 2025

This article analyzes the reforms aimed at further developing

the housing construction sector, as reflected in the Presidential

Decree of the Republic of Uzbekistan dated January 27, 2025

(PF

11). The document includes measures to improve

mechanisms for attracting funds based on shared participation,

introduce escrow accounts to ensure investment security, and

widely apply energy-efficient construction materials. These

measures contribute to legal protection, improving the

investment climate, and ensuring environmental sustainability

in the construction sector.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp

255-261

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

housing construction,

investment security,

escrow accounts,

construction materials,

legal protection,

environmental

sustainability.

O‘zbekistonda uy

-joy qurilishida yangi mexanizmlar:

ulush kiritish va eskrou hisobvaraqlari orqali shaffoflik va

samaradorlik

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

uy-joy qurilishi,

sarmoyaviy xavfsizlik,

eskrou hisobvaraqlari,

qurilish materiallari,

huquqiy muhofaza,

ekologik barqarorlik.

Mazkur maqolada uy-joy qurilishi sohasini yanada

rivojlantirishga qaratilgan islohotlar tahlil qilingan bo

lib, ular

O

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi

farmoni (PF-11) mazmunida aks etgan. Hujjat qurilish jarayonida

ulush kiritish asosida mablag

larni jalb qilish mexanizmlarini

takomillashtirish, eskrou hisobvaraqlarini joriy etish orqali

sarmoyaviy xavfsizlikni ta

minlash va energiya samarador

qurilish materiallarini keng qo

llashga qaratilgan chora-

tadbirlarni o

z ichiga oladi. Ushbu tadbirlar qurilish sohasida

huquqiy muhofaza, sarmoya muhitini yaxshilash va ekologik

barqarorlikni ta

minlashga xizmat qiladi.

1

DSc in Law, Professor, Chairman of the Business Law Department, Tashkent State University of Law.

Email: hursanov.rustam75@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

256

Новые механизмы в жилищном строительстве

в Узбекистане: прозрачность и эффективность за счет
участия и эскроу

-

счетов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

жилищное строительство,
инвестиционная

безопасность,

эскроу

-

счета,

строительные материалы,
правовая защита,

экологическая
устойчивость.

В

данной

статье

анализируются

реформы,

направленные на дальнейшее развитие сферы жилищного

строительства,

отраженные

в

Указе

Президента

Республики Узбекистан от 27

-

января 2025 года (ПФ

-11).

Документ включает меры по совершенствованию

механизмов привлечения средств на основе долевого

участия, внедрению эскроу

-

счетов для обеспечения

инвестиционной безопасности и широкому применению
энергоэффективных строительных материалов. Эти

меры способствуют правовой защите, улучшению

инвестиционного климата и обеспечению экологической

устойчивости в сфере строительства.


KIRISH

O

zbekiston Respublikasi uy-joy qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar

mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida ahamiyatga ega.
So

nggi yillarda, ayniqsa, aholining turar-joyga bo

lgan talabini qondirish, uy-joy qurilishi

jarayonini yanada tartibga solish va ilg

or texnologiyalarni qo

llash orqali ushbu soha

yanada rivojlanmoqda. 2025-yil 1-fevralda qabul qilingan

Uy-joy qurilishi sohasini

yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish
jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to

g

risida

gi

O

zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni uy-joy qurilishi jarayonlarini

takomillashtirishga qaratilgan asosiy huquqiy hujjatlardan biridir.

Farmonning maqsadi uy-joy qurilishi sohasida mavjud muammolarni hal qilish va

kelajakda sektorni rivojlantirish uchun zarur bo

lgan huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni

yaratishdir. Ayniqsa, Farmon fuqarolar huquqlarini himoya qilish, qurilish sohasidagi
tartibni yaxshilash, shuningdek, investitsiya muhiti va ishonchliligini oshirishga qaratilgan.

Maqola doirasida yangi Farmonning asosiy jihatlari, u orqali kutilayotgan ijtimoiy

va iqtisodiy natijalar, shuningdek, qurilish sohasining yangi qonuniy tizimga asoslangan
holda rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Bundan tashqari ushbu Farmonning huquqiy
va iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, uning amaliyotda qo

llanilishi bo

yicha amalga

oshirilishi kutilayotgan o

zgarishlar haqida batafsil ma

lumotlar keltiriladi.

MATERIAL VA METODLAR

Tadqiqotda huquqiy va iqtisodiy tahlil metodlaridan keng foydalanilgan bo

lib,

maqsad yangi normativ-huquqiy hujjatning amaldagi huquqiy asoslari va uning iqtisodiy
samaradorligini chuqur o

rganishdir. Tadqiqotning asosiy manbalari va metodlari

quyidagicha tavsiflanadi:

HUQUQIY TAHLIL

Tadqiqotda huquqiy tahlil metodlari asosiy yo

nalishlardan biri sifatida qo

llanildi.

Bu metod orqali Farmon matni, shuningdek, uy-joy qurilishi sohasidagi tegishli qonun
hujjatlari va normativ huquqiy aktlar o

rganildi. Xususan, Farmonning huquqiy mazmuni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

257

va uning amaldagi qonunlarga qanday mos kelishi tahlil qilindi. Shuningdek, uy-joy
qurilishiga oid yangilanishlar va islohotlarning huquqiy asoslari, ular orqali fuqarolar
huquqlarining qanday himoya qilinishi va yangi tartib-

qoidalarning ta’siri aniqlanib,

huquqiy tahlilning asosiy qismi sifatida kiritildi.

IQTISODIY TAHLIL

Tadqiqotda iqtisodiy tahlil metodlari ham keng qo‘llanildi. Bu metod orqali uy

-joy

qurilishi sohasidagi ulush kiritish mexanizmlari, eskrou hisobvaraqlarining moliyaviy

ahamiyati va iqtisodiy samaradorligi o‘rganildi. Ayniqsa

, uy-joy qurilishiga jalb qilingan

investitsiyalar, joriy yillarda bu sohadagi moliyaviy imkoniyatlar, o‘zgarishlarning

iqtisodiy ijtimoiy ta’siri haqida to‘liq ma’lumotlar keltirildi. Bunda, Qurilish sohasining

moliyaviy mexanizmlari va hukumat tomonidan

qo‘llanilayotgan yangi kredit tizimlari,

uy-

joy bozoridagi o‘zgarishlarga qanday ta’sir qilishini aniqlashga harakat qilindi.

MATERIALLAR

Tadqiqotning asosiy materiali sifatida Farmoni matn va tegishli milliy qonunchilik

hujjatlari ishlatildi. Farmon matni sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy

va iqtisodiy asoslarini ifodalovchi hujjat sifatida qabul qilindi. Shuningdek, uy-joy

qurilishi sohasidagi dolzarb qonunlar, investitsiyaviy dasturlar, moliyaviy mexanizmlar

va boshqa tegishli normativ- huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Tadqiqotda, shuningdek, uy-

joy qurilishi sohasining bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari haqidagi statistik

ma’lumotlar ham ishlatildi.

METODIK YONDOSHUV

Tadqiqotning metodik yondashuvi huquqiy va iqtisodiy nazariyalar hamda

amaliyotdagi ilg‘or tajribalarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy yondashuvda normativ

-huquqiy

hujjatlar va qonunlarning o‘zaro bog‘lanishini, iqtisodiy yondashuvda esa moliyaviy

mexanizmlar va investitsiya jarayonlarining samaradorligini o‘rganishga katta e’tibor

berildi. Tadqiqotda hamda yuqori texnologiyalarni, internet-resurslar va ilmiy

adabiyotlarni tahlil qilish ham keng qo‘llanilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

“Uy

-

joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilining joriy etilishi

Mazkur Farmonning birinc

hi bandiga ko‘ra

“Uy

-

joyning yagona hayotiy sikli”

tamoyili joriy etilishi belgilangan bo‘lib, ushbu tamoyil uy

-joy qurilishi jarayonida

shaffoflikni ta’minlash, qurilish pudratchilari, developerlar va ulushdorlar o‘rtasidagi

munosabatlarni qonuniy asosda

yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi

[1]. Bu tamoyil uy-joy

qurilishida birinchi bosqichdan to yakunlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tartibga

solish va barcha ishtirokchilarni

boshqaruvchilardan tortib ulushdorlar va davlat

organlarigacha

yagona umumiy

maqsadga yo‘naltirishni anglatadi. Uning asosiy

maqsadi esa uy-joy qurilishining har bir bosqichida xavf-xatarlarni kamaytirish, barcha

manfaatdor tomonlarning huquqlarini himoya qilish hamda investorlar va fuqarolar

uchun qadrli mol-mulk yaratishdan iborat. Ushbu tamoyil uy-joy qurilishining barcha

jarayonlarini nazorat qilish va ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash orqali qurilish

sifati hamda barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tamoyil asosida uy-joy qurilishining hayotiy sikli quyidagi asosiy bosqichlardan iborat.

Birinchi bosqich

rejalashtirish va loyihalash bo‘lib, bunda qurilishdan oldingi

barcha tayyorgarlik jarayonlari, jumladan, arxitektura loyihalarini ishlab chiqish,

infratuzilma rejalari, moliyaviy va huquqiy mexanizmlarni shakllantirish amalga

oshiriladi. Bu bosqichda, shuningdek, loyiha ishtirokchilarining majburiyatlari aniq

belgilab berilib, uy-

joy qurilishi bo‘yicha kelgusidagi jarayonlar huquqiy jihatdan

mustahkamlanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

258

Ikkinchi bosqich

qurilish va montaj is

hlari bo‘lib, bu bosqichda bevosita qurilish

jarayoni amalga oshiriladi, unda materiallarning sifati, texnologiyalarning zamonaviyligi

va qurilish jarayonining xavfsizligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Uchinchisi

tekshirish va qabul qilish bosqich

i bo‘lib, bunda qurilish ishlari

tugagach, obyektning qonuniy va texnik ko‘rsatkichlarga mosligi tasdiqlanadi. Ushbu

bosqichda mustaqil texnik ekspertizalar va davlat inspeksiyalari ishtirok etib, obyektning
xavfsizligi va foydalanishga tayyorligini tasdiqlaydi.

To‘rtinchi bosqich –

foydalanish bosqichi bo‘lib, unda yakuniy foydalanuvchilarga

(ulushdorlar) uy-

joy topshiriladi va ularga xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur bosqichda kvartira egalari va boshqaruvchi kompaniyalar o‘rtasidagi

munos

abatlar tartibga solinib, xizmat ko‘rsatish sifati nazorat qilinadi.

Beshinchi bosqich

uzoq muddatli saqlash va modernizatsiya bosqichi bo‘lib, uy

-

joy infratuzilmasining holatini saqlab qolish, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va

uy-joy fondin

i zamonaviylashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda bino va

inshootlarning foydalanish muddati davomida ularning energiya samaradorligini

oshirish, ekologik xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy talablarga mos keladigan
texnologiyalarni joriy etish bo‘y

icha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Mazkur tamoyil asosida joriy etilgan yangi moliyaviy va huquqiy mexanizmlar

qurilish sohasini yanada tartibga solishga, investorlar va fuqarolar huquqlarini himoya
qilishga, shuningdek, qurilish ishlarining sifatini

oshirish va barqarorligini ta’minlashga

xizmat qiladi. Bu tizim barcha manfaatdor tomonlarning ishonchini oshirib, uy-joy

bozorida huquqiy aniqlikni ta’minlaydi. Shu bilan birga, “Uy

-

joyning yagona hayotiy sikli”

tamoyiliga asoslanib amalga oshiriladigan chora-tadbirlar jamiyatda uy-joy qurilishi bilan

bog‘liq ishonchni mustahkamlab, butun qurilish jarayonining yagona va tizimli
boshqarilishini yo‘lga qo‘yadi. Mazkur tamoyil asosida ishlab chiqilgan yondashuvlar

nafaqat qurilish sohasidagi manfaatdor tomonlarning huquqlarini himoya qilishga, balki
uy-

joy qurilishining sifatli va uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Ushbu Farmonga muvofiq qurilish jarayonida ulush kiritish asosida mablag‘larni

jalb qilishda eskrou hisobvaraqlari qo‘llanilishi belgilangan bo‘lib, ushbu mexanizm
ulushdorlarning huquqlarini himoya qilish va mablag‘larning maqsadli sarflanishini
ta’minlashga xizmat qiladi. Eskrou hisobvaraqlari orqali fuqarolar tomonidan kiritilgan
mablag‘lar vakolatli tijorat banklarida saqlanib, ularning noto‘g‘ri ishlatilishi yoki
yo‘qotilishi oldi olinadi. Ushbu mexanizm qurilish sohasida shaffoflikni oshirish bilan

birga, ulushdorlarning uchinchi shaxslar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini ham himoya

qiladi. Ya’ni quruvchi kompaniya o‘

z loyihasini amalga oshirishda ulushdorlarning

mablag‘larini bevosita ishlata olmaydi, balki faqatgina qurilish ishlari ma’lum bir
bosqichga yetgandan so‘ng bank tomonidan nazorat qilingan holda ajratiladi. Bu esa, o‘z

navbatida, investorlarning ishonchini oshirib, qurilish loyihalarining moliyaviy

barqarorligini ta’minlaydi.

Farmon, shuningdek, quruvchilarning moliyaviy mas’uliyatini oshirish maqsadida

qurilish ishlarining kamida 30 foizi quruvchining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga

oshirilishi shartligini belgilaydi. Ushbu talab qurilish pudratchilari tomonidan loyihaning

boshlang‘ich bosqichlarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib,
ulushdorlarning mablag‘lari to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri qurilishning dastlabki bosqichlariga

bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Mazkur talab quruvchilarning o‘z loyihalariga

moliyaviy jihatdan javobgarlik hissini oshirib, faqat barqaror va ishonchli kompaniyalar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

259

bozorga kirishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu mexanizm qurilish jarayonlarida

noqonuniy harakatlar va ma

blag‘larning o‘zlashtirilishi xavfini kamaytirib, uy

-joy

bozoridagi tartibni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Farmonning yana bir muhim jihati

uy-joy qurilishida energiya samarador

qurilish materiallaridan foydalanishni rag‘batlantirishdir. Bu nafaqat ekol

ogik

barqarorlikni ta’minlash, balki uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlikka erishish nuqtayi

nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Energiya samarador materiallar binolarni issiqlik

va energiya tejovchi texnologiyalar bilan ta’minlab, fuqarolarning kommunal to‘lovlarini

kamaytirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bunday materiallar foydalanish muddati

davomida bino infratuzilmasining chidamliligini oshirib, kapital ta’mirlashga bo‘lgan

ehtiyojni kamaytiradi. Shuningdek, ushbu tamoyil global ekologik talablar

bilan uyg‘un

bo‘lib, yashil iqtisodiyot tamoyillarini qo‘llash orqali xalqaro sarmoyadorlar uchun

mamlakat qurilish bozorining jozibadorligini oshiradi.

Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi uy-joy qurilishi sohasida bir qator muhim

ijobiy o‘zgarishlarg

a olib keladi.

Avvalo, eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi orqali qurilish jarayonining shaffofligi

ta’minlanib, fuqarolar huquqlari himoya qilinadi. Ulushdorlarning mablag‘lari qat’iy

nazorat ostida saqlanishi natijasida, ular qurilish loyihalarining muvaffaqiyatli

yakunlanishiga nisbatan ishonch bilan yondashadilar.

Ikkinchidan, quruvchilarning moliyaviy mas’uliyatining oshirilishi natijasida

investitsiya

muhiti

yaxshilanadi.

Qurilish

sohasidagi

moliyaviy

xavfsizlik

mexanizmlarining joriy etilishi xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun ishonchli

huquqiy va iqtisodiy sharoit yaratib, yangi loyihalar uchun investitsiyalar hajmini

oshirishga xizmat qiladi.

Uchinchidan, energiya samarador qurilish materiallarining ommalashishi ekologik va

iqtisodiy jihatdan muhim natijalarga erishishga imkon beradi. Bu nafaqat tabiiy resurslarni

tejashga, balki uy-joylarning ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga ham xizmat qiladi.

Shu jihatdan, Farmonda belgilangan mexanizmlar nafaqat qurilish sohasida huquqiy va

moliyaviy islohotlarni chuqurlashtirishga, balki ekologik barqarorlik va energiya

tejamkorligini ta’minlashga qaratilgan strategik yondashuv sifatida namoyon bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib asosiy huquqiy tahlil sifatida quyidagilarni

keltirishimiz mumkin.

1. Ulushdorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish

Farmon turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda fuqarolar

(ulushdorlar) huquqlarini kafolatlashga qaratilgan. Bunda quyidagi muhim jihatlar

e’tiborga sazovordir:

Notarial tasdiqlangan ulushli shartnoma talabining belgilanishi (2025-yil 1-iyuldan

boshlab). Bu fuqaroning huquqiy himoyasini kuchaytiradi va quruvchilarning

javobgarligini oshiradi.

Kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sharti, bu shaffoflikni

ta’minlaydi

va ulushdorlarning mulkiy huquqlarini kafolatlaydi.

Ulushdor shartnomaviy huquqlarini uchinchi shaxsga o‘tkazishi yoki meros qilib

qoldirishi mumkin, bu esa mulkiy huquqlarni kengroq kafolatlaydi.

Quruvchilarning

majburiyatlarini bajarmasligi natijasida ulushdor zarar ko‘rsa,

u “eskrou” hisobvarag‘idagi mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega.

Bu normalar fuqarolarni firibgarlik va qurilish bilan bog‘liq xavflardan himoya

qilishga xizmat qiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

260

2. “Eskrou” hisobva

raqlari orqali moliyalashtirish

Farmon bo‘yicha 2026

-yil 1-

yanvardan boshlab ulushdorlarning mablag‘lari faqat

“eskrou” hisobvaraqlari orqali jalb qilinishi belgilangan.

“Eskrou” hisobvaraqlari quruvchining moliyaviy intizomini nazorat qiladi va

mablag‘larni faqat qurilish ishlari maqsadida sarflashni ta’minlaydi.

Tijorat banklari loyihaviy moliyalashtirish orqali quruvchilarga kredit ajratadi,

bunda foiz stavkalari “eskrou” hisobvarag‘idagi mablag‘ miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.

Qurilish ishlari 30% bajarilmaguncha tijorat banki quruvchiga kredit ajratmaydi,

bu esa firibgarlik ehtimolini kamaytiradi.

Agar qurilish muddati kechiksa, ulushdor tovon puli olishi yoki shartnomani bekor

qilish orqali pulini qaytarib olishi mumkin.

Bu tizim ulushdorlarning moliyaviy x

avfsizligini ta’minlaydi va qurilish sohasida

shaffoflikni oshiradi.

3. Quruvchilarning javobgarligi va shartnomaviy majburiyatlar

Farmon quyidagi majburiyatlarni belgilaydi:

Qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi shart.

Quruvchil

ar o‘z mablag‘lari hisobidan qurilishning kamida 30% qismini

bajarmaguncha ulushdorlarning mablag‘lari jalb etilmaydi.

Shartnoma shartlari faqat ulushdorning roziligi bilan o‘zgartiriladi.

Agar obyektni foydalanishga topshirish kechiksa, quruvchi har bir kechikkan kun

uchun jarima to‘laydi.

Ushbu normalar quruvchilarning mas’uliyatini oshiradi va ulushdorlarni qurilish

kechikishlaridan himoya qiladi.

4. Raqamli texnologiyalar va shaffoflik mexanizmi

Farmon bo‘yicha 2025

-yil 1-

iyuldan boshlab “Shaffof qurilish” elektron platformasi

joriy etiladi.

Barcha qurilish loyihalari va ularga tegishli hujjatlar onlayn platformada e’lon

qilinadi.

Qurilish loyihalari bo‘yicha notarial va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish harakatlari

faqat elektron platformaga kiritilgan obyektlar uchun amalga oshiriladi.

Quruvchi qurilishning har bir bosqichi bo‘yicha ma’lumotlarni tizimga

joylashtirishi shart, aks holda qonuniy javobgarlikka tortiladi.

Bu tizim uy-joy qurilishi sohasidagi firibgarlikni kamaytiradi va shaffoflikni

ta’minlaydi

XULOSA

Ushbu farmon O‘zbekistonning uy

-joy qurilishi sohasidagi huquqiy bazasini

mustahkamlash, ulushdorlarning huquqlarini kafolatlash va qurilish jarayonini
shaffoflashtirishga qaratilgan muhim islohot hisoblanadi. Uning huquqiy jihatdan asosiy
afzalliklari quyidagilardir:

Fuqarolarning ulushli ishtiroki himoyalanadi;

Notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali shartnomalar yuridik

kuchga ega bo‘ladi;

“Eskrou” tizimi orqali qurilishning moliyaviy barqarorligi ta’minlanadi; Qurilish

muddatl

ari kechikishi bo‘yicha javobgarlik mexanizmi joriy qilinadi; Shaffoflik va raqamli

monitoring kuchaytiriladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

261

Shu bilan birga, quyidagi potensial huquqiy muammolar yuzaga kelishi

mumkinligini qayd etish joiz. Xususan, quruvchilar uchun “eskrou” tizimi qo‘

shimcha

moliyaviy yuk bo‘lishi va qurilishning boshlanishini sekinlashtirishi, ulushli qurilishdagi
ishtirok etish jarayonlari yanada murakkablashib, ba’zi quruvchilar noqonuniy yo‘llarni

izlash ehtimoli ortishi, shuningdek, raqamlashtirish tizimi yaxshi ishlamasa yoki buzilsa,

hujjatlar ro‘yxatga olinishi va shartnomalar rasmiylashtirilishi kechikishi mumkin.

Umumiy qilib aytganda, Farmon shaffoflikni oshiradi, fuqarolarni firibgarlikdan

himoya qiladi va qurilish sohasida tartib o‘rnatadi. Shu bilan birga,

tizimning

samaradorligi huquqiy ijro mexanizmlarining qanday ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2025

-yildagi PF

11-son Farmoni,

https://lex.uz/uz/docs/-7353734

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2025-yildagi PF–11-son Farmoni, https://lex.uz/uz/docs/-7353734