Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Assessment of Sociolinguistic Competence Based on CEFR
Requirements
Abbos ERMIRZAEV
1
Namangan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
15 May 2025
Accepted 15 June 2025
Available online
25 June 2025
Improving sociolinguistic competence in foreign language
teaching is one of the current scientific and methodological
issues. This article discusses the assessment of sociolinguistic
competence of future English language teachers based on the
requirements of the CEFR system.
2181-
1415/© 2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3-pp69-74
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
sociolinguistics,
competence,
CEFR,
system.
Sotsiolingvistik
kompetensiyaning
CEFR
tizimidagi
talablari asosida baholanishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sotsiolingvistik,
kompetensiya,
CEFR,
tizim.
Xorijiy tilni o‘rgatishda sotsiolingvistik kompetensiyani
takomillashtirish
dolzarb
ilmiy-metodik
muammolardan
biri hisoblanadi. Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining
sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirish muammosining
CEFR tiz
imidagi talablari asosida baholanishi haqida so‘z yuritiladi.
Оценка социолингвистической компетенции на основе
требований CEFR
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
социолингвистика,
компетенция,
CEFR,
система.
Совершенствование социолингвистической компетенции
при обучении иностранному языку является одной из
актуальных научно
-
методических проблем. В данной статье
рассматривается вопрос оценки социолингвистической
компетенции будущих преподавателей английского языка на
основе требований системы CEFR.
1
Associate Professor, Namangan State Institute of Foreign Languages. E-mail: ermirzayev89@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
70
KIRISH
Zamonaviy til o‘qitish metodikasi til o‘rganish jarayonini faqat grammatik va leksik
bilimlarni egallash bilangina cheklamaydi. Chunki til
–
bu shunchaki aloqa vositasi emas,
balki ijtimoiy-madaniy munosabatlar tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning
uchun ham tilni o‘rganishda uni mazmunan, kontekstual va sotsiokulturologik jihatdan
to‘g‘ri tushunish va qo‘llay olish ko‘nikmasi zarur. Bunday ko‘nikma esa eng avvalo
kommunikativ kompetensiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan sotsiolingvistik
kompetensiya bilan chambarchas bog‘liq.
Mazkur kompetensiya o‘rganuvchining turli nutqiy vaziyatlarda ijtimoiy va madaniy
kontekstni hisobga olgan holda tilni to‘g‘ri va samarali qo‘llay olish qobiliyatini anglatadi.
U salomlashishdan tortib, ijtimoiy rollarga mos nutq uslublarini tanlay olishgacha bo‘lgan
ko‘plab amaliy jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Yevropa Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan CEFR (Common European
Framework of Reference for Languages) tizimi bugungi k
unda til o‘rgatish, o‘rganish va
baholash bo‘yicha eng muhim xalqaro standartlardan biri hisoblanadi. Ushbu tizim nafaqat
tilni bilish darajalarini (A1
–
C2) belgilaydi, balki til kompetensiyalarining barcha tarkibiy
qismlarini, jumladan, sotsiolingvistik kompetensiyani ham chuqur yoritadi. Ushbu
maqolada aynan sotsiolingvistik kompetensiyaning CEFR tizimidagi o‘rni, uning mazmuni,
ahamiyati va baholash mezonlari haqida tahliliy fikr yuritiladi[1].
ADABIYOTLAR TAHLILI
Sotsiolingvistik kompetensiya bu o‘rganuv
chining tilni real ijtimoiy kontekstda
qanday ishlatilishini anglash va shu asosda mos tarzda muloqot qila olish qobiliyatidir.
U faqat grammatik jihatdan to‘g‘ri gapirish emas, balki ijtimoiy vaziyatda mos nutq
uslubini tanlay olish, madaniyatlararo farqlarni hisobga olib, muloqotda moslashuvchanlik
ko‘rsatish imkonini beradi.
XX asrning birinchi yarmida taniqli olimlar I.A. Boduen de Kurtene, Ye.D. Polivanov,
L.P. Yakubinskiy, V.M. Jirmunskiy, B.A. Larin, A.M.
Seliщev, G.O.
Venokur (Rossiya),
F. Bryuno, A. Meye, P. Lafarg, M. Koen (Fransiya), Sh. Ball, A. Sashee (Shveysariya),
J.
Vandrieslar (Belgiya) tomonidan sotsilingvistik kompetensiya masalalari o‘rganilgan va
tadqiq qilingan.
Ayniqsa, chet til o‘rgatishda sotsiolingvistik kompetensiya (N.V.
Nabatova,
M.V. Leushkina, Y.A. Kostina, Y.S. Nechaeva, I.A. Isenko, L.F. Zueva, I.A. Isenko), ijtimoiy-
madaniy kompetensiya (S.E. Chexova, S.V. Paxotina, Y.A. Kostina, L.A. Borxodoeva),
metodik kompetensiya (Yu.Yu. Kovaleva), lingvistik kompetensiya (N.I. Arshinova),
madaniyatlararo kompetensiya (L.P. Pavlova), madaniy-
o‘lkashunoslik kompetensiyasi
(N.A. Suxova), umummadaniy kompetensiya (T.V.
Ejova), matnlarni autentik o‘qish
vositasida chet tillarni o‘rganish (N.V.
Barishnikov), (T.V. Ejova), texnik OTMlarida
gapirish misolida kompetentlikni rivojlantirish (N.A.
Belenyuk), pedagogik yo‘nalishdagi
talabalarning chet tilidagi og‘zaki nutq orqali kompetentlikni takomillashtirish
(I.A.
Isenko) turlari masalalari o‘rganilgan, ilmiy va nazariy jihatdan tadqiq qi
lingan.
Hozirgi paytda sotsiolingvistikada til va millatning o‘zaro aloqasi, til va madaniyatning
o‘zaro aloqasi, bilingvizm (ikki tillilik) va ko‘ptillilik (poliglosiya) sharoitida til o‘rgatish
masalalari e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan sohalardan biri
hisoblanadi [2].
Tadqiqotlarda sotsiolingvistik kompetensiya-muloqotning mazmuni, xarakteriga
ko‘ra til shaklini tanlash va o‘zgartirish qobiliyatidir, deb ta’rif beriladi [3; 9]. Albatta
muloqot mazmuni shaxsning kasbi, ijtimoiy holati, dunyoqarashi, bilim saviyasi,
ma’lumotlilik darajasiga ham bog‘liqdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
71
Sotsiolingvistik kompetensiya, ijtimoiy-
madaniy kompetensiyani o‘z ichiga olib,
autentik nutqning milliy xususiyatlarini, o‘zi yashayotgan mamlakatning urf
-odatlari,
qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarini bilish hamda tili
o‘rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini ko‘zda
tutadi. Ya’ni mos kommunikativ vaziyatda diskurs tanlay olish, yuzaga kelgan
muammoning mohiyatini tushuntira olish va mi
jozga zaruriyat tug‘ilganda rozilik
borasidagi xizmatni taqdim qiluvchi shaxsga tushuntira bilish, til shakllarini tanlay bilish
va ularni nutqiy mavzu bo‘yicha kommunikativ vaziyatlar doirasida sotsiolingvistik
matnga muvofiq tarzda qo‘llay va o‘zgartira
olish kabilardir. Shuningdek, sotsiolingvistik
kompetensiya til egalarida hayratlanish yoki achchiqlanishni uyg‘otmaydigan, ular uchun
tabiiy, odatiy sanalgan muomalada muloqot qila olish kabilar tahlil qilishi ham ko‘rsatib
o‘tilgan. [4; 211]
Mazkur kompe
tensiya quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
•
Rasmiy va norasmiy uslubdagi nutqni ajrata olish
–
ya’ni rasmiy uchrashuv bilan
norasmiy suhbat orasidagi til farqlarini anglash va to‘g‘ri qo‘llash;
•
Ijtimoiy vaziyatga mos til vositalarini tanlay olish
–
yosh, ijtimoiy maqom, yaqinlik
darajasi kabi omillarga mos ravishda so‘zlashish;
•
Ijtimoiy-madaniy konnotatsiyalarni tushunish
–
jumladan, xalq og‘zaki ijodi,
iboralar, hazillar, kinoya va atamalarni to‘g‘ri talqin qilish;
•
Ijtimoiy nutq aktlaridan foydalanish
–
salomlashish, minnatdorchilik, uzr so‘rash,
taklif qilish, maslahat berish, rad etish va h.k.
Bu elementlar orqali til o‘rganuvchi kommunikativ vaziyatlarda madaniyatga xos
norma va qadriyatlarga hurmat bilan yondashishni o
‘rganadi.
CEFR (Common European Framework of Reerence for Language) Yevropa standarti
chet tillari o‘qituvchilari va bo‘lajak mutaxassislar kompetentligini shakllantirish hamda
baholashda muhim rol o‘ynaydi. Chet tillarni o‘qitishda kadrlar salohiyati muhi
m
ahamiyatga ega. Chunki o‘z fanini chuqur biladigan, izlanuvchan, tajribali o‘qituvchilargina
yaxshi ta’lim beradi va ta’lim
-tarbiya jarayonini boshqara oladi [5].
CEFR Yevropa standarti nafaqat til o‘rganuvchini, balki ta’lim menejerining
sotsiolingvistik kompetentligini rivojlantiradi. Jumladan, uning afzallik tomonlari
quyidagilardan iboratdir:
•
o‘quv dasturlarni tuzish;
•
materiallarni tanlash;
•
o‘quv
-
uslubiy qo‘llanma yaratish;
•
o‘quv darsliklari yaratish;
•
baholashni jahon standartlari asosida tashkil etish.
a)
o‘qituvchi tomonidan baholash (assisment turi, mazmuni, kriteriyasi);
b) o‘z
-
o‘zini baholash;
•
talabalarni motivatsiyasini oshirish (bunda “qila olaman” degan iboraning
qo‘llanilishi yordam beradi);
•
darsni samarali loyihalashtirish.
CEFR Yevropa standarti til o‘rganuvchilarni 6 ta darajaga bo‘lgan holda tasnif etadi
va til o‘rganuvchi har bir darajada tilning 4 ko‘nikmasi (o‘qish, tinglash, gapirish va yozish)
bo‘yicha kompetensiyasi mezonlarini belgilab beradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
72
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu ilmiy maqola CEFR me’zonlariga tayangan holda yozildi. Tadqiqot doirasida
so‘nggi yillarda chop etilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar, dissertatsiyalar, darsliklar
hamda metodik qo‘llanmalar o‘rganildi. Tahlil obyekti sifati
da xorijiy va mahalliy
olimlarning
sotsiolingvistika,
til
o‘rgatish
metodikasi
va
madaniyatlararo
kommunikatsiyaga oid ishlanmalari tanlab olindi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Ta’lim standartlarining ishlab chiqilishi bo‘yicha Yevropa
–
O‘zbekiston ta’lim
standartlari belgilangan. Shuningdek, Bolonya deklaratsiyasi OTM zimmasiga bo‘lajak
o‘qituvchilarni: sotsiolingvistik hayotga tayyorlash; shaxs sifatida shakllantirish; chuqur
va har tomonlama keng bilimga ega qilishdek maqsadni yuklaydi.
Yuqoridagi fikrla
rga tayanib Bolonya deklaratsiyasining O‘zbekistonda ingliz tili
ta’limi sifatini oshirishdagi ta’sirini quyidagicha izohlash mumkin:
•
deklaratsiya talablariga asosan jahon mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan
ingliz tili o‘qituvchi kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish;
•
Yevropa ta’lim tizimidagi ikki pog‘onali o‘qitish bilan O‘zbekiston OTM dagi ikki
pog‘onali o‘qitish jarayoni sifat va samaradorligini oshirishda o‘zaro hamkorlik, tajriba
almashish orqali xalqaro me’yorlarga mos kompetentli o‘qituvchi kadrlar tayyorlashga
erishish;
•
Yevropa OTM mazmunini qiyosiy o‘rganish orqali O‘zbekistonda ingliz tili
o‘qituvchilari tayyorlash samaradorligini takomillashtirib borish;
•
transmilliy ta’lim standartlari talablari, xalqaro ilg‘or tajriba asosida O‘zbekistonda
Davlat ta’lim standartlari mazmunini, o‘quv fanlari mazmunini, kompetentli kadrlar
tayyorlash sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish va b.q. Shunday qilib, mamlakatimizda
kompetentli o‘qituvchi kadrlar tayyorlashda xalqaro malaka talablariga tayanish, ilg‘or
tajribalarni o‘rganish, mutaxassis olimlar tomonidan olg‘a surilgan ilmiy
- nazariy
g‘oyalardan samarali foydalanish raqobatbardosh o‘qituvchilar tayyorlashning muhim
vositasi hisoblanadi. Tadqiqotimiz jarayonida ilg‘or xalqaro taj
ribalarga asoslangan holda
tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdik, sotsiolingvistik kompetensiya indikatorlarini
aniqladik, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqdik.
CEFR kommunikativ kompetensiyani quyidagi asosiy tarkibiy qismlar orqali ko‘rib
chiqadi: Lingvistik kompetensiya
–
fonetika, leksika, grammatika;[7]
Nutqiy (diskursiv) kompetensiya
–
mazmunli, mantiqiy va bog‘langan nutq yaratish;
Sotsiolingvistik kompetensiya
–
tilni ijtimoiy kontekstda to‘g‘ri qo‘llay olish.
CEFR tizimida sotsiolingvistik kompetensiya tilni ijtimoiy vazifalarni ado etish
uchun to‘g‘ri qo‘llay olish qobiliyati sifatida ko‘riladi. Tizimda bu kompetensiyaning
darajama-daraja rivojlanishi quyidagicha tavsiflanadi:
A1
–
A2 darajalarda: salomlashish, tanishish, xayrlashish kabi oddiy ijtimoiy
ifodalarni tushunish va qo‘llash;
kundalik suhbatlarda qisqa va odatiy ifodalar bilan javob qaytara olish;
noqulay vaziyatlarda yordam so‘rash, minnatdorchilik bildirish.
B1
–
B2 darajalarda: turli ijtimoiy rollarga mos til birikmalarini mustaqil ravishda
tanlab qo‘llash, madaniyatga xos muloqot uslublarini (masalan, ehtiyotkorlik bilan rad
etish, diplomatik takliflar) qo‘llay olish, madaniyatlararo tushunmovchiliklarni bartaraf
eta olish.
C1
–
C2 darajalarda:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
73
turli madaniy kontekstlarda moslashuvchan, erkin va madaniy sezgir
kommunikatsiyani amalga oshirish, ironiya, hazil, metafora, kinoya kabi murakkab nutq
uslublarini to‘g‘ri tushunish va ulardan foydalanish, nutq orqali ijtimoiy munosabatlar
yaratish va boshqarish (masalan, murosa qilish, bahs-munozarada qatnashish).[8]
CEFR har bir daraja bo‘yicha til o‘rganuvchining sotsiolingvistik kompetensiyasini
qanday holatda baholash mumkinligini yondashuv sifatida ko‘rsatadi.
Sotsiolingvistik kompetensiyani baholash murakkab jarayon bo‘lib, u
o‘rganuvchining fa
qat nazariy bilimini emas, balki amaliy nutqiy faoliyatini ham aks
ettiradi. CEFR tizimi ushbu kompetensiyani alohida testlar orqali emas, balki umumiy
kommunikativ vazifalar doirasida integratsiyalashgan holda baholashni tavsiya qiladi.
Baholash mezonlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
Kontekstga mos til tanlay olish
–
rasmiy yoki norasmiy vaziyatni ajratib, mos tilda
muloqot qilish;
•
Ijtimoiy nutq aktlarini o‘rinli qo‘llash –
nutqiy strategiyalarni to‘g‘ri tanlash va
qo‘llash (salomlashuv, kechirim so‘ras
h, taklif qilish);
•
Madaniyatlararo sezgirlik
–
boshqa madaniyatga xos nutq xatti-harakatlarini
tushunish va moslashish.[9]
Baholash usullari esa quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1.
Rollar o‘yinlari (role
-play)
–
o‘rganuvchini turli ijtimoiy vaziyatlarga qo‘yib, real
kommunikatsiya muhitida baholash;
2.
Dialog yaratish
–
turli kontekstlar asosida ijtimoiy muloqot ssenariylarini ishlab
chiqish;
3.
Audiovizual materiallarni tahlil qilish
–
ijtimoiy va madaniy konnotatsiyalarga
ega suhbatlarni eshitib yoki tomosha qilib, ulardagi sotsiolingvistik elementlarni aniqlash;
4.
Og‘zaki intervyu yoki suhbat –
madaniy tafovutlar yuzasidan mulohaza yuritish
va o‘z fikrini asosli bayon qilish.[10]
Bu usullar orqali o‘rganuvchining nafaqat til bil
imlari, balki uning ijtimoiy-madaniy
kontekstdagi moslashuvchanligi ham baholanadi.
XULOSA
Sotsiolingvistik kompetensiya zamonaviy til ta’limida fundamental ahamiyat kasb
etadi. Bu kompetensiya o‘rganuvchiga real hayotiy vaziyatlarda tilni nafaqat grammati
k,
balki ijtimoiy jihatdan mos tarzda qo‘llay olish imkonini beradi. CEFR tizimi
sotsiolingvistik kompetensiyani kommunikativ kompetensiyaning ajralmas qismi sifatida
belgilaydi va uni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan yondashuvni taklif etadi.
Ushbu kompetensiyani baholashda madaniy farqlar, kontekstga moslik, nutqiy
strategiyalarning to‘g‘ri tanlanishi kabi mezonlarga asoslangan yondashuvlar muhim
ahamiyatga ega. Shunday ekan, ingliz tili o‘qituvchilari va o‘rganuvchilari CEFR mezonlari
asosid
a sotsiolingvistik kompetensiyani chuqur o‘zlashtirishga intilishi, o‘qituvchilar esa
uni samarali o‘rgatish va baholash bo‘yicha zamonaviy usullardan foydalanishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Common European Framework of Reference for Languages: Learning, teaching,
assessment. Language Policy Unit. Strasbourg.
–
2010.
–
274 p. Electron Resource:
www.coe.int/lang-CEFR
2.
Манухина Ю.В. Формирование социолингвистической компетенции в
процессе овладения формулами речевого этикета: дис. ... канд. пед. наук: 13.00.02 /
Ю.В. Манухина.
–
М., 2006.
–
266 с.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
3 (2025) / ISSN 2181-1415
74
3.
Турдиев Н.Ш., Асадов Ю.М., Акбарова С.Н., Темиров Д.Ш. Умумий ўрта
таълим
тизимида
ўқувчиларнинг
компетенцияларини
шакллантиришга
йўналтирилган таълим технологиялари Т.Н.Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон
педагогика фанлари илмий
-
тадқиқот институти, Т.: 2015.
-
9 б.
4.
Борходоев Л.А. Прагматический текст как средство формирования
социокультурной компетенции студентов языкового вуза.: Дис. ... канд.пед.наук.
-
Улан
-
Удэ, 2002.
–
211 с.
5.
Беликов В.И., Крысин Л.П. Соцоилингвистика: Учебник для вузов.
-
М.:
Рос.гос.гуманит. универ, 2001. 8 с
6.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”.
Давлат илмий нашриёти,
-
Т.: 2006. 3 жилд.
-
557 б.
7.
Ёқубов И. Амалий инглиз тили методикаси.
-
Т.: 2009.
-28
8 б
8.
Дагбаева
Н.Ж.
Овчинникова
М.Ф.
Принципы
формирования
социолингвистикой компетенции на начальном этапе языкового вуза// Вектор
науки ТГУ №1.(8). 2012. Стр. 103
-105.
9.
Базина Н.В. Социолингвистическая компетенция как объект контроля. //
Лингвострановедение: методы анализа, технология обучения. Седьмой
межвузовский семинар по лингвострановедению: Сб. статей. В 2 ч. / Отв. ред. Л.Г.
Веденина. –
М.: МГИМО
-
Университете, 2010. –
Ч. 1. –
С. 177
-182.
10.
Захарова В.И. Социолингвистические особенности преподавания в
институтах повышения квалификации государственных служащих по проблеме
взаимодействия власти и общества. Выступление на Международной конференции
«Наука и современное образование», проходившей 14
-
15 ноября 2014 года в
Республике Сербия (Университет в Ниш).
