Legal status of non-governmental higher education institutions: experience from foreign countries

Abstract

In this article, the author analyzed the legal status of non-state higher education institutions from both a theoretical and practical standpoint, using the experience of foreign countries as an example. He also highlighted the existence of a number of controversial aspects regarding the legal status of higher education institutions.

Source type: Journals
Years of coverage from 2020
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kodiralieva, I. (2024). Legal status of non-governmental higher education institutions: experience from foreign countries. Society and Innovation, 5(12/S), 96–101. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp96-101
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the author analyzed the legal status of non-state higher education institutions from both a theoretical and practical standpoint, using the experience of foreign countries as an example. He also highlighted the existence of a number of controversial aspects regarding the legal status of higher education institutions.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legal status of non-governmental higher education
institutions: experience from foreign countries

Ijobatkhon KODIRALIEVA

1


Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 25 November 2024

Available online

25 December 2024

In this article, the author analyzed the legal status of non-

state higher education institutions from both a theoretical and

practical standpoint, using the experience of foreign countries

as an example. He also highlighted the existence of a number of

controversial aspects regarding the legal status of higher
education institutions.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp

96-101

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

educational institution,

non-state educational
institution,

joint-stock company,

educational service,

legal status of higher
educational institutions,
foreign experience.

Nodavlat oliy ta’lim muassasalarining huquqiy maqomi:

xorijiy mamlakatlar tajribasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ta’lim muassasasi,

nodavlat ta’lim muassasasi,

aksiyadorlik jamiyati,

ta’lim xizmati,

oliy ta’lim muassasalarining

huquqiy maqomi,

xorij tajribasi.

Muallif

mazkur

maqolada

nodavlat

oliy

ta’lim

muassasalarining huquqiy maqomi masalasini xorijiy
mamlakatlar tajribasi misolida nazariy va amaliy jihatdan tahlil

etgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini huquqiy maqomi

borasida bir qator bahsli jihatlar mavjudligini yoritib bergan.

1

Teacher, Namangan State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

97

Правовой

статус

негосударственных

высших

образовательных учреждений: опыт зарубежных
стран

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

образовательное
учреждение,

негосударственное
образовательное
учреждение,

акционерное общество,

образовательная служба,
правовой статус высших
учебных заведений,

зарубежный опыт.

В данной статье автор теоретически и практически

проанализировал

вопрос

правового

статуса

негосударственных высших образовательных учреждений

на примере опыта зарубежных стран. Также он осветил
наличие ряда спорных аспектов в отношении правового

статуса высших учебных заведений.

Nodavlat oliy ta’lim mu

assasalari

bu davlatga qarashli bo‘lmagan, xususiy yoki

jamoat tashkilotlari tomonidan ta’sis etilgan oliy o‘quv yurtlari bo‘lib, ular jamiyatdagi
talablarga mos ravishda ta’lim berishni maqsad qilgan. Hozirgi globallashuv va tezkor

rivojlanayotgan dunyo

da nodavlat oliy ta’lim muassasalari axborot texnologiyalari,

tadbirkorlik, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi zamonaviy bilimlarni yetkazishda muhim

o‘rin tutadi. Bunday muassasalar o‘zlarining ilg‘or ta’lim tizimi, pedagogik metodlar va
zamonaviy o‘quv da

sturlari orqali talabalarga sifatli va xalqaro miqyosda raqobatbardosh

ta’lim olish imkonini taqdim etmoqda.

Yaqin yillargacha (2016-

yil) oliy ta’lim muassasalarida talabalar qamroviga doir

muammolar ko‘pchilikni qiynardi. Endi esa vaziyat tubdan o‘zgarmo

qda. Shu jumladan,

oliy ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda, bozor iqtisodiyotining

muhim qonuniyatlari hayotimizga tatbiq etilmoqda. Natijada bugungi kunda

respublikada oliy ta’lim muassasalari soni 211 tani tashkil etadi, shundan 112 t

asi

davlatga, 30 tasi xorijiy va 69 tasi nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tegishli.
Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 43 foizga yetkazilgan.

Fuqarolik kodeksining 76-moddasi birinchi qismiga asosan, mulkdor tomonidan

boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki notijorat xususiyatga ega boshqa vazifalarni bajarish

maqsadida tashkil etilgan va uning tomonidan to‘liq yoki qisman moliyaviy qo‘llab

-

quvvatlanadigan tashkilot muassasa sifatida baholanadi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 6

-

moddasi oltinchi qismiga muvofiq, ta’lim

muassasalari o‘z ustavlarida belgilangan vazifalar doirasida to‘lov asosida ta’lim
xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lib, bundan tashqari, ular qonunchilikka muvofiq

ravishda t

adbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan ham shug‘ullanishlari mumkin.

Bu esa ta’lim muassasalariga o‘zining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, rivojlanish va

innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Res

publikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–

4391-son qaroriga muvofiq OTMni bosqichma-bosq

ich o‘zini

-

o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish

nazarda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ

61-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan

ro‘yxatga ko‘ra, 40 ta oliy ta’lim muassasasiga moliyaviy mustaqillik berilgan

.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

98

Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalariga 2022

-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi

masalalar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolatini beradi:

ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov

-kontrakt asosida

o‘qitish

qiymatini belgilash;

talabalarning to‘lov

-

kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va

uzaytirish;

ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay oladigan va ilmiy

izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-

o‘qituv

chi va mutaxassislarni

shartnoma asosida jalb qilish;

o‘quv

-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali mutaxassislar

mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilashga oid

qarorlar qabul qilish;

professor-

o‘qituvchilar shtat birliklarini kiritish me’yorlarini ishlab chiqish;

o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;

xorijiy davlatlardan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv

qo‘llanmalarni mualliflik huquqi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid

qilish;

bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;

avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish

talablarini belgilashi.

Mazkur

vaziyatda OTMlarning o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi va ular

mustaqilligini ta’minlash yo‘nalishlaridan biri sifatida OTMlarni aksiyadorlik jamiyati
(keyingi o‘rinlarda AJ) shaklida qayta tashkil etish, ya’ni mavjud davlatga qarashli

OTMlarni AJ tashkiliy-

huquqiy shakliga o‘zgartirish istiqbolini, bunday kutiladigan ijobiy

samara va yuzaga

kelishi mumkin bo‘lgan xavf

-

xatarlarni ko‘rib chiqish lozim.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham, boshqa ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi,

aksiyadorlik

jamiyati (AJ) shaklidagi oliy ta’lim muassasalari (OTM) tashkil etishga hech

qanday cheklov yo‘q. Bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 9

-moddasi (davlat va nodavlat

ta’lim muassasalari) asosida belgilangan bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga
javob beradigan, attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tgan OTMlar ta’lim xizmatlari
ko‘rsatish huquqiga ega. Qozog‘istonda esa 15 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi

AJ shaklida faoliyat yuritib kelmoqda, ulardan birinchi bo‘lib Qozoq gumanitar

-yuridik

univer

siteti (QozGYUU) AJ shakliga o‘tgan. Universitet Qozog‘iston hukumatining

2001-yil 24-

oktyabrdagi “Qozoq davlat yuridik akademiyasini AJ shaklidagi Qozoq

gumanitar-

yuridik universitetiga o‘zgartirish to‘g‘risida”gi №1358

-son qaroriga binoan

tashkil etilgan.

Oliy ta’lim muassasalarini AJ shaklida qayta tashkil etish masalalari bo‘yicha

Qozog‘iston hukumatining 1999

-yil 18-

avgustdagi №1191

-

son qarori bilan “Oliy ta’lim

muassasalarini AJ shaklida qayta tashkil etish Qoidalar” qabul qilingan. Keyinchalik,

2014-yil 23-

iyundagi №696

-son q

aror bilan ushbu qoidalar o‘z kuchini

yo‘qotgan. Qozog‘iston hukumatining 2015

-yil 30-

dekabrdagi “2016–

2020-yillarda

xususiylashtirishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi №1141

-son qaroriga muvofiq,

M.S. Narikbayev nomidagi QozI

YUU AJ to‘liq xususiylashtirilishi belgilangan.

Qozog‘iston Respublikasining 2001

-yil 16-

yanvardagi “Notijorat tashkilotlari

to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, notijorat aksiyadorlik jamiyatlari o‘z faoliyatini amalga

oshirish uchun aksiyalar chiqaradi, ammo foydani faqat jamiyatni rivojlantirish


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

99

maqsadida ishlatadi. Bunday jamiyatlar aksiyalardan tashqari boshqa qimmatli

qog‘ozlarni chiqarish huquqiga ega emas va ularning ta’sis shartnomasi muassislar yoki

ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Notijorat tashkilotlari tijorat tashkilotlariga

yoki aksincha o‘zgartirilishi mumkin emas.

2016-

yildan boshlab Qozog‘istonda OTMlarda kuzatuv kengashlari joriy etilib,

rektorlarni saylash amaliyoti qo‘llanilmoqda. Shuningdek, davlat va milliy OTMlarni

2021-yildan boshlab notijorat aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish takliflari
bildirilgan. Bu jarayon kuzatuv kengashlari, endaument-fondlar tashkil etish, yillik

ommaviy hisobotlar va auditdan o‘tkazish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Endaument-fondlar notijorat tashkilotlarining maqsadli kapitali hisoblanadi va

ular foyda olish maqsadida ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkning bir qismini
tashkil qiladi. Bunday fondlar Garvard, Yel, Priston va Stenford universitetlarida keng

tarqalgan bo‘lib, ularnin

g kapitali milliardlab AQSH dollariga yetgan.

O‘zbekiston Respublikasida ham bunday tashkilotlarni tashkil qilishga e’tibor

kuchaytirilmoqda. Jumladan, 2020-yil 29-

aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–

5987-son

Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da tegishli qadamlar belgilangan. Mazkur

hujjatning 44-

bandiga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universitetida xayriya mablag‘lari

va bitiruvchilar assotsiatsiyasi (Alumni Association) hissalari orqali Maqsadli kapital

fondini (Endowment Fund) tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Bu fond universitet faoliyatini

moliyalashtirishning yangi, barqaror manbaini y

aratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u

jamg‘arilgan mablag‘larni turli investitsiya loyihalariga jalb qilish va foydani ta’limni
rivojlantirish maqsadida sarflash imkoniyatini taqdim etadi. Bu yo‘nalishdagi
tashabbuslar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari

uchun yangi moliyaviy istiqbollarni

ochib berishi hamda ta’lim sifatini oshirishga yordam berishi mumkin.

Ayrim davlatlarning (xususan, Germaniyani hisobga olmagan holda) deyarli

barchasida xususiy oliy ta’lim muassasalari (OTM) ni tashkil etish mumkin bo‘lib,

qonunchilik istalgan yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklida ularning faoliyatini

yo‘lga qo‘yishga ruxsat beradi. O‘zbekistonda ham oliy ta’lim muassasalarini aksiyadorlik
jamiyati (AJ) shakliga o‘tkazishning ikki asosiy variantini taklif etish

mumkin:

Birinchi variant, amaldagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda,

OTMlarni tijoratchi tashkilot bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish. O‘zbekiston
qonunchiligiga ko‘ra, OTMni AJ shaklida qayta tashkil etish Fuqarolik kodeksining

49-

moddasida belgilangan “o‘zgartirish” usuli orqali amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni bu

jarayonda qayta tashkil etilayotgan OTMning tashkiliy-huquqiy shakli muassislar yoki
muassasa hujjatlarida vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan

o‘

zgartiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning

huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 3

-moddasiga muvofiq, ustav fondi

aksiyadorlar o‘rtasida aksiyalar ko‘rinishida taqsimlangan tijorat tashkiloti

AJ hisoblanadi. Bu qonunning 9-

moddasiga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati o‘zgartirish usuli

orqali tashkil etilishi mumkin. OTMlarini AJ shakliga o‘tkazish uchun davlat muassis
sifatida asosiy aksiyador bo‘lishi mumkin, ya’ni aksiyalarning nazorat paketini davlat o‘z
qo‘lida saqlab qoladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

100

AJ tashkil etish jarayonida muassislar ta’sis yig‘ilishida tegishli qaror qabul qiladi

va jamiyatning ustavi tasdiqlanadi. Shu orqali jamiyat yuridik shaxs sifatida davlat

ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Ikkinchi variantda esa Qozog‘i

ston tajribasidan foydalangan holda, nodavlat

notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, notijorat
aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish mumkin. Bu asosda oliy ta’lim muassasalarini

notijorat AJ shakliga aylanti

rish mumkin bo‘ladi. Bunday holda, muassasa foydani qayta

sarmoya qilish maqsadida, faqat ta’limni rivojlantirish uchun ishlatishi nazarda tutiladi.

Muassasa shaklida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarini (OTM)

aksiyadorlik jamiyati (AJ) shaklig

a o‘zgartirish qator afzalliklarni taklif qiladi:

1) AJ biznesga kapitalni jalb qilishning samarali va ishonchli usullaridan biri

hisoblanadi. Odatda, AJ tashkil etish yirik kapitallarni jalb qilish maqsadida amalga
oshiriladi. Aksiyalarni chiqarish va sotish orqali ushbu maqsadga erishiladi.

2)

Mablag‘lar OTMning moddiy

-texnik va axborot resurslarini rivojlantirish,

pedagogik kadrlar va xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek, ilm

-fanning ustuvor

yo‘nalishlarida tadqiqotlarni moliyalashtirishda maqsadli da

sturlarni erkin tanlash

imkonini beradi.

3)

OTM boshqaruvida umumiy yig‘ilish, kuzatuv kengashi va ijro organlari tizimi

joriy etiladi. Bu samarali boshqaruv, zamonaviy marketing strategiyalari va mustaqil

shartnomaviy ta’lim hamda ilmiy

xizmatlarni belgilash imkonini yaratadi.

4)

Kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda

yangi usullar joriy etiladi, bu esa turli vazirlik va idoralarning byurokratik jarayonlaridan

ozodlikni ta’minlaydi.

5) Ilmiy faoliyat orqali daromad olish jarayoni sezilarli darajada tezlashadi. Mavjud

tizimda ilmiy faoliyatdan topilgan mablag‘lar turli fondlarga taqsimlanib, tegishli hissa
qo‘shmagan amaldorlarga ajratiladi. Yangi tizim buni o‘zgartirishga imkon beradi.

6) Boshqaruv tizimini isloh qilish orqali turli nazoratchi idoralar va ularning

byurokratik talablari cheklanadi, bu esa OTMning mustaqilligiga hissa qo‘shadi.

Shu bilan birga, OTMlarni AJ shakliga o‘tkazish ayrim xavflarni ham keltirib

chiqarishi mumkin:

1) AJ aksiyad

orlari, boshqaruvchilar va pedagogik xodimlar o‘rtasida korporativ

ziddiyatlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Masalan, Aksiyadorlar dividend olishga

qiziqsa, boshqaruvchilar rivojlanish uchun mablag‘ sarflashga urg‘u beradi, pedagoglar

esa maosh oshirilishini talab qilishi mumkin.

2)

AJ shaklidagi OTM tijorat tashkilotlariga qo‘llaniladigan soliqlar va boshqa

majburiy to‘lovlarni to‘lashi kerak bo‘ladi.

3)

AJ umumiy yig‘ilishi va OTM kengashi o‘rtasida vakolatlar bo‘yicha ixtiloflar

paydo bo‘lishi mumkin.

OTMlarni AJ shakliga o‘tkazish, ta’lim va fan rivojlanishiga xizmat qiluvchi

moliyaviy manbalarni samarali jalb qilish orqali sifatli kadrlar tayyorlash, amaliy va

fundamental tadqiqotlarni qo‘llab

-quvvatlashga sharoit yaratadi. Davlat muassasalariga

qo‘llaniladigan ortiqcha nazorat, moliyaviy taqsimotdagi cheklovlardan xalos bo‘lish
OTMni zamonaviy ta’lim bozorining kuchli raqobatchisi va ilmiy mahsulot yaratuvchisiga

aylantiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

101

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020

-yil 23-sentyabrdagi

Qonuni.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313

-

son;

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-son,

12.10.2021 y., 03/21/721/0952-son

)

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019-yil 11-

iyuldagi “Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora

-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ–

4391-son qarori.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021 y.,

07/21/61/1195-son.

3.

Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi.

Toshkent, TDYUI, 2009.

B. 456.

4.

Ro‘ziyev R.J., Topildiyev V.R. Fuqarolik huquqi. O‘quv qo‘llanma

-

T.: “Cho‘Ipon”,

2011.

624 b.

5.

Topildiyev V.R. Fuqarolik huquqi. Darslik.

–T., «Yridik adabiyotlar publish»

2022. 592 b.

6.

Xomidov E.O. Davlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini

fuqarolik-huquqiy tartibga solish. Yu.f.f.d. diss. 2020. -T.

: O‘zbekiston respublikasi milliy

gvardiyasi harbiy-texnik instituti. 20-40-b.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020

-yil 29-

apreldagi “O‘zbekiston

Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha

chora-tadbirlar to

‘g‘risida” PF–

5987-

son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy

bazasi, 30.04.2020 y., 06/20/5987/0521-son.

References

O‘zbekiston Respublikasining ”Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020-yil 23-sentyabrdagi Qonuni. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021 y., 03/21/721/0952-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4391-son qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021 y., 07/21/61/1195-son.

Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi. - Toshkent, TDYUI, 2009. - B. 456.

Ro‘ziyev R.J., Topildiyev V.R. Fuqarolik huquqi. O‘quv qo‘llanma -T.: “Cho‘Ipon”, 2011. - 624 b.

Topildiyev V.R. Fuqarolik huquqi. Darslik. –T., «Yridik adabiyotlar publish» 2022. 592 b.

Xomidov E.O. Davlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish. Yu.f.f.d. diss. 2020. -T.: O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti. 20-40-b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–5987-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2020 y., 06/20/5987/0521-son.