Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
General issues of the qualification of continuing crimes
Nargizakhon RAKHIMJONOVA
1
Tashkent State Law University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
This article provides a detailed analysis of the theoretical and
practical aspects of qualifying continuous crimes. The issue was
examined in two main directions: general and specific. General
issues encompass problems arising in the criminal-legal
characterization of all continuous crimes. This includes certain
ambiguities in legislation and additional clarifications required
for the correct classification of crimes. Specific issues are
reflected in unique problems that arise when qualifying
particular types of crimes, such as continuous theft, drug
distribution, and continuous bribery. To address these issues, it
is necessary to improve legislation, develop more precise
approaches in judicial practice, and devise new methods for
assessing crimes. The article presents possible solutions,
methodologies, and practical recommendations for resolving
these matters.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp1
88-196
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Continuing crimes,
qualification,
time of crime commission,
time of crime completion.
Davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning umumiy
masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
davomli jinoyatlar,
kvalifikatsiya,
jinoyat sodir etilgan vaqt,
jinoyatning tamom bo‘lish
vaqti.
Ushbu maqolada davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya
qilishning nazariy va amaliy jihatlari batafsil tahlil qilingan.
Muammo ikkita asosiy yo‘nalishda, ya’ni umumiy va xususiy
jihatlarda ko‘rib chiqildi. Maqolada bu masalalarni yechish
uchun mumkin bo‘lgan yo‘llar
, metodologiyalar va amaliy
takliflar taqdim etilgan.
1
Senior Lecturer, Tashkent State Law University. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: n.raximjonova@tsul.uz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
189
Общие вопросы квалификации продолжающихся
преступлений
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
продолжительные
преступления,
квалификация,
время совершения
преступления,
время совершения
преступления
.
В данной статье представлен детальный анализ
теоретических и практических аспектов квалификации
продолжаемых преступлений. Проблема рассматривалась в
двух основных направлениях: общем и специальном. Общие
вопросы охватывают проблемы, возникающие при
уголовно
-
правовой характеристике всех продолжаемых
преступлений. Это включает в себя определенные
неясности
в
законодательстве
и
необходимость
дополнительных
разъяснений
для
правильной
квалификации преступлений. Специальные вопросы
отражаются в уникальных проблемах, возникающих при
квалификации конкретных видов преступлений, таких как
продолжаемое хищение, сбыт наркотиков и продолжаемое
взяточничество. Для решения этих вопросов необходимо
совершенствовать законодательство, разрабатывать более
точные подходы в судебной практике и новые методы
оценки преступлений. В статье представлены возможные
решения, методологии и практические рекомендации по
разрешению этих вопросов.
Huquqni qo‘llashning eng dolzarb muammolaridan biri –
shaxsning sodir etgan
qilmishida davomli
jinoyat belgilarining mavjudligi yoki yo‘qligiga oid shubhalarni bartaraf
etish zarurati bilan bog‘liq. Bunday shubhalar, asosan, davomli jinoyatning
subyektiv
belgilarini
–
o‘xshash ijtimoiy xavfli qilmishlarni amalga oshirishga nisbatan yagona qasd,
barc
ha alohida harakatlarning yagona motivi va umumiy maqsadga yo‘naltirilganligini
protsessual jihatdan aniqlash va isbotlashdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq
.
Ko‘pincha,
huquqni qo‘llovchi subyektlar qasd mazmunini, bir necha bor sodir etilgan ijtimoiy xavfl
i
qilmishlarning motiv va maqsadini faqatgina ishning obyektiv holatlari asosida belgilashga
majbur bo‘ladilar, bu esa ko‘p hollarda davomli jinoyat alomatlarining mavjudligi yoki
yo‘qligi haqida aniq xulosalar chiqarishga imkon bermaydi.
Davomli jinoyatla
rni bir qancha jinoyatlardan ajratish bilan bog‘liq savolga
mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning 70%i
bir nechta
harakatdan iborat jinoyat avtomatik ravishda davomli jinoyat sifatida kvalifikatsiya
qilinishiga olib keladi,
deb fikr bildirgan. Masalan, agar shaxs O‘zbekiston Respublikasi
JKning 169-moddasi 1-
qismida nazarda tutilgan o‘g‘irlik jinoyatini bir
nechta harakat
orqali sodir etsa va talon-
taroj miqdoridan kelib chiqib, qilmish O‘zbekiston Respublikasi
JKning 169-moddasi 4-
qismi “a” bandiga muvofiq juda ko‘p miqdorda davomli o‘g‘irlik
sifatida baholansa, unda yagona qasd mavjudligiga shubha tug‘ilsa
, sodir etilgan qilmish
takroriy jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. Qilmish takroran jinoyat sifatida
kvalifikatsiya qilinganda sud O‘zbekiston Respublikasi
JKning 59-moddasida nazarda
tutilgan qoidalarni hisobga olgan holda jazo tayinlashi lozim. Aytaylik, shaxs bir nechta
o‘g‘irlik harakatlarini amalga oshiradi, agar ushbu vaziyatda davomli jinoyatning belgilari
mavjud bo‘lsa, qilmish O‘zbekiston Respublikasi
JKning 169-moddasi tegishli qismi bilan
davomli jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak, takroriy jinoyat sifatida emas.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
190
Fikrimizcha, o‘xshash jinoyatlar (takroran sodir etilgan jinoyatlar, shu jumladan)ni
kvalifikatsiya qilishda ayblanuvchining har bir qilmishga alohida yoki barcha qilmishlarga
yagona qasd bilan yondashganligi
borasida shubha tug‘ilsa, harakatlar ikki xil tarzda:
davomli jinoyat sifatida ham, takroriy jinoyat sifatida ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Bunday hollarda, ikkala kvalifikatsiya varianti bo‘yicha nazarda tutilgan jazolar
taqqoslanib, Konstitutsiyaning 20-moddasi 4-
qismiga muvofiq, ya’ni “inson bilan davlat
organlari o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha
ziddiyatlar va noaniqliklar inson manfaatlariga mos ravishda talqin qilinishi” tamoyiliga
asosan, yengilroq jazo qo‘llan
ilishi kerak.
Davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning umumiy muammolarini ko‘rib
chiqishda uning
sodir etilgan vaqtini belgilash
masalasi e’tibordan chetda qolmasligi
kerak. Ushbu masala amaliy ahamiyatga ega, chunki davomli jinoyatning sodir etilgan
vaqti qo‘llanishi lozim bo‘lgan jinoyat qonunini tanlash (jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha
amal qilishi), jinoyat uchun javobgarlik muddati hisoblash, amnistiya qo‘llash kabi
jihatlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Afsuski, jinoyat qonunchiligida davomli jinoyatning sodir etilgan vaqti aniq tartibga
solinmagan. O‘zbekiston Respublikasi JKning 13
-
moddasida umumiy qoida mavjud bo‘lib,
unga ko‘ra JK moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir etilgan vaqt jinoyat tugallangan
deb hisoblansa, ijtimoiy xavfli xatti-harakat bajarilgan vaqt jinoyat sodir etilgan vaqt deb
topiladi, agar Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tugallangan deb
hisoblansa, jinoiy oqibat yuz bergan vaqt jinoyat sodir etilgan vaqt deb topiladi. Biroq,
JKning 13-moddasiga asoslanib davomli jinoyatning sodir etilgan vaqtini aniqlashning iloji
yo‘q, chunki bunday jinoyat vaqt oralig‘ida sodir etilgan bir nechta ijtimoiy xavfli
harakatlar (yoki harakatsizlik)ni o‘z ichiga oladi.
Aslida davomli jinoyat ushbu jinoyat tarkibiga kiruvchi birinchi harakat amalga
oshirilgan paytdan oxirgi harakat tugagan vaqtgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu
masalaga
“Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”
gi
plenum qarorida baho berilgan bo‘lib, unga ko‘ra
davomli jinoyat yagona
qasd bilan qamrab olingan bir qator o‘xshash harakatlarning birinchisi sodir etilgan
paytdan boshlanib, oxirgisi sodir etilgan paytda tugaydi. Boshqacha aytganda, davomli
jinoyatning sodir etilgan vaqti xronologik ma’noda aniq bir vaqt oralig‘idir (birinchi
harakatdan so‘nggi harakatgacha) va bu davr yetarlicha uzoq bo‘lishi mumkin.
Ammo, davomli jinoyatning sodir etilgan huquqiy (
de jure
) vaqtiga asoslanib,
qo‘llanishi lozim bo‘lgan jinoyat qonunini tanlash va javobgarlik muddati hisoblash
bilan
bog‘liq huquqni qo‘llash masalalarini hal qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun huquqni qo‘llash
amaliyotida yuridik fiksiya qo‘llaniladi, unga ko‘ra davomli jinoyatning haqiqiy sodir
etilgan vaqti
–
davomli jinoyat tarkibiga kiruvchi oxirgi harakat (yoki harakatsizlik)
amalga oshirilgan vaqtga qisqartiriladi.
Bu borada quyidagi sud hukmini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Sudlanuvchi B.Umarov, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing
mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, 2021
-yil 18-oktyabr kuni Toshkent shahar, Shayxontohur
tumani, Beshqayrag‘och ko‘chasi, 40
-
uy oldida jabrlanuvchi Razikov Umid Mamed o‘g‘liga
tegishli, “Lifan26D” rusumli skuter mototransport vositasini 400 AQSh dollariga sotib olishini
va’da qilib, unga 900.000 so‘m pull
arni berib ishonchiga kirgan va mototransport vositasini
firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, boshqa shaxslarga 200 AQSh dollariga sotib yuborgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
191
Bundan tashqari, sudlanuvchi B.Umarov jinoiy harakatlarini davom ettirib,
2022-yil
2 yanvar
kuni, Toshkent
shahar, Shayxontohur tumani, Beshqayrag‘och ko‘chasi, 40
-uy,
61-xonadonda yashovchi jabrlanuvchi Xabibullayeva Aziza Baxodir qizining uyiga
mehmonga kelib, A.Xabibullayevaga tegishli “IpotekaBank” ATIB Yunusobod filiali
tomonidan berilgan 9860010106859845 raqamli plastik kartasida katta miqdorda pul
mablag‘i borligini bilganligi sababli, A.Xabibullayevaning kartasidagi ushbu pul
mablag‘larini yashirin ravishda talon
-toroj qilishni yagona maqsad qilgan va shu maqsadini
amalga oshirish uchun plastik kartasi
ni qo‘lga kiritib, shu kuni jami
3.030.000 so‘m pullarni, 2022
-yil 4-
yanvar kuni, 1.573.500 so‘m va
2022-yil 5-yanvar
kuni
20.500.000 so‘m pullarni naqdlashtirish orqali jami 25.103.500 so‘mni o‘g‘irlab, o‘zining
ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Kelti
rilgan misolda davomli jinoyat sodir etilgan vaqt deb o‘xshash jinoyat
harakatlaridan oxirgisi
–
2022-yil 5-yanvar sanasi tan olingan. Vaholanki, aslida ushbu
jinoyat uchta jinoiy harakatdan iborat bo‘lib, 2022
-yil 2-yanvardan 5-
yanvargacha bo‘lgan
davrni
o‘z ichiga olgan.
Bunday yondashuv to‘liq asosli deb hisoblanadi, chunki davomli jinoyatni tashkil
etuvchi harakatlar (yoki harakatsizliklar) mustaqil huquqiy ahamiyatga ega emas, balki
faqat bir butunlikda baholanadi. Shuning uchun, davomli jinoyatning haqiqiy (de facto)
vaqtini aniqlash faqat umumiy holda davomli jinoyatning oxirgi jinoyat harakati (ixtiyoriy
yoki majburiy ravishda) sodir etilgan vaqtdan kelib chiqishi asosli.
Bunday tushunchalar davomli jinoyatning sodir etilish vaqtini aniqlash borasida
jinoyat huquqi nazariyasida ham keng tarqalgan [1]. Biroq doktrinada boshqa bir qarash
ham mavjud bo‘lib, unga ko‘ra davomli jinoyatning sodir etilgan vaqtini qilmishda ijtimoiy
xavfli oqibatlarning mavjudligi yoki yo‘qligiga qarab farqlash zarur. Xususan
, ushbu nuqtai
nazarni A.M.Orazdurdiev yoqlab, “davomli jinoyatning sodir etilgan vaqti deb oxirgi
ijtimoiy xavfli harakatning amalga oshirilgan vaqtini hisoblash kerak, agar jinoyat
oqibatlari ro‘y bergan bo‘lsa, unda bu oqibatlarning sodir bo‘lgan vaqti
davomli
jinoyatning sodir etilgan vaqti deb hisoblanishi lozim”,
–
deb hisoblaydi.
Biroq, bizningcha bu fikr biroz bahsli. Chunki, shaxs o‘zining harakatlarining jinoyat
-
huquqiy oqibatlarini faqat jinoyat qonunchiligiga murojaat qilish orqali, ya’ni harak
at
sodir etilgan vaqt davomida amalda bo‘lgan qonunga asoslanib taxmin qilishi mumkin.
Agar davomli jinoyat moddiy tarkib asosida, oqibatlar yuzaga kelgan paytdagi jinoyat
qonuniga ko‘ra baholansa, unda shaxsni oldindan taxmin qilinmagan, yanada qattiqroq
javobgarlikka tortish zarurati yuzaga kelishi mumkin. Bu esa, aniq ravishda, ayb uchun
javobgarlik prinsipiga zid hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilish mumkin:
–
davomli jinoyatning
sodir etilgan vaqti
deb uning tarkibiga kiruvchi oxirgi jinoyat
harakatining amalga oshirilgan vaqtini hisoblash kerak. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni
anglatadi:
–
davomli jinoyatning jinoiyligi va jazoga sazovorligi oxirgi jinoiy harakat sodir
etilgan vaqtdagi jinoyat qonuni asosida aniqlanadi.
Ushbu qoida O‘zbekiston
Respublikasining
“Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida” gi Plenum qarorida berilgan bo‘lib, unga ko‘ra
davomli jinoyat bir
necha xatti-harakatlardan oxirgisi sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan deb
hisoblanishi tufayli, jinoyat qonuniga bu qilmish uchun jazoni kuchaytiradigan yoki
shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda, agar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
192
jinoyat epizodlaridan hech bo‘lmaganda bittasi qonu
n yangi tahrirda amal qila boshlagan
davrda sodir etilgan bo‘lsa, davomli jinoyatning barcha epizodlari yangi qonun bo‘yicha
kvalifikatsiya qilinishi kerak.
–
davomli jinoyatni jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari oxirgi jinoiy harakat
sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi;
–
davomli jinoyatlarga nisbatan amnistiya akti, faqat bu jinoyatlar amnistiya akti
kuchga kirgunga qadar tamomlangan bo‘lsa, qo‘llaniladi,
agar davomli jinoyat tarkibiga
kiruvchi harakatlardan biri amnistiya e’lon qilinganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,
qilmishga nisbatan amnistiya qo‘llanilmaydi.
Davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi yana bir muammolardan biri,
shubhasiz,
davomli
jinoyatlarning tamom bo‘lish vaqtini
aniqlash sanaladi. Ushbu
masalaga
“Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”
gi plenum qarorida baho berilgan bo‘lib, unga ko‘ra davomli jinoyat yagona
qasd bilan qamrab olingan bir
qator o‘xshash harakatlarning birinchisi sodir etilgan
paytdan boshlanib, oxirgisi sodir etilgan paytda tugaydi. Shunga asosan, davomli jinoyat
faqatgina jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan belgilangan oxirgi harakat amalga
oshirilgandan keyin huquqiy jihatdan tugagan deb hisoblanadi.
Biroq, muammo shundaki, davomli jinoyatning huquqiy tugallanishi vaqti
to‘g‘risidagi bu qoidalar ko‘pgina hollarda noto‘g‘ri qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006
-yil 22-
dekabr “Sudlar
tomonidan
amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 16
-sonli Qarori
davomli jinoyatning haqiqiy (de facto) tugash vaqtini belgilaydi, bu esa har doim uning
yuridik (de jure) tugash vaqtiga mos kelavermaydi. Misol uchun, qalbaki pul belgilari yoki
qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash, keyinchalik sotish maqsadida hatto bitta pul belgisi yoki
qimmatli qog‘oz tayyorlangan bo‘lsa ham, bu qalbaki pullarni sotishga erishilgan yoki
erishilmaganidan qat’i nazar, tugallangan jinoyat hisoblanadi. Qalbaki pull
ar yoki qimmatli
qog‘ozlarni tayyorlashni davom ettirish, amalda tugallanishidan oldin ham, yuridik
jihatdan tugallangan jinoyat sifatida baholanadi. Odatda, qalbaki pul yasashda bir nechta
qalbaki pullar ishlab chiqarish amalga oshiriladi, ammo jinoyatnin
g yuridik tamom bo‘lish
vaqti bir dona qalbaki pul ishlab chiqarilgan vaqt bilan belgilanadi. Demak, qalbaki pul
tayyorlashning davomli jinoyati hatto u hali to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa
-da, huquqiy
jihatdan tugagan deb hisoblanadi va bu davomli jinoyatlar uchun yuridik
(de jure) yakunlanishning aniqlanishida qo‘shimcha murakkabliklarni keltirib chiqaradi.
Chunki ularning tugashi faqat oxirgi harakat bilan bog‘liq emas, balki jinoyatning umumiy
maqsadi va o‘ziga xos xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘lishi mumk
in.
Ta’kidlab o‘tilganidek, davomli jinoyatlar bo‘yicha yakuniy harakatni huquqiy
jihatdan aniqlash muammosi, ayniqsa nisbatan aniq (konkretlashgan) qasd bilan amalga
oshirilgan jinoyatlar uchun murakkablik tug‘diradi. Bunday jinoyatlarda aybdor shaxs
o‘zi
ning jinoiy harakatlarini qancha muddat davom ettirishini yoki qancha miqdorda
amalga oshirishini aniq bilmasligi mumkin, chunki u shunchaki har bir jinoyatni davom
ettirishni maqsad qilgan bo‘ladi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168
-moddasida belgilangan firibgarlikda
shaxs, aytaylik, qalbaki hujjatlar asosida pensiyani noqonuniy oladi va bu harakatni imkon
boricha uzoqroq davom ettirishni rejalashtiradi. Ehtimol shaxs ushbu faoliyatni butun
umri mobaynida davom ettirishni maqsad qilgan, ammo bu qanchalik davom etishi yoki
qancha pulni o‘zlashtirishi oldindan aniq emas. Agar jinoyatni aniqlashda faqat so‘nggi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
193
harakatni inobatga olsak, firibgarning qilmishi tamom bo‘lgan jinoyat sifatida emas, balki
jinoyat orqali olingan mablag‘ miqdoridan qat’i n
azar jinoyatga suiqasd deb baholanishi
kerak.
Biroq, bunday yondashuv tamom bo‘lmagan jinoyatning umumiy kvalifikatsiya
qoidalariga zid keladi, chunki qasddan sodir etilgan jinoyatga suiqasd qilish faqat
aniq(konkretlashgan) qasddan bo‘lishi mumkin.
Lekin, D. Kamalovaning fikricha, jinoyat
sodir etishga suiqasd aniqlashtirilmagan qasd bilan ham sodir etilishi mumkin. Bu qoida
davomli jinoyatlarga ham to‘liq taalluqlidir
[1].
Bu masalaga urg‘u berar ekan,
A.M.
Orazdurdiyev “Davomli jinoyatni tamom bo‘lmagan
jinoyatning qoidalari asosida
kvalifikatsiya qilish faqatgina jinoyat aniq (konkret) qasddan sodir etilgan va aybdorning
qasd qilgan jinoyatni tamom bo‘lishiga erisha olmagan hollarda mumkin”, deb ta’kidlaydi
[
1]. Shu sababli, ko‘rib chiqilayotgan holatda
aybdorning qasdi aniq belgilanmaganligi
sababli, uning harakatlari faqat sodir bo‘lgan oqibatlar asosida kvalifikatsiya qilinishi
kerak. Bu shuni anglatadiki, qalbaki hujjatlar asosida pensiya olayotgan firibgarning
harakatlari talon-toroj summasidan kelib chiqib JKning 168-moddasi tegishli qismi bilan
kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Demak, davomli jinoyatning huquqiy tamom bo‘lish vaqti ko‘p jihatdan aybdorning
qasdi va maqsadining aniqlik darajasiga bog‘liq. Shu jihatni inobatga olgan holda, jinoyat
-
huq
uqiy adabiyotlarda davomli jinoyatning huquqiy tamom bo‘lish vaqtini aniqlashda
farqlangan yondashuv taklif qilingan va bu yondashuvni qo‘llab
-quvvatlovchilar
anchagina. Unga ko‘ra, aniq belgilangan qasd bilan sodir etilgan davomli jinoyat kutilgan
oqibat yuzaga kelgan paytda yoki rejalashtirilgan oxirgi harakat amalga oshirilgan paytda
huquqiy tamom bo‘lgan jinoyat deb hisoblanadi. Aniq belgilanmagan qasd bilan sodir
etilgan davomli jinoyat esa, har qanday bosqichda, jinoiy ahamiyatga ega zarar yetkazilgan
vaqtda (sodir bo‘lgan oqibatlar asosida) tamom bo‘lgan deb baholanadi
[1].
Umuman olganda, aniq va aniqlanmagan qasd bilan sodir etilgan davomli
jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda farqli yondashuv zarurligini qo‘llab
-quvvatlagan holda,
davomli
jinoyatlarning huquqiy tugashini aniqlash bo‘yicha taklif qilingan tavsiyalarni
ishlab chiqish zaruratini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Shu bilan birga, aniqlanmagan qasd bilan
sodir etilgan davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalarni
ishlab
chiqish zarurati ham yo‘q emas. Ushbu turdagi davomli jinoyatlar haqiqatan ham sodir
bo‘lgan oqibatlarni hisobga olgan holda kvalifikatsiya qilishni talab qiladi, ya’ni jinoyat
aniqlangan turdagi jinoyat tarkibiga ega bo‘lgan vaqtda, hatto bu vaqtda
n keyin aybdor bir
xil jinoyatlarni davom ettirsa ham, huquqiy tamom bo‘lgan deb hisoblanadi. Masalan, agar
chet el razvedkasi tomonidan jalb qilingan va davlat sirlariga kirish huquqiga ega bo‘lgan
shaxs, unga ma’lum bo‘lgan har qanday sirni oshkor qilishni maqsad qilgan bo‘lsa, uning
hajmi hamda ahamiyatini aniq bilmagan holda davom etayotgan davlatga xoinlik jinoyati,
davlat sirini birinchi marta oshkor qilinishi bilan huquqiy(de jure) tamom bo‘lgan deb
hisoblanadi [1].
Shu bilan birga, aniq qasd bilan sodir etilgan davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya
qilish bo‘yicha tavsiyalarni qabul qilish juda qiyin. Ushbu tavsiyalar, aslida, “Sudlar
tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari” to‘g‘risidagi Oliy sud Plenum
Qarorining 9-bandida bayon etilgan tushuntirishlarga asoslanadi. Ammo ilgari
ta’kidlanganidek, mazkur tushuntirishlar faqat davomli jinoyatlarning faktik
yakunlanishiga tegishli bo‘lib, ularni huquqiy yakunlanishiga aniqlik kiritishda qo‘llash
mumkin emas.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
194
Ushbu xulosani quyidagi mis
ol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. O‘zining
maqsadini amalga oshirish uchun ekstremistik faoliyatni targ‘ib qilishni istagan shaxs
ma’lum bir millat vakillariga nisbatan zo‘ravonlikka chaqiruvchi 10 ta varaqa tayyorlab,
ularni jamoat joylarida tarqat
ishni rejalashtirdi, ammo u 3 ta varaqani yopishtirgach qo‘lga
tushdi. Bu holatda, jinoyatchi tomonidan rejalashtirilgan ekstremistik faoliyatga
chaqiruvlar hali to‘liq amalga oshirilmagan bo‘lsa
-da, ularni huquqiy yakunlangan deb
hisoblash lozim. Yuqoridagi misol, davomli jinoyatni huquqiy yakunlashni aniqlashda
“Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llash” to‘g‘risidagi Oliy sud Plenum qarorining 9
-
bandida berilgan tushuntirishlar befoyda ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Aniq qasd bilan davomli jinoyatning huquqiy tugash vaqti jinoyat sodir etgan shaxs
tomonidan qo‘yilgan maqsadga, shuningdek, uning jinoiy
-
huquqiy ahamiyatiga bog‘liqdir.
Ushbu omillarni (maqsadning parametrlari va uning jinoiy-huquqiy ahamiyatini) hisobga
olgan holda, davomli jinoyat
ning qonuniy tamom bo‘lish vaqti quyidagi qoidalar asosida
belgilanishi kerak:
–
jinoyat-
huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmagan aniq maqsad bilan sodir etiladigan
davomli jinoyat: agar jinoyat sodir etgan shaxs ko‘zlayotgan maqsad jinoyat
kvalifikatsiyasiga ta’s
ir qilmasa, jinoyat tarkibining barcha belgilariga mos kelgan paytdan
boshlab u huquqiy jihatdan tugallangan deb hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, aniq
maqsadga erishish jinoyatning tugallangan deb tan olinishiga ta’sir qilmaydi.
–
maqsadning miqdoriy parametrlari jinoyat-
huquqiy ahamiyatga ega bo‘lsa:
davomli jinoyat jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega miqdordagi maqsadga erishilgan vaqtdan
boshlab huquqiy jihatdan tugallangan deb hisoblanadi.
–
maqsadning sifat jihatlari huquqiy ahamiyatga ega bo‘lsa: Bunday
holda davomli
jinoyat sifat jihatdan aniqlangan hajmdagi maqsadga erishilgan vaqtdan boshlab qonuniy
tugallangan deb tan olinadi (bunday hollarda jinoyatning qonuniy va amaldagi tugallanish
payti bir-biriga mos keladi) [1].
Demak, moddada kvalifikatsiya be
lgisi sifatida keltirilgan maqsadni ko‘zda tutuvchi
davomli jinoyat ushbu maqsadga erishilgan paytdan boshlab jinoiy-huquqiy ahamiyatga
ega bo‘lgan darajada huquqiy tugallangan deb topiladi
[1].
XULOSA
Davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning umumiy muammolarini tahlil qilishni
yakunlar ekanmiz, quyidagilarni xulosalarni ilgari suramiz:
1.
O‘xshash jinoyatlar (takroran sodir etilgan jinoyatlar, shu jumladan)ni
kvalifikatsiya qilishda ayblanuvchining har bir qilmishga alohida yoki barcha qilmishlarga
yagona qasd bilan yondashganligi borasida shubha tug‘ilsa, harakatlar ikki xil tarzda:
davomli jinoyat sifatida ham, takroriy jinoyat sifatida ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Bunday hollarda, ikkala kvalifikatsiya varianti bo‘yicha nazarda tutilgan jaz
olar
taqqoslanib, Konstitutsiyaning 20-moddasi 4-
qismiga muvofiq, ya’ni “inson bilan davlat
organlari o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha
ziddiyatlar va noaniqliklar inson manfaatlariga mos ravishda talqin qilinishi” tamoyili
ga
asosan, yengilroq jazo qo‘llanilishi kerak.
2.
Davomli jinoyatni sodir etish vaqtini aniqlashda huquqni qo‘llash amaliyotida
yuridik fiksiya qo‘llaniladi, uning yordamida jinoyatning obyektiv tomonini amalga
oshirish vaqti
–
davomli jinoyat tarkibiga k
iruvchi so‘nggi harakat (harakatsizlik) amalga
oshirilgan vaqtga qisqartiriladi. Bunday yondashuv davomli jinoyatni tashkil etuvchi
harakat (harakatsizlik) lar o‘z
-
o‘zidan yuridik ahamiyatga ega bo‘lmasligidan, ular birlikda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
195
baholanishidan kelib chiqib to‘
liq asosli deb hisoblanadi. Shuning bois davomli jinoyatning
yuridik (huquqiy) vaqtini aniqlash faqat davomli jinoyatning umumiy yakunlanish
(ixtiyoriy yoki majburiy) vaqti bilan belgilanishi mumkin.
4. Aniqlashtirilmagan qasd bilan sodir etilgan davomli jinoyatlarni kvalifikatsiya
qilishda amalda yuz bergan oqibatlardan kelib chiqish lozim, ya’ni qilmish muayyan
turdagi jinoyat tarkibi belgilariga ega bo‘lgan paytdan boshlab, hatto shundan keyin ham
aybdor aynan bir xildagi g‘ayriqonuniy qilmishlarni sodir
etishda davom etsa ham, ularni
yuridik jihatdan tugallangan deb e’tirof etish lozim.
5. Aniq qasd bilan amalga oshirilgan davomli jinoyatlarning yuridik tugash vaqti
aybdorning qo‘ygan maqsadining parametrlariga hamda uning jinoyat
-huquqiy
ahamiyatiga bog
‘liqdir: agar davomli jinoyatning aniq maqsadi jinoyat
-huquqiy
ahamiyatga ega bo‘lmasa (kvalifikatsiyaga ta’sir etmasa), tegishli jinoyat tarkibining
barcha belgilari namoyon bo‘lgan paytdan boshlab yuridik jihatdan tugallangan deb
hisoblanishi kerak. Agar
maqsadning miqdor ko‘rsatkichlari jinoiy
-huquqiy ahamiyatga
ega bo‘lsa, davomli jinoyatni ushbu maqsadga jinoiy
-
huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan
hajmda erishilgan paytdan boshlab yuridik jihatdan tugallangan deb hisoblash lozim. Agar
maqsadning sifat ko‘rsatkichlari yuridik ahamiyatga ega bo‘lsa, davomli jinoyat ushbu
maqsadga erishilgan paytdan e’tiboran yuridik jihatdan tugallangan deb hisoblanishi
lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Аитова О.Ф. Уголовно
-
правовые проблемы времени преступления: Дис. …
канд. юрид. наук. –
Саратов, 2016. –
С. 134
-
135; Бойцов А.И., Волженкин Б.В.
Уголовный закон: действие во времени и пространстве: учебное пособие. –
СПб.,
1995.
–
С. 10
-
11; Блум М.И., Тилле А.А. Обратная сила закона. –
М., 1969. –
С. 38
-43;
Мельников М.Г. Действие уголовного закона во времени и пространстве: Дис. …
канд. юрид. наук. –
Рязань, 1999. –
С.
103; Якубов А.Е. Время совершения
преступления и обратная сила уголовного закона // Российская юстиция. –
1997.
–
№ 8. –
С. 35 и др.
2.
Ораздурдыев
А.М.
Продолжаемое
преступление
по
советскому
уголовному
праву:
Дис.
… канд. юрид. наук. –
Казань, 1984. –
С. 14
-15.
3.
Семернёва Н.К. Квалификация преступлений (части Общая и Особенная):
науч.практ. пособие. –
М., 2010. –
С. 99; Квалификация преступлений: учебное
пособие / под ред. докт. юрид. наук, доц. К.В. Ображиева и докт. юрид. наук, проф.
Н.И. Пикурова. –
М.: Юрлитинформ, 2016. –
С. 197.
4.
Ораздурдыев А.М. Продолжаемое преступление по советскому уголовному
праву: Дис. … канд. юрид. наук. –
Казань, 1984. –
С. 12.
5.
Квашис В., Крутов Ю. Некоторые вопросы квалификации продолжаемых
преступлений // Советская юстиция. –
1966.
–
№ 12. –
С. 17; Дёмин В.Ф. Социальная
обусловленность
законодательного
конструирования
единого
сложного
преступления и его квалификация: Автореф. дис. … канд. юрид. наук. –
М., 1989. –
С.
22; Кузнецова Н. Квалификация сложных составов преступлений // Уголовное
право. –
2000.
–
№ 1. –
С. 32; Романюк С.Н. Сложные единичные преступления:
Автореф. дис. … канд. юрид. наук. –
Тюмень, 2008. –
С. 18; Курс уголовного права: в
4-
х т. Т. 2: Общая часть. Учебник для вузов / под ред. д
-
ра юрид. наук, проф. М.А.
Кириллова и д
-
ра юрид. наук, проф. В.И. Омигова. –
Чебоксары –
Пермь: ЧКИ РУК,
2015.
–
С. 116.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
196
6.
Чикин Д.С. Сложные единичные преступления: уголовно
-
правовая
характеристика, проблемы квалификации и законодательного конструирования:
Дис. ... канд. юрид. наук. –
Краснодар, 2013. –
С. 76.
7.
Гарбатович Д.А., Сумский Д.В. Отграничение совокупности преступлений от
единичных сложных преступлений // Уголовное право. –
2015.
–
№ 1. –
С. 28
-34.
