Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Religious tolerance and interethnic harmony are
guarantees of a stable society
Shokhrukh ERGASHEV
1
Gulistan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
This article analyzes the policies and reforms implemented in
Uzbekistan since the years of independence to ensure religious
tolerance and interethnic harmony. Using historical, statistical
analysis, and comparative methods, the study examines the
state's attitude towards religion and the activities of national
cultural centers and religious organizations. The research aims
to identify existing problems in ensuring social stability and
propose practical solutions.
2181-1415/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp2
89-293
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Tolerance,
ethnic conflicts,
"Strategy of Actions",
"Development Strategy",
"Uzbekistan 2030",
civic position,
globalization,
ideological threats,
interregional cooperation,
human dignity,
New Uzbekistan.
Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik barqaror
jamiyat kafolati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Tolerantlik,
etnik ziddiyatlar,
“Harakatlar strategiyasi”,
“Taraqqiyot strategiyasi” ,
“O‘zbekiston 2030”,
fuqarolik pozitsiyasi,
globallashuv,
g‘oyaviy tahdidlar,
mintaqalararo hamkorlik,
inson qadri,
Yangi O‘zbekiston.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda mustaqillik yillaridan
boshlab diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash
yo‘lida amalga oshirilgan siyosat va islohotlar tahlil
qilingan.Tarixiylik, statistik tahlil va taqqosiylik metodlari
yordamida davlatning dinga munosabati, milliy madaniy
markazlar va diniy tashkilotlar faoliyati o‘rganilgan. Tadqiqot
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda mavjud muammolarni
aniqlash va amaliy yechimlar taklif qilishga qaratilgan.
1
Master degree student, Gulistan State Pedagogical Institute. E-mail: shohruhergashev618@gmail.com
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415
290
Религиозная толерантность и межнациональное согласие
- залог стабильного общества
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
толерантность,
этнические конфликты,
"Стратегия действий",
"Стратегия развития",
"Узбекистан-2030",
гражданская позиция,
глобализация,
идеологические угрозы,
межрегиональное
сотрудничество,
человеческая ценность,
Новый Узбекистан.
В данной статье анализируются политика и реформы,
осуществляемые в Узбекистане с целью обеспечения
религиозной толерантности и межнационального согласия с
момента обретения независимости. С применением
исторического и статистического анализа, а также
сравнительных методов изучены отношение государства к
религии, деятельность национальных культурных центров и
религиозных организаций. Исследование направлено на
выявление существующих проблем в обеспечении
социальной стабильности и предложение практических
решений.
DOLZARBLIGI
Tarixdan bilamizki, ko‘pmillatli mamlakatlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va
etnik nizolarni oldini olish, ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Lekin bu jihatlarga
boshqaruv elitalari har doim ham e’tibor qaratishmagan. Buning natijasida mamlakatda
diniy fanatizm va etnik nizolar avj olib, jamiyat birligiga putur yetgan. Jumladan,
Sohibqiron Amir Temur davrida Markaziy Osiyo mintaqasida ijtimoiy barqarorlik
ta’minlagan bo‘lsa, XVI asrdan boshlab xonliklarning tashkil topishi natijasida urf-odat,
qadriyat va dini bir xil bo‘lgan bu mintaqa 3 qismga ajralib ketdi. Bu jarayonlar keyingi
davrlarda ya’ni mustamlakachilik davri va Sovet tuzumi davrida ham davom etganiga tarix
guvoh. Jumladan Sovet ittifoqi davrida barcha millat va elatlarni mavjudligi inkor
etilgan holda yagona sovet millatini shakllantirish siyosati amalga oshirilgan. Shunday
ekan, hozirgi globallashuv zamonida turli xil etnik nizolar qo‘zg‘atuvchi tahdidlarga
qarshi turmoqlik uchun yurtimizdagi mavjud tolerantlik va millatlararo hamjihatlikni
ta’minlash nafaqat hukumatning vazifasi, balki har bir fuqaroning burchi va
mas’uliyatidir.
METODLAR VA O‘RGANILGANLIK DARAJASI
Maqolani yozishda ilmiy bilimlarning tarixiylik, statistik, taqqosiylik kabi
metodlariga tayanildi. Tarixiylik metodi yordamida Amir Temur davridan to mustaqillik
yillarigacha bo‘lgan davrda diniy va millatlararo munosabatlarning rivojlanishi tahlil
qilindi. Statistik tahlil orqali O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar va
milliy madaniy markazlar haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi.Taqqosiylik metodi asosida
mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar Sovet ittifoqi davridagi siyosat bilan
taqqoslandi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo
munosabatlarga doir bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Jumladan olimlardan A
Mo‘minov, N Mamanazarov, X E Yunusova , T Jo‘rayev, O Musayev, R X Murtazayeva,
D Bobojonova, D Alimova, I Jabborov[1] kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari diqqatga
loyiqdir. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom
Karimovning “ Turkiston umumiy uyimiz”, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari , taraqqiyot kafolatlari” asarida, prezident Shavkat
Mirziyoyevning “Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415
291
qilamiz”, “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kabi asarlarida tolerantlik va millatlararo
do‘stlikni ta’minlash va rivojlantirish bo‘yicha bir qator fikr va takliflar ilgari surilgan.
NATIJALAR
Shuni ta’kidlash joizki, istiqlol yillaridan boshlab mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan siyosatning maqsadi- demokratik va bozor iqtisodiyotiga asoslangan
fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat bo‘lgan. Respublikaning birinchi prezidenti
Islom Karimov yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha insonlar uchun millati, dinidan
qat’iy nazar munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik
mamlakatlardagi kafolanatlanadigan turmush darajasi va erkinliklarini yaratib
berish[2] davlatning ustuvor vazifasi ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Yuqoridagi
fikrlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ko‘p millatli mamlakatlarda amalga oshirilishi kerak
bo‘lgan eng muhim tadbirlardan biri bu jamiyatda fuqarolik prinsipini
shakllantirishdir. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Sovet tuzumi davrida butkul
izdan chiqqan millatlararo munosabatlarni tiklash bo‘yicha amaliy ishlarni boshladi.
Jumladan, qardosh davlatlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston ,Turkmaniston, Tojikiston bilan
yaxshi qo‘shnichilik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bu do‘stona munosabatlarning barchasi
“Turkiston umumiy uyimiz”[3] shiori ostida amalga oshirilgani diqqatga sazovordir.
Respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimovning jamiyatda milliy istiqlol g‘oyasini
shakllantirish va rivojlantirish va shu g‘oya asosida tolerantlik va millatlararo totuvlikni
ta’minlash ,[4] mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm, fundamentalizm, buyuk
davlatchilik shovinizmi , agressiv millatchilik , etnik ziddiyatlar, barqarorlik shartlari
masalalariga bag‘ishlangan bir qator ma’ruza va fikrlarini[5] tahlil qiladigan bo‘lsak,
barqaror jamiyatni shakllantirishda millatlararo hamjihatlik g‘oyalari asosiy vosita
ekanligini anglashimiz mumkin. Prezident Shavkat Mirziyoyevning jamiyatda ko‘p
millatli katta oila tuyg‘usini shakllantirish va eng avvalo, mamlakatda millati,
e’tiqodidan qat’iy nazar faol fuqarolik pozitsiyasini targ‘ib qilish va uni yuksaltirish
borasidagi fikrlari[6] bugungi va ertangi kunning ustuvor vazifalarini ko‘rsatib turibdi.
Endi bevosita statistik-tahlillarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, yurtimizda hozirgi kunda 130
dan ortiq millat va elat vakillari hamjihatlikda yashashmoqda.[7] Respublikamizda 16 ta
diniy konfessiya va 2200 dan ortiq diniy tashkilot faoliyat olib boradi. Mazkur
tashkilotlardan 1875 tasi Islom diniga, 33 tasi Rus Pravoslav cherkoviga, 4 tasi Yevangel
xristian- baptistlar ittifoqiga, 22 tasi Yevangel Pol xristian cherkoviga, 4 asi Yevangel -
lyuteran cherkoviga, 11 tasi Yettinchi kun advintistlar cherkoviga, 5 tasi Rim-katolik
cherkoviga, 7 tasi Baxay –ishonch uyushmasiga, 1 tasi Arman - apostol cherkoviga, 2 tasi
rishna jamiyatiga, 2 tasi Iegovlarga, 8 tasi Iudeya jamoasiga , 60 tasi Protestantlar
cherkoviga , 1 tasi Bibliya jamiyatiga , 1 tasi Golos Boji jamoasiga va yana 1 tasi Budda
ibodatxonasiga tegishlidir.[8] Har yili islom bo‘lmagan diniy jamoalarning 120 dan
ortiq vakillari chet elga chiquvchi , e’tiqod qiluvchilar uchun yaratilgan barcha
imtiyozlardan foydalangan holda Isroil, Gretsiya va Rossiyadagi o‘z dinlarining
muqaddas joylarini ziyorat qilib kelmoqda.[9] Yuqorida keltirilgan statistik tahlillar
yurtimizdagi barcha diniy konfessiyalar uchun imtiyoz va erkinlar yaratilganligini,
ularning haq-huquqlari ta’minlanganligini isbotlab turibdi. Barchamizga ayonki,
mamlakatda millatlararo hamjihatlikni ta’minlashda baynalmilal madaniy
markazlarning o‘rni katta. Hozirgi kunda yurtimizda 137 ta milliy madaniy markazlar
o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.[10] Ular o‘zlarining o‘ziga xos madaniyati , tili, xalq
hunarmandchiligini rivojlantirib jamiyatda ko‘p millatli oila tuyg‘usini shakllantirishda
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415
292
salmoqli hissa qo‘shishmoqda. Hozirgi globallashuv davrida davlatlarning tashqi
siyosatda qo‘shni va mintaqa davlatlari bilan o‘zaro do‘stona hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi,
bugungi kunning dolzarb masalasidir. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 2017-yildan
boshlab O‘zbekiston qo‘shni va mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga
olib chiqdi. Bu davrdan boshlab Yangi O‘zbekiston ochiq va pragmatik ko‘rinishdagi
faol tashqi siyosat yurita boshladi. Jumladan, bu davrda O‘zbekiston va Janubiy Osiyo
mamlakatlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgani diqqatga sazovordir.[11]
MUHOKAMA
Ko‘p millatli jamiyatlarda kuzatiladigan ijtimoiy muammolar va ularga amaliy
yechimlar . Tarixdan bilamizki, ko‘p millatli davlatlardagi ijtimoiy munosabatlar , bir
millatli davlatlarnikidan keskin farq qilgan. Sababi, jamiyat ko‘p millatli bo‘lganidan
keyin turli xil fikrlash, turli xil dunyoqarash, bo‘lishi tabiiy holdir . Jamiyatda
insonlarning bir-birini haq-huquqlarini mensimasligi va hurmat qilmasligi natijasida
ijtimoiy tengsizlik shakllanishi ehtimoldan yiroq emas. Misol tariqasida aytadigan
bo‘lsak, Boburiylar imperiyasinining shohi Avrangzeb Olamgir davrida mahalliy
aholining e’tiqodi va huquqlarini e’tiborga olmaslik natijasida, musulmon turkiy aholi
va mahalliy hindlar o‘rtasida kuchli qarama-qarshilik yuzaga kelganligiga tarix
guvoh.[12] E’tibor beradigan bo‘lsak, o‘tgan yaqin yillar davomida bizning jamiyatda
diniy ta’limni maktab ta’lim dasturiga kiritish taklifi qizg‘in bahs va muhokamalarga
sabab bo‘ldi. Shak-shubhasiz, Islom dini ezgulik va pok din. Lekin yurtimiz ko‘p millatli
va turli xil e’tiqodli ekanligini hisobga olsak, diniy ta’limni davlat ta’lim dasturiga
kiritish , jamiyatda murakkab vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni bu jarayonlarda
boshqa din vakillarining ham haq-huquqlarini inobatga olishga to‘g‘ri keladi. Bu holat
jamiyatda tengsizlikni yuzaga keltirib qo‘yishi ehtimoldan yiroq emas. Bu jihatlarga
e’tibor beradigan bo‘lsak, diniy ta’lim maktab ta’limidan alohida bo‘lishi, maqsadga
muvofiq bo‘ladi . Respublikaning asosiy millati bo‘lmish O‘zbeklar zimmasida , jamiyatda
millatlararo totuvlik va tinchlikni saqlashdek katta mas’uliyat borligini unutmasligimiz
lozim.
Xulosalar: Shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab diniy
bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirish va buning uchun
zarur bo‘lgan huquqiy asoslarn yaratish jarayonlari boshlandi. Jumladan
konstitutsiyaning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat
qiluvchi barcha millat a elatlarning tillari va urf-odatlarini hurmat qilinishini ta’minlaydi
va uning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” deb qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida
O‘zbekistonda millatlararo do‘stlikni ta’minlashga asos bo‘lib xizmat qildi. Yangi
O‘zbekistonni ichki va tashqi siyosatining asosiy ustuvor qoidalari quyidagi tamoyillarda
belgilab qo‘yildi:
-Millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning barcha fuqarolari qonun
oldida tengligi.
-Har bir fuqaroning millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar davlatdan moddiy va
ma’naviy yordam olish huquqlari.
-Tashqi siyosatda qo‘shni va mintaqa davlatlari bilan ochiq va pragmatik
ko‘rinishdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz bo‘layotgan
davlatlarga gumanitar yordamlar ko‘rsatish . O‘zbekiston Afg‘onistondagi murakkab
vaziyat mavjud bo‘lgan davrda Afg‘on xalqiga beg‘araz gumanitar yordamlar ko‘rsatgani
yuqoridagi tamoyillarning isbotidir. Respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415
293
dinva davlat munosabatlariga doimo katta e’tibor qaratib kelgan. Respublikaning keyingi
prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bu yo‘lni davom ettirib 2017-2021- yillardagi
Harakatlar strategiyasining beshinchi bandi “ Xavfsizlik va millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglikni ta’minlash ,chuqur o‘ylangan , o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi
siyosat yuritish” deb nomlanib millatlararo munosabatlarni rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. 2022-2026- yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”
“O‘zbekiston 2030” strategiyalarida ham millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlashni
amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Yuqoridagi reja va dasturlarni tahlil
qiladigan bo‘lsak, yaqin kelajakda ham bu sohalar bo‘yicha islohotlar davomli bo‘lishini
ko‘rishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. I Jabborov “ O‘zbek xalqi etnografiyasi” O‘qituvchi -1994; D Alimova “Jadidchilik
va diniy bag‘rikenglik” Tafakkur-2004; Murtazayeva R X “O‘zbekistonda millatlararo
munosabatlar va bag‘rikenglik” Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma-Universitet- 2007; D
Bobojonova “ O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar” Toshkent-Sharq-1999; T
Jo‘rayev “ Milliy davlatchilik: xavfsizlik va barqarorlik” Toshkent- Akademiya-2007; A
Mo‘minov “Millatlararo munosabatlardagi muammolarni o‘rganishning dolzarb
masalalari” Toshkent-Fan-1996; N Mamanazarov “ Mustaqillik va milliy-etnik jarayonlar”
Toshkent-2004; Yunusova X E “ O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va ma’naviy
jarayonlar” 2009; O Musayev “ O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar rivoji” Toshkent-
2016.
2. Islom Karimov “ Milliy istiqlol mafkurasi -xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir” Toshkent-O‘zbekiston-2000,13-14-b
3. Islom Karimov “ Turkiston umumiy uyimiz” Toshkent-O‘zbekiston-1995,16-17-b
4. Islom Karimov “ Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” Toshkent-
O‘zbekiston-2001, 59-61-b
5. Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid , barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari” Toshkent- O‘zbekiston-1997,43-84-b
6. Shavkat Mirziyoyev “ Yangi O‘zbekiston strategiyasi” Toshkent-2021, 305-312-b
7. Shavkat Mirziyoyev “Erkin va farovon , demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo qilamiz” Toshkent-O‘zbekiston-2016, 8-9- betlar.
8. O Musayev “ O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar rivoji” Toshkent-Istiqlol
nuri-2016, 147-b
9]. Abdulxay Mo‘minov, Mirzatullo Tillaboyev “Inson huquqlari ’’ Toshkent-Adolat -
2013, 299-300-b
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Respublika
baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan”
uchrashuvdagi nutqi-24.01.2017.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy va
Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro
konferensiyasidagi nutqi.16.07.2021.
12. Shuhrat Ergashev “Jahon tarixi-Yangi davr” 1-qism-Toshkent-O‘zbekiston -2013,
370-371-b
