Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Forming the ability to draw construction drawings in
students (Via Auto CAD graphics software)
Eliyor NURMATOV
1
Tashkent Institute of Architecture and Civil Engineering
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 February 2022
Accepted 20 March 2022
Available online
15 April 2022
It is aimed at shaping the students graphic skills as well as
the potential for drawing construction drawings. The
organization of classes through graphic programs in the
teaching of drawing science serves to achieve the effectiveness
of the lesson. From graphic software in drawing construction
drawings in drawing Auto CAD the graphic software is
distinguished by its high efficiency compared to other graphic
software. Therefore, the importance of graphic programs in
drawing lessons is high.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp36-41
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
drawing,
graphic applications,
construction drawing.
Oʻquvchilarda qurilish chizmalarini chizish qobiliyatini
shakllantirish (Auto CAD grafik dasturi vositasida)
ANNOTATSIYA
Kalit s
o‘
zlar:
chizmachilik,
grafik dasturlar,
qurilish chizmachiligi.
Ushbu maqola
o‘
quvchilarning grafik qobiliyatini hamda
qurilish chizmalarini chizish salohiyatini shakllantirishga
qaratilgan. Chizmachilik fanini oʻqitishda grafik dasturlar
vositasida darslarning tashkil qilinishi dars samaradorligiga
erishish uchun xizmat qilmoqda. Chizmachilikda qurilish
chizmalarini chizishda grafik dasturlardan Auto CAD grafik
dasturi boshqa grafik dasturlarga nisbatan samaradorligi
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan chizmachilik
darslarida grafik dasturlarning ahamiyati yuqori hisoblanadi.
1
Senior lecturer, Tashkent Institute of Architecture and Civil Engineering. Tashkent, Uzbekistan. E-mail:
progjet@mail.ru.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
37
Формирование
у
учащихся
умения
чертить
строительные чертежи (С помощью графического
программного обеспечения Auto CAD)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
черчени
e,
графические программы,
строительное черчение
.
Статья направлена на стимулирование способностей у
учащихся черчению строительных чертежей. Организация
занятий средствами графических программ в обучении
черчению служит для достижения эффективности урока.
Графическая программа Auto CAD отличается высокой
эффективностью по сравнению с другими графическими
программами для черчения строительных чертежей.
Поэтому значение графической программы на уроках
черчения огромна.
Bizga ma
’
lumki,
koʻpgina rivojlangan davlatlarda binolar vertikal holatda
koʻpqavatli qilib qurilgan
, chunki aholi qatlamining oshib zichlashishi sababli ushbu holat
yuzaga kelgan. Bir hududda ishlab chiqarish hamda turli xildagi korxona va
tashkilotlarning koʻpayishi aholi zichlashishiga olib keladi. Shuning uchun koʻp qavatli va
qulay sharoitlari mavjud bino va turarjoylarga ehtiyoj ortadi. Hozirgi kunga kelib
Oʻzbekistonda ham koʻplab bunyodkorliklar rivojlanib har tomonlama qulay va shinam
uylar barpo etilmoqda. Bu kabi bino va turarjoylarni qurish uchun yuqori salohiyatga ega
kadrlarga talab tobora ortib bormoqda. Biz yuqori saviyali kadrlarni tarbiyalash uchun
dastlab maktabdan boshlangʻich koʻnikmalarni berib borishimiz zarur.
Maktab chizmachilik darslarida qurilish chizmalarini oʻrgatish uchun qisqa soat
ajratilgan. Shuning uchun ajratilgan soatni
toʻgʻri taqsimlash hamda yuqori samaraga
erishish uchun grafik dasturlar yordamida darslarni tashkil qilsak, maqsadga muvofiq
boʻladi.
Buning uchun Auto CAD grafik dasturidan foydalanish har tomonlama qulay va
maktab darsligida ham ushbu dasturdan foydalan
ish mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan.
Qurilish chizmalarini chizish uchun dastlab uning elementlari haqida oʻquvchilarga
nazariy hamda amaliy holda toʻliq ma’lumotlar beriladi (1
-chizma).
1-chizma
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
38
Nazariy bilimlarni oʻquvchilarga an’anaviy usulda yetka
zib, amaliy qismni esa Auto
CAD grafik dasturi vositasida chizish ketma-ketligini chizib tushuntiriladi.
Dastlab plan oʻq chiziqlari chizilib boʻluvchi va asosiy devor qalinliklari qoʻyiladi.
Auto CAD grafik dasturida
Line buyrugʻi orqali chiziqlar chizi
b olinadi va chizilgan
chiziqlarga qalinlik hamda chiziq turlari beriladi (2-chizma).
2-chizma
Devorlarga qalinlik berib bo
ʻ
lgach, eshik va rom o
ʻ
rinlarini aniqlab belgilarini
chiziladi (3-chizma).
Planda oʻlchamlar toʻliq qoʻyilib,
xonalarning jihozlarini shartli
shakllar bilan chizib ajratish yoki raqamlab har bir xona nima maqsadda foydalanilishini
ifodalab qoʻyish maqsadga muvofiq (4
-chizma).
3-chizma
4-chizma
Navbatdagi bosqichda fasad chizmasi chiziladi. Fasad chizmasini chizish uchun
plan oʻlchamidan kelib chiqib gabarit chiziqlar chegaralab olinadi.
Fasad chizmasini
chizishda, asosan, bino yoki inshootning old koʻrinishi tasvirlanadi.
Unda bino kengligi,
balandligi va eshik romlarni qay holatda oʻrnatilganligi koʻrsa
tiladi (5-chizma).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
39
5-chizma
Auto CAD dasturida fasadni chizish uchun
Line hamda kerakli yuzalarni
shtrixlash uchun
Hatch buyrug
ʻ
laridan foydalanamiz (6-chizma).
6-chizma
Fasad chizmasini chizib bo
ʻ
lgach, bino yoki inshootning qirqimi chiziladi. Plan
chizmasi ustida ko
ʻ
proq ma
’
lumot beradigan joydan o
ʻ
tuvchi kesim chizig
ʻ
i o
ʻ
tkazib
kesiladigan yuza tanlab olinadi. Qirqimda bino yoki inshootning balandligi, devorlar
qalinligi, eshik va romlarning joylashuvi, qavatlararo yopmalar balandligi, zinalarning
joylashuvi va shu kabi bir qator shartliliklar tasvirlanadi (7-chizma).
Oʻlcham qoʻyishda har doim birinchi qavat pol qismi nol
, ya
’ni boshlangʻich
balandlik sifatida olinadi, agar yertoʻla qismlari yoki fundament qismlariga oʻlcham
qoʻyil
sa,u holda har bir son oldiga minus (-
) ishorasi qoʻyib yoziladi. Oʻlchamlar qoʻyishda
tokchasimon shakldagi balandlik oʻlchamlaridan foydalaniladi, oddiy strelkalardan
foydalanilmaydi. Auto CAD dasturida esa oʻlcham qoʻyish Dimension paneli yordamida
avto
matik tarzda amalga oshiriladi hamda har bir oʻlcham va balandliklarni dasturning
oʻzida ketma
-ketlikda bajarish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
40
7-chizma
Bino yoki inshootning ishchi chizmasini chizib boʻlgach, uning 3 oʻlchamli shakli
yasaladi. Bu jarayonda plan chizmasi asos qilib olinadi va shu asos chizmaga balandlik
beriladi. Auto CAD dasturida
Extrude buyrugʻi yordamida dastlab chiziqlarni belgilab,
soʻngra kerakli balandlik beriladi va eshik hamda rom qismlari
Subtract buyrugʻi
yordamida oʻyib olinadi (8
-chizma).
8-chizma
Binoning ichki qismini, ya
’
ni interyer qismini tasvirlashda shartli qirqimdan
foydalanib jihozlari bilan birga tasvirlash maqsadga muvofiq. Shartli qirqim deganda
binoning ichki qismini toʻliqroq koʻrsatish maqsadida devorlarning a
yrim qismlarini
kesib olingan holda tasvirlanishi tushuniladi (9-chizma). Interyerni jihozlash va bino
devorlariga rang berishda Auto CAD grafik dasturining imkoniyatlari yetarli darajada
boʻlib, oʻquvchilar tasavvurini rivojlantirishga hissa qoʻshadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2022) / ISSN 2181-1415
41
9-chizma
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, maktab chizmachilik darslarida kompyuter
vositasida grafik dasturlardan foydalanib, darslarni tashkil etish dars sifatini va
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi hamda oʻqituvchining vaqtini tejaydi.
FOYDALANI
LGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ro‘ziyev
E.I., Ashirboyev
A.O. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi.
T., “Fan va texnologiya”, 2010.
2.
Rahmonov I. Chizmachilik, 9-
sinf, o‘qituvchi kitobi. T. “O‘zbekiston”, 2010.
3.
Rahmonov I. va boshqalar Chizmachilik, 9-
sinf, darslik. T., “O‘zbekiston”, 2019.
4.
Shumaker, Terence M. Auto CAD and its applications. Advanced 2016/by.
5.
Alimovich, Nurmatov Eliyor.
“
Determination of General Positions for The
Solution of Geometric Tasks
”
. International Journal of Progressive Sciences and
Technologies 25.2 (2021): 237-241.
6.
E.A. Nurmatov Organizing Independent Education to Increase Graphic
7.
Knowledge of Students in Drawing // European Journal of Life Safety and
Stability. 15.2022: 115-118.
