Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Importance of phonetics department in primary grades
Akmaral NISANBAEVA
1
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2023
Received in revised form
15 April 2023
Accepted 25 April 2023
Available online
15 May 2023
According to the school program, primary school students
form a system of phonetic-graphic skills: sounds and letters,
vowels and consonants, voiced and unvoiced consonants with a
pair, voiced and unvoiced consonants without a pair; they will
have the skills to divide the word into syllables, distinguish the
accented syllable.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp26-29
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
phonetics,
graphics,
program,
speech sound,
mental exercise,
analysis,
synthesis,
comparison,
participation of voice and
noise.
Boshlang‘ich sinflarda fonetika bo‘limining ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
fonetika,
grafika,
dastur,
nutq tovushi,
aqliy mashq,
analiz,
sintez,
taqqoslash,
ovoz va shovqinning
ishtiroki.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
fonetik-
grafik ko‘nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va
harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz
undoshlar, jufti yo‘q jarangli va jufti yo‘q jarangsiz undoshlar;
so‘zni
bo‘g‘inlarga
bo‘lish,
urg‘uli
bo‘g‘in
ni
ajratish
ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
1
Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
27
Значение фонетического отделения в начальных классах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
фонетика,
графика,
программа,
звук речи,
умственное упражнение,
анализ,
синтез,
сравнение,
участие голоса и шума.
По школьной программе у учащихся начальных классов
формируется система фонетико
-
графических навыков:
звуки и буквы, гласные и согласные, звонкие и глухие
согласные с парой, звонкие и глухие согласные без пары;
приобретаются умения делить слово на слоги, различать
ударный слог.
Boshlang
‘
ich sinf o‘quvchilar
i
ning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:
a) fonetik bilimga asoslangan holda 1-
sinf o‘quvchilari savod o‘rganish davrida
o‘qishni va yozishni bilib oladilar;
b)
fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish (tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish,
urg‘uli bo‘g‘inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;
v) fon
etik bilim morfologik va so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga
o‘quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi)
shakllantirish uchun zamin bo‘ladi;
g)
fonetik bilim gapni ohangiga ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u
va gap qurilishidagi
to‘xtamlarga rioya qilish uchun zarur;
d)
so‘zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli
qo‘llash uchun muhimdir; hózir
va h
ozir, átlas
va
atlás
s
o‘zlari ma’nosidagi farq faqat
urg‘u orqali ajratiladi. So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni talaffuzda
farqlash, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so‘zni
aniq va to‘g‘ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko‘pincha so‘zni
tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fonetik
-grafik
ko‘nikmalar tizimini hosil qiladi: tovushlar va harflar, unli va undo
sh tovushlar, jufti bor
jarangli
va jarangsiz undoshlar, jufti yo‘q jarangli va jufti yo‘q jarangsiz undoshlar; so‘zni
bo‘g‘inlarga bo‘lish, urg‘uli bo‘g‘inni
ajratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy
o‘zlashtiradilar, ammo ular maxsus o‘qigunlariga qadar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishni,
so‘zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1
-
sinf o‘quvchilarida so‘zni to‘g‘ri
talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish, undagi har bir tovush
ni tartibi bilan aniq aytish
ko‘nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o‘z navbatida, analiz,
sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek,
tovushlarning tabiati, so‘z tarkibida bir
-
biriga ta’siri kabi ay
rim elementar bilimlarni
o‘zlashtirishga imkon beradi.
1-
sinfda fonetika va grafikani o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar
o‘qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda
mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
28
Tovush murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta’rif
berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy
mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda etakchi usul so‘zdagi tovushlarniig talaffuzi
hamda s
o‘zning leksik ma’nosi so‘zdagi tovushlarning tarkibiga bog‘liqligi ustida kuzatish
hisoblanadi. Masalan,
aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara
kabi bir unli yoki bir
undosh bilan farqlanadigan so‘zlar har xil lug‘aviy ma’noni ifodalaydi.
So‘zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o‘rgatish davridanoq boshlanadi.
Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so‘z tovushlardan tuzilishini bilib
oladilar. Ular so‘zni tovush tomonidan tahlil qilishga o‘rganadilar, ya’ni so‘zni bo‘g‘inlarga
bo‘ladilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni
harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.
So‘zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib
qoldirmay
yoki o‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so‘zni to‘g‘ri
talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o‘rgatishdan so‘ng
ham so‘zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so‘zdagi tovushlar
tarkibini aniqlas
h ko‘nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo‘linadi:
unli tovushlar
va
undosh
tovushlar.
Buni o‘quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish us
uli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og‘iz
bo‘shlig‘idan erkin ravishda o‘tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og‘iz
bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh
tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3)
bo‘g‘in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi, undosh
tovushlar bo‘g‘in hosil qilmaydi).
O‘quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha, 1
-sinfdanoq
bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining
vaziyatini kuzatish ko‘nikmasini o‘stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda
da
vom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o‘zlashtirishga bunday yondashish,
unli va undosh tovushlarni puxta o‘zlashtirishga imkon berishi bilan birga,
o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini o‘stirish vazifasini ham bajaradi;
xususan, bolalar
kuzatilgan
hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o‘rganadilar.
O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan
ifodalanadi. 1-
sinf o‘quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b)
harfni ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz;
v) harf
–
tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O‘quvchilar ko‘pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo‘yadilar. Ularda
grafik malakani shakllantirish uchun
quyidagilarni o‘rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan,
maktab s
o‘zidagi
b
harfi
p
tovushini,
maktabim s
o‘zidagi
b
harfi
b
tovushini ifodalaydi);
2)
jo‘ja, jajji s
o‘zlaridagi
j
tovushi (jarangli, portlovchi) ham,
jurnal, vijdon
s
o‘zlaridagi
j
tovushi (jarangli, sirg‘aluvchi) ham bitta
j
harfi bilan ifodalanadi;
3)
tong, keng s
o‘zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush
(ng)
ikki harf birikmasi
(ng)
bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
29
1-
sinfda o‘quv yilining birinchi yarmida og‘zaki va yozma tarzda bo‘g‘inlarga
bo‘lish, shuningdek, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, muayyan bo‘g‘inli so‘z tanlash
mashqlari har kuni o‘tkaziladi. So‘zni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri va tez bo‘lish ko‘nikmasini hosil
qilish 1-
sinfda o‘tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga
kiradi. O‘quvchilar o‘qish va
yozish jarayonini egallashda mana shu ko‘nikmaga
tayanadilar. O‘zbek grafikasida bo‘g‘in
tamoyili etakchi tam
oyil hisoblanadi. O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri yozish uchun uni avval
bo‘g‘inlarga bo‘ladi. Bo‘g‘inlardagi tovushlarning o‘zaro bir
-
biriga ta’sirini aniqlaydi,
undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi.
Dasturga ko‘ra, tutuq belgil
i (
ma’no, sun’iy
kabi) so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va
ko‘chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo‘g‘inda bo‘lishi,
katta, ikki
kabi ikkita bir
xil undoshli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo‘g‘inda
qolishi, ikkinchisi keyingi bo‘g‘inga o‘tishi (
kat-ta, ik-ki
kabi) o‘quvchilarga 2
-sinfdayoq
o‘rgatiladi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR R
O‘
YXATI
1.
I
kromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4
-sinf uchun
darslik).
–T.:O‘qituvchi,
2013. -190 b.
2.
H.Bakiyeva, N.Ahmedova, N.Azizova, D.Nosirova, B.Teshaboyeva, U.Ismoilova,
B.Egamberdiyeva “Savodga o‘rgatish darslari”.
-
T.: “Extremum
-
press”,
2014. -119 b.
3.
Safarova R., G‘ulomov M., Inoyatova m. Savod o‘rgatish drslari. 1
-sinf
o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.
-
T.: “Tafakkur”, 2012.
-141 b.
4.
U.Masharipova va b. “Ona tili” 1
-
sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.
-T.:
“Sharq”,
2014.-120 b.
5.
U.Masharipova va b. “Ona tili” 2
-
sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.
-T.:
“Sharq”, 2015.
-120 b.
6.
U.Masharipova va b. “Ona tili” 3
-
sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.
-T.:
“Sharq”, 2016.
-240 b.
7.
U.Masharipova va b. “Ona tili” 4
-si
nf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.
-T.:
“Sharq”, 2017.
-240 b.
8.
G.Boymurodova, X.Sattorova va b. “O‘qish” 1
-
sinf o‘qituvchilari uchun metodik
qo‘llanma.
-
T.: “Sharq”, 2014.
-120 b.
9.
G.Boymurodova va b. “O‘qish” 2
-
sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llan
ma.-T.:
“Sharq”, 2015.
-120 b.
10.
G.Boymurodova, X.Sattorova va b. “O‘qish” 3
-
sinf o‘qituvchilari uchun metodik
qo‘llanma.
-
T.: “Sharq”, 2016.
-240 b.
11.
G.Boymurodova, X.Sattorova va b. “O‘qish” 4
-
sinf o‘qituvchilari uchun metodik
qo‘llanma.
-
T.: “Sharq”,
2017.-240 b.
