Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Developing legal competence to enhance legal culture in
the professional development system of public education
Rakhimakhon BOYMIRZAEVA
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
This article analyzes issues related to enhancing the legal
awareness and legal culture of pedagogical staff in public
education through the acquisition of legal knowledge within the
system of retraining and professional development. The article
highlights certain aspects of teaching legal disciplines to
develop legal competence in professional development
institutions, aimed at improving the legal culture of participants
during the professional development process. Conclusions
regarding the enhancement of participants' legal culture during
professional development are presented.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
legal knowledge,
legal awareness,
legal culture,
innovation,
methods,
competence,
professional competence,
learner,
legal sciences,
professional development.
Xalq tа’limi
malaka oshirish tizimida huquqiy madaniyatni
yuksaltirishda huquqiy kompetentlikni rivojlantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
huquqiy bilim,
huquqiy ong,
huquqiy madaniyat,
innovatsiya,
metodlar,
kompetentlik,
kasbiy kompetentlik,
tinglovchi,
huquqiy fanlar,
kasbiy rivojlanish.
Ushbu maqolada, xalq ta’limi pedagog
-xodimlarining
huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishda qayta
tayyorlash va malaka oshirish tizimida huquqiy bilim olish
orqali erishishga doir masalalar tahlil etilgan. Malaka
oshirish jarayonida tinglovchilarning huquqiy madaniyatini
yuksaltirishda malaka oshirish ta’lim muassasalarida huquqiy
kompetentlikni rivojlantirishda huquqiy fanlarni o
‘qitishning
ayrim jihatlari ko‘rsatib berilgan. Malaka oshirish jarayonida
tinglovchining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga oid
xulosalar taqdim etilgan.
1
Senior Lecturer, Department of Civil and Criminal Law and Procedure, Faculty of Law, Namangan State University.
E-mail: boymirzayevaraximaxon75@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
122
Развитие правовой компетентности в повышении
правовой
культуры
в
системе
повышения
квалификации народного образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
правовые знания,
правосознание,
правовая культура,
инновация,
методы,
компетентность,
профессиональная
компетентность,
слушатель,
юридические науки,
профессиональное
развитие.
В данной статье анализируются вопросы, связанные с
приобретением
правовых
знаний
в
системе
переподготовки и профессионального развития педагогов
-
работников народного образования в целях повышения их
правосознания и правовой культуры. В процессе
повышения правовой культуры
обучающихся показаны
некоторые аспекты преподавания юридических наук в
развитии правовой компетентности в учреждениях
повышения квалификации народного образования.
KIRISH
Jahonda uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini “butun hayot davomida ta’lim”
tamoyiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish, andragogik o‘qitish jarayonlarining
mahsuldor
lik darajasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Andragogik nuqtai
-
nazard
an malaka oshirish jarayonlarida bilimlarga ehtiyojning barqarorligi, o‘z
-
o‘zini
anglash, ta’lim oluvchilarning amaliy tajribasi, o‘qishni davom ettirishga tayyorlik, ijobiy
-
emotsional motivatsiyaning mavjudligi kabi tamoyillarni hisobga olish orqali
tinglovchilarda huquqiy kasbiy kompetentlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
AQShning Milliy o‘quv markazi (National Training Laboratories) tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotlar uzluksiz kasbiy o‘sishning muhim mezoni ijtimoiy
-madaniy kompetentlik
hisobl
anib, to‘rt bosqichli empirik model (Experiental Learning Model) asosida shaxsiy
tajribani anglangan darajaga o‘tkazish, nazariy konsepsiyalarni o‘zlashtirish orqali ularni
amaliyotda qo‘llay olish muhim dolzarblikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tinglovchilarning o‘quv
-
bilish faolligi, ayniqsa, huquq fanlari bo‘yicha o‘quv
mashg‘ulotlarida muammoli, interfaol, innovatsion va loyiha ta’limi texnologiyalaridan
foydalanishda ta’minlanadi. Chunki mazkur ta’lim texnologiyalari bevosita ta’lim
oluvchini
ng o‘quv
-
bilish faolligini rivojlantirishga doir g‘oyalarga asoslanadi. Huquq
fanlarini o‘qitishda M.M.
Levina tomonidan qayd etilganidek, quyidagi holatlarning
kafolatlanishiga erishish mumkin: ta’lim oluvchilarning bilish jarayonini faollashtirishga
rag‘batlantirish, ularni mustaqil ta’lim olishga undash; ularda ijodiy, tadqiqotchilik
tafakkur uslubini tarbiyalash; ularni mantiq va tadqiqot metodlari bilan tanishtirish” [1].
Malaka oshirish markazlarida tinglovchilarga
huquq fanlarini o‘qitishda har bir m
avzu
bo‘yicha huquqiy kazus hamda keys
-stadilardan foydalanish, tinglovchilarni ziddiyatli
yoki dolzarb huquqiy mavzularda kichik tadqiqotlarni olib borishga, ko‘p variantli
yechimlarni topishga yo‘naltirish ularda tahliliy, tanqidiy va ijodiy tafakkurni
rivojlantirish bilan birga kasbiy kompetentlikka xos muhim sifatlarini ham hosil qiladi.
Ta’lim oluvchilarning “interfaol dars davomida o‘quv materialini o‘rganish bilan bog‘liq
faoliyat turi” [2] sifatida namoyon bo‘ladigan “interfaol yondashuv uchun ta’li
m
oluvchilar tomonidan bajariladigan interfaol mashq va topshiriqlar negiz bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
123
Interfaol mashq va topshiriqlarning odatdagisidan asosiy farqi shundaki,
ular o‘zlashtirilib bo‘lingan materialni mustahkamlashga emas, balki yangi materiallarni
o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi” [3].
Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida
ta’lim
jarayonini takomillashtirishga qo‘yilayotgan talablardan biri –
tinglovchilarning ta’lim
olishga bo‘lgan qiziqishi, motivatsiyasini oshirish, o‘quv
-bilish faolligini rivojlantirishdir.
Huquq fanlarini o‘qitishda mazkur talabni inobatga olishda interfaol ta’lim
texnologiyalarining didaktik imkoniyatlariga tayanish kutilgan natijalarni ta’minlaydi.
Zero, interfaol ta’lim texnologiyalari tinglovchilarda kasbiy
- huquqiy mazmundagi
muammoli vaziyatlarni hal qilish, ularning yechimi yuzasidan oqilona qaror qabul qilish,
yechimni ifodalovchi g‘oyani asoslash, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish borasidagi
qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda raqobatga bardoshli,
malakali mutaxassislarni tayyorlash fonida
ularning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishlarini ta’minlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Jon Raven “kompetentlik” tushunchasini quyidagicha izohlaydi: aniq
predmet sohasi bo‘yicha muayyan harakatni samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan
maxsus qobiliyat hamda predmet bo‘yicha o‘zlashtiriladigan o‘ziga xos malakalar,
tafakkur usuli, shuningdek, o‘z xatti
-
harakati uchun mas’uliyatni tushunishni o‘z ichiga
oladigan tor mutaxassislik bilimlari [4]. Ye.V. Xaritonova [5] esa kasbiy kompetentlikning
asosiy belgilari quyidagilar ekanligiga e’tiborni qaratadi:
–
“bilim va malakalar darajasi (bilim va malakalar sifati);
–
bilim va malakalar ko‘lami va kengligi; maxsus topshiriqlarni bajarish
layoqati;
–
o‘z ishi
ni oqilona rejalashtirish va tashkillashtirish qobiliyati;
–
bilimlardan nostandart vaziyatlarda foydalanish qobiliyati (texnika, texnologiya,
mehnatning tashkil qilinishi va shartlarining o‘zgarishiga
tezkor moslashish).
Kompetentli yondashuv esa
“ta’lim yo‘nalishlarini
i
ndividuallashtirish”
[6]ga imkon
beradi. Shunga ko‘ra, “ta’lim jarayonida tinglovchilarga taqdim etiladigan yagona
mazmundagi o‘quv materiali ular tomonidan turli darajada o‘zlashtiriladi va tabiiy
ravishda o‘zlashtirishning mavjud darajasi amaliy ahamiyat kasb etib, “strategik
(istiqbolli) qarorlarni oldindan ayta olishda yangi imkoniyatlarni yaratadi” [7].
Zamonaviy pedagogik yondashuv tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy
kompetentlik sifatlari, o‘quv
-bilish faolligi hamda huquqiy madaniyatga egalik
darajasining nafaqat pedagog tomonidan, balki ularning o‘zlari tomonidan ham mustaqil
tahlil qilinishi va baholanishiga erishishni taqozo etmoqda. Mazkur yondashuv huquq
fanlarini o‘qitish jarayonida tinglovchilarning o‘z
-
o‘
zini refleksiv baholash qobiliyatini
rivojlantirish zarurligini anglatadi. Demak,
xalq tа’limi xodimlarini malakasini oshirish
tа’limida,tinglovchilarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida
huquq fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishda huquq fanlarini o‘qitishning
ustuvor tamoyillari hamda muhim yondashuvlarini belgilab olish muhim ahamiyat kasb
etadi. Binobarin, ustuvor tamoyillarning to‘g‘ri tanlanishi huquq fanlarini o‘qitish
orqali
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning mohiyatini belgilab
beradi.Fikrimizcha, huquq fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda,barcha malaka toifalari uchun alohida fan moduli
tuzilsa maqsadga muvofiq bo‘lar
edi.
Bunda xalq tа’limidagi rahbar kadrlarni va pedagoglar toifasini, maktabgacha tа’lim
xodimlarini yo‘nalish xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
A.F. Kolotov va I.V. Skuratovlar
tа’lim tizimida huquq o‘qitish
usullarining nazariy-
metodologik asoslarini tadqiq etar ekan, a
sosiy e’tiborni “huquqiy ta’lim”
tushunchasining mohiyatini ochib berish va
yoritishga qaratadi. Muallifning fikriga ko‘ra,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
124
“huquqiy ta’lim deganda ta’lim oluvchilarga maxsus bilimlarni berish, ular tomonidan
ijobiy ijtimoiy tajribaning o‘zlashtirilishiga xizmat qiladigan ko‘nikma, malakalarni
shakllantirish hamda tayanch ijtimoiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish jarayoni”
tushuniladi. Muallif huquqiy ta’limning maqsadini “demokratik jamiyatda yashovchi
fuqaroni tarbiyalash” deb belgilaydi. Ma’lum bi
limlar (huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va shu
kabi), malakalar (tanqidiy fikrlash, tahlil, hamkorlik), qadriyatlar (inson huquqlarini
hurmat qilish, tolerantlik, kelishuvchanlik, g‘urur, fuqarolik ongiga egalik), shuningdek,
jamiyatning umumiy-siyosiy hayotida ishtirok etish istagiga egalik kabilarni izohlaydi.
Bu kabi bilimlar yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ishda, shuningdek, huquqiy ta’limning funksiyalarini oydinlashtirishga urinadi. Uning
fikriga ko‘ra, huquqiy ta’l
im falsafiy-
madaniy, ta’limiy
-huquqiy, psixologik-
rivojlantiruvchi, tarbiyaviy- shakllantiruvchi, korreksion funksiyalarni bajaradi [8].
MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI
O‘zbekistonda huquqiy ta’limni tashkil etishning samarali yo‘llarini tadqiq qilish,
huquq fanlarini o‘qitish metodikasini zamonaviy pedagogik yondashuv, ustuvor
tamoyillar, ilg‘or qarashlar bilan boyitish, xorijiy va mahalliy tajribalarga tayangan holda
in
novatsion
texnologiyalarni
asoslash
orqali
o‘quvchi,
tinglovchi
hamda
mutaxassislarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.Shunday
qilib, malaka oshirish
ta’lim muassasalarida huquq fanlarini o‘qitishning o‘qituvchilarni
kasbiy rivo
jlantirishga qo‘yilgan davlat talablariga javob berish va qo‘yilayotgan bugungi
kun talablarini to‘la qanoatlantirmaydi. Mavjud holat global axborotlashuv, bilimlarni
o‘zlashtirishning yangi qadriyatlari shakllanishi bilan uyg‘un holda O‘zbekiston
sharoiti
da sohada keskin o‘zgarishlarni sodir etish maqsadga muvofiq ekanligini
ko‘rsatmoqda. Huquq fanlarini o‘qitish oldida turgan eng muhim vazifalar –
global
axborotlashuv, innovatsion o‘qitish muhiti shakllanayotgan mavjud sharoitda tegishli
fanlar mazmunini tubdan yangilash, ularda kognitiv va empirik jihatdan davrga xos
o‘zgarishlar, qadriyatli yondashuvlar, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarining o‘rin
olishini ta’minlash sanaladi.
Global axborotlashuv hamda innovatsion ta’lim muhitining shakllanishi o‘
z
navbatida ilm-
fan, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish sohalarida ro‘y berayotgan
inqilobiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda o‘qitish tizimini takomillashtirish
zaruriyatini kun tartibiga olib chiqdi. Davr talabi malaka oshirish
ta’lim muassasala
rida
huquq fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishni ham taqozo etmoqda. Huquq
fanlarini o‘qitishda huquqiy ta’lim, pedagogika va metodika fanlarining o‘zaro
integratsiyasini ta’minlash; huquqiy ta’lim mazmuniga shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
g‘oy
alarini, tinglovchilarni kasbiy tayyorlashda samaradorlikka erishishni kafolatlovchi
didaktik qarashlarni singdirish; huquqiy ta’limning sifatini yaxshilash va samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalarini tanlash; huquq fanlarini o‘qitishning
o‘quv
-
metodik hamda texnik ta’minotini mustahkamlash kabi vazifalarning hal
qilinishiga qayta tayyorlash va malaka oshirish
muassasalarida huquq fanlarini o‘qitish
metodikasini takomillashtirishda huquq ta’limining ustuvor tamoyillari hamda muh
im
yondashuvlarini belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ustuvor
tamoyillarning to‘g‘ri tanlanishi huquq fanlarini o‘qitishning mohiyatini belgilab beradi.
Tadqiqot jarayonida huquq fanlarini o‘qitishning ilmiylik; tizimlilik, izchillik;
na
zariya va amaliyot birligi; amaliy yo‘nalganlik; ijtimoiy
-
huquqiy faollik; ta’limiy
hamkorlik; integratsiya; o‘zaro aloqadorligi va huquqiy nigilizmga murosasizlik kabi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
125
tamoyillar,shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan; majmuaviy, innovatsion, muammoli,
interf
aol, refleksiv hamda kompetentli yondashuvga asoslanishi ta’lim samaradorligini
oshirishiga ishonch hosil qilindi.
NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Dars jarayonida tinglovchilar: davlat, uning boshqarilishini; huquqqa bog‘liq
tushunchalarni; huquqiy munosabatlar tushunchasini; huquqiy munosabatlarning kelib
chiqish asoslarini; huquqbuzarlik tushunchasini, turlarini; huquqiy javobgarlik
tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma’lumotlarni bilib olishlari lozim.
R.
Boymirzayeva fikricha, “Olingan huquqiy bilimlar shaxsga o‘z ilmiy yoki ijodiy
izlanishlarida ham yordam beradi. Buning uchun tinglovchi dars jarayonida bilganlaridan
tashqari o‘z ustida ishlab, qo‘shimcha manbalar, adabiyotlardan foydalanishi kerak” [9].
Tinglovchilar orasidan davlat, jamiyat hayoti bilan qiziquvchilar, rahbarlik
xususiyatiga ega shaxslar ham aniqlanadi. Ular davlat va huquq nazariyasi, davlatdagi
mavjud qonunlar, ularning yaratilishi bilan alohida qiziqadi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun
o‘qituvchilari avvalambor o‘zi yaxshi huquqiy bilimga ega bo‘lishi, qonun yangiliklari bilan
tanishgan bo‘lishi shart. Agar o‘qituvchining ma’lumoti u yoki bu huquq sohasi bo‘yicha to‘la
bo‘lmasa, tinglovchiga maxsus manbalar, yoki mutaxassislar bilan uchrashuviga yordam
berishi lozi
m. Ana shundagina jamiyatimizda haqiqiy bilimdon, o‘z kasbini sevadigan, uning
huquqiy asoslarini biladigan mutaxassislar malakalarini oshiradilar.
O‘quv jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy
mexanizmiga, O‘zbekistonda demokra
tik huquqiy davlat qaror topishi va fuqarolar
jamiyati shakllanishi masalalariga, iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslariga jiddiy
e’tibor qaratilishi hozirda dolzarb masalalardan biri. Huquqiy bilimlarni davlat
idoralarigina emas, balki jamoat birlashmalari tomonidan ham ommalashtirish jamiyatda
huquqiy madaniyatni oshirishning yangi shakllari jumlasiga kiradi. Huquqiy bilimlarni
ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish tizimini takomillashtirish, barchaga
mo‘ljallangan yuridik adabiyotlarni nash
r etish huquqiy madaniyatni oshirishga
ko‘maklashadi.
–
huquqiy fanlar asoslarini chuqur o‘rgatadigan o‘quv yurtlari va ularda
tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va
jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo‘lga
n ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar
e’tiborga olingan holda aniqlash;
–
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni
davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlashni kuchaytirish;
–
ta’lim va tarbiya muassasalariga daxldor bo‘
lmagan shaxslarning (ishchilar,
xizmatchilar, uy bekalari, pensionerlar, harbiy xizmatchilar va boshqalarning) huquqiy
tarbiyasi va huquqiy ta’limi tizimini takomillashtirish.
Umumiy o‘rta ta’lim makta
bi
o‘qituvchilari, ayniqsa, davlat va huquq asoslari f
ani
o‘qituvchilari tomonidan maktab o‘quvchilar
i
o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida mа’lum masalalarni qamrab olgan
tadbirlarni amalga oshirish kerak. Huquqni pisand qilmaslikka barham berish, aholining
huquqiy madaniyatini oshirish huquqiy axborotdan foydalana olish imkoniyatini amalda
ta’minlashni talab qiladi. Bu jihatdan qonunlarni va, ayniqsa, idoraviy normativ
hujjatlarni o‘z vaqtida nashr etish zarur. O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olib, xorijiy davlatlardagi huquqiy madaniyatni oshirishga doir
ilmiy tadqiqotlarning natijalarini nashr etish va ulardan foydalanishni kengaytirish,
bu sohada ilmiy axborot ayirboshlashni yo‘lga qo‘yish muhimdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
126
Malaka oshirish va
qayta tayyorlash tizimida huquqiy ta’lim jarayonini isloh qilish,
ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviylik va aloqadorlikni rivojlantiradi. Ta’lim jarayonini
tashkil etishga bo‘lgan yangicha munosabat, yondashuv O‘zbekiston Respublikasida qonun
ustuvorligi
ni ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirishni tubdan takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan mavjud sharoitda huquqiy ta’lim sifatini
yaxshilash v
a samaradorligini oshirish yo‘lida muayyan vazifalarni hal qilish maqsadga
muvofiqdir. Globallashuv, ishlab chiqarish jarayonlarining texnologiyalashuvi, qolaversa,
ta’limning innovatsion xarakter kasb etishi jamiyat taraqqiyotini ta’minlashning yangi,
istiqbolli vazifalarini belgilab bermoqda. Mazkur vazifalarni hal etishning eng muhim
sharti sifatida shaxs intellektini rivojlantirishning e’tirof etilayotganligi milliy ta’lim
tizimini takomillashtirishni taqozo etadi. Milliy ta’lim tizimini takomillashtiri
sh murakkab,
mas’uliyatli jarayon bo‘lib, unda pedagogika sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, komil
inson, malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy ehtiyoj hamda shaxs
kamolotida muhim ahamiyat kasb etadigan ustuvor tamoyillarni inobatga olish zarur.
Bunday mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda ta’limning barcha turlari , shu jumladan
malaka oshirish tizimining o‘ziga xos o‘rni ko‘rinib turibdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki,
hali huquqiy madaniyatni yuksaltirish va huquqiy tarbiya masala
lari bo‘yicha
o‘tkazilayotgan ilmiy izlanishlar yetarli emas. Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya uzoq
davom etuvchi, izchil, og‘ir va ko‘p qirrali jarayondir. U huquqqa oid ishlar saviyasini
ko‘tarishni, barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar va jamiyatning K
onstitutsiya va
qonunlarga qat’iy rioya qilishlarini talab qiladi. Aholining huquqiy savodxonligini
ta’minlashda yuridik axborot tizimining puxta ishlab chiqilgan bo‘lishi katta ahamiyat ega.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari “Davlat va huquq asoslari
fani o‘qituvchilarini malakasini oshirish” kursi yo‘nalishida huquq fani o‘qituvchilarining
malakasini oshirish jarayonida o‘qitiladigan o‘quv modullarini o‘qitishning amaliyotdagi
ahvoli tahlil qilindi va quyidagi asosiy vazifalar amalga oshirildi:
–
tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari aniqlandi;
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tizimining huquqiy fanlarni o‘qitishga
oid o‘quv
-
me’yoriy hujjatlari mazmuni tahlil qilindi;
–
tа’lim va tarbiya jarayonida huquqiy
tа’lim va tarbiyaning o‘rni o‘rganib chiqildi;
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida tinglovchilarni huquqiy ong va
huquqiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy jihatlari tahlil etildi va zarur tavsiyalar
ishlab chiqildi;
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida tinglovchilarni huquqiy ong va
huquqiy madaniyatini oshirishning mavjud
holatini o‘rganish orqali muammolar
aniqlandi va yechimlari ishlab chiqildi;
–
pedagoglarni malaka oshirish jarayonida huquqiy ong va huquqiy madaniyatini
yuksaltirishga
oid xorij tajribasini o‘rganildi;
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida tinglovchilarni huquqiy ong va
huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalarini tahlil o‘tkazildi;
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida tinglovchilarni huquqiy ong va
huquqiy madaniyatini yuksaltirishning
samarali metodlarini qo‘llash bo‘yicha tajribalar
shakllandi.
–
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida tinglovchilarni huquqiy ong va
huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir quyidagi metodlardan foydalanildi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
127
–
tadqiqot muammosi bo‘yicha mavjud xorijiy tajribalar va ilmiy uslubiy
manbalarni tahlil qilish;
–
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan huquqiy bilim
berish jarayonini kuzatish;
–
anketa so‘rovnomalar va intervyular o‘tkazish;
–
o‘zaro tajriba almashish
.
XULOSALAR
Aholining huquqiy tarbiyasi va ta’limini takomillashtirishga ta’lim va tarbiyaning
hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va
ta’limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy
-texnika negizini kuchaytirish
yo‘li bilan erishiladi.Mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, siyosiy
-huquqiy
tizimni takomillashtirish sharoitlarida huquqiy madaniyatni yuksaltirishning yangi
vositalari va usullarini joriy etish lozim. Aholiga huquqiy ta’lim berish va huquqiy tarbiya
ishlarini tashkil etish sifatini oshirish bugungi kunning talabidir.
Fikrimizcha, xalq ta’limi
xodimlarini malakasini oshirish tizimida , huquqiy bilim
berish jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o‘rgatilishi lozim;
–
birinchidan,
bilim berilishi, bilim davlat va huquq bilan bog‘langan bo‘lishi kerak;
–
ikkinchidan, olingan bilimni hayotga tat
biq etish mahorati o‘rgatiladi;
–
uchinchidan,
shaxs doim o‘z ustida ishlashi, izlanishi biror natijaga ega
bo‘lishlikka harakat qilishi kerak;
–
to‘rtinchidan,
davlat va jamiyat ishlari bilan qiziqish x
islatlariga ega bo‘lishni
shakllantirish;
–
beshinchidan,
tinglovchi joriy qonunlardan umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi;
–
oltinchidan,
bilim oluvchi tomonidan olgan o‘z huquqiy bilimlariga rioya qilgan
holda, jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlanishiga hissa qo‘shishi kerak.
Shunday qilib, huquqning tarb
iyaviy yo‘lga qo‘yish va boshqarish funksiyasining
ta’sirchanligi huquqiy xabarlarning sifati, uzluksiz va zarur manzilga tez yetkazilishi bilan
aniqlanadi. Buning uchun axborot manbai, birinchidan, axborotga talabgor uchun
qimmatli bo‘lgan xabarlarga ega bo‘lishi, ularni doimo to‘ldirib borishi; ikkinchidan,
yetkazadigan xabarni iste’molchi uchun ma’qul, mos va uchinchidan, xabarlar bilan
ta’minlashni doimiy, maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Сущность проблемного обучения // https://works.doklad.ru/view/
Feg9sa_vamw.html.
2.
Козак М. Критическое мышление // https://psychologyjournal.ru/
stories/kriticheskoe-myshlenie.
3.
Интерактивные
подходы
//https://ru.wikipedia.
org/wiki/
Интерактивные_подходы.
4.
Равен Дж. Компетентность в современном обществе. –
М.:
Когито
-
центр,
2002.
–
С. 6
-7.
5.
Харитонова Е.В. Об определении понятий “компетентность” и
“компетенция” // https://www.natural
-sciences.ru/ru/article/view?id=10999
6.
Компетентностный
подход
//
edu.enterinfo.ru/инновационные
-
педагогические
-
техно/компетентностный
-
подход
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
128
7.
Садовникова Г.Д. Особенности преподавания дисциплин
государственно
-
правового
цикла
с
применением
интерактивной
методики
//
https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-prepodavaniya-
distsiplingosudarstvenno-pravovogo-tsikla-s-primeneniem-interaktivnoy-metodiki.
8.
Колотов А.Ф., Скуратов И.В. Методика преподавания права. Учебное
пособие. –
Оренбург: Университет, 2014. –
С. 78
-80.
9.
Boymirzayeva Raximaxon
. “Formation of legal awareness and legal culture in
the training system of public education employees”. Ilmiy maqola.
Jamiyat va
innovatsiyalar-
Общество и инновации
-Society and innovations. Jurnal.2023- yil, 1-
son.4-jild.150-bet.
