O'zbekiston oliy ta’lim tizimida o‘qitishning kredit modulli tizimini joriy etish

CC BY f
49-53
3
4
Поделиться
Джуманкулов, А. (2021). O’zbekiston oliy ta’lim tizimida o‘qitishning kredit modulli tizimini joriy etish . Глобальное партнерство как условие и гарантия стабильного развития, 1(1), 49–53. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/stable_development/article/view/21989
Азамат Джуманкулов, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

Аспирант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning ilk yillaridanoq ta’lim tizimini tubdan isloh etishga kirishdi. Mamlakat o'z oldiga qator vazifalami qo'ygan edi: Ijtimoiy-siyosiy hayotda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvida shaxs manfaatlarini har tamonlama ustunligini taminlash; iqtisodiy- madaniy hayotda Respublikani jahon mamlakatlari orasidagi mavqeini oshirib borish, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, jumladan, respublikani xom ashyo bazasidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi davlatga aylantirish, xalqimizni milliy g'urur tuyg'usini shakllantirish, madaniy- tarixiy meros va an’analarga hurmat uyg'otish, zamonaviy intellektual bilm egalari bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash kabilar dolzarb vazifaga aylangan edi.


background image

49

Djumanqulov Azamat Abdurahimovich

doktorant,

Mirzo Ulug ‘bek nomidagi О ‘zbekiston Milliy universiteti

(TZBEKISTON OLIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITISHNING

KREDIT MODULLI TIZIMINI JORIY ETISH

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning ilk yillaridanoq ta’lim tizimini tubdan isloh etishga kirishdi.

Mamlakat o‘z oldiga qator vazifalarni qo‘ygan edi: Ijtimoiy-siyosiy hayotda demokratik huquqiy davlat va
adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvida shaxs
manfaatlarini har tamonlama ustunligini taminlash; iqtisodiy- madaniy hayotda Respublikani jahon
mamlakatlari orasidagi mavqeini oshirib borish, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, jumladan, respublikani
xom ashyo bazasidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi davlatga aylantirish, xalqimizni milliy
g‘urur tuyg‘usini shakllantirish, madaniy- tarixiy meros va an’analarga hurmat uyg‘otish, zamonaviy
intellektual bilm egalari bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash kabilar dolzarb vazifaga aylangan edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi nutqida

qator masalalar haqida gapirib, jumladan shunday degan edi: “Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz
a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda
qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.

Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi

tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir”!

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak

madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.

Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz

zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda
barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda” [1].

Yurtimizdagi ilg‘or oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy o‘qitish tizimidan voz kechilib, dunyo

tajribasidan o‘tgan usul va uslublardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. 2013-yildan buyon
mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, 2016-2017-o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik
universitetida talabalar o‘qitishning modul tizimi asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, 2018-2019-o‘quv yilidan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetid kredit tizimiga o‘tildi.

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi farmonida ta’lim sifati
zamonaviy yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlani shiga
munosib hissa qo‘ shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
tizimini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga
tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich
kredit-modul tizimiga o‘tkazish kabilar ko‘zda tutilgan edi [2].

Modul va kredit tizimlari bir-birini toTdiradi. Modul alohida o‘quv fani bo‘lib, o‘zida tegishli bilim

hamda kasbiy jihatlarga doir ma’lumotlarni qamrab oladi. “Modulli o‘qitishda, o‘quv dasturlarini to‘la,
qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali, o‘qitishni tabaqalashtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi,
ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi” [3].

“Modulli ta’lim- o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining

o‘zlashtirish tizimiga yaxshi moslashgandir. Modulli o‘qitish asosi inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli
tashkil etilganiga tayanadi” [4].


background image

50

I -jadval

MODULLI TA’LIM QUYIDAGILARDAN TARKIB TOPGAN BO‘LADI:

Modulli dastur

Modulli darslar

Modulli o‘quv materialni

rejalashtirish (texnologik xarita)

O‘qitishning modul tizimi talabaning fan dasturini o‘rganishi natijasida shakllanadigan bilim, ko‘nikma

va malakalarni nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi. Masalan, talabalarning bilim saviyasi va
o‘zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy
nazorat turlari o‘tkaziladi. Akademik kredit tizimi esa talabaning oliy o‘quv yurtida samarali bilim olishini
aniqlab beruvchi standartlashtirilgan baholash tizimi hisoblanadi. Kredit talaba tomonidan tegishli o‘quv
ishlarini bajarishga ketadigan vaqt(soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega.
Oliy ta’lim muassasasi kredit tarkibi, har bir modul bo‘yicha kreditlar soni, shuningdek, har bir kursni va
umuman o‘qish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy
sonini mustaqil belgilaydi.

Amaldagi o‘qitish tizimidan farqli o‘laroq kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari

hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo‘ladi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig‘olmasa, faqat o‘sha
fanning o‘zidan qayta imtihon topshiradi. Oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi diplom esa belgilangan
kreditlarni yiqqanidan so‘nggina beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o‘qituvchisi,
50 foizini universitet rahbariyati qo‘yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar va amaliy
mashg‘ulot (laboratoriya) ishlarini professor-o‘qituvchilar baholaydi. Yakuniy nazorat universitet rahbariyati
tomonidan olinadi. Unda fan o‘qituvchilari ishtirok etmaydi.

Mutaxassislar fikricha, kreditlarni yig‘ish uchun talabadan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni

vaqtida bajarish, o‘z bilim saviyasini namoyon etish talab etiladi. O‘zlashtirishi yuqori talabalar mustaqil ish
mavzularini o‘rganib, ulami muddatidan oldin topshirishi mumkin. Bu bo‘laj ak mutaxassislarning vaqtini
tejaydi. Zimmasidagi “yuk”dan xalos bo‘lganlar semestr yakuniga qadar qolgan vaqtini amaliy
mashg‘ulotlarga sarflaydi.

Bu tizim 1989-yili bir qancha Yevropa universitetlarida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Dastlab,

ECTS kreditlash tizimi SOCRATES / ERASMUS dasturi (1988-1995) asosida ishlab chiqilgan. Ushbu tizim
tajriba sxemasi bo‘yicha 6 yil davomida sinov davrida bo‘lib, unda Yevropa Ittifoqidagi 145 ta universitet
ishtirok etib, 5 ta ta’lim yo‘nalishini qamrab oldi: MBA (biznes boshqaruvi), kimyo, tarix, texnik-mexanika
va tibbiyot. 1996-97 yillarda ECTS tizimi 38 ta yangi uni ver sited arda (shu jumladan 348 ta fakultetda) va
36 ta nostandart universitetlarda (shu jumladan 206 ta fakultetda) qoTlanila boshlandi[5],

ECTS (Evropa kredit tizimiga o‘tkazish)dan foydalanish ayniqsa quyidagi mamlakatlarda keng

tarqalgan: Gretsiya va Shvetsiya (80%), Finlyandiya va Polsha (81,5%), Avstriya (84%), Ruminiya (87%),
Norvegiya (90%), Irlandiya va Daniya (93%). ECTS dan tashqari tizimlar Buyuk Britaniya (45,5%) va
Turkiyada (58%) eng ko‘p qoTlaniladi. Ba’zi mamlakatlarda nisbatan katta foiz na ECTS tizimidan va na
boshqa shunga o‘xshash tizimdan foydalanmaydi: masalan, Portugaliyada (34%), Bolgariyada (38,5%) va
Vengriyada (44%). Janubi-Sharqiy Evropa[6],

Mazkur tizimning oliy ta’limga joriy qilinishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash,

korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil
o‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlashiga zamin yaratadi. Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi Yevropaning
deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida amaliyotga joriy etilgan.

So‘nggi yillarda, mamlakatimiz OTMlarida ham bosqichma bosqich kredit-modul o‘qitish tizimiga

o‘tish ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, 2030 yilgacha kredit-modul tizimi joriy etiladigan OTMlar soni 2
tadan 85 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumki, an’anaviy o‘qitish modelida o‘qituvchi o‘quv jarayonining asosiy tashkilotchisi va ma’lumot

tarqatishning bosh manbasi hisoblanadi. 0‘z navbatida, auditoriya mashg‘ulotlari o‘quv jarayonining asosiy
qismini tashkil etadi. Kredit-modul tizimiga o‘tish bilan o‘qituvchining o‘quv jarayoni asosiy tashkilotchisi


background image

51

hamda ma’lumot tarqatishning yagona manbasi sifatidagi roli susayadi. Talaba ushbu o‘quv jarayoni
markazida bo‘ladi. Bunda u mustaqil ta’lim olishi mumkin. Mazkur tizimning joriy etilishi ta’lim sifatini
oshirish, bujarayonda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlashda muhim omil bo‘lishi
zarur.

II-jadval

Modulli o‘qitish texnologiyasining an’anaviy o‘qitishdan farqli xususiyatlarini quyidagi jadvalda

keltirdik [7]

An’anaviy o‘qitish texnologiyasiga asoslangan:

Modulli o‘qitish texnologiyasiga asoslangan:

Bir tomonga yo‘naltirilgan axborot. Bir tomonlama

muloqot (darslik-o‘qituvchi-o‘quv- chi)

Axborot olish

Xotirada saqlash (Ma’nosini tushunmagan holda

mexanik tarzda yodlash).

Fikrlash va amaliy faoliyat orqali tahsil olishda

faol ishtirok etishni rag‘batlantirish.

Ikki tomonlama muloqot

Tahlil qilish orqali ma’lumotni eslab qolish

Bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish

Mazmunni tushuni sh va hayotga bog‘lash.

Kredit-modul tizimini joriy etishda, avvalo, OTMda o‘qituvchilar ko‘nikmasini, bilimini

shakllantirishga e’tibor qaratish kerakbo‘ladi. O‘quv materiallari, o‘quv muassasasi moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, talabalarning mustaqil o‘qish madaniyatini shakllantirish, ularning u yoki bu yangilikni
qabul qilishi darajasi ham g‘oyat muhimdir.

Modulli o‘qitish — tartibli o‘qitish, demakdir. Bunda o‘quv materiali 1 ta o‘quv mashg‘uloti hajmida,

o‘quv predmetining biror mavzusi yoki biror bo‘limi darajasida, ba’zan esa o‘quv fanining yirik tarkibiy
qismida, ya’ni bloklar tarzida ham o‘qitilishi mumkin.

Modullar, birinchi navbatda, ta’lim mazmuniga daxldor tushunchalar, qoidalar, nazariyalar, qonunlar va

ular orasidagi umumiy bog‘lanishni ifodalovchi qonuniyatlami tushuntirishga samarali xizmat qiladi. Modulli
o‘qitishning nazariy asoslari o‘tgan asrning 60—70-yillari amerikalik olim Kurch Goldshmidt, Rassel va
boshqalar tomonidan yaratilgan. Olimlaming ilmiy izlanishlari natijasida “o‘qitish jarayoni ilmiy-texnik
taraqqiyot darajasidan orqada qolishining asosiy sababi - o‘quv dasturi, hujjatlaming fan-texnika yutuqlari va
ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyasiga mos ravishda takomillashmayotganligidadir” [8], degan
xulosaga kelingan. Shu bilan birga, o‘quv- dasturiy hujjatlarni modulli qoida asosida tuzish ta’lim jarayonini
jadallashtirishning muhim omillaridan biri ekanligi ham ta’kidlangan.

Modul tizimi zamonaviy talablarga to‘la mos keladi. U erishilgan natijani izchil nazorat qilib borishga

asoslangani uchun ham modul-kredit tizimi vujudga kelgan. Modulli ta’limning maqsadi talabalarning soha
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Kredit-modul o‘qitish tizimi esa, har bir o‘quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning o‘quv

natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta’lim oluvchilaming bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish
tizimi hisoblanadi.

Mazkur o‘qitish tizimi ma’ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv amaliyoti,

klinik o‘quv amaliyotlar, kurs loyihasi (ishi), shuningdek ta’lim oluvchilaming mustaqil mashg‘ulotlari
bo‘yicha haftalik soat yuklamasi va ta’lim oluvchilaming faoliyatini baholash

mezonlarini aks ettiradi. Ta’lim oluvchilar tomonidan barcha majburiy faoliyat turlari bajarilgandan va ular

baholangandan so‘ng kreditlarni to‘plash mumkin.

Kredit birliklari tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kredit dasturlarini uning tarkibiy qismlari, ya’ni

modullar, modullar bloklari, kurslar va boshqalarga biriktirish orqali ta’lim dasturlarini tavsiflashning tizimli


background image

52

usulidir.

Kredit-modul o‘qitish tizimi o‘quv jarayonining quyidagi shakllaridan tashkil topadi:

auditoriya mashg‘ulotlari - ma’ruza, nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv


(klinik) amaliyoti;

auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar - ilmiy kutubxonada ishlash, mustaqil ishlar, individual

maslahatlar, klinik vazifalar, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, ta’lim
oluvchilaming ilmiy anjumanlarda qatnashishi, magistratura mutaxassisliklarida ilmiy faoliyat turlari va
boshqalar.

Odatda, kredit ta’lim oluvchi tomonidan o‘quv rejasi bajarilishining ko‘rsatkichi bo‘lib, tegishli o‘quv

ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soat)lardan tashkil topadi. Bu modul xususiyati va bo‘lajak mutaxassisni
shakllantirish uchun o‘quv ishlarining muhimligidan kelib chiqib ta’lim muassasasi tomonidan belgilanishi
mumkin. Har bir modul mustaqil kreditga ega bo‘ladi.

Qayd etish o‘rinliki, kredit-modul tizimiga o‘tish - davr talabi. Bu tizimda o‘qituvchilarni talabalar

tanlaydi. Tanlov fanlari soni ko‘paytiriladi, ya’ni talaba o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tanlab o‘rganishi mumkin
bo‘lgan fanlar soni ko‘p bo‘ladi.

Ammo kredit-modul tizimida kerakli ballni yig‘a olmagan talabalar OTMlarda uzoq yillar o‘qishiga

to‘g‘ri keladi.

Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat

beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan obyekti tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham
talabalaming mustaqil ta’lim olishiga qaratilgan.

Shu o‘rinda talabaning mustaqil ta’lim olish masalasini, anglosakson va Sharq madaniyatini taqqoslagan

holda, turli madaniyatlar misolida ko‘rib chiqsak. Anglosakson madaniyatida ushbu ikki ishtirokchi bir-
biridan quyidagilarni kutadi:

-

o‘qituvchi talabadan o‘rganilayotgan fan bo‘yicha o‘z fikrini erkin ifoda etishini kutadi. Ba’zan bu

fikr o‘qituvchi nuqtai nazari bilan mos kelmasligi mumkin. O‘qituvchi bilimlarning samarali o‘zlashtirilishi
o‘qituvchi-talaba va talaba-o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqaga bog‘liqligini yaxshi biladi.

-

talaba o‘qituvchidan bilimning o‘zini emas, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatishini xohlaydi. Bunda

o‘qituvchi u yoki bu savolning javobini bilmasligi talaba uchun normal holat hisoblanadi. Talaba
o‘qituvchidan o‘z savoliga o‘zi javob topa olishi mumkin bo‘lgan manbalarni ko‘rsatishini istaydi. Bundan
tashqari, talaba o‘qituvchidan ma’lum ravishda tuzilgan ko‘rsatmalar berishini kutadi. Chunki u yoki bu
topshiriqni qay tarzda yechishni uning o‘zi yaxshi biladi. Masalan, G‘arbda doktorlik dissertatsiyasini yozish
bo‘yicha aniq ko‘rsatma (masalan, unda sahifalar soni qancha bo‘lishi, tadqiqot ob’ekti va sub’ektining
kiritilishi) mavjud emas.

Sharq madaniyatida o‘qituvchi va talaba bir-birlaridan quyidagilarni kutadi:

-

o‘qituvchi talabadan o‘qituvchining tegishli belgilangan rejaga muvofiq o‘qitayotgan bilimlarini

e’tibor bilan tinglashini va o‘zlashtirishini xohlaydi (chunki talaba rektorat tomonidan mazkur rejaga ko‘ra
baholanadi). O‘qituvchi u yoki bu o‘quv rejasida belgilangan bilimlarni tarqatuvchi yagona to‘g‘ri manba
ekanini biladi.

-

talaba o‘qituvchining o‘z fanini yaxshi o‘qishini xohlaydi, chunki uning u yoki bu savolning javobini

bilmasligi talabalar orasida o‘qituvchi malakasiga nisbatan shubha uyg‘otadi. Talaba bilimlarning samarali
o‘zlashtirilishi faqat o‘qituvchi malakasiga bog‘liq, deb o‘ylaydi. Bundan tashqari, talaba o‘qituvchidan faqat
aniq ko‘rsatmalar, masalan, nazorat ishini qanday yozish kerak, uy vazifasini qay tarzda bajarish kerakligini
o‘rgatishini kutib turadi[9],

Davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi nutqida 2020 yilga «Ilm, ma’rifat va

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nom berilishi ham sohaga bo‘lgan e’tibor jiddiy ekanligidan
darak beradi[10].

Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fanga e’tibor yanada ortmoqda.

Oxirgi yillar sohaga doir O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishgayaqin
qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu kabi o‘zgarishlar vayangilanishlar jarayoni yangi
O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘vor maqsadimizni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ham ko‘rish mumkinki ta’lim mamlakat taraqqiyotining eng muhim

omillaridan biridir. Mamlakatimizda ham mustaqillik tufayli shaxs manfaati va ta‘lim ustuvorligiga e’tibor


background image

53

ortdi. Yosh avlodda mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, iymon- e‘tiqodlilik, halollik, axloqiy
poklik, odillik, bilimlilik, onglilik, baynalmilallik kabi insoniy fazilatlar asosida zamonaviy bilim vaxorijiy
ta’lim tajribalarini rivojlantiirsh uchun yetarli sharoitlar yaratilmoqda.

ADABIYOTLAR:

1.

https://www.norma.uz. 2020-yil 24-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisiga joriy yil va kelgusidagi mamlakatimiz taraqqiyotining eng ustuvor vazifalari
to‘g‘risida Murojaatnomasi.

2.

https://www.lex.uz. 2019-yil 8-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-

yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmoni.

3.

Avliyakulov N.X., Musayeva N.N, Pedagogik texnologiya. T.2012. “Tafakkur bo‘stoni” nashriyoti.

130-bet.

4.

Xudouqulov X.J.. Allayarova S.H. Oliy ta’limda modulli o‘qitish va unda innovatsion

texnologiyalardan foydalanish”. T.2019. “Mumtoz so‘z”. 9-bet.

5.

Обзор зарубежных кредит-систем(по материалам научных исследований, выполненных МГУ

им. М.В. Ломоносова в рамках проекта ФПРО 2005 года и национального проекта 2006 года)-С.5.

6.

Обзор зарубежных кредит-систем(по материалам научных исследований, выполненных МГУ

им. М.В. Ломоносова в рамках проекта ФПРО 2005 года и национального проекта 2006 года)-С.5-10.

7.

SharopovaZ.F. Ta’lim texnologiyalari. Т.2019. “NAVRO‘Z” NASHIRYOTI. 191-bet.

8.

http://marifat.uz/marifat/ruknlar/olii-talim/2279.htm

9.

http://uza.uz/uz

10.

Zikirova, N., et al. "Interactive Strategies and Methods of Education." International Journal of

Recent Technology and Engineering (IJRTE) ISSN (2019): 2277-3878.

11.

Namazova, Yulduz. "National education system in the educational ideas of jadidism." The Light of

Islam 2020.3 (2020): 47-57.

12.

Шермухамедова, Нигинахон Арслановна. "Некоторые суждения Абу-Насра аль–Фараби о

соотношении логики и грамматики." Credo new 2 (2002): 10-10.

13.

Нишанова, О. (2023). Роль этнической культуры в формировании идеологического

иммунитета

молодежи,

in

Library,

7(2),

27-30.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21844

Библиографические ссылки

https://www.norma.uz. 2020-yil 24-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga joriy yil va kelgusidagi mamlakatimiz taraqqiyotining eng ustuvor vazifalari to‘g‘risida Murojaatnomasi.

https://www.lex.uz. 2019-yil 8-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-son Farmoni.

Avliyakulov N.X., Musayeva N.N, Pedagogik texnologiya. T.2012. “Tafakkur bo‘stoni” nashriyoti. 130-bet.

Xudouqulov X.J.. Allayarova S.H. Oliy ta’limda modulli o‘qitish va unda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”. T.2019. “Mumtoz so‘z”. 9-bet.

Обзор зарубежных кредит-систем(по материалам научных исследований, выполненных МГУ им. М.В. Ломоносова в рамках проекта ФПРО 2005 года и национального проекта 2006 года)-С.5.

Обзор зарубежных кредит-систем(по материалам научных исследований, выполненных МГУ им. М.В. Ломоносова в рамках проекта ФПРО 2005 года и национального проекта 2006 года)-С.5-10.

SharopovaZ.F. Ta’lim texnologiyalari. Т.2019. “NAVRO‘Z” NASHIRYOTI. 191-bet.

http://marifat.uz/marifat/ruknlar/olii-talim/2279.htm

http://uza.uz/uz

Zikirova, N., et al. "Interactive Strategies and Methods of Education." International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE) ISSN (2019): 2277-3878.

Namazova, Yulduz. "National education system in the educational ideas of jadidism." The Light of Islam 2020.3 (2020): 47-57.

Шермухамедова, Нигинахон Арслановна. "Некоторые суждения Абу-Насра аль–Фараби о соотношении логики и грамматики." Credo new 2 (2002): 10-10.

Нишанова, О. (2023). Роль этнической культуры в формировании идеологического иммунитета молодежи, in Library, 7(2), 27-30. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21844

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов