Fuqarolik jamiyatini shakllantirishdaijtimoiy innovatsiyalarning o‘rni va ahamiyati

CC BY f
477-479
3
0
Поделиться
Гаппаров, Э. (2021). Fuqarolik jamiyatini shakllantirishdaijtimoiy innovatsiyalarning o‘rni va ahamiyati . Глобальное партнерство как условие и гарантия стабильного развития, 1(1), 477–479. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/stable_development/article/view/24100
Эльёржон Гаппаров, Наманганский государственный университет

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Innovatsiylami ishlab chiqish va ularni ijtimoiy hayotga tadbiq etish bugungi kunga kelib tarqqiyotning bosh me’zoniga aylanmoqda. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida bu jarayon alohida soha sifatida faoliyat yuritmoqda.


background image

477

G‘apparov Elyorjon Otabekovich

о ‘qituvchi

Namangan davlat univer si teti

FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISHDAIJTIMOIY

INNOVATSIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Innovatsiylami ishlab chiqish va ularni ijtimoiy hayotga tadbiq etish bugungi kunga kelib tarqqiyotning

bosh me’zoniga aylanmoqda. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida bu jarayon alohida soha sifatida
faoliyat yuritmoqda. XX asr boshlariga qadar innovatsiya tushunchasi aksariyat xollarda iqtisodiyot va
texnika sohalariga tegishli hisoblanar edi. Biroq yuz bergan birinchi va ikkinchi jahon urushlaridan so‘ng
jamiyat hayotida yuz bergan ijtimoiy o‘zgarishlar va turli hil iqtisodiy, siyosiy inqirozlar natijasida
innovatsiyalarning yangi turiga extoyoj paydo bo‘ldi. Natijada ijtimoiy innovatsiya tushunchasi jamiyat
hayotiga kirib keldi. Jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan barcha kashfiyotlar inson ehtiyojlarini
qondirishga qaratilganligi va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish jamiyat taraqqiyoti uchun asos bo‘lishi
hususidagi qarashlar ijtimoiy innovatsiyalami yaratilishi hamda keng joriy qilinishiga turtki bo‘ldi. Endilikda
bugungi kunga qadar amalga oshirilgan kashfiyotlar va innovatsiyaming yaratilishiga ijtimoiy innovatsiyalar
sabab bo‘lgan, degan tobora ko‘proq aytilmoqda. Ijtimoiy innovatsiyalar tomonidan yaratilgan asos
bo‘lmaganda edi, texnologik innovatsiyalarning rivojlanishi ham mumkin bo‘lmas edifl. 10]. Ijtimoiy
innovatsiyalami jamiyata yuzaga kelgan ijtimoiy muammo va extiyojlarni yechimi sifatida amaliyotda keng
qo‘llagan mamlakatlar bugungi kunda fuqarolik jamiyatini qurishda hamda taraqqiy etish bo‘yicha
peshqadam davlatlar hisoblanadi. Bunga misol qilib Finlandiyani ko‘rsatish mumkin.

Innovatsiyalar tizimiganazar tashlagan holdainnovatsiyalarturli sub’ektlar o‘rtasidagi ijtimoiy jarayon

ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Ijtimoiy innovatsiyalar konsepsiyasida ulaming uch o‘chov yizimi mavjud.

Ijtimoiy innovatsiyalarning birinchi o‘lchovi ijtimoiy innovatsiyalar tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib

ijtimoiy innovatsiyalar konseptsiyasi an’anaviy innovatsion nazariyani tanqid qilish bilan asoslanadi. Ijtimoiy
innovatsiyalami yaratish paytida yangi nazariyalar innovatsiyalarning ijtimoiy mexanizmlarini hisobga olish
zarurligini ko‘rsatmoqda.

Ijtimoiy innovatsiyalar kontseptsiyasining ikkinchi o‘lchovi shundaki, innovatsiyalardan foydalanishda

ijtimoiy mas’uliyatni hisobga olishi kerak. Innovatsiya nafaqat foyda keltirishi, balki sayyora barqarorligi va
insonlarning sog‘ligi hamda tinchligini saqlashga ham e’tibor qaratish lozim. Innovatsiyalarning yovuz
maqsadlar yo‘lida ham ishlatilishini hisobga olib lozim.

Ijtimoiy innovatsiyalarning uchinchi o‘lchovi shundan iboratki, innovatsiya nafaqat tijorat faoliyatini,

balki ijtimoiy va jamoat faoliyatini ham talab qilishi lozim[2.29].

Ijtimoiy innovatsiyalarning mazmuniga ahamiyat beradigan bo‘lsak, sharq xalqlarining azal- azaldan

shunday prinsip asosida yashaganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Konfutsiyning davlat boshqaruviga oid
qarashlarida, Abu Nasr Forobiyning ideal jamiyat borasidagi asarlarida ijtimoiy innovatsiyalarning ilk
xususiyatlarini ko‘rishimiz mumkin.

Ijtimoiy innovatsiya atamasi bugungi kunda keng ommalashayotgan bo‘lsa-da, uni boshqa turdagi

innovatsiyalardan ajratib turuvchi jihatlar to‘grisidagi ma’lumotlar yetarli emas. Ushbu atamani yanada
kengaytirish va aniqlashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2011 yilda qabul qilingan
Vena deklaratsiyasida ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyat hayoti va fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi
o‘mi haqidagi fikrlar hamda ta’riflari keltirilgan[3.48]. Vena deklaratsiyasida ijtimoiy innovatsiyalarni
texnologik innovatsiyalarga shoshilinch alternativ sifatida targ‘ib qilshni taklif qiladi. Biroq, globallashuv
hamda integratsiyalashuv jarayonlari shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda bu industrial jamiyatidan
intelektual va xizmatlarga asoslangan jamiyatga o‘tish bilan bog‘liq muammolarni hal qilmaydi. Bu haqda
Deklaratsiyada shunday deyiladi: “bunday tub ijtimoiy o‘zgarishlar ijtimoiy innovatsiyalarni innovatsion
tizimning paradigma o‘zgarishiga kiritishni talab qiladi”[4].

Ijtimoiy innovatsiyalar kundalik hayotda keng ishlatila boshlaganiga uncha ko‘p vaqt o‘tmagan


background image

478

bo‘lsada, tadqiqotchilar tomonidan qator ta’riflar berilgan.

Aksariyat xollarda “ijtimoiy innovatsiyalar” mavjud tartibni o‘zgartirish uchun nostandart yechimlar

sifatida talqin etiladi. Masalan, Fransiyaning Ijtimoiy iqtisodiyot va hamkorlik bo‘yicha Oliy Kengashining
quyidagi ta’rifni keltirib o‘tamiz: - “Ijtimoiy innovatsiyalar - bu yangi ijtimoiy ehtiyojlarga yangi yechim
topishdir”[5.6], Olmon tadqiqotchilari tomonidan berilgan ta’rif bu tushunchaning mohiyatini anglashda
yanada muhim asos bo‘lib hizmat qiladi. Ular tomonidan shunday ta’rif berilgan: - “Ijtimoiy innovatsiyalar
[yangi] ijtimoiy maqsadlar va [yangi] ijtimoiy vositalar bilan yangi, yanada samarali va oqilona ijtimoiy
amaliyotdir” [2.6]. Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, “ijtimoiy innovatsiyalar” joriy
etilishi jamiyatdagi o‘zaro ta’sir va munosabatlarning mavjud tartibini o‘zgartirishni nazarda tutadi. Masalan,
1.1. Krasnopolskaya va I.V Mersiyanov o‘zidan avvalgi berilgan ta’riflarni kengaytirib, ijtimoiy
innovatsiyalarni quyidagicha izohlaydi: “Mavjud yechimlarga qaraganda ijtimoiy ehtiyojlarni qondiradigan
va mavjud tarmoqlararo o‘zaro aloqalami rivojlantirishga va undan samarali foydalanishga yordam beradigan
yangi yechimlar (mahsulotlar, xizmatlar, modellar, jarayonlar va boshqalar) resurslar” [6. 34].

Rus tadqiqotchilari A.O.Lnnsev va E.A.Cherpanovalar ijtimoiy innovatsiyalarni tahlil qilar ekan,

ijtimoiy yangilik muhim ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan shaxslarning
xatti-harakatlarida o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlaydilar va ijtimoiy innovatsiyalarni
yettita asosiy bosqichni ajratish mumkin bo‘lgan jarayon sifatida ko‘rib chiqishni taklif qiladilar:

1)

fuqarolarning qoniqarsiz yoki yetarli darajada qondirilmagan ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash;

2)

ushbu ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yangi g‘oyalarni (mahsulotlar, xizmatlar) ishlab chiqish

yoki ijtimoiy ehtiyojlami yanada samarali qondiradigan yangi ijtimoiy munosabatlar va hamkorlik
modellarini yaratish;

3)

sinov uchun yangi g‘oyaning (mahsulotning, xizmatning) prototipini (ishchi modelini) yaratish,

fokus-guruhlar va h.k.;

4)

ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yangi g‘oyalami (mahsulotlar, xizmatlar, modellar) amalga

oshirish;

5)

ijtimoiy ehtiyojlami qondirishda yangi g‘oyalar (mahsulotlar, xizmatlar, modellar) samaradorligini

baholash;

6)

samarali yechimlami masshtablash;

7)

ijtimoiy yechim sifatida samarali yechimlami birlashtirish[7.2].

Ijtimoiy innovatsiyalar fuqarolik jamiyatini shakllantirshda muhim o‘rin tutadi. Fuqarolik jamiyatiga

yevropa tadqiqotchilari tomonidan berilgan ta’riflarga ahamiyat berilsa, huquqiy ongi va huquqiy madaniyati
yuksak darajada rivojlangan insonlar yashaydigan jamiyatni tushunamiz. Ya’ni, qonunlarni biladigan va
ularga og‘ishmay rioya qiladigan fuqarolarni o‘zida jam qilgan jamiyat. Mantiqan bunday jamiyat gullab-
yashnashi lozim. Biroq, Yevropaning aksariyat taraqqiy etgan mamlakatlarida iqtisodiy farovonlikning
yuoqri daraj asiga erishgani xolda, j amiyatda ijtimoiy muammolarning tobora jiddiy xavfga
aylanayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Millatlarning “qarishi”, axloqdan begonalshuv, ommaviy madaniyat
ta’sirida milliylikning yo‘qotilayotganligi kabilar shular jumlasidan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
jamiyat qonunlar bir qatorda axloq qoidalariga ham birdek muhtoj tuzilmadir. Fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirish jarayonlarida erkinlik va uni qo‘llash masalasi ham ijtimoiy innovatsiyalar doirasida hal etilajak
muhim jihatlardan biridir. Erkinlik tushunchasiga у ondashuvda faqatgina huquqqatayanish yuqorida sanab
o‘tilgan muammolarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shu bois tadqiqotchilar tomonidan huquni axloqiy
mas’ullikasosida qo‘llash kerak degantaklif berilgan. Buxolatdaaxloqiy mas’ullikni ta’miniash jamiyat
hayotida ijtimoiy innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ijtimoiy innovatsiyalamig mohiyati
xalq bilan muloqot, ma’lum muammolami fuqarolarning bevosita yoki bilvosita munosabati orqali
ifodalanishi bilan belgilanadi.

Mamlakatimizda bugungi kunda fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida amalga oshirilayothgan

harakatlarda bevosita ijtimoiy innovatsiyalarning samarali faoliyatiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Xalq qabulxonalarining
ochilishi, O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining virtual qabulxonasining ishga tushirilishi, mamlakatimizda


background image

479

kuchli jamoatchilik nazoratining yo‘lga qo‘yilishi shular jumlasidan.

Xulosao‘mida shuni aytishmumkinki, ijtimoiy innovatsiylarfuqarolikjamiyatini shakllantirish

jarayonlarida jamiyat hayotida yuz bergan hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli hil konfiliktlami
aniqlashda va ularga yechim topishda muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy innovatsiylarnig yana bir o‘ziga xos jihati
shundaki, rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda ham birdek dolzarbligini yo‘qotmaydi. Fuqarolik
jamiyatining asosiy shartlaridan biri bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faoliyatida asosiy me’zon
vazifasini bajaradi.

ADABIYOTLAR:

1.

Taypele. Finlandiyaning 100 ta ijtimoiy innovatsiyasi. “Sharq”, T.: 2019, 318 b.

2.

BettinaB. Concepts of social innovation. 2015, 224 p.

3.

Vena deklaratsiyasi 2011. https://www.siceurope.eu/sites/default/ files/field/attachment/ Vienna-

Declaration_version-01 -for-discussion.

4.

Geze P, Wintreber A. et al. L’innovation sociale un levier pour le.

5.

developpement des territories. Paris: Depot legal Juillet, 2012. 28 p.

6.

Franz H.-W., Hochgemer J. et al. Challenge Social Innovation, Springer-Verlag. Berlin: Heidelber,

2012. 386 p.

7.

Краснопольская И.И., Мерсиянова И.В. Трансформация управления социальной сферой:

запрос на социальные инновации // Вопросы государственного и муниципального управления, 2015.
№ 2. С. 2952.

8.

Шермухамедова, Нигинахон. "Фалсафа." Тошкент: Noshir (2009).

9.

Shermuhammedova, N. "Methodology and phylosophy of science." (2012): 165.

Библиографические ссылки

Taypele. Finlandiyaning 100 ta ijtimoiy innovatsiyasi. “Sharq”, T.: 2019, 318 b.

BettinaB. Concepts of social innovation. 2015, 224 p.

Vena deklaratsiyasi 2011. https://www.siceurope.eu/sites/default/ files/field/attachment/ Vienna-Declaration_version-01 -for discussion.

Geze P, Wintreber A. et al. L’innovation sociale un levier pour le.

developpement des territories. Paris: Depot legal Juillet, 2012. 28 p.

Franz H.-W., Hochgemer J. et al. Challenge Social Innovation, Springer-Verlag. Berlin: Heidelber, 2012. 386 p.

Краснопольская И.И., Мерсиянова И.В. Трансформация управления социальной сферой: запрос на социальные инновации // Вопросы государственного и муниципального управления, 2015. № 2. С. 2952.

Шермухамедова, Нигинахон. "Фалсафа." Тошкент: Noshir (2009).

Shermuhammedova, N. "Methodology and phylosophy of science." (2012): 165.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов