Qo‘shtepa kanali loyihasining O‘zbekiston Respublikasiga ta’siri

CC BY f
58-63
0
0
Поделиться
Солиева , А. . (2024). Qo‘shtepa kanali loyihasining O‘zbekiston Respublikasiga ta’siri . Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право, 1(1), 58–63. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/strategy-2030-young-scientists/article/view/31334
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda 0‘zbekiston uchun iqtisodiy va ekologik oqibatlarni hisobga olgan holda mintaqadagi asosiy infratuzilma loyihalaridan biri bo'lgan Qo'shtepa kanali qurilishining ta’sirini tahlil qilinishi va loyiha bilan bogliq ekologik, demografik va iqtisodiy xavflar ko'rib chiqilishi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu suv resurslarining kamayishi, ekotizimlarning o'zgarishi va loyihaning mintaqadagi biologik hilma-xillikka ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu muammoning yuqorida aytib o'tilgan jihatlari hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va suv resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinishi bu maqolada ko'zda tutilgan bo'lib, Qo‘shtepa kanali qurilishining O'zbekistonga ta’siri haqida xulosa chiqariladi.


background image

58

QO‘SHTEPA KANALI LOYIHASINING O‘ZBEKISTON

RESPUBLIKA

SIGA TA’SIRI

Soliyeva Aziza Umarovna IXTI

Afg’oniston va Janubiy Osiyo

muammolarini o’rganish markazi ilmiy

xodimi E-mail: aziza. solieva@iais.uz

Annotatsiya.

Bugungi kunda O‘zbekiston uchun iqtisodiy va ekologik

oqibatlarni hisobga olgan holda mintaqadagi asosiy infratuzilma loyihalaridan biri

bo‘lgan Qo‘shtepa kanali qurilishining ta’sirini tahlil qilinishi va loyiha bilan bog‘liq

ekologik, demografik va iqtisodiy xavflar ko‘rib chiqilishi alohida ahamiyatga ega

hiso

blanadi. Bu suv resurslarining kamayishi, ekotizimlarning o‘zgarishi va

loyihaning mintaqadagi biologik hilma-

xillikka ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu

muammoning yuqorida aytib o‘tilgan jihatlari hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni

kamaytirish va suv

resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash bo‘yicha

ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinishi bu maqolada ko‘zda tutilgan bo‘lib,

Qo‘shtepa kanali qurilishining O‘zbekistonga ta’siri haqida xulosa chiqariladi.

Kalit so’zlar:

Qo’shtepa, O’zbekiston, Afg’oniston, tashqi siyosat, suv

resurslari, Tolibon, tahdidlar.

Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish har qanday mamlakatning iqtisodiy

rivojlanishi va barqaror kelajagida muhim rol o'ynaydi. Bugungi kunda O’zbekiston

tashqi va ichki siyosiy masalalari ichida katta e'tiborni jalb qilgan va munozaralarni

keltirib chiqargan shunday loyihalardan biri ayni damda Afg’oniston hukumati

tomonidan olib borilayotgan Qo’shtepa kanali qurilishi hisoblanadi. Mintaqaning

asosiy infratuzilma ob'ektlaridan biri bo'lgan ushbu kanal keng ko'lamli muhandislik

qurilma bo'lib, mamlakat iqtisodiyoti va ekotizimiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi

kutilmoqda.

Qo‘shtepa kanalini qurish ishlari Afg‘oniston shimolida amalga oshirilmoqda

va loyiha qurilayotgan joy Mozori-Sharif shahridan taxminan 90 km shimoli-

g‘arbda


background image

59

joylashgan. Ma'lumki, Afg ’onistondagi ko‘p yillik urushlar tufayli suv ta'minoti tizimi

deyarli ishdan chiqqan bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi ekin maydonlari ikki

baravar kamaygan [1]. Shu munosabat bila

n kanal qurilishi va umuman sug‘orish

tizimini rivojlantirish Afg‘oniston uchun katta ahamiyatga ega.

Rejaga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirish ikki bosqichli bo‘lib, asosan

mamlakatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi

kutilmoqda. Kanal qurilishi 2022-

yil mart oyida boshlangan bo‘lib, uning 108 kmdan

iborat birinchi qismi 2023-

yil oktyabrda qurib bitkazilgan va suv bilan to‘ldirilgan [2].

Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu kanalning umumiy uzunligi 285 km ni tashkil qiladi va

loyihaning qiymati esa taxminan 684 million AQSH dollarni tashkil etadi [3].

Kanal qurilishi bilan bog‘liq muammolarning tagida Markaziy Osiyo

mamlakatlari va Afg‘oniston o‘rtasida Amudaryo suvidan foydalanish va taqsimlash

bo‘yicha imzolangan bosh kelishuvlarning yo‘qligi hisoblanadi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyodagi suv munosabatlari 1992-yilda

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan

imzolangan Olma-Ota bitimi bilan tartibga solinadi. Davlatlararo muvofiqlashtirish

komissiya

si ham suv resurslarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, ushbu

komissiya uzoq muddatli suv ta'minoti dasturini ishlab chiqgan va tasdiqlagan.

Mintaqada suvdan foydalanish, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston

tomonidan ratifikatsiya qilingan BMTning 1992-yildagi transchegaraviy suv oqimlari

va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi

Konvensiyasi bilan tartibga solinadi. [1]

Afg‘oniston esa Markaziy Osiyoda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha

yuqorida aytib o‘tilgan kelishuvlarga qo‘shilmagan. Afg‘onistonning geografik

joylashuvi tufayli Amudaryo suvidan foydalanish huquqini hech kim inkor eta

olmaydi, ammo uning global va mintaqaviy kelishuvlarda ishtirok etmasligi afg‘onlar

uchun suvdan foydalanish bo‘yicha hech qanday huquqlarni ta'minlamaydi va

majburiyatlarni yuklamaydi va bu Afg‘oniston va O‘zbekiston ikki tomonlama


background image

60

munosabatlarda keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omil.

Shuningdek, «Tolibon» tan olinmagan hukumat bo‘lgani uchun uni qabul

qilish

va

Markaziy

Osiyo

davlatlarining

suv

resurslarini

boshqarishni

muvofiqlashtirish bo‘yicha davlatlararo komissiya bilan kelishish mumkin emasligi

vaziyatni yana-da murakkablashtirmoqda.

Afg‘oniston hukumati ushbu loyihaga katta umid bog‘lamoqda. Malumotlarga

ko‘ra, kanal Afg‘oniston shimolidagi ekin ekishga mo‘ljallangan 500 ming gektardan

ortiq yerni o‘zlashtirish imkoni beradi [4].

Фото: The Third Pole

Masala shundan iborat-ki, Amudaryo suvining ushbu loyiha orqali katta

miqdorda ishlatilishi daryoning

quyi oqimida joylashgan O‘zbekiston hududlariga

jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, kanalning Afg‘oniston uchun foydali

jihatlarini ta’kidlash bilan bir qatorda, uning mintaqa mamlakatlari uchun yuzaga

keltirishi mumkin bo‘lgan zararli oqibatlarini ham nazarda tutmoq lozim.

Birinchidan,

Afg‘onistonda Qo'shtepa loyihasining to‘liq ishga tushirilishi

Markaziy Osiyodagi suv inqirozini yana-

da kuchaytiradi. Ba’zi ma'lumotlarga ko‘ra,

kanalning to‘liq ishga tushirilishi 2028-yilga mo‘ljallangan. Ushbu loyihani o‘z

nihoyasiga yetkazish besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, qurib bitkazilgandan so‘ng

Afg‘oniston Amudaryo suvining kamida uchdan bir qismini oladi. Ekspertlarning


background image

61

fikriga ko‘ra, loyihadagi kanalning suv sarfi yiliga 10 kub kilometrgacha boradi [5].

Bu esa o‘z navbatida Markaziy Osiyoda juda katta suv tanqisligini yuzaga keltiradi.

Ikkinchidan,

qurilayotgan kanal texnik jihatdan zamon talablariga mos

kelmaydi, ya'ni qurilish ishlari juda ham shoshilinch tarzda amalga oshirilibgina

qolmay,

balki

zamon

aviy

kanal

qurishning

ilg‘or

texnologiyalaridan

foydalanilmayapti

[6].

Shuni

ta'kidlash

kerak-

ki, kanalning qirg‘oqlari

betonlashtirilmagan. Bundan tashqari, ekspertlar baholariga ko‘ra, kanal

qazilayotgan hudud tuprog‘ining morfologiyasi suvni tejab ishlatish imkonini

bermaydi, ya’ni katta miqdordagi suv tuproqqa singib ketadi.

Uchinchidan,

Amudaryo oqimining kamayishi Orol dengizining qolgan

havzasiga tasir qiladi va hozirgi kunda amalda bo‘lgan suv sarflash shartnomalariga

sezilarli tasir ko‘rsatadi. Natijada, 2028 yildan boshlab, Markaziy Osiyo surunkali

suv tanqisligi rejimiga o‘tishi mumkin.

To‘rtinchidan,

O‘zbekiston uchun suv resurslari strategik ahamiyatga ega

bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, agar Qo‘shtepa kanali loyihasi Afg‘oniston

hukum

ati tomonidan qurib bitkazilsa va foydalanishga topshirilsa, O‘zbekistonga

tushadigan suv miqdori taxminan 15 foizga kamayishi ehtimoli mavjud[7]. Bu esa

o‘z navbatida, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari, Qoraqalpog‘iston

Respublikasi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Beshinchidan,

Amudaryodan suv olinishi daryoning quyi oqimida

joylashgan

O‘zbekiston

hududlaridagi

vaziyatni

yana-da

murakkablashtirishi mumkin. Orol dengizi suv sathining pasayishi natijasida

Orolbo‘yi hududlarida yashovchi aholining turmush sharoiti yana-da yomonlashadi

va turli xil kasalliklarning yuzaga kelishi ehtimolini oshiradi. Ba’zi mahalliy daromad

manbalari xususan, baliqchilik, qisqa muddatli turizm kabi sohalar katta zarar

ko‘rishi mumkin. Natijada ushbu hududlarda emmigratsiya kuchayishi mumkin.

Amudaryo suvining kamayishi esa ushbu muammolarni yana-da kuchaytiradi.

Qurilishni yakunlash davri haqida gapirilganda, Afg‘onistonning sobiq

mehnat vaziri Bashir Ahmed Tolibon ma'lumotlariga asoslanib, kanal qurilishida

taxminan kecha-yu kunduz 6 mingga yaqin odam ishlayotganini ta'kidlaydi [8].


background image

62

Uning fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda zamonaviy texnik uskunalar yetishmasligi va

asosiy ishlarni malakasiz ishchilar bajarishi tufayli kanal loyihasining bitishi 2028

yilda ham yakunlanmasligi mumkin.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, Tolibon bayonotlariga

qaramasdan, Qo'shtepa kanalining qurib bitirilishi va ishga tushirilishi Tolibon

hukumati uchun xalqaro miqyosda tan olinish uchun bosim o‘tkazuvchi bir vosita

bo‘lishi ehtimoli ham mavjud.

Shunday ekan, kanal qurib bitirilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan

muammolarni xususan demografik oqibatlar va irrigatsiya muammolarini

minimallashtirish va bartaraf etish uchun, O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlar bilan

o‘zaro yordam va hamkorlikka asoslangan izchil harakatlar strategiyasini ishlab

chiqishlari maqsadga muvofiq.

Shuningdek, kelajakda suv tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan

to‘qnashuvlarining oldini olish uchun Afg‘oniston xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi

va Amudaryo suvlaridan foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama

shartnomalarni imzolashi muhim. Buning uchun esa, mamlakatda tinchlikka erishish

jarayonini tezlashtirish va jahon hamjamiyatining Afg‘oniston muammosiga nisbatan

e’tiborini jalb qilish zarur hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.

«Узбекистану грозит водная катастрофа из-за афганского проекта»

//

10.04.2023

URL:

https://365info.kz/2023/04/uzbekistanu-grozit-

vodnaya-

katastrofa-iz-za-afganskogo-proekta-obzor-smi

2.

«

Work on Second Phase of Qosh Tepa Canal Starts

» // TOLO

News 11.20.2023 URL:

https://tolonews.com/afghanistan-185493#google vignette

3.

«Afghanistan is building an enormous canal to draw water from

Amudarya River. This may affect water availability situation in Central Asia» //

News Central

Asia 20.02.2023

URL:

https://www.newscentralasia.net/2023/02/20/afghanistan-is-building-

an-

enormous-canal-to-draw-water-from-amudarya-river-this-may-affect-

water-

availability-situation-in-central-asia/

4.

«Uzbekistan pursues mediation with Afghanistan over Qosh

Tepa

canal»//Eurasianet 19.10.2023

URL:

https://eurasianet.org/uzbekistan-

pursues-mediation-with-afghanistan- over-qosh-tepa-canal


background image

63

5.

«Uzbekistan concerns as Qo’shtepa Canal alters Central Asian water

regime»

//

Khaama

Press

16.09.2023

URL:

https://www.khaama.com/uzbekistan-concerned-as-qoshtepa-canal- alters-

central-asian-water-regime/

6.

«Талибы рою гигантский канал и провоцируют соседей» //

06.11.2023

URL:

https://stanradar.com/news/full/53664-taliby-rojut-

gigantskij-kanal-i-provotsirujut-sosedej.html

7.

«A lot of work for diplomats in Central Asia as the Taliban build

huge

canal»

//

The

Third

Pole

18.05.2023

URL:

https://www.thethirdpole.net/en/regional-cooperation/a-lot-of-work-for-

diplomats-as-taliban-build-qosh-tepa-canal/

8.

Мирхамидова, Махиннора. "Развитие дипломатических отношений и

правовых основ сотрудничества между республикой Узбекистан и Арабскими
странами персидского залива." in Library 21.3 (2021): 108-114.

Библиографические ссылки

«Узбекистану грозит водная катастрофа из-за афганского проекта»// 10.04.2023 URL:https://365info.kz/2023/04/uzbekistanu-grozit- vodnaya-katastrofa-iz-za-afganskogo proekta-obzor-smi

«Work on Second Phase of Qosh Tepa Canal Starts» // TOLO News 11.20.2023 URL:https://tolonews.com/afghanistan-185493#google vignette

«Afghanistan is building an enormous canal to draw water from Amudarya River. This may affect water availability situation in Central Asia» // News Central Asia 20.02.2023 URL:https://www.newscentralasia.net/2023/02/20/afghanistan-is-building-an-enormous-canal-to-draw-water-from-amudarya-river-this-may-affect-water-availability-situation-in central-asia/

«Uzbekistan pursues mediation with Afghanistan over Qosh Tepa canal»//Eurasianet 19.10.2023 URL:https://eurasianet.org/uzbekistan-pursues-mediation-with-afghanistan- over-gosh-tepa-canal

«Uzbekistan concerns as Qo’shtepa Canal alters Central Asian water regime» // Khaama Press 16.09.2023 URL:https://www.khaama.com/uzbekistan-concerned-as-qoshtepa canal- alters-central-asian-water-reqime/

«Талибы рою гигантский канал и провоцируют соседей» // 06.11.2023 URL: https://stanradar.com/news/full/53664-taliby-roiut-qiqantskij-kanal-i-provotsirujut-sosedei.html

«А lot of work for diplomats in Central Asia as the Taliban build huge canal» // The Third Pole 18.05.2023 URL:https://www.thethirdpole.net/en/reqional-cooperation/a-lot-of work-for-diplomats-as-taliban-build-qosh-tepa-canal/

Мирхамидова, Махиннора. "Развитие дипломатических отношений и правовых основ сотрудничества между республикой Узбекистан и Арабскими странами персидского залива." in Library 21.3 (2021): 108-114.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов