Mualliflar

  • Isaqova Gulshodaxon Yunusali qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103297

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: sogʼlom turmush tarzi salomatlik tasavvurlar oila psixologiyasi jismonan sogʼlom aqlan barkamol ijtimoiy muhit sog‘lom psixologik muhit.

Annotasiya

Annotatsiya:  Maqolada  oilada  sog‘lom  turmush  tarzini  rivojlantirishda 
sog‘lom  psixologik  muhitning  ijtimoiy  psixologik  ahamiyati  tahlil  qilinadi. 
Shuningdek,  maqolada  oilada  sog‘lom  muhitning  shakllanishida  er  va  xotin 
munosabatlarining psixologik jihatdan himoya mexanizmlari o‘rganilgan..  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

124

ISSN:3030-3613

SOG‘LOM TURMUSH TARZINING OILAVIY MUHITGA

PSIXOLOGIK TA’SIRI

Isaqova Gulshodaxon Yunusali qizi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani

52-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Maqolada oilada sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda

sog‘lom psixologik muhitning ijtimoiy psixologik ahamiyati tahlil qilinadi.
Shuningdek, maqolada oilada sog‘lom muhitning shakllanishida er va xotin
munosabatlarining psixologik jihatdan himoya mexanizmlari o‘rganilgan..

Kalit so‘zlar:

sogʼlom turmush tarzi, salomatlik, tasavvurlar, oila psixologiyasi,

jismonan sogʼlom, aqlan barkamol, ijtimoiy muhit, sog‘lom psixologik muhit.

KIRISH

Sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish hozirgi kuning dolzarb masalalaridan biri

hisoblanadi. Jamiyatning eng kichik bo‘gini bo‘lmish oilada sog‘lom turmush tarzini
rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Ammo oilada sog‘lom turmush tarzini
rivojlantirishda ma’lum bir to‘siqlarga duch kelmoqdamiz. Zararli odatlarning
kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib qolganligi bunga yaqqol misol bo‘la
oladi. Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun Prezidentimizning “Sog‘lom turmush
tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmonida: “Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli
odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish
tamoyillariga rioya qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan
hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol
qilmaslikni, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga
aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda

sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir
fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli
odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va
reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali
tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish
maqsadida:

1. Quyidagilar Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy

sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

125

ISSN:3030-3613

tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish; ommaviy
sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida

sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;

aholi turli guruhlarining

sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-
sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli
taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli
odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish
yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot
etishni kamaytirish; aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib
qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz
kechish; sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar,
maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining
ajralmas qismi sifatida targ‘ib qilish;

Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim

muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini
shakllantirish.”[1] Hozirgi kunda zararli odatlarning oilaning psixologik tomondan
rivojlanishiga qanchalik ta’sir etishi masalasida juda ko‘plab izlanishlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu izlanishlar shuni ko‘rsatadi, oilalardagi sog‘lom turmush tarziga
rioya qilmaslik yoki ushbu muammoning jadallashib borishi asosan oiladagi er-xotin
o‘rtasidagi psixologik muhitning buzilganligidan ham kelib chiqmoqda.

Oilaviy munasabatlarning asosiy mazmun mohiyatini tibbiyot psixologiyasi va

sog‘lom turmush tarzi asoslarida atroflicha fikr yuritilgan bo‘lib, ... G. Selyening strees
va adaptatsiya sindromi haqidagi, Z. Freydning psixosomatik tibbiyot va psixoanalitik
ta‘limotlarga, shuningdek, salomatlikka nisbatan neogippokratik qarash, ... rivojlanib
bormoqda.

Oilaviy munosabatlarning me‘yoriy sog‘lom munosabatlarning o‘rnatilishi

himoya mexanizmlariga bog‘liq. Himoya mexanizmi - bu shaxsdagi psixik
buzilishining oldini olish vositasi. Biroq, himoya mexanizmlari bir xil emas. Bir
tomondan ular barqarorlashadi, ya'ni odamning o'zi bilan munosabatlarini o'rnatadi,
boshqa tomondan tashqi dunyo bilan munosabatlarni buzishi mumkin.

Mudofaa mexanizmlari - bu psixologik strategiyalar bo'lib, ular yordamida odam

umidsizlik, ziddiyat, xavotir va stress kabi salbiy holatlarning oldini oladi yoki
kamaytiradi. Oila va undagi munosabatlar hamisha tashqi psixologik ta‘sirida bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda oilalarda sog‘lom psixologik muhit yaratishda quyidagi psixologik
himoya choralarini ko‘rishimiz mumkin:

-

sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik orqali tashkil qilish;

-

boy tarixiy an‘analarimiz, qadriyatlarimizga asoslangan milliy tarbiyaviy;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

126

ISSN:3030-3613

-

intellektual avlodni tarbiyalashda internet madaniyatni, axborot iste‘moli

madaniyatini oilaviy munosabatlarda;

-

psixogigyena, nazorat orqali;

-

yoshlarni axborot-psixologik immunitetini rivojlantirish.

Shaxsning salbiy his-tuyg'ulari bilan kurashish va shaxsning o'zini o'zi

qadrlashini saqlab qolishi oilada sog‘lom muhitning paydo bo‘lishida juda muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.

Oilaviy farovonlik omillarini tahlil qilish turli jins, yosh, ijtimoiy va kasbiy

mansublikdagi odamlarning psixologik omillarning to'liq ro'yxatini tanlashga urinish
muvaffaqiyatsiz bo'lishi mumkinligiga olib keladi.

Shu sababli, biz oilaviy farovonlikning eng muhim omillarini quyida sanab

o‘tishimiz mumkin:

1.

Er-xotinlarning (umuman oila a'zolari) psixologik muvofiqligi;

2.

Oilani yaratadigan odamlar ehtiyojlar majmuasini qondirishga intilishadi

Nikohdagi muvaffaqiyatsizlik ko'p jihatdan sherik tanlashda xatolar bilan

belgilanadi: tanlangan kishi aslida shaxsiy xususiyatlarga ega emas yoki uning
psixofiziologik xususiyatlari, qarashlari va qadriyatlarining uyg'unligi. Er va xotinning
tarbiyaning turli siyosiy, madaniy, psixologik qarashlarini aks ettiruvchi biologik va
axloqiy omillar nuqtai nazaridan bir-biriga mos kelishi, juda muhimdir.

Oiladagi sog‘lom munosabatlarda shaxsning qoniqish darjasiga ham bog‘liqdir

va bu muayyan darajada oilaning vazifalari bajarilishiga bog‘liq.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida bugungi zamon oilasining asosiy

vazifalari qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

-

Iqtisodiy,

-

Reproduktiv,

-

Tarbiyaviy,

-

Rekreativ,

-

Kommunikativ, - Regulyativ (boshqaruv), -

Felitsitologik kabilar.

Oilaviy munosabatlarning teng va o‘zaro tushunishga asoslangan holda olib

borilishi yosh avlodga to‘g‘ri samarali yetkazib berish qiyinchiliklar uchrab turibdi.
“Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12-13 yoshlarida jinsiy
balog‘atga yetadilar va aksariyat hollarda oradan 7-8 yil o‘tgandan so‘ng, ya‘ni qizlar
19-20 yoshda, yigitlar esa 21-22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda esa ular na iqtisodiy
jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor
bo‘ladilar.”

XULOSA

Xulosa qilib aytganda oilada sog‘lom psixologik muhitning yaratilishi, sog‘lom

turmush tarzini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom psixologik muhit


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_3-to’plam_Iyun-2025

127

ISSN:3030-3613

er va xotin o‘rtasidagi psixologik jihatdan yetilganlik hamda ijtimoiy jihatdan tayyorlik
asosida shakllanadi.

Sog‘lom turmush tarzining oilaviy muhitga ta’siri ham katta hisoblanadi. Chunki

har bir oila a’zosi sog‘lom turmush tarziga rioya qilsa, to‘g‘ri ovqalansa, sport bilan
shug‘ullansa ushbu jarayonlar ularda psixosomatik o‘zarishlarni keltirib chiqaradi.
Ya’ni ularning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi mental psixologik holatini
yaxshilaydi. Sog‘lom turmush tarzi oilaviy muhitning ijtimoiy psixologik jihatdan
o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazadi. Sog‘lom munosabatlar sog‘lom turmush tarzidan
boshlanadi. Ushbu holatlar oiladagi ijtimoiy psixologik jarayonlarga katta ta’sir
o‘tkazadi. Oilada sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda sog‘lom psixologik
muhitning ijtimoiy psixologik ahamiyati ushbu jarayonlarning sinxron ravishda tashkil
qilnganligiga bog‘liq hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2020 yildagi PF-6099son,

2.

“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada
rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”

3.

R. Arziqulov. Sog‘lom turmush tarzi asoslari ( Valeologiya) - O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi, Toshkent-2009;

4.

G.B. Shoumarov, I.O. Haydarov, N.A. Sog‘inov; G‘.B. Oila psixologiyasi: Akad.
litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darslik Т.: «Sharq», 2015. 296 b.;

5.

V.M.Karimova. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari
uchun // Muallif: - T.: -Fan va texnologiya, 2008. - 170 b.;

6.

https://yuz.uz/uz/news/mamlakatimiz-uchun-bitta-ajrim-ham-kop

7.

Abdurazzoqov , N., and M. Abdujalilov. “Soglom Oilaviy Munosabatlar Psixologik
Himoya Sifatida”. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari
Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, vol. 1, no. 1, May 2022,
pp. 476-8, https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5198.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2020 yildagi PF-6099son,

“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada

rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”

R. Arziqulov. Sog‘lom turmush tarzi asoslari ( Valeologiya) - O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, Toshkent-2009;

G.B. Shoumarov, I.O. Haydarov, N.A. Sog‘inov; G‘.B. Oila psixologiyasi: Akad.

litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darslik Т.: «Sharq», 2015. 296 b.;

V.M.Karimova. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari

uchun // Muallif: - T.: -Fan va texnologiya, 2008. - 170 b.;

Abdurazzoqov , N., and M. Abdujalilov. “Soglom Oilaviy Munosabatlar Psixologik

Himoya Sifatida”. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari

Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, vol. 1, no. 1, May 2022,