T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
185
ISSN:3030-3613
IQLIM O‘ZGARISHI: TABIAT VA INSONIYAT MUAMMOSI
Alfraganus unversiteti tibbiyot
fakulteti 2-kurs talabasi
Bahodirova Mohichehra
Yusupova Sevinch
Annotatsiya:
iqlim o‘zgarishi bugungi kundan butun dunyo ahlosini tashvishga
solayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. Bu nafaqat tabiat, balki inson
salomatligi, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va hayot tarziga bevosita tasir qilmoqda.
Kalit so‘zlar
: iqlim, dunyo, qishloq xo‘jaligi, tabiat, suv, issiqlik, kasalliklar,
aholi.
Kirish:
Iqlim o‘zgarishi — bu nafaqat tabiat, balki insoniyatning ham kelajagi
uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Bugungi kunda iqlimning tez o‘zgarishi, global isish,
to‘fonlar, qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy ofatlar bizni kuzatmoqda. Bu o‘zgarishlarning
tabiatga va inson salomatligiga ta’siri kundan-kunga aniqroqqa aylanib bormoqda.
Iqlim o‘zgarishining sabablarini tushunish:
Iqlim o‘zgarishining asosiy sabablaridan biri insoniyatning harakatlaridir.
Quyidagi omillar iqlim o‘zgarishiga olib kelmoqda:
1.Ko‘mirdan foydalanish: Energiya ishlab chiqarish uchun ko‘mir va boshqa fosil
yoqilg‘ilarining yondirilishi atmosferaga karbonat angidrid (CO2) va boshqa gazlarni
chiqaradi. Bu gazlar atmosferada to‘planib, issiqlikni ushlab qoladi va global isishni
keltirib chiqaradi.
2.Sanitariya va qishloq xo‘jaligi amaliyotlari: O‘rmonlarning kesilishi va qishloq
xo‘jaligi uchun yerlarning kengaytirilishi, ayniqsa, issiqxona gazlarini ko‘paytiradi.
Shuningdek, hayvonlarni boqish uchun kerakli ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarishda
ko‘p miqdorda metan chiqariladi, bu ham iqlimga ta’sir qiladi.
3.Sanoat rivojlanishi: Yirik sanoat korxonalari ko‘plab ifloslantiruvchi moddalarni
havoga chiqarib, iqlim o‘zgarishiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, avtomobillar va
transport vositalari ham atmosfega karbonat angidrid gazini chiqaradi.
Iqlim o‘zgarishining tabiatga ta’siri:
Iqlim o‘zgarishi tabiatni jiddiy tarzda ta’sirlamoqda:
1.Qurg‘oqchilik va suv taqchilligi: Iqlimning o‘zgarishi suv resurslarini kamaytiradi,
bu esa qurg‘oqchilik va suvning ifloslanishiga olib keladi. Ayrim mintaqalarda suv
ta’minoti, jumladan ichimlik suvi, jiddiy ta’sir ko‘rmoqda.
2.O‘rmonlarning yo‘qolishi: Iqlimning o‘zgarishi va inson faoliyati natijasida
o‘rmonlar qisqarishi davom etmoqda. Bu esa hayvonot dunyosining mavjudligini xavf
ostiga qo‘ymoqda va karbonat angidrid gazini ushlab turish imkoniyatini kamaytiradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
186
ISSN:3030-3613
3.Ekosistemalar va biodiversitet: Ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari iqlim o‘zgarishiga
moslasha olmayapti. O‘simliklar va hayvonlar o‘zlarining yashash muhitlarini
yo‘qotmoqda yoki migratsiya qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa turli xil
ekosistemalarni buzadi.
4.To‘fonlar va yong‘inlar: Issiqlik to‘lqinlari, kuchli yomg‘irlar va boshqa tabiiy
ofatlar ko‘paymoqda. Bular ekologik muammolarni kuchaytiradi va insoniyat uchun
katta xavf tug‘diradi.
Iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga ta’siri:
Iqlim o‘zgarishi inson salomatligiga ham ta’sir qiladi:
Nafas olish tizimi kasalliklari: Havo ifloslanishi va issiq to‘lqinlar astma, bronxit va
boshqa nafas olish tizimi kasalliklarini kuchaytiradi.
1.
Yuqumli kasalliklar: Iqlimning o‘zgarishi orqali yangi kasalliklar, masalan,
malyariya va deng kabi kasalliklar yangi hududlarga tarqalmoqda. Issiq va nam
sharoitlar insektlar va patogenlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.
2.
Psixologik salomatlik: Iqlim o‘zgarishiga bog‘liq tabiiy ofatlar, masalan,
toshqinlar, yong‘inlar yoki qurg‘oqchiliklar, odamlarning psixologik holatini
yomonlashtiradi, stress, depressiya va xavotirning ko‘payishiga olib keladi.
3.
Oziq-ovqat xavfi: Iqlim o‘zgarishi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
kamayishi va qashshoqlikning oshishi natijasida oziq-ovqat xavfi ko‘payadi. Bu
oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha yangi muammolarni keltirib chiqaradi.
Iqlim o‘zgarishini oldini olish va uning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi
choralarni ko‘rish zarur:
Yashil energiyaga o‘tish:
Yashil energiya manbalaridan foydalanish: Quyosh, shamol, geotermal va
gidroenergiya kabi toza energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish zarur. Bu
fosil yoqilg‘ilarga, ayniqsa ko‘mir va neftga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytiradi, natijada
karbonat angidrid gazining atmosferaga chiqarilishi kamayadi.
Energiya samaradorligini oshirish: Uydagi energiya sarfini kamaytirish va energiya
samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni, masalan, energiya
tejovchi lampalar, izolyatsiya materiallari, elektr transport vositalarini qo‘llash kerak.
Tabiatni muhofaza qilish:
O‘rmonlarni himoya qilish va tiklash: O‘rmonlar nafaqat karbonat angidridni
ushlab turish, balki turli ekosistemalar va hayvonot dunyosini qo‘llab-quvvatlash
uchun ham muhimdir. O‘rmonlarni kesishning oldini olish va yangi o‘rmonlarni ekish
zarur.
Biodiversitetni saqlash: O‘simlik va hayvon turlarining yo‘qolishini oldini olish uchun
biodiversitetni saqlashga qaratilgan choralarga rioya qilish lozim. O‘rmonlar va boshqa
tabiiy hududlarni himoya qilish, ularda yovvoyi tabiatni qo‘llab-quvvatlash kerak.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
187
ISSN:3030-3613
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish: Barqaror qishloq xo‘jaligi
amaliyotlari: Oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun ekologik toza va barqaror qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish zarur. Pestitsidlar va o‘g‘itlardan haddan tashqari foydalanish,
qishloq xo‘jaligi jarayonlaridan keladigan chiqindilarni kamaytirish muhim.
Oziq-ovqatni tejash: Oziq-ovqatni isrofgarchilik bilan sarflamaslik, chakana
savdolar orqali ularning isrof bo‘lishining oldini olish kerak. Oziq-ovqatni samarali
taqsimlash va iste’mol qilish iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda yordam beradi.
Transport tizimini takomillashtirish:
Elektr transporti: Avtomobillar va boshqa transport vositalarini elektr energiyasi
bilan ishlaydigan vositalarga almashtirish, shuningdek, transport tarmoqlarini yanada
samarali va ekologik toza qilish zarur.
Jamoat transportiga o‘tish: Jamoat transportini rivojlantirish va shaxsiy
transportni kamaytirish orqali, yo‘l-transport tarmog‘ida chiqindilarni kamaytirish
mumkin.
Qurilish va shaharsozlik: Barqaror shaharsozlik: Yashash joylarida energiya
tejash va tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi uchun energiya samarali qurilish texnologiyalarini
qo‘llash lozim. Yashil inshootlar, ya’ni quyosh panellari va yomg‘ir suvini yig‘ish
tizimlari, ekologik qurilish materiallari ishlatilishi kerak.
Havo sifatini yaxshilash: Shaharlar va sanoat hududlaridagi havoni tozalash
uchun zarur texnologiyalarni joriy qilish muhim.
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar:
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar: Iqlim o‘zgarishini tushunish va
uning oldini olish uchun ko‘proq ilmiy izlanishlar olib borish, yangi texnologiyalarni
ishlab chiqish kerak. Bunga yangi energiya manbalarini topish, atmosferaga zararli
gazlarning chiqishini kamaytirish texnologiyalarini yaratish kiradi.
Innovatsion yechimlar: Karbonat angidridni ushlab qolish va saqlash
texnologiyalarini ishlab chiqish, bug‘lanishni kamaytirish, samarali ishlab chiqarish
texnologiyalarini ishlab chiqish zarur.
Xalqaro hamkorlik:Parij kelishuvi va xalqaro majburiyatlar: Iqlim o‘zgarishi
global muammo bo‘lib, uni bartaraf etish uchun barcha mamlakatlar hamkorlikda
ishlashlari kerak. Bunga Parij kelishuviga rioya qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi
kurashish uchun birgalikda harakat qilish va global miqyosda harakat qilish kiradi.
Keng jamoatchilikni jalb qilish: Iqlim o‘zgarishi masalasida jamoatchilikni
xabardor qilish, ta’lim va targ‘ibot orqali odamlarni toza energiya, atrof-muhitni
himoya qilish, tabiiy resurslarni tejash kabi masalalarda faol qatnashishga undash
zarur.
Chora-tadbirlarni amalga oshirish:Soliq imtiyozlari va rag‘batlar: Ekologik toza
texnologiyalarni rivojlantirish uchun davlatlar tomonidan moliyaviy rag‘batlar va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
188
ISSN:3030-3613
soliqlarni kamaytirish choralarini ko‘rish zarur. Yashil texnologiyalarni ishlab chiqish
va qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining bir qismi bo‘lishi kerak.
Bugun iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammo ekani jahon
hamjamiyati tomonidan tan olingan. Iqlim o‘zgarishi inson hayotining barcha
sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish
hamda yangi hayot sharoitlariga moslashish bo‘yicha kechiktirilmaydigan choralar
ko‘rishni talab etmoqda.
Zamonaviy ilm-fan insonning avvalambor qazib olinadigan yoqilg‘ini yondirish
natijasida issiqxona gazlarining chiqarilishi bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyati iqlimga
sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini tasdiqlovchi jiddiy asoslar taqdim qilmoqda.
O‘zbekistonda 1880 yildan to hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davrda o‘rtacha yillik
harorat 1,6 daraja (13, 2 dan 14,8 °S gacha) oshdi, bu global miqyosda kuzatilayotgan
o‘rtacha sur’atlardan yuqoridir. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra 2030-2050
yillarda mintaqada havo harorati yana 1,5-3°Sga ko‘tarilishi mumkin. Havo
haroratining ayniqsa Orolbo‘yida ko‘tarilishi kutilmoqda, bu esa mahalliy iqlim
o‘zgarishlari bilan yanada og‘irlashadi.
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlari ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lgan
mamlakatlar qatoriga kiradi. Ekspertlarning baholariga ko‘ra atmosferada issiqxona
gazlari konsentratsiyasining bundan keyin ham ortishi, qurg‘oqchilik natijasida suv va
oziq-ovqat tanqisligi xavfini ko‘payishiga, issiq mavsum davomiyligi va
qizg‘inligining oshishi tufayli aholi sonining ortishiga, shuningdek sellar, toshqinlar va
boshqa xavfli hodisalarning takrorlanishiga olib keladi. Undan tashqari, bunday ilish
ekotizimlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, va Orolbo‘yi, Qoraqalpog‘iston,
Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning
keskinlashuviga olib keladi.
2017 yil 19 aprelda O‘zbekiston Parij bitimini imzoladi, 2018 yil 2 noyabrda
ratifikatsiya qildi. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-491-son “Parij bitimini
ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 2018 yil 2 oktabrda qabul qilindi. Bitim
O‘zbekiston uchun 2018 yil 9 dekabrda kuchga kirdi.
Parij bitimining maqsadi – IO‘DK amalga oshirilishini faollashtirish, global
o‘rtacha haroratning industriallashtirishgacha (1750y.) bo‘lgan darajaga nisbatan 2°S
ga saqlab turish hamda haroratning 1,5°S gacha o‘sishini cheklashga harakat qilishdan
iborat, bu 2050 yilga kelib iqlim o‘zgarishi global ajratmalarini 40-70%ga
kamaytirishni va 2100 yilga kelib uning 0 yoki manfiy ko‘rsatkichga yetkazishni talab
etadi.
Parij bitimi bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy majburiyati – 2030 yilga qadar
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini
2010 yildagi darajadan 10%ga qisqartirish.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
189
ISSN:3030-3613
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-sonli
qaroriga muvofiq, O‘zgidromet tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan
hamkorlikda tayorlangan “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining
«Yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” tasdiqlandi va ushbu Strategiyani ilgari
surish va joriy etish bo‘yicha Idoralararo kengash tuzildi. Ushbu Strategiyaning
Harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)ga muvofiq, har bir vazirlik va idoralarga iqlim
o‘zgarishini yumshatish yoki unga moslashish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” va “Davlat-
xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni tezlashtirish
(quyosh va shamol elekr stansiyalarni qurish) uchun huquqiy va me’yoriy asos yaratdi.
Xulosa:
Iqlim o‘zgarishi tabiat va inson hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatni
va insoniyatni himoya qilish uchun global miqyosda hamkorlik zarur. Insoniyatning
atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish va iqlim o‘zgarishini nazorat qilish,
kelajakdagi insonlar va ekosistemalar uchun muhimdir. Yashil energiya manbalariga
o‘tish, o‘rmonlarni himoya qilish, suv resurslarini tejash kabi choralar global iqlim
o‘zgarishini yengillashtirishda yordam beradi.
Iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun faqat davlatlar va hukumatlar emas, balki
har bir inson ham o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Yashil energiyaga o‘tish, tabiatni
himoya qilish, ekologik barqaror amaliyotlarni qo‘llash orqali, biz iqlim o‘zgarishining
salbiy ta’sirlarini kamaytirishimiz mumkin. Har birimizning kichik harakatlarimiz ham
global o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Intergovernmental Panel on Climate Change (IPCC). Climate Change 2021: The
Physical Science Basis. Geneva, Switzerland, 2021.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi rasmiy sayti:
3.
United Nations Framework Convention on Climate Change (UNFCCC). The Paris
Agreement, 2015.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4477-sonli
Qarori.
5.
O‘zbekiston Respublikasining “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi (2019–
2030)” hujjati.
6.
National
Geographic.
Climate
Change
Effects.
https://www.nationalgeographic.com/environment
7.
BBC Future Planet. Climate change and health impacts, 2022.
8.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). Climate change and health, 2021