Authors

  • Muxiddinova Yulduz Rustam qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119111

Keywords:

Kalit so‘zlar: tinish belgilar boshlang‘ich sinf yozma nutq imlo metodika o‘qituvchi mashq.

Abstract

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  tinish 
belgilarini  o‘rgatishning  ahamiyati,  dars  jarayonida  ulardan  to‘g‘ri  foydalanish 
ko‘nikmasini  shakllantirishga  doir  metodik  yondashuvlar  yoritilgan.  Tinish 
belgilarining o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishdagi o‘rni, ularga oid mashq 
va  topshiriqlarni  tashkil  etishning  samarali  usullari  tahlil  qilinadi.  Maqolada 
shuningdek, o‘qituvchining bu boradagi roli va pedagogik yondashuvlari haqida fikr 
yuritiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

134

ISSN:3030-3613

UDK:

000.000.00:000

ORCID:

61507057350012

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI ISHLATILISHI

USE OF PUNCTUATION MARKS IN ELEMENTARY GRADES

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЗНАКОВ ПРЕПИНАНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССАХ

Muxiddinova Yulduz Rustam qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Ellikqala pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim

yo’nalishi 3- bosqich talabasi

Elektron pochta manzil:

ymuxiddinova12@gmail.com

Tel: +998 88 650 55 80


Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tinish

belgilarini o‘rgatishning ahamiyati, dars jarayonida ulardan to‘g‘ri foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirishga doir metodik yondashuvlar yoritilgan. Tinish
belgilarining o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishdagi o‘rni, ularga oid mashq
va topshiriqlarni tashkil etishning samarali usullari tahlil qilinadi. Maqolada
shuningdek, o‘qituvchining bu boradagi roli va pedagogik yondashuvlari haqida fikr
yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

tinish belgilar, boshlang‘ich sinf, yozma nutq, imlo, metodika,

o‘qituvchi, mashq.

Аннотация:

В статье рассматривается значение обучения учащихся

начальных классов правилам постановки знаков препинания, а также
методические подходы к формированию навыков правильного их использования
на уроках. Анализируется роль пунктуации в развитии письменной речи
учащихся и приводятся эффективные способы организации упражнений и
заданий. Особое внимание уделяется роли учителя и его педагогическим
подходам в этом процессе.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

135

ISSN:3030-3613

Ключевые слова:

знаки препинания, начальные классы, письменная

речь, орфография, методика, учитель, упражнения.

Abstract:

This article explores the importance of teaching punctuation to

primary school students and discusses methodological approaches to developing the
correct use of punctuation marks during lessons. It analyzes the role of punctuation in
enhancing students’ writing skills and presents effective strategies for organizing
exercises and assignments. The article also highlights the teacher’s role and
pedagogical approaches in this process.

Keywords:

punctuation marks, primary grades, written speech, spelling,

methodology, teacher, exercises.

KIRISH

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga tinish belgilarini ishlatishni

o‘rgatish,ularni yozuv va o‘qish jarayonida mustahkam qilishning asosiy qadamlaridan
biridir. Boshlang‘ich sinflarda ona tili fani yetakchi rol o‘ynaydi. Ona tilini o‘rganish
orqali o‘quvchilar fan asoslarini ongli o‘zlashtira oladilar. Fikr doiralarini kengaytirib,
bilish qobiliyatlarini va mustaqil ishlash malakalarini egallaydilar. Tinish belgilarida
ma’lumotlarni mustahkamlash, o‘z fikrlarni ifodalash, yozuv orqali ifodalashga
o‘rgatiladi.Tinish belgilarini qanday qoʼyishni boshlang‘ich sinflarda asosan
o‘rgatiladi. Boshlang‘ich ta’limda bilimlarni puxta egallasa,tinish belgilarini qoʼyishni
oʼrgatish bu boʼyicha koʼnikmalarni paydo etish ahamiyatidan biri hisoblanadi.
Sababi,tinish belgilarni oʼrgatish orqali ularning intonatsiya jihatidan tóğri
gapirish,toʼg‘ri yozish ko‘nikmalarini rivojlanadi. Muayyan milliy til grafikasi
(yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan
iborat. Punktuatsiya tarixi, punktuatsion tizimning paydo bo‘lishi, tinish belgilarining
soni turli tillarda turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, punktuatsion tizim hozirgi maʼno
va ko‘rinishda g‘arbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-
asrda, Oʼzbek yozuvida esa 19-asrning 2-yarmida paydo bo‘lgan. Yoki ingliz tili
punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12
ta bo‘lsa, hozirgi o‘zbek Punktuatsiya quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul,
ikki nuqta, ko‘p nuqta, nuqta, nuqtali vergul, so‘roq belgisi, tire, undov belgisi, qavs,
qo‘shtirnoq. Punktuatsiyaning qo‘llanishida ham tillararo tafovut bo‘lishi mumkin,
Masalan, ispan tilida so‘roq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qo‘yiladi.[
Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir, 2009]

Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni

to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini
taʼminlashda muhim vositadir. O‘z navbatida, muayyan tildagi Punktuatsiya
anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida taniqli yozuvchilarning ijodi
hamda tinish belgilarining qo‘llanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

136

ISSN:3030-3613

tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Yozma nutq bexato va
chiroyli bo‘lishi bilan birga, harf va so‘zlarning ma’lum qonuniyat asosida o‘zaro
birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar: xatboshi (abzas), bo‘lim, bob kabilar orqali
voqelanadi.

Punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig‘indisidir.

“Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri
sanaladi”. Boshlang‘ich sinflarda to‘rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so‘roq, undov
belgisi hamda uyushiq bo‘lakli gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar
o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladigan tinish belgilari kam bo‘lishiga
qaramay, o‘qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi
zarur.[ "Оna tili darsliklari"1- 4-sinf. Т.: “o‘qituvchi” 2018-2020.]

Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos

bir-biriga o‘zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo‘yishda, avvalo, bayon
etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning
qurilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarga tinish belgilarining
qo‘llanilishini o‘rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo‘llashni belgilaydigan
semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tinish
belgilari bilan tanishtirishda o‘qituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va
o‘rnini ko‘rsatadi. Tinish belgisi fikrni to‘g‘ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash
uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda
tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qo‘yilmagan) yaxlit matn
o‘qitiladi; o‘quvchilar bunday matnni o‘qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga
ishonch hosil qiladilar.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tinish belgilarini o‘rgatish, bu bo‘yicha

ko‘nikmalar paydo etish ahamiyatli ishlardan biri. Sababi, tinish belgilarini o‘rgatish
orqali ularning intonatsiya jihatdan tog‘ri gapirish, tog‘ri yozish ko‘nikmalari
rivojlanadi. Bolalar maktabga kelib gap bilan ishlashadi, har bir gapning oxiriga nuqta
qo‘yilishi kerakligi eslatib o‘tiladi. Shuningdek, yozishda birinchi navbatda nuqta bilan
tamomlanadigan so‘zlardan boshlab o‘rgatiladi. Shuning uchun, eng dastlab bolalar
nuqta bilan, undan keyin esa so‘roq belgisi bilan tanishadi. Bu faqat amaliy ishning
jarayonida ko‘rsatilib, gapirganda bir gap ikkinchi gapdan oz pauza bilan bo‘linib
turadiganligi, tovush ozgina pastroq aytilishini o‘qituvchi o‘zi ko‘rsatadi. Yozishda
nuqta belgisi bilan belgilanadi.

Bu gapning tamomlanganini ko‘rsatadi. Bu tayyorlangan tizim bo‘yicha

ko‘rsatiladi va o‘quvchilarning o‘zlariga ayttirib, o‘rgatilib boriladi. O‘qitish
jarayonida o‘quvchilar nuqta, so‘roq belgisi, ko‘p nuqta, vergul, undov belgilari bilan
tanishadi. Sodda bir necha topshiriqlardan keyin ularda ko‘nikma paydo bolib, ularning
ayirmasini tushinib boradi. Tinish belgilari gap qismlarining o‘zaro logik-gramatik
munosabatlarini ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Ona tili


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

137

ISSN:3030-3613

darslarida o‘quvchilarni grammatik tushunchalar bilan tanishtirish jarayonida ularda
to‘g‘ri yozuv malakasi ham shakllantiriladi va imlo qoidasini o‘zlashtirishga asos
solinadi. Imlo qoidalari bir so‘znigina emas, balki umumiylik mavjud bo‘lgan butun
so‘zlar guruhining yozilishini tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat
yozuvchini har bir so‘zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib,
belgilangan me’yorga muvofiq butun so‘zlar guruhini yozish imkonini yaratadi.
Shuning uchun har bir darsda imlo ustida ishlash muxim vazifa sanaladi.

O‘quvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini to‘la singdirish, ularni

tinish belgilarini o‘z o‘rnida ongli ishlatishga o‘rgatish maqsadida sintaktik-
punktuatsion tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli tinish belgilarini
qo‘yish, ta’kidiy eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining ishlatilishini
izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi.

Ona tili darslarida so‘zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, o‘qituvchi 1-sinf

o‘quvchilarini tire va ikki nuqtaning qo‘yilishi bilan amaliy tanishtiradi. O‘qituvchi
aniq misollar bilan sanab ko‘rsatilgan so‘zlardan oldin ikki nuqta qo‘yilishini, har bir
so‘zning vergul bilan ajratilishini ko‘rsatadi. Bunda o‘quvchilar tinish belgining
nomini aytadilar, o‘qituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin foydalana boshlaydilar.
Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi olinadi. Shunday qilib,
o‘qituvchi o‘quvchilarda punktuatsion ziyraklikni o‘stirib boradi.

O‘quvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini to‘la singdirish, ularni

tinish

belgilarini

o‘z

o‘rnida

ongli

ishlatishga

o‘rgatish

maqsadida

sintaktikpunktuatsion tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli tinish
belgilarini qo‘yish, ta’kidiy eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining
ishlatilishini izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi.

Ona tili darslarini o‘qish darslari bilan bog‘lash sintaksis va punktuatsiya

elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilar bu
darslarda sintaksis sohasidagi bilimlariga asoslangan holda ifodali o‘qish, so‘zni aniq
ishlatish, o‘z fikrlarini grammatik to‘g‘ri shakllantirishga o‘rganadilar. Shunday qilib,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari og‘zaki va yozma
nutqda gapdan ongli foydalanishni ta’minlaydi.

Boshlang‘ich sinflarda tinish belgilari mavzusi boshqa mavzular tarkibiga

singdirib yuborilgan. Masalan: “Gap” mavzusida shunday qoida bor: Xabar
mazmunidagi gapning oxiriga nuqta (.) qo‘yiladi. So‘roq mazmunidagi gapning
oxiriga so‘roq bel gisi (?) qo‘yiladi. His-hayajon mazmunidagi gapning oxiriga undov
belgisi (!) qo‘yiladi. “Gap va so‘z” mavzusida “gap” ga berilgan ta’rif bor: “Gapning
birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi.” “O‘qish kitobi”. 4-sinf S.Matchonov va
boshqalar “Yangiyol poligraf servis” T-2020] Gapning oxiriga nuqta (.), so‘roq belgisi
(?) yoki undov belgisi (!) qo‘yiladi. Ko‘rib turganimizdek tinish belgilari “gap”
mavzusi bilan birgalikda tushuntiriladi. Lekin tinish belgilari uchun alohida mavzu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

138

ISSN:3030-3613

bo‘lsa, o‘quvchilar bu mavzuni tushunishlari osonroq bo‘lardi. Tajribadan ma’lumki,
nafaqat o‘quvchilar balki katta yoshdagi insonlar va hatto ba’zi o‘qituvchilar ham
diktant yozganlarida ko‘p holarda orfografik xato emas, punktuatsion xatolarga yo‘l
qo‘yishadi. Tinish belgilari haqidagi mavzuni 1-sinf ona tili darsliklaridan boshlab
berib borilishi maqsadga muvofiqdir.

XULOSA

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozma nutq madaniyatini shakllantirishda

tinish belgilarini o‘rgatish muhim o‘rin tutadi. Tinish belgilarining mazmun va ohangni
to‘g‘ri yetkazishda, fikrni aniq ifodalashda tutgan o‘rni ularni o‘zlashtirishni zarur
qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida mazmunli mashqlar, izchil
yondashuv va o‘quvchining individual xatolarini tahlil qilish orqali tinish belgilarini
to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish mumkin. O‘qituvchining savodxonlik
darslaridagi faol roli, an’anaviy va innovatsion metodlardan kompleks foydalanishi bu
boradagi natijadorlikni ta’minlaydi. Demak, tinish belgilarini o‘rgatish faqat
grammatik ko‘nikma emas, balki o‘quvchining mustaqil fikrlash va muloqot
madaniyatini rivojlantirish vositasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

K. Qosimova Ona tili o’qitish metodikasi Toshkent - 2009

2.

R. Safarova Ona tili o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma “Sharq” nashriyoti
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent – 2016

3.

M.Umarova “Bayonlar to’plami” Toshkent – 1992

4.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. “Barkamol avlod” O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori. T.: SHarq, 1997.

5.

Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi “O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi”, 7-maxsus son. T.: SHarq,
1999.

6.

Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti “Boshl. ta’l.
jurnali”. Toshkent, 2005. №5.

7.

Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi o’quv dasturi “Boshl. ta’l. jurnali.”
Toshkent, 2005. №5.

Muallif haqida ma’lumotlar

Muxiddinova Yulduz Rustam qizi- Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat

pedagogika instituti Ellikqala pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’li yo’nalishi 3-
bosqich talabasi.

ymuxiddinova12@gmail.com

. Tel: +998 88 650 55 80

IMRAD

(Анализ ошибок учащихся при написании высказываний и способы их

устранения : introduction, materials and methods, results and


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

139

ISSN:3030-3613

discussion, Conclusions, Bibliography)

IMRAD

(Ways to analyze and eliminate readers 'mistakes in writing statements:

Введение, Материалы и методы, Результаты и

обсуждение, Выводы, Список литературы)

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

K. Qosimova Ona tili o’qitish metodikasi Toshkent - 2009

R. Safarova Ona tili o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma “Sharq” nashriyoti

matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent – 2016

M.Umarova “Bayonlar to’plami” Toshkent – 1992

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. “Barkamol avlod” O’zbekiston taraqqiyotining

poydevori. T.: SHarq, 1997.

Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi “O’zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi”, 7-maxsus son. T.: SHarq,

Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti “Boshl. ta’l.

jurnali”. Toshkent, 2005. №5.

Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi o’quv dasturi “Boshl. ta’l. jurnali.”

Toshkent, 2005. №5.