T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
111
ISSN:3030-3613
TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARGA O'TISHNING
MUVAFFAQIYATLARI
Shermatova Muazzamxon Qodirjonovna
To‘raqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi
Maxsus fan o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Raqamli axborot texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim
bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimediavositalari, kompyuter tarmoqlari,
Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga
axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari,
ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, bilimlar ombori
kabilar misol bo‘lishi mumkin. Ayni shu jihatdan maqolada ta'lim jarayonida raqamli
texnologiyalarga o'tish va buning istiqbolli jihatlari haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar:
raqamli texnologiyalar, ta'limda raqamlashtitish, internet aloqalari,
zoom platformasi, multimedia vositalari, axborot tizimlari
“XXI asr - axborotlashtirish asri”da ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy
etish, har bir ta’lim muassasasida:
- o‘qitish va o‘qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;
-ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Ta’lim
jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishdan ko'zlangan maqsad ta’lim
jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim
xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning», «flipped classroom»
texnologiyalari bo’yicha ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.
-zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
va
ta’lim
texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash ularning ta’limtarbiya
jarayonida ahamiyati va tinglovchilarda ularni aniq ilmiy nazariy tahlil qilishni vujudga
keltirishga erishish;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim
dasturlarini tashkil etish, uni qo’llanish sohasi hamda moodle tizimida ishlash bo’yicha
ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- Olingan bilim va ko’nikmalari natijasida mutaxassislikka tegishli masalalarni
echish va amaliyotga tadbiq etishga o’rgatish.
O’qitishning tehnik vositalari maxsus didaktik materiallar (axborot
manbalari) va qurilmalar (turli hil apparatlar va mashinalar) majmuidan iborat bo`lib,
o`qitish jarayonida to`g`ri va teskari bog`lanish kanallarini jadal ishlashini ta’minlaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
112
ISSN:3030-3613
Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda o`quvchi va
o`qituvchining mehnat unumdorligini oshirish, ya'ni o`quv-tarbiya jarayonini
jadallashtirish masalasi pedogogika fanining asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda.
Darhaqiqat, fan-tehnikaning rivojlanishi tufayli o`quvchilarga yetkazilishi zarur
bo`lgan axborot miqdori nihoyatda ko`payib bormoqda. Bu axborotni o`quvchilarga
an'anaviy usul va vositalar yordamida etkazib berish esa murakkablashib bormoqda.
Shunga qaramay ko`pgina ilmiy kashfiyot va yangiliklarni ma'lum asbob va apparatlar
vositasida yoritib berish ta'lim jarayonini ancha osonlashtirishi mumkin.
«Raqamlashtirish» so’zi aslida yangi atama bo’lib, innovatsion boshqaruv va ish
yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o’laroq esa
internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo’lgan barcha tizimlarda axborot
texnologiyalarini qo’llashni ko’zda tutadi. ish uchun axborot ishlab chiqarish.
Ta'limda raqamli texnologiyalarga o'tishning muvaffaqiyatlaridan biri sifatida
Zoom platformasidan foydalanish jarayonini aytishimiz mumkin. Zoom ta’lim
oluvchilarga elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar orqali URL manzilini taklif qilish
orqali masofadan onlayn (jonli) yakka yoki guruhli ta’lim olishni ta’minlaydi.
Zoom videomuloqot dasturining imkoniyatlari va afzalliklar:
- onlayn mashg‘ulotlarni guruhli yoki yakka tashkil qilish, xabarlar almashish,
shuningdek mashg‘ulotda bo‘lmagan (ishtirok etmagan) ta’lim oluvchilar uchun
mashg‘ulotlarni yozib olish mashg‘ulot materiallariga havolalar yuborish, chatdagi
variantlar bo‘yicha testlar bajarish;
- namoyish funksiyasi ta’lim beruvchi ekranidagi taqdimotlar, video va boshqa
elementlarni ta’lim oluvchi ekranida ko‘rsatish;
- sharhlash funksiyasi ta’lim oluvchilar e’tiborini ma’lum bir mashqqa jalb qilish
uchun matn, diagramma, rasm qismlarini ajratib ko‘rsatish;
- ekranni almashish imkoniyati, ya’ni sichqoncha boshqaruvini ta’lim oluvchiga
o‘tkazish orqali vazifani qanday tushunganligini ko‘rish va xatolarni o‘z vaqtida
tuzatish;
- interaktiv doska-mavzu bo‘yicha barcha kerakli bo‘lgan
ma’lumotlarni ko‘rsatish;
- mehmonlarni taklif qilish (ekspertlar, xorijiy mutaxassislar va boshqalar);
- videomuloqot jarayonida ishtirokchilarni statistikasini olish va tahlil qilish;
- videomuloqotlar yozuvlarini saqlash; so‘rovnomalar, intervyular o‘tkazish va
ularni onlayn translyatsiya qilish orqali muloqot qilish uchun haqiqiy onlayn muhitni
yaratadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, raqamli texnologiyalarning ta’lim
jarayonlariga joriy etilishi:
- talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
- o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini
chuqur o‘zlashtirilishiga;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
113
ISSN:3030-3613
- o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil
faoliyati sohasining kengayishiga;
- interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitishjarayonini
individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
- sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o‘quv
materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga;
- axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
- o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida
taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi
bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI:
1.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi” Qonuni. 2020 yil 23 sentyabr
O’RQ -637-son .
2.
Virtualnaya realnost kak novaya issledovatelskaya iobrazovatelnaya sreda. serfuz
D.n. i dr. // JURNAL Nauchnoanaliticheskiy jurnal «Vestnik Sankt-Peterburgskogo
universitetaGosudarstvennoy protivopojarnoy slujbы MChS Rossii», 2015.
3.
Ibraymov A.Ye. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi. Metodikqo‘llanma. – T.:
“Lesson press”, 2020.
4.
Ignatova N. Yu. Obrazovanie v sifrovuyu epoxu: monografiya. M-vo obrazovaniya
i
nauki
RF.
–
Nijniy
Tagil:
NTI
(filial)
UrFU,
2017.
http://elar.urfu.ru/bitstream/10995/54216/1/978-5-9544-0083-0_2017.pdf
5.
Oliy ta’lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish konsepsiyasi. Yevropa Ittifoqi
Erasmus+
dasturiningko‘magida.
https://hiedtec.ecs.uni-
ruse.bg/pimages/34/3._UZBEKISTANCONCEPT-UZ.pdf
6.
Emelyanova O. A. Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanish // Yosh olim. -
2014. - № 3.
7.
Moodle LMS tizimida masofaviy kurslar yaratish. O‘quv-uslubiyqo‘llanma. – T.:
Toshkent farmasevtika instituti, 2017.
8.
Tursunov S.Q. Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish vaularni joriy
qilishning metodik asoslari. Monografiya. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2018.