Annotatsiya: Hodisa sodir bo‘lgan joydan raqamli dalillarni qidirib topish,
olish va rasmiylashtirish – zamonaviy huquqiy va kriminalistik faoliyatning muhim
qismlaridan biridir. Ushbu jarayonlar ko‘pincha sud-huquqiy ishlarni tasdiqlash yoki
inkor etishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Raqamli dalillarni olish va ularni
to‘g‘ri rasmiylashtirish huquqiy, texnik va etik jihatlarni o‘z ichiga oladi. Raqamli
dalillarni olishda maxfiylikni ta'minlash, ularning o‘zgartirilmasligini va haqiqiyligini
saqlash zarur. Bunda, huquq-tartibot organlari, ekspertlar va sudlar raqamli
ma'lumotlarni qanday to‘g‘ri va qonuniy tarzda yig‘ish, tahlil qilish va taqdim etish
bo‘yicha ma'lum qoidalarga amal qilishlari kerak. Ushbu annotatsiya raqamli dalillarni
to‘g‘ri olish va rasmiylashtirishning ahamiyatini ochib beradi.