T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
19
ISSN:3030-3613
VIDEOREGISTRATORLAR YORDAMIDA YO‘L TRANSPORT
HODISALARINI TADQIQ QILISH
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Akademiyasi
Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi o’qituvchisi, katta leytenant
Qirg’izboyev Maruf Odiljon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi akademiyasi
2-o‘quv kursi 230-guruh kursanti safdor,
Odiljonov Azizbek Nodirbek o‘g‘li
Annotatsiya:
Bugungi kunda yo‘l transport hodisalarining sodir etilishini
aniqlash, ularni kamaytirish va sabablarini aniqlashda zamonaviy texnologiyalar,
xususan, videoregistratorlar muhim rol o‘ynamoqda. Yo‘l transport hodisalari (YTH)
bilan bog‘liq statistikalar har yili bir necha minglab insonlarning jarohatlanishi va
o‘limiga olib keladi. YTHni tahlil qilish va oldini olishning eng samarali yo‘llaridan
biri videoregistratorlardan foydalanishdir. Videoregistratorlar nafaqat harakat
jarayonlarini yozib olish, balki hodisalarning sabablari, shart-sharoitlar va
haydovchilarning xatti-harakatlarini aniqlashda ham foydalidir.Videoregstratordan
foydalangan holda yo‘llarda transport harakati xavfsizligini oshirishga doir ilmiy
ishlanmalar olib borilishi mumkin.
Tayanch so‘zlar:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi
departamenti Yo‘l harakati xavfsiligi xizmati statistic ma‘lumotlari, “Jismoniy va
yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar
shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar
orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish,
ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”
gi VMQ 747-son, “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan
foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi VMQ 148-son
Аннотация:
Сегодня
современные
технологии,
в
частности
видеорегистраторы, играют важную роль в выявлении, снижении и
установлении причин дорожно-транспортных происшествий. Статистика
дорожно-транспортных происшествий (ДТП) ежегодно приводит к травмам и
гибели нескольких тысяч человек. Одним из наиболее эффективных способов
анализа и предотвращения аварий является использование видеорегистраторов.
Видеорегистраторы полезны не только для фиксации дорожных процессов, но и
для определения причин, условий и поведения водителей. Научные разработки,
направленные на повышение безопасности движения на дорогах, могут
осуществляться с использованием видеорегистраторов.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
20
ISSN:3030-3613
Annotation:
Today, modern technologies, in particular video recorders, play
an important role in detecting, reducing and identifying the causes of road traffic
accidents. Statistics related to road traffic accidents (RTA) indicate that several
thousand people are injured and killed every year. One of the most effective ways to
analyze and prevent RTA is to use video recorders. Video recorders are useful not only
for recording traffic processes, but also for identifying the causes, conditions and
behavior of drivers. Using video recorders, scientific developments can be carried out
to improve road safety.
Kirish.
Yo‘l-transport hodisasi
— transport vositasining yo‘ldagi qatnovi jarayonida
sodir bo‘lib, fuqarolarning o‘limi yoki ularning sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport
vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar
yetkazilishiga sabab bo‘ladigan hodisalar hisoblanadi. Bugungi zamonaviy texnika va
texnologiyalar ishlab chiqarilishi jadallashgan kunda avtomobilsozlik sanoati yuqori
darajada takomillalish bormoqda. Buning natijasida yo‘llarda transport harakati
xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlar ham ortib bormoqda. Yo‘llarda transport vositalarini
oqimini ko‘payib borishi natijasida ko‘plab yo‘l transport hodisalarini sodir bo‘lishiga
sabab bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar jadallik bilan o‘sib borishi insonlarning hayoti,
moliyaviy jihatlari shuningdek xavsizligiga zarar yetkazishi bilan bog‘liqligi bu
boradagi izlanishlarimizning asosiy sabablaridan hisoblanadi.
Ushbu yo‘l transport hodisalarini oldini olish va kamaytirish maqsadida ularni
sodir etilish sabablarini, shart-shoitlarini, shuningdek uning oqibatlarini aniqlashimiz
muhim ahamiyat kasb etadi. Yo‘l transport harakatining sabablari ko‘pincha haydovchi
xatolari, yo‘l sharoiti, transport vositasining holati yoki tashqi omillar bilan bog‘liq
bo‘ladi. Videoregistratorlar yordamida bu sabablarni aniqlash va tahlil qilish
imkoniyatlari kengayadi. Bugungi kunda yo‘l transport hodisalarining kamayishi va
ularning sabablarini aniqlashda zamonaviy texnologiyalar, xususan, videoregistratorlar
muhim rol o‘ynamoqda. YTHni tahlil qilish va oldini olishning eng samarali
yo‘llaridan biri videoregistratorlardan foydalanishdir. Chunki videoregistratorlar
nafaqat harakat jarayonlarini yozib olish, balki hodisalarning sabablari, shart-sharoitlar
va haydovchilarning xatti-harakatlarini aniqlashda ham foydalidir. Ularni ishlash
tizimi va imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyat va boshqa protsessual
harakatlarni amalga oshirishda muhim dalil sifatida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Asosiy qism:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini
tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorida
foto va video qayd etish - yo‘l harakati qoidalari
buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalari, shuningdek,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
21
ISSN:3030-3613
videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar yordamida
qayd etish xisoblanishi aytib o‘tilgan.
Videoregistratorlar yordamida yo‘l transport hodisalarini tahlil qilishning bir
nechta afzalliklari mavjud:
Yo‘l transport hodisalarni aniq qayd etish
Haydovchining xatti-harakatlarini tahlil qilishning vujudga kelishi
Boshqa yo‘l ishtirokchilari harakatlarini kuzatish
Hodisalarni aniq qayd etish, bunda videoregistratorlar YTHning aniq va
ob'ektiv tasvirini beradi. Yani yo‘llarda o‘rnatilgan video-kuzatuv kameralari aniqlashi
mumkin bo‘lmagan va turli sabablar tufayli sifatsiz bo‘lgan video tasvirlarga
qaraganda videoregstratorlardan olingan video lavhalar sifatli va aniq ekanligi bilan
ajralib turadi. Bu video materiallar sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va
sig‘orta kompaniyalari tomonidan ishonchli dalil sifatida ishlatiladi. Shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning
avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar shuningdek, videokuzatuv va
tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan
huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish
hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida” gi qarorida
Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan
videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari
orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga
tenglashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Videoregistratorlar yordamida olingan videolavhalar sudlarda dalil sifatida
qo‘llanilishiga qonunchilik ruxsat berishi uning ishlatilishini qonunlashtiradi. Bunday
video materiallar, ayniqsa, YTHda jismoniy jarohatlar yoki moliyaviy zararlar yuzaga
kelgan hollarda muhim ahamiyatga ega. Jinoyat va fuqarolik sudlaridada hamda
sug‘urta kompaniyalari tomonidan videoregistratorlarning video materiallari, masalan,
hodisaning sodir bo‘lishi va har bir ishtirokchining harakati haqida to‘liq va aniq
ma’lumotlarni taqdim etilishi muhum dalilar xisoblanadi.
Haydovchining xatti-harakatlarini tahlil qilishda esa videoregistratorlar
yordamida haydovchilarning harakatlarini tahlil qilish imkoniyati yaratiladi. Masalan,
tezlik, yo‘lning holati, boshqaruvni nazorat qilish, tirbandlik va boshqa omillar tasvirda
qayd etiladi.Boshqa yo‘l ishtirokchilarini kuzatish bu avtomobilning videoregistratori
nafaqat o‘z transport vositasi, balki boshqa transport vositalarini, piyodalarni va yo‘l
belgilarini ham tasvirlaydi, bu esa YTHning sabablarini aniqlashda muhimdir.
Videoregistratorlar yordamida YTHlarni oldini olish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
22
ISSN:3030-3613
Videoregistratorlar yordamida YTHlarni oldini olish uchun bir nechta chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan:
1.
Haydovchilarni
ogohlantirish
–
videoregistratorlar
orqali
haydovchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari qayd etilishi va bu haqda ogohlantirishlar
yuborilishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, haydovchilarni ehtiyotkorlikka chaqiradi.
2.
Yo‘l xavfsizligi statistikasi
– videoregistratorlar yordamida to‘plangan
ma'lumotlar yo‘l xavfsizligi statistikalarini shakllantirishda va YTHlarni oldini olishga
qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda yordam beradi.
3.
Yo‘l sharoitlarini yaxshilash
– YTHlar ko‘pincha yo‘lning yomon holati
yoki yoritishning yetarli emasligi sababli sodir bo‘ladi. Videoregistratorlar yordamida
ushbu omillarni tahlil qilib, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirishga yordam beradigan
takliflar ishlab chiqish mumkin.
Xulosa
Videoregistratorlar yordamida yo‘l transport hodisalarini tahlil qilishda katta
potensial mavjud. Ular nafaqat YTHlarni aniq qayd etish va tahlil qilish imkoniyatini
beradi, balki haydovchilarning xatti-harakatlarini yaxshilash, yo‘l xavfsizligini
oshirish va YTHlarni oldini olishda muhim vositadir. Shu bilan birga,
videoregistratorlardan foydalanish ham huquqni muhofaza qilish tizimlarida, ham
umumiy jamiyatda samarali natijalar keltirishi mumkin. YTHlarning oldini olish va
yo‘l xavfsizligini ta'minlash borasidagi harakatlar davomida videoregistratorlar albatta
muhim vositaga aylanadi.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
1.
Xudoyberganov, A.
(2020).
Transport Trassalogiyasi: Asosiy Nazariyalar va Amaliyot
.
Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti Nashriyoti.
2.
Kadyrov, R.
(2018).
Transport Tizimlarini Loyihalash va Ularning Samarali
Foydalanilishi
. Toshkent: Fan va Texnologiya.
3.
Shukurov, T.
(2019).
Shahar Transport Trassalari va Ularni Rivojlantirish
. Samarqand:
Samarqand Davlat Universiteti.
4.
Fayzullayev, B.
(2021).
Transport Trassalogiyasining Ekologik Asoslari
. Tashkent:
O'zbekiston Atrof-Muhitni Muhofaza qilish Jamiyati.
5.
Muratov, F.
(2016).
Transport Trassalogiyasi: Teoriyadan Amaliyotgacha
. Buxoro:
Buxoro Davlat Universiteti.
6.
Gulomov, A.
(2020).
Yo'llarni Qurish va Ularning Samarasini Baholash
. Tashkent:
Texnika Universiteti.
7.
Shomurodov, R.
(2022).
Transport Tizimlarida Raqamli Texnologiyalarni Qo'llash
.
Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Transport Departamenti.
8.
Zarifov, J.
(2018).
Qurilish Materiallari va Texnologiyalarining Transport
Trassalaridagi O'rni
. Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti.