Mualliflar

  • Muhammadjonova Xonzodabegim Otabek qizi
  • Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95960

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻi raqamli taʼlim elektron resurslar taʼlim portali oʻquvchilar talabalar maktab ilmiy loyiha onlayn platform taʻlim texnologiyalari innovatsion taʻlim .

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  Oʻzbekiston  Respublikasida  taʻlim  tizimini 
raqamlashtirish va zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
yoʻnalishida  muhim  ahamiyat  kasb  etuvchi    ZiyoNet  axborot-taʼlim  tarmogʻining 
taʼlim  sohasini  raqamlashtirishdagi  oʻrni  va  faoliyati  tahlillar  bilan  yoritiladi. 
Tarmoqning asosiy maqsad va vazifalari, uning doirasida amalga oshirilgan loyihalar, 
ularning mazmun-mohiyati va foydaliligi haqida batafsil maʼlumot beriladi. Maqola 
ZiyoNetning pedagoglar, talabalar va oʻquvchilar uchun yaratayotgan imkoniyatlari 
hamda zamonaviy taʼlimdagi ahamiyatini ochib beradi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

281

ISSN:3030-3613

ZIYONET AXBOROT TAʻLIM TARMOGʻI VA UNING LOYIHALARI

Muhammadjonova Xonzodabegim Otabek qizi

Fargʻona davlat universiteti Chet tillari fakulteti, 1-kurs

xonzodamuhammadjonova1006@gmail.com

+998905379705

Ilmiy rahbar:

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich

Fargʻona davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi

mdilshodbek@mail.ru

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida taʻlim tizimini

raqamlashtirish va zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
yoʻnalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻining
taʼlim sohasini raqamlashtirishdagi oʻrni va faoliyati tahlillar bilan yoritiladi.
Tarmoqning asosiy maqsad va vazifalari, uning doirasida amalga oshirilgan loyihalar,
ularning mazmun-mohiyati va foydaliligi haqida batafsil maʼlumot beriladi. Maqola
ZiyoNetning pedagoglar, talabalar va oʻquvchilar uchun yaratayotgan imkoniyatlari
hamda zamonaviy taʼlimdagi ahamiyatini ochib beradi.

Annotation:

In this article, the role and activities of the ZiyoNet information

and educational network, which is important in the direction of digitization of the
educational system and introduction of modern information and communication
technologies in the Republic of Uzbekistan, are covered by analyzes. The main goals
and objectives of the network, the projects implemented within its framework, their
content and usefulness are described in detail. The article reveals the opportunities that
Ziyonet creates for educators, students and students, as well as its importance in
modern education.

Kalit soʻzlar:

ZiyoNet, axborot-taʼlim tarmogʻi, raqamli taʼlim, elektron

resurslar, taʼlim portali, oʻquvchilar, talabalar, maktab, ilmiy loyiha, onlayn platform,
taʻlim texnologiyalari, innovatsion taʻlim .

Keywords:

ZiyoNet, information and Education Network, digital education,

electronic resources, educational portal, students, students, school, scientific project,
online platform, educational technology, innovative education .

XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal surʻatlar bilan
rivojlanishi taʼlim tizimiga ham katta taʼsir koʻrsatmoqda. Anʻanaviy taʼlim
shakllaridan tashqari, raqamli resurslardan foydalanish, masofaviy taʼlim, multimedia
vositalari orqali dars oʻrganish keng ommalashmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida bu
jarayon davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, taʼlimni
zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etishda ZiyoNet
axborot-taʼlim tarmogʻi alohida ahamiyat kasb etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

282

ISSN:3030-3613

ZiyoNet – bu barcha darajadagi taʼlim muassasalari, oʻquvchilar, talabalar,

oʻqituvchilar va ota-onalar uchun yagona axborot platformasi hisoblanadi. Bu tarmoq
orqali foydalanuvchilar zarur darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, testlar, video darslar,
ilmiy maqolalar, adabiy asarlar, ijodiy ishlar va boshqa koʻplab materiallarga erkin
kirish imkoniyatiga ega. ZiyoNet axborot - taʼlim tarmogʻi 2005-yilda Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tashkil etilgan. Uning asosiy
vazifasi – zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda taʼlim jarayonini
qoʻllab-quvvatlash, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, oʻquvchilarning
mustaqil bilim olishiga koʻmaklashishdan iborat. Shuningdek, tarmoqning asosiy
yoʻnalishlari quyidagilardan iborat, yaʻni elektron resurslar bazasini shakllantirish va
doimiy ravishda boyitish, oʻquv materiallariga onlayn va oflayn tarzda qulay kirish
imkonini yaratish, oʻquvchi va talabalarning ijodiy, ilmiy, texnik salohiyatini
yuksaltirish, pedagogik tajriba almashinuvi uchun platforma yaratish, taʼlimdagi
ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash. ZiyoNetning asosiy boʻlimlari va loyihalari
mavjud. Ular ziyoNet tarmogʻi turli yoshdagi foydalanuvchilar uchun moslashtirilgan
bir nechta muhim loyihalarni oʻz ichiga oladi. Har bir loyiha alohida vazifani
bajarishga yoʻnaltirilgan. Misol uchun, Kitob.uz – Elektron kutubxona boʻlib uninng
vazifasi talabalar oʻrtasida ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faollikni oshiradi. Talaba.uz –
ushbu loyihaning asosiy vazifasi onlayn muloqot va tajriba almashish imkoniyatlarini
yaratishdan iborat. ZiyoNet tarmogʻi nafaqat oʻquvchilarga, balki oʻqituvchilarga ham
katta foyda keltirmoqda. Pedagoglar darsga tayyorgarlik koʻrishda, yangicha
metodlarni oʻrganishda, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini topishda ushbu tarmoqdan
faol foydalanmoqda. Bundan tashqari, tarmoq maktablar, kollejlar, texnikumlar va
universitetlar oʻrtasida axborot almashinuvini kuchaytiradi, tajriba almashishga imkon
beradi. ZiyoNet orqali masofaviy taʼlim ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayniqsa
pandemiya davrida bu tizimning dolzarbligi yaqqol namoyon boʻldi. Oʻquvchilar
darslarni onlayn koʻrish, mustaqil testlar topshirish, video darsliklar orqali mavzuni
chuqurroq tushunish imkoniga ega boʻlishdi.

Zamonaviy taʼlim tizimi raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
yaratilgan ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻi — taʼlim sohasining raqamlashtirilishida
muhim vositaga aylangan. Ushbu tarmoq oʻz tarkibidagi loyihalar orqali oʻquvchilar,
talabalar, pedagoglar va ijodkor yoshlar uchun keng qamrovli, zamonaviy va interaktiv
axborot maydonini shakllantirmoqda. ZiyoNet nafaqat oʻquv materiallariga tez va oson
kirish imkonini yaratadi, balki mustaqil taʼlim olish, ilmiy va ijodiy salohiyatni
rivojlantirish, tajriba almashish va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy
etish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Ayniqsa, maktab va oliy taʼlim
bosqichlaridagi raqamli resurslar bilan boyitilgan loyihalar taʼlim sifatini oshirishga
xizmat qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻi bugungi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

283

ISSN:3030-3613

raqamli davr talablari asosida shakllanayotgan bilimli, innovatsion fikrlovchi avlodni
tarbiyalashda muhim omillardan biri boʻlib xizmat qilmoqda. Uni yanada
takomillashtirish va kengaytirish esa taʼlimdagi taraqqiyotning yangi bosqichiga zamin
yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “2022–2026-yillarda raqamli
ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qarori. – Toshkent, 2022.

2.

ZiyoNet rasmiy portali – www.ziyonet.uz (murojaat qilingan sana: 2025-yil 20-
aprel).

3.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti – www.maktab.uz

4.

Karimov I.A. “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat,
2008. – 176 b.

5.

Axmedova D. “Raqamli taʼlim resurslari va ularning samaradorligi” “Ta’limda
innovatsiyalar” ilmiy-amaliy jurnali, 2023, №2. – B. 45–49.

6.

Abdullaeva Z. “ZiyoNet axborot-taʼlim tarmog‘ining taʼlim jarayonidagi o‘rni”
Pedagogika va psixologiya jurnali, 2024, №1. – B. 32–36.

7.

www.kitob.uz – Elektron kutubxona portali (murojaat qilingan sana: 2025-yil 20-
aprel).

7.

Qodirov N. “Ta’lim sohasida axborot texnologiyalari” – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2021. – 210 b.





Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “2022–2026-yillarda raqamli

ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qarori. – Toshkent, 2022.

ZiyoNet rasmiy portali – www.ziyonet.uz (murojaat qilingan sana: 2025-yil 20-

aprel).

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti – www.maktab.uz

Karimov I.A. “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat,

– 176 b.

Axmedova D. “Raqamli taʼlim resurslari va ularning samaradorligi” “Ta’limda

innovatsiyalar” ilmiy-amaliy jurnali, 2023, №2. – B. 45–49.

Abdullaeva Z. “ZiyoNet axborot-taʼlim tarmog‘ining taʼlim jarayonidagi o‘rni”

Pedagogika va psixologiya jurnali, 2024, №1. – B. 32–36. 7.

www.kitob.uz – Elektron kutubxona portali (murojaat qilingan sana: 2025-yil 20-

aprel).

Qodirov N. “Ta’lim sohasida axborot texnologiyalari” – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2021. – 210 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, Odilova Dilbaroy Husanboy qizi, ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI:ZAMONAVIY BOSHQARUVNING ASOSI , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)

Xoshimova Shirinabonu Sherxon qizi, Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, MILLIY AXBOROT RESURSLARI , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, Musojonova Zilola Doniyorjon qizi, VEKTORLI VA RASTRLI GRAFIKADA ISHLOVCHI DASTURLAR VA ULARNI QO‘LLANISH SOHALARI , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)

Muhammadaliyeva Nazifaxon Foziljon qizi, Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, O’ZBEKISTONDA RIVOJLANIB BORAYOTGAN MILLIY TARMOQ RESURSLARI AFZALLIKLARI , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, Abdusalomova Charosxon Sadriddin qizi, RAQAMLI TA’LIM: AN’ANAVIY O‘QITISH USULLARIGA RAQOBATCHI YOKI QO‘SHIMCHA VOSITA? , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)