Mualliflar

  • Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich
  • Odilova Dilbaroy Husanboy qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95965

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: elektron hukumat raqamli boshqaruv axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat xizmatlari interaktiv portal G2C G2B G2G G2E huquqiy asoslar.

Annotasiya

 
Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  elektron  hukumat  tizimining  asosiy 
tushunchalari  va  uning  turli  mamlakatlardagi  qo‘llanilishiga  oid  muhim  jihatlar 
yoritilgan. XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davlat 
boshqaruvi  tizimiga  ham  o‘zgarishlarni  olib  keldi,  natijada  an’anaviy  byurokratik 
tizimlar o‘rniga raqamli boshqaruv modellarini ishlab chiqish boshlangan. Elektron 
hukumat  —  bu davlat  va  fuqarolar  o‘rtasidagi samarali, tezkor  va  shaffof  muloqot 
o‘rnatish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashish va elektron xizmatlar ko‘rsatish 
jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan tizimdir.  
Maqolada  elektron  hukumat  tizimining  G2C  (fuqarolar  bilan  ishlash),  G2B 
(biznes subyektlari bilan muloqot), G2G (davlat organlari o‘rtasidagi aloqalar) va G2E  
(davlat  xizmatchilari  bilan  aloqalar)  kabi  asosiy  tarkibiy  qismlari  keltirilgan. 
Shuningdek, O‘zbekistonda elektron hukumat tizimining rivojlanishi, Yagona davlat 
interaktiv xizmatlari portali va boshqa huquqiy asoslar ham muhokama qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

258

ISSN:3030-3613

ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI:ZAMONAVIY BOSHQARUVNING ASOSI

СИСТЕМА ЭЛЕКТРОННОГО ПРАВИТЕЛЬСТВА: ОСНОВА

СОВРЕМЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ

E-GOVERNMENT SYSTEM: THE BASIS OF MODERN GOVERNANCE

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich

Farg‘ona davlat universiteti axborot texnologiyalari

kafedrasi o‘qituvchisi

mdilshodbek@mail.ru

https://orcid.org/0000-0002-5146-0467

Odilova Dilbaroy Husanboy qizi

Farg’ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti

1-bosqich 24.108-guruh talabasi


Annotatsiya.

Mazkur maqolada elektron hukumat tizimining asosiy

tushunchalari va uning turli mamlakatlardagi qo‘llanilishiga oid muhim jihatlar
yoritilgan. XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davlat
boshqaruvi tizimiga ham o‘zgarishlarni olib keldi, natijada an’anaviy byurokratik
tizimlar o‘rniga raqamli boshqaruv modellarini ishlab chiqish boshlangan. Elektron
hukumat — bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi samarali, tezkor va shaffof muloqot
o‘rnatish, davlat organlari o‘rtasida axborot almashish va elektron xizmatlar ko‘rsatish
jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan tizimdir.

Maqolada elektron hukumat tizimining G2C (fuqarolar bilan ishlash), G2B

(biznes subyektlari bilan muloqot), G2G (davlat organlari o‘rtasidagi aloqalar) va G2E
(davlat xizmatchilari bilan aloqalar) kabi asosiy tarkibiy qismlari keltirilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda elektron hukumat tizimining rivojlanishi, Yagona davlat
interaktiv xizmatlari portali va boshqa huquqiy asoslar ham muhokama qilinadi.

Аннонация.

В данной статье раскрываются ключевые понятия системы

электронного правительства и особенности её применения в различных странах.
Развитие информационно-коммуникационных технологий в XXI веке внесло
существенные изменения в систему государственного управления, способствуя
переходу от традиционных бюрократических моделей к цифровым формам
управления. Электронное правительство представляет собой комплекс мер,
направленных на установление эффективного, оперативного и прозрачного
взаимодействия между государством и гражданами, а также цифровизацию
процессов обмена информацией между государственными органами и
предоставления государственных услуг. В статье подробно рассмотрены


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

259

ISSN:3030-3613

основные компоненты электронной системы: G2C (взаимодействие с
гражданами), G2B (взаимодействие с бизнесом), G2G (взаимодействие между
государственными органами) и G2E (взаимодействие с государственными
служащими). Также освещены процессы развития электронного правительства в
Узбекистане,

включая

создание

Единого

портала

интерактивных

государственных услуг и нормативно-правовую базу.

Annotation.

This article highlights the key concepts of the electronic

government system and its essential aspects in various countries. In the 21st century,
the development of information and communication technologies has brought
significant changes to public administration, leading to a transition from traditional
bureaucratic systems to digital governance models. E-government is a system aimed at
establishing effective, prompt, and transparent communication between the state and
its citizens, facilitating information exchange among government agencies, and
delivering electronic services. The article explores the core components of the e-
government system, such as G2C (Government to Citizen), G2B (Government to
Business), G2G (Government to Government), and G2E (Government to Employee).
It also discusses the development of the e-government system in Uzbekistan, including
the Unified Portal of Interactive Government Services and other legal frameworks.

Kalit soʻzlar:

elektron hukumat, raqamli boshqaruv, axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari, davlat xizmatlari, interaktiv portal, G2C, G2B, G2G, G2E, huquqiy
asoslar.

Ключевые слова:

электронное правительство, цифровое управление,

информационно-коммуникационные технологии, государственные услуги,
интерактивный портал, G2C, G2B, G2G, G2E, правовая база.

Key words:

e-government, digital governance, information and communication

technologies, public services, interactive portal, G2C, G2B, G2G, G2E, legal
framework


XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat hayotining barcha

jabhalariga kirib kelmoqda. Xususan, davlat boshqaruvi tizimi ham bu o‘zgarishlardan
chetda qolmayapti. An’anaviy byurokratik uslublar o‘rnini asta-sekin raqamli
boshqaruv egallab bormoqda. Bu esa davlat va fuqarolar o‘rtasidagi muloqotni yanada
samarali, tezkor va ochiq-oydin shaklga keltirish imkonini bermoqda. Shu munosabat
bilan, ko‘plab mamlakatlar o‘z davlat boshqaruvi tizimida elektron hukumat deb
ataluvchi ilg‘or modelni joriy qilmoqda.

Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari
ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilishni
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

260

ISSN:3030-3613

Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya hamda

Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya,
Germaniya, Katar, BAA va hokazo) shugʻullandilar.

Elektron hukumatning asosiy tarkibiy qismlari:
1. G2C (Government to Citizen) – Fuqarolar bilan ishlash tizimi
Bu yo‘nalish elektron hukumatning eng asosiy va ko‘p uchraydigan turi

hisoblanadi. U fuqarolar va davlat o‘rtasida raqamli xizmatlar orqali bevosita
muloqotni tashkil etadi. Misollar: Onlayn pasport olish uchun ariza topshirish

Tug‘ilganlik, nikoh, ajrim to‘g‘risidagi guvohnomalarni elektron shaklda olish;
Soliq to‘lovlarini ko‘rish va to‘lash
Subsidiya yoki ijtimoiy yordam olish uchun onlayn murojaat
Kommunal to‘lovlarni elektron shaklda amalga oshirish
Bu xizmatlar orqali fuqarolar davlat idorasiga borib navbat kutish o‘rniga,

internet orqali barcha jarayonni mustaqil bajara oladi. Bu shaffoflikni oshiradi va
byurokratiyani kamaytiradi.

2. G2B (Government to Business) – Biznes subyektlari bilan muloqot
G2B yo‘nalishi davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi raqamli aloqani

tashkil qiladi. Uning asosiy maqsadi — biznesni yuritish jarayonida davlat
xizmatlariga tezkor va ochiq kirishni ta’minlash.
Misollar:

Litsenziya va ruxsatnomalarni onlayn olish;
Bojxona hujjatlarini raqamli tarzda topshirish;
Davlat xaridlarida (tenderlarda) ishtirok etish;
Soliq va statistik hisobotlarni elektron shaklda topshirish;
Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

Bu xizmatlar tadbirkorlar uchun qulaylik yaratadi, vaqt va xarajatlarni kamaytiradi,
shuningdek, iqtisodiy muhitni yanada soddalashtiradi.

3. G2G (Government to Government) – Davlat organlari o‘rtasida axborot

almashinuvi.

G2G yo‘nalishi davlat idoralari o‘rtasidagi ichki aloqani raqamlashtirishga

xizmat qiladi. Bunda turli vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar o‘zaro axborot almashadi,
hujjatlarni raqamli tarzda yuboradi.
Misollar:

Sud, prokuratura va ichki ishlar organlari o‘rtasidagi elektron ma’lumot

almashuvi;

FHDYo organlari va statistika idoralari o‘rtasida elektron ro‘yxatga olish;
Soliq qo‘mitasi bilan bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi real vaqtli axborot

integratsiyasi;
E-hujjat almashinuvi (ERP tizimlari).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

261

ISSN:3030-3613

Bu yo‘nalish orqali davlat tizimi ichidagi ish samaradorligi oshadi, inson omilidan
kelib chiqadigan xatoliklar kamayadi.

4. G2E (Government to Employee) – Davlat xizmatchilari bilan bog‘liq tizimlar.
G2E yo‘nalishi davlat tashkilotlarining o‘z xodimlariga nisbatan raqamli xizmat

ko‘rsatishiga qaratilgan. Bu xodimlar faoliyatini nazorat qilish, ma’lumotlarni yuritish
va o‘zaro aloqa uchun qulayliklar yaratadi.
Misollar:

Davlat xizmatchilarining ish haqi va mukofotlari bo‘yicha elektron hujjat

aylanishi;

Onlayn mehnat daftarchasi va xizmat safarlari bo‘yicha buyruqlar;
Xodimlarning malaka oshirish yoki attestatsiyadan o‘tish jarayonlarini

raqamlashtirish;

Xodimlarning shaxsiy fayllarini (CV, baholash, shikoyatlar) elektron yuritish.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va

fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan
bo‘lib, ular qatorida “Elektron hukumat” tizimini yaratishga alohida e’tibor berildi.
Xususan, aholining interaktiv davlat hizmatlaridan foydalanish imkonoyatini yaratish
uchun 2013-yil 1-iyulda Yagona davlat interaktiv hizmatlari portali (www.my.gov.uz)
ishga tushirildi, 2015-yil 17-martdan esa O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar
portali (data.gov.uz) foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi
sifatida Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini alohida portal ko‘rinishida ishga
tushirish edi, mazkur tizim

2015-yil 1-yanvardan ishga tushgan bo‘lib dastlab Yagona davlat interaktiv

hizmatlari portalining alohida bo‘limida aholi e’tiboriga havola etildi.
O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portali
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 328-son qaroriga asosan ishlab
chiqilgan bo‘lib, Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimining birinchi talqinidir.

Portalning maqsadi: muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud

echimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;

Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan

normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida
korruptsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan,
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy
etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;

Tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi

qoidalarni aniqlash

Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga

aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

262

ISSN:3030-3613

joylashtirilib, ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjalar borasida o‘z
takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan
o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javob beriladi.

Foydalanuvchilar joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar borasida nafaqat

moddama-modda o‘z takliflarini bildirishlari balki, mazkur hujjatlar borasida o‘z fikr-
mulohazalarini bildirib mahsus so‘rovnomani to‘ldirishlari ham mumkin. So‘rovnoma
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va mazkur Portalni yanada rivojlantirishda
katta ahamiyatga ega.

Elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonda bir qator

muhim huquqiy asoslar ishlab chiqilgan. Jumladan, quyidagi qonun va qarorlar
tizimning shakllanishi va faoliyat yuritishida muhim o‘rin tutadi:

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni

tartibga solishdan iborat.

2-modda. Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilik
Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik

hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston

Respublikasining elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

10-modda. Elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish

prinsipi

Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida, shuningdek idoralararo elektron

hamkorlik qilish jarayonida elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan
foydalaniladi.

Axborotni elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalarida, shuningdek

elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida va
axborot resurslarida saqlash hamda unga ishlov berish elektron hukumatning yagona
identifikatorlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Elektron hukumatning yagona identifikatorlari ro‘yxati, uni shakllantirish,

yuritish va undan foydalanish tartibi, shuningdek ariza beruvchining o‘zi taqdim etgan
identifikatorga muvofiqligini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

25-modda. Elektron hukumat infratuzilmasi
Elektron hukumat infratuzilmasi:
markaziy ma’lumotlar bazalaridan;
idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_3-to’plam_Aprel-2025

263

ISSN:3030-3613

davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning

majmualaridan;

davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari

portalidan;

Ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish

tarmog‘idan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni. – Qabul
qilingan sana: 2016-yil 9-dekabr. –

www.lex.uz

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi
“Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 355-son qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti –

www.mitc.uz

4.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali –

www.my.gov.uz

5.

Ochiq ma’lumotlar portali –

www.data.gov.uz

6.

Bekmurodov S., Tadjibayeva M. Axborot texnologiyalari va jamiyat. – Toshkent:
Iqtisodiyot, 2019.

7.

Karimov F. Elektron hukumat: nazariy asoslar va amaliy yondashuvlar. – Toshkent:
Innovatsiya, 2020.

8.

Ziyayeva Z. Raqamli boshqaruv tizimlari va ularning huquqiy asoslari. – Toshkent:
TDYUU nashriyoti, 2021.

9.

G‘afurov S. O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirish
yo‘nalishlari. – Toshkent: Davlat boshqaruvi akademiyasi, 2022.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni. – Qabul

qilingan sana: 2016-yil 9-dekabr. – www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi

“Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini tashkil etish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 355-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti – www.mitc.uz

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – www.my.gov.uz

Ochiq ma’lumotlar portali – www.data.gov.uz

Bekmurodov S., Tadjibayeva M. Axborot texnologiyalari va jamiyat. – Toshkent:

Iqtisodiyot, 2019.

Karimov F. Elektron hukumat: nazariy asoslar va amaliy yondashuvlar. – Toshkent:

Innovatsiya, 2020.

Ziyayeva Z. Raqamli boshqaruv tizimlari va ularning huquqiy asoslari. – Toshkent:

TDYUU nashriyoti, 2021.

G‘afurov S. O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirish

yo‘nalishlari. – Toshkent: Davlat boshqaruvi akademiyasi, 2022.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Xoshimova Shirinabonu Sherxon qizi, Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, MILLIY AXBOROT RESURSLARI , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, Musojonova Zilola Doniyorjon qizi, VEKTORLI VA RASTRLI GRAFIKADA ISHLOVCHI DASTURLAR VA ULARNI QO‘LLANISH SOHALARI , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)

Muhammadaliyeva Nazifaxon Foziljon qizi, Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, O’ZBEKISTONDA RIVOJLANIB BORAYOTGAN MILLIY TARMOQ RESURSLARI AFZALLIKLARI , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)

Muhammadjonova Xonzodabegim Otabek qizi, Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, ZIYONET AXBOROT TAʻLIM TARMOGʻI VA UNING LOYIHALARI , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)

Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich, Abdusalomova Charosxon Sadriddin qizi, RAQAMLI TA’LIM: AN’ANAVIY O‘QITISH USULLARIGA RAQOBATCHI YOKI QO‘SHIMCHA VOSITA? , Tadqiqotlar: Jild 60 № 3 (2025)