T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
159
ISSN:3030-3613
PSIXOLOGIYANING IJTIMOIY HAYOTIMIZDAGI O’RNI
Andijon davlat pedagogika instituti
Vb dotsenti
O‘.T.Vaxabova
filologiya fakulteti talabasi
Nurmuhammedova Iroda Umidbek qizi
Andijon davlat pedagogika insituti filalogiya fakulteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada psixologiyaning inson hayotiga ta’sir qilish
darajasi, biologik va sotsial vaziyatlarda insonning irodaviy xususiyatlari va boshqa
bir qancha psixologik xususiyatlari yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Psixologiya, psixik faqtlar, psixologik metodlar, tafakkur,
pedagogik psixologiyasi.
Abstract:
This article highlights the level of influence of psychology on human
life, volitional characteristics of a person in biological and social situations and a
number of other psychological characteristics.
Key words:
Psychology, psychological facts, psychological methods, thinking,
educational psychology.
Аннотация:
В данной статье выделен уровень влияния психологии на
жизнь человека, волевые характеристики человека в биологических и
социальных ситуациях и ряд других психологических характеристик.
Ключевые слова:
Психология, психологические факты, психологические
методы, мышление, педагогическая психология.
Hozirgi jadallashib borayotgan bir zamoda psixologiya har bir inson uchun
muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham psixologiyani uch yuzdan ortiq sohalari
mavjud. Hozirgi vaqtda ko’pchilik insonlar psixologiyani bilishi va shu bilan birga
ma’lum darajada psixologik bilimlardan va psixologik o’zgarishlardan xabardor.
Masalan, ijtimoiy muhitdagi har bir inson psixologik ma’lumotlarni har xil internetdan,
gazeta va jurnallardan, psixologik kitoblardan olishi mumkin. Shu o’rinda psixologiya
so’ziga tarif berib o’tsak, psixologiya so’zining lug’aviy ma’nosi grekcha “psyuxe”-
jon, ruh; “logos”- fan degan ma’noni bildiradi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar,
ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi.[1] Psixologiya asosan psixikani
keng doirada tadqiq qiladi. Shunga kora psixikani yuzaga keltiruvchi asosiy psixik
faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga
oladi. Bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xayol, xotira va tafakkur; Bilish faoliyatlari:
diqqat, nutq jarayonlari. Shaxsning hissiy, irodaviy sohasi: hissiyot, iroda; Shaxsning
individual psixologik qobiliyaHozirgi vaqtda ko’pchilik insonlar psixologiyani
bilishi va shu bilan birga ma’lum darajada psixologik bilimlardan va psixologik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
160
ISSN:3030-3613
o’zgarishlardan xabardor bo’lishalari mumkin.[2] Masalan, ijtimoiy muhitdagi har bir
inson psixologik ma’lumotlarni har xil internetdan, gazeta va jurnallardan, psixologik
kitoblardan olishi mumkin.
Inson hayoti davomida psixik faoliyatlar har doim o’z ifodasini topadi va
ko’rsatadi. Inson psixologiyasi, o’z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har
qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yarolilikni, turli o’zgarishlarga
psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y
berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish
muammosini ilgari suradi. Boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.Inson hayoti
davomida psixik faoliyatlar har doim o’z ifodasini topadi va ko’rsatadi. Inson
psixologiyasi, o’z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh
davrda ham optimal ravishda ishga yarolilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan
tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan
jarayonlarni ob’ektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini
ilgari suradi. Va shu bilan bir qatorda odamlar psixologik faktlarga ko’proq qiziqib,
ularni ko’rib, o’qib, o’rganib, borgan sari unda o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Agar
odamlar psixologiyani o’rganar ekan, undagi psixik hayotni va boshqa kishilar
psixikasini bila oladigan bo’lib qoladi.[3] Bu bilim esa boshqa kishilarni va o’zini
yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Psixologiyaning bilish, ma’lumot olish
imkoniyati shundan iboratdir. Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya
metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta’lim-tarbiya, ishlab
chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san’at va boshqa
sohalarda ham katta ahamiyatga egdir.[4] Olimlar psixolgik xizmatni yanada
rivojlantirish uchun turlicha metodlar va metodologiyalarni yaratib kelmoqdalar.
K.K.Platonovning
psixologik
xizmat
bilan
bog'liq
ijtimoiy
psixologiya
metodologiyasini yaratishdagi xizmati shundaki, ijtimoiy-psixologik individuallik
muammosini inson individual olami namoyon bo'lishining eng yuqori darajasi sifatida
tadqiq qildi va psixologik xizmat mohiyatini tasavvur qilish uchun muhim bo'lgan
shaxsni nafaqat o'zining,balki bu individual xususiyatlaning ijtimoiy mazmuni o'zini-
o'zi adekvat baholash va rivojlantirishga asoslangan shart-sharoitlarni yaratish billan
kamol toptirish muqarrarligini ilmiy jihatdan asoslab berdi.[5]Professorlar E.G'oziyev,
I.Tursunov, J.Ikromovlarning "XX asr va shaxs kamoloti" mavzusidagi ma'lumotlarida
ham psixologik xizmat ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etuvchi individ,shaxs va
sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e'tibor berish zarurligi
uqtiriladi
:
-inson rivojlanishining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-
sharoitlar (ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy,huquqiy,mafkuraviy,pedagogik va yashash muhiti
omilari);
-insonning
o'ziga
taalluqli,asosiy
tafsilotlar,uning
ichki
qonuniyatlari,mexanizmlari,e'tiqod bosqichlari barqarorlashuvi va involyutsiya;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
161
ISSN:3030-3613
-inson yaxlit tuzilishining asosiy tarkiblari ularning o'zaro aloqalari,shaxsning
tashqi ta'sirlarga javobi va munosabati,taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi
(Xalq ta'limi,NS). Darhaqiqat har bir insonning o'z individual olamida sodir etilayotgan
barcha ma'naviy va ruhiy kechinmalarini u yashab urgan jamiyat istiqbollariga mos
tarzda tadqiq qilmay turib shaxs va faoliyat,shaxs va jamiyat,shaxs va individuallik
o'rtasidagi ijtimoiy mutanosiblikni ta'minlab bo'lmaydi.Zero,psixologik muhofaza
vositasi sifatida tadqiq qilinayotgan ijtimoiy psixologik himoya falasafasi ham shuni
taqozo etmoqda. Bolalar kattalar singari bir maromda rivojlanmaydi, shuningdek,
ijobiy va salbiy psixologik xususityalar, nisbatan barqaror va tinch osoyishta
kechadigan davrlar mavjud. Kattalarga nisbatan xulq-atvoridagi ijobiy va salbiy
munosabatning paydo bo'lishi, negativizm singari nohush xulq-atvor alomatlari o'z-
o'zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetilish tufayli poydo bo'ladigan belgilar
bo'lmay, balki ular bilvosita ta'sir ko'rsatadigan o'smir yashaydigan ijtimoiy shart-
sharoitlar vositasi orqali, uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar
bilan munosabati, maktab va oilasidagi o'rni munosabatlari sababli yuzaga keladigan
xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o'zgartirish yo'li bilan
o'smirlarning xulq-atvoriga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatish mumkin. Ular tashqi
ta'sirlarga va xissiyotlarga juda beriluvchan bo'ladilar. Shuningdek ularga mardlik,
jasurlik, tantiqlik kabi psixologik sifatlar ham xosdir. Tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik
o'smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat
hollarda asoslanmagan bo'ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi
kattalarning shuningdek, ustozlarning to'g'ri yo'lni ko'rsatishlariga qaramay o'z
fikrlarini o'tkazishga harakat qiladilar. Juda ko'p o'smirlar bu davrda chekish hamda
spirtli ichimliklarga qiziqib qoladilar. Bugungi kunda internet materiallarini tushunish
yoki anglamasdan undan foydalanishga harakat qilishadi. Bu holatda chekuvchi,
ichuvchi singari yangi rolda o'zini normal, qulay his qiladi.
Xulosa:
Bugungi psixologik xizmatning qulay va shaxs kamoloti uchun
nihoyatda ahamiyatli tomonlari barchaga ma'qul va manzur bo'lgan. Lekin psixologik
xizmatning keng targ'ibot qilinishi uchun yuqoridan maxsus rasmiy farmoyishning va
amaliyotchi psixologlarning nihoyatda taqchilligi yoppasiga barcha maktablarda xuddi
shunday psixologik xizmatni tatbiq etish ishiga birmuncha to'sqinlik qilib kelar
edi.1990-yillarga kelib mustaqillik, erk, o'zlikni anglash hislari hukmron bo'lgan
O'zbekiston sharoitida inson va jamiyat kamolotini ko'zlovchi barcha ijtimoiy sohalar
singari psiixoloogik xizmat tatbiqining keng quloch yoyishi uchun ham o'ziga xos
zamin hozirlandi. Bu esa O'zbekiston uchun xarakterli bo'lgan psixologik xizmat
rivojlantirilishinning navbatdagi amaliyotchi-psixologlar tayyorlash bosqichiga
o'tishni muqarrar qilib qo'ydi. Chunki maktabdagi ijtimoiy-psixlogik iqlimni tahlil qila
oluvchi malakali amaliyotchi-psixologlar tayyorlamay turib,O'zbekistonda psixologik
xizmat tatbiqini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo'lmas ekan. Shunga muvofiq
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
162
ISSN:3030-3613
dastavval Toshkentda, so'ngra Buxoroda, keyinchalik Navoiy, Andijon,Samarqand va
boshqa viloyatlarda umumta'lim maktablari uchun "Amaliyotchi-psixologlar"
mutaxassisligi bo'yicha qayta tayyorlov kurslari ochildi va bu kurslarni muvaffaqiyatli
tugatganlar
Respublikamizning
talaygina
maktablarida
psixologik
xizmat
tashkilotchisi, targ'ibotchisi va tadqiqotchisi samarali ish olib bormoqdalar. Psixologik
xizmat qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilsa,insonlarda uchraydigan turli ruhiy holatlar ham
shunchalik oson korreksiya qilinadi.Insonlar o'z hayotida uchraydigan muammolarni
bartaraf qilishni o'rganadilar.[6]
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1.
Karimov I.A Biznining bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash,mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir.T.: ,,0'zbekiston'',2005.96 -
bet.
2.
Andreeeva G.M.Sotsialnaya psixologiya.Uchebnik.-M.Aspekt Press,1999.376-bet.
3.
G'oziyev E.G' Umumiy psixologiya.Toshkent.2007.1-2-kitob.
4.
G'oziyev E.G',Toshimov R.Menejment psixologiyasi.T -2002
5.
G'oziyev E.G Muomala psixologiysi.T-2001
6.
Karimova V.M.Mustaqil fikrlash.-T. :Sharq.2000.-112-bet
.