Mualliflar

  • Abduxomidov Ikromjon Maxamdin o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97281

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Masofaviy bank xizmatlari Inflyatsiya moliyaviy butik SMS- banking Internet- banking Tap-to-phone tizimi Mobil- banking Supermarket- banking moliyaviy savodxonligi.

Annotasiya

Maqolada  tijorat  banklari  tomonidan  masofaviy  bank  xizmatlarini 
koʻrsatishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb muammolar 
aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

3

ISSN:3030-3613

TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN MASOFAVIY BANK XIZMATLARINI

KOʻRSATISHNING AMALIY HOLATI

Abduxomidov Ikromjon Maxamdin o’g’li

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya

akademiyasi magistranti

Annotatsiya

Maqolada tijorat banklari

tomonidan

masofaviy

bank

xizmatlarini

koʻrsatishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb muammolar
aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar:

Masofaviy bank xizmatlari, Inflyatsiya, moliyaviy butik, SMS-

banking, Internet- banking, Tap-to-phone tizimi, Mobil- banking, Supermarket-
banking, moliyaviy savodxonligi.

Annotation

The article identifies the urgent issues related to the organizational and economic

foundations of remote banking services provided by commercial banks and develops
scientific proposals aimed at addressing them.

Keywords:

Remote banking services, Inflation, Financial boutique, SMS

banking, Internet banking, Tap-to-phone system, Mobile banking, Supermarket
banking, Financial literacy.


Kirish.

Jahonda aholiga sifatli masofaviy bank xizmatlari koʻrsatishda raqobat

kurashining yanada ortib borishiga, tijorat banklari faoliyati samaradorligining xalqaro
darajadagi reytingini baholashga e’tibor qaratilmoqda. Jahon banki hisobotlariga koʻra
«pandemiya raqamli bank xizmatlaridan ilk foydalanuvchilar sonining 40 foizi onlayn-
banking xizmatidan foydalangan boʻlib, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida –
54 foiz, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasida – 15 foiz, Yevropa va Markaziy
Osiyo mintaqasida – 10 foizni tashkil etdi»

1

. Tijorat banklari tomonidan masofaviy

bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonidagi nomuvofiqliklarning mavjudligi va
masofaviy bank xizmatlari koʻrsatish sifatining turli darajada ekanligi ushbu sohaga
alohida e’tibor qaratilishini taqozo etmoqda.

Jahonda tijorat banklari tomonidan masofaviy xizmatlar koʻrsatishni

rivojlantirish hamda yangi zamonaviy bank xizmatlarini joriy qilish va ularning sifatini
oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarga e’tibor qaratilmoqda. Tijorat banklari
masofaviy bank xizmatlarini kengaytirish, banklar tomonidan masofaviy xizmatlarni
mijozlarga yetkazish madaniyatini oshirish aholi keng qatlamining bankka boʻlgan
ishonchini oshirish, banklar tomonidan yirik mijozlarni jalb qilish va ularning talab va
takliflarini e’tiborga olgan holda yangi masofaviy xizmat turlarini taklif etish,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

4

ISSN:3030-3613

mijozlarning fikrini doimiy e’tiborga olgan holda xizmat koʻrsatish masalalari
boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Adabiyotlar tahlili.

Ma’lumki, banklar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlari

nazariyasi tarixi qator bosqichlarni bosib oʻtgan. Bank xizmatlar nazariyasi
rivojlanishini boshlangʻich bosqichida X.Duglas

2

va G.Brayanning ilmiy ishlari

banklar xizmati bozori hamda uning bank xizmatlari segmentini oʻrganishga
bagʻishlangan. Ikkinchi bosqichda, mamlakatlarning iqtisodiyot tizimlari faoliyatini
xususiyatlarini hamda boshqa omillarning bank xizmatlari bozoriga ta’sirini tadqiq
etishga bagʻishlangan F.Derek

3

O.Donnel, E.Ballarin ilmiy ishlarida aks etadi.

Keyingi 3-bosqichda

«Moliyaviy supermarket» va «moliyaviy butik» gʻoyalari boʻyicha fikrlar ilgari

surilgan. Bank xizmatlari bozorida mavjud koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar keng
tarqalgan boʻlib, banklarning birlashish va singib ketish holatlari koʻpaydi. Bu borada
D.Jentle, J.Sinki

4

, P.Rouz ilmiy ishlarini alohida ta’kidlab oʻtish mumkin.

Tijorat banklarining masofaviy xizmatlari boʻyicha biz qator MDH davlatlari

olimlarining ham qarashlarini oʻrganib chiqishga harakat qildik. Albatta, bu sohada
rossiyalik olimlarning asarlarida turlicha yondashuvlarni koʻrishimiz mumkin.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar tijorat banklarining masofaviy xizmatlari toʻgʻrisida
koʻpchilik bildiradigan fikr atrofida fikrlar bildirishini koʻrishimiz mumkin. Iqtisodchi
olim I.I.Bichkova «tijorat banklarining masofaviy xizmatlarini aksariyat hollarda
mijozning bankga bormasdan kompyuter texnologiyalari va telefon tarmogʻi orqali
topshirigʻiga asosan amalaga oshirilishi»

5

deb qaraydi. O.I.Lavrushin «banklarning

masofaviy xizmatlari bu bankning oʻz mijozlari (jismoniy va yuridik shaxslar)ga turli
bank operatsiyalariga masofadan turib ruxsat berish boʻyicha kompleks xizmatlaridir»

6

degan ta’rif beradi. Shuningdek, O.I.Lavrushinning fikricha, «bank operatsiyalari

bank funksiyalarining amaliyotda amalga oshirilishi boʻlsa, bank xizmatlari esa bir
yoki bir necha operatsiyalarning bank mijozi topshirigʻiga asosan va ma’lum toʻlov
evaziga amalga oshirilishini koʻzda tutadi degan qarashni oʻrtaga suradi»

7

. Albatta,

tijorat banklarining masofaviy xizmatlari oʻzining qoʻllanilishi va bajarilishi jihatdan
masofadan amalga oshiriladigan xizmatdir. Ammo, prof. O.I.Lavrushinning yuqorida
keltirib oʻtgan fikrlari bizni bank operatsiyalari, bank xizmatlari va mahsulotlari
toʻgʻrisida qisqacha boʻlsada fikrimizni bayon qilishga undaydi.

Rossiyalik olimlar A.M.Tavasiyev, T.Y.Mazurina, V.B.Bichkovlarning

fikricha, «bank xizmatlari bank operatsiyalariga qoʻshimcha hisoblanib ularga bank
operatsiyalarining qoʻshimcha bir turi sifatida qarash mumkin. Ushbu olimlarning fikri
boʻyicha bank xizmatlari va bank operatsiyalari oʻrtasida farq mavjud emasdek
tuyuladi. Lekin biz bilamizki, bank bank faoliyati mijozlar va ularning talablarini
qondirish bilan bogʻliq. Shuning uchun banklar operatsiyalarni amalga oshirish uchun
mijozlarga qanday va qaysi turdagi xizmatlar koʻrsatishi mumkinligini belgilab olishi,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

5

ISSN:3030-3613

ularni mijozlarga yetkazishi lozim»

8

. E.P.Jarkovskaya «...bank masofaviy xizmatlari

bank ofisida aynan bank xodimi va mijoz ishtirokida emas balki, uyda, ish joyida,
umuman mijozga qulay boʻlgan xohlagan joyda xizmat koʻrsatishdir»

9

degan ta’rifni

keltiradi. Mazkur olimning mijoz aynan bank ofisiga kelmasdan bank xizmatidan
foydalanishi mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrlarini notoʻgʻri deb unga e’tirof bildirib
boʻlmaydi, chunki tijorat banklarining masofaviy xizmati mijoz tomonidan bank
ortidan amalaga oshiriladi. A.S.Goncharukning «Chakana bank xizmatlari – bu aholiga
tijorat bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlarini qondirish uchun
standartlashtirilgan bank mahsulotlariga asoslangan xizmatdir»

10

.

Mahalliy olimlarimizdan prof. Sh.Z.Abdullayevaning

11

masofaviy bank

xizmatlari toʻgʻrisidagi fikrlariga e’tibor qaratadigan boʻlsak, ular axborot
texnologiyalarining rivojlanishi internetda moliyaviy xizmatlar koʻrsatish imkoniyatini
kengaytirayotganligi, ilgʻor firmalar va tijorat banklari bugungi kunda bu
imkoniyatdan foydalangan holda mijozlarga masofadan turib xizmat koʻrsatish,
elektron pullar hisobini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlayotganligiga,
mamlakatimiz tijorat banklarida bank hisob-varaqlarini masofadan turib boshqarishni
rivojlantirish kunning muhim masalalaridan biri ekanligiga e’tibor qaratgan. Prof.
Sh.Z.Abdullayevaning tijorat banklari masofaviy xizmatlarida axborot texnologiyalar
rivojlanishi, banklar va aynan ilhor zamonaviy internet xizmatlarini koʻrsatuvchi
firmalar bilan hamkorlik masalasining muhim jihatlari mavjudligini bugungi kunning
talablari koʻrsatmoqda. Chunki banklar oʻzi bu sohada faoliyat olib borgandan koʻra
maxsus xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmati ancha samarali boʻlishi mumkin.

Tijorat banklarining masofaviy xizmatlari boʻyicha oʻz tadqiqotlarini olib

borgan mahalliy olimlarimizdan yana biri Z.T.Mamadiyarovning fikricha, «...bank
tizimida masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi, birinchidan, odamlar hayotidagi
oʻzgarishlar, yangi axborot texnologiyalarning joriy etilishi, ikkinchidan, bank
operatsiyalarning avtomatlashtirilgani bilan bogʻliq»

12

. Biz bank xizmatlarining

rivojlanishi, jumladan, insonlar hayotini yengillashtiruvchi masofaviy bank
xizmatlarining rivojlanishi sohasida tadqiqotchi Z.T.Mamadiyarov tomondan
keltirilgan fikrni qoʻllab-quvvatlaymiz. Jahonda, jumladan, mamlakatimizda ham
axborot texnologiyalarning rivojlanishi banklarning masofaviy xizmatlarining ham
rivojlanishiga turtki boʻlmoqda. Biz ushbu muallifning keltirgan fikriga qoʻshimcha
ravishda ta’kidlamoqchimizki, aynan globallashuv jarayonlari banklarning masofaviy
xizmatlarining rivojlanishi, ularning ommalashuvi va keng koʻlamda har yili yangi
turdagi xizmat turlarining koʻpayishiga zamin yaratmoqda.

Tijorat banklari xizmatlari, ayniqsa ular tomonidan amalga oshiriladigan

chakana

xizmatlar

boʻyicha

oʻzining

tadqiqot

ishlarini

olib

borgan

tadqiqotchilarimizdan

X.Xudoyarova

13

«bank

chakana

xizmatlari

bozorini

takomillashtirishga qaratilgan strategik maqsadga erishishda, chakana bank


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

6

ISSN:3030-3613

xizmatlarini yetkazib berish jarayonini bir standartga solish asosida zamonaviy,
innovatsion «online» xizmat turlarini joriy etish orqali, bank chakana xizmatlari
bozorini yanada takomillashtirish hamda bank mijozlari talabini qondirish» taklifini
ilgari surish orqali tijorat banklarining masofaviy xizmatlarini yanada rivojlantirish
muhim

ahamiyatga

ega

ekanlishgiga

urgʻu

berganligini

koʻrishimiz

mumkin.Tadqiqodchilarimizdan X.Xudoyarovaning fikrlari shu jihatdan ijobiyki,
bank xizmatlarining qaysi turi boʻlishidan qat’i nazar ular bank mijozlarining
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. «Biroq, bank xizmatlari orasida bank masofaviy
xizmatlarining ahamiyati katta, chunki u mijozning faoliyatinini yengillashtiradi va
uning bank bilan bogʻliq ba’zi xarajatlarining kamayishiga olib keladi»

14

, mijoz

faoliyatining tezlashuviga va boshqa qator ijobiy qulayliklarga zamin yaratadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy tadqiqotni bajarishda statistik guruhlash,

induksiya va deduksiya, ekspert baholash, qiyosiy va trendli tahlil usullaridan
foydalanildi. Ilmiy maqolani yozishda Respublika tijorat banklari tomonidan
masofaviy xizmatlarni koʻrsatish yillar davomida rivojlanib borayotgan boʻlsa-da,
ushbu xizmatlarning yanada taraqqiy topishida muammolar yoʻq deb boʻlmaydi, ularni
amaliy holatini tahlili usullardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Banklar tomonidan mijozlarga erkinliklar yaratish va ularga oʻz- oʻziga xizmat

koʻrsatishga oʻtish tamoyili asosida keng koʻlamdagi masofaviy xizmat turlari taklif
qilinmoqda. Xizmat koʻrsatishni elektronlashtirish, ularni unifikatsiyalash va
mobilligini oshirish davr talabiga aylanib bormoqda. Mijozlarga masofadan xizmat
koʻrsatishning takomillashib borishi bank xizmatlari ichida mijozga telefon, modem va
kompyuter yordamida bank operatsiyalarini oʻtkazishga imkon beradi va bank
xizmatlari tannarxini pasaytiradi, operatsiyalar tezligini oshiradi.

Tadqiqot

natijalari.

Respublikada

innovatsion

texnologiyalardan

foydalanuvchilar bilan bir qatorda bank hisob-varaqlarini masofadan turib boshqarish
tizimlaridan foydalanuvchilar soni ham kundan kunga ortib bormoqda. Axborot
texnologiyalari yutuqlarini banklar faoliyatiga dadillik bilan tatbiq etilishi hamda
shular asosida mukammal dasturlar yaratilishi va bank xizmatlarini yoʻlga
qoʻyilishining mustahkam platformasi yaratilgan boʻlib, bugungi kunda yangi
zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan dasturiy ta’minotlar amaliyotda
foydalanilib kelinmoqda.

Shuningdek, mamlakat toʻlov tizimini yangi texnologiyalardan foydalangan

holda bank mijozlariga oʻz turgan joyidan, kompyuter yoki elektron aloqa tizimi bilan
bank operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Yangi texnologiyalarga
asoslangan masofaviy bank xizmatlari orqali bank mijozi oʻz ish joyida yoki boshqa
oʻziga qulay sharoitda toʻlovlarni oʻtkaza olishi, toʻlov oʻtishi bosqichlarini kuzatib
turishi, hisobotlarni olish kabi barcha bank amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish
imkoniyatini yaratadi. «Internet-banking» bilan mijoz oʻz joyidan internet orqali bank


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

7

ISSN:3030-3613

saytiga ulanib, oʻz hisob raqamiga tushayotgan pullarni koʻrishi, pul oʻtkazmalarini
tayyorlab bankka uzatishi mumkin.Bank mijozi uchun SMS-banking masofaviy bank
xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlari beriladi. Ya’ni, hisob-varagʻiga
kelib tushgan mablagʻlar, hisob-varaqdan qilingan xarajatlar, hisob-varaq balansi, kun
davomida oʻtkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish va
h.k.Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bankomatlar yagona tarmoqqa ulangan
boʻlib, mijozlar oʻz bankidan boshqa banklar bankomatidan ham foydalanishi mumkin.
Ayni vaqtda bank-moliya xizmatlari koʻlamini zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qoʻllagan holda kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

«2022–2026-yillarga

moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot

strategiyasi»

15

va «2025-yil 1-iyuldan tadbirkorlikga oid barcha majburiy talablar

yagona elektron reestrini ishga tushirish rejalashtirilganligi, aholi daromadlari
tarkibida eng yuqori oʻsish sur’atlari ish haqi koʻrinishidagi daromadlarning 25,4
foizga (2020- yildagi oʻsish 14,1 foiz), mol-mulkdan olingan daromadlarning 27,2
foizga, transfertlar, jumladan, nafaqa koʻrinishidagi daromadlarning 47,9 foizga,
xorijiy pul oʻtkazmalarining 35 foizga (AQSh dollari ekvivalentida) oʻsishi kuzatildi»

16

. Bu oʻz navbatida aholining masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini

oshirdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 32 ta tijorat banklari, ularning 861 ta filiallari,
356 ta mini-banklari, 866 ta bank xizmatlari koʻrsatish ofislari yuridik va jismoniy
shaxslarga bank masofaviy xizmatlari koʻrsatib kelmoqda.

Ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2019/2021

yillarda jami 15,7 trln. soʻmdan koʻp imtiyozli kreditlar ajratilishida masofaviy
xizmatlardan foydalanish koʻlami sezilarli oshdi. va bu orqali 633 mingdan ziyod
oilalar tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyildi. Bu koʻrsatkich bank masofaviy xizmatlarining
2020-yildagi 2,6 foizdan 12,1 foizgacha tezlashib, iqtisodiyotda investitsion va
iste’mol talabining oshishiga xizmat qildi. Oʻz navbatida, aholi umumiy
daromadlarining YaIMdagi ulushi 2020-yildagi 66 foizdan 70 foizgacha oshishiga
imkon berdi. Mijozlarga bank masofaviy xizmatlar koʻrsatish banklar tomonidan bu
xizmatlarni yaratish va joriy etish jarayonlariga uzviy bogʻliq.

Masofaviy xizmatlarni koʻrsatishda bank boshqaruvi hamda hukumatimiz

tomonidan qabul qilingan qonunlardan kelib chiqqan holda ish faoliyatini tashkil
qilinib, bugungi kunda bank masofaviy xizmatlarida eng koʻp rivojlangan hamda keng
tarqalgan iste’mol kreditlari hamda pul oʻtkazmalari juda katta salmoqqa ega boʻlib
kelmoqda.

Bank tomonidan soʻnggi yillarda koʻplab omonatlar joriy qilinishi bilan bir

qatorda daromadli karta omonat turlari ham joriy qilingan boʻlib, bu turdagi
omonatlarni muddati 6 oygacha va omonatchi tomonidan uning omonat mablagʻiga
hisoblangan foizlar har oyda oʻz kartasiga tushurish imkonini beradi. Bank mahsulot
innovatsiyalari sohasida xaridor talabi omilining rivojlanib borish koʻlami yangi bank


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

8

ISSN:3030-3613

tomonidan qoʻllanilayotgan texnologiyalar bilan belgilanadi. Shu bilan birga, tijorat
banklarining masofaviy xizmatlarini rivojlantirish mobil toʻlov dasturlari
imkoniyatlarini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda. Ushbu mexanizmlarning
yagona platformada joriy qilinishi, bank masofaviy xizmatlari koʻlamining
kengaytirilishi uning mijozlariga bir qator yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bank
xizmatlaridan foydalanishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida mijozlarga
bank va toʻlov xizmatlaridan bank filiallariga yoki toʻlov tashkilotlariga bevosita
tashrif buyurmasdan masofaviy tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi mijozlarni
masofaviy biometrik identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi. 2021-yil sentyabr oyidan
boshlab mobil xizmatlarni koʻrsatishda raqamli identifikatsiya qilish mexanizmi (Face
ID) amaliyotga joriy etilib, ushbu texnologiyadan 11 ta tijorat banki, 4 ta toʻlov
tashkiloti va 4 ta marketpleys foydalanmoqda.

1-rasm. Masofadan bank xizmati koʻrsatish tizimidan foydanaluvchilar

soni

17

Aholi uchun respublika va xorijiy toʻlov tizimlari infratuzilmasida hisob-

kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi 15 ta tijorat banklari tomonidan 652
mingdan ortiq kobeydjing bank kartalari muomalaga chiqarildi. Naqd pulsiz hisob-
kitoblar koʻlamini oshirish va mijozlar xaridlarini ragʻbatlantirish maqsadida mobil
aloqa operatorlari va toʻlov tashkilotlari bilan hamkorlikda banklar tomonidan ko-
brend kartalarini muomalaga chiqarish loyihalari boshlandi. Kontaktsiz toʻlov
xizmatlarini rivojlantirish doirasida joriy etilgan Tap-to-phone tizimi (terminalsiz)
orqali tadbirkorlik subyektlari uchun toʻlovlarni qabul qilish imkoniyatini beruvchi
xizmatdan 380 ta tadbirkorlik subyekti foydalanishni boshladi.

Toʻlov xizmatlari bozorida raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida Markaziy

bank tomonidan 1 ta toʻlov tizimi operatori va 15 ta toʻlov tashkilotlariga oʻz faoliyatini
amalga oshirish boʻyicha litsenziyalar berilgan. Shuningdek, hisobot yilida, aholining
moliyaviy savodxonligini oshirish hamda moliyaviy ommaboplikni oshirish borasidagi
ishlar davom ettirildi. 2020-yilning 1-mart holatiga koʻra, bank hisob-varaqlarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

9

ISSN:3030-3613

masofadan turib boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 10,4 million kishidan
oshdi, shundan «Internet- banking» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar
699 ming kishidan koʻproq odamni tashkil etdi, «Mobil-banking» va «SMS- banking»
xizmatlaridan foydalanuvchilar 9,68 million kishidan ziyodroq tashkil etilib, ular 2014-
yilga nisbatan deyarli 40 barobarga oshgan.

1-jadval

Oʻzsanoatqurilishbankning ustav kapitali hajmi va dinamikasi

19

, mlrd.

soʻm

Koʻrsatkichlar

01.

01.2020

01.

01.2021

01.

01.2022

01.

01.2023

01.

01.2024

Oʻzsanoatqurilishbank

ustav kapitali hajmi

14

52

18

76,7

463

4,5

46

34,5

46

34,5

Oʻsish sur’ati

20

8,0

12

9,2

246

,9

10

0,0

10

0,0

Bank sektorining ustav

kapitali hajmi

16

307

19

673

418

77

44

655,8

54

760

Oʻsish sur’ati

18

0,9

20,

6

112

,9

10

6,6

12

2,6

Oʻzsanoatqurilishbankning

bank sektori ustav kapitalidagi
ulushi

8,9

9,5

11,

1

10,

4

8,5

Jadval

ma’lumotlaridan koʻrinib

turibdiki,

Oʻzsanoatqurilishbankning ustav kapitali tahlil etilayotgan davr mobaynida mutlaq
summada oshib bormoqda. Lekin, ustav kapitalning oʻsish sur’ati esa bank sektori
oʻsish sur’atidan orqada qolayotganini

koʻrsatmoqda. Buning natijasida,

Oʻzsanoatqurilishbankning ustav kapitalini mamlakatimiz bank sektoridagi salmogʻini
oxirgi 3 yilda kamayish tendensiyasini koʻrsatmoqda. 2020-yil holatiga bu koʻrsatkich
11,1 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2024-yilda esa 8,5 foizga tushgan. Bu esa oʻz
navbatida,

mamlakatimiz

bank

sektoridagi

asosiy

oʻrinlarda

turuvchi

Oʻzsanoatqurilishbankning mavqeyiga salbiy ta’sir

koʻrsatmoqda.

Bizning

fikrimizcha, Oʻzsanoatqurilishbankning oʻz mablagʻlari tarkibida ustav kapitali
ulushini pasayishiga yoʻl qoʻmaslik lozim. Chunki ustav kapital bankning
taqsimlanmagan foydasi bilan birga xususiy kapitalning eng barqaror qismi
hisoblanadi. Bank tomonidan bunga erishishning eng maqbul yoʻli fikrimizcha, bank
ustav kapitalining 15 foiz ulushini xorijiy investorlarga sotish orqali tashqaridan
zamonaviy korporativ boshqaruvni olib kelish hamda buning hisobiga chet ellik
investorlarning masofaviy bank xizmatlarini koʻrsatish borasidagi tajribalarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

10

ISSN:3030-3613

oʻrgangan holda mamalakatimiz bank tizimiga joriy etilishi bugungi kunda
respublikada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda belgilangan vazifalar ijrosini
ta’minlanishida oʻz hissasini qoʻshadi.

Xulosa va takliflar.

Tijorat banklari tomonidan masofaviy bank xizmatlarini

koʻrsatishning amaliy holati bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi xulosalarni shakllantirdik:

1.Tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy bank xizmatlari, uning

samaradorligi va sifati tahlili shuni koʻrsatadiki, hozirgi kunda banklar oʻz mijozlariga
taklif etayotgan masofaviy xizmat turlarining koʻlami anchaga kengaygan. Birgina
bank mobil ilovasi orqali mijoz bankka kelmasdan turib bank xizmatlaridan
foydalanishi, milliy valyutadagi mablagʻlarini xorij valyutasiga komission toʻlovsiz
erkin konvertatsiya qilishi, onlayn omonatlar qoʻyishi va oladigan mablagʻlarini
hisoblab borish, overdraft kreditlarini olishi va kreditlarni soʻndirib borish imkoniga
ega.

2.

Bank mobil ilovasi orqali mijoz oʻz mablagʻlarini doimo monitoring

qilish imkoniga ega boʻladi. Mana shunday mobil ilovalarning yaratilishi mijozlar
vaqtini va mablagʻlarini tejalishiga va banklarga yanada koʻproq yangi mijozlar jalb
qilinishiga zamin yaratmoqda.

3.Oʻzbekistonda yuqori texnologiyalarga asoslangan holda zamonaviy bank

xizmatlari infratuzilmasi yaratilib, mijozlarga keng koʻlamda masofaviy xizmatlar
koʻrsatilmoqda.

4.Oʻzbekiston shaharlari va tuman markazlarida borgan sari koʻproq,

supermarketlar va yirik savdo markazlari ishga tushirilmoqda. Banklar supermarket-
banking usulidan foydalanib, koʻrsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish
imkoniyatlariga ega va aynan ilgʻor xorij tajribasiga asoslangan yangi Supermarket-
banking yoʻnalishining amaliyotga joriy etilishi fikrimizcha, bank xizmatlari
majmuyining boyitilishiga xizmat qiladi.

5.Banklar tomonidan mijozlarga erkinliklar yaratish va ularga oʻz- oʻziga

xizmat koʻrsatishga oʻtish tamoyili asosida keng koʻlamdagi masofaviy xizmat turlari
taklif qilinmoqda. Xizmat koʻrsatishni elektronlashtirish, ularni unifikatsiyalash va
mobilligini oshirish davr talabiga aylanib bormoqda. Mijozlarga masofadan xizmat
koʻrsatishning takomillashib borishi bank xizmatlari ichida mijozga telefon, modem
va kompyuter yordamida bank operatsiyalarini oʻtkazishga imkon beradi va bank
xizmatlari tannarxini pasaytiradi, operatsiyalar tezligini oshiradi. Bunday zamonaviy
xizmat turlari jahonning istalgan joyida bank hisob-kitoblarini oʻtkazishga imkon
beradi.

6.Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan depozit va kreditlarning muddatiga mos

ravishda differensiatsiya asosida foiz belgilash amaliyotini qoʻllashi onlayn kredit
xizmatlari jozibadorligini oshirishga va bankning jami kreditlar hajmini ortishiga
xizmat qilgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

11

ISSN:3030-3613

Tijorat banklarining masofaviy xizmatlarini takomillashtirish bilan bogʻliq

muammolar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha mijoz hamda banklar
kesimida alohida yechimlar ishlab chiqilib, har biri boʻyicha ilmiy asoslangan
mualliflik yondashuvlari amalga oshirildi.

Masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirishda mijozlarning fikrlari hamda

ularning moliyaviy savodxonligi asosiy masalalardan ekanligini inobatga olgan holda,
mijozlar uchun qulay hamda ularga tushunarli boʻlgan yangi masofaviy xizmat
turlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha ilmiy takliflar ishlab childi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jahon banki hisoboti

https://www.worldbank.org/en/news/press-

release/2022/06/29/covid-

19-drives-global-surge-in-use-of-digital-payments

ma’lumotlari asosida.

2.

Дуглас Х. Банковская политика в области кредитования. – М.: Слово, 1971.
– 508 с.

3.

Дерек Ф. Глобалная стратегия банков. – М.: Економика и финанси, 1990.
– 385 c.

4.

Синки Дж. Финансовий менеджмент в коммерческом банке и в индустрии
финансових услуг. Пер. с англ. – Москва: Aлпина Бизнес Букс, 2007. –
1018 с.

5.

Бичкова И.И. Технологические инвации в продаже банковских продкутов
/ И. И. Бичкова, О. Г. Семенюта // Современние технологии управления. -
2016. - №3 (63). - С. 55-62.

6.

Лаврушин О.И. Денги, кредит, банки: Учебник / Под ред. засл. деят. науки
РФ, д-ра екон. наук, проф. О.И.Лаврушина. -М.: КНОРУС, 2016.- 576

7.

Банковское дело / Под ред. О.И. Лаврушина. М: Финанси и статистика,
2011. 454 с

8.

Тавасиев A.М., Т.Ю.Мазурина, В.Б.Бичков.Банковское кредитование. М.:
ИНФРA-М.2012.507 с.

9.

Жарковская Е.П. Банковское дело.М.: ОМЕГA-Л. 2014. 413 с.

10.

Гончарук A.С. Институционалние аспекти развития сегмента розничних
банковских услуг: дис. канд. екон. наук: 08.00.10 / Сев.-Осет. гос. ун-т им.
К.Л. Хета-гурова - Шахти, 2012. - 183 с.

11.

Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity
of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology,
109-116.

12.

Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on
Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of
Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business
Administration, 4(2), 84-88.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

12

ISSN:3030-3613

13.

Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF
SOVEREIGN

WEALTH

FUNDS. International

Finance

and

Accounting, 2020(5), 1.

14.

Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF
SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

15.

Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of
Sovereign Wealth Funds. The American Journal of Management and Economics
Innovations, 3(05), 30-37.

16.

Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience
in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and
Education, 3 (5), 1628-1636.









Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

release/2022/06/29/covid- 19-drives-global-surge-in-use-of-digital-payments

ma’lumotlari asosida.

Дуглас Х. Банковская политика в области кредитования. – М.: Слово, 1971.

– 508 с.

Дерек Ф. Глобалная стратегия банков. – М.: Економика и финанси, 1990.

– 385 c.

Синки Дж. Финансовий менеджмент в коммерческом банке и в индустрии

финансових услуг. Пер. с англ. – Москва: Aлпина Бизнес Букс, 2007. –

с.

Бичкова И.И. Технологические инвации в продаже банковских продкутов

/ И. И. Бичкова, О. Г. Семенюта // Современние технологии управления. -

- №3 (63). - С. 55-62.

Лаврушин О.И. Денги, кредит, банки: Учебник / Под ред. засл. деят. науки

РФ, д-ра екон. наук, проф. О.И.Лаврушина. -М.: КНОРУС, 2016.- 576

Банковское дело / Под ред. О.И. Лаврушина. М: Финанси и статистика,

454 с

Тавасиев A.М., Т.Ю.Мазурина, В.Б.Бичков.Банковское кредитование. М.:

ИНФРA-М.2012.507 с.

Жарковская Е.П. Банковское дело.М.: ОМЕГA-Л. 2014. 413 с.

Гончарук A.С. Институционалние аспекти развития сегмента розничних

банковских услуг: дис. канд. екон. наук: 08.00.10 / Сев.-Осет. гос. ун-т им.

К.Л. Хета-гурова - Шахти, 2012. - 183 с.

Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity

of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology,

-116.

Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on

Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of

Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business

Administration, 4(2), 84-88.

Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF

SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and

Accounting, 2020(5), 1.

Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF

SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of

Sovereign Wealth Funds. The American Journal of Management and Economics

Innovations, 3(05), 30-37.

Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience

in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and

Education, 3 (5), 1628-1636.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари