Mualliflar

  • Ahmedova Shohsanam Anvarjon qizi
  • Ahmedova Shohsanam Anvarjon qizi
  • Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97412

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: inklyuziv taʼlim empatiya ijtimoiy-emotsional rivojlanish inklyuziv taʼlim modeli muloqot bagʻrikenglik kompleks yondashuv komunikatsiya

Annotasiya

Anotatsiya:    Ushbu  ilmiy  maqolada  inklyuziv  taʼlim  oluvchi  bolalar  bilan 
sogʻlom  bolalarning  o‘zaro  munosabatlarini  shakllantirish  metodikasi  chuqur  tahlil 
etilgan. Tadqiqot psixologik, pedagogik hamda ijtimoiy nuqtai nazardan olib borilib, 
ilmiy  asoslangan  metodlar  orqali  sogʻlom  va  maxsus  ehtiyojli  bolalarning 
hamkorlikdagi rivojlanishiga xizmat qiluvchi yondashuvlar tavsiya etiladi. Maqolada 
mahalliy hamda xalqaro tajriba, ilmiy nazariyalar va amaliy kuzatuvlar asosida xulosa 
chiqariladi.                       


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

374

ISSN:3030-3613

INKLYUZIV TAʼLIM OLUVCHI BOLALAR BILAN SOGLʻOM

BOLALARNING OʻZARO MUNOSABATLARINI SHAKLLANTIRISH

METODIKASI

Ahmedova Shohsanam Anvarjon qizi

Qo‘qon Universiteti Andijon filiali

Psixologiya yo‘nalishi, sirtqi

taʼlim, 1- bosqich talabasi

Ahmedova Shohsanam Anvarjon qizi

Ilmiy rahbar:

Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna

Anotatsiya:

Ushbu ilmiy maqolada inklyuziv taʼlim oluvchi bolalar bilan

sogʻlom bolalarning o‘zaro munosabatlarini shakllantirish metodikasi chuqur tahlil
etilgan. Tadqiqot psixologik, pedagogik hamda ijtimoiy nuqtai nazardan olib borilib,
ilmiy asoslangan metodlar orqali sogʻlom va maxsus ehtiyojli bolalarning
hamkorlikdagi rivojlanishiga xizmat qiluvchi yondashuvlar tavsiya etiladi. Maqolada
mahalliy hamda xalqaro tajriba, ilmiy nazariyalar va amaliy kuzatuvlar asosida xulosa
chiqariladi.

Аннотация:

В данной научной статье подробно рассматривается методика

формирования взаимных отношений между детьми, обучающимися в
инклюзивной образовательной среде, и их здоровыми сверстниками.
Исследование охватывает психологические, педагогические и социальные
аспекты. Предлагаются научно обоснованные подходы, способствующие
совместному развитию детей с особыми потребностями и их сверстников.
Выводы сделаны на основе местного и международного опыта, теоретических
знаний и практических наблюдений.

Abstract:

This scientific article provides a comprehensive analysis of methods

for building mutual relationships between children in inclusive education and their
typically developing peers. The research examines psychological, pedagogical, and
social dimensions, offering evidence-based approaches to foster cooperation and joint
development. Conclusions are drawn based on theoretical foundations, practical
observations, and both local and international experiences.

Kalit so‘zlar:

inklyuziv taʼlim, empatiya, ijtimoiy-emotsional rivojlanish,

inklyuziv taʼlim modeli, muloqot, bagʻrikenglik, kompleks yondashuv, komunikatsiya,

Ключевые:

инклюзивное

образование,

эмпатия,

социально

эмоциональное развитие, модель инклюзивного образования, общение,
толерантность, комплексный подход, коммуникация.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

375

ISSN:3030-3613

Keywords:

inclusive education, empathy, socio-emotional development,

inclusive

education

model,

communication,

tolerance,

holistic

approach,

communication.

Taʼlim har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi
o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda taʼlim tizimida inklyuzivlik tamoyillariga asoslangan
yondashuvlar kuchaymoqda. Inson huquqlarini hurmat qilish, teng imkoniyatlar
yaratish va har bir bolaga o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkonini berish
maqsadida inklyuziv taʼlim modeli joriy etilmoqda. Bu model nafaqat nogironligi
bo‘lgan bolalar uchun, balki sogʻlom bolalar uchun ham ijtimoiy moslashuv, rahm-
shafqat, ijtimoiy masʼuliyat va o‘zaro hurmatni o‘rgatadigan muhim vositadir. Inkluziv
taʼlimga o‘tish nafaqat pedagogik yondashuvlarni, balki taʼlim muassasalarining
tashkiliy, moddiy-texnik va metodik jihatdan ham yangilanishini talab qiladi. Shu bois,
ushbu maqolada inklyuziv taʼlimning asosiy mazmuni, uni joriy etishning psixologik-
pedagogik asoslari va ijtimoiy ahamiyati keng yoritiladi.

Sogʻlom

va

maxsus

ehtiyojli

bolalar

o‘rtasidagi

munosabatlar:

Sogʻlom bolalar bilan inklyuziv bolalarning o‘zaro muloqoti taʼlim jarayonida asosiy
psixologik-ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keladi. Muloqot — bu nafaqat axborot
almashinuvi, balki bir-birini tushunish, anglash, qadrlash va qabul qilish jarayonidir.
Inklyuziv taʼlimda bu aloqalar maxsus tashkil etilgan muhitda ro‘y beradi. Bu muhitda
o‘qituvchining roli muhim: u har bir bola uchun teng imkoniyat yaratib, ularning o‘zaro
muloqotini faol rag‘batlantirishi kerak. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sogʻlom
bolalar inklyuziv o‘quvchilar bilan muloqotga kirishganda, ularning empatiya darajasi
oshadi, o‘zaro yordam, bag‘rikenglik va sabr-toqat kabi ijtimoiy fazilatlari rivojlanadi.
Maxsus ehtiyojli bolalar esa jamiyatda o‘z o‘rnini anglay boshlaydilar. Bu esa ularning
psixologik barqarorligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ijtimoiy faolligini oshiradi.
Ijtimoiy-emotsional rivojlanish — bu bolaning o‘z his-tuyg‘ularini anglash,
boshqarish, boshqalarning hissiyotlarini tushunish va ularga mos ravishda munosabat
bildirish qobiliyatidir. Ushbu rivojlanish bolalarning shaxsiyati, ijtimoiy munosabatlari
va taʼlimdagi muvaffaqiyatlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Inklyuziv taʼlimda
turli darajadagi emotsional ehtiyojlarga ega bolalar birgalikda o‘qishadi. Shuning
uchun taʼlim muhitida psixologik qulaylikni yaratish, stress holatlarini kamaytirish va
sog‘lom kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish muhim. Empatiya — bu inklyuziv
jarayonning asosiy komponentlaridan biridir. Bolalar bir-birining holatini his qilishni,
unga javob berishni, og‘riq va quvonchda sherik bo‘lishni o‘rganadilar. Bu ijtimoiy-
emotsional yondashuv bolalarning kelgusidagi hayotda muvaffaqiyatli, ijtimoiy
masʼuliyatli va bag‘rikeng shaxs bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Munosabatlarni shakllantirish metodikasi:

Inkluziv muhitda o‘zaro ijobiy

munosabatlarni shakllantirish uchun kompleks yondashuv zarur. Dastlab, o‘quv


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

376

ISSN:3030-3613

dasturlarini differensiallashtirish va modifikatsiyalash orqali barcha o‘quvchilar uchun
mos metodikani tanlash kerak. Bunda quyidagi metodlar muhim ahamiyatga ega:

1. ʼʼRolli o‘yinlarʼʼ— bolalarning ijtimoiy rollarni anglab yetishiga, empatiya va

til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

2.ʼʼTeatr terapiyasiʼʼ — emotsional ifoda, o‘zini erkin tutish, o‘ziga ishonch

hosil qilish va guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini kuchaytiradi.

3.ʼʼKo‘makchi-o‘quvchi modeliʼʼ— sogʻlom bola maxsus ehtiyojli bolaga

yordamchi sifatida biriktiriladi va ular birgalikda muammolarni hal qilishadi.

4.ʼʼGuruh loyihalariʼʼ — tengdoshlar orasida ijtimoiy muloqotni kuchaytiradi.
Metodik yondashuvlarning samaradorligi o‘qituvchi va psixologlarning doimiy

kuzatuvi, tahlili va individual yondashuvi orqali oshadi. Tadqiqot tavsifi: Andijon
viloyati 26-sonli maxsus maktab misolida.

Mazkur tadqiqot 2025-yil davomida Andijon viloyatidagi 26-sonli maxsus

maktabda o‘tkazildi. Tadqiqotga 3 nafar sogʻlom va 3 nafar maxsus ehtiyojli o‘quvchi
jalb etildi. Tadqiqotda quyidagi bosqichlar amalga oshirildi:

1. Boshlang‘ich diagnostika — o‘quvchilarning psixologik holati, ijtimoiy-

emotsional rivojlanishi, muloqotga tayyorligi baholandi.

2. Aralashuv bosqichi — teatr terapiyasi, jamoaviy o‘yinlar, sahnalashtirilgan

mashg‘ulotlar tashkil etildi.

3. Yakuniy monitoring — bolalarning o‘zaro aloqalari, o‘zini ifoda etish,

guruhdagi faolligi qayta tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, aralashuvdan so‘ng sogʻlom bolalarda empatiya,

liderlik va bag‘rikenglik darajasi oshgan bo‘lsa, maxsus ehtiyojli bolalarda
ijtimoiylashuv, muloqotga kirishish va emotsional barqarorlik kuchaydi.

Inklyuziv

taʼlimning

bolalar

faoliyatidagi

foydali

tomonlari.

Inklyuziv taʼlim modeli har bir bolaning o‘z ijtimoiy vazifasini anglab yetishiga, o‘zini
jamiyatning muhim aʼzosi sifatida his etishiga yordam beradi. Bunday taʼlim sogʻlom
bolalarda ijtimoiy ong, liderlik, ijobiy muomala va gumanistik qadriyatlarni
shakllantiradi. Maxsus ehtiyojli bolalarda esa moslashuvchanlik, kommunikatsion
faollik, o‘ziga bo‘lgan ishonch va muhitga qo‘shilish kuchayadi. Bundan tashqari, ota-
onalar, pedagoglar va jamiyatning turli qatlamlari inklyuzivlik ruhini qabul qilishi,
o‘zgarishga tayyor bo‘lishi, bu tizimning samaradorligini taʼminlaydi.

Takliflar:

Inklyuziv va maxsus taʼlimga muhtoj bolalarni majburiy qamrab

olish: Mazkur yo‘nalishda nafaqat maktablar, balki Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla
qo‘mitasi, Xalq taʼlimi va Maktabgacha taʼlim tizimi mutasaddi tashkilotlari
hamkorlikda harakat qilishi zarur. Barcha bola to‘liq aniqlanib, inklyuziv tizimga
integratsiya qilinishi kerak. O‘qituvchilarning malakasini oshirish: Inklyuziv taʼlimda
faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun maxsus treninglar, psixologik seminarlar va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

377

ISSN:3030-3613

malaka oshirish kurslarini joriy etish zarur. Bu orqali ular turli xil nuqsonga ega bolalar
bilan samarali ishlashga tayyorlanadi.

Metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish. Har bir sinf darajasi va fanlar bo‘yicha

maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun moslashtirilgan metodik materiallar va
qo‘llanmalar ishlab chiqilishi kerak. Bu inklyuziv taʼlimda yondashuvni tizimli
rivojlanishini taʼminlaydi.

Psixologik xizmatni mustahkamlash: Har bir inklyuziv taʼlim muassasasida

doimiy faoliyat yurituvchi psixolog shtati bo‘lishi kerak. Psixologlar o‘quvchilar,
ularning ota-onalari va o‘qituvchilar bilan uzviy ravishda ishlashi zarur.
Oilalar bilan hamkorlikni kuchaytirish: Maxsus ehtiyojli bolalarning ijtimoiy
moslashuvi oiladagi muhit bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun maktab va ota-onalar
o‘rtasidagi

hamkorlikni

yanada

izchil

olib

borish

lozim.

Material-texnik bazani rivojlantirish: Taʼlim muassasalari zamonaviy vositalar,
maxsus moslamalar, texnologik yechimlar bilan jihozlanishi kerak. Bu barcha
o‘quvchilar uchun qulay taʼlim muhitini yaratadi.

Ijtimoiy ongni oshirish: Jamiyatda inklyuzivlikni targ‘ib qilish, ommaviy

axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali sogʻlom va maxsus ehtiyojli bolalar
o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va tushunishni rivojlantirish kampaniyalarini yo‘lga
qo‘yish taklif etiladi.

Tadqiqotlar sonini oshirish: Inklyuziv taʼlim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bazasini

kengaytirish, xalqaro tajribalarni chuqur o‘rganib, mahalliy sharoitga mos tavsiyalar
ishlab chiqish zarur.

Xulosa

Inklyuziv taʼlim bu nafaqat yangi o‘quv modeli, balki jamiyatdagi tenglik,

insoniylik va barqarorlikni taʼminlaydigan muhim ijtimoiy institutdir. Bolalarning
ijtimoiy-emotsional rivojlanishi, empatiya, bag‘rikenglik va hurmat hissini
shakllantirishda inklyuziv yondashuvning o‘rni beqiyosdir. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, inklyuziv muhitda taʼlim olayotgan bolalar nafaqat akademik, balki
psixologik va axloqiy jihatdan ham yuksak rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega
bo‘lmoqdalar. Shu sababli, inklyuziv taʼlimni yanada takomillashtirish, metodik
yondashuvlarni chuqurlashtirish va ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish
bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

M. Ainscow. The education of children with special educational needs: A review
of policy and practice. Routledge.(2005).

2.

L. Florian. Reimagining special education: Why new approaches are needed. SAGE
Publications.(2014).

3.

L.S. Vygotsky . Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes.(1978).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

378

ISSN:3030-3613

4.

A.A.Islomov, S.A.Ergashev . – Inklyuziv ta’lim asoslari, (2021).

5.

G.T. To‘xtasinova . – Maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiylashtirishning psixologik-
pedagogik asoslari, (2021).

6.

N.M.Siddiqova – Inkluziv ta’lim sharoitida sog‘lom va nogironligi bo‘lgan
bolalarning hamkorligini rivojlantirish metodikasi,( 2022).




Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

M. Ainscow. The education of children with special educational needs: A review

of policy and practice. Routledge.(2005).

L. Florian. Reimagining special education: Why new approaches are needed. SAGE

Publications.(2014).

L.S. Vygotsky . Mind in Society: The Development of Higher Psychological

Processes.(1978).

A.A.Islomov, S.A.Ergashev . – Inklyuziv ta’lim asoslari, (2021).

G.T. To‘xtasinova . – Maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiylashtirishning psixologik-

pedagogik asoslari, (2021).

N.M.Siddiqova – Inkluziv ta’lim sharoitida sog‘lom va nogironligi bo‘lgan

bolalarning hamkorligini rivojlantirish metodikasi,( 2022).

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари